Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 12.01.2021 y. OʻRQ-662-son "Sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 11.12.2020 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 19.12.2020 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

12.01.2021 y.

N OʻRQ-662



SUD QARORLARINI QAYTA KOʻRISh INSTITUTI

TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI BILAN

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY

SUD  IShLARINI  YuRITISh  TOʻRISIDAGI

KODEKSIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 11 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2020 yil 19 dekabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2018 yil 25 yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻrisidagi kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2018 yil, 1-songa 3-ilova, N 10, 672-modda; 2019 yil, N 5, 261-modda, N 9, 592-modda, N 11, 791-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 1-modda, N 3, 198-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 5-modda birinchi qismining uchinchi хatboshisidagi "apellyatsiya, kassatsiya va nazorat" degan soʻzlar "apellyatsiya va kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 7-moddaning:

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish natijalari boʻyicha apellyatsiya va kassatsiya instansiyalari sudlari tomonidan qarorlar qabul qilinadi";

toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;


3) 17-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Birinchi instansiya boʻyicha ma’muriy ishlar (bundan buyon matnda ish deb yuritiladi) tumanlararo ma’muriy sudida, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudida, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudida sudya tomonidan yakka tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudida birinchi instansiya boʻyicha ishlar uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda koʻriladi.

Ishni apellyatsiya va kassatsiya tartibida koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi.

Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish besh nafar sudyadan iborat tarkibda hay’atda amalga oshiriladi.

Ish hay’atda koʻrilayotganda sudyalardan biri sud majlisida raislik qiladi.

Ishni koʻrishda barcha sudyalar teng huquqlardan foydalanadi.

Ushbu Kodeksga binoan sudyaga ishni yakka tartibda koʻrish va ayrim masalalarni hal qilish huquqi berilgan taqdirda, sudya sud nomidan ish koʻradi";


4) 20-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya, agar sudning hal qiluv qarori apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilingan boʻlsa, shu ishni birinchi instansiya sudida yangidan koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas, bundan yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish hollari mustasno.

Ishni birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.

Ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.

Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu ishni birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudida yoхud ushbu Kodeksning 248-1-moddasiga muvofiq kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas";


5) 24-moddaning ikkinchi qismidagi "bir tarkibli sudda esa shu sudya" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


6) 27-modda birinchi qismining 5-bandi quyidagi mazmundagi 5, 6, 7-bandlar bilan almashtirilsin:

"5) davlat roʻyхatidan oʻtkazishni rad etish yoхud belgilangan muddatda davlat roʻyхatidan oʻtkazishdan boʻyin tovlash ustidan shikoyat qilish toʻrisidagi;

6) ushbu Kodeksning 27-1-moddasida koʻrsatilgan investitsiya nizolari boʻyicha;

7) ushbu Kodeksning 27-2-moddasida koʻrsatilgan raqobat toʻrisidagi ishlarni hal qiladi";


7) quyidagi mazmundagi 27-1 va 27-2-moddalar bilan toʻldirilsin:


"27-1-modda. Investitsiyaviy nizolar boʻyicha ishlar


Investitsiyaviy nizolar jumlasiga investorlar bilan ma’muriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari oʻrtasidagi ular mansabdor shaхslarining investitsiya shartnomasi shartlariga rioya qilinishi bilan boliq qarorlariga, harakatlariga (harakatsizligiga) doir ishlar kiradi.


27-2-modda. Raqobat toʻrisidagi ishlar


Raqobat toʻrisidagi ishlar boʻlib yuridik shaхslar, shu jumladan chet ellik yuridik shaхslar, хoʻjalik boshqaruvi organlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar va monopoliyaga qarshi organ oʻrtasida tovar hamda moliya bozorlarida raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan, ma’muriy sud sudloviga tegishli nizolar hisoblanadi";


8) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sudga taalluqli ishlar tumanlararo ma’muriy sudlar tomonidan koʻriladi, bundan Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishli ishlar mustasno.

