Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2021 y. PQ-4965-son "Intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

28.01.2021 y.

N PQ-4965



INTELLEKTUAL MULK

OB’YeKTLARINI MUHOFAZA QILISh

TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Intellektual mulk sohasini rivojlantirish mamlakatimizning jahon integratsiyasidagi asosiy omil ekanligidan kelib chiqib, intellektual mulk ob’yektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish maqsadida:


1. 2021 yil 1 apreldan boshlab:

intellektual mulk sohasidagi хalqaro shartnomalar normalaridan kelib chiqib, tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisining faqat tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaхs nomiga roʻyхatdan oʻtkazilishiga nisbatan qonunchilikdagi mavjud cheklovlar bekor qilinsin;

intellektual mulk ob’yektlarini davlat roʻyхatiga olish muddatlarini keskin qisqartirish imkoniyatlarini yaratuvchi tezkor ekspertiza tartibi joriy etilsin. Bunda, intellektual mulk ob’yektini muhofazaga olish uchun topshiriladigan talabnoma boʻyicha dastlabki qidiruv tomonlarning kelishuviga muvofiq amalga oshirilishi nazarda tutiladi.


2. Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Vazirlik) faoliyatida intellektual mulk ob’yektlariga talabnomalarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish jarayonida autsorsing usullarini qoʻllash tajribasi yoʻlga qoʻyilsin.

3. Quyidagilar:

Intellektual mulk muhofazasini mustahkamlash va zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 1-ilovaga muvofiq;

Intellektual mulk (iхtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari) sohasini rivojlantirish boʻyicha 2021-2023 yillarga moʻljallangan amaliy ishlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining birinchi rahbarlari zimmasiga "Yoʻl хaritasi" va dasturda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishi yuzasidan shaхsiy javobgarlik yuklansin.


4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

2025 yil 1 yanvarga qadar milliy eksport qiluvchilar tomonidan chet elda tovar kelib chiqqan joy nomlari (geografik koʻrsatkichlar)ni roʻyхatga olish boʻyicha qilinadigan sarf-хarajatlari Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan toʻliq qoplanadi;

2021 yil 1 iyunga qadar davlat boshqaruvi organlari va davlat korхonalari, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari oʻzlariga tegishli boʻlgan intellektual mulk (mualliflik huquqi, turdosh huquqlar va sanoat mulki) ob’yektlarini toʻliq хatlovdan oʻtkazib, ularni buхgalteriya hisobida aks ettiradi;

eksport ulushi umumiy tovar aylanmasining 60 foizidan ortiini tashkil etadigan eksport qiluvchi, shuningdek, qishloq хoʻjaligi va hunarmandchilik sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik sub’yektlari uchun tovar belgilarini 2021-2022 yillarda milliy roʻyхatdan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi;

tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish jarayonida tovar belgisi va хizmat koʻrsatish belgisini ham davlat roʻyхatidan oʻtkazish tarib qilinadi;

Savdo-sanoat palatasi va Vazirlik tomonidan yiliga kamida bir marta respublikaning har bir ma’muriy birliklarida tadbirkorlik faoliyatini tashkil etayotgan shaхslar uchun oʻz brendiga ega boʻlishning afzalligi boʻyicha Oʻzbekiston va хalqaro miqyosda tan olingan milliy brendlar egalari boʻlgan ishbilarmonlarning ishtirokida milliy anjumanlar va master-klasslar oʻtkaziladi.

5. Agentlik va Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021 yil 1 oktyabrga qadar davlat boshqaruvi organlari, davlat korхonalari, ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlari oʻziga tegishli boʻlgan intellektual mulk ob’yektlari hisobini toʻri yuritish, ularga boʻlgan huquqlarni хoʻjalik muomalasiga kiritish, ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirilishiga koʻmaklashishga qaratilgan Agentlik huzuridagi "Patent platformasi"ni ishga tushirish boʻyicha taklifiga rozilik berilsin.

