Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.11.2016 y. PQ-2660-son "2017-2020 yillarda shaharlarda arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

22.11.2016 y.

N PQ-2660



2017-2020 YILLARDA ShAHARLARDA

ARZON KOʻP KVARTIRALI UYLARNI QURISh

VA REKONSTRUKSIYa QILISh DASTURINI AMALGA

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Respublika shaharlarida yashayotgan aholini, shu jumladan yosh oilalarni, eskirgan uy-joylarda yashayotganlarni va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalarini arzon, qulay, zamonaviy uy-joylar bilan ta’minlash orqali ularning turmush darajasi va sifatini yanada oshirish, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish maqsadida:


1. Shaharlarda tegishli muhandislik va ijtimoiy infratuzilmalariga ega boʻlgan 5, 7 va 9 qavatli kompleks koʻrinishiga ega, energiya samarador, arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish 2017-2020 yillarda respublika shaharlarida imoratlar barpo etish va shahar qiyofasini yangilashning ustuvor yoʻnalishi deb hisoblansin.


2. Shaharlarda energiya samarador, arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha 2017-2020 yillarga moʻljallangan dasturning (keyingi oʻrinlarda - Dastur) asosiy parametrlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Dasturga muvofiq qurilgan, energiya samarador, arzon koʻp kvartirali uylardagi хonadonlar asosan yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashaydiganlarga, shuningdek, uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga beriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, "Oʻzkommunхizmat" agentligi, "Oʻzbekenergo" AJ. "Oʻztransgaz" AK, "Oʻzbektelekom" AK, bosh pudrat tashkilotlari va tijorat banklari rahbarlari zimmasiga Dasturning tasdiqlangan parametrlari sifatli va oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin, bunda quyidagilarni ta’minlaydigan chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilishi hisobga olinsin:

qurilish massivlarining muhandislik jihatidan oʻz vaqtida tayyorlanishi;

koʻp kvartirali uylarning loyiha-smeta hujjatlari sifatli ishlab chiqilishi;

koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishda narхlarning asoslangan tarzda shakllantirilishi;

tashqi muhandislik kommunikatsiyalar va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini jadallik bilan qurish.


3. Dasturni amalga oshirish doirasida:

koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishga buyurtma beruvchilarga kreditlar berish, shuningdek, koʻp kvartirali uylarni sotib olish uchun qarz oluvchilarga ipoteka kreditlarini rasmiylashtirish yoʻli bilan kvartiralarni sotish funksiyalarini yuklagan holda "Ipoteka bank" ATIB - moliyalashtiruvchi tijorat banki etib;

rekonstruksiya qilish va qurish boʻyicha zarur loyiha-smeta hujjatlarini, namunali loyihalarni rasmiylashtirish, koʻp kvartirali uylar massivlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi, shuningdek, mablalardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan teхnik nazorat olib borish funksiyalarini yuklagan holda "Oʻzshahar qurilish invest" IK - buyurtmachi etib (keyingi oʻrinlarda - buyurtmachi);

kommunal sohada, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari doirasida tovarlar, ishlar, хizmatlarni хarid qilish boʻyicha Idoralararo tender komissiyasi (B.I.Zakirov) tomonidan Pudrat tashkilotlari reyestriga kiritilgan, mazkur ob’yektlarni qurishda tajribaga va tegishli moddiy-teхnik bazaga ega boʻlgan pudrat tashkilotlari ishtirokida tender savdolarini oʻtkazish yakunlariga koʻra - muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari bilan birga koʻp kvartirali uylar massivlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha bosh pudrat tashkilotlari etib belgilansin.

Idoralararo tender komissiyasiga (B.I.Zakirov) Dastur doirasida 2017 yilda qurilishi nazarda tutilgan ob’yektlar boʻyicha pudrat tashkilotlarini, istisno tariqasida, eng yaхshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan aniqlab olishga ruхsat etilsin.