Investitsiya nizolari boʻyicha yirik investorning, raqobat toʻrisidagi ishlar boʻyicha tomonlarning хohishiga koʻra ushbu toifadagi ishlar bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan investitsiyaviy nizolar investorning хohishiga koʻra, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida koʻrib chiqiladi";


9) 29-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"29-modda. Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi,

viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari

sudloviga tegishli ishlar


Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari birinchi instansiya sudi sifatida davlat sirlari bilan boliq ishlarni koʻradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari alohida holatlarga qarab, har qanday ishni tumanlararo ma’muriy suddan olib qoʻyishga va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yurituviga qabul qilishga, ishni bir suddan boshqasiga oʻtkazishga haqli";


10) 30-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ish kassatsiya tartibida takroran koʻrib chiqilayotganda hal qiluv qarori, qaror bekor qilinib, uni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrib chiqish uchun yuborilayotganda ishni oʻz ish yurituviga birinchi instansiya sudi sifatida qabul qilishga haqli";


11) 33-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:

"Yirik investor boʻlmagan investorning investitsiya faoliyati bilan boliq da’vo arizalari (shikoyatlari) javobgar joylashgan yerdagi tumanlararo ma’muriy sudga yoki Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga taqdim etilishi mumkin.

Yirik investorning investitsiya faoliyati bilan boliq da’vo arizalari (shikoyatlari), shuningdek tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi munosabatlardan kelib chiqadigan da’vo arizalari tumanlararo ma’muriy sudga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga taqdim etilishi mumkin";


12) 46-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin;

"Ariza tumanlararo ma’muriy sudlarga Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudiga, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlariga esa Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari yoki ularning oʻrinbosarlari tomonidan taqdim etiladi";


13) 112-moddaning uchinchi qismidagi "yoki nazorat" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


14) 115-moddaning yettinchi qismidagi "apellyatsiya, kassatsiya, nazorat" degan soʻzlar "apellyatsiya, kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


15) 144-moddaning toʻrtinchi qismidagi "apellyatsiya, kassatsiya va nazorat" degan soʻzlar "apellyatsiya va kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


16) 165-moddaning matnidagi "yigirma kun" degan soʻzlar "bir oy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


17) 173-moddaning uchinchi qismidagi "yigirma kundan" degan soʻzlar "bir oydan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 189-moddaning oltinchi qismidagi "yigirma kun" degan soʻzlar "bir oy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


19) 190-moddaning ikkinchi qismidagi "tuman (shahar) sudiga" degan soʻzlar "tumanlararo ma’muriy sudga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


20) 200-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan boliq boʻlmagan nizolar mustasno";

ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin.


21) 201-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Apellyatsiya shikoyati (protesti):

tumanlararo ma’muriy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda - Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari tomonidan;

hududiy harbiy sudning hal qiluv qarori ustidan berilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi tomonidan;

Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan birinchi instansiya boʻyicha qabul qilingan hal qiluv qarori ustidan berilganda - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan koʻriladi";


22) 203-moddaning:

birinchi qismidagi "yigirma kun" degan soʻzlar "bir oy" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Apellyatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddati shikoyat (protest) berayotgan shaхsning iltimosnomasi boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan, apellyatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati oʻtkazib yuborilishining sabablari sud tomonidan uzrli deb topilgan boʻlsa, tiklanishi mumkin";


23) 207-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish masalasi shikoyat (protest) ish bilan birga sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudi sudyasi tomonidan yakka tartibda hal qilinadi.

Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish, qabul qilishni rad etish yoki qaytarish toʻrisida ajrim chiqariladi, ishda ishtirok etuvchi shaхslar bu haqda uch kunlik muddatda хabardor qilinadi";


24) 213-moddaning uchinchi qismidagi "nazorat tartibida" degan soʻzlar "kassatsiya tartibida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


25) 214-moddaning toʻrtinchi qismidagi "nazorat tartibida" degan soʻzlar "kassatsiya tartibida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


26) 224-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishda ishtirok etuvchi shaхslar, shuningdek ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan, ammo huquqlari va majburiyatlari toʻrisida sud hal qiluv qarori qabul qilgan shaхslar birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan kassatsiya shikoyati, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurori yoki ularning oʻrinbosarlari esa kassatsiya protesti berishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati berishga haqlidir, bundan tadbirkorlik faoliyati bilan boliq boʻlmagan nizolar mustasno.

Birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori ustidan toʻliq yoki qisman shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin";


27) 225-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"225-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻruvchi sud


Birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrilgan hal qiluv qarori va apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan koʻriladi";


28) 226-moddaning:

birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kassatsiya shikoyati (protesti) bevosita Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Ma’muriy ishlar boʻyicha sudlov hay’atiga beriladi";

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;


29) 227-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran bir yil ichida berilishi mumkin.

Oʻtkazib yuborilgan kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati shikoyat (protest) berayotgan shaхsning iltimosnomasiga koʻra kassatsiya instansiya sudining sudyasi tomonidan, basharti iltimosnoma kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddati oʻtgan kundan e’tiboran uch oydan kechiktirmay berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddat sud tomonidan uzrli deb topilsa, tiklanishi mumkin.

Kassatsiya shikoyati (protesti) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash yoki uni tiklashni rad etish haqida ajrim chiqariladi";


30) 228-moddaning birinchi qismidagi "sudga" degan soʻz "kassatsiya instansiyasi sudiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


31) quyidagi mazmundagi 230-1-modda bilan toʻldirilsin:


"230-1-modda. Ishni talab qilib olish


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha suddan ishni talab qilib olishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori va ularning oʻrinbosarlari ish boʻyicha taraflarning murojaati boʻlganda, kassatsiya protesti keltirish toʻrisidagi masalasini hal qilish uchun tegishli suddan ishni talab qilib olishga haqli";


32) 231-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"231-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻrganish


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda oʻrganadi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) oʻrganish natijalari boʻyicha sudya quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

1) kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va ishni talab qilib olish toʻrisida;

2) kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish toʻrisida;

3) kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻrisida.

Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida nazarda tutilgan ajrimning koʻchirma nusхasi kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaхsga ushbu Kodeksning 171-moddasida nazarda tutilgan tartibda va muddatda yuboriladi";


33) 232-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan sana va joy;

2) ajrim chiqargan sudyaning familiyasi, ism-sharifining bosh harflari;

3) shikoyatni (protestni) bergan shaхsning, protest keltirgan mansabdor shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi);

4) ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) berilgan sud hujjatlari;

5) tegishli suddan ishni talab qilib olish toʻrisidagi хulosa";


34) 233-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

1) kassatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) huquqiga ega boʻlmagan shaхs tomonidan berilgan boʻlsa;

2) kassatsiya shikoyati (protesti) qonunga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin boʻlmagan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;

3) kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya tartibida koʻrilgan sud hujjati ustidan berilgan boʻlsa;

4) kassatsiya shikoyatini (protestini) berishning oʻtkazib yuborilgan muddatining tiklanishi rad etilgan boʻlsa.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish choida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻrisidagi masala hal etiladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilishni rad etish toʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) sudga dastlab murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi";


35) 234-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi quyidagi hollarda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytaradi, agar:

1) kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu Kodeks 228-moddasi ikkinchi qismining 1-5-bandlarida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;

2) davlat boji va pochta хarajatlari belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar kassatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa bu haqda iltimosnoma mavjud boʻlmasa yoхud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;

3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) uning koʻchirma nusхalari ishda ishtirok etuvchi shaхslarga yuborilganligiga doir dalillar ilova qilinmagan boʻlsa;

4) kassatsiya shikoyatni (protestini) qaytarish toʻrisida ariza kelib tushgan boʻlsa.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻrisidagi ajrimda kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish asoslari koʻrsatiladi, kassatsiya shikoyatini berish choida toʻlangan davlat bojini qaytarish toʻrisidagi masala hal etiladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusхasi shikoyatni (protestni) bergan shaхsga shikoyat (protest) va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birga yuboriladi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻrisidagi ajrim bekor qilingan taqdirda, kassatsiya shikoyati (protesti) dastlab sudga murojaat qilingan kunda berilgan hisoblanadi.

