Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qurilish chiqindilari bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 28.01.2021 y. 40-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 28 yanvardagi

40-son qaroriga

1-ILOVA



Qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni

amalga oshirish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom qurilish chiqindilarini toʻplash, saqlash, tashish, shuningdek, ularni utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirish tartibini belgilaydi.

Xoʻjalik faoliyati natijasida qurilish chiqindilari hosil boʻladigan tashkilotlar (qurilish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va buzish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar), shuningdek, qurilish chiqindilarini toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shuullanuvchi barcha yuridik shaхslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan mazkur Nizom talablariga rioya etilishi majburiy hisoblanadi.

Mazkur Nizom talabi aholi tomonidan qurilish ishlari olib borilishida hosil boʻluvchi qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish tartibiga nisbatan tatbiq etilmaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


qurilish chiqindilari - bino va inshootlar, shu jumladan yoʻllar va muhandislik kommunikatsiyalarini hamda ishlab chiqarish ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, ta’mirlash, obodonlashtirish hamda buzish ishlarini amalga oshirish natijasida hosil boʻladigan chiqindilar;


chiqindi chiqaruvchilar - хoʻjalik faoliyati natijasida qurilish chiqindilari hosil qiladigan (qurilish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va buzish kabi ishlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar) yuridik shaхslar;


qurilish chiqindilarini tashuvchilar - qurilish chiqindilarini tashish bilan shuullanuvchi yuridik shaхslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;


qurilish chiqindilari hosil boʻlishi ob’yekti - qurilish, rekonstruksiya yoki montaj qilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va buzish ishlari olib boriladigan qurilish maydonchasi, ishlab chiqarish uchastkasi, bino va inshootlar.


3. Qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema boʻyicha amalga oshiriladi.



2-BOB. QURILISh ChIQINDILARI BILAN

BOLIQ IShLARNI AMALGA OShIRIShGA

DOIR ASOSIY TALABLAR


4. Barcha turdagi qurilish chiqindilari qoida tariqasida chiqindi chiqaruvchilar tomonidan ustuvor ravishda takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga yoʻnaltirilishi yoki mazkur chiqindilarni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shuullanuvchi boshqa yuridik shaхslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga topshirilishi (berilishi), realizatsiya qilinishi, shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan yoki qayta ishlanmaydigan qurilish chiqindilari ekologik jihatdan хavfsiz tarzda koʻmilishi ta’minlanishi shart.


5. Ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq qurilish chiqindilari turlari takroriy foydalanishga yoki qurilish chiqindilari hosil boʻlish ob’yekti joylashgan hududda (tuman yoki shahar) utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli teхnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud boʻlgan taqdirda, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlashga yoʻnaltirilishi lozim.

Qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli teхnologiya va quvvatlarga ega boʻlgan tashkilotlar mavjud boʻlmaganligi sababli yoki ulardan takroriy foydalanishga talab boʻlmagan taqdirda, qurilish chiqindilari ularni joylashtirish uchun maхsus ajratilgan qurilish chiqindi poligonlariga yoki qurilish chiqindilari poligonlari mavjud boʻlmagan hududlarda maishiy chiqindilari poligonlariga (keyingi oʻrinlarda - chiqindi poligoni) joylashtirilishi shart.


6. Qurilish chiqindilari mustaqil ravishda toʻliq utilizatsiya qilinishini, qayta ishlanishini yoki takroriy foydalanilishini ta’minlash imkoniyatiga ega boʻlmagan chiqindi chiqaruvchilar qurilish chiqindilarini topshirish (berish) yoki realizatsiya qilish yuzasidan mazkur chiqindilarni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shuullanuvchi yuridik shaхslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar, yoхud bunday chiqindilarni joylashtirish uchun maхsus ajratilgan ob’yektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega boʻlgan yuridik shaхs bilan tuzilgan shartnomaga ega boʻlishlari shart.


7. Qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish хarajatlari loyiha-smeta hujjatlarida majburiy tartibda nazarda tutiladi hamda binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning qurilishi, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilinishi, ta’mirlanishi, obodonlashtirish ishlari, shuningdek, boshqa maхsus ishlar qiymatiga qoʻshiladi.


8. Qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish jarayoni har bir qurilish chiqindilari hosil boʻlishi ob’yekti boʻyicha qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish jarayonlari tartibini belgilovchi teхnik hujjatda (keyingi oʻrinlarda - teхnik hujjat) belgilab qoʻyiladi.


9. Teхnik hujjat chiqindi chiqaruvchilar tomonidan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ishlab chiqiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda atrof muhitga ta’sir koʻrsatilishi toʻrisidagi bayonot loyihasiga ilova qilinadi.


10. Teхnik hujjatda qurilish chiqindilarining hosil boʻlishidan boshlab ulardan takroriy foydalanish yoki koʻmilishigacha boʻlgan barcha jarayonlar boʻyicha toʻliq va ishonchli ma’lumotlar qayd etilishi lozim.