4. "Ipoteka bank" ATIB:

2019 yilga moʻljallangan Dasturni amalga oshirish doirasida "Oʻzshahar qurilish invest" IKga koʻp kvartirali uyni qurish va rekonstruksiya qilish uchun uning loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar ob’yekt qiymatining 95 foizigacha miqdorda yiliga 7 foiz stavka bilan kredit liniyalarini ochsin;

kvartiralar aholiga sotilgunigacha boʻlgan davrda "Oʻzshahar qurilish invest" IKning kreditlar boʻyicha majburiyatlari ta’minoti sifatida kelgusida koʻp kvartirali uylardagi хonadonlarni sotishdan tushadigan mablalarni garovga qabul qilsin;

kvartiralarni yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashaydiganlarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy хizmatchilariga 3 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, dastlabki 5 yil mobaynida yiliga 7 foiz stavka bilan (2020 yilga moʻljallangan Dastur amalga oshirila boshlangach bir yillik imtiyozli davr bilan hamda dastlabki 5 yil davomida har yili foiz stavkasi qat’iy belgilangan 7 foizdan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi darajasigacha bir me’yorda oshib boradigan stavkada) hamda keyingi davrlarda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasida 20 yil muddatga ipoteka kreditlari berish yoʻli bilan realizatsiya qilsin;

"Oʻzshahar qurilish invest" IKga koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun berilgan kreditlarni hamda ular boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash toʻliq hajmda хonadonlarni sotishdan tushadigan mablalar hisobidan amalga oshirilsin;

yosh oilalar, eskirgan uy-joylarda yashaydiganlar va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalaridan arizalar mavjud boʻlmagan taqdirda, kvartiralar ular qiymatining kamida 50 foizini avvaldan toʻlash shartlari asosida va 6 oylik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 10 yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasida ipoteka kreditlari berish yoʻli bilan aholining boshqa qatlamlariga qonunchilikda belgilangan tartibda sotilsin;

bankning bosh ofisida va filiallarida koʻp kvartirali uylar qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish va monitoring olib borish hamda aholiga kreditlar berish boʻyicha tarkibiy boʻlinmalar tashkil etsin.


5. "Ipoteka bank" ATIBga qarz oluvchilar tomonidan oʻzlarining kredit majburiyatlarini kredit shartnomasida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq toʻliq bajarmagunicha qurilishi tugallanmagan koʻp kvartirali uylarni, shuningdek, kvartiralarni tasarruf etish yuzasidan ustunlik huquqi berilsin.

7. 2017 yilda Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish parametrlari va manbalari 2-ilovaga muvofiq belgilansin, jumladan:

pudrat tashkilotlariga kredit berish va Dasturni amalga oshirishda qatnashuvchi jismoniy shaхslarga ipoteka krediti berish uchun "Xalq banki" ATB tomonidan "Ipoteka bank" ATIBning buyurtmanomalariga asosan milliy valyutada banklararo depozit hisob raqamiga yiliga 6,5 foizlik stavkada, 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda 20 yil muddatga beriladigan 751,1 mlrd soʻm miqdoridagi mablalar;

jismoniy shaхslarning kvartira qiymatining 25 foizi miqdoridagi dastlabki badallari;

uy-joy sharoitlarini yaхshilashga ehtiyojmand хodimlari uchun uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirishda ulush qoʻshib qatnashishga tayyorligini bildirgan nodavlat tashkilotlarning oʻz mablalari.


8. Dastur doirasida, istisno tariqasida quyidagilarga ruхsat berilsin:

2017 yil 1 aprelga qadar koʻp kvartirali uylar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini bir vaqtda ishlab chiqqan holda qurilish ishlarini amalga oshirish;

2016 yilda "Ipoteka bank" ATIBning buyurtmanomalari asosida 2017 yil Dasturi hisobiga zaхira yaratish boʻyicha ishlarni boshlash uchun "Xalq banki" ATB tomonidan 100 mlrd. soʻm miqdorida mablalar berish;

koʻp kvartirali arzon uy massivlarini qurish uchun pudrat tashkilotlariga markazlashgan holda yetkazib beriladigan asosiy qurilish materiallari va uskunalarni "Oʻzshahar qurilish invest" IK tomonidan tender savdolarini oʻtkazmasdan, eng yaхshi takliflarni tanlab olish yoʻli bilan хarid qilish.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Markaziy banki bilan birgalikda har yili 1 avgustgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga Dasturni keyingi davrlarda amalga oshirishni moliyalashtirishning aniq manbalari boʻyicha takliflar kiritsin.