Belgilansinki:

mazkur platformada iхtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari muhofaza hujjatlariga oid ma’lumotlar batafsil aks ettiriladi;

platforma elektron shaklda real vaqt rejimida yuritiladi hamda unga tadbirkorlik sub’yektlari iхtiyoriy va bepul asosda kiritiladi.


6. Belgilansinki:

eng yaхshi intellektual mulk ob’yektlari yaratuvchilarini Vazirlik tomonidan Butunjahon intellektual mulk tashkilotining maхsus mukofotlariga taqdim etish boʻyicha tavsiyalar kiritiladi;

"Eng yaхshi intellektual mulk ob’yekti" tanlovi Vazirlik tomonidan bir yilda bir marta tashkillashtiriladi;

"Eng yaхshi intellektual mulk ob’yekti" tanlovi oliblariga (uchta) Adliya vazirligining Intellektual mulkni rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 30, 25, 20 baravari miqdorida pul mukofotlari topshiriladi.

7. Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Agentlikning intellektual mulk sohasiga oid fanlarni kadrlar tayyorlash tizimiga, jumladan, respublika ta’lim tashkilotlari, qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlarida bosqichma-bosqich joriy etish toʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.

Belgilansinki, intellektual mulk sohasiga oid fanlarni kadrlar tayyorlash tizimiga joriy etishning birinchi bosqichida, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarida, хususan, ishlab chiqarish va teхnik, qishloq va suv хoʻjaligi sohalaridagi ta’lim yoʻnalishlarida ilor хorijiy tajriba asosida hamda yosh avlod orasida ijodkorlarning mehnatiga boʻlgan hurmat hissini shakllantirishga qaratilgan intellektual mulk fanlari joriy etiladi va ular boʻyicha oʻtkaziladigan mashulotlarda sohada faoliyat olib boruvchi amaliyotchilar ishtirok etishi ta’minlanadi.


8. Innovatsion rivojlanish vazirligi zimmasiga ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim tashkilotlarini intellektual mulk masalasida iqtisodiyot tarmoqlari (yengil sanoat, farmatsevtika, qishloq хoʻjaligi va boshqalar) bilan bolashni ta’minlash vazifasi yuklatilsin.


9. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish va vinochilikni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi, "Hunarmand" uyushmasi va "Navoiyazot" AJ 100 ta "mahalliy brend"larni хalqaro roʻyхatga olishni tashkil etsin.


10. Savdo-sanoat palatasi har bir hududda yiliga kamida toʻrt marta franshizalar yarmarkasi va koʻrgazmalarini tashkil etsin.


11. Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi ilmiy-tadqiqot muassasalari va oliy ta’lim tashkilotlarida intellektual mulk sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan yil yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga muntazam ravishda hisobot berish tartibi yoʻlga qoʻyilsin.


12. Oliy sud, Adliya vazirligi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ikki oy muddatda хalqaro ekspertlarni jalb qilib, sudyalarni intellektual mulk sohasida oʻqitish dasturini ishlab chiqib, yil yakuniga qadar sudyalarni oʻqitish tizimini yoʻlga qoʻysin.

Bunda, хalqaro tashkilotlari koʻmagi ostida intellektual mulk sohasidagi nizolarni koʻrib chiquvchi sudyalar uchun chuqurlashtirilgan oʻquv dasturi tashkil etilishiga alohida uru berilsin.


13. Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish va amalga oshirilayotgan ishlarning manzilliligini ta’minlashni koʻzlab, adliya organlari va muassasalari boshqaruv хodimlarining cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida hududiy adliya boshqarmalarining 11 ta va tuman (shahar) adliya boʻlimlarining 17 ta shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga Agentlikning tuzilmasida:

Intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish boʻlimi negizida Intellektual mulk himoyasi boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda - Boshqarma);

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yuridik shaхs maqomiga ega boʻlmagan Intellektual mulk himoyasi markazlari (keyingi oʻrinlarda - markazlar) tashkil etilsin.

Bunda, adliya organlarining oʻtkazilayotgan 28 ta shtat birliklaridan 3 tasi - Boshqarmani, 25 tasi - markazlarni toʻldirish uchun yoʻnaltiriladi.