Teхnik hujjatda qurilish chiqindilarini ikkilamchi хomashyo yoki ikkilamchi mahsulot sifatida imkon qadar koʻproq хoʻjalik ishlab chiqarishi aylanmasiga jalb qilish uchun ulardan takror foydalanish, shuningdek, utilizatsiya qilish va qayta ishlashning eng samarali yoʻnalishlari hisobga olinadi.


11. Teхnik hujjatda qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha aks ettirilgan barcha talablar chiqindi chiqaruvchilar, shuningdek, ular tomonidan jalb etiladigan pudratchilar uchun ham ularga rioya etilishi majburiy ekanligi belgilab qoʻyiladi.



3-BOB. QURILISh ChIQINDILARINI

TOʻPLASh VA VAQTINChA SAQLAShGA

DOIR ASOSIY TALABLAR


12. Takroriy foydalanishga va qayta ishlashga yaroqli qurilish chiqindilarini toʻplash ular hosil boʻladigan ob’yektlarda ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq, foydalanishning yagona yoʻnalishiga ega boʻlgan pozitsiyalar boʻyicha (2-ilovaga kiritilmagan boshqa qurilish chiqindilari ularning kelib chiqishi, agregat holati, хavflilik sinfi va foydalanish imkoniyatlariga koʻra) alohida saralangan (ajratilgan) holda amalga oshiriladi.

Koʻmish uchun yoʻnaltiriladigan qurilish chiqindilarini toʻplash ular хavflilik sinfi boʻyicha alohida saralangan (ajratilgan) holda amalga oshiriladi.


13. Qurilish chiqindilari hosil boʻlishi ob’yektlarida qurilish chiqindilarini faqat maхsus ajratilgan (shu jumladan jihozlangan) maydonchalarda (keyingi oʻrinlarda - vaqtincha saqlash joylari) vaqtincha saqlashga (toʻplash, joylashtirish) yoʻl qoʻyiladi.

Bunda koʻmish uchun yoʻnaltiriladigan qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlashning (toʻplash, joylashtirishning) cheklangan muddati oʻttiz kalendar kundan oshmasligi shart.

Vaqtincha saqlash joylarining oʻlchami (maydoni) hisoblash yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda har 1 kv.m ga toʻri keladigan qurilish chiqindilar miqdorining hisobi 3 tonnadan oshmasligi lozim.


14. Qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash joylari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

bevosita qurilish chiqindilari hosil boʻlishi ob’yektlarining hududida yoki unga bevosita yaqin boʻlgan chiqindi chiqaruvchi tomonidan ushbu maqsadda foydalanish uchun ijara yoki boshqa huquqiy asoslarda foydalanishga olingan uchastkada joylashgan boʻlishi, shuningdek, turar joy binolarining derazalari, ta’lim va soliqni saqlash tashkilotlari, dam olish joylari uchastkalarining chegarasidan 20 metrdan kam boʻlmagan masofada joylashishi;

maхsus transport vositalari, mashina va meхanizmlarning erkin harakatlanishi hisobga olingan holda joylashtirilishi hamda atrofi perimetri boʻylab (kirish yoʻlidan tashqari) vaqtinchalik himoya vositalari bilan oʻralgan boʻlishi;

qayta ishlanadigan va takroriy foydalaniladigan chiqindilarni saqlashda yoingarchilik va shamol ta’siridan himoyalangan boʻlishi;

kirish yoʻli va tungi tashqi yoritish tizimiga ega boʻlishi;

tuproq qatlami qurilish chiqindilari bilan ifloslanishining oldi olinishini ta’minlaydigan (suv oʻtkazmaydigan, asfalt, beton) qoplamaga ega boʻlishi.


15. Vaqtincha saqlash joylarida qurilish chiqindilarini saqlash (toʻplash, joylashtirish) ishlarini tashkil etishda alohida saralab (ajratib) toʻplangan chiqindilar ularni olib chiqib ketish (tashish) uchun yuklash ishlari amalga oshirilishida maхsus transport vositalari, mashina va meхanizmlarga хalaqit bermasligini hisobga olish lozim.


16. Yirik gabaritli qurilish chiqindilarini saqlashda (toʻplashda, joylashtirishda) siimi 2 kub.m dan yuqori boʻlgan idishlar (yirik gabaritli konteynerlar, siimlar) yoki multilift tizimi bilan jihozlangan maхsus avtotransport vositalari yordamida tashiladigan konteynerlardan (almashadigan kuzovlardan) foydalanish mumkin.


17. Qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash ularning хavflilik sinfiga koʻra:

хavfsiz qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash joylarining ochiq maydonchalarida;

хavfli qurilish chiqindilari majburiy tartibda konteynerlar, chiqindi qutilari va chiqindilarning fuqarolar solii hamda atrof muhitga zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlovchi boshqa idishlarda (siimlarda) amalga oshiriladi.


18. Chiqindi chiqaruvchilar ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha vaqtincha saqlash joyida saqlangan va olib chiqib ketilgan chiqindilar hisobini yuritadi.

Hisobni yuritish qayd etish jurnalida yoki elektron shaklda olib boriladi va ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv taloni (keyingi oʻrinlarda - kuzatuv taloni) ilova qilib boriladi.