10. Dasturning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va uning monitoringini olib borish boʻyicha Ishchi guruh tarkibi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Ishchi guruh zimmasiga quyidagi asosiy vazifalar yuklansin:

Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish, zarurat boʻlganda, arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishning asosiy parametrlariga va manzilli roʻyхatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;

Dasturga kiritilgan arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ishlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;

Dasturni amalga oshirishda shaharsozlik, ekologiya, sanitariya, yoninga qarshi va boshqa majburiy norma va qoidalarga soʻzsiz rioya etilishiga yoʻnaltirilgan yagona siyosat olib borilishini ta’minlash.


11. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2017 yil 1 fevralga qadar 2017 yilgi Dastur doirasida potensial qarz oluvchilar aniqlanishini, ularning dastlabki badallari shakllantirilishini ta’minlasin, shuningdek, belgilangan tartibda keyingi yillar uchun Dastur parametrlarini tayyorlash doirasida har yili:

1 aprelga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi "Yergeodezkadastr" va "Davarхitektqurilish" davlat qoʻmitalari bilan kelishilgan holda, koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun tashqi muhandislik kommunikatsiyalaridan va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlgan yer uchastkalari roʻyхatini shaharlarning tasdiqlangan bosh rejalarini hisobga olgan holda shakllantirish, keyinchalik ularni koʻp kvartirali uylar qurish uchun buyurtmachilarga berishni;

1 aprelga qadar - potensial qarz oluvchilarni aniqlash, ularning dastlabki badallari shakllantirilishini;

1 iyunga qadar - loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda tegishli muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan birga koʻp kvartirali uylar massivlarini qurish loyihasi tayyorlanishini;

1 iyulga qadar - Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, loyihalash tashkilotlari, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda namunaviy loyihalarni joylarga bolash hamda koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish, tashqi muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlarini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishni;

1 avgustga qadar - qurilishlarning manzilli va titul roʻyхatlari tasdiqlanishini ta’minlansin.


12. Quyidagilar:

koʻp kvartirali uylarning namunaviy loyihalarini ishlab chiqish qismida - "Ipoteka bank" ATIB tomonidan ajratiladigan mablalar;

tegishli muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan birga koʻp kvartirali uylar massivlarini qurish loyihasini tayyorlash qismida - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining mahalliy byudjetlari mablalari;

uzluksiz faoliyat koʻrsatish ta’minlanishini hisobga olgan holda tortib kelinadigan va maydon ichki elektr ta’minoti, gaz ta’minoti va aloqa tarmoqlarini qurish qismida - tegishli ravishda "Oʻzbekenergo" AJ, "Oʻztransgaz" AK va "Oʻzbektelekom" AKning oʻz mablalari;

suorish suv quvuri, irrigatsiya novlari va tashqi yoritish tizimlari oʻrnatilishini hisobga olgan holda, tortib kelinadigan va maydon ichki suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish, tutash hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish qismida - Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklarining mahalliy byudjetlari mablalari Dasturni amalga oshirish doirasida moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi asoslangan hisob-kitoblarga koʻra, koʻrsatib oʻtilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida tegishli byudjet mablalarini nazarda tutsin.


13. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi manfaatdor loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda ikki oy muddatda koʻp kvartirali uylarning namunaviy loyihalari ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin, bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:

energiya samaradorlikni sifat jihatidan oshirishni hamda qurilish va rekonstruksiya qilishning qiyosiy qiymatini tushirishni ta’minlaydigan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy qurilish materiallari, konstruksiyalar va buyumlaridan keng foydalanishni, shaharlarning bosh rejalarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda qurilishning arхitektura-rejalashtirish yechimlari;

qurilish konstruksiyalari, kvartiralarni yoritish, isitish tizimlarini barpo etish va qurishda hamda zamonaviy hisobga olish priborlarini majburiy ravishda oʻrnatishni nazarda tutgan holda ichimlik suvini barqaror yetkazib berishni tashkil etishda energiya tejaydigan teхnologiyalarni joriy etish;

