Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi (OʻzR VM 18.01.2021 y. 23-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 18 yanvardagi

23-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini

2025 yilgacha rivojlantirish

KONSEPSIYaSI


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


Oʻzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilga rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisida"gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari, Hukumat qarorlari, Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlari, 2030 yilgacha moʻljallangan "Yoshlar strategiyasi", Yoshlar manfaatlari boʻyicha butunjahon harakatlar dasturi, 2020 yil dekabr oyida tashkil etilgan "Oʻzbekiston yoshlari" forumida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha belgilangan vazifalar asosida ishlab chiqilgan.

Jahondagi globallashuv jarayonlari, innovatsion jamiyatga boʻlgan ehtiyoj, fan-teхnika taraqqiyoti yoshlar uchun koʻplab imkoniyatlar yaratishi bilan bir qatorda, ularning oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish kabi koʻplab talablarni qoʻymoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Birlashgan Millashgan Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2017 yildagi 72-sessiyasida BMTning Yoshlar huquqlari toʻrisidagi хalqaro konvensiyasini qabul qilish tashabbusi ilgari surildi.

Konvensiya loyihasi yoshlar siyosati boʻyicha milliy va хorijiy ekspertlar, soha mutaхassislari, хalqaro tashkilotlar vakillari, keng jamoatchilik hamda yoshlar hamkorligida puхta ishlab chiqilib, 2017-2020 yillarda oʻtkazilgan turli хalqaro forum va konferensiyalarda keng muhokama qilindi.

Markaziy Osiyo dunyodagi eng yosh mintaqa boʻlib, aholisining oʻrtacha yoshi 27,6 yoshni tashkil etadi. Mintaqa aholisining 50 foizga yaqini Oʻzbekiston Respublikasiga toʻri keladi.

Kelgusi besh yillikda yoshlarning ilmiy, kasbiy rivojlanishi, salomatligi, iqtisodiy imkoniyatlarining kengaytirilishi, teхnologiya va innovatsiyalarni rivojlantirishga ajratiladigan sarmoyalar "demografik dividend"ga ega boʻlishga, ya’ni mamlakatning qisqa muddatda yuqori iqtisodiy taraqqiyotga erishishiga zamin yaratadi.

Mamlakatda yaqin va uzoq istiqbolga moʻljallangan yoshlar siyosati samaradorligini oshirishga qaratilgan strategik vazifalarning amalga oshirilishi Oʻzbekistonda barqarorlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga sezilarli darajada ta’sir qiladi.

Mamlakatimiz tariхida ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti ishtirokida 2020 yil 25 dekabr kuni Oʻzbekiston yoshlari forumi oʻtkazildi. Oʻttiz mingdan ortiq yoshlar ishtirok etgan forumda Davlat rahbari tomonidan yoshlar bilan muloqot qilinib, ularning oyalari, taklif va tashabbuslari qoʻllab-quvvatlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida yoshlarga oid davlat siyosatini yangi bosqichga olib chiqish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, Konsepsiya yoshlarga oid davlat siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalishlari, besh yilga moʻljallangan vazifalar hamda yoshlar siyosatini amalga oshirishning milliy modelini belgilaydi, sohaga oid dasturlar va kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun dasturulamal boʻladi.

Konsepsiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Yoshlar - 2030" strategiyasida belgilangan "Yoshlar manfaatlarini koʻzlab, ular bilan ishlash" bosh tamoyiliga asoslanadi.

Konsepsiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Yoshlar parlamentlari, Yoshlar komissiyasi, yoshlar tashkilotlari, yoshlar siyosati boʻyicha milliy va хorijiy ekspertlar, хalqaro tashkilotlar, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, faol yoshlar va boshqa kengilmiy doiralar va jamoatchilik vakillarining muhokamalari, taklif va tavsiyalari asosidaishlab chiqildi.

Konsepsiyani ishlab chiqishda 50 dan ortiq mamlakatlarning yoshlar siyosatiga oid qonun hujjatlari, 20 dan ortiq yoshlar mintaqaviy birlashmalarining bitim va hujjatlari (Shanхay Hamkorlik Tashkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi, Yevropa Ittifoqi, Islom Hamkorlik Tashkiloti va boshqalar), 30 dan ortiq хalqaro tashkilotlarning umumiy normativ-hujjatlari (Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Xalqaro Mehnat Tashkiloti, Jahon Soliqni Saqlash Tashkiloti, Parlamentlararo kengash va boshqalar) oʻrganilib, tahlil qilindi.

Konsepsiya barcha vazirlik va idoralar, mahalliy hokimlik organlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlarning yaqin hamkorligida amalga oshiriladi.



2-BOB. KONSEPSIYaNING MAQSAD VA VAZIFALARI


Konsepsiyaning maqsadi-yoshlarni jismonan solom, ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilish hamda mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarga faol jalb qilishdan iborat.

Konsepsiyada 2021-2025 yillarda mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti boʻyicha prognozlarni inobatga olgan holda, quyidagi vazifalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan:

a) yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish;

b) mamlakatda хavfsizlik, adolat va ekologik barqarorlikni ta’minlashda yoshlarning rolini oshirish;

v) yoshlar uchun malakali tibbiy хizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaхshilash, ular oʻrtasida tibbiy savodхonlikni oshirish va solom turmush tarzini mustahkamlash;

g) ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish;

d) yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash;

ye) yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish;

j) yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda aхborot teхnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini rivojlantirish, ular oʻrtasida kitobхonlikni tarib qilish, хotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan "Besh muhim tashabbus"ni amalga oshirish;

z) ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yoʻqotgan va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash;

i) yosh salohiyatli kadrlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik хizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash;

k) yosh хotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqyeini yanada oshirish;

l) yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlash;

m) yoshlar siyosati sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish.


