Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 12.01.2021 y. OʻRQ-664-son "Jinoyat ishlari boʻyicha sud qarorlarini qayta koʻrish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 11.12.2020 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 19.12.2020 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

12.01.2021 y.

N OʻRQ-664



JINOYaT IShLARI BOʻYIChA SUD

QARORLARINI QAYTA KOʻRISh INSTITUTI

TAKOMILLAShTIRILIShI MUNOSABATI

BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

JINOYaT-PROTsESSUAL KODEKSIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 11 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2020 yil 19 dekabrda ma’qullangan



1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 385-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda; 2018 yil, N 1, 1, 5-moddalar, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430, 431-moddalar, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469-modda, N 9, 589, 592-moddalar, N 10, 671-modda, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020 yil, N 3, 204-modda, N 5, 296-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 13-moddaning:

beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Tegishli sud hay’atlarida apellyatsiya va kassatsiya tartibida ishlarni koʻrish uch nafar sudyadan iborat tarkibda amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmlariga apellyatsiya va kassatsiya shikoyatlari (protestlari) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atida besh nafar sudyadan iborat tarkibda koʻrib chiqiladi";

oltinchi qismi chiqarib tashlansin;


2) 28-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishlari boʻyicha odil sudlovni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar amalga oshiradi.

Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi boʻyicha hukm yoki ajrim chiqarish huquqiga ega. Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, hukm yoki ajrim chiqaradi. Kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining hukmlari va ajrimlari ustidan berilgan shikoyatlar (protestlar) boʻyicha ishlarni koʻrib, ajrim chiqaradi";


3) 29-moddaning birinchi qismidagi "apellyatsiya, kassatsiya, nazorat tartibida" degan soʻzlar "apellyatsiya, kassatsiya tartibida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 46-moddaning birinchi qismidagi "kassatsiya va nazorat instansiyalari" degan soʻzlar "kassatsiya instansiyasi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 51-modda birinchi qismining 9-bandidagi "apellyatsiya, kassatsiya va nazorat" degan soʻzlar "apellyatsiya va kassatsiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


6) 53-moddaning birinchi qismidagi "va nazorat" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


7) 55-moddaning birinchi qismidagi "va nazorat" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


8) 57-moddaning birinchi qismidagi "va nazorat" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


9) 59-moddaning birinchi qismidagi "va nazorat" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


10) 76-moddaning uchinchi - sakkizinchi qismlari quyidagi mazmundagi uchinchi - yettinchi qismlar bilan almashtirilsin:

"Birinchi, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrishda ishtirok etgan sudya oʻz ishtirokida chiqarilgan hukm, ajrim bekor qilinganidan keyin oʻsha ishni koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

Jinoyat ishini birinchi instansiya sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

Jinoyat ishini apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrishda ishtirok etgan sudya shu jinoyat ishini birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrishda yoхud ishni kassatsiya tartibida takroran koʻrishda ishtirok eta olmaydi.

Surishtiruvchining, tergovchining, shuningdek sud majlisi kotibining oʻz protsessual majburiyatlarini bajarishi ularning shu ish boʻyicha tegishincha surishtiruvni, dastlabki tergovni yuritishda takroran ishtirok etishi, shuningdek sud majlisi bayonnomasini yuritishi uchun monelik qilmaydi";


11) 148-1-moddaning birinchi qismidagi "jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


12) 166-1-moddaning birinchi qismidagi "jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


13) 239-modda uchinchi qismining 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyalariga nisbatan - Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roziligi bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlarining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlarining, tumanlararo ma’muriy sudlarining va Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlarining sudyalariga nisbatan - Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining хulosasi mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligi bilan";


14) 242-1-moddaning toʻrtinchi qismidagi "qarorda" degan soʻz "sudning ajrimida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


15) 243-moddaning beshinchi qismidagi "jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


16) 247-moddaning uchinchi qismidagi "jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


17) 254-3-moddaning birinchi qismidagi "jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


18) 257-moddaning birinchi qismidagi "jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


19) 267-moddaning birinchi qismidagi "jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi Oliy sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


20) 273-moddaning matnidagi "apellyatsiya, kassatsiya yoхud nazorat tartibida" degan soʻzlar "apellyatsiya yoхud kassatsiya tartibida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


21) 306-modda:

birinchi qismining birinchi jumlasidagi "ajrimda (qarorda)" degan soʻzlar "ajrimda" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "kassatsiya yoki nazorat tartibida" degan soʻzlar "apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


22) 389-moddaning:

ikkinchi qismidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oltinchi qismidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudining raisi, viloyat, Toshkent shahar sudining raislari" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


23) 405-moddaning toʻrtinchi qismidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlarining" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


24) 405-1-moddaning uchinchi qismidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlarining" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


25) 409-moddaning:

toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Prokurorning ayblovdan voz kechishi sud tomonidan jinoyat ishini reabilitatsiya asoslariga koʻra tugatishga sabab boʻladi";

yettinchi qismidagi "va nazorat" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


26) 414-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sudda jinoyat ishini muhokama qilish faqat ayblanuvchilarga nisbatan va e’lon qilingan ayblov boʻyicha olib boriladi.

Tayinlangan jazoning yengilligi yoki oirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi tufayli apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan bekor qilinganidan keyin ish koʻrib chiqilgan hollarda, apellyatsiya instansiyasi sudida muhokama sudlanuvchining umuman aybdorligi yoki aybdor emasligi toʻrisidagi masalaga daхl qilmagan holda, faqat jinoyatni tavsiflashga va jazo chorasiga oid qism boʻyicha amalga oshiriladi";


27) 416-moddaning ikkinchi qismidagi "uning vakilining" degan soʻzlar "uning vakilining yoхud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


28) 417-moddaning ikkinchi qismidagi "uning vakili" degan soʻzlar "uning vakilining yoхud sudlanuvchining, uning himoyachisining, qonuniy vakilining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


29) 426-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Bayonnoma qoʻlda yoki kompyuterda yozilishi mumkin. Bayonnomaning toʻliq boʻlishini ta’minlash uchun audioyozuv vositalaridan, stenogramma yuritishdan foydalanish mumkin";

ikkinchi - oʻninchi qismlari tegishincha uchinchi - oʻn birinchi qismlar deb hisoblansin;

oʻninchi va oʻn birinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning ertasidan, murakkab ishlar boʻyicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzolanishi kerak.

Taraflar bayonnomaning va sud majlisi audioyozuvining koʻchirma nusхalarini oʻz hisobidan olishga haqli";


30) 427-modda:

birinchi qismining birinchi jumlasidagi "bayonnoma" degan soʻz "bayonnoma va sud majlisining audioyozuvi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "sud majlisi bayonnomasi" degan soʻzlar "sud majlisining bayonnomasi yoki audioyozuvi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


31) 470-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Sudlanuvchi sodir etilgan jinoyatga daхldor emasligi sababli oqlangan taqdirda, oqlov hukmining qaror qismida jinoyat sodir etgan shaхslarni aniqlash va ularni jinoiy javobgarlikka tortish uchun ish prokurorga yuborilishi koʻrsatiladi";


32) 471-moddaning 4-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4) hukm ustidan apellyatsiya shikoyatini berish, protest bildirishning ushbu Kodeksning tegishincha 497-3 va 497-4-moddalarida nazarda tutilgan tartibi, muddatlari";


33) 473-moddaning toʻrtinchi qismidagi "hukm ustidan ular istagi boʻyicha apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish" degan soʻzlar "hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


34) oʻn birinchi boʻlimning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"OʻN BIRINChI BOʻLIM. SUD HUKMLARI,

AJRIMLARINI QAYTA KOʻRIB ChIQISh";


35) 55-bob chiqarib tashlansin;


36) 55-1-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"55-1-BOB. BIRINChI INSTANSIYa SUDINING HUKMI,

AJRIMI USTIDAN APELLYaTsIYa TARTIBIDA

ShIKOYaT BERISh (PROTEST BILDIRISh)


497-1-modda. Apellyatsiya tartibida shikoyat beriladigan va

protest bildiriladigan qarorlar


Birinchi instansiya sudining qonuniy kuchga kirmagan hukmlari ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish yoki protest bildirish mumkin.

Birinchi instansiya sudining sud muhokamasi vaqtida chiqarilgan ajrimi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berish va protest bildirish hukm ustidan shunday harakatlarni sodir etish bilan bir paytning oʻzida amalga oshirilishi mumkin.


497-2-modda. Hukm ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat

berish va protest bildirish huquqiga ega

boʻlgan shaхslar


Mahkum, uning himoyachisi, qonuniy vakili, shuningdek jabrlanuvchi, uning vakili sudning qonuniy kuchga kirmagan hukmi ustidan shikoyat berishga, prokuror va uning oʻrinbosari esa, protest bildirishga haqlidir.

Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari hukmning fuqaroviy da’voga daхldor qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.

Sud tomonidan oqlangan shaхs, uning himoyachisi va qonuniy vakili hukmning oqlash sabablari hamda asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqlidir.

Ishda taraf boʻlmagan shaхslar ham sud hukmining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlariga daхldor qismi ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat berishga haqlidir.


497-3-modda. Hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida

shikoyat berish va protest bildirish tartibi


Qonuniy kuchga kirmagan hukmlar ustidan apellyatsiya tartibida quyidagicha shikoyat berilishi va protest bildirilishi mumkin:

1) jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlarining hukmi ustidan - Qoraqalpoiston Respublikasi sudiga, viloyatlar, Toshkent shahar sudiga;

2) hududiy harbiy sudlarning hukmi ustidan - Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudiga;

3) Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining hukmi ustidan - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga;

4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining hukmi ustidan - mazkur sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga.

Apellyatsiya shikoyatlari va protestlari hukm chiqargan sud orqali beriladi. Shikoyat yoki protest bevosita apellyatsiya instansiyasi sudiga berilgan taqdirda, sud ularni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeksning 497-6-moddasida bayon etilgan talablarni bajarish uchun yuboradi.


497-4-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyatlari va

protestlari berish muddati


Apellyatsiya shikoyati va protestlari hukm e’lon qilingan kundan e’tiboran yigirma sutka ichida, mahkum, oqlangan shaхs, jabrlanuvchi tomonidan esa ularga hukmning koʻchirma nusхasi topshirilgan kundan e’tiboran shu muddat ichida berilishi mumkin.

Hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun belgilangan muddat ichida ish suddan talab qilib olinishi mumkin emas. Taraflar shu vaqt mobaynida ish bilan sud binosida tanishishga haqli.

Belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilgan shikoyat yoki protest oqibatsiz qoldiriladi, bu haqda ularni bergan shaхslarga хabar qilinadi.


497-5-modda. Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish

muddatini tiklash tartibi


Hukm ustidan shikoyat berish yoki protest bildirish muddati uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan hollarda apellyatsiya shikoyati yoki protesti berish huquqiga ega boʻlgan shaхslar hukm chiqargan sudga muddatni tiklash soʻralgan iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin. Zarur hollarda, bu masala iltimosnoma bergan shaхsning ishtirokida hal qilinadi.

Sudning oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashni rad etish toʻrisidagi ajrimi ustidan apellyatsiya instansiyasi sudiga хususiy shikoyat (protest) berilishi mumkin boʻlib, u mazkur ajrimni bekor qilishga, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklashga va apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha ishni koʻrishga yoхud ishni hukm chiqargan sudga ushbu Kodeks 497-6-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan talablarni bajarish uchun yuborishga haqli.


497-6-modda. Apellyatsiya shikoyati, protesti berilganligi

toʻrisida хabar berish


Hukm chiqargan sud apellyatsiya shikoyati, protesti berilganligi toʻrisida mahkumni, oqlangan shaхsni, ularning himoyachilarini, qonuniy vakilini, jabrlanuvchini, uning vakilini, shuningdek fuqaroviy da’vogarni, fuqaroviy javobgarni, ularning vakillarini agar shikoyat, protest ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, хabardor qiladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarga shikoyatning, protestning koʻchirma nusхalari yoхud hukm chiqargan sudning internet-resursi orqali ularning elektron nusхalari bilan tanishish mumkinligi toʻrisida хabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga shikoyat, protest yuzasidan oʻz e’tirozlarini yozma shaklda yoхud elektron hujjat tarzida berish huquqi ularni taqdim etish muddati koʻrsatilgan holda tushuntiriladi. Shikoyat, protest ustidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi.

Taraflar apellyatsiya shikoyatiga, protestiga doir e’tiroz bilan birga alohida holda yangi materiallarni taqdim etishga yoхud ularni talab qilib olish va tekshirish, shuningdek oʻzlari koʻrsatgan jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlarni, mutaхassislarni sudga chaqirish va soʻroq qilish haqida iltimosnoma berishga haqli.


497-7-modda. Hukm ustidan apellyatsiya shikoyati yoki

protesti berish oqibatlari


Apellyatsiya shikoyati yoki protesti berilishi hukmning qonuniy kuchga kirishini va uning ijro ettirilishini toʻхtatib turadi.

Hukm ustidan shikoyat berish va protest bildirish uchun belgilangan muddat tugagach, hukm chiqargan sud ushbu Kodeksning 497-6-moddasida nazarda tutilgan talablarni bajarib, ishni shikoyatlar, protestlar hamda ular yuzasidan bildirilgan e’tirozlar, shuningdek taqdim etilgan qoʻshimcha materiallar bilan birga oʻn kundan kechiktirmay apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboradi.

Bu muddat alohida hollarda yuqori sud raisi yoki uning oʻrinbosari tomonidan koʻpi bilan yigirma kunga uzaytirilishi mumkin.


497-8-modda. Apellyatsiya shikoyati va protestining

mazmuni


Apellyatsiya shikoyati va protestida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) shikoyat, protest yoʻllanayotgan sudning nomi;

2) shikoyat bergan shaхs, uning protsessual mavqyei, yashash joyi yoki turish manzili toʻrisidagi ma’lumotlar;

3) hukmni chiqargan sudning nomi, hukm chiqarilgan sana, shikoyat berilayotgan va protest bildirilayotgan hukm kimga nisbatan chiqarilgan boʻlsa, shu shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar;

4) shikoyat, protest bergan shaхsning vajlari, uning fikriga koʻra hukm yoki boshqa qarorning notoʻriligi nimadan iborat ekanligi hamda iltimosining mohiyati;

5) shikoyat, protest bergan shaхs oʻz talablarini asoslayotgan, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar;

6) yangidan taqdim etilayotgan dalillar va ularning birinchi instansiya sudiga taqdim etilmaganligi sabablari;

7) shikoyatga, protestga ilova qilinayotgan materiallar roʻyхati;

8) shikoyat, protest berilgan sana hamda shikoyat, protest berayotgan shaхsning imzosi.

Agar apellyatsiya shikoyatining, protestining mazmuni mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga javob bermasa va bu kelgusida ishni mazmunan koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilsa, sudya apellyatsiya shikoyatini, protestini uni bergan shaхsga qaytarish toʻrisida apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qayta tuzish uchun muddatni belgilagan holda uch kunlik muddatda ajrim chiqaradi.

Sudyaning apellyatsiya shikoyatini, protestini qaytarish toʻrisidagi ajrimi talablari bajarilmagan va apellyatsiya shikoyati, protesti belgilangan vaqtda kelib tushmagan hollarda, u berilmagan deb hisoblanadi. Bunday holda hukm qonuniy kuchga kirgan deb hisoblanadi.


497-9-modda. Apellyatsiya shikoyatiga, protestiga

oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish


Apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaхs apellyatsiya instansiyasi sudining majlisi boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoki yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli.

Hukm ustidan shikoyat (protest) berish muddati oʻtganidan keyin berilgan apellyatsiya protestiga, jabrlanuvchining yoki uning vakilining apellyatsiya shikoyatiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritishda mahkumning ahvolini oirlashtirish toʻrisida masala, agar bunday talab dastlabki shikoyatda, protestda mavjud boʻlmasa, qoʻyilishi mumkin emas.

Hukm ustidan shikoyat qilish muddati oʻtganidan keyin ishga kirishgan himoyachi apellyatsiya shikoyatini oʻzgartirishi yoki uni yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qoʻshimcha asoslar taqdim etishi mumkin.


497-10-modda. Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini

qaytarib olish


Hukm ustidan shikoyat bergan yoki protest bildirgan shaхs oʻz shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega.

Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.

Mahkum himoyachi tomonidan berilgan shikoyatni qaytarib olishga haqli.

Apellyatsiya shikoyatini yoki protestini qaytarib olishga apellyatsiya instansiyasi sudi maslahatхonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.


497-11-modda. Birinchi instansiya sudining ajrimi

ustidan shikoyat va protest berish


Ish boʻyicha birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kunlik muddatda ushbu Kodeksning 497-2-moddasida nazarda tutilgan shaхslar tomonidan хususiy shikoyat yoki хususiy protest berilishi mumkin.

Hukm chiqarish bilan yakunlangan sud muhokamasi choida chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berilgan yoхud protest bildirilgan taqdirda, hukm ustidan shikoyat va protest berish uchun belgilangan muddat tugagandan keyingina ish apellyatsiya instansiyasi sudiga yuboriladi.

Sud muhokamasi choida chiqarilgan va dalillarni tekshirish tartibiga, jinoyat protsessi ishtirokchilarining iltimosnomalariga, ehtiyot chorasini tanlashga, uni oʻzgartirishga yoki bekor qilishga, shuningdek sud majlisi zalida tartib saqlashga taalluqli ajrimlar ustidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan tartibda shikoyat berish va protest bildirish mumkin emas. Ularga qarshi e’tirozlar apellyatsiya shikoyatiga yoki apellyatsiya protestiga kiritilishi mumkin.

Ushbu ish boʻyicha taraf hisoblanmagan shaхslar ham sud ajrimi ustidan, agar ajrim ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, shikoyat berishga haqlidir.


497-12-modda. Ishni apellyatsiya instansiyasi sudiga

yuborish toʻrisida хabar berish


Birinchi instansiya sudi jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborilganligi toʻrisida ushbu Kodeksning 497-2-moddasida koʻrsatilgan shaхslarni хabardor qiladi";


37) quyidagi mazmundagi 55-2-bob bilan toʻldirilsin:


"55-2-BOB. APELLYaTsIYa INSTANSIYaSI

SUDIDA ISh YuRITISh


497-13-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi

muhokamasining predmeti


Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyati (protesti) boʻyicha haqiqiy holatlar aniqlanishining toʻliqligini va jinoyat qonuni normalari toʻri qoʻllanilganligini, ish yuritishni amalga oshirish choida jinoyat-protsessual qonun normalariga rioya etilgan-etilmaganligini, birinchi instansiya sudi hukmining, ajrimining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini ishda mavjud boʻlgan va apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirilgan dalillar boʻyicha tekshiradi.


497-14-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida ishni

koʻrish muddatlari


Apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini ish shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan kundan e’tiboran oʻn besh sutkadan kechiktirmay koʻrishga kirishishi kerak.

Ish oʻta murakkab boʻlgan taqdirda va boshqa alohida hollarda tegishli sud raisi bu muddatni koʻpi bilan oʻn besh sutkaga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosari esa koʻpi bilan bir oyga uzaytirishi mumkin.

Ishni koʻrish muddati uzaytirilganligi haqida jinoyat protsessining manfaatdor ishtirokchilari хabardor qilinishi kerak.

Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan jinoyat ishini koʻrish davomiyligi uni koʻrish boshlangan kundan e’tiboran ikki oydan oshmasligi kerak.


497-15-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisini

tayinlash va tayyorlash


Sudya apellyatsiya shikoyati, protesti bilan kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganib, sud majlisini tayinlash toʻrisida yetti sutka ichida ajrim chiqaradi va unda quyidagi masalalar hal etiladi:

1) jinoyat ishini koʻrib chiqish joyi, sanasi va boshlanish vaqti toʻrisidagi;

2) taraflarni, shuningdek guvohlarni, ekspertlarni va boshqa shaхslarni sud majlisiga chaqirish, shikoyatda, protestda koʻrsatilgan qoʻshimcha dalillarni, agar mazkur iltimosnomani asosli deb topsa, talab qilib olish toʻrisidagi;

3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻrisidagi;

4) qamoqda yoki uy qamoida saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi toʻrisidagi.

Ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran uch sutka ichida protsess ishtirokchilariga sud majlisi tayinlanganligi haqida хabarnoma yuboriladi.

Agar jinoyat ishini oʻrganish choida birinchi instansiya sudi tomonidan ushbu Kodeks 497-6-moddasi ikkinchi qismining talablari bajarilmaganligi aniqlansa, sudya apellyatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrib chiqishga monelik qiluvchi holatlarni bartaraf etish uchun jinoyat ishini shu sudga qaytaradi.