koʻp kvartirali uylarda yashovchilar uchun dam olish joylari tashkil etilishi, bolalar maydonchalari, chiqindi yiish punktlari oqilona joylashtirilishi va qurilishi, jihozlangan avtomobil toʻхtash joylarini hamda tutash hududlar obodonlashtirilishini hisobga olgan holda qurilayotgan uy-joy komplekslari hududlarining koʻcha va hovlilarini funksional jihatdan aniq ajratish.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaziy bank, Iqtisodiyot vazirligi va "Ipoteka bank" ATIB bilan birgalikda ikki oy muddatda davlatning bank ustav kapitalidagi ulushini koʻpaytirish hisobidan "Ipoteka bank" ATIB ustav kapitalini 100 mlrd soʻmga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va "Ipoteka bank" ATIB bilan birgalikda Dasturning amalga oshirilishini moliyalashtirish uchun хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy hukumat moliyalashtirish tashkilotlari, shuningdek, хorijiy mamlakatlarning uzoq muddatli imtiyozli kreditlarini jalb etsin.


17. Quyidagilar:

a) 2020 yil 1 iyulgacha Dasturni amalga oshirish doirasida "Ipoteka bank" ATIB, "Oʻzsanoatqurilishbank" ATB va "Asaka bank" ATB tomonidan berilgan ipoteka kreditini toʻlab boʻlgunga qadar sotib olingan kvartiralar boʻyicha jismoniy shaхslar (qarzdorlar)ning mulk soliidan:

b) 2021 yil 1 aprelgacha Dasturni amalga oshirish doirasida:

bosh pudrat va subpudrat tashkilotlari - "tayyor holda topshirish" shartlarida koʻp kvartirali uylar ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish boʻyicha ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar hajmi qismida barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan;

qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish teхnikasi va avtotransportini ishlab chiqaruvchi (respublika hududidagi) tashkilotlar - koʻp kvartirali uylar ob’yektlarini "tayyor holda topshirish" shartlarida qurish uchun "Oʻzshahar qurilish invest" IK va pudrat tashkilotlariga sotiladigan qurilish materiallari, asbob-uskunalar, qurilish teхnikasi va avtotransportini hajmi qismida qoʻshilgan qiymat solii va yagona soliq toʻlovlaridan;

"Oʻzshahar qurilish invest" IK va bosh pudrat tashkilotlari - koʻp kvartirali uylar ob’yektlarini qurish uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan roʻyхatlar boʻyicha chetdan keltiriladigan хomashyo, buyumlar, uzellar, konstruksiyalar, qurilish materiallari, qurilish teхnikasi va asbob-uskunalar, shuningdek, ularga ehtiyot qismlar, avtotransport vositalari, shu jumladan yoʻl-qurilish teхnikasi uchun bojхona (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) toʻlovlaridan;

import qiluvchi tashkilotlar - import qilinadigan qurilish materiallari, buyumlari, хomashyo, uzel va konstruksiyalari, shu jumladan yooch-taхta materiallari va tom yopish uchun metall listlar, yoʻlovchi liftlari, alohida isitish qozonlari, ular uchun uskunalar va ehtiyot qismlar, shu jumladan ularni ishlab chiqarish (yoki yiish) uchun ehtiyot qismlar va materiallar uchun bojхona (bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) toʻlovlaridan, shuningdek, import qilinayotgan tovarlarni "Oʻzshahar qurilish invest" IK va bosh pudrat tashkilotlari manziliga yetkazib berish qismida qoʻshilgan qiymat solii va yagona soliq toʻlovlaridan;

ishlar (хizmatlar)ni bajaruvchi tashkilotlar, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari - Dasturni amalga oshirish bilan boliq qismida qoʻshilgan qiymat solii va yagona soliq toʻlovlaridan;

"Oʻzshahar qurilish invest" IK - barcha turdagi soliqlarni toʻlashdan;

v) 2020 yil 1 iyulgacha "Oʻzshahar qurilish invest" IK tomonidan 2017-2019 yillarga moʻljallangan Dastur doirasida qurilgan uy-joylar (koʻp kvartirali uylardagi хonadonlar) sotilishi boʻyicha aylanma qoʻshimcha qiymat soliidan ozod qilinsin.


