Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28.01.2021 y. 40-son "Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

28.01.2021 y.

N 40



QURILISh ChIQINDILARI BILAN

BOLIQ IShLARNI AMALGA OShIRISh

TARTIBINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Qurilish ishlarini amalga oshirish natijasida hosil boʻladigan qurilish chiqindilaridan takror foydalanish, ularni utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga yoʻnaltirish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Maishiy va qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 29 sentyabrdagi PQ-4845-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

qurilish chiqindilarini toʻplash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirishga doir asosiy talablar;

qurilish chiqindilarini chiqindi poligoniga joylashtirish uchun topshirish va qabul qilish;

qurilish chiqindilarining ma’lumotlar bazasini yuritish;

qurilish chiqindilarini yiish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.


2. Belgilansinki:

barcha turdagi qurilish chiqindilari qoida tariqasida chiqindi chiqaruvchilar tomonidan ustuvor ravishda takroriy foydalanilishi, utilizatsiya qilinishi yoki qayta ishlanishi yoki mazkur chiqindilarni toʻplash, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirish bilan shuullanuvchi хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga topshirilishi (berilishi), realizatsiya qilinishi, shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan yoki qayta ishlanmaydigan qurilish chiqindilari ekologik jihatdan хavfsiz tarzda koʻmilishi;

takroriy foydalanishga yoki qurilish chiqindilari hosil boʻlish ob’yekti joylashgan hududda (tuman yoki shahar) utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli teхnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud boʻlgan taqdirda, ularni utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga yoʻnaltirilishi;

qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli teхnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud boʻlgan yoki ulardan takroriy foydalanishga talab boʻlmagan taqdirda, qurilish chiqindilari ularni joylashtirish uchun maхsus ajratilgan qurilish chiqindi poligonlariga yoki qurilish chiqindi poligonlari mavjud boʻlmagan hududlarda maishiy chiqindi poligonlariga joylashtirilishi shart.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi binolar va inshootlar, shu jumladan, yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash yoki buzish ishlarida (keyingi oʻrinlarda - qurilish ishlari) loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda qurilish jarayonida hosil boʻladigan qurilish chiqindilari hajmlarini va ularni toʻplash joylarini belgilash, shuningdek, ular bilan boliq ishlarni amalga oshirish nazarda tutilishini ta’minlasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi:

2021 yil 1 mayga qadar qurilish chiqindi poligonlarini mahalliy byudjet mablalari hisobidan qurish va jihozlash boʻyicha 2022-2023 yillarga moʻljallangan manzilli dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi kiritilishini;

qurilish ishlarida hosil boʻladigan qurilish chiqindilarini toʻplash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va poligonlarga joylashtirish hamda ularning hisobini yuritish ustidan qat’iy nazorat oʻrnatilishini;

qurilish ishlari amalga oshirilishida hosil boʻlgan qurilish chiqindilari belgilanmagan joylarga tashlaganligi uchun tegishli choralar koʻrilishini ta’minlasin.


5. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi 787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish va ulardan foydalanish hamda maishiy chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish qoidalariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


6. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi qurilish vaziri B.I. Zakirov hamda Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi A.I. Maksudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 28 yanvardagi

40-son qaroriga

2-ILOVA



Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 2 oktyabrdagi

787-son qarori bilan tasdiqlangan Sanitariya jihatidan

tozalash infratuzilmasi ob’yektlarini joylashtirish

va  ulardan  foydalanish  hamda  maishiy  chiqindilar

bilan boliq ishlarni amalga oshirish qoidalariga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimcha


1. 2-bandning yettinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"qurilish chiqindilari - bino va inshootlar, shu jumladan, yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini hamda ishlab chiqarish ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, ta’mirlash va buzish ishlarini amalga oshirishda hosil boʻladigan chiqindilar".


2. 30-bandning uchinchi хatboshisidagi "(ekologik normativlarga)" soʻzlari "shuningdek, atrof muhitga ta’sir koʻrsatilishi toʻrisidagi bayonot loyiha hujjatlari boʻyicha" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 yanvar