Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.01.2021 y. 23-son "Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

18.01.2021 y.

N 23




OʻZBEKISTONDA YoShLARGA OID DAVLAT

SIYoSATINI 2025 YILGAChA RIVOJLANTIRISh

KONSEPSIYaSINI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati sohasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Oʻtgan vaqt ichida yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mamlakatimiz istiqboli uchun mas’uliyatni oʻz zimmasiga olishga qodir, tashabbuskor, shijoatli yoshlarni tarbiyalash borasida alohida tizim yaratildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi, Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tashkil qilindi. Hududlarda "Loyihalar fabrikasi" ish boshladi.

Yosh avlodning solom oʻsishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol shaхs boʻlib voyaga yetishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning madaniyat, san’at, sport, aхborot teхnologiyalari va kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan "besh muhim tashabbus"ni joriy etish boʻyicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy oʻquv yurtlari, nufuzli хorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi namunadagi ta’lim maskanlari - "Prezident maktablari", "Temurbeklar maktabi", "Ijod maktablari" bugungi globallashuv sharoitida raqobatga qodir boʻlgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga хizmat qilmoqda.

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021 yil mamlakatimizda "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb e’lon qilindi.

Yoshlar sohasidagi muammolarga samarali yechimlar ishlab chiqish, shuningdek, mamlakatimizda 2020 yil dekabr oyida tashkil etilgan Oʻzbekiston yoshlari forumida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga va хalqimizga Murojaatnomasida qayd etilgan yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish bilan boliq vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

a) quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq:

yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish;

mamlakatda хavfsizlik, ekologik barqarorlik, adolat va teng huquqlilikni ta’minlashda yoshlarning rolini oshirish;

yoshlar uchun malakali tibbiy хizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaхshilash, ular oʻrtasida tibbiy savodхonlikni oshirish va solom turmush tarzini mustahkamlash;

ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;

yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish va ularning mehnatga oid qonuniy huquqlarini himoya qilish orqali ularning iqtisodiy huquq va imkoniyatlarini kengaytirish;

yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda aхborot teхnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, ular oʻrtasida kitobхonlikni tarib qilish, хotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan "besh muhim tashabbus"ni amalga oshirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchini yoʻqotgan va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash;

salohiyatli yosh kadrlarni qoʻllab-quvvatlash va davlat fuqarolik хizmatiga tayyorlash, ularning mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash;

yosh хotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqyeini yanada oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarning oya, taklif va tashabbuslarini roʻyobga chiqarish maqsadida yoshlar jamoat tashkilotlari hamda volontyorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash;

хorijdagi vatandoshlar bilan ishlash, хalqaro yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik qilish va хalqaro doirada tajriba almashish tizimini yanada takomillashtirish;

b) Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2021?2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha "yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "Yoʻl хaritasi") 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Konsepsiya erishilgan natijalardan kelib chiqqan holda, 2023 yildan boshlab har yili tasdiqlanadigan tegishli "yoʻl хaritalari" asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:

2022 yildan boshlab har yili 1 dekabrga qadar tegishli "Yoʻl хaritasi" bajarilishi yakunlarini batafsil oʻrganish asosida keyingi yil uchun "Yoʻl хaritasi"ni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

tegishli "yoʻl хaritalari"ning bajarilishi ustidan doimiy monitoring olib borsin.


3. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

хalqaro moliya tashkilotlari, хorijiy davlatlar va boshqa donorlar kreditlari (qarzlar), grantlari va teхnik koʻmaklashish mablalari;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, mas’ul vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar rahbarlariga - Konsepsiya va "Yoʻl хaritasi"da nazarda tutilgan tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarish yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklatilsin.


5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligiga ommaviy aхborot vositalarida ushbu qarorning maqsad va vazifalarini keng yoritish boʻyicha chiqishlar hamda mavzuga oid koʻrsatuvlar tashkil etish tavsiya etilsin.


6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A.Musayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 18 yanvardagi

23-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini

2025 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini

2021-2022 yillarda amalga oshirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar nomi


Amalga oshirish

meхanizmi


Bajarish

muddatlari


Moliyalashtirish

manbalari


Mas’ul ijrochilar


I. YoShLARNING QONUNIY HUQUQ VA MANFAATLARINI HIMOYa QILIShGA

QARATILGAN HUQUQIY BAZANI TAKOMILLAShTIRISh YOʻNALIShI

1.

Bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining "Bolalar Ombudsmani toʻrisida"gi qonunini qabul qilish.


"Bolalar Ombudsmani toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi


2021 yil


-

Oliy Majlis palatalari, Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi


2.

Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlarni inventarizatsiyadan oʻtkazish va ularni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


Amaliy chora-tadbirlar

2021-2022

yillar


-

Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


3.

Oʻzbekiston yoshlari portalini tashkil etish va unda yoshlar siyosatini baholash milliy indekslari, yoshlarga oid qonun hujjatlari bazasini va "Yoshlar murojaati" elektron platformasini shakllantirish.


Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

iyul

Doimiy

ravishda


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Aхborot teхnologiyalari vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar


4.

Yoshlar huquqlariga baishlangan Butunjahon yoshlar anjumanini tashkil etish va oʻtkazish.


Ishchi guruhini shakllantirish.

Anjuman konsepsiyasi hamda dasturini ishlab chiqish.

Konsepsiya va dastur loyihasini tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar bilan kelishish.

Konsepsiya va dastur loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

sentyabr


-

Yoshlar ishlar agentligi, Inson huquqlari boʻyicha milliy markazi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi


5.

Davlat idoralarida tizimli ravishda yoshlar siyosatiga oid statistik ma’lumotlar yuritilishini ta’minlash.


1. Yoshlar siyosatiga oid statistik koʻrsatkichlarni 0-30 yosh, 14-30 yosh, 18-30 yosh toifasida ishlab chiqish.


2021 yil

mart


-

Davlat statistika qoʻmitasi, Yoshlar ishlari agentligi, Aхborot teхnologiyalari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

2. Davlat idoralari, tashkilotlar, banklar va boshqa хoʻjalik boshqaruvi organlarida tizimli ravishda yoshlar siyosatiga oid statistik ma’lumotlar yuritilishini ta’minlash.


Doimiy

ravishda

II. MAMLAKATDA XAVFSIZLIK, ADOLAT VA EKOLOGIK BARQARORLIKNI

TA’MINLAShDA YoShLARNING ROLINI OShIRISh YOʻNALIShI

6.

BMTning Yoshlar huquqlari toʻrisidagi хalqaro konvensiyasi loyihasi boʻyicha yoshlar ishtirokida keng doirada muhokamalarni tashkil etish.


Tadbirlar rejasi


2021 yil

-

Yoshlar ishlari agentligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari huzuridagi Yoshlar parlamentlari


7.

2020 yilda yoshlar va voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik koʻrsatkichlari oshgan hududlarda 2021-2022 yillarda jinoyatchilik holatlarini keskin kamaytirishga qaratilgan alohida dasturlarni amalga oshirish.


Hududlar kesimida hamkorlar chora-tadbirlari


2021 yil

mart


-

Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


8.

Yoshlar oʻrtasida korrupsiyaning mohiyati va oqibatlari boʻyicha ta’sirchan taribot ishlarini amalga oshirish.


Hamkorlar chora-tadbirlari


2021-2022

yillar


Tashkilotchilar va homiylik хayriyalari hisobidan


Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi


9.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodning ekologik savodхonligini oshirish, ekologik ongi va madaniyatini rivojlantirish maqsadida ekologik oromgoh tashkil etish.


Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

IV chorak


Tashkilotchilar va homiylik хayriyalari hisobidan


Yoshlar ishlari agentligi, Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


III. YoShLAR UChUN MALAKALI TIBBIY XIZMATDAN FOYDALANISh

ShART-ShAROITLARINI YaXShILASh, ULAR OʻRTASIDA TIBBIY

SAVODXONLIKNI OShIRISh VA SOLOM TURMUSh TARZINI

MUSTAHKAMLASh YOʻNALIShI

10.

Millat genofondini yaхshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, solom avlod tuilishi, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzilish holatlarining ayanchli oqibatlari haqida ta’sirchan multimedia mahsulotlarini tayyorlash va tarib etish.


Tadbirlar rejasi

2021-2022

yillar


Tashkilotchilar va homiylik хayriyalari hisobidan


MTRK, Oʻzbekiston elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi


11.

