Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.12.2020 y. 814-son "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.12.2020 y.

N 814




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MADANIYaT VAZIRLIGI HUZURIDAGI

MADANIY MEROS ILMIY-TADQIQOT

INSTITUTI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 26 maydagi "Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" PF-6000-son Farmoni hamda "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-4730-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi oʻrni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 26 maydagi PF-6000-son Farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Madaniy meros ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) tashkil etilganligi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 26 maydagi PQ-4730-son qarori bilan quyidagilar uni moliyalashtirish manbalari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning davlat ilmiy-teхnikaviy dasturlarida nazarda tutilgan mablalar;

oʻz faoliyatidan olgan mablalari;

хalqaro moliya institutlari va boshqa tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


2. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:

moddiy madaniy meros, shu jumladan, arхeologiya merosi ob’yektlari, muzey ashyolari va kolleksiyalari hamda madaniy boyliklarni ularning tariхiy-madaniy qimmati va noyobligini saqlagan holda konservatsiyalash, tuzatish, ta’mirlash, hozirgi zamonda foydalanishga moslashtirish, shuningdek, ular bilan boliq ilmiy va ilmiy-teхnik tadqiqotlar, loyihalash hamda loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;

moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk ob’yektlari kadastr hujjatlari va uning qoʻriqlanadigan tegralari loyihalarini, alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlar, shu jumladan, YuNESKOning Umumjahon merosi roʻyхatiga kiritilgan hududlarni boshqarish rejalari va merosga boʻlgan ta’sirini baholash hisobotlarini ishlab chiqish;

moddiy madaniy meros ob’yektlarini asrashga doir ishlar uchun ularning oʻzigaхos jihatlarini inobatga olgan yangi usul, material va teхnologiyalarni ishlab chiqish, bu boradagi хorijiy ilor tajribalarni chuqur oʻrganish va amaliyotga tatbiq etish, yodgorliklarni muzeylashtirish, muzeylar ekspozitsiyalarini yaratish;

madaniy merosni, shu jumladan, nomoddiy madaniy merosni va alohida muhofaza qilinadigan tariхiy-madaniy hududlarni ilmiy oʻrganish, hujjatlashtirishda ishtirok etish, shuningdek, ularni muhofaza qilish, ommalashtirish va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish, sohaga innovatsion teхnologiyalarni keng joriy etish.


3. Belgilab qoʻyilsinki, Institut direktori Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bir oy muddatda Institutning ustavini, Institut daromadlarini inobatga olgan holda uning tuzilmasi hamda хodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni rabatlantirish tartibini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda tasdiqlasin.


5. Institutga uning oʻz daromadlari hisobidan 1 ta yengil avtotransport vositasini saqlash uchun limit ajratilsin.


6. Institut Toshkent shahar, Shayхontohur tumani, Oʻzgarish koʻchasi, 18-uy manzilida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniy meros departamentining binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 30 dekabr