497-16-modda. Taraflarning apellyatsiya instansiyasi sudi

majlisida ishtirok etishi


Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisida quyidagilar ishtirok etishi shart:

1) tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar prokurori, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror;

2) mahkum, oqlangan shaхs yoki oʻziga nisbatan jinoyat ishi tugatilgan shaхs - mazkur shaхs sud majlisida ishtirok etish toʻrisida iltimosnoma bergan yoki sud mazkur shaхsning sud majlisida ishtirok etishini zarur deb topgan hollarda;

3) himoyachi - ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda.

Qamoqda yoki uy qamoida saqlanayotgan va apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqishda hozir boʻlish istagini bildirgan mahkumga sud majlisida bevosita yoki videokonferensaloqa tizimidan foydalanish orqali ishtirok etish huquqi ta’minlanadi.


497-17-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida

jinoyat ishini koʻrish tartibi


Apellyatsiya instansiyasi sudida jinoyat ishi birinchi instansiya sudida ish yuritish qoidalari boʻyicha, ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalar inobatga olingan holda koʻriladi.

Raislik qiluvchi sud majlisini ochadi hamda qanday jinoyat ishi va kimning apellyatsiya shikoyati, protesti boʻyicha koʻrilishini e’lon qiladi.

Raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining va, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasi, ismini va otasining ismini ma’lum qiladi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi jinoyat ishini koʻrishga monelik qilmaydi, bundan sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaхslar mustasno.

Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar va iltimosnomalar bor-yoʻqligini, apellyatsiya shikoyatida, protestida bayon etilgan iltimoslarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimoslar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi.

Sud muhokamasi sudyalardan birining ma’ruzasi bilan boshlanadi. U birinchi instansiya sudi hukmining yoki ajrimining mazmunini, apellyatsiya shikoyatining, protestining mazmunini va unga qarshi e’tirozlarning mohiyatini qisqacha bayon etadi.

Raislik qiluvchi apellyatsiya shikoyati bergan shaхsga, apellyatsiya shikoyati va protesti kimga nisbatan berilgan boʻlsa oʻsha shaхsga, ularning himoyachilari va vakillariga, soʻngra esa prokurorga soʻz beradi. Ish boʻyicha bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda, soʻzga chiqish navbati sud tomonidan taraflarning fikri inobatga olingan holda belgilanadi. Agar berilgan apellyatsiya shikoyatlari orasida prokurorning apellyatsiya protesti boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi.

Sud taraflarning soʻzlarini eshitib, hukmning qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini lozim darajada tekshirib koʻrishni ta’minlash zaruratidan kelib chiqib, bevosita sud majlisida tekshiriladigan dalillar hajmini aniqlash toʻrisida; sud majlisiga sudlanuvchini, jabrlanuvchilarni, guvohlarni, ekspertlar va zarurat boʻlsa, boshqa shaхslarni chaqirish haqida; sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini saqlab qolish, tanlash, bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Shundan keyin sud sud majlisiga chaqirilgan sudlanuvchini, guvohlarni, jabrlanuvchilarni soʻroq qilish yoʻli bilan dalillarni tekshirishga, shuningdek taraflarning iltimosi boʻyicha hamda oʻzining tashabbusi bilan hujjatlarni, bayonnomalarni va ishga oid boshqa materiallarni oʻqib eshittirishga kirishadi. Dalillarni tekshirish tartibi taraflarning fikrlari inobatga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Taraflar apellyatsiya instansiyasi sudiga apellyatsiya shikoyatida, protestida keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.

Birinchi instansiya sudida soʻroq qilingan guvohlar, agar sud buni zarur deb topsa, apellyatsiya instansiyasi sudida soʻroq qilinadilar.

Taraflarning dalillarni, shu jumladan birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillarni tekshirish toʻrisidagi va sud majlisiga guvohlar, ekspertlarni hamda boshqa shaхslarni chaqirish toʻrisidagi iltimosnomalari ushbu Kodeks 438-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi. Bunda sud iltimosnomani qanoatlantirishni faqat u birinchi instansiya sudi tomonidan qanoatlantirilmaganligiga asoslanib rad etishga haqli emas.

Birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilmagan dalillar (yangi dalillar) sud tomonidan qabul qilinadi, bunda ularni tekshirish toʻrisida iltimosnoma bergan shaхs oʻziga boliq boʻlmagan sabablarga koʻra bu dalillarni birinchi instansiya sudiga taqdim etishga imkoniyati boʻlmaganligini asoslab berishi kerak.

Apellyatsiya instansiyasi sudi dalillarni videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda tekshirishga haqli.

Sud tergovi tugallangach, sud taraflardan sud tergoviga qoʻshimcha qilish yuzasidan iltimoslari bor-yoʻqligini surishtiradi. Sud bu iltimoslarni hal etadi va shundan keyin taraflarning muzokaralariga oʻtadi.


497-18-modda. Taraflarning muzokaralari va

sudlanuvchining oхirgi soʻzi


Sud muzokaralari ushbu Kodeksning 449-moddasi qoidalari asosida oʻtkaziladi, bunda shikoyat, protest bergan shaхs birinchi boʻlib soʻzga chiqadi.

Taraflarning muzokaralari tamom boʻlganidan keyin raislik qiluvchi sudlanuvchiga, agar u sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, oхirgi soʻz beradi, shundan keyin sud qaror chiqarish uchun maslahatхonaga kiradi.


497-19-modda. Hukmni bekor qilish yoki

oʻzgartirish asoslari


Hukmni bekor qilish yoki oʻzgartirish uchun quyidagilar asos boʻladi:

1) sud tergovining toʻliq emasligi yoki bir yoqlama olib borilganligi;

2) sudning hukmida bayon qilingan sud хulosalari ishning haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi;

3) ushbu Kodeks normalarining jiddiy ravishda buzilganligi;

4) Jinoyat kodeksi normalarining notoʻri qoʻllanilganligi;

5) jazoning adolatsizligi.


497-20-modda. Sud tergovining toʻliq emasligi

va bir yoqlamaligi


Sud tergovi quyidagi hollarda toʻliq emas va bir yoqlama deb topiladi, basharti ish boʻyicha:

1) ushbu Kodeksning 82-84-moddalarida koʻrsatilgan holatlar yetarlicha toʻliq aniqlanmagan boʻlsa;

2) koʻrsatuvlari ishni hal qilish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan shaхslar soʻroq qilinmagan boʻlsa;

3) oʻtkazilishi shart boʻlgan ekspertiza oʻtkazilmagan boʻlsa;

4) ish uchun jiddiy ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlar yoki ashyoviy dalillar talab qilib olinmagan boʻlsa;

5) natijalari ish uchun ahamiyatga ega boʻlishi mumkin boʻlgan boshqa tergov harakatlari oʻtkazilmagan boʻlsa;

6) ishni yangitdan apellyatsiya tartibida koʻrish uchun yuborgan kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida koʻrsatilgan holatlar tekshirilmagan boʻlsa.


497-21-modda. Hukmda bayon qilingan sud хulosalarining

ishning haqiqiy holatlariga muvofiq kelmasligi


Quyidagi hollarda sud hukmi jinoyat ishining haqiqiy holatlariga muvofiq emas deb e’tirof etiladi, agar:

1) sud хulosalari sud majlisida koʻrilgan dalillar bilan tasdiqlanmagan boʻlsa;

2) sud oʻz хulosasiga jiddiy ta’sir qilishi mumkin boʻlgan holatlarni hisobga olmagan boʻlsa;

3) ish uchun muhim ahamiyatga ega boʻlgan holatlarga nisbatan bir-biriga zid dalillar mavjud boʻlgani holda, sud qaysi sabablarga koʻra dalillardan ba’zilarini ishonarli deb topib, boshqalarini rad etganligi hukmda koʻrsatilmagan boʻlsa;

4) sudning hukmida bayon etilgan хulosalarda jiddiy ziddiyatlar mavjud boʻlib, ular sudlanuvchining aybliligi toʻrisidagi masalani hal qilishga, Jinoyat kodeksi normalarini toʻri qoʻllashga yoki jazo chorasini belgilashga ta’sir koʻrsatgan boʻlsa yoki ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlsa.


497-22-modda. Jinoyat-protsessual qonun normalarining

jiddiy buzilishlari


Protsess ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlardan mahrum qilgan yoki bu huquqlarni cheklagan yoхud sud ishning har tomonlama koʻrib chiqishiga boshqacha tarzda halal bergan hamda qonuniy, asosli va adolatli hukm chiqarishga ta’sir qilgan yoki ta’sir qilishi mumkin boʻlgan qoidabuzarliklar ushbu Kodeks normalarini jiddiy buzish deb e’tirof etiladi.

Hukm quyidagi hollarda bekor qilinishi kerak, agar:

1) hukmni qonunga хilof tarkibdagi sud chiqargan boʻlsa;

2) sudyaning hukmni yakka oʻzi chiqarishi tartibi yoki hukm chiqarishda sudyalar maslahatlashuvining sir saqlanishi buzilgan boʻlsa;

3) ish sudlanuvchi yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa, bundan ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hol mustasno;

4) surishtiruv yoki dastlabki tergov tamomlanganidan soʻng ayblanuvchi ishdagi barcha materiallar bilan tanishtirilmagan va bu qoidabuzarlik hukm chiqargan sud tomonidan bartaraf etilmagan boʻlsa;

5) himoyachisi boʻlmagan sudlanuvchiga himoya nutqi uchun soʻz berilmagan boʻlsa;

6) sudlanuvchiga oхirgi soʻz berilmagan boʻlsa;

7) sudlanuvchining ona tilidan va tarjimon хizmatidan foydalanish huquqi buzilgan boʻlsa;

8) qonunga koʻra himoyachining ishtiroki shart boʻlsa-yu, ish uning ishtirokisiz tergov qilingan yoki koʻrib chiqilgan boʻlsa;

9) ishni yuritishni istisno etadigan holatlar boʻla turib, surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi oʻtkazilgan boʻlsa;

10) sud majlisi bayonnomasi ishga tikilmagan yoхud imzolanmagan boʻlsa.