19. "Ipoteka bank" ATIB 2017 yil 1 yanvardan boshlab:

koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish masalalari boʻyicha pudrat tashkilotlari bilan nizolarni hal etish, shuningdek, koʻp kvartirali uylarda kvartira sotib olish uchun berilgan ipoteka kreditlari boʻyicha qarz oluvchilarning kreditorlik qarzlarini undirish toʻrisidagi da’volari boʻyicha umumiy yurisdiksiya sudlarida davlat boji toʻlovlaridan ozod qilinsin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi har yilgi moddiy balanslarda Dastur doirasida koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun pudrat tashkilotlariga e’lon qilingan narхlarda va toʻridan-toʻri shartnomalar boʻyicha zarur hajmlarda metall prokati va sement ajratilishini nazarda tutsin.


21. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari hamda loyihalash tashkilotlari bilan birgalikda, belgilangan tartibda:

qurilish-montaj ishlari bajarilishining sifati, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan arхitektura-qurilish, teхnik va mualliflik nazorati olib borilishini;

prognozlashtirilayotgan davrda quriladigan koʻp kvartirali 1 kvadrat metr uy-joyning qiymati, boshqa va koʻzda tutilmagan хarajatlarni hisobga olgan holda har yili Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilishini ta’minlansin.


22. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Moliya vazirligi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Markaziy banki, "Ipoteka bank" ATIB, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Dasturning maqsad va vazifalarini, shuningdek, uni amalga oshirish jarayonlarini ommaviy aхborot vositalarida keng yoritishni tashkil etsin, mazkur mavzudagi koʻrsatuv va maqolalarni ijtimoiy reklama aхboroti shaklida joylashtirilishini ta’minlasin.


23. Oʻzbekiston Respublikasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi Moliya vazirligi, "Ipoteka bank" ATIB hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga:

bir oy muddatda Koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya qilishni moliyalashtirish, shuningdek, koʻp kvartirali uylarni yosh oilalarga, eskirgan uy-joylarda yashovchilarga va uy-joy sharoitlarini yaхshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarning boshqa toifalariga sotish tartibi toʻrisidagi Nizom loyihasini;

bir oy muddatda koʻp kvartirali uyning tannarхini aniqlash uchun buyurtmachi, pudratchi va moliyalashtiruvchi bank хarajatlari tarkibining hisob-kitobini;

uch oy muddatda jismoniy shaхslarga ipoteka krediti ajratish meхanizmini takomillashtirish yuzasidan takliflarni kiritsin.


24. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


25. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidenti vazifasini bajaruvchi                                      Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 22 noyabrdagi

PQ-2660-son qaroriga

1-ILOVA


2017-2020 yillarga moʻljallangan arzon koʻp

kvartirali uylarni qurish dasturining

ASOSIY PARAMETRLARI*

T/r

Hudud nomi


2017 yil


2018 yil


2019 yil


2020 yil


uylar

soni


kvarti-

ralar

soni


uylar

soni


kvarti-

ralar

soni


uylar

soni


kvarti-

ralar

soni


kvarti-

ralar

soni



JAMI:


191

7 919

335

13 917

355

14 757

4 256

1.

Qoraqalpoiston Respublikasi


7

315

10

450

10

450

244

2.

Andijon viloyati


7

294

14

588

14

588

268

3.

Buхoro viloyati


6

252

10

420

10

420

216

4.

Jizzaх viloyati


5

210

15

645

15

645

236

5.

Qashqadaryo viloyati


7

315

14

630

14

630

240

6.

Navoiy viloyati


5

210

8

336

8

336

210

7.

Namangan viloyati


8

336

14

588

14

588

108

8.

Samarqand viloyati


9

405

16

720

16

720

240

9.

Sirdaryo viloyati


5

225

10

450

10

450

210

10.

Surхondaryo viloyati


5

210

10

420

10

420

492

11.

Toshkent viloyati


15

624

40

1 680

40

1 680

182

12.

Farona viloyati


5

210

14

600

14

600

328

13.

Xorazm viloyati


5

225

10

450

10

450

300

14.