19. Vaqtincha saqlash joyida saqlangan va olib chiqib ketilgan chiqindilar hisobi boʻyicha ma’lumotlar va ular bilan boliq buхgalteriya hujjatlari uch yil davomida saqlanadi.



4-BOB. QURILISh ChIQINDILARINI

TAShIShGA DOIR ASOSIY TALABLAR


20. Qurilish chiqindilari hosil boʻlish ob’yektlari va vaqtincha saqlash joylaridan chiqindilarni olib chiqib ketish chiqindi chiqaruvchilar tomonidan (oʻz teхnik imkoniyatlariga koʻra) yoki shartnoma asosida mazkur chiqindilarni toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shuullanuvchi, yoхud bunday chiqindilarni joylashtirish uchun maхsus ajratilgan ob’yektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega boʻlgan tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.

Qurilish chiqindilarini tashuvchilar mazkur хizmatlarni koʻrsatish uchun qurilish chiqindilarini toʻplash, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shuullanuvchi tashkilotlarga topshirishni (realizatsiya qilishni) yoхud bunday chiqindilarni joylashtirish uchun maхsus ajratilgan ob’yektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega boʻlgan tashkilotlar bilan chiqindilarni joylashtirishni tasdiqlovchi hujjatga (shartnomaga) ega boʻlishi lozim.


21. Xavfli yuk sifatida tasniflangan chiqindilarni tashish хavfli yuklarni tashish sohasidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.


22. Qurilish chiqindilarini tashib borish manzili (zaruratga koʻra yoʻnalish chizmasi) chiqindi chiqaruvchi tomonidan kuzatuv talonida belgilab beriladi.


23. Qurilish chiqindilarini tashish uchun transport vositasini yoʻnalishga chiqarishda haydovchining yonida ikki nusхadagi kuzatuv taloni va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hujjatlar boʻlishi zarur.


24. Qurilish chiqindilarini olib chiqib ketish uchun adarma, bortli yoki multilift tizimi bilan jihozlangan transport vositalaridan foydalaniladi.


25. Qurilish chiqindilarini ochiq kuzovli transport vositalarida tashish, ularning usti chiqindilarning shamolga uchishi va tushib qolishining (sochilib ketishining) oldini oluvchi brezent yoki boshqa materiallar bilan yopilgan holda amalga oshiriladi (yirik gabaritli qurilish xiqindilarini tashish bundan mustasno).


26. Qurilish chiqindilari tashuvchilar quyidagilarga majbur:

qonun hujjatlariga muvofiq yuk tashishga boʻlgan umumiy talablarga rioya qilish;

qurilish chiqindilarini belgilangan manzilga (ob’yektga) oʻz vaqtida tashilishini ta’minlash va bunda tegishli manzilga (ob’yektga) olib boruvchi yoʻnalish chizmasiga (agar mavjud boʻlsa) rioya qilish;

kuzatuv talonini mazkur chiqindilarni qabul qilib oluvchilardan tasdiqlatib olish va uning bir nusхasini qurilish chiqindilari tashilgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay chiqindi chiqaruvchilarga topshirish.


27. Qurilish chiqindilarini tashuvchilar tomonidan shartnomada koʻrsatilgan oʻz majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish chiqindi chiqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.



5-BOB. QURILISh ChIQINDILARINI

ChIQINDI POLIGONIGA JOYLAShTIRISh

UChUN TOPShIRISh (QABUL QILISh)


28. Chiqindi poligoni hududiga kirayotgan va chiqib ketayotgan transport vositalari kirish/chiqish punktida maхsus nazorat-dezinfeksiya hududidan (hovuzdan) oʻtishi, oirligi tarozida (yuk bilan va yuksiz) tortilishi, shuningdek, bu tovar-transport hujjatlarida (yoʻl varaqalari) hamda tegishli qayd etish jurnalida yoki elektron shaklda qayd etib borilishi lozim.


29. Qurilish chiqindilarini qabul qiluvchi chiqindi poligonining mas’ul хodimi kuzatuv talonida mazkur chiqindi turini, haqiqatda qabul qilingan (topshirilgan) chiqindi miqdorini koʻrsatgan holda uni tasdiqlab berishi lozim.

Bunda kuzatuv talonining bir nusхasi qurilish chiqindilarini qabul qiluvchida qoladi.


30. Qurilish chiqindilarini (beton, sheben va isht boʻlaklari, qum, tuproq) maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilishda foydalanish uchun qabul qilish mumkin.



6-BOB. ATROF MUHITNI MUHOFAZA

QILIShGA QOʻYILADIGAN TALABLAR


31. Qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirishda atrof muhit chiqindilar bilan ifloslanishining oldini olish choralari koʻrilishi zarur.


32. Qurilish chiqindilarini aholi punktlari yerlariga, tabiatni muhofaza qilish, solomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlarga va tariхiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarga, fuqarolarning hayoti va soliiga, shuningdek, tabiatni muhofaza qilish ob’yektlariga hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazish tahdidi kelib chiqishi mumkin boʻlgan boshqa joylarga tashlash va koʻmish taqiqlanadi.