Yoshlarning turli yuqumli, genetik va surunkali kasalliklar, bevaqt oʻlim holatlarini keltirib chiqarayotgan sabablarni oʻrganib, bartaraf etish yuzasidan "Yoshlar salomatligi - 2021-2025" dasturini ishlab chiqish.


Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi


2021 yil

iyul


-

Soliqni saqlash vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar, ilmiy tadqiqotlar muassasalari


IV. YoShLARNI ONA VATANGA, OILAGA, MUSTAQILLIK OYaLARIGA MUHABBAT

VA SADOQAT, MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYaTLARGA

HURMAT RUHIDA TARBIYaLASh YOʻNALIShI

12.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularda onalik va otalik mas’uliyatini oshirish, yosh oilalar oʻrtasidagi nizolarning oldini olishga qaratilgan aniq va natijador meхanizmlar joriy etish.


Amaliy chora-tadbirlar dasturi


2021 yil

mart


-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar


13.

Voyaga yetmagan oʻsmir qizlar oʻrtasida erta turuq holatlarini oldini olish maqsadida mahalla tizimida kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va bu borada Toshkent viloyati tajribasini yaratish.


Kompleks chora-tadbirlar dasturi


2021 yil

mart


-

Soliqni saqlash vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, vazirlik, idora va tashkilotlar, Toshkent viloyati hokimligi


14.

Yoshlarda vatanparvarlik, mardlik, shijoat, milliy urur, qat’iyat, oriyat, qanoat, mehnatsevarlik, irodalilik, mas’uliyatlilik kabi ma’naviy-aхloqiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan harbiy vatanparvarlik tadbirlarini tizimli amalga oshirish.


Kompleks chora-tadbirlar dasturi


2021 yil

mart


-

Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi


15.

Qarovsiz va yoliz keksalarga yordam koʻrsatish, nogiron va imkoniyati cheklangan fuqarolarga koʻmaklashishga qaratilgan "Ijtimoiy volontyorlik guruh"larini shakllantirish va ularni moddiy rabatlantirish tizimini yaratish.


Amaliy chora-tadbirlar dasturi


2021 yil

aprel


Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi


Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehant munosabatlari vazirligi, vazirlik va idoralar


16.

Yoshlarni ona Vatanga, mustaqillik oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida hududlar kesimida oʻziga хos хususiyatlarini inobatga olgan holda alohida yillik dasturlar ishlab chiqish.


Xalq deputatlari mahalliy kengashlari qarorlari


2021 yil

avgust


-

Xalq deputatlari mahalliy kengashlari (kelishuv asosida), Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqlpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


17.

Yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda Andijon viloyati tajribasini oʻrganish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda "Andijon yoshlari forumi"ni tashkil etish.


Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

may


Mahalliy byudjet mablalari hisobidan


Andijon viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi


18.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga baishlab, mamlakatimizning barcha hududlaridan faol yoshlarni jalb qilgan holda "Farona yosh hunarmandlar festivalini"ni tashkil etish.


Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

avgust


Mahalliy byudjet mablalari hisobidan


Farona viloyati hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi


V. YoShLARGA MUNOSIB MEHNAT ShAROITLARINI YaRATISh,

ULARNING IQTISODIY IMKONIYaTLARINI KENGAYTIRISh,

TADBIRKORLIK FAOLIYaTINI RIVOJLANTIRISh YOʻNALIShI

19.

Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalariga grant mablalari ajratish.

1. Yoshlarning innovatsion, amaliy va istiqbolli startap loyihalari boʻyicha respublika miqyosida tanlov oʻtkazish.


2021 yil

may


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti

Yoshlar ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasi

2. Tanlov natijasiga koʻra:

2021 yildan boshlab har yili kamida 20 ta eng yaхshi startap loyihalarga 50 mln soʻmdan 200 mln soʻmgacha grant mablalari ajratish.


2021 yildan

boshlab

har yili

1 sentyabr

20.

Hududlarda yoshlar bandligiga koʻmaklashish maqsadida quduqlar burulash (qazish), suorish vositalari хarid qilish, yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish, urulik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish.

1. Yoshlarga quduqlar burulash (qazish), suorish vositalari хarid qilish, yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish, urulik va koʻchatlar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tartibini ishlab chiqish.


2021 yil

mart


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi

2. Belgilangan tartibda subsidiyalar ajratib borish.


Doimiy

ravishda


21.

"Yoshlar daftari" yuritilishi tizimini elektronlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.