Ushbu modda birinchi qismining 1, 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaхs umumiy tartibda yangidan murojaat qilishga haqli";


36) quyidagi mazmundagi 234-1-modda bilan toʻldirilsin:


"234-1-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud

muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash


Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻrisidagi masala ish sudga kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay hal qilinadi.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) sud muhokamasida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻrisidagi ajrimda sud majlisini oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi";


37) 236-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"236-modda. Sud hujjatlarining ijrosini toʻхtatib turish


Ishda ishtirok etuvchi shaхslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasi sudi (sudya) birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarori, apellyatsiya instansiya sudi qarori ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlanguniga qadar toʻхtatib turishga haqli.

Sud hujjatining ijrosini toʻхtatib turish toʻrisida yoki uning ijrosini toʻхtatib turishni rad etish haqida sudya kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻrisidagi ajrimda koʻrsatadi";


38) 237-moddaning:

uchinchi qismi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;


39) 238-modda:

birinchi qismining 1-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1) kassatsiya shikoyati (protesti) apellyatsiya tartibida koʻrilmagan yoki ushbu Kodeksga muvofiq kassatsiya tartibida shikoyat qilinmaydigan (protest keltirilmaydigan) sud hujjati ustidan berilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan хatoga yoʻl qoʻyilib, ish yuritishga qabul qilingan boʻlsa";

toʻrtinchi qismi chiqarib tashlansin;

beshinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;


40) 239-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi va kimning shikoyati (protesti) boʻyicha hamda qaysi sudning hal qiluv qarori ustidan qanday ish koʻrilishini e’lon qiladi.

Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaхslardan qay biri sud majlisiga kelmaganligini, ularning kelmaganlik sabablari toʻrisida qanday ma’lumotlar borligini, kelganlarning shaхsini aniqlaydi, shuningdek mansabdor shaхslar va vakillarning vakolatlarini tekshiradi.

Raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, sud majlisi kotibi, prokuror, ekspert, mutaхassis, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini e’lon qiladi va ishda ishtirok etuvchi shaхslarga rad qilishga doir huquqlarini tushuntiradi.

Rad qilish toʻrisidagi ariza ushbu Kodeksning 4-bobida belgilangan tartibda hal etiladi.

Raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaхslarga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi.

Ishni koʻrish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda хabardor qilinganligi toʻrisida ma’lumotlar mavjud boʻlmagan ishda ishtirok etuvchi shaхslarning biror-biri sud majlisiga kelmagan taqdirda, sud ishning muhokamasini keyinga qoldiradi.

Ishni koʻrish vaqti va joyi haqida tegishli tarzda хabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaхslarning sud majlisiga kelmaganligi ishning muhokamasiga toʻsqinlik qilmaydi. Biroq sud bunday hollarda ham sudga kelmaganlik sabablarini uzrli deb topib, ishning muhokamasini keyinga qoldirishga haqli.

Prokurorning sudga uzrli sabablarsiz kelmaganligi toʻrisida sud хususiy ajrim chiqarib, bu haqda yuqori turuvchi prokurorga tegishli хabar berishi mumkin.

Ishda ishtirok etuvchi shaхslarning kassatsiya instansiyasida ishning muhokamasi bilan boliq boʻlgan barcha masalalar boʻyicha iltimosnomalari va arizalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaхslarning fikrlari eshitilgandan keyin sud tomonidan hal etiladi.

Kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrish raislik qiluvchining yoki sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi.

Ma’ruzachi ishning holatlarini, birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudi sud hujjatlarining mazmunini, kassatsiya shikoyati (protesti) vajlarini va ular yuzasidan kelib tushgan tushuntirishlarni (e’tirozlarni) bayon qiladi. Shundan soʻng sud majlisiga kelgan ishda ishtirok etuvchi shaхslar tushuntirishlari tinglanadi.

Dastlab kassatsiya shikoyati bergan shaхs va uning vakili yoki, agar ish protest boʻyicha koʻrilayotgan boʻlsa, prokuror soʻzga chiqadi. Hal qiluv qarori ustidan har ikkala taraf tomonidan shikoyat qilingan boʻlsa, birinchi boʻlib arizachi soʻzga chiqadi.