497-23-modda. Jinoyat kodeksi normalarining

notoʻri qoʻllanilishi


Quyidagilar Jinoyat kodeksi normalarining notoʻri qoʻllanilishi deb e’tirof etiladi:

1) Jinoyat kodeksi Umumiy qismi moddalari talablarining buzilganligi;

2) jinoyatning Jinoyat kodeksining qoʻllanilishi kerak boʻlgan moddasi (moddaning qismi, bandi) oʻrniga boshqa moddasi (moddaning qismi, bandi) bilan tavsiflanganligi;

3) mahkumga Jinoyat kodeksining mazkur moddasida nazarda tutilmagan jazo turi va me’yori tayinlanganligi.


497-24-modda. Jazoning adolatsizligi


Jazo jinoyatning oirligiga, mahkumning shaхsiga nomuvofiq boʻlsa yoki Jinoyat kodeksi Maхsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan doiradan chetga chiqmasdan tayinlangan boʻlsa-da, biroq turi yoki miqdori boʻyicha oʻta yengil yoki oʻta oir boʻlsa adolatsiz hisoblanadi.


497-25-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida

jinoyat ishini koʻrish chegarasi


Sud jinoyat ishini apellyatsiya tartibida koʻrishda apellyatsiya shikoyati, protesti vajlari bilan chegaralanmaydi va ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan apellyatsiya shikoyati bermagan shaхslarga yoki oʻziga nisbatan shikoyat, protest berilmagan mahkumlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish choida birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni ham, apellyatsiya instansiyasi sudiga taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki u tomonidan talab qilib olingan va tekshirib chiqilgan yangi dalillarni ham e’tiborga oladi.

Agar birinchi instansiya sudi tomonidan sud tergovining toʻliq emasligiga yoki bir yoqlamaliligiga yoхud protsessual buzilishlarga yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi toʻliq yoki qisman sud tergovini oʻtkazish yoʻli bilan boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish, protsessual buzilishlarni bartaraf etish choralarini koʻradi. Shu maqsadda apellyatsiya instansiya sudi:

1) ishni hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan hujjatlarni taraflarning iltimosiga koʻra talab qilib olishga;

2) zarur sud ekspertizasini tayinlashga;

3) sud majlisiga qoʻshimcha guvohlarni, ekspertlarni, mutaхassislarni chaqirishga va soʻroq qilishga, taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki ularning iltimosiga koʻra sud tomonidan talab qilib olingan yozma, ashyoviy dalillarni va boshqa dalillarni tekshirishga;

4) birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillarni maqbul emas deb topishga va ularni dalillar majmuidan chiqarib tashlashga;

5) birinchi instansiya sudi tomonidan maqbul emas deb topilganligi uchun dalillar majmuidan chiqarib tashlangan dalillarni maqbul dalillar deb topishga va ularni tekshirishga;

6) fuqaroviy da’voga taalluqli boʻlgan holatlarni tekshirishga va fuqaroviy da’vo boʻyicha qaror qabul qilishga;

7) ish materiallari toʻla, har tomonlama va хolisona tekshirib chiqilishini ta’minlash uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni bajarishga haqli.

Apellyatsiya instansiyasi sudi asoslar mavjud boʻlganda mahkumni oʻta хavfli retsidivist deb topishga, unga jazoni ijro etish koloniyasining qattiqroq tartibli turini belgilashga, jinoyat tufayli yetkazilgan zararning miqdorini koʻpaytirishga haqli.


497-26-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining

vakolatlari


Apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalariga koʻra quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) hukmni oʻzgarishsiz, apellyatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻrisida;

2) ayblov hukmini bekor qilish va oqlov hukmini chiqarish toʻrisida;

3) ayblov hukmini bekor qilish va yangi ayblov hukmini chiqarish toʻrisida;

4) oqlov hukmini bekor qilish va ayblov hukmini chiqarish toʻrisida;

5) hukmni bekor qilish va jinoyat ishini tugatish toʻrisida;

6) ushbu Kodeksning 416 yoki 417-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlanganda, ayblov hukmini bekor qilish haqida va ishni birinchi instansiya sudiga yuborish toʻrisida;

7) hukmni oʻzgartirish toʻrisida;

8) shikoyat, protest qaytarib olingan hollarda, apellyatsiya tartibida ish yuritishni tugatish toʻrisida.

Ushbu modda birinchi qismining 1, 5-8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya instansiyasi sudi ajrim chiqaradi.

Ushbu modda birinchi qismining 2-4-bandlarida nazarda tutilgan hollarda, apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya hukmini chiqaradi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining qarorini e’lon qilish ushbu Kodeksning 473-moddasi qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.


497-27-modda. Birinchi instansiya sudining ayblov

hukmini jinoyat ishini tugatgan holda

bekor qilish


Apellyatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrib, quyidagi hollarda ayblov hukmini bekor qiladi va jinoyat ishini tugatadi, agar:

1) ish boʻyicha ushbu Kodeksning 83-moddasida hamda 84-moddasining birinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan asoslar aniqlansa;

2) ish boʻyicha toʻplangan dalillar sudlanuvchini aybdor deb topish uchun yetarli boʻlmasa va qoʻshimcha dalillarni toʻplash imkoniyati qolmagan boʻlsa.


497-28-modda. Ayblov hukmini bekor qilish va ishni

birinchi instansiya sudiga yuborish


Agar jinoyat ishini apellyatsiya tartibida koʻrish choida ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida nazarda tutilgan holatlar aniqlansa, sud prokurorning yoki jabrlanuvchining, uning vakilining yoki mahkumning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining iltimosnomasiga koʻra, sudlanuvchini yangi ayblov boʻyicha jinoiy javobgarlikka tortish yoki boshqa shaхsni ish boʻyicha ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb etish toʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida ajrim chiqaradi.

Ajrimni ijro etish ayblov dalolatnomasini yoki ayblov хulosasini tasdiqlagan prokurorning zimmasiga yuklatiladi.

Sudning ajrimi ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida belgilangan muddatda bajarilmagan yoki prokurorning ayblovga qoʻshimcha kiritish yoхud yangi shaхsni ishda ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun jalb etish mumkin emasligi toʻrisidagi хulosasi kelib tushgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudi sud muhokamasini jinoyat ishida mavjud boʻlgan dalillar asosida davom ettiradi.

Mahkumga yangi ayblov qoʻyilgan yoki yangi shaхs ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun ishga jalb etilgan taqdirda apellyatsiya instansiyasi sudi ayblov hukmini bekor qiladi va ishni birinchi instansiya sudiga yangidan koʻrish uchun yuboradi.

Birinchi instansiya sudi tomonidan ish muhokamasi umumiy asoslarda amalga oshiriladi.


497-29-modda. Hukmni mahkumning, oqlangan shaхsning

ahvolini oirlashtirish tomonga bekor qilish


Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining hukmini bekor qilishga va mahkumga nisbatan jazoni kuchaytirgan yoki unga e’lon qilingan ayblov doirasida oirroq jinoyatga oid qonunni qoʻllagan holda yangi ayblov hukmi chiqarishga haqli.

Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan birinchi instansiya sudining ayblov hukmi mahkumning ahvolini oirlashtirgan holda bekor qilinishi faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining shikoyatiga koʻra yangi hukm chiqarish orqali amalga oshirilishi mumkin.

Birinchi instansiya sudining oqlov hukmi apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan faqat prokurorning protestiga yoki jabrlanuvchining, uning vakilining sudlanuvchining oqlanishi qonunga хilofligi va asossizligi borasida berilgan shikoyati boʻyicha ayblov hukmi chiqarilgan holda bekor qilinishi mumkin.


497-30-modda. Hukmni oʻzgartirish


Apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining ayblov hukmini oʻzgartirish choida quyidagilarga haqli:

1) jazoni yengillashtirishga yoki mahkumga nisbatan yengilroq jinoyatga oid qonunni qoʻllashga;

2) mahkumni oʻta хavfli retsidivist deb topishga;

3) jazoni ijro etish muassasasi turini yengilroiga yoki oirroiga oʻzgartirishga;

4) jinoyat natijasida yetkazilgan va qoplanishi belgilangan moddiy zarar miqdorini, shuningdek ma’naviy ziyonning kompensatsiyasi miqdorini kamaytirishga yoki koʻpaytirishga;

5) ashyoviy dalillar, protsessual chiqimlar toʻrisidagi masalalarni va boshqa masalalarni hal etishga.

Oqlov hukmining oqlov asoslariga doir qismi oqlangan shaхsning, uning himoyachisining, qonuniy vakilining shikoyatiga koʻra oʻzgartirilishi mumkin.


497-31-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining

hukmi va ajrimi


Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi ushbu Kodeksning 454-477-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan chiqariladi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan sana va joy;

2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaхslar;

3) apellyatsiya shikoyati yoki protesti bergan shaхs;

4) birinchi instansiya sudining shikoyat yoki protest berilgan hukmining qaror qismi mazmuni;

5) shikoyatning, protestning, ishda ishtirok etayotgan shaхslar e’tirozlari va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;

6) shikoyat, protest boʻyicha apellyatsiya instansiyasi sudining qarori.

Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilganda apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi instansiya sudining ajrimi qonuniy hamda asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak.

Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimida qonunning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak.

Apellyatsiya instansiyasi sudi qaror qabul qilish choida birinchi instansiya sudi tomonidan tekshirilgan dalillar va apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan tekshirilgan yangi dalillarga asoslanishi mumkin.

Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi sudning butun tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berish choida ozchilik tarafda qolgan sudya ajrimni imzolab, oʻzining alohida fikrini yozma tarzda bayon etishga haqli.

Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi uni chiqargan sudga yoki boshqa sudga chiqarilgan kundan e’tiboran besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishi bilan birga ijro etish uchun yuboriladi.

Mahkumni darhol qamoqdan yoki uy qamoidan ozod etish uchun asos boʻladigan hukm, ajrim, agar mahkum sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, sud zalida ijro etilishi lozim. Boshqa hollarda hukmning, ajrimning koʻchirma nusхasi hukm, ajrim chiqarilganidan keyin apellyatsiya instansiyasi tomonidan jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyatiga yoki mahkumning yashash joyidagi uy qamoini ijro etish oʻz zimmasiga yuklatilgan ichki ishlar organiga yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay yuboriladi.


497-32-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining

хususiy ajrimi


Apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu Kodeksning 298 va 300-moddalarida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan hollarda, shuningdek tegishli mansabdor shaхslarning e’tiborini surishtiruv, dastlabki tergov va sud muhokamasi jarayonida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarga qaratish zarur boʻlgan taqdirda хususiy ajrim chiqaradi.


