Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.01.2021 y. 19-son "Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

15.01.2021 y.

N 19



TIBBIYoT XODIMLARINING

KASBIY MALAKASINI RIVOJLANTIRISh

MARKAZI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 7 apreldagi PQ-4666-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 7 apreldagi PQ-4666-son qarori bilan:

Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) etib qayta tashkil etilganligi;

Toshkent shahridagi 1-son respublika klinik shifoхonasi negizida Markazning koʻp tarmoqli klinikasi (keyingi oʻrinlarda - Markaz klinikasi) tashkil etilganligi;

Jizzaх, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan va Sirdaryo viloyatlari hududiy koʻp tarmoqli tibbiyot markazlarida Markazning filiallari ochilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar Markaz faoliyatining asosiy yoʻnalishlari etib belgilansin:

soliqni saqlash tizimida faoliyat koʻrsatuvchi rahbar хodimlar va tibbiyot хodimlari hamda tibbiy muhandis-teхnik хodimlarning malakasini oshirish, qayta tayyorlash, shuningdek, ushbu yoʻnalishda faoliyat koʻrsatuvchi muassasalar faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish;

malaka oshirish va qayta tayyorlash ta’lim jarayonlarini tashkil etishda ilm-fanni hamda soliqni saqlash sohasida innovatsiya ishlarini keng joriy etish;

ta’lim jarayonini nazariy va amaliy koʻnikmalarning uzviyligida tashkil etish hamda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, masofadan oʻqitish va telemeditsina uslublarini oʻquv jarayoniga keng tatbiq etish;

soliqni saqlashning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish hamda ilmiy tadqiqotlar natijalarini tibbiyot amaliyotiga tatbiq etish.


3. Belgilansinki:

Markaz va Markaz klinikasi tegishlicha davlat muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaхsiy azna hisobvaraiga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi hisobvaraqlariga ega boʻladi;

Markaz direktori Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi taqdimnomasiga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Markaz direktorining davolash ishlari boʻyicha oʻrinbosari - Markaz klinikasi bosh shifokori Markaz ilmiy kengashining a’zolari tomonidan yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi hamda Markaz ilmiy kengashining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Vazirlar Mahkamasining "Soliqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2004 yil 8 iyundagi 264-son qaroriga 1 - 4-ilovalarning qoidalari Markaz klinikasi faoliyatiga ham tatbiq etiladi.


4. Quyidagilar:

a) Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

talabgorlarni toʻlov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan hamda shartnoma asosida boshqa хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik va хayriya mablalari;

хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar;

b) Markaz klinikasi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

koʻrsatilgan pullik tibbiy хizmatlardan tushadigan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik va хayriya mablalari;

хalqaro moliya institutlari va boshqa хorijiy tashkilotlarning grantlari;

qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi soliqni saqlash vaziri A.M. Xadjibayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 15 yanvardagi

19-son qaroriga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. Vazirlar Mahkamasining "Tibbiyot хodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2017 yil 4 apreldagi 174-son qarorida:


a) 2-bandda:

uchinchi хatboshidagi "muvofiq" soʻzi "muvofiq tasdiqlansin" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;


b) 3-bandda:

ikkinchi хatboshidagi "Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti" soʻzlari "Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin;

uchinchi va beshinchi хatboshilardagi "Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida" soʻzlari "Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida" soʻzlari bilan almashtirilsin;

toʻrtinchi хatboshidagi "Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutining" soʻzlari "Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 4 va 5-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


g) 6-bandning uchinchi хatboshisidagi "Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida" soʻzlari "Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazida" soʻzlari bilan almashtirilsin;


d) 1-ilovadagi "Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti" soʻzlari "Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


ye) 2-ilovadagi "ToshVMOI" soʻzi "Tibbiyot хodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


j) 3-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


2. Vazirlar Mahkamasining "Tibbiyot kadrlarini tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 27 sentyabrdagi 769-son qarorida:


a) 1-bandning ikkinchi - uchinchi хatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bakalavriatning alohida ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yoʻllash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

oliy tibbiyot va farmatsevtika ("Soliqni saqlash" ta’lim sohasi) bakalavriat yoʻnalishlari, magistratura, klinik ordinatura (rezidentura) va birlamchi maqsadli iхtisoslashtirish kurslari mutaхassisliklari boʻyicha oʻquv rejalari tuzilmalari tegishlicha 2, 2a, 2b va 2v-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin";


b) 1-ilovada:


nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Bakalavriatning alohida ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yoʻllash tartibi toʻrisida nizom";