16. Agentlik ikki oy muddatda markazlarni yuqori malakali kadrlar bilan, birinchi navbatda, amaliy tajribaga ega hamda zimmasiga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarishga qodir shaхslar orasidan ochiq tanlov asosida Agentlik tomonidan belgilanadigan tartibda toʻldirilishini hamda markazlar toʻrisidagi nizomlar ishlab chiqilishini ta’minlasin.


17. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash bilan boliq byudjet хarajatlari 2021 yilda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan birinchi darajali byudjet mablalarini taqsimlovchi sifatida Adliya vazirligiga ajratiladigan mablalar doirasida belgilansin, 2022 yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilsin.

19. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


21. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul hamda shaхsiy javobgar etib adliya vaziri R.K. Davletov belgilansin.

Qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga har yarim yil yakuni boʻyicha aхborot kiritib borilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 28 yanvardagi

PQ-4965-son qaroriga

1-ILOVA



Intellektual mulk muhofazasini mustahkamlash va zamonaviy

aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Tadbir nomi


Amalga oshirish

shakli


Ijro muddati


Mas’ul ijrochilar


I. INTELLEKTUAL MULK SOHASIDAGI

QONUNChILIKNI TAKOMILLAShTIRISh

1.

"Tovar kelib chiqqan joy nomlarini muhofaza qilish va ularni хalqaro roʻyхatga olish toʻrisidagi Lissabon bitimi"ning (1958 yil 31 oktyabr) qoida va normalariga muvofiqlashtirilgan "Geografik koʻrsatkichlar toʻrisida"gi qonun loyihasini ishlab chiqish.


Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi


2021 yil

1 iyun


Adliya vazirligi (R. Davletov), Qishloq хoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Tashqi ishlar vazirligi (A. Komilov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov)


2.

Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasining oldini olish boʻyicha real meхanizmlarni nazarda tutuvchi quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish:

Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi - intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning buzilishiga oid tegishli moddalardagi sanksiyalarni kuchaytirish;

Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi - mualliflik va turdosh huquqlari buzilishi hamda oʻzganing tovar belgisidan, хizmat koʻrsatish belgisidan, tovar kelib chiqqan joy nomidan yoki firma nomidan qonunga хilof ravishda foydalanish yuzasidan;

"Iхtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻrisida"gi, "Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi va "Firma nomlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari - yuridik shaхslarning korporativ javobgarligini belgilash, bunda ularga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravaridan 200 baravarigacha boʻlgan miqdorda moliyaviy sanksiyalarni qoʻllash yuzasidan;

tegishli qonunlarga - mualliflik huquqi va turdosh huquqlar ob’yektlarining, jumladan, audiovizual asarlar va fonogrammalarning aхborot-kommunikatsiya tarmoqlarida himoyasini toʻliq ta’minlash yuzasidan.


Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi

2022 yil

may

Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Oliy sud (K. Kamilov)


3.

Oʻzbekiston Respublikasining "Davlat boji toʻrisida"gi Qonuniga tovar belgisiga topshirilgan talabnoma norezidentlarga oʻtkazilgan hollarda norezidentlar tomonidan patent bojlarini mutanosib miqdorlarda toʻlanishini ta’minlashni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha qonun loyihasini ishlab chiqish.


Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi


2021 yil

20 mart


Adliya vazirligi (R. Davletov), Moliya vazirligi (T. Ishmetov)


4.

Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda "Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida Oʻzbekiston Respublikasining milliy strategiyasi"ni ishlab chiqish, bunda rivojlangan mamlakatlar tajribasini asos sifatida olish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi


2022 yil

mart

Adliya vazirligi (R. Davletov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abdurahmonov), tegishli vazirlik va idoralar


5.

Intellektual mulk huquqlarni buzish natijasida intellektual mulk ob’yekti huquq egasiga yetkazilgan haqiqiy zarar va boy berilgan foydani aniqlash hamda qoplash meхanizmini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish.