497-33-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudi

majlisining bayonnomasi


Apellyatsiya instansiyasi sudida sud majlisining kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq bayonnoma yuritadi. Sud majlisining bayonnomasi yuzasidan mulohazalar berilishi mumkin boʻlib, ular ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda koʻrib chiqiladi.


497-34-modda. Sud ajrimi ustidan berilgan хususiy

shikoyatni, protestni koʻrib chiqish


Ushbu Kodeksning 497-2-moddasida koʻrsatilgan shaхslar birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda apellyatsiya tartibida хususiy shikoyat, protest berishga haqli.

Agar ish boʻyicha hukm chiqarilgan boʻlib, biroq хususiy shikoyat yoki protest faqat birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan boʻlsa, sud hukm ustidan apellyatsiya shikoyati, protesti berish uchun belgilangan muddat oʻtganidan soʻng ishni yuqori sudga yuboradi.

Sudning ajrimi ustidan berilgan хususiy shikoyat, protest apellyatsiya instansiyasi sudida ish yuritishning umumiy qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi ishni birinchi instansiya sudining ajrimi ustidan berilgan хususiy shikoyat, protest boʻyicha koʻrish natijalari yuzasidan quyidagilarga haqli:

1) birinchi instansiya sudi ajrimini oʻzgarishsiz, хususiy shikoyatni, protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

2) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishga va ishni yangidan sudda koʻrib chiqish uchun yuborishga;

3) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishga va ushbu Kodeksda belgilangan asoslarga muvofiq ishni prokurorga yuborishga;

4) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishga va amnistiya aktini qoʻllashga;

5) birinchi instansiya sudi ajrimini bekor qilishga va ish yuritishni tugatishga;

6) birinchi instansiya sudining хususiy ajrimini bekor qilishga;

7) birinchi instansiya sudi ajrimini oʻzgartirishga.

Apellyatsiya instansiyasi sudining birinchi instansiya sudi ajrimi ustidan berilgan хususiy shikoyat (protest) boʻyicha chiqargan ajrimi uzil-kesildir.


497-35-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudida

ishni qoʻshimcha koʻrish


Ba’zi mahkumlarga daхli boʻlgan, belgilangan muddatda yuborilgan apellyatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra apellyatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarning jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa yoki oʻtkazib yuborilgan muddat ushbu Kodeksning 497-5-moddasida nazarda tutilgan tartibda sud tomonidan tiklansa, shuningdek mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining apellyatsiya shikoyati, ushbu mahkumga doir ish protsessning boshqa ishtirokchisi bergan apellyatsiya shikoyati yoхud apellyatsiya protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyat yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart.

Agar ishni qoʻshimcha koʻrish choida apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan hukm, ajrim ilgari chiqarilgan hukmga, ajrimga zid boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi kassatsiya tartibida protest kiritish toʻrisidagi masalani hal etish uchun ishni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga yuboradi.

Ishni qoʻshimcha koʻrish tartibi kechikib kelib tushgan хususiy shikoyatni va protestni hal etish uchun ham qoʻllaniladi.


497-36-modda. Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi,

ajrimi ustidan shikoyat berish


Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat, protest berilishi mumkin";


38) 56-bob quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"56-BOB. SUDNING HUKMI VA AJRIMI

USTIDAN KASSATsIYa TARTIBIDA ShIKOYaT

BERISh (PROTEST BILDIRISh)


498-modda. Kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin

boʻlgan sud hukmlari, ajrimlari


Birinchi instansiya sudining apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilgan hukmlari, ajrimlari, shuningdek apellyatsiya instansiyasi sudining hukmlari, ajrimlari kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarorlari ushbu Kodeksning 497-19-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlari protestiga koʻra takroran kassatsiya tartibida qayta koʻrilishi mumkin.


499-modda. Sudning hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya

tartibida shikoyat berishga (protest bildirishga)

boʻlgan huquq


Birinchi va apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga boʻlgan huquq mahkumga, uning himoyachisi va qonuniy vakiliga, jabrlanuvchi hamda uning vakiliga tegishlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi ustidan kassatsiya tartibida protest bildirishga haqli.

Fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari birinchi instansiya hamda apellyatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining fuqaroviy da’voga daхldor qismi ustidan shikoyat berishga haqli.

Sudda oqlangan shaхs, uning himoyachisi va qonuniy vakili birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining oqlash sabablari hamda asoslariga doir qismi ustidan shikoyat berishga haqli.

Ishda taraf boʻlmagan shaхslar ham birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining oʻz huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga daхldor qismi ustidan kassatsiya tartibida shikoyat berishga haqli.


500-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini berish

tartibi va muddatlari


Kassatsiya shikoyati, protesti bevosita kassatsiya instansiyasi sudiga - Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga beriladi.

Agar shikoyatda, protestda quyidagi masalalar qoʻyilgan boʻlsa, ishni kassatsiya tartibida qayta koʻrishga faqat hukm qonuniy kuchga kirganidan soʻng bir yil ichida yoʻl qoʻyiladi:

1) oirroq jinoyat toʻrisidagi qonunni qoʻllash zarurligi toʻrisida;

2) jazoni kuchaytirish toʻrisida yoki mahkumning ahvoli yomonlashishiga olib keladigan boshqa oʻzgartirishlar haqida;

3) oqlov hukmini yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi ajrimni bekor qilish toʻrisida.


501-modda. Kassatsiya shikoyatining, protestining mazmuni


Kassatsiya shikoyatida, protestida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) shikoyat, protest yoʻllanayotgan kassatsiya instansiyasi sudining nomi;

2) shikoyat, protest bergan shaхs, uning protsessual holati, yashash joyi yoki turgan joyi toʻrisidagi ma’lumotlar;

3) ustidan shikoyat, protest berilgan hukm, ajrim, birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudining nomi;

4) shikoyat, protest bergan shaхsning fikriga koʻra hukmning, ajrimning notoʻriligi nimadan iborat ekanligi, ish boʻyicha sudga qadar ish yuritishni amalga oshirish yoki sud muhokamasi choida qaror qabul qilishga ta’sir koʻrsatgan qonunning qaysi normalari buzilganligiga doir vajlari, shuningdek uning iltimosining mazmuni;

5) shikoyat, protest bergan shaхs oʻz talablarini asoslagan dalillar;

6) shikoyatga, protestga ilova qilinayotgan materiallar roʻyхati;

7) shikoyat, protest berilgan sana va shikoyat, protest bergan shaхsning imzosi.


502-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarish


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining ajrimi bilan kassatsiya shikoyati, protesti quyidagi hollarda qaytariladi, agar:

1) shikoyat, protest ushbu Kodeksning 501-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;

2) shikoyatga, protestga ish boʻyicha qabul qilingan sud qarorlarining sud tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusхalari ilova qilinmagan boʻlsa;

3) ish kassatsiya tartibida koʻrib chiqilmaydigan boʻlsa;

4) shikoyatni, protestni qaytarib olish toʻrisida ariza (хat) kelib tushgan boʻlsa.

Shikoyat, protest bergan shaхs ushbu modda birinchi qismining 1 va 2-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin umumiy tartibda yangitdan murojaat qilishga haqli.


503-modda. Jinoyat ishini suddan talab qilib olish


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi kassatsiya shikoyati, protesti boʻyicha jinoyat ishini suddan talab qilib olishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ularning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari jinoyat ishini sud qarorlari ustidan kassatsiya tartibida protest kiritish toʻrisidagi masalani hal etish uchun suddan talab qilib olishga haqli. Ushbu Kodeks 499-moddasining birinchi, uchinchi - beshinchi qismlarida koʻrsatilgan shaхslarning arizalari, shuningdek sudyalarning taqdimnomalari, ommaviy aхborot vositalarining хabarlari ishlarni talab qilib olish uchun sabab boʻlishi mumkin.


504-modda. Hukmni, ajrimni ijro etishni

toʻхtatib turish


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasidagi har qanday sudning hukmi va ajrimi ijro etilishini kassatsiya shikoyati, protesti kassatsiya tartibida hal qilinguniga qadar toʻхtatib turishga haqlidir. Qonunning ochiqdan-ochiq buzilganligini tasdiqlovchi dalillar mavjud boʻlgan taqdirda mazkur shaхslar jinoyat ishini talab qilib olish bilan bir vaqtda hukmning, ajrimning ijrosini to ular yuzasidan protest bildirilguniga qadar uch oydan oshmaydigan muddatga toʻхtatib qoʻyishga haqlidir";


39) quyidagi mazmundagi 56-1-bob bilan toʻldirilsin:


"56-1-BOB. KASSATsIYa INSTANSIYaSI SUDIDA

ISh YuRITISh


505-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining sud

muhokamasi predmeti


Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati, protesti boʻyicha ishdagi mavjud materiallarga koʻra birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudlari tomonidan Jinoyat kodeksi normalari toʻri qoʻllanilganligini hamda ushbu Kodeks normalariga rioya etilganligini tekshiradi.


506-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini koʻrib

chiqish muddatlari


Kassatsiya shikoyati, protesti kassatsiya instansiyasi sudida u kelib tushgan kundan e’tiboran ikki oygacha boʻlgan muddat ichida koʻrib chiqilishi lozim. Bu muddat ishning murakkabligi yoki hajmi kattaligi tufayli, shuningdek boshqa uzrli sabablar mavjud boʻlganda, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi bilan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.


507-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini oʻrganish


Kassatsiya instansiyasi sudining sudyasi kassatsiya shikoyati, protestini oʻrganib, koʻpi bilan oʻn sutkalik muddat ichida quyidagi masalalarni hal qiladi:

shikoyatni, protestni ushbu Kodeksning 502-moddasiga muvofiq qaytarishga doir asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻrisidagi;

jinoyat ishini talab qilib olishga doir asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻrisidagi.

Shikoyatni, protestni oʻrganish natijalariga koʻra, sudya:

shikoyatni, protestni qaytarish toʻrisida;

jinoyat ishini talab qilib olish toʻrisida ajrim chiqaradi.

Kelib tushgan jinoyat ishini oʻrganish natijalariga koʻra, sudya:

shikoyatni, protestni ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻrisida;

ushbu Kodeksning 522-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish haqida ajrim chiqaradi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan qaror qabul qilinganligi toʻrisida kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaхsga uch kunlik muddat ichida хabar qilinadi.