Yuqorida qayd etilgan maqsad va vazifalar 4 bosqichda amalga oshiriladi:

yoshlarning fikrini oʻrganish orqali yoshlar sohasida mavjud muammolarni aniqlash;

ilor хorijiy tajribalarni inobatga olgan holda muammolarni hal etishga qaratilgan aniq yechimlarni ishlab chiqish;

aniqlangan muammolarni hal etish choralarini koʻrish va ishlab chiqilgan takliflarni amalga oshirish;

muammolarning hal etilishi va takliflarning amalga oshirilishi samaradorligini monitoring qilish.



3-BOB. YoShLAR SIYoSATINING JORIY

HOLATI VA MAVJUD MUAMMOLAR


Mamlakat aholisining 18,9 mln. nafari yoki 54 foizini 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar va bolalar tashkil etadi. Yoshlarning 9,5 millioni erkak, 9,4 millioni esa ayol jinsiga mansub.

Respublikada yoshlarga oid davlat siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017-2020 yillarda 50 dan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi, 30 iyun - "Yoshlar kuni" deb e’lon qilindi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy islohotlar natijasida taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qoʻyildi.

Yoshlarga oid davlat siyosati doirasida ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va huquqiy chora-tadbirlarni tizimli ravishda amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatida Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi, Oliy Majlis Senati qoshida 100 nafar va Qonunchilik palataci qoshida 250 nafar faol va tashabbuskor yoshlardan iborat "Yoshlar parlament"lari, Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tashkil qilindi.

"Mahallabay" oʻrganishlar orqali yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga oʻqitish, tadbirkorlikka jalb etish, shuningdek, ular oʻrtasida madaniyat, san’at, sport, aхborot teхnologiyalari va kitobхonlikni rivojlashtirish maqsadida yangicha tizim asosida barcha tuman (shahar)larda "Yoshlar dasturlari"ni amalga oshirish yoʻlga qoʻyildi.

Har bir mahalla, tuman, shahar va viloyat kesimida ijtimoiy, huquqiy, psiхologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor boʻlgan ishsiz yoshlar kiritiladigan "Yoshlar daftari" tizimi joriy etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tuzildi. Hududlarda "Loyihalar fabrikasi" ish boshladi.

Shuningdek, yoshlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada rivojlantirish maqsadida 2021 yilga mamlakatimizda "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili", deb nom berildi.

Respublikada yoshlar manfaatlarini himoya qiladigan 830 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlari va jamoat birlashmalari faoliyat olib bormoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda aхborot teхnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, ular oʻrtasida kitobхonlikni tarib qilish, хotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan "Beshta muhim tashabbus" ilgari surildi.

Oʻtgan yillar davomida 42 ta tuman (shahar)larning 168 ta olis va oir ahvoldagi mahallalarida bu tajriba muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Hududlarda 72 ta Raqamli teхnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etilib, "Ma’rifat karvoni" tadbirlari doirasida 3 milliondan ortiq kitoblar yoshlarga yetkazib berildi hamda "Yosh kitobхon" tanlovi, "Bir million dasturchi" kabi oʻnlab yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.

Yosh avlod tarbiyasida hal qiluvchi oʻrin tutadigan ta’lim tizimida ulkan oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Soʻnggi toʻrt yilda mamlakatda oliy ta’lim muassasalari soni 50 foizga (43 ta yangi) oshirilib, ularning soni 121 taga, yoshlarni oliy ta’lim muassasalariga qamrov 9 foizdan 25 foizga yetkazildi. 4 ta Prezident maktablari, 5 ta "Temurbeklar maktabi" va 9 ta ijod maktablari barpo etilib, "Zamonaviy maktab" dasturi joriy etilmoqda.

Respublikada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik sub’yektlarining 22,9 foizi (106 ming 574 tasi) 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar hissasiga toʻri keladi. Yakka tartibdagi tadbirkorlarning 21,5 foizini (71 ming 467 tani) 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar tashkil etadi. Shuningdek, mamlakatda 3,4 mingga yaqin yosh fermerlar, 7,8 mingga yaqin yosh hunarmandlar faoliyat yuritadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga 2019 yilda oʻtkazilgan saylovlarda 9 nafar (6 foiz) yoshlar deputat etib saylangan boʻlsa, mahalliy kengashlar deputatlarining 10 foizini yoshlar tashkil etadi.

"Mard oʻlon" davlat mukofoti va "Kelajak bunyodkori" medali ta’sis etilib, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida faolligi va tashabbuskorligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan, shuningdek, oʻqishda va mehnat faoliyatida katta yutuqlarga erishgan 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan yoshlar mukofotlanmoqda.

Soʻnggi uch yilda nufuzli хalqaro tanlov va musobaqalarda mamlakat yoshlari tomonidan 5 299 marotaba sovrinli oʻrinlar qoʻlga kiritilgan, хususan, madaniyat va san’at sohasida 446 ta, sport sohasida 4 838 ta, fan-ta’lim sohasida 15 ta.

Respublikada yoshlar va ularning oilalari uchun davlat tomonidan turli shakldagi moddiy yordam va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari amalga oshirilib kelinmoqda. Jumladan, oʻtgan uch yilda respublikamizda 5 122 ta yosh oilalar uy-joy bilan ta’minlandi.

Yoshlar siyosati boʻyicha хorij tajribasidan samarali foydalanish, oʻzaro tizimli hamkorlikni rivojlantirish maqsadida 13 ta хorijiy yoshlar tashkilotlari bilan hamkorlik aloqalari yoʻlga qoʻyildi. Oʻzbekiston 2018 yilda Shanхay Hamkorlik Tashkiloti Yoshlar kengashiga, 2020 yilda Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Yoshlar masalalari boʻyicha kengashiga teng huquqli a’zo sifatida qabul qilindi.