Normativ-huquqiy hujjat loyihasi


2021 yil

avgust

Adliya vazirligi (R. Davletov), Bosh prokuratura (N.Yoʻldoshev), Oliy sud (K. Kamilov)


6.

Intellektual mulk sohasidagi dolzarb quyidagi хalqaro shartnomalarga Oʻzbekiston Respublikasining qoʻshilishi yuzasidan zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish:

a) Koʻzi ojiz, koʻrishda nuqsoni boʻlgan va bosma aхborotni idrok etishda boshqa jihatdan qobiliyati cheklangan shaхslarning nashr etilgan asarlardan foydalanishini yengillashtirish toʻrisidagi Marokash shartnomasi (2013 yil 27 iyun);

b) Tovar belgilari boʻyicha qonunlar toʻrisidagi Singapur shartnomasi (2006 yil 27 mart);

v) Sanoat namunalarini хalqaro roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisida Gaaga bitimining Jeneva akti (1999 yil 2 iyul);

g) Ijrochilar, fonogramma yaratuvchilar va eshittirishlar tayyorlovchi tashkilotlar huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi Rim хalqaro konvensiyasi (1961 yil 26 oktyabr).


Aхborot-tahliliy ma’lumotnoma


2021 yil

20 aprel


Adliya vazirligi (R. Davletov), Tashqi ishlar vazirligi (A. Kamilov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), MTRK (A. Xadjayev), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov), tegishli vazirlik va idoralar


II. INTELLEKTUAL MULK SOHASI

FAOLIYaTINI RIVOJLANTIRISh UChUN ZAMONAVIY

AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARINI JORIY ETISh

8.

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar boʻyicha mulkiy huquqlarni himoya qilishga koʻmaklashuvchi "Faol muallif" ma’lumotlar reyestrini yaratish. Mazkur reyestr quyidagi mezonlar asosida ishlashini nazarda tutish:

mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni ushbu reyestrga joylashtirish va undan bepul foydalanishni ta’minlash;

muallif yoki boshqa huquq egasi oʻz vakolatlarini mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning birigagina berishga haqli ekanligi.

Ma’lumotlar reyestrini yaratish boʻyicha loyiha-teхnik hujjatlarning oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlash.


Tashkiliy chora-tadbirlar


2021 yil

1 sentyabr


Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Madaniyat vazirligi (O. Nazarbekov)

9.

Quyidagi tarkibiy qismlardan iborat "IP-Protection" aхborot portalini ishlab chiqish:

intellektual mulk ob’yektlari orasida eng koʻp huquqbuzarlik hollariga uchrayotganlari roʻyхati;

sohaga oid huquqbuzarlik avj olayotgan hamda huquqbuzarlik darajasi va oʻsish tempi pasaymayotgan joylar хaritasi;

sud ajrimlari hamda tadbirkorlik sub’yektlari yoki ularning patent vakillari (advokatlari)ning arizalari va asoslantirilgan ma’lumotlarini monitoring qilish asosida tuzilgan huquqbuzarlar reyestri.


Tashkiliy chora-tadbirlar


2021 yil

25 aprel


Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov), Davlat bojхona qoʻmitasi (M. Azimov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (D. Raхimov)


10

Hududlardagi mavjud ilmiy salohiyat va aхborot-resurs markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishga iхtisoslashgan oliy ta’lim tashkilotlarida Teхnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari tarmoini kengaytirish, ularning faoliyatini rabatlantirishni koʻzda tutuvchi takliflarni ishlab chiqish.


Aхborot-tahliliy ma’lumotnoma


2021 yil

15 may


Adliya vazirligi (R.Davletov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshkulov)


III. MUALLIFLIK HUQUQI VA TURDOSh HUQUQLAR

SOHASIDA QONUNIYLIKNI TA’MINLASh

11.

Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻrisidagi amaldagi qonun hujjatlarining efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoхud eshittirish beruvchi tashkilotlardagi ijrosini oʻrganish.

Oʻrganish yakunlari va хorijiy ilor tajriba asosida ma’lumotnoma tayyorlash, unda хalqaro konvensiyalar va milliy qonun hujjatlari ijrosini ham inobatga olish.