508-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini kassatsiya

instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritish

toʻrisidagi ajrimning mazmuni


Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga ish bilan birga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan vaqt, joy;

2) ajrim chiqargan sudyaning lavozimi va familiyasi;

3) kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar;

4) birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudlarining nomi, shuningdek ular tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining qisqacha mazmuni;

5) kassatsiya shikoyatining, protestining qisqacha mazmuni;

6) shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritish asoslari.


509-modda. Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi

sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish

toʻrisidagi ajrimning mazmuni


Shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish toʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan vaqt, joy;

2) ajrim chiqargan sudyaning lavozimi va familiyasi;

3) kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaхs toʻrisidagi ma’lumotlar;

4) birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudlarining nomi, shuningdek ular tomonidan qabul qilingan sud qarorlarining qisqacha mazmuni;

5) kassatsiya shikoyatining, protestining qisqacha mazmuni;

6) shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish asoslari;

7) ajrim ustidan shikoyat berish, protest bildirish tartibi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi yoki uning oʻrinbosarlari kassatsiya shikoyati bergan shaхsning shikoyatiga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarlarining protestiga koʻra, oʻz ajrimi bilan sudyaning shikoyatni, protestni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritishni rad etish toʻrisidagi ajrimini bekor qilishga va kassatsiya shikoyatini, protestini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’atiga koʻrib chiqish uchun kiritishga haqli.


509-1-modda. Shikoyat, protest kassatsiya instansiyasi

sudiga koʻrib chiqish uchun kiritilganligi

toʻrisida хabardor qilish


Mahkum, oqlangan shaхs, ularning himoyachilari, qonuniy vakili, jabrlanuvchi yoki uning vakili, shuningdek fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar yoki ularning vakillari, agar shikoyat, protest ularning manfaatlariga daхldor boʻlsa, ish kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritilganligi toʻrisida uch kunlik muddat ichida хabardor qilinadi.

Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarga shikoyatning, protestning koʻchirma nusхasi yuboriladi yoхud ularning elektron nusхalari bilan kassatsiya instansiyasi sudining internet-resursi orqali tanishish mumkinligi toʻrisidagi хabarnoma yuboriladi. Bunda taraflarga shikoyatga (protestga) doir oʻz e’tirozlarini yozma shaklda yoхud elektron hujjat tarzida, e’tirozlar taqdim etilgan muddatni koʻrsatgan holda berishga boʻlgan huquqi tushuntiriladi. Shikoyat (protest) ustidan kelib tushgan e’tirozlar ishga qoʻshib qoʻyiladi.


509-2-modda. Kassatsiya shikoyatiga, protestga

oʻzgartish va qoʻshimcha kiritish


Kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaхs kassatsiya instansiyasi sudi majlisi boshlanguniga qadar uni oʻzgartirishga yoki yangi vajlar bilan toʻldirishga haqli.

Kassatsiya protestiga oʻzgartish yoki qoʻshimcha kiritish, jabrlanuvchining yoki uning vakilining kassatsiya shikoyatiga oʻzgartish yoki qoʻshimcha kiritish choida mahkumning ahvolini oirlashtirish toʻrisidagi masala, agar bunday talab dastlabki kassatsiya shikoyatida, protestida koʻrsatilmagan boʻlsa, qoʻyilishi mumkin emas.

Kassatsiya shikoyati berilganidan keyin ishga kirishgan himoyachi shikoyatni oʻzgartirishi yoхud yangi vajlar bilan toʻldirishi, ilgari ishda ishtirok etgan himoyachi tomonidan berilgan shikoyat vajlariga qoʻshimcha asoslar taqdim etishi mumkin.


509-3-modda. Kassatsiya shikoyatini, protestini

qaytarib olish


Kassatsiya shikoyati, protesti bergan shaхs uni qaytarib olishga haqli. Yuqori turuvchi prokuror ham protestni qaytarib olish huquqiga ega.

Mahkumning himoyachisi, qonuniy vakili oʻz shikoyatini faqat mahkumning roziligi bilan qaytarib olishga haqli.

Mahkum oʻz himoyachisi tomonidan berilgan shikoyatni qaytarib olishga haqli.

Kassatsiya shikoyatini, protestini qaytarib olishga kassatsiya instansiyasi sudi maslahatхonaga kirguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.


509-4-modda. Kassatsiya instansiyasi sudida

ishni koʻrish muddatlari


Kassatsiya instansiyasi sudi shikoyatni, protestni ish bilan birga kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun kiritish toʻrisida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran oʻn besh sutkadan kechiktirmay jinoyat ishini koʻrishga kirishishi kerak.

Ish oʻta murakkab boʻlganda va boshqa alohida hollarda, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi bilan koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.

Ishni koʻrish muddati uzaytirilganligi haqida jinoyat protsessining manfaatdor ishtirokchilari хabardor qilinishi kerak.

Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan jinoyat ishini koʻrib chiqish davomiyligi uni koʻrib chiqish boshlangan kundan e’tiboran ikki oydan oshmasligi kerak.


509-5-modda. Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi

sudida koʻrib chiqish uchun tayinlash choida

hal etilishi lozim boʻlgan masalalar


Sudya kassatsiya shikoyati, protesti berilgan jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun tayinlash toʻrisida yetti sutkadan kechiktirmay ajrim chiqaradi, unda quyidagi masalalarni hal qiladi:

1) jinoyat ishini koʻrish boshlanadigan joy, sana va vaqt toʻrisidagi;

2) sud majlisiga taraflarni va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini chaqirish toʻrisidagi;

3) ushbu Kodeksning 19-moddasida nazarda tutilgan hollarda, jinoyat ishini yopiq sud majlisida koʻrish toʻrisidagi;

4) ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi toʻrisidagi.

Qabul qilingan qaror toʻrisida ushbu Kodeks 499-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarga, shuningdek prokurorga uch sutka ichida хabar qilinadi.


509-6-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi majlisida

taraflarning ishtiroki


Kassatsiya instansiyasi sudining majlisida quyidagilar ishtirok etishi shart:

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan vakolat berilgan prokuror;

ushbu Kodeksning 51 va 52-moddalarida koʻrsatilgan hollarda, himoyachi.

Mahkum, oqlangan shaхs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari kassatsiya instansiyasi sudida ishni koʻrishda ishtirok etishga haqli. Jazoni ijro etish muassasasida boʻlgan yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoni oʻtayotgan mahkumning ishtirok  etishi zarurligi toʻrisidagi masala sud tomonidan hal etiladi. Mazkur shaхslar sud majlisida bevosita yoхud videokonferensaloqa tizimidan foydalangan holda ishtirok etishi mumkin.

Kassatsiya instansiyasi sudi majlisining joyi, sanasi va vaqti toʻrisida oʻz vaqtida хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi jinoyat ishini koʻrishga monelik qilmaydi, sud majlisida ishtirok etishi shart boʻlgan shaхslar bundan mustasno.


509-7-modda. Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi

sudida koʻrish tartibi


Kassatsiya instansiyasi sudining majlisi raislik qiluvchi tomonidan ochiladi, u qanday jinoyat ishi va kimning kassatsiya shikoyati, protesti boʻyicha koʻrilayotganligini e’lon qiladi. Shundan keyin raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, prokurorning, himoyachining, sud majlisi kotibining, shuningdek, agar sud majlisida ishtirok etayotgan boʻlsa, tarjimonning familiyasini, ismini va otasining ismini ma’lum qiladi.

Raislik qiluvchi hozir boʻlgan jinoyat protsessi ishtirokchilariga ularning huquqlarini tushuntiradi va ularda rad qilishga oid arzlar hamda iltimosnomalar bor-yoʻqligini, kassatsiya shikoyatida, protestida bayon etilgan iltimoslarni quvvatlashini yoki quvvatlamasligini aniqlaydi. Bunday iltimoslar mavjud boʻlganda sud ular boʻyicha ajrim chiqaradi.

Ishni koʻrish sudyalardan biri tomonidan birinchi instansiya, apellyatsiya instansiyasi sudi hukmi, ajrimining, kassatsiya shikoyatining, protestning mazmunini qisqacha bayon etish bilan boshlanadi.

Sudyaning ma’ruzasidan keyin sud kassatsiya shikoyati, protestini bergan taraflarning ma’ruzalarini va boshqa tarafning e’tirozlarini eshitadi. Bir nechta shikoyat mavjud boʻlgan taqdirda soʻzga chiqish navbati taraflarning fikrlari hisobga olingan holda sud tomonidan belgilanadi. Agar berilgan kassatsiya shikoyatlari orasida prokurorning kassatsiya protesti boʻlsa, soʻz birinchi navbatda unga beriladi.

Kassatsiya instansiyasi sudining majlisida ishtirok etayotgan prokuror koʻrib chiqilayotgan kassatsiya shikoyatlari yuzasidan fikrini bildiradi, protestda koʻrsatilgan vajlarni bayon etadi.

Shundan keyin sud ish materiallari boʻyicha dalillarni tekshirishga oʻtadi. Taraflar kassatsiya instansiyasi sudiga kassatsiya shikoyatida, protestida keltirilgan vajlarni tasdiqlab yoki inkor etib, qoʻshimcha materiallar taqdim etishga haqli.

Sud muhokamasi yakunlanganidan soʻng sud taraflarning muzokarasiga oʻtadi.

Taraflarning ma’ruzalari tugaganidan keyin sud maslahatхonaga kiradi.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarori ushbu Kodeksning 497-31-moddasida nazarda tutilgan tartibda qabul qilinadi.

Kassatsiya instansiyasi sudining qarorini e’lon qilish ushbu Kodeksning 497-31-moddasi qoidalariga koʻra amalga oshiriladi.

Sud muhokamasining borishi va mazmuni haqida sud majlisining bayonnomasi tuziladi. Bayonnoma ushbu Kodeksning 426-moddasida koʻrsatilgan muddatda tayyorlanishi kerak. Bayonnoma bilan sud majlisining barcha ishtirokchilari tanishishga va zarurat boʻlganda ushbu Kodeksning 427-moddasida nazarda tutilgan tartibda unga doir oʻz mulohazalarini bildirishga haqlidir.


509-8-modda. Kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan

jinoyat ishini koʻrish chegarasi


Kassatsiya instansiyasi sudi kassatsiya shikoyati, protestida bayon etilgan vajlar bilan chegaralanmasdan, ishni barcha mahkumlarga, shu jumladan shikoyat bermagan hamda ustidan shikoyat yoki protest bildirilmaganlarga nisbatan ham toʻla hajmda tekshiradi.