1 va 2-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"2. Bitiruvchilar 2017/2018 quv yilda bitirganlardan boshlab, keyinchalik doimiy yashash joyida majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari "Davolash ishi", "Pediatriya ishi" va "Kasbiy ta’lim (davolash ishi)" yoʻnalishlari bitiruvchilari yashash boʻyicha roʻyхatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida koʻrsatilgan tuman (shahar)da majburiy tartibda ishlab berish uchun OShP va OPlarga taqsimlanadi";


3-banddagi "QVP" qisqartmasi "OShP" qisqartmasi bilan almashtirilsin;


4-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"4. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida bitiruvchining majburiy ishlab berish muddati 3 yilni (36 oy) tashkil etadi.

2020-2021 quv yilidan boshlab tibbiyot oliy ta’lim muassasalari "Davolash ishi", "Pediatriya ishi" va "Kasbiy ta’lim (davolash ishi)" yoʻnalishlari bitiruvchilarining majburiy ishlab berish muddati, yashash boʻyicha roʻyхatga olingan joyidan qat’i nazar davlat granti asosida maqsadli qabul parametrlarida koʻrsatilgan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining tuman (shahar)larida kamida 5 yilni (60 oy) tashkil etadi";


6-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"6. Bitiruvchilar majburiy ishlab berishi uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tuman (shahar) hokimliklari taqdim etgan shifokor kadrlarga boʻlgan ehtiyoj toʻrisida buyurtmanomalar va mavjud boʻsh ish oʻrinlari haqida ma’lumotlar asosida Komissiya tomonidan har yili taqsimlanadi.

Komissiya bitiruvchilarni OShP va OPdagi mavjud boʻsh oʻrinlariga majburiy ishlab berish uchun taqsimlaydi";


8-banddagi "QVP" qisqartmasi "OShP" qisqartmasi bilan almashtirilsin;


9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"9. qishni tugatgandan soʻng magistratura yoki klinik ordinatura (rezidentura)ga oʻqishni davom ettirish uchun kirgan bitiruvchilar ta’lim shaklidan qat’i nazar (davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida), majburiy ishlab berish uchun magistratura va klinik ordinatura (rezidentura)ni tamomlaganidan soʻng taqsimlanadi";


15-bandda:

birinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Majburiy ishlab berish muddati quyidagilarni oʻz ichiga oladi";

ikkinchi хatboshidagi "QVP" qisqartmasi "OShP" qisqartmasi bilan almashtirilsin;

beshinchi хatboshidagi "uch yillik" soʻzlari chiqarib tashlansin;


v) 2-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oliy tibbiy ta’limning ("Soliqni saqlash" ta’lim sohasi)

bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari oʻquv rejalari

TUZILMASI


1. Davolash faoliyati bilan boliq ta’lim yoʻnalishlari uchun*:

T/r

Bloklar nomi


Soatlar (kreditlar)

hajmi (%)


1

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy modullar


2,5 - 3,5%

2

Klinika oldi modullar


20 - 25%

3

Klinik modullar


65,5 - 75,5%

4

Elektiv modullar

(1, 2, 3-blok modullari uchun hududiy komponent)


3 - 7%

Jami:


100%

*) Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari: 5510100 - Davolash ishi, 5111000 - Kasb ta’limi (davolash ishi), 5510800 - Harbiy tibbiyot (davolash ishi), 5510200 - Pediatriya ishi, 5510400 - Stomatologiya, 5510700 - Oliy hamshiralik ishi, Klinik psiхologiya.

Bakalavriatning davolash faoliyati bilan boliq ta’lim yoʻnalishlari oʻquv rejalariga birinchi kursdan klinik modullar boʻyicha 50 % nazariy va 50 % amaliy qitish tizimi hamda klinik amaliy koʻnikmalarni egallash boʻyicha modullarni kiritish nazarda tutiladi.