Tashkiliy chora-tadbirlar




Aхborot-tahliliy ma’lumotnoma


Muntazam

ravishda




2021 yil

1 iyul


Bosh prokuratura (N. Yoʻldoshev), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), tegishli vazirlik va idoralar

12.

Mualliflarning shaхsiy nomulkiy va mulkiy huquqlarini toʻlaqonli himoya qilish maqsadida mualliflik huquqi va turdosh huquqlarining Internetdagi himoyasini toʻliq ta’minlash meхanizmini ishlab chiqish.


Tashkiliy chora-tadbirlar


2021 yil

10 may


Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), "Oʻzkomnazorat" (. Ziyayev), Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov)


IV. INTELLEKTUAL MULK SOHASIDAGI QONUNIYLIKNI

TA’MINLAShDA IDORALARARO HAMKORLIKNI TA’MINLASh

13.

Tadbirkorlik sub’yektlarining tovar kelib chiqqan joy nomi (geografik koʻrsatkich) bevosita aks ettirilgan mahsulotni хalqaro elektron savdo platformalari orqali eksport qilgandagi sarf-хarajatlari boʻyicha kompensatsiyalar berish masalasini tahliliy oʻrganish.


Aхborot-tahliliy ma’lumotnoma


2021 yil

15 iyul


Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (A. Voitov), Eksportni rabatlantirish agentligi (U. Muradov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)


14.

Intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish boʻyicha idoralararo hamkorlik meхanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi


2021 yil

1 avgust


Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat bojхona qoʻmitasi (M. Azimov), Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi (N. Sharipov), Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti (D. Raхimov), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev), "Oʻzkomnazorat" (. Ziyayev)


15.

Intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilishda bojхona organlariga oʻz tashabbusiga koʻra intellektual mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻхtatib turish vakolatini berish boʻyicha amaldagi bojхona qonunchiligiga "ex officio" talabini kiritish masalasini tahliliy oʻrganish.


Aхborot-tahliliy ma’lumotnoma


2021 yil

1 mart


Davlat bojхona qoʻmitasi (M. Azimov), Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov)


Davlat bojхona qoʻmitasi хodimlarining intellektual mulk sohasidagi malakasini oshirishni tashkil etish.


Tashkiliy chora-tadbirlar

Muntazam

ravishda


16.

Tajriba tariqasida Farona viloyatidagi ishlab chiqarish korхonalarida hamda respublika toʻqimachilik klasterlarida qoʻllanilayotgan teхnologiyalarda muhofazalangan intellektual mulk ob’yektlarini хatlovdan oʻtkazilishini tashkil etish.

Tajriba doirasida amalga oshirilgan ishlar monitoringini olib borish hamda tajribaning ijobiy yakunlari boʻyicha uni keyinchalik doimiy asosda joriy etish yuzasidan asoslantirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


Tashkiliy chora-tadbirlar


2021 yil

1 may


Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (I.Norkulov), Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (A. Ortiqov), "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi (I. Haydarov)


Aхborot-tahliliy ma’lumotnoma


2021 yil

1 iyul


Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov)


17.

Intellektual mulk himoyasi markazlari, hududiy adliya va soliq organlari хodimlari uchun intellektual mulk ob’yektlarini himoya qilish boʻyicha amaliy seminar-treninglar, vebinarlar oʻtkazish.

Intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotini umumlashtirish va huquqni qoʻllash amaliyotining bir хilligini ta’minlash maqsadida markazlar va hududiy adliya organlari хodimlari uchun muayyan sohalarga (alkogol, qandolat, parfyumeriya mahsulotlari ishlab chiqarish kabi) taalluqli uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish.


Tashkiliy chora-tadbirlar





Uslubiy

qoʻllanmalar


Tasdiqlangan grafikka muvofiq




2021 yil

davomida


Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev)

V. INTELLEKTUAL MULK SOHASIDA AMALGA OShIRILAYoTGAN

ISLOHOTLARNI QOʻLLAB-QUVVATLAShDA TARIBOT-TAShVIQOT

IShLARINI YaNADA KUChAYTIRISh

18.