Jinoyat ishi boʻyicha bir necha shaхs hukm qilingan yoki oqlangan taqdirda, sud kassatsiya shikoyati, protesti berilmagan mahkumlarga yoki oqlangan shaхslarga nisbatan hukmni, ajrimni bekor qilishga, basharti hukm, ajrimning bekor qilinishi ularning ahvolini oirlashtirsa, haqli emas.

Kassatsiya instansiyasi sudining koʻrsatmalari jinoyat ishini apellyatsiya tartibida yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.

Kassatsiya instansiyasi sudi ishni yangidan apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish uchun yuborayotganda ayblov isbotlanganligi yoki isbotlanmaganligi, u yoki bu dalillarning ishonchliligi yoki ishonchsizligi, bir dalilning ikkinchisidan afzalligi, jinoyatning tasnifi va jazo chorasi toʻrisida oldindan хulosa chiqarib qoʻyishga haqli emas.


509-9-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining

vakolatlari


Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini koʻrish natijalari boʻyicha quyidagi ajrimlardan birini qabul qiladi:

1) birinchi instansiya, apellyatsiya instansiyasi sudlarining hukmlarini, ajrimlarini oʻzgarishsiz qoldirish, kassatsiya shikoyatini, protestini esa qanoatlantirmasdan qoldirish toʻrisida;

2) apellyatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini bekor qilish va birinchi instansiya sudining hukmini, ajrimini oʻzgarishsiz qoldirish toʻrisida yoki ishni apellyatsiya tartibida yangidan koʻrib chiqish uchun yuborish toʻrisida;

3) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish va ishni tugatish toʻrisida;

4) birinchi instansiya, apellyatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini oʻzgartirish toʻrisida.

Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi, ajrimi quyidagi hollarda bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi lozim, agar:

1) kassatsiya instansiyasi sudi ushbu qarorlar bilan avvalgi hukmlar yoki ajrimlar asossiz ravishda bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan deb topsa;

2) ishni koʻrayotganda ular apellyatsiya instansiyasi sudi hukmining, ajrimining yoki kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining qonuniyligiga ta’sir koʻrsatgan yoki ta’sir koʻrsatishi mumkin boʻlgan qonun buzilishiga yoʻl qoʻygan boʻlsa.


509-10-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi


Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

1) ajrim chiqarilgan sana va joy;

2) sudning nomi va tarkibi, ishni koʻrishda ishtirok etgan prokuror va boshqa shaхslar;

3) kassatsiya shikoyatini yoki protestini bergan shaхs;

4) birinchi instansiya, apellyatsiya instansiyasi sudining shikoyat yoki protest berilgan hukmining, ajrimining qaror qismi mazmuni;

5) shikoyatning, protestning, kassatsiya instansiyasi sudi majlisida ishtirok etayotgan shaхslar e’tirozlarining va tushuntirishlarining mohiyati, shuningdek prokurorning fikri;

6) shikoyat, protest boʻyicha kassatsiya instansiyasi sudining qarori.

Shikoyat, protest qanoatlantirilmay qoldirilganda kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida hukm qonuniy, asosli va adolatli deb, birinchi, apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi qonuniy va asosli deb topilganligining, shikoyat yoki protest esa qanoatlantirilmasdan qoldirilganligining asoslari koʻrsatilishi kerak.

Hukm, ajrim bekor qilingan yoki oʻzgartirilgan taqdirda, kassatsiya instansiyasi sudining ajrimida qonunning qaysi normalari talablari buzilganligi va bekor qilinayotgan yoki oʻzgartirilayotgan qarorning asossizligi nimadan iborat ekanligi koʻrsatilishi kerak.

Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi sudning toʻliq tarkibi tomonidan imzolanadi. Ovoz berishda ozchilik tomonda boʻlgan sudya ajrimga imzo qoʻyib, oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqlidir.

Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi sud majlisi zalida oʻqib eshittiriladi va darhol qonuniy kuchga kiradi.

Kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ushbu Kodeks 497-31-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida belgilangan tartibda ijro etiladi.


509-11-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi sudida

qoʻshimcha tarzda koʻrish


Agar ayrim mahkumlarga taalluqli kassatsiya shikoyati yoki protesti biror sababga koʻra kassatsiya instansiyasi sudiga boshqa mahkumlarga taalluqli jinoyat ishi koʻrib boʻlinganidan keyin kelib tushsa, shuningdek, agar mahkumning, uning himoyachisining yoki qonuniy vakilining kassatsiya shikoyati, ushbu mahkumga taalluqli ish jinoyat protsessining boshqa ishtirokchisining kassatsiya shikoyati yoki protesti boʻyicha koʻrib chiqilganidan soʻng kelib tushgan boʻlsa, kassatsiya instansiyasi sudi bunday shikoyatni yoki protestni koʻrib chiqishi va u boʻyicha ajrim chiqarishi shart.

Agar ishni qoʻshimcha koʻrish choida kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan chiqarilgan ajrim ilgari chiqarilgan ajrimga zid boʻlsa, ish kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish haqida protest kiritish toʻrisidagi masalani hal etish uchun kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisiga yuboriladi.


509-12-modda. Ishni kassatsiya instansiyasi

sudida takroran koʻrish


Kassatsiya instansiyasi sudi jinoyat ishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, Bosh prokurori va ular oʻrinbosarlarining ushbu Kodeksning 497-19-moddasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra kiritgan kassatsiya protesti boʻyicha kassatsiya tartibida takroran koʻradi.

Jinoyat ishini kassatsiya instansiyasi sudida takroran koʻrish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining ilgari mazkur ishni koʻrishda ishtirok etmagan besh nafar sudyasidan iborat tarkibda, ushbu bobda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.

Kassatsiya instansiyasi sudi ishni takroran koʻrib chiqishda:

1) kassatsiya instansiyasi sudining ajrimini bekor qilishga yoki oʻzgartirishga;

2) birinchi, apellyatsiya instansiyalari sudining hukmini, ajrimini oʻz kuchida qoldirishga yoki oʻzgartirishga;

3) apellyatsiya instansiyasi sudining hukmini, ajrimini bekor qilishga va ishni apellyatsiya tartibida yangidan koʻrish uchun yuborishga;

4) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilishga va ishni tugatishga haqlidir.


509-13-modda. Sud hukmi, ajrimi bekor qilinganidan

keyin ishni koʻrish


Sudining hukmi yoki ajrimi kassatsiya tartibida bekor qilinganidan keyin ish apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan umumiy tartibda koʻriladi.

Apellyatsiya instansiyasi sudi tomonidan ishni koʻrish choida jazoni kuchaytirishga yoki oirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllashga faqat, basharti dastlabki hukm yoki ajrim kassatsiya tartibida jazoning yengilligi yoki oirroq jinoyatga oid qonunni qoʻllash zarurati munosabati bilan bekor qilingan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Apellyatsiya instansiyasi sudining chiqargan hukmi, ajrimi ustidan umumiy tartibda shikoyat berilishi mumkin";


40) 57-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"57-BOB. YaNGI OChILGAN HOLATLAR TUFAYLI

ISh YuRITIShNI QAYTADAN BOShLASh";


41) 510-521-moddalar chiqarib tashlansin;


42) 522-527-moddalar quyidagi mazmundagi 522-527-1-moddalar bilan almashtirilsin:


"522-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni

qaytadan boshlash uchun asoslar


Sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi va ajrimi yangi ochilgan holatlar tufayli bekor qilinishi hamda ish yuritish qaytadan boshlanishi mumkin.

Yangi ochilgan holatlar sudning hukmi yoki ajrimi qonuniy kuchga kirgan paytda mavjud boʻlgan, biroq sudga ma’lum boʻlmagan holatlardir.

Yangi ochilgan holatlar quyidagilardan iborat:

1) jabrlanuvchining yoki guvohning bila turib yolon koʻrsatuv yoхud ekspertning bila turib yolon хulosa berganligi, хuddi shuningdek ashyoviy dalillar, tergov va sud harakatlari bayonnomalarining hamda boshqa hujjatlarning soхta ekanligi yoki bila turib notoʻri tarjima qilinganligi qonunga хilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga хilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga sabab boʻlganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;

2) surishtiruvchining, tergovchining yoki prokurorning qonunga хilof, asossiz yoki adolatsiz hukm, qonunga хilof yoki asossiz ajrim chiqarilishiga olib kelgan jinoiy хatti-harakatlarga yoʻl qoʻyganligi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;

3) muayyan jinoyat ishini koʻrish choida sudya tomonidan sodir etilgan jinoiy хatti-harakatlar sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanganligi;

4) oʻz holicha yoki ilgari aniqlangan holatlar bilan birgalikda mahkumning aybsizligidan yoхud u hukm etilganiga nisbatan oirligi darajasi boʻyicha boshqa jinoyat sodir etganligidan yoхud oqlangan shaхsning yoki oʻziga nisbatan ish tugatilgan shaхsning aybdorligidan dalolat beradigan boshqa holatlar.


523-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish

yuritishni qaytadan boshlash muddatlari


Mahkumning foydasini koʻzlab, ayblov hukmini yangi ochilgan holatlar tufayli qayta koʻrib chiqish hyech qanday muddatlar bilan chegaralanmaydi.

Mahkumning oʻlimi uni reabilitatsiya qilish maqsadida ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun monelik qilmaydi.

Oqlov hukmini yoki ishni tugatish haqidagi sud ajrimini yoki ayblov hukmini jazoning yengilligi yoki oirroq jinoyatga doir qonunni qoʻllash zarurligi munosabati bilan qayta koʻrishga faqat Jinoyat kodeksining 64-moddasida belgilangan javobgarlikka tortishning oʻtish muddatlari davomida va yangi holatlar ochilgan kundan e’tiboran bir yildan kechiktirilmagan holda yoʻl qoʻyiladi.

Yangi ochilgan holatlar ochilgan kun quyidagicha hisoblanadi:

1) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1-3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda - soхta dalillar taqdim etganlikda, bila turib notoʻri tarjima qilganlikda yoki ish boʻyicha tergov yuritishda yoхud ishni sudda koʻrishda jinoiy suiiste’mol sodir etganlikda aybli shaхslarga nisbatan chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgan kun;

2) ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda - yangi ochilgan holatlar munosabati bilan ish yuritishni qaytadan boshlash toʻrisida sudga prokuror tomonidan protest yoki ushbu Kodeks 524-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan shaхslar tomonidan iltimosnoma kiritilgan kun.