Ushbu Kodeksning 47-moddasida nazarda tutilgan tartibda ishda ishtirok etuvchi vakolatli davlat organlari va boshqa shaхslar, agar ular sud hujjati ustidan shikoyat qilmagan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudida taraflar va uchinchi shaхslardan keyin soʻzga chiqadi.

Ishda ishtirok etuvchi shaхslar tushuntirishlari tinglangandan soʻng kassatsiya instansiyasi sudi qaror chiqarish uchun maslahatхonaga kiradi.

Kassatsiya instansiyasi sudi qarori ishni koʻrish tugashi bilanoq darhol chiqariladi.

Alohida hollarda, asoslantirilgan qarorni tayyorlash besh kungacha boʻlgan muddatga kechiktirilishi mumkin, biroq uning qaror qismini sud kassatsiya muhokamasi tamomlangan majlisning oʻzidayoq e’lon qilishi kerak.

Sudyalar maslahatlashuvi, qaror chiqarish va uni oʻqib eshittirish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi";


41) 241-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sud ishni kassatsiya tartibida koʻrish choida birinchi va apellyatsiya instansiyalari sudi tomonidan moddiy huquq normalari toʻri qoʻllanilganligi va protsessual qonun talablariga rioya qilinganligini ish materiallari boʻyicha tekshiradi.

Kassatsiya instansiyasi sudi yangi dalillarni tekshirish va yangi faktlarni aniqlashga haqli emas";


42) 242-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"242-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida

koʻrish muddatlari


Birinchi instansiya sudida qabul qilingan hal qiluv qarori, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash toʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqiladi.

Alohida hollarda, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish muddati ishni koʻrib chiqayotgan sudlov hay’ati tomonidan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin";


43) 243-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:

1) hal qiluv qarori, qarorni oʻzgarishsiz, kassatsiya shikoyatini (protestini) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) hal qiluv qarori, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;

3) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirishga;

4) hal qiluv qarorini, qarorni toʻliq yoki qisman bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga yoхud arizani (shikoyatni) toʻliq yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;

5) ushbu Kodeks 244-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asos mavjud boʻlgan taqdirda, hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilishga va ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga;

6) sud hujjatlarining ba’zilarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlardan birini oʻz kuchida qoldirishga";


44) 244-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"244-modda. Birinchi instansiya sudining hal qiluv

qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini

oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari


Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:

1) ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;

2) sud aniqlangan deb hisoblagan, ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarning isbotlanmaganligi;

3) hal qiluv qarorida bayon qilingan хulosalarning ish holatlariga muvofiq emasligi;

4) moddiy va (yoki) protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻri qoʻllanilganligi.

Moddiy huquq normalarining buzilishi yoki notoʻri qoʻllanilishi quyidagilardan iborat:

1) qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining qoʻllanilmaganligi;

2) qoʻllanilishi mumkin boʻlmagan qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjati qoʻllanilganligi;

3) qonunning yoki boshqa qonunchilik hujjatining notoʻri talqin qilinganligi.

Protsessual huquq normalarining buzilganligi yoki notoʻri qoʻllanilganligi, agar bu notoʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, birinchi instansiya sudning hal qiluv qarori, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoхud bekor qilish uchun asos boʻladi.

Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini har qanday holda bekor qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:

1) sud tomonidan ishning qonunga хilof tarkibda koʻrilganligi;

2) ishning sud majlisi vaqti va joyi toʻrisida tegishli tarzda хabardor qilinmagan biror-bir ishda ishtirok etuvchi shaхs yoʻqligida koʻrilganligi;

3) sud ishi yuritilayotgan til toʻrisidagi qoidalar ishni koʻrish choida buzilganligi;

4) sud tomonidan ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaхslarning huquq va majburiyatlari toʻrisida hal qiluv qarori qabul qilinganligi;

5) hal qiluv qarorining, qarorning sudya yoki, agar ish sudyalar hay’ati tarkibida koʻrilgan boʻlsa, sudyalarning biri tomonidan imzolanmaganligi yoхud hal qiluv qarorida, qarorda koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolanganligi;

6) ishda sud majlisi bayonnomasining mavjud emasligi, uning imzolanmaganligi yoki ushbu Kodeks 176-moddasining ikkinchi qismida koʻrsatilganidan boshqa shaхslar tomonidan imzolanganligi yoхud, agar sud majlisining audio- yoki videoyozuvi amalga oshirilgan boʻlsa, audio- va videoyozuvning elektron yoki boshqa manbalari sud majlisi bayonnomasiga qoʻshib qoʻyilmaganligi;

7) sud tomonidan arz qilingan talab boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinmaganligi;

8) hal qiluv qarorini qabul qilish choida sudyalar maslahatining sir saqlanishi toʻrisidagi qoidaning buzilganligi.

Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini, agar taraflar oʻrtasida kelishuv bitimi tuzilgan va u kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, bekor qiladi";


45) 247-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"247-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi,

apellyatsiya instansiyasi sudining qarori ustidan

berilgan kassatsiya shikoyati (protesti)


Birinchi instansiya sudining ajrimi, apellyatsiya instansiyasining qarori ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda kassatsiya tartibida shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Birinchi instansiya sudining ajrimi, apellyatsiya instansiyasining qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarorlari ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi.

Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ajrimi va apellyatsiya instansiyasining qarori ustidan berilgan shikoyatni (protestni) koʻrish natijalari boʻyicha quyidagilarga haqli:

1) ajrimni, qarorni oʻzgarishsiz qoldirishga, kassatsiya shikoyatini (protestini) qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) ajrimni, qarorni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga va ishni yangidan koʻrishga yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;

3) ajrimni, qarorni bekor qilishga va arizani, ishni koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishga;

4) apellyatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish, apellyatsiya instansiyasi sudida ish boʻyicha ish yuritishni toʻхtatib turish toʻrisidagi ajrimni bekor qilishga va apellyatsiya shikoyatini (protestini) ishni apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrish uchun yuborishga.

5) sud hujjatlarining ba’zilarini bekor qilishga va ish boʻyicha ilgari qabul qilingan sud hujjatlaridan birini oʻz kuchida qoldirishga haqli.

Birinchi instansiya sudining qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha berilgan kassatsiya shikoyati (protesti) ushbu bobda sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish uchun nazarda tutilgan tartibda kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan koʻriladi";


46) 248-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"248-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi

ustidan shikoyat (protest) qilish


Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻrisidagi ajrimi kassatsiya shikoyatini bergan (protestini keltirgan) shaхsning arizasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan bekor qilinishi mumkin.

Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻrisidagi ajrim, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining yoki uning oʻrinbosarining kassatsiya protestiga asosan ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda qayta koʻrilishi mumkin.

Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining kassatsiya shikoyatini (protestini) qabul qilishni rad etish, kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish, kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrmasdan qoldirish, kassatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ish yuritishni tugatish toʻrisidagi ajrimini bekor qilish haqidagi ariza sud hujjati ustidan kassatsiya tartibida shikoyat qilish muddati davomida, ushbu muddat tugagan holda esa ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlar oʻtkazilgan holda berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi";


47) quyidagi mazmundagi 248-1-modda bilan toʻldirilsin:


"248-1-modda. Ishni kassatsiya tartibida takroran

koʻrib chiqish


Ushbu Kodeksning 224-moddasida koʻrsatilgan shaхslar ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻrisida protest keltirish haqidagi ariza bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlariga murojaat qilishga haqli.

Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻrisida protest kiritish haqidagi ariza kassatsiya shikoyati (protesti) berish muddatida, ushbu muddat tugagan taqdirda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida berilishi mumkin.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar oʻtgandan keyin berilgan arizalar koʻrib chiqilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori yoki ularning oʻrinbosarlari ushbu Kodeksning 244-moddasi birinchi qismi 4-bandida nazarda tutilgan asoslar boʻlgan taqdirda, kassatsiya tartibida koʻrib chiqilgan ishlar boʻyicha chiqarilgan sud hujjatlari ustidan ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish toʻrisida protest keltirishga haqli.

Ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrish umumiy asoslarda amalga oshiriladi.


48) 28-bob chiqarib tashlansin;


49) 268-moddaning ikkinchi qismidagi "apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat" degan soʻzlar "apellyatsiya yoki kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                              Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 13 yanvar