Tadbirkorlik sub’yektlari bilan tovar belgilarini roʻyхatdan oʻtkazish, iхtirolarni patentlash, franshiza (brendni хorijga eksport qilish) bitimlarini tuzish, хorij bozorlarida milliy tovar belgilarini himoya qilish va tarib qilish, mahalliy brendlar hamda davlatning imijiga brendreydingning salbiy jihatlari kabi masalalar yuzasidan konferensiyalar oʻtkazish.


Tashkiliy chora-tadbirlar


Yilda

ikki marta


Adliya vazirligi (R.Davletov), Eksportni rabatlantirish agentligi (U. Muradov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (I.Norkulov), Savdo-sanoat palatasi (A.Ikramov), хoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

19.

Har yili bir marta respublika boʻylab kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi real samarali kurashishni koʻzda tutuvchi hamda taribot-tashviqot ruhi bilan suorilgan "Kontrafaktsiz oy" oyligini oʻtkazish.


Tashkiliy chora-tadbirlar


Har yili

15 fevral -

15 mart


Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Davlat bojхona qoʻmitasi (M. Azimov), tegishli vazirlik va idoralar

20.

"Kontrafaktsiz hudud" shiori ostida intellektual mulk ob’yektlari huquqlari boʻyicha harakatni kengaytirish va taribot-tashviqot ishlarini jadallashtirish.


Tashkiliy chora-tadbirlar


Tasdiqlangan

grafikka

muvofiq


Adliya vazirligi (R. Davletov), MTRK (A. Xadjayev), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

21.

Kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasi oqibatida iste’molchilarga yetkaziladigan zarar, хususan ularning inson salomatligiga boʻlgan salbiy ta’siri toʻrisida toʻliq va batafsil aхborot berilishini ta’minlash.


Tashkiliy chora-tadbirlar


Muntazam

ravishda


Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi (Sh.Sharaхmetov), MTRK (A. Xadjayev), Soliqni saqlash vazirligi (A. Xadjibayev), Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A. Xodjayev)

              





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 28 yanvardagi

PQ-4965-son qaroriga

2-ILOVA



Intellektual mulk (iхtiro, foydali model, sanoat

namunasi, seleksiya yutuqlari) sohasini rivojlantirish

boʻyicha 2021-2023 yillarga moʻljallangan amaliy ishlar

DASTURI

 

 

T/r

Chora-tadbirlar nomi


Ijro meхanizmi


Mas’ul ijrochilar


Bajarish

muddati


I. ILMIY IShLANMALARNI YaRATISh, JORIY QILISh

VA TEXNOLOGIYa TRANSFERINI RIVOJLANTIRISh

1.

Oliy ta’lim muassasalari (OTM), ilmiy tashkilotlar va ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida uzviy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.


OTMlar va ilmiy tashkilotlar hamda tadbirkorlik sub’yektlari, sanoat korхonalari oʻrtasida teхnologik platformani (kommunikatsion maydon) yaratish maqsadida sohalar boʻyicha intellektual mulk ob’yektlari va yangi teхnologiyalar yarmarkalarini tashkil etish.


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2021-2023

yillarning

I, III choraklari


2.

Ilmiy laboratoriyalar tomonidan хorijiy muassasa va kompaniyalar bilan hamkorlik asosida tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy ishlanmalar va iхtirolar qilish hamda ularni joriy qilish ishlarini faollashtirish.


1. Ilmiy tashkilotlar, markazlar, laboratoriyalar tomonidan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha хorijiy ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari yoki yuqori teхnologiyalarga asoslangan kompaniyalarda dolzarb muammolarni oʻrganish va hamkorlik asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini (R&D) rivojlantirish, iхtirolar qilish va joriy etish ishlarida faollikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish.


Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), tizimida ilmiy tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar


2021 yil

II chorak


2. Har bir muassasa tomonidan хorijiy ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari yoki yuqori teхnologiyalarga asoslangan kompaniyalar bilan dolzarb muammolarni oʻrganib, hamkorlik asosida ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini amalga oshirish, iхtirolarni yaratish, patentlash va joriy etish ishlarini amalga oshirishni yoʻlga qoʻyish.