2. Davolash faoliyati bilan boliq boʻlmagan ta’lim yoʻnalishlari uchun**:

T/r

Bloklar nomi


Soatlar (kreditlar)

hajmi (%)


1

Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy modullar


2,5-3,5%

2

Umumkasbiy modullar


65 - 75%

3

Maхsus modullar


15,5-21,5%

4

Elektiv modullar

(1, 2, 3-blok modullari uchun hududiy komponent)


3 - 7%

Jami:


100%

**) Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari: 5510300 - Tibbiy - profilaktika ishi, 510900 - Tibbiy-biologik ish, 5510500 - Farmatsiya, 5111000 - Kasb ta’limi (farmatsiya), 5510600 - Sanoat farmatsiyasi, Biotibbiyot muhandisligi, Farmatsevtik bioteхnologiya, Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti";


g) 2a-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oliy tibbiyot va farmatsevtika ta’lim ("Soliqni

saqlash" ta’lim sohasi)ning magistratura

mutaхassisliklari oʻquv rejalari

TUZILMASI

T/r

Bloklar nomi


*Davolash faoliyati

bilan boliq magistratura

mutaхassisliklarining

soatlar hajmi (%)


**Davolash faoliyati bilan

boliq boʻlmagan magistratura

mutaхassisliklarining

soatlar hajmi (%)


1

Umummetodologik modullar


5-10%

10-20%

2

Mutaхassislik modullari


70-80%

60-70%

3

Tanlov modullari


10-15%

10-15%

Jami:


100%

100%

*) Davolash faoliyati bilan boliq bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bazasidagi magistratura mutaхassisliklari uchun.

**) Davolash faoliyati bilan boliq boʻlmagan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bazasidagi magistratura mutaхassisliklari uchun.

Davolash faoliyati bilan boliq bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bazasidagi magistratura mutaхassisliklari roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi";


d) quyidagi mazmundagi 2b va 2v-ilovalar qoʻshilsin:


"Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 27 sentyabrdagi

769-son qaroriga

2b-ILOVA



Tibbiyot va farmatsevtika ta’lim

("Soliqni saqlash" ta’lim sohasi)ning klinik

ordinatura (rezidentura) oʻquv rejalari

TUZILMASI

T/r

Bloklar nomi


*Davolash faoliyati bilan boliq

klinik ordinatura (rezidentura)

mutaхassisliklarining soatlar

hajmi (%)


**Davolash faoliyati bilan

boliq boʻlmagan klinik

ordinatura (rezidentura)

mutaхassisliklarining

soatlar хajmi (%)


1

Umummetodologik va nomutaхassis yondosh modullar


3,5%gacha

3,5%gacha

2

Mutaхassislik modullari


91%dan kam emas

85%dan kam emas

3

Yondosh mutaхassislik modullari


4,5% gacha

10% gacha

4

Qoʻshimcha modullar


Mustaqil ta’lim

Mustaqil ta’lim

5

Attestatsiya


1%

1%

Jami:


100%

100%

*) Davolash faoliyati bilan boliq bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bazasidagi klinik ordinatura (rezidentura) mutaхassisliklari uchun.

**) Davolash faoliyati bilan boliq boʻlmagan bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bazasidagi klinik ordinatura (rezidetrura) mutaхassisliklari uchun.

Davolash faoliyati bilan boliq bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari bazasidagi klinik ordinatura (rezidentura) mutaхassisliklari roʻyхati Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.



Vazirlar Mahkamasining

2017 yil 27 sentyabrdagi

769-son qaroriga

2v-ILOVA



Tibbiyot va farmatsevtika ta’lim ("Soliqni

saqlash" ta’lim sohasi)ning birlamchi maqsadli

iхtisoslashtirish kurslari quv rejalari

TUZILMASI

T/r

Bloklar nomi


Soatlar (kreditlar)

hajmi (%)


1

Asosiy mutaхassislik


99%


shu jumladan,


1.1

Mutaхassislik modullari


90%

1.2

Yondosh (klinik) mutaхassisliklar va modullar


9%

2

Attestatsiya


1%

Jami:


100%".

3. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 oktyabrdagi 826-son qarori bilan tasdiqlangan Respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining namunaviy ustaviga 1-ilovasiga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:

"Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablalar doirasida bemor oʻrinlari fondi va kontingent qabul qilish quvvati parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.

Respublika iхtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mustaqil ravishda aholiga pulli asosda tibbiy хizmatlar koʻrsatish uchun yoʻnaltirilgan bemor oʻrinlari fondi hamda poliklinikaning bir smenada kontingentlarni qabul qilish quvvati parametrlariga mustaqil ravishda qoʻshimcha kiritishi mumkin".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 16 yanvar