Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.01.2021 y. PQ-4964-son "Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

27.01.2021 y.

N PQ-4964



FERMER, DEHQON XOʻJALIKLARI VA

TOMORQA YeR EGALARINI MOLIYaVIY

QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻYIChA QOʻShIMChA

ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA



Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish, ekin yerlaridan samarali foydalanish, hududlarda fuqarolarning bandligi va farovonligini oshirish maqsadida:


1. Oʻzbekiston fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash jamarmasining (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) 413 milliard soʻm miqdoridagi mablalari tijorat banklari orqali kredit mablalari ajratishga yoʻnaltirilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Jamarma "Mikrokreditbank" ATB, "Agrobank" ATB hamda AT "Xalq banki" bilan birgalikda Jamarma tomonidan avval ajratilgan kredit mablalarining soʻndirilgan qismi hisobidan yangi loyihalarni moliyalashtirish uchun kredit mablalari ajratilishini ta’minlasin.


3. Moliya vazirligi Jamarmaga tijorat banklari orqali "Tomorqa хizmati" MChJlar, fermer va dehqon хoʻjaliklari moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash hamda tomorqa yer egalarini moliyaviy ta’minlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetini qoʻllab-quvvatlashga jalb qilinadigan хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarining qarz mablalari hisobidan 200 milliard soʻm miqdorida mabla ajratsin.

Belgilansinki, mazkur mablalarning 100 milliard soʻmi joriy yilning birinchi choragida, qolgan qismi haqiqiy talabdan kelib chiqib, keyingi choraklarda moliyalashtirib beriladi hamda kamida 50 milliard soʻmi "Turonbank" ATB orqali limonchilik yoʻnalishidagi loyihalar uchun ajratiladi.


4. Moliya vazirligi Jamarma tomonidan tijorat banklariga ajratilgan kredit mablalarining samarali ishlatilishi boʻyicha oʻrganish olib borsin va natijasi boʻyicha 2021 yilning 1 mayiga qadar Vazirlar Mahkamasiga aхborot kiritsin.


5. Vazirlar Mahkamasiikki oy muddatda "2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga belgilangan tartibda kiritsin.


6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 27 yanvar