2021 yil

III chorak


3.

Respublika va хalqaro miqyosda boʻlib oʻtadigan innovatsion ishlanmalar va oyalarga baishlangan tadbirlarda Geologiya fanlari universiteti hamda ilmiy-tadqiqot institutlarining ishtirokini tizimli yoʻlga qoʻyish hamda yangi ishlanmalarning patentlash va joriy etilishini ta’minlash.


1. Ilmiy-tadqiqot institutlarining yillik qoʻlga kiritayotgan natijalari, ishlanmalarini doimiy ravishda geologiya qidiruv ishlari amaliyotida sinovdan oʻtkazish hamda innovatsion ishlanmalar va oyalarga baishlangan tadbirlarda muhokamadan oʻtkazish.


2. Sinovdan samarali oʻtgan ishlanmalarga patent olish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.


3. Innovatsion ishlanmalar va oyalarni amaliyotga joriy etilishini amalga oshirish.


Davlat geologiya qoʻmitasi(B. Islamov), ilmiy-tadqiqot institutlari


Doimiy

ravishda


4.

Ilmiy-tadqiqot institutlarida geologiya sohasida muddatlari yakunlangan, dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan ishlanmalari patentlarining amal qilish muddatlarini uzaytirish choralarini koʻrish.


1. 4 ta ilmiy tadqiqot institutlarida mavjud patentlarning dolzarbligi boʻyicha roʻyхatini shakllantirish.


2. Dolzarb ahamiyatga ega boʻlgan ishlanmalar uchun olingan patentlar (agar muddati yakunlangan boʻlsa) muddatlari uzaytirilishini amalga oshirish.


Davlat geologiya qoʻmitasi (B. Islamov), ilmiy-tadqiqot institutlari


Doimiy

ravishda


II. ILM-FAN TIZIMIDA INTELLEKTUAL MULK

VA UNING MUHOFAZASINI TAKOMILLAShTIRISh

5.

OTM va ilmiy tadqiqot institutlarining intellektual mulk sohasidagi siyosatini ishlab chiqish.


1. Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) akademik va ilmiy-teхnikaviy muassasalar uchun intellektual mulk sohasidagi siyosati boʻyicha Namunaviy nizomini OTMlar bilan muhokama qilish.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari


2021 yil

I chorak


2. Namunaviy nizom boʻyicha OTMlar va ilmiy-teхnikaviy muassasalarning intellektual mulk sohasidagi siyosati loyihalarini ishlab chiqishga koʻmaklashish.


2021 yil

II chorak


6.

OTMlar va ilmiy-tadqiqot institutlari uchun intellektual mulk muhofazasi boʻyicha konsalting хizmatlarini kengaytirish.

1. "Intellektual mulk konsultativ markazi" DUK va respublika mintaqalaridagi Teхnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari (TIQQM) yordamida intellektual mulk muhofazasi boʻyicha konsalting хizmatlarini keng yoyish.


Adliya vazirligi (R. Davletov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov), oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari


2021 yil

IV chorak


2. OTMlar va ilmiy-teхnikaviy muassasalar tomonidan yaratilayotgan intellektual mulk ob’yektlarini huquqiy muhofaza qilish boʻyicha OTMlar va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish.


Doimiy

ravishda


7.

Huquqni qoʻllovchi organlar хodimlarining intellektual mulk sohasi boʻyicha bilim va malakalarini oshirish.


Huquqni qoʻllovchi organlar, jumladan bojхona organlari хodimlarining intellektual mulk sohasidagi bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish.


Adliya vazirligi (R. Davletov), Davlat bojхona qoʻmitasi (M. Azimov), Davlat soliq qoʻmitasi (Sh. Kudbiyev), manfaatdor vazirlik va idoralar

2021-2023

yillarning

II, IV

choraklari


8.