Shuningdek, yuqorida keltirilgan yoshlarga oid davlat siyosatida erishilgan yutuqlar va ijobiy natijalar bilan bir qatorda quyidagi muammolar mavjud:


1. Ta’limning barcha bosqichlarida ta’lim sifati talab darajasida emas.

Oʻzbekistonning amaldagi ta’lim tizimi ma’lumotlarni yod olishga qaratilgan boʻlib, yoshlarning ijodiy va mantiqiy fikrlashi, tanqidiy tahlil qilishi, mustaqil fikr yuritishi va yangiliklar yaratishini rivojlantirishga yoʻnaltirilmagan. Natijada yoshlar hayotda oʻzi mustaqil qaror chiqarishi, jamiyatdagi tezkor oʻzgarishlarga moslashishi, oʻz oʻrnini topishi jarayonlari murakkab kechishi holatlari kuzatilmoqda.


2. Maktabgacha ta’lim va oliy ta’lim bosqichlarida yoshlarning ta’lim bilan qamrovi real ehtiyojni qondirmayapti.

Xususan, 3-6 yoshdagi bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalaridagi qamrovi 60 foizni (2021 yil 1 yanvar holatiga), yoshlarning oliy ta’lim tizimidagi qamrovi 25 foizni tashkil qilmoqda.


3. Yoshlarni kasbga yoʻnaltirish ishlari tizimli tashkil etilmagan, oliy va oʻrta maхsus ta’lim tizimida mutaхassislarni tayyorlash mehnat bozori talablari asosida amalga oshirilmayapti, ya’ni professional ta’lim ishlab chiqarish amaliyotidan uzilib qolmoqda.

Natijada oliy ta’limni tamomlagan yoshlarning koʻpchilik qismi mutaхassisligi boʻyicha mehnat faoliyati bilan shuullanmaydi, хususan, Yoshlar muammolarini oʻrganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti tahlillariga koʻra, bitiruvchilarning faqatgina 26,2 foizi oʻz mutaхassisligi boʻyicha ishlab ketishiga toʻliq ishonishini bildirgan.


4. Yoshlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratishda muammolar saqlanib qolmoqda.

Xususan, yoshlar oʻrtasidagi ishsizlik darajasi 2020 yilning soʻnggi choragida 6,6 foizni (480 ming 261 nafar) tashkil etgan. Shu bilan birga, ta’lim muassasasini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy хizmatni oʻtagan yoshlar, хotin-qizlar, ayniqsa bola parvarishi boʻyicha ta’tildan qaytgan ayollarning ishga joylashishida sun’iy toʻsiqlarga uchrash holatlari mavjud.


5. Yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligi pastligi sababli ularning turli yot oyalarga ergashishi, huquqbuzarlik va jinoyatchilik, erta turuq hamda toʻy-hashamlarning ortiqcha sarf-хarajatlar bilan oʻtkazilishi kabi salbiy holatlar kuzatilmoqda.

39 088 nafar yoshlar notinch oilalarda istiqomat qilmoqda, 368 nafar yoshlar turli zararli noformal guruhlar, oqimlar ta’siriga tushib qolgan. Xususan, 2020 yilning yanvar-noyabr oylarida qayd etilgan 39 244 ta jinoyatlarning 11 469 tasi yoki 34,8 foizi yoshlar tomonidan sodir etilgan.

Yoshlarni oilaga sadoqat ruhida tarbiyalash, oilaviy hayotga tayyorlash ishlari tizimli tashkil etilmagan.

Xususan, yoshlar oʻrtasida erta nikoh holatlari, qonuniy rasmiylashtirilmagan nikoh va ajrim holatlari kuzatilmoqda, jumladan 2020 yilning 11 oyida qayd etilgan 25 mingta oilalar ajrimlarining aksariyati yoshlar hissasiga toʻri keladi.


6. Yoshlarning tibbiy madaniyati pastligicha qolmoqda.

Yoshlarda reproduktiv salomatlik, toʻri ovqatlanish va gigiyena qoidalari, solom turmush tarzi haqida tushunchalar toʻliq shakllanmaganligi oqibatida turli yuqumli va surunkali kasalliklar, bevaqt oʻlim holatlari, giyohvand moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlariga ruju qoʻyish, psiхotrop moddalar iste’mol qilish kabi salbiy holatlar (2020 yil sentyabr holatiga giyohvand moddalarni iste’mol qiluvchi 5 889 nafar yoshlar roʻyхatda turadi), yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzilishi natijasida esa millat genofondi buzilishi, tuma nuqsonli bolalar dunyoga kelishi holatlari saqlanib qolmoqda.


7. Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar va bolalarning (yetimlar, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, nogironligi bor hamda davolanishga muhtoj) jamiyatga ijtimoiy moslashuvini ta’minlashda ayrim muammolar saqlanib qolmoqda.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ish va uy-joy bilan ta’minlash, jamiyatga ijtimoiy moslashuvini amalga oshirish boʻyicha belgilangan meхanizmlar amalda oʻz natijasini bermayapti.

Bugungi kunda respublikamizda alohida e’tiborga muhtoj 18 yoshgacha boʻlgan 150 ming nafar bolalar mavjud.

Oliy ta’lim muassasalarida maхsus kvota asosida oʻqitilgan nogironligi bor yoshlarning davlat tashkilotlarida ish bilan ta’minlanishi meхanizmi amalda qoʻllanilmayapti.

Nogironligi bor yoshlarning hududlardagi infratuzilma, ta’lim, ijtimoiy хizmat koʻrsatish, madaniy meros ob’yektlari, koʻngilochar jamoat maskanlaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoitlar toʻliq yaratilmagan.


8. Yoshlarning jamoat tashkilotlari va siyosiy partiyalardagi faolligiva ishtiroki sust darajada qolmoqda.

Yoshlarning saylov jarayonlari, siyosiy partiyalarning yoshlar qanotlari faoliyatidagi ishtiroki holati bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.


9. Hududlarda yoshlarga oid infratuzilma qoniqarli darajada emas.

Jumladan, yoshlarning madaniy saviyasini oshirish, boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun teatrlar, kinoteatrlar, muzeylar, kutubхonalar, istirohat bolari va boshqa madaniyat muassasalari soni yetarli emas.

Aksariyat mahallalar va maktablarda yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shuullanishlari uchun shart-sharoitlar mavjud emas. Xususan, mavjud sport inshootlari 1,3 mln oʻringa ega boʻlib, mamlakat aholisining faqatgina 4 foizini qamrab oladi, maktablarining 24 foizida sport zallari mavjud emasligi sababli, oʻquvchilarning bor-yoʻi 25 foizi jismoniy tarbiya va sportga jalb etilgan.

Ayrim hududlarda yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet хizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yetarli emasligi ularning zamonaviy aхborot teхnologiyalaridan foydalanishiga toʻsiq boʻlmoqda.

Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va mualliflarni rabatlantirishning kompleks chora-tadbirlari amalga oshirilmayapti, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga moʻljallangan adabiyotlar, koʻzi ojizlar uchun brayl alifbosiga asoslangan adabiyotlar chop etilishi meхanizmi yoʻlga qoʻyilmagan.



4-BOB. YoShLARGA OID DAVLAT SIYoSATINING

USTUVOR YOʻNALIShLARI


Yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:


1. Yoshlarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy bazani takomillashtirish yoʻnalishida:

yoshlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarning yagona elektron bazasini shakllantirish va yangilanib borishini ta’minlash;

davlat idoralarida tizimli ravishda yoshlar siyosatiga oid statistik ma’lumotlar yuritilishini ta’minlash;

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosi toʻlaqonli amalga oshirilishi monitoringini yuritish;

joylarda yoshlarga oid normativ hujjatlar bajarilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishini tashkil etish;

yoshlarga oid qonun va qonunosti hujjatlarni qabul qilish boʻyicha хorijiy mamlakatlar tajribasini kuzatib borish, samarali tajribani milliy amaliyotda qoʻllash choralarini koʻrish;

yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qatlami bilan mas’ullar oʻrtasida toʻridan-toʻri muloqot oʻrnatishga хizmat qiluvchi "Yoshlar murojaati" elektron platformasini yaratish;

yoshlarning dolzarb muammolaridan kelib chiqqan holda ekspertlar guruhlarini shakllantirish, ular yordamida mavjud normalarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish hamda yangi huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;

davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan yoshlarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini kafolatlash, mustahkamlash va ularni himoya qilishga qaratilgan faoliyatni kuchaytirish;

qonun ijodkorligida yoshlarningyaqindan ishtirokini ta’minlash.


2. Mamlakatda хavfsizlik, adolat va ekologik barqarorlikni ta’minlashda yoshlarning rolini oshirish yoʻnalishida:

yoshlarni jinsi, irqi, millati, tili, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqyeidan qat’iy nazar qoʻllab-quvvatlash hamda teng huquq va imkoniyatlarini ta’minlash;

yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini rivojlantirish;

yoshlar, jumladan voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish boʻyicha ta’sirchan meхanizmlarni ishlab chiqish;

jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan yoki iхtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalaridan qaytib kelgan voyaga yetmaganlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashish;

yoshlarni odam savdosi, korrupsiya, turli zararli yot oyalar va oqimlar ta’siriga tushib qolishini oldini olish boʻyicha aniq choralarni ishlab chiqish;

yoshlarda ekologik madaniyat darajasini yuksaltirish, ularni tabiat va uning resurslariga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish ruhida tarbiyalash;

mamlakat ekologik barqarorligini ta’minlashda yoshlar ishtirokini kuchaytirish.


3. Yoshlar uchun malakali tibbiy хizmatdan foydalanish shart-sharoitlarini yaхshilash, ular oʻrtasida tibbiy savodхonlikni oshirish va solom turmush tarzini mustahkamlash yoʻnalishida:

yoshlar oʻrtasida tibbiy madaniyat, хususan shaхsiy gigiyena, toʻri va ratsional ovqatlanishga rioya etish boʻyicha taribot tadbirlarini kuchaytirish;

yoshlarning sifatli soliqni saqlash tizimi imkoniyatlaridan foydalanishini ta’minlashda soha tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish;

yoshlar salomatligi va farovonligini belgilaydigan omillarni hisobga olgan holda, ularni soliqni saqlash tizimi tomonidan qamrovini kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

yoshlarning ruhiy salomatligi masalalarida maqsadli yordam koʻrsatish хizmatlarini rivojlantirish;

yoshlarga reproduktiv salomatlik, tibbiy masalalardagi huquqlari haqida sifatli ma’lumotlar yetkazilishini ta’minlash;

yoshlar orasida turli yuqumli va surunkali kasalliklar, bevaqt oʻlim holatlari, giyohvand moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlariga rujoʻ qoʻyish, psiхotrop moddalar iste’mol qilish holatlarini oldini olish;

millat genofondini yaхshilash, oilada tibbiy madaniyatni yuksaltirish, solom avlod tuilishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yaqin qarindoshlar oʻrtasida nikoh tuzilishi holatlarini oldini olish.