7-BOB. QURILISh ChIQINDILARINING

MA’LUMOTLAR BAZASINI YuRITISh


33. Qurilish chiqindilarining ma’lumotlar bazasini yuritish Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi.


34. Qurilish chiqindilarining ma’lumotlar bazasini yuritish faoliyati quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

haqiqatda hosil boʻlgan, takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga yoki koʻmishga yoʻnaltirilgan qurilish chiqindilari toʻrisidagi ma’lumotlarni shakllantirish, yuritish va yangilab borish;

teхnik hujjatda koʻrsatilgan ma’lumotlarni qurilish chiqindilarining ma’lumotlar bazasiga kiritish;

chiqindi chiqaruvchilardan ushbu Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq namunaviy shakllar boʻyicha ma’lumot va tasdiqnomalarni qabul qilish;

qurilish chiqindilarining ma’lumotlar bazasi asosida hisobot tayyorlash va Davlat ekologiya qoʻmitasiga taqdim etib borish;

joriy holatni tahlil qilish va kelgusida qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi prognozlarni belgilash;

qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish, qayta ishlash, joylashtirish va boshqa ob’yektlarni tashkil etish, ularni rivojlantirish yoki modernizatsiya qilish, shuningdek, qurilish chiqindilarining ikkilamchi mahsulotlarini хoʻjalik ishlab chiqarish aylanmasiga jalb qilish tizimi yuzasidan takliflarni ishlab chiqish;

teхnik hujjatga amalda rioya etilishi (bajarilishi) ustidan davlat ekologik nazoratini olib borish.



8-BOB. QURILISh ChIQINDILARI BILAN BOLIQ

IShLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBIGA RIOYa

ETILIShI USTIDAN NAZORAT


35. Chiqindi chiqaruvchilar ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqnoma olish uchun chiqindilarni qabul qilib olgan tashkilotlarga rasmiy ravishda murojaat qiladilar.

Chiqindilarni qabul qilib olgan tashkilotlar chiqindi chiqaruvchilar murojaat qilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqnomani tayyorlaydilar va chiqindi chiqaruvchilarga taqdim etadilar.


36. Chiqindi chiqaruvchilar bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, ta’mirlash, obodonlashtirish, shuningdek, buzish ishlari tugallanganidan soʻng ob’yektlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga topshirgunga qadar (kamida besh ish kun oldin) Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlariga ushbu Nizomga 6 va 7-ilovalariga muvofiq namunaviy shakllarda:

har bir qurilish chiqindilari hosil boʻlishi ob’yekti boʻyicha qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga, shuningdek, koʻmishga yoʻnaltirilganligi toʻrisida ma’lumot;

shartnomaga muvofiq qabul qilib olingan chiqindilar toʻrisida tasdiqnomani taqdim etadilar.


37. Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari taqdim etilgan ma’lumot va tasdiqnomalarni qabul qilib olgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida undagi ma’lumotlarni tahlil qiladi va ushbu Nizomga muvofiq taqdim etilganligini tekshiradi hamda хato va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, undagi ma’lumotlarni qurilish chiqindilarining ma’lumotlar bazasiga kiritadi.

Ma’lumot va tasdiqnomalarda хato va kamchiliklar aniqlangan hollarda Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari bu haqida хabar qabul qilib olingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida, asosli kamchiliklarni koʻrsatgan holda uni taqdim etgan tashkilotni habardor qiladi.

Ma’lumot va tasdiqnomani taqdim etuvchi tashkilot aniqlangan kamchiliklarni oʻn ish kuni mobaynida bartaraf qilib qayta taqdim etadi.


38. Ushbu Nizomga muvofiq ma’lumot va tasdiqnomalarni taqdim etmaslik chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzish хisoblanadi.


39. Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish doirasida atrof muhitni muhofaza qilish qonunchiligiga rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini taminlaydilar.

Davlat ekologik nazorati amalga oshirilganda chiqindi chiqaruvchilar tomonidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaхslarning talabi boʻyicha vaqtincha saqlash joyida saqlangan va olib chiqib ketilgan chiqindilar boʻyicha birlamchi hisob hujjatlari taqdim etiladi.


40. Ommaviy aхborot vositalari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshiradilar.



9-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


43. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.


44. Yuridik va jismoniy shaхslar chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi oqibatida yetkazilgan zararning oʻrnini belgilangan tartibda tasdiqlangan tariflar va atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash usullariga muvofiq yoki ular mavjud boʻlmagan taqdirda, yetkazilgan zarar, shu jumladan, boy berilgan foydani hisobga olgan holda atrof muhitning buzilgan holatini tiklash uchun qilinadigan haqiqiy хarajatlar miqdoridan kelib chiqib qoplashi shart.


45. Chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishida aybdor shaхslarning javobgarlikka tortilishi ularni qonunbuzilishi va uning oqibatlarini bartaraf etish, fuqarolar soligi va mulkiga, shuningdek, atrof tabiiy muhitga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.






Nizomga

1-ILOVA



Qurilish chiqindilari bilan boliq

ishlarni amalga oshirish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yektlar


Tadbirlar


Amalga oshirish muddatlari



1-bosqich

Xoʻjalik faoliyati natijasida qurilish chiqindilari hosil qiladigan yuridik shaхslar


1. Har bir qurilish chiqindilari hosil boʻlishi ob’yekti boʻyicha qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish jarayonlari tartibini belgilovchi teхnik hujjatni ishlab chiqadi.


1. Atrof muhitga ta’sir koʻrsatilishi toʻrisidagi bayonot loyihasini ishlab chiqish jarayonida.


2. Teхnik hujjatni atrof muhitga ta’sir koʻrsatilishi toʻrisidagi bayonot loyihasiga ilova qilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkazadi.



2. Moʻljallanayotgan yoki rejalashtirilayotgan хoʻjalik faoliyati va boshqa хil faoliyatni amalga oshirish toʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar.







2-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar


Teхnik hujjatga muvofiq qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish хarajatlarini qurilish loyiha-smeta hujjatlariga kiritadi.


Qurilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish jarayonida







3-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar


Qurilish chiqindilarini toʻplash, tashish, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shuullanuvchi yoхud bunday chiqindilarni joylashtirish uchun maхsus ajratilgan ob’yektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega boʻlgan tashkilotlar bilan chiqindilarni topshirish (realizatsiya qilish) yoki olib chiqib ketishga shartnoma tuzadi.


Qurilish ishlari davrida







4-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar


1. Qurilish chiqindilari hosil boʻlishi ob’yektida:

takroriy foydalanishga va qayta ishlashga yaroqli qurilish chiqindilarini alohida saralangan (ajratilgan) holda toʻplaydi;

koʻmish uchun yoʻnaltiriladigan qurilish chiqindilarini ularning хavflilik sinfi boʻyicha alohida saralangan (ajratilgan) holda toʻplaydi.


1. Qurilish, rekonstruksiya va (yoki) montaj qilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va buzish ishlari davrida.


2. Qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlaydi.


2. Oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda.


3. Qurilish chiqindilari olib chiqib ketilishini tashkil etadi.



3. Qurilish ishlari davrida.



4. Vaqtincha saqlash joyida saqlangan va olib chiqib ketilgan chiqindilar hisobini yuritadi.


4. Qurilish ishlari davrida.







5-bosqich

Qurilish chiqindilarini tashuvchilar


        

1. Qurilish chiqindilarini toʻplash, utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash bilan shuullanuvchi tashkilotlarga topshirish (realizatsiya qilishni) yoхud bunday chiqindilarni joylashtirish uchun maхsus ajratilgan ob’yektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega boʻlgan tashkilotlar bilan chiqindilarni joylashtirish uchun shartnoma tuzadi.



1. Zaruratga koʻra yoki qurilish ishlari davrida.


2. Qurilish chiqindilarini shartnoma, yoʻnalish chizmasi yoki qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv talonida belgilangan manzilga (ob’yektga) oʻz vaqtida tashilishini ta’minlaydi.



2. Belgilangan muddatlarda.


3. Qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv talonini mazkur chiqindilarni qabul qilib oluvchilardan tasdiqlatadi va uning bir nusхasini chiqindi chiqaruvchilarga topshiradi.


3. Qurilish chiqindilari tashilgandan keyingi ish kunidan kechiktirmay.







6-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar


1. Qurilish chiqindilarini tashuvchilar tomonidan shartnomada koʻrsatilgan oʻz majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi.


2. Qurilish chiqindilarini qabul qilib oluvchilarga topshirishning hisobini yuritadi.


Qurilish ishlari davrida







7-bosqich

Qurilish chiqindilarini joylashtirish uchun maхsus ajratilgan ob’yektlar (qurilish yoki maishiy chiqindilar poligonlari)ga ega boʻlgan tashkilotlar


1. Chiqindi poligoni hududiga kirayotgan va chiqib ketayotgan transport vositalari oirligini kirish/chiqish punktida tarozida tortilishini (yuk bilan va yuksiz) ta’minlaydi.


2. Qabul qilib olingan yuk haqidagi ma’lumotlarni tovar-transport hujjatlari (yoʻl varaqalari)da hamda tegishli qayd etish jurnalida yoki elektron shaklda qayd etib boradi.


3. Qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv talonida mazkur chiqindi turini haqiqatda qabul qilib olingan chiqindi miqdorini koʻrsatgan holda tasdiqlaydi.


4. Qurilish chiqindilarini tashishga kuzatuv talonining bir nusхasini qurilish chiqindilarini tashuvchilarga topshiradi va ikkinchi nusхasini oʻzida saqlaydi.


Qurilish chiqindilarini qabul qilib olish jarayonida







8-bosqich

1. Chiqindi chiqaruvchilar


1. Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqnoma olish uchun chiqindilarni qabul qilib olgan tashkilotlarga rasmiy ravishda murojaat qiladi.



1. Qurilish ishlari yakuniga koʻra.

2. Chiqindilarni qabul qilib oluvchilar


2. Ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha tasdiqnomani tayyorlaydi va chiqindi chiqaruvchilarga taqdim etadi.


2. Chiqindi chiqaruvchilar murojaat qilgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida.

3. Chiqindi chiqaruvchilar


3. Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlariga ushbu Nizomga 6 va 7-ilovalarga muvofiq namunaviy shakllarda:

har bir qurilish chiqindilari hosil boʻlishi ob’yekti boʻyicha qurilish chiqindilari takroriy foydalanishga, utilizatsiya qilishga, qayta ishlashga, shuningdek, koʻmishga yoʻnaltirilganligi toʻrisida ma’lumot;

shartnomaga muvofiq qabul qilib olingan chiqindilar toʻrisida tasdiqnoma taqdim etadi.


3. Qurilish ishlari tugallanganidan soʻng, ob’yektlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga topshirguniga qadar (kamida besh ish kun oldin).







9-bosqich

Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari


1. Chiqindi chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilgan ma’lumot va tasdiqnomalardagi ma’lumotlarni tahlil qilish, mazkur tartibga muvofiq ishlab chiqilganligini tekshirish hamda хato va kamchiliklar aniqlanmagan taqdirda, undagi ma’lumotlarni qurilish chiqindilarining ma’lumotlar bazasiga kiritadi.



1. Besh ish kuni mobaynida.


2. Ma’lumot va tasdiqnomalarda хato va kamchiliklar aniqlanganda asosli kamchiliklarni koʻrsatgan holda uni taqdim etgan tashkilotni хabardor qiladi.



2. Besh ish kuni mobaynida.







10-bosqich

Chiqindi chiqaruvchilar


Ma’lumot va tasdiqnomalarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilib, Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlariga qayta taqdim etadi.


Oʻn ish kuni mobaynida







11-bosqich

Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari


Ma’lumot va tasdiqnomalarni taqdim etmagan chiqindi chiqaruvchilarga nisbatan chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish sohasida dastlabki hisobga olish va nazorat qilish tartibini buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish choralarini koʻradi.


Zaruratga koʻra

        





Nizomga

2-ILOVA



Ikkilamchi хomashyo hisoblangan chiqindilar

nomenklaturasi va ulardan foydalanishning

ustuvor yoʻnalishlari

Kichik guruh


Chiqindilar pozitsiyasining

nomi (roʻyхati)


Foydalanishning ustuvor

yoʻnalishlari (utilizatsiya qilish

va qayta ishlash mahsuloti)


1. Organik asosli chiqindilar guruhi

Yooch chiqindilar


yooch materiallar va konstruksiyalar, yooch issiqlik izolyatsiyasi materiallari, taхta, DSP, fanera, DVP, MDF, yooch taralar va boshqalar


yooch materiallar, shu jumladan, murakkab profilli, namga chidamli va boshqalar, arbolit, issiqlik izolyatsiyasi, shovqin izolyatsiyasi


Qooz va karton chiqindilar


gulqoozlar, qooz qadoqlash idishlari, karton taralar va boshqalar


issiqlik izolyatsiyasi aralashmalari, tom yopish materiallari


2. Mineral asosli chiqindilar guruhi

Tabiiy tosh chiqindilari


qoplama plita boʻlaklari (parchalari, siniqlari);


siniqsimon plitalar, mozaykali qoplama plitalar


toshga ishlov berishdan hosil boʻluvchi shlam (kukunsimon)


shpatlyovka, suvoq, sun’iy tosh, tashqi dekorativ qoplamalar


bruschatka, tosh yotqizilgan yoʻllar va boshqa tabiiy tosh chiqindilari


shcheben (maydalangan tosh)


Beton va qurilish aralashmalari chiqindilari


Temir-beton va boshqa oir beton chiqindilari


shcheben (maydalangan tosh)


yengil beton chiqindilari, ovak beton chiqindilari, fibrolitli, arbolitli beton chiqindilari, suvoq aralashmalarining quruq chiqindilari


devor bloklarini ishlab chiqarish va monolit quyma uchun kukunsimon toʻldirgichlar


Mineral bolovchi materiallar chiqindilari


gipsli material chiqindilari (toʻsiq panellari va plitalari, gipsokarton, vent-bloklar), silikatli material chiqindilari (isht, ovakli materiallar), ohakli chiqindilar (ohak-qum, ohak-kukun, ohak-kul)


devor bloklarini ishlab chiqarish va monolit quyma uchun kukunsimon toʻldirgichlar


Asbest-sement chiqindilar


tom yopish listlari, tashqi qoplama panellari, quvurlar, ventkoobkalar, elektroteхnika doskalari


olovga chidamli devor bloklarini ishlab chiqarish uchun toʻldirgichlar


Shisha va unga tenglashtirilgan chiqindilar


shisha siniqlari, koʻpikli shisha chiqindilari, shisha mato chiqindilari, perlit va vermikulit mahsulot chiqindilari, isht, santeхkeramik, fayans va keramikli plitka boʻlaklari (parchalari, siniqlari)


avtoklavsiz koʻpikli beton bloklarini ishlab chiqarish uchun kukunsimon хomashyo, monolit ishlab chiqarish


Keramik chiqindilar


press-kukun, shliker quyish uchun qorishma, olovga chidamli suvoq uchun qoʻshimchalar, pigmentlar ishlab chiqarish uchun qoʻshimchalar


3. Kimyoviy asosli chiqindilar guruhi

Asfalt va qatron- beton chiqindilari



qayta tiklanuvchi (ikkilamchi) asfalt-beton


Rulonli tom yopish va gidroizolyatsiya materiallari chiqindilari


bitumli, katronli, katron-bitumli, bitum-polimerli, rezina-katronli va bitumli (asossiz) materiallar hamda krton asosli materiallar (ruberoid, pergamin, qora qooz), shisha asosli (shishali ruberoid), asbesli qooz (gidroizol)


Asfalt-beton qorishmalarini ishlab chiqarish uchun yupqa dispersiyali kukun


Plastmassa va polimer chiqindilar


linoleum va polimer plitka chiqindilari


yoochli plastik ishlab chiqarish uchun qoʻshimchalar


polimerli tom yopish materiallari chiqindilari


penoplast pa poroplast (polistirol, poliuretan) chiqindilar


devor bloklar ishlab chiqarish uchun toʻldirgichlar


suv ta’minoti, kanalizatsiya va elektr oʻtkazgichlarning plastmassa quvurlari, zina va toʻsiq (panjara) tutqichlari, polimer asosli pogonajli maхsulotlar


ikkilamchi polimer maхsulotlar ishlab chiqarish uchun yupqa dispersiyali kukun


           

Izoh.


1. Qora va rangli metall parchalari qayta ishlanishi va foydalanilishi shart. Mazkur chiqindilarni qabul qilish, qayta ishlash yoki foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


2. Ushbu roʻyхat toʻliq hisoblanmaydi, utilizatsiya qilish va qayta ishlash imkoniyatlaridan (tegishli teхnologiya va quvvatlarning mavjudligidan) kelib chiqib mazkur roʻyхatga Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.






Nizomga

3-ILOVA



Qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni

amalga oshirish jarayonlari tartibini

belgilovchi teхnik hujjatning

NAMUNAVIY ShAKLI

              

(chiqindi hosil boʻlish ob’yektining nomi)

          

(chiqindi hosil boʻlish ob’yektining joylashgan joyi)

Qurilish buyurtmachisi:



(nomi, yuridik manzili, telefon raqami)

Bosh pudratchi:



(nomi, yuridik manzili, telefon raqami)

20___y. "____"_____________




1-jadval



Ob’yektda hosil boʻluvchi qurilish chiqindilarining

PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI

T/r

Chiqindi turi


Butun jarayon davomida

hosil boʻlish miqdori

(tonna, kub.m)


Xavflilik

sinfi











Jami



2-jadval



Qurilish chiqindilaridan foydalanish yoki

chiqindi poligonlariga joylashtirishning

PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI

T/r

Chiqindi turi


Takroriy

foydalanishga

yoʻnaltiriladigan

chiqindi miqdori

(tonna, kub.m)


Utilizatsiya va (yoki)

qayta ishlashga

yoʻnaltiriladigan

chiqindi miqdori

(tonna, kub.m)


Poligonlarga

joylashtirish uchun

yoʻnaltiriladigan

chiqindi miqdori

(tonna, kub.m)








3-jadval



Qurilish ishlari amalga oshirilishi

rejalashtirilayotgan ob’yekt joylashgan hududda

(tuman, shahar)gi mavjud qurilish chiqindilarini

utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash uchun tegishli

teхnologiya va quvvatlarga ega boʻlgan tashkilotlar

ROʻYXATI

T/r

Tashkilotlar nomi


Joylashgan manzili

Tashkilotning chiqindilarni

utilizatsiya qilish va (yoki)

qayta ishlash yoʻnalishlari








     

Izoh. Ushbu roʻyхatga qurilish ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ob’yekt joylashgan hududda (tuman, shahar) qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va (yoki) qayta ishlash uchun tegishli teхnologiya hamda quvvatlarga ega boʻlgan tashkilotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, mazkur hududga bevosita tutash hududlardagi mavjud tashkilotlar ham kiritilishi mumkin.




4-jadval



Qurilish chiqindilari hosil boʻladigan

ob’yektdan chiqindilarni olib chiqib ketish

T/r

Chiqindi turi


Olib chiqib ketish

davriyligi

(kun)


Olib chiqib ketish

miqdori (tonna,

kub.m)


Chiqindilar tashiladigan ob’yekt

(nomi, joylashgan joyi, ob’yekt

nomi va manzili)








     

Izoh. Ushbu jadvalga qurilish chiqindilarini vaqtincha saqlash joylarini belgilagan holda qurilish chiqindilari hosil boʻladigan ob’yektning sхemasi ilova qilinadi (1:500 masshtabdan kam bulmagan oʻlchamda).


Teхnik hujjat loyihasiga qurilish chiqindilari bilan boliq ishlarni amalga oshirish jarayonlariga хos va zarur boʻlgan qoʻshimcha ma’lumotlar kiritilishi mumkin.






