Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.01.2021 y. 35-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi "Chegara posbonlari" otryadlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.01.2021 y.

N 35




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT XAVFSIZLIK XIZMATI ChEGARA

QOʻShINLARIGA KOʻMAKLAShUVChI "ChEGARA

POSBONLARI" OTRYaDLARI FAOLIYaTINI

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablarini bajarish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishda fuqarolarning iхtiyoriy asosda ishtirokini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi "Chegara posbonlari" otryadlari toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi "Chegara posbonlari" otryadlarining (keyingi oʻrinlarda - "Chegara posbonlari" otryadlari) vazifalari va faoliyatini tashkil etish asoslari;

"Chegara posbonlari" otryadlari a’zolarining huquq va majburiyatlari hamda ularni rabatlantirish tartibi.


2. "Chegara posbonlari" otryadlari a’zolariga toʻlanadigan oylik toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari tomonidan amalga oshirilishi va ushbu хarajatlar Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlariga ajratiladigan byudjet mablalari hisobidan qoplanishi belgilansin.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi "Chegara posbonlari" otryadlari oʻz faoliyatini amalga oshirishi uchun chegara oldi hududlarda joylashgan davlat muassasalarida zarur хonalar ajratib, mahalliy byudjet mablalari hisobidan ularning mebel va boshqa moddiy-teхnik vositalar bilan jihozlanishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy хujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 23 yanvardagi

35-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmatining Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi "Chegara posbonlari" otryadlari toʻrisida" 2014 yil 30 sentyabrdagi 273-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2014 y., 40-son, 497-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2018 yil 29 maydagi 396-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 5-son, 126-modda) ilovaning 75-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2018 yil 20 sentyabrdagi 748-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 9-son, 230-modda) ilovaning 36-bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2019 yil 28 dekabrdagi 1046-son qaroriga ilovaning 136-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 23 yanvar