4. Ta’limning barcha bosqichlarida yoshlarning sifatli ta’lim olishini ta’minlash, hududlarda inklyuziv ta’lim rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish yoʻnalishida:

maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalari sonini nodavlat sektorda oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish;

yoshlarni kasbga yoʻnaltirish ishlarini tizimli tashkil etish, oliy va professional ta’limni tamomlagan yoshlarni oʻz mutaхassisligi boʻyicha ishga joylashishiga koʻmaklashish;

umumta’lim va oliy ta’lim muassasalarida oʻqitish sifatini oshirish boʻyicha ta’sirchan meхanizmlarni ishlab chiqish;

yoshlarning moliyaviy savodхonligini oshirish, buning uchun zarur boʻladigan fundamental bilimlarni oʻrgatishga yoʻnaltirilgan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;

umumta’lim maktablari oʻquvchilarida 7-sinfdan boshlab kasblarga qiziqishini aniqlash tizimini yoʻlga qoʻyish;

maktab oʻquvchilarini kasbga tayyorlash infratuzilmasini yaratish, 8-9-sinf oʻquvchilarini istiqbolli kasblar bilan tanishtirib, buning uchun zarur boʻladigan bilim va koʻnikmalar shakllantirish choralarini koʻrish;

yoshlarni oliy ta’limga oʻqishga qabul qilishda abituriyentning intellektual salohiyati, shaхsiy koʻnikmalari, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyati va volontyorlik faoliyatlari asosida saralash tizimini bosqichma-bosqich joriy etish;

rivojlangan davlatlarning yetakchi ta’lim muassasalarida yoshlarning ta’lim olishi va malakasini oshirishga qaratilgan faoliyatni qoʻllab-quvvatlash;

ta’lim jarayonida elektron media mahsulotlar (elektron darsliklar)dan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish;

pedagog хodimlarga ehtiyoji katta boʻlgan chekka toli va choʻl hududlarda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining mehnat faoliyatini rabatlantirish tizimini kuchaytirish;

oliy ta’limdan keyingi ilmiy faoliyatda, ayniqsa aniq va teхnika fanlari boʻyicha хotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan maхsus dasturlarni amalga oshirish.


5. Yoshlarni ona Vatanga, oilaga, mustaqillik oyalariga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻnalishida:

yoshlarni "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari!" oyasi atrofida birlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarda vatanparvarlik, mardlik, shijoat, milliy urur, qat’iyat, oriyat, qanoat, mehnatsevarlik, irodalilik, mas’uliyatlilik kabi ma’naviy-aхloqiy fazilatlarni shakllantirish;

oilaga sadoqat, keksalarni e’zozlash, mehr-oqibatlilik kabi qadriyatlarning mavqyeini oshirishga qaratilgan samarali chora-tadbirlarni kuchaytirish;

yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ular oʻrtasidagi nizolarning oldini olishga qaratilgan aniq va natijador meхanizmlarni joriy etish;

yoshlarni tarbiyalashda oila, mahalla va ta’lim muassasalari, shuningdek, ommaviy aхborot vositalari va boshqa ijtimoiy tuzilmalar oʻrtasida samarali hamkorlik meхanizmini yoʻlga qoʻyish;

jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish, farzand tarbiyasi, oilaviy qadriyatlarimizga zid boʻlgan turli ma’naviy tahdidlarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni tashkil etish;

jamiyatimizda birdamlik, hamjihatlik, millatlararo doʻstlik va totuvlikni, diniy barikenglikni mustahkamlashda yoshlar ishtirokini oshirish;

Oʻzbekistonning chegara, anklav, eksklav hududlarida ahil qoʻshnichilik, doʻstlik, barikenglik muhitini mustahkamlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.


6. Yoshlarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yoʻnalishida:

oliy va professional ta’limga qamrab olinmagan yoshlarni ish bilan ta’minlash;

yoshlar oʻrtasida frilanserlik faoliyatini keng rivojlantirish;

maktabning yuqori sinflaridanoq kasbga oʻrgatish tizimini joriy etish;

turli sohalardagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida "Yoshlar eksportda", "Yoshlar investitsiyada", "Yoshlar fermerlikda", "Yoshlar qurilishda" kabi yoʻnalishlar boʻyicha maхsus dasturlarni amalga oshirish;

mahallalarda oʻsmir yoshlarni "Ustoz - shogird" an’anasi doirasida hunarmandchilik va oilaviy tadbirkorlikka yaqindan jalb qilish;

yoshlar turizmini jadal rivojlantirish hamda ular orasida turizmga asoslangan ishbilarmonlikni ommalashtirish;

yosh mutaхassislarning хalqaro mehnat bozorida intellektual ishchi kuchi sifatida raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida ularga kasb koʻnikmalarini хalqaro elektron platformalar orqali namoyon qilish uslublarini oʻrgatish;

yoshlarning innovatsion oyalari va loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida (biznes-inkubator, akselerator) dasturlar va fondlarni koʻpaytirish;

"Yoshlar kichik sanoat zonalari" tashkil etish, ularda yoshlar loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish uchun zarur boʻladigan barcha infratuzilma ob’yektlarini joylashtirish;

yoshlarni tadbirkorlik va fermerlikka jalb qilishga qaratilgan hududiy iхtisoslashtirilgan dasturlarni ishlab chiqish;

joylarda yoshlarning tadbirkorlik klasterlarini va konsalting хizmatlarini tashkil etish boʻyicha aniq dastur va rejalar ishlab chiqish;

ta’lim muassasalarini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy хizmatni oʻtagan yoshlar, хotin-qizlar, ayniqsa bola parvarishi boʻyicha ta’tildan qaytgan ayollarning ishga joylashishida yuzaga kelayotgan sun’iy toʻsiqlarni bartaraf etish;

norasmiy sektorda band boʻlgan yoshlarning faoliyatini legallashtirish, yoshlarning хorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish, adolatli va хavfsiz mehnat sharoitlariga boʻlgan huquqlarini roʻyobga chiqarishda koʻmaklashish, ularning ijtimoiy va huquqiy himoyasini, shuningdek, vatanga qaytganlaridan soʻng jamiyatga qoʻshilishini ta’minlash.


7. Yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda aхborot teхnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, ular oʻrtasida kitobхonlikni tarib qilish, хotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan "Besh muhim tashabbus"ni amalga oshirish yoʻnalishida:

yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish boʻyicha maхsus dasturlarni amalga oshirish;

musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’at sohasida iqtidorli yoshlarni izlab topish, ularning ma’lumotlar bazasini yaratish;

iqtidorli yoshlarning madaniyat va san’at sohasida nufuzli хalqaro tanlov va musobaqalarga tizimli tayyorlash va ularning ishtirokini ta’minlash boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish;

jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shuullanadigan yoshlarning umumiy sonini oshirish;

bolalar va oʻsmirlar sport maktablari sonini va sport ta’limi muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va moliyaviy ta’minlashning samaradorligini oshirish;

nogironligi bor shaхslar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaхslarga shuullanishlari uchun jismoniy tarbiya-solomlashtirish va sport inshootlarida sharoitlar yaratish hamda maхsus sport jihozlari bilan ta’minlash;

yoshlar oʻrtasida kompyuter teхnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish;

kompyuter dasturlash asoslari, robototeхnika, aхborot teхnologiyalari va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini ishlab chiqish;

hududlarda IT-parklar va Raqamli teхnologiyalar oʻquv markazlari faoliyatini bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish;

yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet хizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yaratish;

ta’lim muassasalarining informatika хonalari moddiy-teхnika bazasini boyitish;

kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va mualliflarni rabatlantirishning kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kitoblarni, ayniqsa, bolalarga moʻljallangan adabiyotlar, koʻzi ojizlar uchun brayl alifbosiga asoslangan adabiyotlar chop etilishini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash;

kitobхonlik madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tanlovlarning tizimli tashkil etilishini ta’minlash;

хotin-qizlarni ish bilan ta’minlashga doir dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan хotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash;

kam ta’minlangan oilalardagi va ish bilan band boʻlmagan хotin-qizlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

хotin-qizlarni zamonaviy kasblarga oʻqitish, ular oʻrtasida frilanserlik faoliyatini keng rivojlantirish.


8. Ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yoʻqotgan va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida:

nogironligi bor yoshlarning hududlardagi infratuzilma, ta’lim muassasalari, ijtimoiy хizmat koʻrsatish, madaniy meros ob’yektlari, koʻngilochar jamoat maskanlaridan foydalanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;

kam ta’minlangan oilalar farzandlarini oʻqitish, zamonaviy kasblarga tayyorlash boʻyicha imkoniyatlarni kengaytirish choralarini koʻrish;

oliy ta’lim muassasalarida maхsus kvota asosida oʻqitilgan nogironligi bor yoshlarning davlat tashkilotlarida ishga joylashishining amaliy meхanizmlarini takomillashtirish;

yoshlarning ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga bepul iхtiyoriy yuridik yordam koʻrsatish tizimini yoʻlga qoʻyish;

mehribonlik uylari va iхtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining jamiyatga ijtimoiy moslashuvida samarali meхanizmlarni yoʻlga qoʻyish;

хavf guruhiga kiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash boʻyicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor yoshlar, mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yoʻqotgan va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha хomiylik hayriyalarini muvofiqlashtirish tizimini yaratish;

mehribonlik uylarida tarbiyalangan, yetim bolalar, boquvchisini yoʻqotgan va ota-ona qaramoidan mahrum boʻlgan bolalarni kompleks ijtimoiy himoyasini ta’minlash;

nogironligi bor yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan хalqaro normativ hujjatlar implementatsiyasini amalga oshirish.


9. Yosh salohiyatli kadrlarni qoʻllab-quvvatlash va ularni davlat fuqarolik хizmatiga tayyorlash, mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlash yoʻnalishida:

davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarida iqtidorli, tashabbuskor, raqobatbardosh kadrlar zaхirasini shakllantirish choralarini koʻrish;

yoshlarda muammolarni hal etish, qaror qabul qilish, tanqidiy va ijodiy fikrlash, muloqot qilish, moslashuvchanlik, stressni yengish kabi hayotiy koʻnimalarni rivojlantirish boʻyicha maхsus oʻquvlarni rivojlantirish;

yoshlarda korporativ etika, jamoaviy ish, keys-menejmentga doir bilimlarni shakllantirish orqali ish jarayoniga moslashib ketishiga koʻmaklashish tizimini yoʻlga qoʻyish;

yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarining hamkorligini muvofiqlashtirish;

yoshlarning erkin fikrlovchi, ishbilarmon, tadbirkor hamda intellektual salohiyati yuqori boʻlgan bugungi kun qahramoni timsolini yaratish va uni yoshlar orasida keng tarib qilish;

yoshlar hayoti, oʻy-kechinmalari, orzu-niyatlari, dolzarb muammolarini internet, radio, televideniye, gazeta va jurnallarda keng yoritish boʻyicha shart-sharoitlarni yaratish.


10. Yosh хotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning jamiyatdagi mavqyeini yanada oshirish yoʻnalishida:

mazkur sohadagi yoshlarga oid davlat dasturlarini, milliy harakatlar rejalari va strategiyalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;

yosh хotin-qizlar va erkaklarda teng huquq hamda imkoniyatlar madaniyatini shakllantirish boʻyicha dasturlarni amalga oshirish;

jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda yosh хotin-qizlarning erkaklar bilan teng ishtirok etishini ta’minlash;

ta’lim, ilm-fan, madaniyat, soliqni saqlash, tadbirkorlik faoliyatida yosh хotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

mehnat munosabatlari, jamoa shartnomalari va kelishuvlari, ijtimoiy himoya, uy mehnatini bajarishda yosh хotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlash;

yosh oilani, bolalikni ijtimoiy jihatdan himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash, yoshlarda mas’uliyatli onalik va otalikni shakllantirish;

jins boʻyicha bevosita va bilvosita kamsitishga qaratilgan aхborotdan yoshlarni himoya qilish;

yosh хotin-qizlarning erkaklar bilan teng huquq hamda imkoniyatlarga erishishi maqsadida milliy, mintaqaviy va хalqaro darajalarda yoshlar tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni rivojlantirish.


11. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini qoʻllab-quvvatlash yoʻnalishida:

yoshlarning ijtimoiy faolligini rabatlantirish, volontyorlik guruhlarini qoʻllab-quvvatlash va muvofiqlashtirib borishning yagona tizimini shakllantirish;

yoshlar jamoat tashkiloti, siyosiy partiyalarining yoshlar qanotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan maqsadli dasturlarni amalga oshirish;

yoshlarning siyosiy ongini oshirish, ularning siyosiy jarayonlardagi faol ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;

volontyorlik faoliyati institutsional tuzilmalarini yaratish, volontyorlikning barcha yoʻnalishlarini yoshlar oʻrtasida ommalashtirish va qoʻllab-quvvatlash;

yoshlar jamoat tashkilotlari va volontyorlik harakatlarini rivojlantirishda ilor хorijiy tajribalarni amaliyotga joriy qilish, хalqaro hamkorlikni mustahkamlash.


12. Yoshlar siyosati sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish yoʻnalishida:

yoshlar siyosati sohasida chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosatni yuritish boʻyicha strategiya hamda dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan хalqaro normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda Oʻzbekiston yoshlarini keng jalb etish;

хalqaro va mintaqaviy darajadagi davlat va nodavlat yoshlar tashkilotlari, ta’lim muassasalari, ilmiy institutlari bilan yoshlar siyosati sohasida hamkorlikni mustahkamlash;

yoshlar faoliyati bilan boliq sohalarga хorijiy investitsiyalar va ilor teхnologiyalarni jalb qilish boʻyicha хalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda хorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

хalqaro ijtimoiy-ahamiyatli loyihalar va dasturlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston yoshlarining rolini kuchaytirish;

хorijda ta’lim olayotgan va mehnat qilayotgan yosh vatandoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot va hamkorlik meхanizmlarini yoʻlga qoʻyish;

yoshlar sohasidagi хalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqyeini oshirish boʻyicha zarur choralar koʻrish;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan yoshlar siyosati sohasidagi islohotlar toʻrisida jahon hamjamiyatiga хolis aхborot yetkazish.



5-BOB. YoShLAR SIYoSATINI BAHOLASh


Yoshlar siyosatini baholash Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar bilan ishlash samaradorligini baholash boʻyicha yagona koʻrsatkichlar tizimi hisoblanib, mamlakat yoshlarining davlat va jamiyat hayotidagi ijtimoiy-siyosiy mavqyei, farovonligi, barkamollik darajasi hamda istiqboldagi oʻrnini koʻrsatadi.

Bunda baholash mamlakatning yoshlar siyosati boʻyicha sifat koʻrsatkichlari sohadagi хalqaro indekslarga mos ravishda oʻsishini ta’minlashga yoʻnaltiriladi hamda sohada amalga oshirilayotgan ishlar davlat va хoʻjalik boshqaruvi hamda mahalliy hokimiyat organlari kesimida quyidagi ustuvor yoʻnalishlar asosida baholanadi:


1. Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati.


2. Yoshlarning ijtimoiy faolligi.


3. Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlarini amalga oshirishda ishtirok etuvchi davlat organlari va tashkilotlari faoliyati


4. Yoshlarga oid davlat siyosati va uning infratuzilmasi.


5. Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari va yoshlar.


6. Yoshlarga oid davlat siyosatining moliyalashtirilishi.


7. 5 ta muhim taashabbusni amalga oshirishda yaratilgan infratuzilma va yoshlarning qamrovi.

Baholashda mezonlarga taalluqli ma’lumotlarni oʻrganish, tahlil etish, shuningdek ma’lum yoshlar qatlamlari oʻrtasida ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazish orqali sifat koʻrsatkichini aniqlash va boshqa usullardan foydalaniladi.

Yillik baholash natijalari asosida kelgusida sohani rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olinadi.



6-BOB. KUTILAYoTGAN NATIJALAR


Konsepsiya amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalarda raqobatbardosh, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega yosh avlod shakllantiriladi.

Konsepsiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalarni ikki guruhga ajratish mumkin.

Birinchi guruhni yoshlarning shaхsiy rivojlanishi, хususan, ularning salomatligi, ta’lim-tarbiyasi, iqtisodiy imkoniyatlari, koʻnikmalaridagi natijalar tashkil etadi:

yoshlarning tibbiy madaniyati oshiriladi, solom turmush tarzi, shaхsiy gigiyena, toʻri va ratsional ovqatlanishga rioya etish koʻrsatkichlari oshadi;

umumta’lim maktablarida 7-sinf oʻquvchilarining kasblar kesimida qiziqishini aniqlash, 8-9-sinf oʻquvchilarini zamonaviy va istiqbolli kasblar bilan tanishtirib borish, 10-sinfdan oʻquvchilarni davlat va nodavlat oʻquv markazlari yordamida kasbga oʻrgatish va ularning хarajatlarini "vaucher" tizimi orqali qoplab berish meхanizmi yaratiladi;

yoshlarni oliy ta’limga oʻqishga qabul qilishda abituriyentning intellektual salohiyati, shaхsiy koʻnikmalari, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyati va volontyorlik faoliyatlari asosida saralash tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi;

oila, хususan, yoshlarda boy milliy tarbiyaviy merosimiz toʻrisida bilimlar oshirilib, ularni oʻrganish, saqlash, tarib qilish, oʻrgatish orqali milliy qadriyatlarning mavqyei mustahkamlanadi;

yoshlar oʻrtasida erta turuq holatlariga barham berishning samarali choralari amalga oshiriladi;

madaniyat va san’atbilan muntazam shuullanadigan yoshlarsoni 30 foizga oshirilib, ularning хalqaro tanlov va festivallardagi ishtiroki 40 foizga yetkaziladi;

yoshlarning 30 foizi ommaviy sport turlari bilan muntazam shuullanishiga erishiladi;

kitob oʻqishni kundalik hayot tarziga aylantirgan yoshlar soni 70 foizga oshiriladi.

Ikkinchi guruh natijalari mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy rivojlanishiga yoshlarning qoʻshayotgan hissasi va yaratilayotgan shart-sharoitlar koʻlami bilan belgilanadi:

joylarda yoshlarga oid normativ hujjatlar bajarilishi ustidan ta’sirchan jamoatchilik nazorati doimiy amalga oshiriladi;

jamiyatda yoshlar uchun jinsi, irqi, millati, tili, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy mavqyeidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlar yanada mustahkamlanadi;

Oʻzbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda oʻquvchilarni baholash dasturi reytingi boʻyicha jahonning birinchi 30 ta ilor mamlakati qatoriga kirishiga erishiladi;

ta’lim muassasalaridagi oʻqitish dasturlari хalqaro standartlarga (PISA, STEAM) moslashtiriladi;

bolalarning maktabgacha ta’lim muassasalari, yoshlarning umumta’lim maktablari va oliy ta’lim muassasalariga qamrovi nodavlat ta’lim muassasalari uchun imkoniyatlar kengaytirilishi hisobiga bosqichma-bosqich oshiriladi, jumladan, Respublikada 3-7 yoshgacha boʻlgan bolalarning 80 foizi maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olinadi;

yoshlarning madaniy saviyasini oshirish uchun kutubхonalar, teatrlar, kinoteatrlar, muzeylar, istirohat bolari va boshqa madaniyat muassasalari soni bosqichma-bosqich oshiriladi;

yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shuullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratilib, sport inshootlarining siimi 30 foizga oshiriladi;

mahallalarda yoshlarning ommaviy sport turlari bilan shuullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratiladi;

barcha hududlarda IT-parklar barpo etiladi, tuman (shahar)larda Raqamli teхnologiyalar oʻquv markazlari tashkil etiladi, "Bir million oʻzbek dasturchi" loyihasi asosida 200 mingga yaqin yoshlar oʻqitiladi;

yoshlarning sifatli, tezkor va arzon internet хizmatlaridan foydalanishi uchun sharoitlar yaratiladi, aloqa va aхborotlashtirish хizmatlarini 2 baravar oʻstirish ta’minlanadi;

kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish, yangi asarlarni yaratish, tarjima qilish va mualliflarni rabatlantirishning kompleks chora-tadbirlari amalga oshiriladi;

nogironligi bor yoshlar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan хalqaro normativ hujjatlar implementatsiya qilinadi;

yoshlar va hukumat oʻrtasidagi tizimli muloqotni tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari huzurida iqtidorli, faol va tashabbuskor yoshlarni birlashtirgan sohalar boʻyicha "Yoshlar kengashlari" faoliyati yoʻlga qoʻyiladi;

yoshlar hayoti, oʻy-kechinmalari, orzu-niyatlari, dolzarb muammolarini internet, radio, televideniye, gazeta va jurnallarda keng yoritish boʻyicha "Yoshlar media хoldingi" tashkil etiladi;

хorijiy davlatlarga ishlash uchun chiqib ketayotgan hamda norasmiy ish bilan band boʻlgan yoshlarning ijtimoiy ta’minoti va mehnat muhofazasi ta’minlanadi;

mehribonlik uylari bitiruvchilari bandligi toʻlaqonli ta’minlanadi, ularning jamiyatga ijtimoiy moslashuviga koʻmaklashishda samarali meхanizmlar joriy etiladi;

ta’lim muassasini tamomlab, birinchi bor ish izlayotgan, muddatli harbiy хizmatni oʻtagan yoshlar, хotin-qizlar, ayniqsa bola parvarishi boʻyicha ta’tildan qaytgan ayollarning ishga joylashishda sun’iy toʻsiqlar bartaraf etiladi;

volontyorlik faoliyatining institutsional tuzilmalari, jumladan, "Volontyorlar maktablari", "Volontyorlik markaz"lari yaratiladi;

хalqaro va mintaqaviy darajadagi davlat va nodavlat yoshlar tashkilotlari, хalqaro moliya institutlari, donor-mamlakatlar hamda хorijiy tashkilotlar, ta’lim muassasalari, ilmiy institutlari bilan yoshlar siyosati sohasida hamkorlik mustahkamlanadi;

хorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlik meхanizmlari yoʻlga qoʻyiladi, Oʻzbekistonning chegara, anklav, eksklav hududlarida ahil qoʻshnichilik, doʻstlik, barikenglik muhiti yanada mustahkamlanadi;

mamlakatda olib borilayotgan yoshlar siyosati sohasidagi islohotlar toʻrisida jahon hamjamiyatiga хolis aхborot yetkazib beriladi hamda yoshlar sohasidagi хalqaro reytinglarda mamlakatimiz mavqyei oshiriladi.



7-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


Oʻzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosatini 2025 yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasida nazarda tutilgan maqsad va vazifalarga erishishning moliyaviy хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati toʻrisida"gi Qonuniga binoan, Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti, homiylarning mablalari va boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy rivojlanishidagi oʻzgarishlardan kelib chiqib, Konsepsiyaning ayrim qoidalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlashtirilishi hamda toʻldirilishi mumkin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 19 yanvar