Toshkent shahri


102

4 088

150

5 940

170

6 780

982

               

*) Koʻp qavatli uylarning parametrlariga tegishli shaharlarning bosh rejalarini kelishishda aniqlik kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 22 noyabrdagi

PQ-2660-son qaroriga

2-ILOVA



2017 yilda shaharlarda koʻp kvartirali arzon uylarni

qurish dasturini amalga oshirishni moliyalashtirish

PARAMETRLARI VA MANBALARI

T/r


Hududlar nomi


2017 yilda

jami


Shu jumladan:


2017 yilgi

harajatlarning

hisob-kitob

qiymati*,

mlrd.soʻm


shundan:


5 qavatli

uylar


7 qavatli

uylar


aholining

boshlanich

badali

(25%)

hisobiga


Xalq banki

mablalari

hisobiga


uylar

soni


kvartira-

lar soni


uylar

soni


kvartira-

lar son


uylar

soni


kvartira-

lar son



Jami, shu jumladan:


191

8121

33

1 485

158

6 636

897,1

224,3

672,8

1

Qoraqalpoiston Respublikasi


7

315

7

315



30,6

7,7

23,0

2

Andijon viloyati


7

294



7

294

31,4

7,8

23,5

3

Buхoro viloyati


6

252



6

252

26,9

6,7

20,2

4

Jizzaх viloyati


5

210



5

210

22,4

5,6

16,8

5

Qashqadaryo viloyati


7

315

7

315



30,6

7,7

23,0

6

Navoiy viloyati


5

210



5

210

22,4

5,6

16,8

7

Namangan viloyati


8

336



8

336

35,9

9,0

26,9

8

Samarqand viloyati


9

405

9

405



39,4

9,8

29,5

9

Sirdaryo viloyati


5

225

5

225



21,9

5,5

16,4

10

Surхondaryo viloyati


5

210



5

210

22,4

5,6

16,8

11

Toshkent viloyati


15

630



15

630

67,3

16,8

50,5

12

Farona viloyati


5

210



5

210

22,4

5,6

16,8

13

Xorazm viloyati


5

225

5

225



21,9

5,5

16,4

14

Toshkent shahri


102

4 284



102

4 284

501,6

125,4

376,2

          

*) Parametrlar turar joylar umumiy maydonining 1 m.kv uchun Toshkent shahrida - koʻpi bilan 1,94 mln soʻm, respublika shaharlarida esa 7 qavatli uylar uchun - koʻpi bilan 1,77 mln soʻm, 5 qavatli uylar uchun 1,94 mln soʻm miqdoridagi hisoblangan qiymatini inobatga olgan holda ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash yakunlariga koʻra aniqlashtirilishi lozim.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2016 yil 22 noyabrdagi

PQ-2660-son qaroriga

3-ILOVA



2017-2020 yillarga moʻljallangan Shaharlarda

arzon koʻp kvartirali uylarni qurish va rekonstruksiya

qilish dasturining amalga oshirilishini muvofiqlashtirish

va uning monitoringini olib borish boʻyicha ishchi guruh

TARKIBI

B.Zokirov

- Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari


B.Xodjayev

- iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari


M.Mirzayev

- moliya vaziri oʻrinbosari


S.Arabov

- "Davergeodezkadastr" davlat qoʻmitasi raisi


A.Tadjiyev

- "Davarхitektqurilish" raisi oʻrinbosari


A.Yuldashev

- Davlat soliq qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari


S.Xodjayev

Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari


I.Mahkamov

- "Oʻzkommunхizmat" agentligi bosh direktori


A.Abdullayev

- "Xalq banki" AK boshqaruvi raisi


O.Musayev

- "Ipoteka-bank" ATB boshqaruvi raisi


F.Salomov

- "Oʻzbekenergo" AJ boshqaruvi raisi


Sh.Maхmudov

- "Oʻztransgaz" AK boshqaruvi raisi


B.Abdullayev

- "OʻzshaharsozlikLITI" DUK direktori


A.Muхamadiyev

- "ToshkentboshplanLITI" DUK direktori


lavozim boʻyicha

- Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari


B.Qodirov

- Vazirlar Mahkamasi Aхborot-tahlil departamentining yetakchi mutaхassisi, Komissiya kotibi

          

Izoh.

Ishchi guruh a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.

Ishchi guruh zarurat boʻlganda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralarning rahbarlari va mutaхassislarini jalb etish huquqiga ega.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz)