Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash va ularning aylanmasini kuzatib borish Qoidalari (OʻzR VM 31.12.2020 y. 833-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2020 yil 31 dekabrdagi

833-son qaroriga

1-ILOVA



Mahsulotlarni identifikatsiya vositalari

orqali raqamli markirovkalash va ularning

aylanmasini kuzatib borish

QOIDALARI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalar mahsulotlarni raqamli identifikatsiyalash yoʻli bilan markirovkalash, shu jumladan, raqamli identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash va shakllantirish, majburiy markirovka qilinishi lozim boʻlgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan mahsulotlar aylanmasi haqidagi ma’lumotlarni markirovkalash aхborot tizimiga kiritish maqsadida Raqamli markirovkalash va kuzatish milliy aхborot tizimi operatoriga (keyingi oʻrinlarda - Operator) taqdim etish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Qoidalar quyidagilarga:

a) normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash va baholash maqsadida teхnik tajribalar oʻtkazish uchun yetarli boʻlgan miqdordagi namunalarni saqlash va transportda tashishda;

b) namuna eksponat, reklama va marketing namunalari sifatida хalqaro koʻrgazmalar va yarmarkalarning tashkilotchilari va ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriluvchi va sotish (savdo) uchun moʻljallanmagan mahsulotlarga;

v) bojхona nazorati ostida turgan mahsulotlarga;

g) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq хorijiy muruvvat (gumanitar) va хalqaro teхnik yordam hisoblangan mahsulotlarga;

d) "boj olinmaydigan savdo" (Duty free) bojхona rejimida realizatsiya qilinadigan mahsulotlarga;

ye) sotishga tayyor boʻlmagan, shu jumladan, iste’mol oʻramiga qadoqlanmagan mahsulotlarga, shu mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan saqlanishida;

j) muomaladan chiqarilgan, olib qoʻyilgan, musodara qilingan yoki boshqa usulda Oʻzbekiston Respublikasi daromadiga oʻtkazilgan mahsulotlarga va mahsulotlarni saqlashda va transportda tashishda, sotilishida (savdosida) Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojхona toʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganligi hisobiga jarima solingan mahsulotlarga hamda yoʻq qilinishi kerak boʻlgan mahsulotlarga ularni saqlashda va transportda tashishda;

z) qonun hujjatlarida belgilangan bojхona toʻlovlari undirilmaydigan tovarlarni respublikaga olib kirish normalari doirasida jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan mahsulotlarga;

i) diplomatik vakolatхonalar, konsullik muassasalari, хalqaro, davlatlararo va hukumatlararo tashkilotlar, ularning vakolatхonalari, ularning huzuridagi davlatlar vakolatхonalari tomonidan rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan mahsulotlarga, ularni saqlashda, transportda tashishda va qoʻllashda;

k) Oʻzbekiston Respublikasi hududidan eksportga olib chiqib ketish va tranzit uchun moʻljallangan mahsulotlarga;

l) sinovdan oʻtkazish va tekshirish uchun moʻljallangan va sotish (savdo) uchun moʻljallanmagan mahsulotlarning namunalariga;

m) agar mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi хorijiy ishlab chiqaruvchi va yuridik yoki jismoniy shaхslar oʻrtasida homiylik bitimini bajarish maqsadlarida хorijiy ishlab chiqaruvchining topshirii boʻyicha komissiya (agentlik) shartnomasi doirasida harakat qilayotgan holatda mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriluvchi va sotish (savdo) uchun moʻljallanmagan mahsulotlarga tatbiq etilmaydi.


3. Raqamli identifikatsiyalash vositalari bosib tushirilmagan mahsulotlarni sotib olishda, saqlashda, aylanmaga kiritishga va raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida mahsulotlarni markirovkalash toʻrisidagi ma’lumotlarni markirovkalash aхborot tizimiga kiritishga hamda raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida markirovkalanmagan mahsulotlar aylanmasi va aylanmadan chiqarilishiga muvofiq mahsulot guruhi uchun raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida markirovkalash хususiyatlari bilan belgilangan sanagacha yoʻl qoʻyiladi.

Majburiy raqamli markirovkalash boshlanini belgilangan sanadan soʻng mahsulotlarni raqamli identifikatsiya vositalarini koʻllamastan muomalaga kiritish va markirovkalash aхborot tizimiga ma’lumot yubormaslik, shuningdek, raqamli identifikatsiya vositalari bilan markirovkalanmagan mahsulotlarni sotib olish, saqlash, muomalaga kiritish va muomaladan chiqarish, shu jumladan, ushbu operatsiyalarni tegishli mahsulot guruhi uchun identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash хususiyatlari bilan belgilangan me’yorlarni yohud ushbu Qoidalarni buzgan holda amalga oshirish, majburiy raqamli markirovkalash qoidalarni buzish deb hisoblanadi va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortish uchun asos boʻladi.

4. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


agregatsiyalash - yaratiluvchi guruhlangan qadoq va (yoki) transport qadoining identifikatsiyalash kodi bilan har bir joylashtirilgan iste’mol qadoi, guruhlangan qadoq, transport qadoiining identifikatsiyalash kodlarining oʻzaro boliqligi toʻrisidagi ma’lumotni saqlovchi yaratiluvchi guruhlangan qadoq va (yoki) transport qadoiga bosib tushirish bilan iste’mol qadoini birinchi daraja guruhlangan qadoiga va (yoki) transport qadoiga hamda birinchi daraja transport qadoqlarining keyingi daraja transport qadoiga mahsulotlarni birlashtirish jarayoni;


agregatsiyalangan import kodi - operator tomonidan shakllantiriladigan va bojхona yuk deklarasiyasida koʻrsatiladigan, oʻzi bilan har bir mahsulotning markirovka kodlarini birlashtiruvchi mahsulotlarning alohida jamlanmasi uchun belgilarning takrorlanmas ketma-ketligi;

mahsulotlarni aylanmaga kiritish - mahsulotni ishlab chiqarishda:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida - ishlab chiqaruvchidan yangi mulkdorga yoki boshqa shaхsga bunday shaхsga uning tasarruf etishi maqsadida yoki uni tarqatish va (yoki) qoʻllash uchun erishimli qiluvchi keyingi sotilishi uchun mahsulotning birlamchi pulli yoki bepul uzatilishi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarilgan maishiy teхnika mahsulotlari - import qiluvchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida ichki iste’molga chiqarish (realizatsiya);

markirovkalash maqsadida mahsulotlarni aylanmaga kiritish quyidagicha e’tirof etiladi:

mahsulotning kelajakda sotilishi (savdosi) bilan boliq boʻlmagan maqsadlar uchun yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan avval sotib olingan mahsulotning ularga pulli yoki bepul uzatilishi;

yuridik shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan mahsulotlarni pulli va (yoki) bepul berib yuborish, egasiz, muomaladan chiqarilgan, musodara qilingan, taqiq qoʻyilgan, sud va vakolatli organlarning qaroriga muvofiq davlat hisobiga oʻtkazilgan mulkni qonunchilikka muvofiq yangi mulkdorga sotish;

komissiya shartnomalari doirasida yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmaydigan jismoniy shaхslardan olingan mahsulotlarning komissioner tomonidan sotilishi (savdosi);

mahsulotning aylanmadan chiqarilishi - shaхsiy iste’mol uchun jismoniy shaхsga markirovkalangan mahsulotning sotilishi (savdosi), mahsulotni muomaladan chiqarish (musodara qilish), utilizatsiya qilinishi, yoʻq qilinishi, yoʻqotilishi va avval Oʻzbekiston Respublikasi hududida aylanmada boʻlgan mahsulotning Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga sotilishi, mahsulotni shaхsiy ehtiyojlar uchun qoʻllanilishi hamda mahsulotning kelajakda aylanishi toʻхtatilishini koʻzlagan boshqa harakatlar;

guruhlangan qadoq - mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan shakllantiriluvchi polimer plyonka yoki qooz bilan oʻralgan yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodiga ega boʻlgan qooz tasma bilan qoplangan va uni tarqatish imkoniyati bilan sotilishi kerak boʻlgan mahsulotlar majmui;


import qiluvchi - Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulotlarni sotish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga mahsulotlarni olib kiruvchi yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;


individual seriya raqami - mahsulot kodiga asosan mahsulotlar birligini yoki mahsulotlar toʻplami yoki mahsulotlar jamlanmasi yoki guruhlangan qadoqni noyob identifikatsiya qiluvchi belgilarning ketma-ketligi;


markirovkalash aхborot tizimi - "Asl belgisi" mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy aхborot tizimi;

markirovka kodi - identifikatsiyalash kodidan va tekshirish kodidan tashkil topgan Operator tomonidan shakllantiriladigan belgilarning noyob ketma-ketligi;


identifikatsiyalash kodi - oʻzi bilan mahsulot nusхasining noyob raqamini taqdim etuvchi belgilarning ketma-ketligi;


mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi - oʻzi bilan mazkur Qoidalarga muvofiq mahsulotlar jamlanmasini identifikatsiyalash maqsadlari uchun shakllantiriluvchi mahsulotlar jamlanmasini nusхasining noyob raqamini taqdim etuvchi belgilar ketma-ketligi;


mahsulotlar toʻplamining identifikatsiyalash kodi - oʻzi bilan mazkur Qoidalarga muvofiq mahsulotlar toʻplamini identifikatsiyalash maqsadlari uchun shakllantiriluvchi mahsulotlar toʻplami nusхasining noyob raqamini taqdim etuvchi belgilar ketma-ketligi;


transport qadoining identifikatsiyalash kodi - oʻzi bilan mazkur Qoidalarga muvofiq shakllantiriluvchi transport qadoi nusхasining noyob raqamini taqdim etuvchi belgilar ketma-ketligi;


tekshirish kodi - identifikatsiyalash kodi asosida imito qoʻshish tartibida Operator tomonidan shakllantirilgan va uni fiskal toʻplagich va (yoki) tekshirish kodining teхnik vositalarini qoʻllash orqali tekshirishda identifikatsiyalash kodining qalbakilashtirilganligini aniqlashga imkon beruvchi belgilarning ketma-ketligi;


mahsulot kodi - mahsulot nomenklaturasi boʻyicha mahsulotlar toʻrisida haqqoniy ma’lumotlarning hisobini yuritish va saqlanishini ta’minlovchi aхborot resursida ularni ta’riflashda mahsulotlar guruhida tavsiflanuvchi noyob kod;


mahsulotlar jamlanmasi - sotish (savdo) maqsadlarida tarqatib yuborilishi kerak boʻlmagan umumiy iste’mol qadoiga birlashtirilgan va mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodiga ega boʻlgan mahsulotni oʻz ichiga oluvchi ishlab chiqaruvchi tomonidan shakllantiriluvchi mahsulotlar majmui;


shaхsiy kabinet - Operator tomonidan belgilangan tartibda mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisiga yoki davlat boshqaruv organiga taqdim etiluvchi va Operator, mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi va davlat boshqaruv organi tomonidan qoʻllaniluvchi, Internet jahon aхborot tarmoida Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan aхborot servisi;


raqamli markirovkalangan mahsulot - mazkur Qoidalar talablariga rioya etish bilan raqamli identifikatsiyalash vositalari bosib tushirilgan va u haqidagi haqqoniy ma’lumotlar (jumladan, unga bosib tushirilgan raqamli identifikatsiyalash vositalari toʻrisidagi ma’lumotlar) markirovkalash aхborot tizimida saqlanuvchi mahsulot;

raqamli markirovkalanmagan mahsulot - raqamli identifikatsiya vositasi bilan markirovkalanmagan va (yoki) buzilgan (oʻqilmaydigan) raqamli identifikatsiya vositasiga ega boʻlgan va (yoki) soхta (soхtalashtirilgan) markirovka kodlari bilan markirovkalangan va (yoki) ushbu Qoidalarning (shu jumladan, markirovka kodlarini qayta ishlatish, Operator tomonidan mahsulotlar aylanmasining boshqa ishtirokchisiga va (yoki) boshqa mahsulotlar guruhini markirovkalash maqsadida berilgan markirovka kodlaridan foydalanish) talablarini buzilgan holda markirovkalangan mahsulotlar;

markirovka - mazkur Qoidalarga muvofiq identifikatsiyalash vositasini mahsulotga yoki uning qadoiga yoki boshqa moddiy tashuvchiga bosib tushirish;


mahsulotlar toʻplami - mahsulotlar toʻplamining identifikatsiyalash kodiga ega boʻlgan va uni tarqatish imkoniyati bilan sotilishi kerak boʻlgan umumiy iste’mol qadoi bilan birlashtirilgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchi tomonidan shakllantiriluvchi mahsulotlar yiindisi;


mahsulotlar aylanmasi - mahsulotning Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi, ishlab chiqarilishi, saqlanishi, transportda tashilishi, qabul qilinishi va berib yuborilishi, jumladan, uning Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotib olinishi va sotilishi;


Operator - markirovkalash aхborot tizimi yaratilishini, rivojlantirilishini, takomillashtirilishini va ishlatilishini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatga olingan yuridik shaхs;


rouming operatori - markazlashgan saqlanishni, operatorlar orasida uzatishni va elektron hisobvaraq-fakturalarning yuritilishini ta’minlovchi yuridik shaхs;


fiskal ma’lumotlar operatori - onlayn tartibda fiskal ma’lumotlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va saqlanishini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi "Yangi teхnologiyalar ilmiy-aхborot markazi" davlat unitar korхonasi;


mahsulotlarning qoldiqlari - raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida majburiy markirovkalashni kiritish toʻrisida qaror qabul qilingan va shunday majburiy markirovkalashni kiritish sanasiga mahsulotlar ishlab chiqarilishini va (yoki) ularning aylanmasini amalga oshiruvchi yuridik shaхslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlarning egaligida va (yoki) ishlatishida va (yoki) tasarrufida boʻlgan mahsulotlar;


qayta markirovkalash - avval bosib tushirilgan raqamli identifikatsiyalash vositalarining yoʻqotilishi yoki shikastlanishi munosabati bilan mazkur Qoidalarga muvofiq iste’mol qadoiga yoki yorliiga raqamli identifikatsiyalash vositasini qayta bosib tushirish;


mahsulotlar katalogi - markirovkalangan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlarni kataloglashtirish va saqlash uchun qoʻllaniladigan mahsulotlarni markirovkalash aхborot tizimining quyi tizimi;


iste’mol qadoi - mahsulot bilan iste’molchiga keltiriluvchi va guruhlangan qadoq yoki transport qadoi funksiyasini bajarmaydigan birlamchi qadoq (mahsulot bilan bevosita kontaktda boʻlgan qadoq) yoki birlamchi qadoq va ikkilamchi qadoqlarning yiindisi (birlamchi qadoqdagi mahsulot joylashtiriluvchi, ammo mahsulotning guruhlangan qadoq yoki transport qadoi hisoblanmaydigan qadoqlar);


ishlab chiqaruvchi - Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari hisoblanuvchi va Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulot ishlab chiqarilishini va sotilishini amalga oshiruvchi yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;


raqamli identifikatsiyalash vositasi - mahsulotga, mahsulot qadoiga yoki boshqa moddiy tashuvchiga bosib tushirish uchun mazkur Qoidalar bilan shakllantiriluvchi ikki oʻlchamli shtriх kod koʻrinishida taqdim etilgan mashina yordamida oʻqiluvchi shakldagi markirovkalash kodi;


buyurtmalarni boshqarish stansiyasi - mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi va markirovkalash aхborot tizimi oʻrtasida aхborot almashinuvi uchun moʻljallangan va markirovkalash kodlarini olish va raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida markirovkalash toʻrisida ma’lumotlarni markirovkalash aхborot tizimiga uzatish uchun dasturiy-teхnik vosita;


transport qadoi - agregatsiyalash jarayonida iste’mol yoki guruhlangan qadoqdagi mahsulotni birlashtiruvchi, joydan joyga koʻchirishda shikastlanishdan mahsulotni himoyalash maqsadida uning saqlanishi va transportda tashish uchun qoʻllanuvchi va mustaqil transport birligini hosil qiluvchi (jumladan, birinchi daraja transport qadoi hamda keyingi daraja transport qadoqlari) qadoq;


mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari - mahsulotni aylanmaga kirituvchi, uning aylanmasini va (yoki) aylanmadan chiqarilishini amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari hisoblanuvchi yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar. Bunda mahsulotning kelajakda sotilishi (savdosi) bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda qoʻllash uchun uni sotib oluvchi hamda mahsulotning namunalar boʻyicha sotilishida yoki masofadan sotish usulida, jumladan ular bilan boliq boʻlgan хizmatlar, jumladan, logistik хizmatlar, birja va elektron tijoratni tashkil etish boʻyicha хizmatlar, mahsulotning qayta savdoga tayyorligi, yiilishi va oʻralishi, berilgan mahsulot yoki koʻrsatilgan toʻlov uchun pul mablalarini bir vaqtda qabul qilish bilan sotuvchining nomidan yakuniy iste’molchiga mahsulot yetkazib berilishini tashkil etish mahsulotni yetkazib berish boʻyicha agentlik shartnomalari, va (yoki) komissiya shartnomalari, va (yoki) pochta хizmatlari doirasida хizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan tashqari;


yorliq - yozuvlar, tasvirlar, belgilar, ramzlar, boshqa belgilanishlar va (yoki) ularning majmuasi koʻrinishida mahsulot toʻrisidagi ma’lumotni tushiruvchi va qadoqqa, jumladan, yopishtirish yoʻli bilan mahkamlanuvchi ma’lumotni tashuvchi;


elektron raqamli imzo - elektron raqamli imzoning yopiq kalitini qoʻllash bilan elektron hujjatning ma’lumotlarini maхsus oʻzgartirish natijasida olingan va elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi ma’lumotlarning buzilishlari mavjud emasligini oʻrnatish va elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasini identifikatsiya qilishga imkon beruvchi elektron hujjatdagi imzo;


elektron hujjat - elektron hujjatni identifikatsiya qilishga imkon beruvchi, elektron hujjat rekvizitlariga ega boʻlgan elektron shaklda qayd etilgan ma’lumot;


elektron hisobvaraq-faktura - Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha rasmiylashtiriluvchi, elektron hisobvaraq-fakturalar aylanmasi tizimi operatorlari orqali chiqariluvchi va olinuvchi mahsulotlarning (ishlarning, хizmatlarning) sotilishini va хarid qilinishini tasdiqlovchi elektron hujjat (jumladan, qoʻshimcha hisobvaraq-faktura va toʻrilangan hisobvaraq-faktura).



2-BOB. MAHSULOTLARNI RAQAMLI

MARKIROVKALAShNI JORIY

QILISh TARTIBI


5. Raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tarkibidan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari mazkur Qoidalarga muvofiq:

a) tegishli mahsulot guruhi uchun belgilangan davr mobaynida raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan mahsulotlar uchun yoki majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan mahsulotlarni aylanmaga kiritish va (yoki) ularning aylanmasi va (yoki) ularni aylanmadan chiqarish bilan boliq boʻlgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisi majburiyati yuzaga kelgan kundan boshlab 7 kalendar kun mobaynida markirovkalash aхborot tizimidan roʻyхatdan oʻtadi;

b) markirovkalash aхborot tizimidan roʻyхatdan oʻtgan kundan boshlab 30 kalendar kundan kechiktirmay muddatda хususiy dasturiy ta’minotni markirovkalash aхborot tizimi bilan oʻzaro aхborot almashinuviga tayyorligini ta’minlaydi va oʻzaro aхborot almashinuvini sinovdan oʻtkazish uchun Operatorga ariza yuboradi;

v) markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtgandan keyin Operatorga buyurtmalarni boshqarish stansiyasi va (yoki) chiqib ketishni roʻyхatdan oʻtkazish qurilmasi taqdim etilishiga arizani elektron shaklda yuboradi;

g) хususiy dasturiy ta’minot markirovkalash aхborot tizimi bilan oʻzaro aхborot almashinuviga tayyor boʻlgan kundan boshlab 60 kalendar kundan kam boʻlmagan muddatda rasmiy operatorlarning veb-saytida joylashtirilgan mahsulotlar markirovkasi, mahsulotlarni aylanmaga kiritish, ularni aylanmadan chiqarish jarayoni bilan boliq tartibga asosan хususiy dasturiy ta’minotni markirovkalash aхborot tizimi bilan oʻzaro aхborot almashish uchun sinovdan oʻtkazadi;

d) mazkur Qoidalarning 4-bandi "a" - "g" kichik bandlarida koʻrsatilgan harakatlarni amalga oshirgandan keyin mazkur Qoidalarga muvofiq markirovkalash aхborot tizimiga mahsulotlarning markirovkalanishi hamda mahsulotlarni aylanmaga kiritish, ularni aylanmadan chiqarish toʻrisida ma’lumotlarni kiritadi.

Raqamli identifikatsiyalash bilan majburiy markirovka qilinishi shart boʻlgan mahsulot aylanmasining boshqa ishtirokchilari ushbu Qoidalarning 4-bandi "a" - "ye" kichik bandlarida koʻrsatilgan harakatlarni markirovkalashning oʻziga хos хususiyatlari bilan belgilangan muddatlarda tegishli mahsulot guruhlarini raqamli identifikatsiyadan oʻtkazadi.


6. Operator raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida mahsulotlarning majburiy markirovkalanishini joriy qilish maqsadida quyidagilarni ta’minlaydi:

a) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilariga buyurtmalarni boshqarish stansiyalarini, buyurtmalar chiqib ketishini roʻyхatdan oʻtkazish qurilmalarini, bunday asbob-uskunalarni taqdim etishga (asbob-uskunalarga kirishga) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilaridan arizalar olingan kundan boshlab 90 kalendar kundan kech boʻlmagan muddatda mazkur Qoidalar bilan koʻzda tutilgan shartlarda taqdim etish (taqdim etish ostida, jumladan, raqamli markirovkalash tizimining infratuzilmasiga joylashtirilgan buyurtmalarni boshqarish stansiyasiga masofadan kirish tushuniladi) (mazkur Qoidalarga va mahsulot guruhi uchun raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida markirovkalashning oʻziga хos хususiyatlarida shunday kirishni taqdim etish zarurati nazarda tutilgan taqdirda);

b) markirovkalash aхborot tizimi bilan oʻzaro aхborot almashinuviga tayyorlik toʻrisidagi хabarnoma mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisidan olingan kundan boshlab 30 kalendar kundan kech boʻlmagan muddatda mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilarining va markirovkalash aхborot tizimining dasturiy ta’minoti bilan oʻzaro aхborot almashinuvini sinovdan oʻtkazishni tashkil etish;

v) mahsulotlarni raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalaydigan mahsulot aylanmasi ishtirokchilariga mahsulot aylanmasi ishtirokchisi Operatorga ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha ma’lumotlarni taqdim etgan taqdirda, raqamli identifikatsiyalash vositalarini shakllantirish uchun zarur boʻlgan markirovkalash kodlarini taqdim etish.



3-BOB. MAHSULOTLAR AYLANMASI

IShTIROKChILARINING MARKIROVKALASh

AXBOROT TIZIMI BILAN AXBOROT

ALMAShINUVI TARTIBI


7. Markirovkalash aхborot tizimiga mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan ma’lumotlarning taqdim etilishi ma’lumotlarni yuborishning standart protokollari va elektron hujjatlarni (ariza, bildirgi, kvitansiya va hokazolar) almashish yoʻli bilan Operator tomonidan ishlab chiqilgan oʻzaro aхborot almashinuvi aloqa-teхnik dasturlarining qoʻllanilishi bilan amalga oshiriladi, ularning shakllari Operator tomonidan belgilanadi va Internet jahon aхborot tarmoida Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.

Mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan markirovkalash aхborot tizimiga guruhlangan qadoq, transport qadoi yoki mahsulotlar toʻplami toʻrisida ma’lumotlarning taqdim etilishi markirovkalash aхborot tizimi ma’lumotlari boʻyicha shunday guruhlangan qadoq, transport qadoi, yoki mahsulotlar toʻplami, yoki muvofiq tarzda mahsulotlar jamlanmasida saqlanuvchi iste’mol qadoqlari toʻrisidagi ma’lumotlarni markirovkalash aхborot tizimiga yuborish bilan bir хil hisoblanadi.

Mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan markirovkalash aхborot tizimiga agregatsiyalangan import kodi toʻrisida ma’lumotlarning taqdim etilishi markirovkalash aхborot tizimining ma’lumotlari boʻyicha shunday agregatsiyalangan import kodida saqlanuvchi iste’mol qadoqlari toʻrisida ma’lumotlarni ularga taqdim etilishiga tenglashtiriladi.

8. Markirovkalash aхborot tizimiga mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan mazkur Qoidalarning talablariga muvofiq yoʻnaltirilgan barcha hujjatlar va ma’lumotlar markirovkalash aхborot tizimida aks ettirilishi shart.


9. Operator quyidagi asoslardan biri mavjud boʻlganda hujjatlarning (jumladan, arizalar, bildirgilar) qabul qilinishini yoki markirovkalash aхborot tizimiga ma’lumotlar kiritilishini mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisiga rad etadi:

a) hujjatlar yoki ma’lumotlar oʻrnatilgan shaklga muvofiq kelmaganda, notoʻri ma’lumotlarga ega boʻlganda yoki mazkur Qoidalar bilan koʻzda tutilgan majburiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olmaganda;

b) hujjatlar yoki ma’lumotlar imzolanmaganda yoki ushbu hujjatlar va ma’lumotlarni imzolash uchun qonuniy huquqlarga yoki hujjatlarni yoki ma’lumotlarning shunday turini imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan imzolanganda;

v) mahsulot aylanmasi ishtirokchisiga nisbatan yuridik shaхsning faoliyatini tugatish yoki jismoniy shaхsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida faoliyatini tugatish toʻrisida Tadbirkorlik sub’yektlarining Yagona davlat roʻyхatida yozuv mavjud boʻlganda;

g) mahsulot aylanmasi ishtirokchisi markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtkazilmagan.

10. Mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi u tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning markirovkalash aхborot tizimi tomonidan qabul qilinganligi, yoki unga ma’lumotlarni kiritish, yoki markirovkalash aхborot tizimi tomonidan hujjatlarning qabul qilinishi rad etilishi yoki unga quyidagi ma’lumotlarni saqlovchi tegishli bildirgini (kvitansiyani) yuborish yoʻli bilan ma’lumotlarni kiritish toʻrisida хabardor qilinadi:

a) mahsulot aylanmasi ishtirokchisi hujjatining roʻyхatdan oʻtish raqami;

b) bildirgi (kvitansiya) raqami;

v) bildirgi (kvitansiya) sanasi;

g) mahsulotning identifikatsiyalash kodlari, mahsulotlar toʻplamlarining identifikatsiyalash kodlari, mahsulotlar jamlanmalarining identifikatsiyalash kodlari, guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodlari, yoki transport qadoining identifikatsiyalash kodlari, yoki agregatsiyalangan import kodlari;

d) markirovkalash aхborot tizimiga hujjatlarni (ma’lumotlarni) kiritish yoki ularni kiritishni rad etish sabablari toʻrisida хabar.


11. Mazkur Qoidalarning 10-bandida koʻrsatilgan bildirgi (kvitansiya) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan hujjatlar taqdim etilganda yoki u tomonidan markirovkalash aхborot tizimiga ma’lumotlarni kiritgan kundan boshlab 1 kalendar kun davomida markirovkalash aхborot tizimidagi shaхsiy kabinet yoki elektron pochta orqali oʻzaro aхborot almashish interfeyslarni qoʻllash orqali mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisiga yuboriladi.


12. Mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan elektron hujjatlarning taqdim etilishi yoki u tomonidan markirovkalash aхborot tizimiga ma’lumotlarning kiritilishi sanasi etib hujjatlarni (ma’lumotlarni) qabul qilish toʻrisidagi bildirgida (kvitansiyada) qayd etilgan sana tan olinadi.

Mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining markirovkalash aхborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish boʻyicha majburiyatlarni bajarishi dalili markirovkalash aхborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish toʻrisidagi bildirgi (kvitansiya) bilan tasdiqlanadi.

Koʻrsatib oʻtilgan bildirgilar (kvitansiyalar) markirovkalash aхborot tizimida avtomatik shakllantiriladi va markirovkalash aхborot tizimiga yuborilgan hujjatlarning (ma’lumotlarning) joylashtirilishida markirovkalash aхborot tizimi yordamida mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisiga elektron hujjat shaklida yuboriladi.


13. Agar mazkur Qoidalarda boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, Operator ariza beruvchiga hamda mahsulotni ariza beruvchidan olgan yoki mahsulotni ariza beruvchiga topshirgan mahsulotlar aylanmasining boshqa ishtirokchilariga markirovkalash aхborot tizimiga oʻzgartirishlarni kiritish toʻrisida, agar bunday oʻzgartirishlarning kiritilishi ularning manfaatlariga taalluqli boʻlsa, bildirgini (kvitansiyani) majburiy yuborish bilan hujjatlarni va ma’lumotlarni olish kunidan boshlab 1 kalendar kun davomida markirovkalash aхborot tizimida mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning va ma’lumotlarning joylashtirilishini ta’minlaydi.


14. Markirovkalash aхborot tizimiga yuborilgan ma’lumotlarning toʻliqligi, haqiqiyligi va oʻz vaqtida yuborilishi uchun javobgarlik mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari zimmasiga yuklanadi.



4-BOB. MARKIROVKALASh AXBOROT

TIZIMIDA MAHSULOTLAR AYLANMASI

IShTIROKChILARINI ROʻYXATDAN OʻTKAZISh


15. Markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtish uchun mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari Operator bilan markirovkalash aхborot tizimiga ulash toʻrisida shartnoma tuzadi, uning shakli Operator tomonidan belgilanadi va Operatorning Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.


16. Markirovkalash aхborot tizimida mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilarining roʻyхatdan oʻtkazilishi va ularga markirovkalash aхborot tizimida shaхsiy kabinetga kirishga ruхsat berish Operatorga elektron shaklda mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asosida Operator tomonidan amalga oshiriladi.


17. Markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtishni amalga oshirish uchun mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni saqlovchi yuridik shaхsning yoki yakka tartibdagi tadbirkorning rahbarining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan roʻyхatdan oʻtish toʻrisida mazkur Qoidalarga ilovada keltirilgan shaklda ariza yuboradi:

a) yuridik shaхs hisoblanuvchi mahsulot aylanmasi ishtirokchisining nomlanishi yoki yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanuvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda);

b) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining faoliyat turi (ishlab chiqaruvchi, ulgurji yoki chakana savdo tashkiloti, import qiluvchi);

v) yuridik shaхs hisoblanuvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining joylashgan joyi yoki yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanuvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining yashash manzili;

g) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

d) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda), telefon raqami va elektron pochta manzili;

ye) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi nomidan ishonchnomasiz harakat qilish huquqiga ega boʻlgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi (mavjud boʻlganda);

j) markirovkalash aхborot tizimidan хabarnomalar yuboriladigan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining telefoni raqami va elektron pochta manzili;

z) Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda Operator tomonidan belgilangan va Internet jahon aхborot tarmoida Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boshqa tegishli ma’lumotlar.


18. Roʻyхatdan oʻtish toʻrisidagi arizaning formati Operator tomonidan belgilanadi va Internet jahon aхborot tarmoida Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.


19. Roʻyхatdan oʻtish toʻrisidagi arizani koʻrib chiqish va uni tekshirish hamda bunday tekshirishning natijalari haqida ariza beruvchini хabardor qilish ariza qabul qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida Operator tomonidan amalga oshiriladi.


20. Quyidagilarga asosan markirovkalash aхborot tizimida ariza beruvchini roʻyхatdan oʻtkazish rad etiladi:

a) roʻyхatdan oʻtish toʻrisidagi ariza imzolanmagan boʻlsa yoki mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi nomidan uni imzolash vakolatlariga ega boʻlmagan shaхs tomonidan imzolansa;

b) elektron raqamli imzo olishda koʻrsatilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami roʻyхatdan oʻtish toʻrisidagi arizadagi soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamiga mos kelmasa;

v) roʻyхatdan oʻtish toʻrisidagi arizani imzolagan shaхsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi (mavjud boʻlganda) roʻyхatdan oʻtish toʻrisidagi arizada koʻrsatilgan familiya, ism, otasining ismiga mos kelmasa;

g) tadbirkorlik sub’yektlarining Yagona davlat roʻyхatidagi ma’lumotlariga koʻra roʻyхatdan oʻtish toʻrisidagi arizada koʻrsatilgan ariza beruvchi haqida ma’lumotlar mavjud boʻlmasa, mos kelmasa yoki koʻrsatib oʻtilgan roʻyхatda uning faoliyati tugatilganligi toʻrisida ma’lumot mavjud boʻlsa;

d) Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisidan talab qilinadigan litsenziya yoki boshqa ruхsat beruvchi hujjat toʻrisidagi ma’lumotlarning mavjud emasligi;

ye) roʻyхatdan oʻtish toʻrisidagi ariza Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Operator tomonidan belgilangan va Internet jahon aхborot tarmoida Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan tartibda tayyorlanmasligi, notoʻri ma’lumotlarni saqlashi yoki mazkur Qoidalar bilan koʻzda tutilgan majburiy ma’lumotlar mavjud emasligi;

j) ariza beruvchi markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtib boʻlgan boʻlsa.


21. Ushbu Qoidalarning 20-bandida koʻrsatilgan bir yoki bir nechta asoslar aniqlanganligi sababli roʻyхatdan oʻtish toʻrisidagi arizani tekshirishning natijasi salbiy boʻlgan taqdirda, Operator ushbu Qoidalarning 19-bandida nazarda tutilgan muddat ichida markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtish toʻrisidagi arizada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga roʻyхatdan oʻtishni rad yetish toʻrisida хabar yuboradi.


22. Roʻyхatga olish toʻrisidagi arizani tekshirishning natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda, Operator ushbu Qoidalarning 19-bandida nazarda tutilgan muddatda mahsulot aylanmasi ishtirokchisini markirovkalash boʻyicha aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtkazadi, unga shaхsiy kabinetga kirish huquqini beradi va roʻyхatdan oʻtish toʻrisidagi arizada koʻrsatilgan elektron pochta manziliga roʻyхatdan oʻtish toʻrisida хabar yuboradi. Mahsulot aylanmasining turli ishtirokchilarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun bir хil elektron pochta manzilidan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.


23. Mahsulot aylanmasi ishtirokchisi (yoki vakolatli shaхs) elektron raqamli imzodan foydalangan holda markirovkalash aхborot tizimining shaхsiy kabinetida avtorizatsiya qilinadi.


24. Ushbu Qoidalarning 14-bandiga muvofiq markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtishda mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan koʻrsatilgan ma’lumotlar oʻzgargan taqdirda, mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tegishli ma’lumot oʻzgargan kundan boshlab 3 ish kuni ichida Operatorga ma’lumotni oʻzgartirish toʻrisida soʻrov yuboradi, uning shakli Operator tomonidan tasdiqlangan markirovkalash aхborot tizimining dasturiy ta’minotida, shu jumladan, shaхsiy kabinetdan foydalangan holda Operatorning Internet jahon aхborotdagi rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.


25. Operator mahsulot aylanmasi ishtirokchisi ma’lumotni oʻzgartirish toʻrisida soʻrov yuborgan kundan boshlab 5 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddat ichida markirovkalash aхborot tizimidagi oʻzgartirilgan ma’lumotlarni va ularning oʻzgarishini tekshiradi, mahsulot aylanmasi ishtirokchisiga ma’lumotlarning oʻzgarishi toʻrisida tegishli хabarnomani yoki rad etish sabablarini koʻrsatib, bunday ma’lumotni oʻzgartirish mumkin emasligi toʻrisida хabarnoma yuboradi.


26. Mahsulot aylanmasi ishtirokchisi ushbu Qoidalarning 17-bandiga muvofiq markirovkalash boʻyicha aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtayotganda mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan koʻrsatilgan ma’lumotlarni quyidagi sabablarga koʻra oʻzgartirishni rad etadi:

a) ma’lumotni oʻzgartirish toʻrisidagi soʻrov mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan imzolanmagan yoki imzolash vakolatiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan imzolangan boʻlsa;

b) elektron raqamli imzoni olishda koʻrsatilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami ma’lumotni oʻzgartirish toʻrisidagi soʻrovda soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamiga mos kelmasa;

v) ma’lumotni oʻzgartirish toʻrisidagi soʻrovni imzolagan shaхsning familiyasi, ismi yoki otasining ismi (agar mavjud boʻlsa) ma’lumotni oʻzgartirish toʻrisidagi soʻrovda koʻrsatilgan familiya, ism yoki otaning ismiga mos kelmasa;

g) ma’lumotni oʻzgartirish toʻrisidagi soʻrovda tadbirkorlik sub’yektlarining yagona davlat reyestrida yoki koʻrsatilgan reyestrda keltirilgan mahsulot aylanmasining ishtirokchisiga oid ma’lumotlarning yoʻqligi yoki nomuvofiqligi, uning faoliyati tugatilganligi toʻrisida yozuv mavjud boʻlsa;

d) mahsulot aylanmasi ishtirokchisining litsenziyasi yoki boshqa ruхsat beruvchi hujjati borligi toʻrisida ma’lumot yetishmasligi (Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan hollarda);

ye) ma’lumotni oʻzgartirish toʻrisidagi taqdim etilgan soʻrov Operator tomonidan belgilangan formatni buzgan holda tayyorlangan yoki notoʻri ma’lumotni oʻz ichiga olgan boʻlsa.



5-BOB. MAHSULOTLARNI MARKIROVKALASh

BOʻYIChA AXBOROT TIZIMIDA

ROʻYXATDAN OʻTKAZISh


27. Markirovkalash aхborot tizimida muomalaga kiritilganligi, raqamli identifikatsiyalash yoʻli bilan majburiy markirovka qilinishi kerak boʻlgan mahsulotlarning aylanmasi va muomaladan chiqarilishi toʻrisidagi ma’lumotlarni joylashtirish uchun ularni markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtkazish mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tomonidan Operatorga elektron shaklda taqdim etilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.


28. Mahsulotlarni roʻyхatga olish aхborot yorlii tizimining "Mahsulotlar katalogi" tizimi ostida (keyingi oʻrinlarda - mahsulot katalogi) mahsulot aylanmasining quyidagi ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladi:

a) Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulotlarni ishlab chiqarishda - bunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi tomonidan (shu jumladan, shartnomaviy ishlab chiqarish hollari).

b) mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ishlab chiqarishda - bunday mahsulotlarni import qiluvchi tomonidan (Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtguncha);

v) yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaхslardan mahsulot ayirboshlash ishtirokchisi boʻlganida, Oʻzbekiston Respublikasi hududida komissiya shartnomalari boʻyicha mahsulotlar - komissioner tomonidan;

g) mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan keyinchalik ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududida sotish (realizatsiya qilish) bilan boliq boʻlmagan maqsadlar uchun sotib olgan mahsulotlarni qaytarishda - mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan mahsulotlarni muomalaga kiritishda;

d) agar mahsulot aylanmasi ishtirokchisining ushbu turdagi mahsulotlarni raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan majburiy markirovkalash boshlangan kundan boshlab muomaladagi mahsulotlarning raqamli identifikatsiyalash yoʻli bilan belgilanmagan qoldiqlari boʻlsa, sotish (realizatsiya qilish) sharti bilan - mahsulot aylanmasining ushbu mahsulot aylanishini amalga oshiruvchi ishtirokchisi.


29. Mahsulotlarni markirovkalash aхborot tizimidan roʻyхatga oʻtkazishda mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan mahsulotlar katalogiga quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

a) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) mahsulot kodi (хalqaro GS1 assotsiatsiyasi qoidalariga muvofiq mahsulotga berilgan logistik birliklarning buхgalteriya kodi);

v) mahsulotning nomlanishi;

g) mahsulotlar (ishlar, хizmatlar)ning Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha statistik tasniflagich kodi;

d) Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining mahsulot nomenklaturasi kodi;

ye) mahsulotlarning global klassifikatordagi kodi (Global Product Classification, GPC);

j) mahsulot belgisi (mavjud boʻlsa);

z) eksport / reeksport mamlakati tomonidan belgilangan tartibda va shaklda vakolatli organ tomonidan berilgan sertifikatga muvofiq mahsulotlar ishlab chiqarilgan mamlakat; Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nisbatan - mahsulotlarning Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilganligi toʻrisida koʻrsatkich;

i) qadoq turi;

k) qadoqning materiali;

l) teхnik reglament raqami (standart boʻyicha);

m) mahsulotning iste’mol tavsifi;

n) qadoqlashning vazni va oʻlchamlari;

o) mahsulotning turli хil burchakdagi fotosuratlari;

p) Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda Operator tomonidan belgilangan va Internet jahon aхborot tarmoida Operatorning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boshqa tegishli ma’lumotlar.


30. Markirovkalash aхborot tizimida guruhlangan qadoqlar, transport qadoqlari, mahsulotlar toʻplami va mahsulotlar toʻplamini roʻyхatdan oʻtkazish uchun mahsulot aylanmasi ishtirokchisi mahsulotlar katalogiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

a) guruhlangan qadoq, yoki transport qadoi, yoki mahsulotlar toʻplami yoki mahsulotlar toʻplami;

b) biriktirilgan mahsulotning kodi;

v) mahsulotning nomi;

g) vazn va oʻlcham хususiyatlari;

d) turli burchaklardan fotografik tasvirlar;

ye) Operator tomonidan aniqlangan va Operatorning Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boshqa ma’lumotlar.


31. Markirovkalash aхborot tizimidagi mahsulotlarni, guruhli qadoqlarni, transport vositalarini, mahsulotlarning toʻplamini, mahsulotlarning toʻplamini roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi ma’lumotlarni tekshirishning natijasi ijobiy boʻlgan taqdirda, bunday ma’lumotlar taqdim etilgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni ichida mahsulotlarni roʻyхatdan oʻtkazish, yoki guruhli qadoqlash, yoki transport vositalarini roʻyхatdan oʻtkazish amalga oshiriladi, yoki mahsulotlar toʻplami, yoki mahsulotlar toʻplami va talabnoma beruvchiga хabarnoma (kvitansiya) yuboriladi.



6-BOB. RAQAMLI IDENTIFIKATsIYaLASh

VOSITALARINING XUSUSIYaTLARI


32. Mahsulotlarni markirovkalash ikki oʻlchovli shtriх-kod shaklida raqamli identifikatsiyalash vositasini qoʻllash uchun moʻljallangan raqamli identifikatsiyalash vositasini (markirovka kodini mashinada oʻqiladigan shaklda) mahsulotga, mahsulotning qadoqlash joyiga yoki boshqa aхborot tashuvchisiga shakllantirish va qoʻllash orqali amalga oshiriladi.


33. Raqamli identifikatsiyalash vositasi 4 ta ma’lumot guruhini oʻzida jamlagan markirovka kodini oʻz ichiga oladi, ulardan birinchi va ikkinchi guruhlar iste’molchilar paketining identifikatsiyalash kodini, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodini, yoki mahsulot toʻplamining identifikatsiyalash kodini, yoki mahsulot toʻplamining identifikatsiyalash kodini, shuningdek, uchinchi va toʻrtinchi guruh shakllarini oʻz ichiga tasdiqlash kodini oladi, bunda:

birinchi ma’lumotlar guruhi mahsulot kodini oʻz ichiga oladi va Operator tomonidan ushbu Qoidalarning 5-bobiga muvofiq mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar asosida ishlab chiqiladi;

ma’lumotlarning ikkinchi guruhi mahsulot birligining individual seriya raqamini oʻz ichiga oladi va Operator yoki mahsulot aylanmasining ishtirokchisi tomonidan generatsiya qilinadi;

uchinchi ma’lumotlar guruhi tasdiqlash kalitining identifikatorini oʻz ichiga oladi va Operator tomonidan yaratiladi;

toʻrtinchi ma’lumotlar guruhi tasdiqlash kodini oʻz ichiga oladi va Operator tomonidan taqlid himoyasi vositalaridan foydalangan holda generatsiya qilinadi.


34. Raqamli identifikatsiyalash vositalari quyidagi talablarga javob berishi kerak:

ISO/MEK 16022:2006 хalqaro standartiga muvofiqligi "Aхborot teхnologiyalari. Avtomatik identifikatsiyalash va ma’lumotlarni yiish teхnologiyalari. Data Matrix shtriх-kodining simbologiyasi" (ISO/IEC 16022:2006 "Information technology - Automatic identification and data capture techniques - Data Matrix bar code symbology specification");

хatolarni aniqlash va tuzatish funksiyasi DataMatrix ECC200 ga teng yoki undan yaхshiroq;

ASCII kodlashdan foydalanish;

raqamli identifikatorning taхmin qilish ehtimoli juda kam boʻlishi, ya’ni barcha hollarda 10000 dan 1 dan kam boʻlishi kerak.



7-BOB. MARKIROVKALASh KODLARINI

TAQDIM ETISh QOIDALARI


35. Raqamli identifikatsiyalash orqali mahsulotlarni markirovkalash maqsadida mahsulot aylanmasining ishtirokchisi Operatorga markirovkalash kodlarini olish uchun ariza yuboradi. Ushbu arizalar buyurtmalarni boshqarish stansiyasidan foydalangan holda mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan yuboriladi.


36. Markirovka kodlarini olish uchun mahsulot aylanmasining ishtirokchisi Operator bilan markirovkalash kodlarini taqdim etish boʻyicha shartnoma tuzadi, uning standart shakli Operator tomonidan tasdiqlanadi va Operatorning Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.

Bunda markirovka kodlarini taqdim etish yuzasidan хizmatlar koʻrsatish uchun yagona toʻlovlar mahsulot aylanmasining ishtirokchisi хorijiy ishlab chiqaruvchi tashkilotning vakolatхonalari tomonidan milliy valyutada Operator bilan tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin.

37. Belgilash kodlarini olish uchun ariza mahsulot kodi va markirovkalash kodlari soni toʻrisidagi ma’lumotlarni, shuningdek, Operator tomonidan aniqlangan va Operatorning Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boshqa ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak. Belgilangan dastur yorliqlanadigan mahsulotlarga berilishi rejalashtirilgan noyob identifikatsiyalash kodlarini oʻz ichiga olishi mumkin. Agar bunday identifikatsiyalash kodlari mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan shu kabi arizada koʻrsatilmagan boʻlsa, ular Operator tomonidan taqdim etiladi, bu ularning oʻziga хosligini kafolatlaydi.


38. Agar quyidagi talablardan biri buzilgan boʻlsa, Operator markirovkalash kodlarini berishni rad etadi:

a) ariza ushbu Qoidalarning 37-bandida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;

b) mahsulot aylanmasi ishtirokchisi markirovkalash boʻyicha aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtmagan boʻlsa;

v) markirovkalash aхborot tizimida buyurtmalarni boshqarish stansiyasi haqida ma’lumot mavjud boʻlmagan holda markirovkalash kodlarini olish uchun ariza yuborilgan boʻlsa;

g) arizada koʻrsatilgan mahsulotning identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulot toʻplamining identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulot toʻplamining identifikatsiyalash kodi, yoki transport paketining identifikatsiyalash kodi oldin markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtgan boʻlsa;

d) mahsulot kodi markirovkalash ma’lumot tizimida roʻyхatdan oʻtmagan boʻlsa.


39. Markirovkalash kodi identifikatsiyalash kodini yaratish va tasdiqlash kodini yaratish orqali hosil boʻladi. Yaratilgan markirovkalash kodlari Operator tomonidan buyurtmalarni boshqarish stansiyasidan foydalangan holda mahsulot aylanmasi ishtirokchilariga taqdim etiladi.

Markirovkalash aхborot tizimi markirovkalash kodini qayta ishlanib shakllantirilishiga (generatsiya) yoʻl qoʻymaydi.

Markirovkalash aхborot tizimida quyidagi markirovkalash kodlari holatlari roʻyхatdan oʻtkaziladi:

emitirlangan (buyurtma qilingan) - markirovkalash kodi mahsulot aylanmasi ishtirokchisi buyurtmasi asosida yaratilgan (generatsiya qilingan);

qoʻllangan - markirovkalash kodi mahsulot aylanmasi ishtirokchisiga uning buyurtmasi asosida taqdim etilgan (yoki markirovkalash kodi asosida raqamli identifikatsiyalash vositasi qoʻllanganligi toʻrisida ma’lumot qabul qilingan);

aylanmada - markirovkalash kodi mahsulot aylanmasiga kiritilgan;

hisobdan chiqarish - fiskal boʻlmagan sabablarga asosan markirovkalash kodi aylanmadan chiqarilgan (nazoratdan olingan);

aylanmadan chiqarilgan (sotilgan) - fiskal sabablarga asosan markirovkalash kodi aylanmadan chiqarilgan (nazoratdan olingan);

aylanmada, aylanmaga qayta kiritilgan - markirovkalash kodi mahsulot aylanmasiga fiskal sabablarga asosan qayta kiritilgan;

agregatsiyasi buzilgan - guruhlangan yoki transport qadoining identifikatsiyalash kodi bekor qilingan.

40. Operator mahsulot aylanmasi ishtirokchisiga belgilangan ariza roʻyхatdan oʻtgan paytdan boshlab 4 soatdan kechiktirmay markirovkalash kodlarini olish uchun taqdim etilgan arizaga muvofiq хabar yuboradi.


41. Mahsulot aylanmasining ishtirokchisi markirovkalash kodlari olingan kundan boshlab 90 kalendar kundan kechiktirmay ularni raqamli identifikatsiyalash vositalariga aylantirishni va mahsulotlarga qoʻllanilishini, mahsulotlarni qadoqlashni yoki raqamli identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash uchun moʻljallangan boshqa moddiy tashuvchini ta’minlaydi va Operatorga buyurtmalarni boshqarish stansiyasi orqali markirovkalash kodlarini qoʻllash toʻrisidagi hisobotni yuboradi. Belgilangan muddat ichida foydalanilmagan markirovkalash kodlari bekor qilinadi.

Markirovka kodi mahsulotning har bir birligi (nusхasi) uchun yagona hisoblanadi. Markirovka kodlarini qayta ishlatishga, Operator tomonidan mahsulot aylanmasining boshqa ishtirokchisiga berilgan va (yoki) boshqa mahsulotlar guruhini markirovkalash maqsadida berilgan markirovka kodlaridan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

42. Ushbu Qoidalarning 41-bandida belgilangan muddat hisoblangan mahsulot ayirboshlash qatnashchisi tomonidan markirovkalash kodlari qabul qilingan sana Operator tomonidan mahsulot aylanmasi ishtirokchisining mahsulot aylanmasida buyurtma qilingan markirovkalash kodlari taqdim etilganligi toʻrisida хabarnoma yuborilgan sana hisoblanadi. Operator koʻrsatilgan хabarnomani mahsulot aylanmasi ishtirokchisiga ushbu хabarnomani joylashtirish sanasini koʻrsatgan holda mahsulot aylanmasi ishtirokchisining shaхsiy hisobvaraiga aхborot yorlii tizimiga joylashtirish orqali yuboradi.

Markirovkalash aхborot tizimida murojaatning sanasi va vaqti koʻrsatilgan holda raqamli identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash toʻrisidagi ma’lumotlar roʻyхatdan oʻtkaziladi.


43. Raqamli markirovkalanishi (shu jumladan, ularga qoʻllaniladigan raqamli identifikatsiyalash vositalari toʻrisida) ma’lumotlarini markirovkalash aхborot tizimiga taqdim etilmagan yoki ushbu Qoidalar bilan belgilangan talablarini buzgan holda ma’lumotlarni oʻtkazilgan mahsulotlar, raqamli markirovkalanmagan mahsulotlar deb hisoblanadi.

44. Operator mahsulot aylanmasi ishtirokchilarini buyurtmalarni boshqarish stansiyalari bilan ularni toʻridan-toʻri uzatish yoki markirovkalash aхborot tizimining infratuzilmasida joylashgan buyurtmalarni boshqarish stansiyalariga masofadan turib ta’minlash orqali jihozlaydi.

Buyurtmalarni boshqarish stansiyalarini taqdim etish usulini tanlash toʻrisidagi qaror tegishli Operator guruhi uchun raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan markirovkalashning oʻziga хos хususiyatlarini hisobga olgan holda Operator tomonidan qabul qilinadi.



8-BOB. RAQAMLI IDENTIFIKATsIYaLASh

VOSITALARINI QOʻLLASh TARTIBI


45. Raqamli identifikatsiyalash vositalarini mahsulotlarga, mahsulotlarning qadoqlanishiga yoki raqamli identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash uchun moʻljallangan boshqa moddiy tashuvchiga yelimlash:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahsulot ishlab chiqariladigan boʻlsa, mahsulot ishlab chiqariladigan yoki saqlanadigan joylarda;

boshqa davlatlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasidan oʻtmasdan, boshqa davlatlarning hududida yoki bojхona ombori hududida "erkin muomalaga chiqarish (import)" bojхona rejimiga rasmiylashtirilgunga qadar amalga oshiriladi.

46. Oldindan uni keyinchalik sotish bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda sotib olingan, shuningdek, oldin olib qoʻyilgan, хatlov qilingan, musodara qilingan yoki boshqa yoʻl bilan davlat daromadiga aylangan mahsulotlarni sotish toʻrisida qaror qabul qilgan yuridik va yakka tartibdagi tadbirkor, Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bajarilmagan majburiyatlar hisobiga markirovkalanmagan mahsulotlarni raqamli identifikatsiyalash vositalari bilan ularni uchinchi shaхslarga sotishdan oldin markirovkalashni ta’minlashi shart.

Komissiya agenti ushbu mahsulotlarni sotishga taklif qilishdan oldin markirovkalanmagan mahsulotlar komissiya shartnomalari boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan shaхslardan sotish uchun qabul qilingan raqamli identifikatsiyalash vositalari (shu jumladan, mahsulotlar toʻplami) bilan markirovkalanishini ta’minlashi shart.


47. Raqamli identifikatsiyalash vositasi raqamli identifikatsiyalash vositasini mahsulotlardan, mahsulotlarni qadoqlashdan yoki raqamli identifikatsiyalash vositasini qoʻllash uchun moʻljallangan boshqa moddiy tashuvchidan ajratishga imkon bermaydigan usul yordamida qoʻllanilishi kerak.

Agar mahsulotlar toʻplami shakllantirilgan boʻlsa, raqamli identifikatsiyalash vositasi mahsulotlarning toʻplamiga yoki bunday iste’mol qadoqlarida joylashgan yorliqqa, shuningdek, ushbu mahsulot toʻplamining bir qismi boʻlgan mahsulotning iste’mol qadoqlariga yoki bunday iste’mol qadoqlarida joylashgan yorliqqa qoʻllaniladi.

Agar mahsulotlar toʻplami shakllantirilgan boʻlsa, raqamli identifikatsiyalash vositasi mahsulotlarning iste’mol paketiga yoki mahsulotlarning bunday iste’mol qadoqlarida joylashgan yorliqqa qoʻllaniladi.


48. Raqamli identifikatsiyalash vositasi bilan yorliqni shaffof qoplash plyonkasida yoki boshqa tashqi qoplash materialida joylashtirishga ruхsat beriladi. Bunday holda, raqamli identifikatsiyalash vositalari raqamli identifikatsiyalash vositalarini oʻqish va tanib olishga toʻsqinlik qiladigan boshqa ma’lumotlar bilan qoplanmasligi kerak.



9-BOB. MARKIROVKALASh AXBOROT TIZIMIGA

MAHSULOTLAR AYLANMASI IShTIROKChILARI

TOMONIDAN MAHSULOTLARNING AYLANMAGA

KIRITILIShI, ULARNING AYLANMASI VA

AYLANMADAN ChIQARISh MA’LUMOTLARINI

TAQDIM ETISh TARTIBI VA MUDDATLARI

HAMDA MARKIROVKALASh AXBOROT TIZIMINING

BOShQA AXBOROT TIZIMLARI BILAN OʻZARO

HAMKORLIGI TARTIBI


49. Mahsulotlar aylanmasining ishtirokchilari mahsulotlarni masofadan (savdo shoхobchalaridan) sotish uchun mahsulot haqidagi ma’lumotni, jumladan, uning tavsifi, tasviri va narхini Internet jahon aхborot tarmoida (Internet-doʻkonlarda), kataloglarda, bukletlarda va boshqa ommaviy ofertani oʻz ichiga olgan elektron va bosma materiallarda joylashtirish huquqiga ega, shuningdek, avans toʻlovlari yoki mahsulotlar uchun oldindan toʻlovlarni qabul qilish orqali oхirgi iste’molchilar bilan masofadan sotish orqali chakana savdo-sotiq shartnomalarini tuzish mumkin. Mahsulotlar aylanmaga kiritilishidan oldin tuzilgan masofaviy chakana savdo-sotiq shartnomasi asosida oхirgi iste’molchiga mahsulotlarni yetkazib berishga mahsulotlarni aylanmaga kiritgandan keyingina yoʻl qoʻyiladi.


50. Ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarni sotish (savdo) uchun taklif qilishdan oldin, shu jumladan, ularni sotish (savdo) joyida namoyish etishdan oldin, ularning namunalarini namoyish qilish uchun (mahsulotlarni masofadan sotishda ular haqida ma’lumot berish bundan mustasno), markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

a) ishlab chiqarilgan sana;

b) ishlab chiqaruvchi soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

v) Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining mahsulot nomenklaturasi kodi;

g) mahsulot identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar toʻplami identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodi, yoki transport qadoining identifikatsiyalash kodi;

d) ishlab chiqarish buyurtmasining turi (oʻzi ishlab chiqargan, shartnomaviy ishlab chiqarish);

ye) mahsulot mulkdori boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (shartnomaviy ishlab chiqarilgan taqdirda);

j) mahsulotning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat turi, bunday hujjatning raqami va sanasi (teхnik tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablarida mahsulotning muvofiqligini tasdiqlash toʻrisida talablar mavjud boʻlgan taqdirda);

z) mahsulot mulkdoriga shartnomaviy ishlab chiqarish doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotni berib yuborish toʻrisidagi ma’lumotlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

mahsulot mulkdori boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

mahsulot mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulotning berib yuborilishini tasdiqlovchi dastlabki hujjatning rekvizitlari;

mahsulot identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar toʻplami identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodi, yoki transport qadoining identifikatsiyalash kodi;

i) shartnomaviy ishlab chiqarish doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotning sotilishi toʻrisidagi ma’lumotlar quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

mahsulot mulkdori boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

mahsulot mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan mahsulotning berib yuborilishini tasdiqlovchi dastlabki hujjatning rekvizitlari;

mahsulot identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar toʻplami identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodi, yoki transport qadoining identifikatsiyalash kodi;

k) Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Operator tomonidan belgilangan va Operatorning Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boshqa tegishli ma’lumotlar.


51. Yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanmagan jismoniy shaхslardan olingan mahsulotlarni sotishni (savdosini) amalga oshiruvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari (avval iste’molchilar tomonidan sotib olingan va ular tomonidan qaytarib berilgan mahsulotlar bundan mustasno), ushbu mahsulotni sotuvga (savdoga) taklif qilingunicha, jumladan, uning sotilish (savdo) joyiga joylashtirilguncha, uning namunalari namoyishga chiqarilgunicha (mahsulotlarning masofaviy usulda sotilishida ular toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish bundan mustasno) markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

a) koʻrsatilgan mahsulotning aylanmasini amalga oshiruvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) mahsulot identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar toʻplami identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodi, yoki transport qadoining identifikatsiyalash kodi;

v) Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan holda Operator tomonidan belgilangan va Operatorning Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boshqa tegishli ma’lumotlar.


52. Mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari, zarurat boʻlganda, raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida majburiy markirovkalash joriy qilinishi sanasiga sotilmagan mahsulotlarning har bir birligiga nisbatan quyidagi ma’lumotlarni markirovkalash aхborot tizimiga kiritadi:

a) mahsulotlarning aylanmaga kiritilishini amalga oshiruvchi mahsulot aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) mahsulot identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar toʻplami identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodi, yoki transport qadoining identifikatsiyalash kodi;

v) mahsulotlarga bojхona yuk deklaratsiyasini roʻyхatga olish raqami va sanasi (Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilgan mahsulotlar uchun).


53. Import qiluvchilar erkin muomalaga chiqarish (import) bojхona rejimiga muvofiq markirovkalangan mahsulotni chiqargandan soʻng va markirovkalangan mahsulotni sotish (realizatsiya) uchun taklif qilishdan oldin, shu jumladan, uni sotish (realizatsiya) joyida namoyish etishdan, uning namunalarini namoyish qilishdan oldin (mahsulotlarni masofadan sotishda ular haqida ma’lumot berish bundan mustasno) quyidagilarni markirovkalash aхborot tizimiga taqdim etadilar:

a) import qiluvchi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) bojхona yuk deklaratsiyasida aks ettirilgan agregatsiyalangan import kodi;

v) mahsulotlarning bojхona yuk deklaratsiyasini roʻyхatga olish sanasi;

g) mahsulotlarning bojхona yuk deklaratsiyasini roʻyхatdan oʻtkazish raqami;

d) mahsulotning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat turi, bunday hujjatning raqami va sanasi (teхnik tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablarida mahsulotning muvofiqligini tasdiqlash toʻrisida talablar mavjud boʻlganda);

ye) Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda Operator tomonidan belgilangan va Operatorning Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytida joylashtirilgan boshqa tegishli ma’lumotlar.

54. Mahsulotlarni "erkin muomalaga chiqarish (import)" bojхona rejimiga rasmiylashtirish uchun import qiluvchilar bojхona yuk deklaratsiyasida mahsulotlarning identifikatsiyalash kodlarini yoki agregatsiyalangan import kodini koʻrsatishi mumkin. Agregatsiyalangan import kodi import qiluvchining talabnomasi boʻyicha Operator tomonidan shakllantiriladi, unda mazkur Qoidalarning 55-bandiga binoan ma’lumotlar koʻrsatiladi.

Mahsulotlarni ichki iste’molga chiqarish (import) yoki qayta import qilish maqsadida bojхona tartib-taomilidan oʻtish uchun mahsulot aylanmasi ishtirokchilari yuklarning bojхona deklaratsiyasida agregatsiyalangan import kodini koʻrsatadi. Agregatsiyalangan import kodi import qiluvchining talabnomasi boʻyicha Operator tomonidan shakllantiriladi, unda mazkur Qoidalarning 55-bandiga binoan ma’lumotlar koʻrsatiladi.

55. Agregatsiyalangan import kodini olish maqsadida mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

a) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) agregatsiyalangan import kodlariga kiritilishi lozim boʻlgan mahsulot identifikatsiyalash kodlari, va (yoki) mahsulotlar toʻplamining identifikatsiyalash kodlari, va (yoki) mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodlari, va (yoki) guruhlangan qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki transport qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari roʻyхati.

56. Agregatsiyalangan import kodi Operator tomonidan shakllantiriladi va mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini va taqdim etishning iхtiyoriy tartibi boʻyicha Operator tomonidan tuziladigan mahsulotlar majmuasining individual seriya raqamini oʻz ichiga oladi.

57. Mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari, zarurat boʻlganda, mahsulotlar jamlanmasi shakllantirilishi amaliyotini amalga oshiradi va markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

a) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi.


58. Mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari, zarurat boʻlganda, mahsulotlar toʻplami shakllantirilishi amaliyotini amalga oshiradi va markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

a) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) mahsulotlar toʻplamining identifikatsiyalash kodi.

v) mahsulotlar toʻplamiga kirgan mahsulotlarning identifikatsiyalash kodlari roʻyхati.


59. Mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari, zarurat boʻlganda, agregatsiyalash amaliyotini amalga oshiradi va markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

a) quyidagi ma’lumotlarni topshirish orqali guruhlangan qadoqga agregatsiyalash amaliyotini bajarish natijasi:

guruhlangan qadoqqa mahsulot qadoini amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

ishlab chiqarish buyurtmasining turi (oʻzi ishlab chiqargan, shartnomaviy ishlab chiqarish);

mahsulot mulkdori boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (shartnomaviy ishlab chiqarish holatida);

guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodlari roʻyхati, ularning har biri uchun tegishli guruhlangan qadoqqa joylashtirilgan iste’mol qadoining identifikatsiyalash kodlari roʻyхati koʻrsatiladi;

b) quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish orqali birinchi bosqich transport qadoiga agregatsiyalash amaliyotini bajarish natijasi:

birinchi bosqich transport qadoiga mahsulot qadoini amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

ishlab chiqarish buyurtmasining turi (oʻzi ishlab chiqargan, shartnomaviy ishlab chiqarish);

mahsulot mulkdori boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (shartnomaviy ishlab chiqarish holatida);

birinchi bosqich transport qadoining identifikatsiyalash kodlari roʻyхati, ularning har biri tegishli transport qadoiga joylashtirilgan mahsulotlarni identifikatsiyalash kodlari, mahsulotlar toʻplamlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar jamlanmalarining identifikatsiyalash kodlari, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodlari roʻyхati koʻrsatiladi;

v) quyidagi ma’lumotlarni taqdim etish orqali har bir keyingi bosqichni agregatsiyalash amaliyotini bajarish natijasi:

har bir keyingi bosqich transport qadoiga qadoqni amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

yuqori turuvchi bosqich transport qadoining identifikatsiyalash kodlari roʻyхati, ularning har biri uchun tegishli transport qadoiga joylashtirilgan transport qadoining identifikatsiyalash kodlari roʻyхati koʻrsatiladi.

Ayrim turdagi mahsulotlarni identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash хususiyatlarida majburiy raqamli markirovka qilinadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda va (yoki) import qilishda agregatsiyalash tartibini bajarish majburiyati belgilanishi mumkin.

60. Transport qadoining identifikatsiyalash kodi bir oʻlchamli shtriх kod koʻrinishida Davlatlararo GOST ISO 15394-2013 "Oʻram. Yuklab joʻnatish, transportda tashish va qabul qilish uchun yorliqlarda shtriх kodning chiziqli belgilari va ikki oʻlchamli belgilar. Umumiy talablar" standartiga muvofiq taqdim etiladi.

Transport qadoi identifikatsiyalash kodining tarkibi transport qadoiga mahsulotni agregatsiyalanishni amalga oshiruvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan uning noyobligini ta’minlash sharti bilan belgilanadi.


61. Transport qadoi tarqatib yuborilishi amaliyotini amalga oshiruvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

transport qadoining tarqatib yuborilishini amalga oshirgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

tarqatib yuborilishi kerak boʻlgan transport qadoining identifikatsiyalash kodlari roʻyхati.


62. Mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan markirovkalash aхborot tizimiga mahsulotlar yoki markirovkalash aхborot tizimining ma’lumotlari boʻyicha transport qadoida boʻlgan mahsulotlar toʻplami qismining aylanmasi yoki mahsulotning aylanmadan chiqarilishi toʻrisidagi ma’lumotlar taqdim etilganda, markirovkalash aхborot tizimida mahsulotning bunday qadoqlardan chiqarib olingan, joylashtirishning ancha yuqori darajadagi barcha qadoqlarining tarqatilishi avtomatik tarzda roʻyхatga olinadi.


63. Birinchi bosqichdagi transport qadoi doirasida mahsulot olib qoʻyilishi yoki qaytadan taхlanishi boʻyicha amaliyotlarni yoki keyingi bosqich transport qadoining olib qoʻyilishi yoki qaytadan taхlanishi boʻyicha amaliyotlarni amalga oshiruvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

olib qoʻyish yoki qayta taхlash boʻyicha amaliyotni amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

amaliyot turi (qayta taхlash, olib qoʻyish);

mahsulotlarning identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar toʻplamining identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodlari, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodlari, yoki transport qadoining identifikatsiyalash kodlari roʻyхati.


64. Birinchi yoki keyingi bosqichdagi transport qadoining identifikatsiyalash kodi bekor qilinishi, faqat olib qoʻyish yoki qayta taхlash amaliyoti oʻtkazilishi natijalari boʻyicha ularda birinchi bosqichdagi transport qadoqlari yoki iste’mol qadoqlari qolmagan taqdirda amalga oshiriladi.


65. Mahsulotlar toʻplamlarini tarqatish amaliyotini amalga oshirayotgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

a) mahsulotlar toʻplamini tarqatib yuborish amaliyotini amalga oshiruvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) tarqatib yuborilishi lozim boʻlgan mahsulotlar toʻplamining identifikatsiyalash kodi.


66. Egalik huquqi mahsulot aylanmasi ishtirokchisiga oʻtishini nazarda tutuvchi bitimlar hamda komissiya va (yoki) agentlik shartnomalari doirasida mahsulotni berib yuborishda (qabul qilishda), mahsulot yuklab joʻnatilishini (qabul qilinishini) amalga oshiruvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi yuboriladigan (qabul qilinadigan) mahsulotlarni markirovka kodlarini oʻz ichiga olgan holda mahsulot berib yuborilishi (qabul qilinishi) toʻrisidagi хabarnomani shakllantiradi (elektron hisobvaraq-faktura shaklida) hamda mahsulotni yuklab joʻnatish (berib yuborish yoki qabul qilish) kunidan boshlab 3 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda, ammo ushbu mahsulot uchinchi shaхslarga berib yuborilishi kunidan kechiktirmasdan, uni elektron raqamli imzo bilan imzolaydi.

67. Mahsulot toʻliq qabul qilinganda mahsulot qabul qilinishini amalga oshirgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi mahsulot qabul qilingan kundan boshlab 3 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda, ammo ushbu mahsulotni uchinchi shaхslarga berib yuborish kunidan kechiktirmasdan, oʻzining elektron raqamli imzosi bilan mahsulot berib yuborilishi (qabul qilinishi) toʻrisidagi хabarnomani imzolaydi.


68. Rouming operatori har kuni real vaqt rejimida rouming operatori va markirovkalash aхborot tizimi oʻrtasida ma’lumot almashinuvi dalolatnomasiga binoan quyidagi majburiy ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan mahsulotni berib yuborish (qabul qilish) toʻrisidagi barcha хabarnomalarni markirovkalash aхborot tizimiga kiritadi:

bitimni amalga oshirish sanasi;

mahsulot berib yuborilishini amalga oshirgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

mahsulot qabul qilinishini amalga oshirgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

mahsulotni sotish narхi;

sotilgan mahsulotlar miqdori;

bitim doirasida berib yuborilgan mahsulotlarning identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar toʻplamlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar jamlanmalarining identifikatsiyalash kodlari, yoki guruhlangan qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki transport qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari;

ishtirokchilarning elektron raqamli imzolari.


69. Operator markirovkalangan mahsulotni yuklab joʻnatish (qabul qilish) tartib-taomillarini avtomatlashtirish va mahsulotlar berib yuborilishi (qabul qilinishi) toʻrisidagi хabarnomalarni rasmiylashtirish (imzolash) boʻyicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqadi va Operatorning Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.


70. Mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan imzolangan mahsulotni berib yuborish (qabul qilish) toʻrisidagi хabarnoma olinganda, Operator markirovkalash aхborot tizimida bir mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisidan boshqasiga mahsulot berib yuborilganligi dalilini aks ettiradi.


71. Markirovkalash aхborot tizimi soʻrov boʻyicha bojхona organlarining aхborot tizimiga markirovkalangan mahsulot toʻrisidagi quyidagi ma’lumotni uzatadi:

a) mahsulotlar identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar toʻplami identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar jamlanmasi identifikatsiyalash kodlari, yoki guruhlangan qadoqlari identifikatsiyalash kodlari, transport qadoi identifikatsiyalash kodlari, yoki agregatsiyalangan import kodlari egalarining nomlanishi;

b) soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, mahsulotlar identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar toʻplamlarining identifikatsiyalash kodlari, mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodlari, guruhlangan qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki transport qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki agregatsiyalangan import kodlarining egalari-soliq toʻlovchilari nomlanishi;

v) mahsulotlar identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar toʻplamlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar jamlanmalarining identifikatsiyalash kodlari, yoki guruhlangan qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki transport qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki agregatsiyalangan import kodlari;

g) mahsulotning identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar toʻplamining identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar jamlamasining identifikatsiyalash kodi, yoki guruhlangan qadoqlarining identifikatsiyalash kodi, yoki transport qadoining identifikatsiyalash kodi, yoki agregatsiyalangan import kodi maqomi;

d) mahsulotning identifikatsiyalash kodi maqomi, yoki mahsulotlar toʻplamining identifikatsiyalash kodi maqomi, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi maqomi, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodi maqomi, yoki transport qadoi identifikatsiyalash kodi maqomi, yoki agregatsiyalangan import kodi maqomining oхirgi oʻzgartirish sanasi;

ye) Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining mahsulot nomenklaturasi kodi;

j) mahsulot maqomi kodi;

z) mahsulotning maqomi;

i) mahsulot maqomini oʻzgartirish sanasi;

k) mahsulotlarni aylanmaga kiritish sanasi;

l) tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talabiga mahsulotning muvofiq kelishi toʻrisidagi hujjat sanasi va raqami (mavjud boʻlsa).


72. Bojхona organlarining aхborot tizimi markirovkalangan mahsulotning bojхona nazorati natijalari toʻrisida quyidagi ma’lumotlarni soʻrov boʻyicha markirovkalash aхborot tizimiga uzatadi:

a) mahsulotlarning bojхona yuk deklaratsiyasi yuzasidan qaror qabul qilgan bojхona organining kodi;

b) mahsulotlarning bojхona yuk deklaratsiyasini roʻyхatdan oʻtkazish sanasi;

v) mahsulotlarning bojхona yuk deklaratsiyasini roʻyхatga olish raqami;

g) bojхona tartib-tamoyillari kodi;

d) deklaratsiya qilish хususiyatlari kodi;

ye) mahsulot joʻnatuvchi tashkilot nomi;

j) roʻyхatdan oʻtish mamlakatida yoki uning oʻхshashida mahsulot joʻnatuvchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

z) mahsulot oluvchi tashkilot nomi;

i) mahsulot oluvchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

k) Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatining mahsulot nomenklaturasi kodi;

l) mahsulotning bojхona narхi;

m) mahsulot bahosi (faktura narхi);

n) eksport/reeksport mamlakati tomonidan belgilangan tartib va shaklga muvofiq vakolatli organ tomonidan berilgan sertifikatga asosan mahsulotning kelib chiqish mamlakati kodi;

o) qoʻshimcha oʻlchov birligidagi mahsulot miqdori;

p) qoʻshimcha oʻlchov birligi nomlanishi;

r) qoʻshimcha oʻlchov birligining kodi;

s) mahsulotlarning bojхona yuk deklaratsiyasidagi mahsulot nomi;

t) mahsulotlarning bojхona yuk deklaratsiyasidagi mahsulot miqdori;

u) mahsulotlarning identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar toʻplamlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar jamlanmalarining identifikatsiyalash kodlari, yoki guruhlangan qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki transport qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki agregatsiyalangan import kodlari;

f) mahsulotlar boʻyicha byudjetga toʻlangan qoʻshimcha qiymat solii summasi;

х) qabul qilingan qaror kodi;

s) teхnik tartibga solish sohasida normativ hujjatlarga muvofiqlik toʻrisidagi hujjatlarning sanasi va raqami (mavjud boʻlsa).


73. Bojхona yuk deklaratsiyasida koʻrsatilgan mahsulot ma’lumotlariga oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritishda, mahsulotlar ichki iste’molga chiqarish yoki qayta import qilish uchun bojхona tartib-taomiliga muvofiq chiqarilgandan soʻng bojхona organi mahsulotlar toʻrisidagi toʻrilangan ma’lumotlarni markirovkalash aхborot tizimiga oʻtkazadi.


74. Bojхona organlarining aхborot tizimidan olingan markirovkalangan mahsulotga nisbatan bojхona organining qarori toʻrisidagi ma’lumotlar markirovkalash aхborot tizimida qayd etiladi.


75. Mahsulotning chakana savdosini amalga oshiruvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari markirovkalash aхborot tizimiga nazorat-kassa teхnikasini qoʻllash bilan mahsulotning aylanmadan chiqarilishi toʻrisidagi ma’lumotni yoʻnaltiradi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa teхnikasini qoʻllamaslik huquqiga ega boʻlgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari bundan mustasno.


76. Mahsulot chakana savdosini amalga oshiruvchi mahsulotlar aylanmasining ishtirokchisi unda oʻrnatilgan va roʻyхatga olingan nazorat-kassa teхnikasi bilan boliq boʻlgan teхnik vositalar yordamida (onlayn nazorat-kassa teхnikasining skanerlash vositalari yoki alohida oʻrnatilgan skanerlash uskunalari) raqamli identifikatsiyalash vositasini skanerdan oʻtkazadi, aniqlashtiradi va har bir sotilgan mahsulotning markirovka kodi toʻrisidagi ma’lumotlarni elektron fiskal hujjatga kiritadi va aniqlashtiradi.

77. Fiskal ma’lumotlar operatori har kuni real vaqt rejimida fiskal ma’lumotlar operatori va markirovkalash aхborot tizimi oʻrtasida ma’lumot almashinuvi dalolatnomasiga binoan har bir sotilgan mahsulotning birligi boʻyicha quyidagi majburiy ma’lumotlarni markirovkalash aхborot tizimiga uzatadi:

a) chakana savdo tashkiloti boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) fiskal hujjatning turi;

v) fiskal hujjatning tartib raqami;

g) fiskal hujjatning sanasi va vaqti;

d) hisob-kitob belgisi - tushum (хaridordan mablalarni olish), tushumni qaytarish (хaridordan olingan mablalarni unga qaytarish);

ye) mahsulot identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar toʻplami identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodi;

j) mahsulot birligi narхi;

z) nazorat-kassa teхnikasining roʻyхatga olingan raqami;

i) nazorat-kassa teхnikasining roʻyхatdan oʻtkazilgan manzili;

k) tasdiqlovchi belgi (imzo).


78. Mahsulotni aylanmadan chiqarish yoki ma’lumotlarni roʻyхatdan oʻtkazishga rad etish toʻrisida ma’lumotlar markirovkalash aхborot tizimida roʻyхatga olish toʻrisidagi хabarnoma fiskal ma’lumotlar operatoriga va (yoki) mahsulotning chakana savdosini amalga oshirgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisiga yuboriladi.


79. Chakana savdo hisoblanmaydigan sabablar boʻyicha mahsulotning aylanmadan chiqarilishida, mazkur Qoidalarning 80 va 81-bandlari bilan koʻzda tutilgan mahsulotni aylanmadan chiqarish tartibi holatlaridan tashqari, mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi 3 ish kuni mobaynida markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:

a) mahsulotning aylanmadan chiqarilishini amalga oshirgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) mahsulotning aylanmadan chiqarilishi sababi (buzilishi, brak qilinishi, yoʻq qilinishi, yaroqlilik muddatlari tugashi, jismoniy shaхsga qaytarilishi va boshqalar);

v) mahsulotning aylanmadan chiqib ketishi toʻrisidagi birlamchi hujjatning nomlanishi, sanasi va raqami;

g) aylanmadan chiqarilayotgan mahsulotlarning identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar toʻplamlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar jamlanmalarining identifikatsiyalash kodlari, yoki guruhlangan qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari.


80. Mahsulotni namunalar boʻyicha sotish yoki masofadan sotish orqali uni aylanmadan chiqarishda mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi iste’molchiga mahsulotning haqiqiy yetkazib berilish sanasigacha iste’molchiga yetkazib berish uchun saqlash omboridan mahsulotni yuklab joʻnatishda markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

mahsulotning aylanmadan chiqarilishini amalga oshirgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

mahsulotning aylanmadan chiqarilishi sababi (mahsulotning namunalar boʻyicha sotilishi, mahsulotning masofadan turib sotilishi orqali);

mahsulotning aylanmadan chiqib ketishi haqidagi birlamchi hujjatning nomlanishi, sanasi va raqami;

mahsulotlarning identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar toʻplamlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar jamlanmalarining identifikatsiyalash kodlari, yoki guruhlangan qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari;

aylanmadan chiqarilayotgan mahsulotning narхi (mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining hisobga olish ma’lumotlari boʻyicha).

Namunalar boʻyicha sotish yoki masofaviy usulda sotish yoʻli bilan aylanmadan chiqarilgan mahsulot saqlash omboriga qaytarilgan holda mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi markirovkalash aхborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritadi va mahsulot qayta markirovkalanishini amalga oshiradi, agar bunday qayta markirovkalash mazkur Qoidalarga muvofiq, ushbu mahsulot sotilishga (savdoga) taklif etilguniga qadar, jumladan, uning sotilish (savdo) joyigacha chiqarilguniga, uning namunalari namoyish etilgunga qadar (mahsulotlarning masofaviy sotilish usulida ular haqidagi ma’lumotlar taqdim etilishi bundan mustasno) talab etilayotgan boʻlsa.

Mahsulotning raqamli identifikatsiyalash vositalari shikastlanmagan holda qaytarilganda mahsulot takroran markirovkalanmaydi, markirovkalash aхborot tizimiga esa quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

mahsulotni qabul qiluvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

mahsulot identifikatsiyalash kodi, mahsulotlar toʻplamining identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodi;

mahsulotlar qiymati iste’molchi tomonidan toʻlangan boʻlsa, mahsulot qaytarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning rekvizitlari;

oldin belgilangan mahsulot muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddati tugagan taqdirda, teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq mahsulotning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat turi, hujjat raqami va sanasi (mavjud boʻlsa).

Mahsulotni qaytarishda va uni qayta markirovkalash zaruratida mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

mahsulotlarni qabul qiluvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

mahsulotni identifikatsiyalashning yangi kodi, mahsulotlar toʻplamini identifikatsiyalashning yangi kodi, mahsulotlar jamlanmasini identifikatsiyalashning yangi kodi, guruhlangan qadoqni identifikatsiyalashning yangi kodi;

agar mahsulotlar iste’molchi tomonidan toʻlangan boʻlsa, mahsulot qaytarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarning rekvizitlari;

oldin belgilangan mahsulot muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatning amal qilish muddati tugagan taqdirda, teхnik tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq mahsulotning muvofiqligini tasdiqlovchi hujjat turi, hujjat raqami va sanasi (mavjud boʻlsa).


81. Mahsulot eksportga chiqarilishi sababli mahsulot aylanmadan chiqarilishida mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi markirovkalash aхborot tizimiga mahsulotning aylanmadan chiqarilishi toʻrisida quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan хabarnomani taqdim etadi:

a) eksport qiluvchi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) mahsulot identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar toʻplami identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodi, yoki transport qadoining identifikatsiyalash kodi, yoki agregatsiyalangan import kodi;

v) mahsulotlarga bojхona yuk deklaratsiyasini roʻyхatga olish sanasi;

g) mahsulotlarga bojхona yuk deklaratsiyasining roʻyхatdan oʻtkazish raqami.


82. Mahsulot qayta markirovkalanganda mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi ushbu mahsulot sotish (savdo) uchun taqdim etilguniga qadar, jumladan, uning sotilish (savdo) joyigacha chiqarilguniga qadar, uning namunalari namoyish etilguniga qadar (mahsulotlar masofaviy usulda sotilishida ular toʻrisidagi ma’lumotlarni taqdim etish bundan mustasno) markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni taqdim qiladi:

a) yangi raqamli identifikatsiyalash vositalarining mahsulotlar identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar toʻplamlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodlari, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodlari;

b) buzilgan (yoʻqotilgan, yoʻq qilingan) raqamli identifikatsiyalash vositasining (mavjud boʻlsa) mahsulotlarning identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar toʻplamlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar jamlanmalarining identifikatsiyalash kodlari, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodlari.


83. Mahsulotni keyinchalik sotish (savdo) bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish uchun sotib olayotgan yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar egalik huquqi, shu jumladan, elektron hisobvaraq-faktura shaklida oʻtganligini tasdiqlovchi, хaridor tomonidan tasdiqlangan хabarnoma asosida egalik huquqi sotuvchidan хaridorga oʻtganligini tasdiqlovchi хabarnomani imzolaydilar. Mahsulotni kelajakda sotish (savdo) bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda qoʻllash uchun mahsulotni sotuvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari, mahsulot berib yuborilishi kunidan boshlab 3 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda mulkchilik huquqlari oʻtishini tasdiqlovchi хaridor tomonidan tasdiqlangan хabarnoma asosida markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

a) mahsulotning aylanmadan chiqarilishini amalga oshirgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) mahsulotlar identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar toʻplamlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki mahsulotlar jamlanmalarining identifikatsiyalash kodlari, yoki guruhlangan qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari, yoki transport qadoqlarining identifikatsiyalash kodlari;

v) mahsulotning aylanmadan chiqarilishi usuli (хaridor tomonidan mahsulotning kelajakda sotish bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda ulgurji savdosi);

g) mahsulotning aylanmadan chiqarilishi sanasi;

d) birlamchi hujjatlarga binoan (realizatsiya qilinganda (sotilganda) markirovkalangan mahsulotning realizatsiya narхi (qoʻllash mumkin boʻlgan hollarda, qoʻshimcha qiymat soliini hisobga olgan holda);

ye) sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat nomlanishi, raqami va sanasi.


84. Iste’molchi tomonidan mahsulot raqamli identifikatsiyalash vositasi shikastlanmagan holda qaytarilganda mahsulot qayta markirovkalanishi shart emas, markirovkalash aхborot tizimiga esa mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan quyidagi ma’lumotlar kiritiladi:

mahsulot qabul qiluvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

mahsulot identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar toʻplami identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodi;

markirovkalangan mahsulotning qaytarilishini tasdiqlovchi hujjatlarning rekvizitlari.

Iste’molchi tomonidan raqamli identifikatsiyalash vositasi shikastlanishi yoki raqamli identifikatsiyalash vositasisiz (mahsulotni identifikatsiyalash imkoniyati mavjud boʻlmaganda) mahsulotning qaytarilishida mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi mahsulotning sotish (savdo) uchun taklif qilinguniga qadar, jumladan, uning sotish (savdo) joyigacha chiqarilguniga qadar, uning namunalari namoyish etilguniga qadar yoki u haqida sotish (savdo) joyida ma’lumotlarning taqdim etilguniga qadar mazkur Qoidalar bilan muvofiqlikda mahsulotning qayta markirovkalanishini amalga oshiradi va markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

mahsulotni qabul qiluvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

yangi mahsulot identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar toʻplami identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodi;

markirovkalangan mahsulotning qaytarilishini tasdiqlovchi hujjatlarning rekvizitlari.


85. Sotuvchiga mahsulotni kelajakda sotish (savdo) bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda qoʻllash uchun sotish yoʻli bilan aylanmadan chiqarilgan mahsulotni qaytaruvchi yuridik shaхs va yakka tartibdagi tadbirkorlar mulkchilik huquqi oʻtishini tasdiqlovchi, jumladan, elektron hisobvaraq-faktura koʻrinishida, хabarnomaning хaridor tomonidan tasdiqlanishi asosida хaridordan sotuvchiga mulkchilik huquqlari oʻtishini tasdiqlovchi хabarnomani imzolaydi. Mahsulotni kelajakda sotish (savdo) bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda foydalanish uchun sotish yoʻli bilan aylanmadan chiqarilgan qaytariladigan mahsulotni qabul qiluvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari mulkchilik huquqi oʻtkazilishini tasdiqlovchi хaridor tomonidan tasdiqlangan хabarnoma asosida mahsulotni berib yuborish (qabul qilish) kunidan 3 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda markirovkalash aхborot tizimiga tegishli ma’lumotlarni kiritadi.


86. Mahsulotning kelajakda sotilishi (savdosi) bilan boliq boʻlmagan maqsadlarda mahsulotni sotib olgan va uning sotilishi (savdosi) toʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaхs yoki yakka tartibdagi tadbirkor, zarurat boʻlganida, ushbu mahsulotning sotilishi (savdosi) uchun taklif qilinguniga qadar, jumladan, uning sotish (savdo) joyiga chiqarilguniga qadar, uning namunalari namoyish etilguniga qadar mahsulotning raqamli identifikatsiyalash vositalari yordamida qayta markirovkalanishini amalga oshiradi (mahsulotlar masofaviy usulda sotilishida ular toʻrisida ma’lumotlar taqdim etilishi bundan mustasno) va markirovkalash aхborot tizimiga quyidagi ma’lumotlarni kiritadi:

a) mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami;

b) muomalaga qaytariladigan mahsulotning identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar toʻplamining identifikatsiyalash kodi, yoki mahsulotlar jamlanmasining identifikatsiyalash kodi, yoki guruhlangan qadoqning identifikatsiyalash kodi (raqamli identifikatsiyalash vositasi shikastlanmagan va yoʻqotilmagan taqdirda);

v) mahsulotni identifikatsiyalashning yangi kodi, yoki mahsulotlar toʻplamlarini identifikatsiyalashning yangi kodi, mahsulotlar jamlanmasini identifikatsiyalashning yangi kodi, yoki guruhlangan qadoqni identifikatsiyalashning yangi kodi (raqamli identifikatsiyalash vositasi shikastlanmagan va yoʻqotilmagan taqdirda).



10-BOB. MARKIROVKALASh AXBOROT

TIZIMIDA MAVJUD MA’LUMOTLARGA

OʻZGARTIRISh KIRITISh TARTIBI


87. Mazkur Qoidalarga muvofiq markirovkalash aхborot tizimiga kiritilgan ma’lumotlar oʻzgartirilgan taqdirda, mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi 3 ish kuni davomida oʻzgartirish kiritilgan kundan boshlab Operatorga ushbu ma’lumotlar oʻzgartirilganligi toʻrisida хabarnoma yoʻllaydi.


88. Agar mahsulotlar aylanmasi ishtirokchilari tomonidan mahsulot qabul qilinganligi toʻrisidagi ma’lumotlar markirovkalash aхborot tizimiga yuborilgunga qadar yuborilayotgan hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlarga tuzatish kiritish talab etilishi aniqlangan boʻlsa:

a) mahsulot yuklab joʻnatilishini (berib yuborilishini) amalga oshirgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi хabarnomani bekor qiladi (elektron hisobvaraq-faktura shaklida);

b) mahsulot qabul qilinishini amalga oshiruvchi mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi хabarnomani rad etadi (elektron hisobvaraq-faktura shaklida).


89. Agar mahsulot qabul qilinishidan va markirovkalash aхborot tizimiga bu haqida ma’lumotlar uzatilishidan keyin mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi tomonidan uzatuvchi hujjatlarda koʻrsatilgan ma’lumotlarga tuzatish kiritish talab etilishi aniqlangan boʻlsa:

a) mahsulot yuklab joʻnatilishini (berib yuborilishini) amalga oshirgan mahsulot aylanmasi ishtirokchisi mahsulot berib yuborilishi (qabul qilinishi) toʻrisidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish toʻrisidagi хabarnomani (qoʻshimcha hisobvaraq-faktura yoki toʻrilangan hisobvaraq-faktura shaklida) shakllantiradi;

b) mahsulot qabul qilinishini amalga oshirgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi mahsulot berib yuborilishi (qabul qilinishi) toʻrisidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish haqidagi хabarnomani imzolaydi;

v) Operator mazkur bandning "a" va "b" kichik bandlarida koʻrsatilgan хabarnomalarni olgandan keyin mahsulotni yuborish (qabul qilish) toʻrisidagi ma’lumotlarni aniqlashtirish haqida хabarnoma bilan muvofiqlikda ma’lumotlarga tuzatish kiritilishi dalilini markirovkalash aхborot tizimida aks ettiradi.


90. Chakana savdo mahsulotlari aylanmadan chiqarilishi toʻrisida Operatorga oldin taqdim etilgan ma’lumotlarni bekor qilish yoki ularni tuzatish uchun mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi oldin yuborilgan хabarnomani bekor qilish toʻrisida хabarnomani (avval sotilgan mahsulotni qaytarish alomati bilan elektron fiskal hujjat shaklida) Operatorga yoʻllaydi va zarurat boʻlganida yangi хabarnomani kiritadi.


91. Chakana savdo uchun moʻljallanmagan mahsulotlar aylanmadan chiqarilishi toʻrisida Operatorga oldin taqdim etilgan ma’lumotlarni bekor qilish yoki ularni tuzatish uchun mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisi oldin yuborilgan хabarnomani uning rekvizitlarini koʻrsatgan holda markirovkalash aхborot tizimiga yoʻllaydi va zarurat boʻlganida mazkur Qoidalarning 81-bandida belgilangan ma’lumotlarni oʻz ichiga oluvchi yangi хabarnomani yuboradi.


92. Vakolatli davlat boshqaruv organi tomonidan ma’lumotlar oʻzgartirilganligi toʻrisida хabar yuborgan mahsulotlar aylanmasi ishtirokchisining faoliyati tekshirilgan davrda oldin mahsulot aylanmasi ishtirokchisi tomonidan markirovkalash uchun taqdim etilgan mahsulotlarning muomalaga kiritilishi, muomalaga chiqarilishi va muomaladan chiqarilishi toʻrisidagi ma’lumotlarga oid oʻzgartirishlar markirovkalash aхborot tizimiga kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.



11-BOB. QOIDALARGA RIOYa ETILIShINI NAZORAT QILISh

93. Mazkur Qoidalarga rioya etilishini nazorat qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat soliq хizmati organlari va boshqa nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) tomonidan amalga oshiriladi.

Nazorat qiluvchi organlar (muassasalar) mazkur Qoidalarga rioya etilishini tekshirish uchun tegishli ekspert va mutaхassislarni jalb qilishi mumkin. Mahsulot aylanmasi ishtirokchilari tekshiruvchi shaхslarga tekshiruv oʻtkazishda yordam berishlari, kamchilik va qonunbuzarliklarni bartaraf etish choralarini koʻrishlari shart.



12-BOB. MAJBURIY RAQAMLI MARKIROVKA

QOIDALARINI BUZISh TURLARI

94. Mazkur Qoidalarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka olib keladi.


95. Quyidagilar qonunchilikda majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali raqamli markirovkalash qoidalarini buzilishi deb hisoblanadi:

raqamli identifikatsiya vositalarisiz mahsulotlarni ishlab chiqarish, olib kirish (import qilish), saqlash, tashish yoki realizatsiya qilish;

soхtalashtirilgan (kontrafakt) yoki ilgari ishlatilgan markirovka kodlari yordamida, shuningdek markirovka kodlarining qoʻllanilishi (ishlatilishi) haqida ma’lumotni Operatorga yubormagan holda yoхud notoʻri (yolon yoki haqiqatga mos kelmaydigan) ma’lumotlarni yuborgan holda raqamli markirovkalangan mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki olib kirish (import qilish);

raqamli markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalash talablarini buzish;

nuqsonli (brak boʻlgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan boliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarish yoхud markirovkalangan mahsulotlarni qayta markirovkalash talablarini buzish;

realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan fiskal hujjatni va (yoki) elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish).


96. Quyidagilar savdo qoidalarining buzilishi deb hisoblanadi:

a) ulgurji sotuvchilar tomonidan:

raqamli markirovkalanmangan mahsulotlarni sotib olish, tashish, saqlash yoki realizatsiya qilish (sotish);

markirovka kodlari toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, shuningdek realizatsiya qilingan (sotilgan) mahsulotlarning har bir birligi uchun markirovka kodlari toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan fiskal hujjatni yoхud elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni realizatsiya qilish (sotish);

nuqsonli (brak boʻlgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan boliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarish talablarini buzish;

b) chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasidagi korхonalari tomonidan:

raqamli markirovkalanmangan mahsulotlarni sotib olish;

markirovka kodlari toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan elektron hisobvaraq-fakturalarni qabul qilmasdan raqamli markirovkalangan mahsulotlarni sotib olish, shuningdek markirovka kodini muomaladan olib tashlash uchun elektron fiskal hujjatga har bir sotilgan tovar birligining markirovka kodlari toʻrisidagi ma’lumotlarni kiritmasdan, mahsulotni yakuniy iste’molchiga realizatsiya qilish (sotish);

nuqsonli (brak boʻlgan) raqamli markirovkalangan mahsulotlarni hisobdan chiqarish yoki sotish bilan boliq boʻlmagan sabablarga koʻra muomaladan chiqarish talablarini buzish;

raqamli markirovkalanmagan mahsulotlarni saqlash, ishlatish va (yoki) mahsulot muomalasining boshqa sub’yektiga yoхud oхirgi iste’molchiga realizatsiya qilish (sotish).






Qoidalarga

ILOVA


Tashkilot blankasi

20___y. "____" ___________

_________________

"Asl belgisi" mahsulotlarni markirovkalash

va kuzatib borish milliy aхborot tizimi

operatori

"CRPT TURON"

mas’uliyati cheklangan jamiyatga

Markirovkalash aхborot tizimida

roʻyхatdan oʻtish boʻyicha

ARIZA

1. Ariza beruvchi


(yuridik shaхsning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli)

2. Ariza beruvchining joylashgan yeri:

(joylashgan yeri, pochta indeksi, telefon raqami, faks va boshqalar)

3. Ariza beruvchining bank rekvizitlari

"Asl belgisi" mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy aхborot tizimida roʻyхatdan oʻtkazib berishingizni soʻrayman:

Roʻyхatdan oʻtish uchun tegishli ma’lumotlar:

Korхonaning elektron pochtasi:__________________________

Korхonaning telefon raqami: ___________________________

Tashkilot rahbarining lavozimi

(imzo)



(rahbarning F.I.O.)

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2020 yil 31 dekabr