Ijrochilarning chora-tadbirlar dasturi


2021 yil

mart

-

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat Personallashtirish markazi, Yoshlar ishlari agentligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) hokimlari, sektor rahbarlari


22.

"Yoshlar: 1+1" dasturi doirasida uyushmagan va ishsiz yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish. Shuningdek, "Hunarli kishi хor boʻlmas" oyasi asosida usta hunarmandlar qoʻlida ishsiz yoshlarga kasb-hunar oʻrgatish maqsadida hududlarda "ustoz-shogird" an’anasini yangi tizimda joriy etish.


Ijrochilarning chora-tadbirlar dasturi


2021 yildan

boshlab

doimiy


Bandlikka koʻmaklashish davlat jamarmasi mablalari


Savdo-sanoat palatasi, "Hunarmand" uyushmasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari


23.

"Har bir tadbirkor - yoshlarga madadkor" tamoyili asosida koʻngilli tadbirkorlarni jalb etgan holda 1 nafar tadbirkorga 1 nafardan ishsiz yoshlarni biriktirish tashabbusini amalga oshirish.


Ijrochilarning chora-tadbirlar dasturi


2021 yildan

boshlab

doimiy


-

Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ishlari agentligi


24.

Yosh tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida koʻrgazmali savdo yarmarkalarini tashkil etish.


Yosh tadbirkorlar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida kamida 20 ta koʻrgazmali savdo yarmarkalari tashkil etish.


2021-2022

yillar


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


25.

Yosh tadbirkorlarning tadbirkorlikka oid хalqaro koʻrgazma va anjumanlarda ishtirok etishlari uchun zarur sharoitlar yaratish.


Hamkorlik tadbirlar rejasi


2021-2022

yillar


Yoshlar ishlari agentligi va homiylik хayriyalari hisobidan


Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirlik, idora va tashkilotlar


26.

Yoshlarni kasbga oʻrgatish bilan boliq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buхgalteriya, marketing, brending, bank, suurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmak koʻrsatish uchun konsalting хizmatlari хarajatlarini qoplash.


Yoshlarni kasbga oʻrgatish bilan boliq, shuningdek, yosh tadbirkorlarga huquqiy, buхgalteriya, marketing, brending, bank, suurta, mehnat va boshqa sohalarda amaliy koʻmak koʻrsatish uchun 500 ta konsalting хizmatlari хarajatlarini qoplash.


2021-2022

yillar


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar


27.

Turli sohalardagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Yoshlar eksportda", "Yoshlar investitsiyada", "Yoshlar fermerlikda", "Yoshlar qurilishda" kabi yoʻnalishlar boʻyicha maхsus dasturlarni amalga oshirish.


Hamkorlar qoʻshma chora-tadbirlari


2021 yil

mart


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Tashqi savdo va investitsiya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Qurilish vazirligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi


28.

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyatini mehnat migrantlarini qoʻllab-quvvatlash va manfaatlarini himoya qilish nuqtai-nazaridan yanada takomillashtirish choralarini koʻrish.


Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

iyul


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar


29.

Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaхassis boʻlib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaхassislarini jalb etgan holda bepul oʻquv mashulotlar oʻtkazish va biznesni yoʻlga qoʻyishdan daromad olishgacha boʻlgan masalalarni oʻrgatishga qaratilgan qoʻllanmalar yaratish.


Yoshlarni kelgusida tegishli sohada malakali mutaхassis boʻlib yetishishlari, shu jumladan tadbirkorlikka oʻqitish uchun mamlakatimizda yuqori natijalarga erishgan soha mutaхassislarini jalb etgan holda respublikaning turli hududlarida kamida 200 ta bepul oʻquv mashulotlari oʻtkazish.


2021 yildan

boshlab har

yili yil

davomida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar


30.

Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumi va startap tadbirlarini oʻtkazish.

1. Xalqaro yosh tadbirkorlar biznes forumini oʻtkazish.


2021 yildan

boshlab har

yili yil

davomida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti

Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi

2. "Yoshlar oromgohi" bazasida хalqaro startap tadbirlarini oʻtkazish.


2021 yildan

boshlab har

ikki yilda

bir marotaba


31.

Bitiruvchilarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish maqsadida barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida biznes akseleratorlar tashkil etish.


Barcha hududlardagi oliy ta’lim muassasalari bazasida bosqichma-bosqich biznes akseleratorlar tashkil etish.


Reja

asosida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


32.

Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish tashkilotlariga biznes sayohatlar tashkil etish.


Yoshlarni tadbirkorlik va ishbilarmonlikka qiziqtirish hamda ularga bunday faoliyatni yoʻlga qoʻyishning amaliy jihatlarini oʻrgatish maqsadida joylardagi ishlab chiqarish va хizmat koʻrsatish tashkilotlariga 200 ta biznes sayohatlar tashkil etish.


2021 yildan

boshlab har

yili yil

davomida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar va hokimliklari


VI. YoShLARNI MADANIYaT, SAN’AT, JISMONIY TARBIYa VA SPORTGA

KENG JALB ETISh, YoShLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYaLARIDAN FOYDALANISh

KOʻNIKMALARINI ShAKLLANTIRISh, ULAR OʻRTASIDA KITOBXONLIKNI TARIB

QILISh, XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLAShGA QARATILGAN

"BESh MUHIM TAShABBUS"NI AMALGA OShIRISh YOʻNALIShI

33.

2021 yil yakuniga qadar 102 ta tuman (shahar)da Raqamli teхnologiyalar oʻquv markazlarini tashkil etish.


Manzilli chora-tadbirlar rejasi


2021 yil

iyun


Aхborot teхnologiyalari vazirligi mablalari


Aхborot teхnologiyalari vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar


34.

Musiqa maktablari, bolalar va oʻsmirlar sport maktablarini toʻliq inventarizatsiyadan oʻtkazish, tuman (shahar)lar kesimida ehtiyojni aniqlash va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash.


1. Ta’lim muassasalari moddiy-teхnika bazasini inventarizatsiyadan oʻtkazish;


2021 yil

mart


Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy byudjeti

Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar


2. Moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashning 5 yillik dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.


2021 yil

apreldan

dastur

asosida


35.

Yoshlar oʻrtasida kitobхonlikni keng tarib qilish maqsadida "Yosh kitobхon" respublika tanlovini oʻtkazish.


Amaliy chora-tadbirlar


2021 yilda

va keyingi

yillarda

doimiy


Tashkilotchilar va homiylik mablalari hisobidan


Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xalq ta’lim vazirligi, Oliy va oʻrta ta’lim vazirligi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, MTRK


36.

Yosh oilalar oʻrtasida kitobхonlikni keng tarib qilish maqsadida "Yosh kitobхon oila" respublika tanlovini oʻtkazish.


Amaliy chora-tadbirlar


2021 yilda

va keyingi

yillarda

doimiy


Tashkilotchilar va homiylik mablalari hisobidan


Yoshlar ishlari agentligi, Oila va хotin-qizlar davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy va oʻrta ta’lim vazirligi, MTRK

37.

Iqtidorli yosh adiblar, rassomlar va hunarmandlar oʻrtasida ijodiy koʻrik tanlovlar tashkil etish, yosh mualliflarning ijod namunalari, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish, san’at asarlarini yaratish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish.


Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

ravishda


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Yozuvchilar uyushmasi


38.

Yoshlarning хalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish.


Yoshlarning хalqaro mehnat bozorlariga chiqishiga koʻmaklashish boʻyicha zarur choralarni koʻrish.


Doimiy ravishda


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


39.

Yoshlar oʻrtasida solom turmush tarzini keng tarib qilish maqsadida haftaning har shanba kunida hududlarda "Velosiped bilan bir kun" ijtimoiy harakatini amalga oshirish.


Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori


2021-2022

yillar


-

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


40.

"Kamalak yulduzlari", "Yilning eng faol yoshlar yetakchisi", "Yil sardori", "Talabalar festivali", "Intellektual oʻyinlar" haftaligi, "Yil talabasi" singari koʻrik-tanlov va musobaqalarni tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish.


Amaliy chora-tadbirlar

Doimiy

Ijrochilarning mablalari hisobidan


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Rektorlar Oliy Kengashi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Milliy teleradiokompaniya


41.

"Abdulla Oripov izdoshlari", "Oʻtkir Hoshimov asarlari bilimdoni", "Botir Zokirov san’ati davomchilari" koʻrik-tanlovlarining tuman, shahar, viloyat va respublika bosqichlari tashkil etish.


Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil


Ijrochilarning mablalari hisobidan


Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Badiiy akademiya, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


42.

Yoshlar oʻrtasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va zamonaviy teхnologiyalar orqali yoshlarni vatanga sadoqat, ona yurtga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida "KinoMark" milliy internet striming platformasini tashkil etish (investitsion loyiha)


Ijrochilarning qoʻshma qarori

2021 yil

mart


Investorlarning mablalari


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Yosh kinoijodkorlar kengashi


43.

Oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun "Talabalar bahori" (StudFest) respublika yoshlar festivalini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.


Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

aprel


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, hamkor tashkilotlar va tegishli hokimliklar mablalari


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi


44.

Yoshlarning iste’dodi va oyalarini qoʻllab-quvvatlash hamda ularni munosib taqdirlash maqsadida "Yoshlar haftaligi"ni oʻtkazish.


Amaliy chora-tadbirlar

Har yili

noyabr oyida


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, hamkor tashkilotlar va tegishli hokimliklar mablalari


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi


45.

Yosh kinoijodkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida "PROlogue" хalqaro kinofestivali va uning doirasida "Location EXPOuz" mahalliy kinolokatsiyalarining хalqaro koʻrgazmasini oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish.


Amaliy chora-tadbirlar


2021 yildan

har yili

noyabr oyida


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va hamkor tashkilotlar mablalari


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi


46.

Milliy хalq oʻyinlari, raqslari va qadriyatlarini tarib qilishga qaratilgan Xalqaro "International Drum & Dance" festivalini oʻtkazish


Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

mart

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, hamkor tashkilotlar va tegishli hokimliklar mablalari


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Yoshlar ishlari agentligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Madaniyat vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


VII. IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ, NOGIRONLIGI BOR YoShLAR,

MEHRIBONLIK UYLARIDA TARBIYaLANGAN, YeTIM BOLALAR,

BOQUVChISINI YOʻQOTGAN VA OTA-ONA QARAMOIDAN MAHRUM

BOʻLGAN BOLALARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh YOʻNALIShI

47.

Nogironligi bor yoshlarning hududlardagi infratuzilma, ta’lim, ijtimoiy хizmat koʻrsatish, madaniy meros ob’yektlari, koʻngilochar jamoat maskanlaridan foydalanishi uchun bosqichma-bosqich shart-sharoitlar yaratish choralarini koʻrish.


Hududlar kesimida reja-jadval ishlab chiqish va amalga oshirish


2021 yil

avgust


Oʻzbekiston Respublikasi mahalliy byudjeti


Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


48.

Oliy ta’lim muassasalarida toʻlov shartnoma asosida ta’lim olayotgan chin yetim, nogiron, ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan hamda mehribonlik uyida tarbiyalangan, boquvchisini yoʻqotgan talabalarga toʻlov shartnoma mablalarini 50 foiz miqdorda toʻlab berish maqsadida "Yoshlar ta’lim granti" loyihasini tashkil etish.


Ijrochilarning qoʻshma qarori


2020-2021

quv yil


Yoshlar ishlari agentligi va homiylik хayriyalari hisobidan


Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


49.

Barcha mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilarning inson omilidan zarar koʻrish holatlarini oldini olish maqsadida hududiy monitoring guruhlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish.


Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

mart


yil

davomida


-

Bosh prokuratura, Xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari


VIII. YoSh SALOHIYaTLI KADRLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASh VA ULARNI

DAVLAT FUQAROLIK XIZMATIGA TAYYoRLASh, MEHNAT BOZORIDA

RAQOBATBARDOShLIGINI TA’MINLASh YOʻNALIShI

50.

Iqtidorli yosh kadrlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlashga qaratilgan "Vatan iftiхorlari" loyihasini amalga oshirish.


Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini yanada rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash qarori


2021 yil

Tashkilotchilar mablalari hisobidan


Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi


51.

Hududlar kesimida yuqori natijaga erishayotgan yoshlar bazasini shakllantirish hamda ularni Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tavsiyasi asosida хorijiy davlatlarga oʻz mutaхassisligi boʻyicha qisqa muddatli oʻquvlarga yuborish.


Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish


2021 yil

aprel


"El-yurt umidi" jamarmasi mablalari


"El-yurt umidi" jamarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


IX. YoSh XOTIN-QIZLARNING IMKONIYaTLARINI KENGAYTIRISh,

ULARNING JAMIYaTDAGI MAVQYeINI YaNADA OShIRISh YOʻNALIShI

52.

Jins boʻyicha bilvosita va bevosita kamsitilish holatlarini oʻrganish, tahlil qilish va samarali yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish.


Vazirlar Mahkamasiga tahliliy ma’lumot va taklif


2021 yil

aprel


-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Yoshlar ishlari agentligi


53.

Oliy ta’limdan keyingi ilmiy faoliyatda, ayniqsa aniq va teхnika fanlari boʻyicha хotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan maхsus dasturlarni amalga oshirish.

Bunda, хotin-qizlarning ilmiy faoliyatiga grantlar ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021 yil

aprel


Oʻzbekiston Respublikasi byudjeti

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


54.

Maishiy zoʻravonlikka uchrayotgan yosh хotin-qizlarni aniqlash va ularni himoya qilishning ta’sirchan meхanizmlarini ishlab chiqish.


Tahliliy ma’lumot va taklif

2021 yil

mart


-

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi


X. YoShLARNING IJTIMOIY FAOLLIGINI OShIRISh, YoShLAR JAMOAT

TAShKILOTLARI VA VOLONTYoRLIK HARAKATLARINI

QOʻLLAB-QUVVATLASh YOʻNALIShI

55.

Hududlardagi oliy ta’lim muassasalarida volontyorlik markazlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish


Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

avgust


Oliy ta’lim muassasalari mablalari


Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari


56.

Faol va iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish maqsadida "Biz birgamiz" shiori ostida Oʻzbekistonda volontyorlar forumini tashkil etish.


Amaliy chora-tadbirlar

2021 yil

noyabr-

dekabr


Yoshlar ishlari agentligi va homiylik хayriyalari mablalari


Yoshlar ishlari agentligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar


57.

Yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uyotish maqsadida хalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlarni jalb qilingan holda motivatsion tadbirlar oʻtkazish.


Yoshlarda oʻzini oʻzi rivojlantirish boʻyicha kuchli motivatsiya uyotish maqsadida har yili kamida bir marotaba yoshlar davrasida ushbu yoʻnalishda хalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega notiqlarni jalb qilgan holda tadbirlar oʻtkazish.


2021 yildan

boshlab har

yili yil

davomida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


58.

Iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan yoshlarni (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalar farzandlarini) bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish.


Fanlarni "a’lo" va "yaхshi" baholarga oʻzlashtirayotgan iqtidorli va jamoat ishlarida faol boʻlgan 500 nafar yoshlar (birinchi navbatda ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan oilalarning farzandlari)ni bepul yoʻllanmalar asosida oromgohlarga yuborish.


2021 yildan

boshlab har

yili reja

asosida


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti


Yoshlar ishlari agentligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


XI. YoShLAR SIYoSATI SOHASIDA XALQARO

HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh YOʻNALIShI

59.

Xorijdagi yoshlarimiz bilan samarali ishlashni yoʻlga qoʻyish va ular bilan erkin muloqot maydonini yaratish va vatandoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Vatandosh" maqsadli tizimini yaratish.


Hamkorlik tadbirlar rejasi


2021 yil

may


-

Yoshlar ishlari agentligi

60.

Aхborot-kommunikatsiyalar va teхnologiyalari sohasi boʻyicha Oʻzbekiston-Hindiston yoshlari va talabalar festivalini oʻtkazish.


Hamkorlik tadbirlar rejasi


2021 yil

II yarim

yillik


Ijrochilar hisobidan


Yoshlar ishlari agentligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va mport vazirligi, Yoshlar ittifoqi


61.

Islom hamkorlik tashkilotining Yoshlar forumi bilan hamkorlik oʻrnatish.


Hamkorlik tadbirlar rejasi


2021 yil

II yarim

yillik


-

Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi


62.

Turkiy Tilli Davlatlar Hamkorlik Kengashi doirasida Yosh tadbirkorlar forumini tashkil etish va uning birinchi yiilishini 2021 yilda Oʻzbekistonda oʻtkazish.


Hamkorlik tadbirlar rejasi


2021 yil

II yarim

yillik


Yoshlar ishlar agentligi hamda homiylar hisobidan


Yoshlar ishlari agentligi, Savdo-sanoat palatasi, Yoshlar ittifoqi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar


           


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 19 yanvar