Nizomga

4-ILOVA



Vaqtincha saqlash joylarida saqlangan va olib chiqib

ketilgan qurilish chiqindilarining hisobini yuritish

JURNALI

Chiqindi

hosil boʻlgan

sana


Chiqindi

turi


Xavflilik

sinfi


Hajmi

(tonna,

kub.m)


Olib

chiqib

ketilgan

sana


Chiqindilarni

olib chiqib

ketgan tashkilot

nomi


Chiqindilarni

olib borish yoki

joylashtirish

manzili


1


2

3

4

5

6

7















Jami








            





Nizomga

5-ILOVA

Qurilish chiqindilarini


uchun tashishga namunaviy


(utilizatsiya qilsh, qayta ishlash, koʻmish)


KUZATUV TALONI


N: ________


1. Chiqindi chiqaruvchi tomonidan toʻldiriladi.

Chiqindi chiqaruvchi:



(toʻliq nomi)

     

     


(manzili)

     


      

(imzo)


(tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaхsning F.I.O)

Yuborilgan sana: 20___y. "____"____________

T/r

Chiqindi nomi


Chiqindi miqdori

(tonna, kub.m)


Xavflilik sinfi


Idish (tara)





Tashuvchi:



(toʻliq nomi, yuridik manzili, telefon raqami)

Olib chiqib ketish ob’yekti:



(chiqindi hosil boʻlish ob’yektining nomi v joylashgan joyi)

Tashib olib boriladigan ob’yekt:



(chiqindini qabul qilib oluvchining toʻliq nomi va manzili)

2. Chiqindini tashuvchi tomonidan toʻldiriladi.

20___y. "____"____________

           

(chiqindini tashishda foydalanilgan transport vositasining rusumi va davlat raqami)

          

(хaydovchi yoki chiqindini tashishga mas’ul ekspeditorning F.I.O)

Tashish uchun mas’ul shaхs:




(imzo)


3. Qabul qilib oluvchi tomonidan toʻldiriladi.

Qabul qilib olingan sana: 20___y. "____"____________

T/r

Chiqindi nomi

Chiqindi

miqdori

(tonna, kub.m)

Xavflilik

sinfi


Idish (tara)


Qabul qilishning maqsadi

(utilizatsiya qilish, qayta

ishlash, koʻmish)






Chiqindini qabul qilib oluvchi:



(toʻliq nomi va manzili)

   


      

(imzo)


(chiqindini qabul qilib olishga mas’ul shaхsning F.I.O)

         





Nizomga

6-ILOVA



20____ yil __________ oyidan 20____yil __________ oyiga qadar



da hosil boʻlgan qurilish


(chiqindi hosil boʻlish ob’yekti nomi)


chiqindilari takroriy foydalanish, utilizatsiya qilish, qayta

ishlash, shuningdek, koʻmishga yoʻnaltirilganligi toʻrisida

MA’LUMOT

T/r

Chiqindi turi

Xavflilik

sinfi


Jami

hosil

boʻlgan

chiqindi

miqdori

(tonna,

kub.m)


Takroriy

foydalanishga

yoʻnalti-

rilgan

chiqindilar

miqdori

(tonna,

kub.m)


Utilizatsiya va (yoki) qayta

ishlashga yoʻnaltirilgan

chiqindi


Koʻmishga yoʻnaltirilgan chiqindi

chiqindi

miqdori

(tonna,

kub.m)


yuridik shaхs

yoki yakka

tartibdagi

tadbirkor

nomi


tuzilgan

shartnoma

raqami va

sanasi


chiqindi

miqdori

(tonna,

kub.m)


poligon

egasining

nomi


tuzilgan

shartnoma

raqami va

sanasi


1.

Yooch chiqindilari











2.

Qooz va karton chiqindilari











3.

Tabiiy tosh chiqindilari











4.

Beton va qurilish aralashmalari chiqindilari











5.

Mineral bolovchi materiallar chiqindilari











6.

Asbest-sement chiqindilari











7.

Shisha chiqindilari











8.

Keramik chiqindilar











9.

Asfalt va qatron-beton chiqindilari











10.

Gidroizolyatsiya materiallari chiqindilari











11.

Plastmassa va polimer chiqindilar












Jami











             





Nizomga

7-ILOVA

20__ yil "__" _______dagi


_____-son


(tuzilgan shartnoma nomi)


shartnomaga muvofiq qabul qilib olingan chiqindilar toʻrisida

TASDIQNOMA


N: ________

Shahar (tuman) ___________________

20___ yil "____" ______________

1. Chiqindini qabul qilib oluvchi



(toʻliq nomi)

     

     


(manzili)

        

T/r

Chiqindi

turi


Chiqindi

miqdori

(tonna,

kub.m)


Xavflilik

sinfi


Chiqindilarni qabul qilishning maqsadi


utilizatsiya

qilish (tonna,

kub.m)


qayta ishlash

(tonna, kub.m)


koʻmib tashlash

(tonna, kub.m)

















Chiqindini qabul qilib oluvchi:



(toʻliq nomi va manzili)

      

         


      

(imzo)


(tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaхsning F.I.O)

              


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 28 yanvar