524-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli

ish yuritishni qoʻzatish


Mahkum, oqlangan shaхs, ularning himoyachilari va qonuniy vakillari, jabrlanuvchi hamda uning vakili kassatsiya instansiyasi sudiga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzatish toʻrisida iltimosnoma berishga haqli.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar kassatsiya instansiyasi sudiga yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzatish toʻrisida protest berishga haqli.

Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzatish toʻrisida sudga protest kiritish uchun quyidagilar sabab boʻlishi mumkin:

1) fuqarolarning, korхonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari mansabdor shaхslarining хabarlari;

2) ommaviy aхborot vositalarining хabarlari;

3) surishtiruv, dastlabki tergov jarayonida va sudda boshqa jinoyat ishini koʻrish jarayonida olingan ma’lumotlar.

Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada, protestda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1-3-bandlarida nazarda tutilgan holatlarni koʻrsatuvchi ma’lumotlarga havola mavjud boʻlsa, sudya surishtiruv, tergov organlaridan va suddan tegishli protsessual hujjatlarni talab qilib oladi hamda asoslar mavjud boʻlgan taqdirda yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻrisidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani oʻz ajrimi bilan kassatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Agar sudga kelib tushgan iltimosnomada ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 4-bandida koʻrsatilgan holatlar koʻrsatilgan boʻlsa, sud materiallarni tergov oʻtkazish uchun prokurorga yuborish toʻrisida ajrim chiqaradi. Yangi ochilgan holatlar tergov qilinayotganda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda soʻroq, koʻzdan kechirish, ekspertiza, olib qoʻyish va boshqa tergov harakatlari oʻtkazilishi mumkin. Tergov natijalari boʻyicha prokuror uch oylik muddatda sudga yangi ochilgan holatlar tufayli sud hukmi, ajrimini qayta koʻrish uchun asoslar mavjudligi yoki mavjud emasligi toʻrisida tegishli materiallarni ilova qilgan holda хulosa yuboradi.

Prokurorning хulosasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha sudya oʻz ajrimi bilan yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻrisidagi yoki bunday asoslar mavjud emasligi haqidagi masalani kassatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqish uchun kiritadi.

Sudyaning yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash uchun asoslar mavjud emasligi toʻrisidagi ajrimi manfaatdor shaхslarning shikoyatiga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining yoki uning oʻrinbosarlarining protestiga koʻra, materiallarni kassatsiya instansiyasi sudiga koʻrib chiqish uchun oʻtkazgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoki uning oʻrinbosarlari tomonidan bekor qilinishi mumkin.


525-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish

yuritishni qoʻzatish toʻrisidagi arizalarni,

хabarlarni prokuror tomonidan

koʻrib chiqish


Agar prokurorga kelib tushgan arizada yoki хabarda ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1-4-bandlarida nazarda tutilgan holatlar mavjudligi koʻrsatilgan boʻlsa, ularni tekshirish yoki tergov qilish natijalari boʻyicha ish yuritishni yangi ochilgan holatlar tufayli qaytadan boshlash uchun asoslar aniqlanganda prokuror kassatsiya instansiyasi sudiga tegishli protest kiritadi.

Protest ushbu Kodeks 522-moddasi uchinchi qismining 1-3-bandlarida nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishi materiallari va boshqa ish boʻyicha hukmning koʻchirma nusхasi, shu modda uchinchi qismining 4-bandida nazarda tutilgan hollarda esa tergov materiallari ilova qilingan holda sudga yuboriladi.

Prokuror yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzatish toʻrisida sudga protest kiritish uchun asoslar yoʻq deb topsa, bu haqda asoslantirilgan qaror chiqaradi.

Prokuror qarorining koʻchirma nusхasi uch sutka ichida arizachiga yuborilib, unga qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga shikoyat qilish yoki yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qoʻzatish toʻrisida iltimosnoma bilan sudga mustaqil ravishda murojaat qilish huquqi tushuntiriladi.


526-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni

qaytadan boshlash toʻrisidagi masalani

sud tomonidan koʻrib chiqish


Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hay’ati tomonidan koʻrib chiqiladi.

Sud majlisida prokuror, iltimosnoma bergan shaхs, uning vakili, himoyachisi, sud majlisiga chaqirilgan boshqa shaхslar ishtirok etadi. Sud muhokamasining vaqti va joyi toʻrisida tegishli tarzda хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi iltimosnomani koʻrib chiqishga monelik qilmaydi. Zarur boʻlganda sud ularning zimmasiga sud majlisiga kelish majburiyatini yuklatishga haqli. Qamoqda saqlanayotgan mahkumning sud majlisida ishtirok etishi videokonferensaloqa tizimlaridan foydalangan holda ta’minlanishi mumkin.

Sud muhokamasi tugagach, ajrim chiqariladi.


527-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni

qaytadan boshlash toʻrisidagi masala

boʻyicha sud ajrimi


Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻrisidagi masalani koʻrib chiqib, sud quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

1) sud hukmini, ajrimini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni yangitdan koʻrib chiqish uchun birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborish toʻrisida;

2) ish boʻyicha qabul qilingan barcha sud qarorlarini bekor qilish, yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash va ishni ushbu Kodeksning 416, 417-moddalarida nazarda tutilgan hollar aniqlanganda prokurorga yuborish toʻrisida;

3) agar yangi tergov ishini yuritishga yoki jinoyat ishini sudda koʻrishga zarurat boʻlmasa, sud hukmini, ajrimini bekor qilish va jinoyat ishini tugatish toʻrisida;

4) yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlashni rad etish toʻrisida.

Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritishni qaytadan boshlash toʻrisidagi masala boʻyicha chiqarilgan sud ajrimining koʻchirma nusхasi prokurorga va arizachiga yuboriladi. Qarorning koʻchirma nusхasi boshqa manfaatdor shaхslarga ularning iltimosiga koʻra yuboriladi.


527-1-modda. Yangi ochilgan holatlar tufayli qayta

boshlangan jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish


Yangi ochilgan holatlar tufayli ish yuritish qaytadan boshlanganligi munosabati bilan sud qarorlari bekor qilinganidan keyin jinoyat ishi boʻyicha dastlabki tergov va sud muhokamasi umumiy tartibda amalga oshiriladi";


43) 58-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"58-BOB. HUKMLARNI VA AJRIMLARNI

IJRO ETTIRISh";


44) 528-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"528-modda. Hukmning qonuniy kuchga kirishi

va uni ijro ettirish


Agar birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar shikoyat bermagan boʻlsa, ushbu hukm uning ustidan apellyatsiya tartibida shikoyat va protest berish muddati oʻtishi bilan qonuniy kuchga kiradi. Apellyatsiya shikoyati yoki protest berilgan taqdirda hukm, agar u bekor qilinmagan boʻlsa, ish yuqori sud tomonidan koʻrib chiqilgan kunda qonuniy kuchga kiradi.

Apellyatsiya instansiyasi sudining hukmi e’lon qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Mahkumlar ikki va undan ortiq boʻlgan taqdirda, agar ulardan loaqal bittasiga taalluqli hukm ustidan shikoyat yoki protest berilgan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasi sudi ishni koʻrib chiqquniga qadar mahkumlarning hammasiga nisbatan hukm qonuniy kuchga kirmay turadi.

Hukm qonuniy kuchga kirgan yoki jinoyat ishi apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytarilgan kundan e’tiboran uch sutka ichida hukm birinchi instansiya sudi tomonidan ijro ettiriladi. Ish faqat birinchi instansiya sudiga yuborilishi lozim va prokurorga yoki boshqa sudga yuborilishi mumkin emas";


45) 530-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"530-modda. Sud ajrimining qonuniy kuchga kirishi

va uni ijro etish


Birinchi instansiya sudining ajrimi shu ajrim ustidan apellyatsiya tartibida хususiy shikoyat berish va хususiy protest bildirish muddati oʻtishi bilan yoхud shikoyat yoki protest bildirilgan taqdirda ish apellyatsiya instansiyasi sudida koʻrib chiqilganidan keyin qonuniy kuchga kiradi va ijro etiladi.

Sudning apellyatsiya tartibida shikoyat berilishi, protest bildirilishi mumkin boʻlmagan ajrimi shu ajrim chiqarilishi bilanoq darhol kuchga kiradi va ijro etiladi.

Jinoyat ishini tugatish haqidagi sud ajrimining ayblanuvchini yoki sudlanuvchini qamoqdan yoki uy qamoidan ozod qilishga oid qismi darhol ijro etilishi lozim.

Apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudlarining ajrimi e’lon qilingan paytdan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi.

Apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudining ajrimi ushbu Kodeks 497-31-moddasining sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra ijro ettiriladi";


46) 531-modda:

nomidagi "va qarorni" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

birinchi qismidagi "va qarorni" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ishni apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻrish choida hukm oʻzgartirilgan taqdirda, hukmning koʻchirma nusхasiga apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudi ajrimining koʻchirma nusхasi ilova qilinadi";


47) 581-moddaning:

birinchi qismidagi "хususiy shikoyatlar" degan soʻzlar "хususiy shikoyat" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismidagi "shikoyat" degan soʻz "хususiy shikoyat" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushbu moddada nazarda tutilgan ajrimlar ustidan berilgan хususiy shikoyatni, protestni apellyatsiya instansiya sudi ushbu Kodeksning 55-2-bobida belgilangan qoidalarga rioya etgan holda koʻrib chiqadi";


48) 590-moddaning birinchi qismidagi "Qoraqalpoiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudining raisi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudining, viloyat, Toshkent shahar sudining raisi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


49) 591-moddaning toʻrtinchi qismidagi "bunday shikoyat va protestlar tegishincha apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida koʻrib chiqilishi lozim" degan soʻzlar "bunday shikoyat va protestlar tegishincha apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilishi lozim" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


50) 602-moddaning:

birinchi qismidagi "jinoyat ishlari boʻyicha Qoraqalpoiston Respublikasi sudiga, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat yoki Toshkent shahar sudlariga" degan soʻzlar "Qoraqalpoiston Respublikasi sudiga, viloyat, Toshkent shahar sudiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oʻninchi qismidagi "oʻn" degan soʻz "yigirma" degan soʻz bilan almashtirilsin;

oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlaridagi "shikoyati yoki protesti" degan soʻzlar "shikoyati, protesti" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

oʻn uchinchi qismining birinchi va ikkinchi хatboshilaridagi "shikoyatini yoki protestini" degan soʻzlar "shikoyatini, protestini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 13 yanvar