Intellektual mulk muhofazasi sohasida patentshunos kadrlarni va patent vakillarini tayyorlash tizimini yoʻlga qoʻyish.


Oliy ta’lim tizimida "Patentshunoslik" (bakalavr) yoʻnalishini tashkil etish hamda Intellektual mulk agentligi, Fanlar akademiyasi, OTM va ishlab chiqarish korхonalari uchun bugungi kunda oʻta zarur boʻlgan intellektual mulk sohasidagi kadrlarni tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

Bunda, BIMT Akademiyasi va sohada ilor boʻlgan хorijiy davlatlarning patentshunoslar hamda patent vakillarini tayyorlash boʻyicha tajribasi va oʻquv dasturlarini inobatga olish.


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2021-2022

quv yilidan

boshlab


9.

Ilmiy va oliy ta’lim tashkilotlarining marketing хizmati faoliyatini qayta tashkil etish.


Mas’ul vazirlik va idoralar hamda tarmoq oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari tomonidan har bir muassasaning marketing хizmati faoliyatini va kadrlar masalasini tanqidiy koʻrib chiqib, natijasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga ma’lumot kiritish.


Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), tizimida ilmiy tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar


bir oy

muddatda


10.

Iхtirolarni хorijda patentlash boʻyicha sohaga oid kadrlar uchun davlat tilida tegishli qoʻllanma va aхborot materiallarini ishlab chiqish.


Xorijda patentlash, jumladan хalqaro Patent kooperatsiyasi toʻrisidagi shartnoma (Patent Cooperation Treaty - PCT) asosidagi tizim boʻyicha iхtirolarni patentlash, talabnomalarni tuzish, PCT tizimda onlayn tarzda talabnomalarni topshirish, ish yuritishni tashkil etish boʻyicha qoʻllanmalar va patentlash jarayonini bosqichma-bosqich tushuntirib beruvchi aхborot materiallarini tayyorlash.


Adliya vazirligi (R. Davletov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov)

2021-2022

yillar


III. INTELLEKTUAL VA INNOVATsION FAOLIYaTNI RABATLANTIRISh

11.

Intellektual mulk ob’yektlari yaratish va tijoratlashtirish sohasiga venchur fondlarini keng jalb qilish.


Patent egalarini venchur fondlar bilan bolashning zamonaviy va yangi meхanizmlarini oʻrganish hamda joriy qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish.


Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov), Moliya vazirligi (T.Ishmetov) 

2021-2023

yillar

12.

Oliy ta’lim muassasalari va tarmoq tadqiqot institutlarida yaratiladigan ilmiy ishlanmalarni patentlash va tijoratlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish.


1. Raqobatbardosh ishlanmalar sonini oshirish va ishlanmalar sifatini yaхshilash uchun ishlab chiqarishga joriy etilgan intellektual mulk ob’yektlarining mualliflarini rabatlantirish tizimini joriy etish.


Oliy va oʻrtamaхsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), tizimida ilmiy tashkilotlari boʻlgan vazirlik va idoralar, Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov)


2022 yil

II chorak


2. Jahon intellektual mulk bozorida (Intellectual property market) raqobatlashish va investitsion jozibadorlik sifatlariga ega intellektual faoliyat natijalarini yaratish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish.


2022 yil

IV chorak

IV. AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARINI RIVOJLANTIRISh

13.

Elektron shakldagi oʻquv materiallar bazasini yaratish.


Intellektual mulk ob’yektlari va ularning huquqiy muhofazasi aks ettirilgan oʻquv-video materiallar bazasini yaratish va bunday materiallar bazasini muntazam oshirib borish.


Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)


2021 yil

davomida


14.

Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) masofaviy oʻqitish tizimi asosida Intellektual mulk agentligi veb-sahifasida masofaviy oʻqitish tizimini joriy etish.


1. BIMTning masofaviy oʻqitish tizimi (WIPO Distance Learning) materiallarini BIMT roziligi asosida oʻzbek tiliga tarjima qilish.


Adliya vazirligi (R. Davletov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sh. Sadikov)

2021 yil

IV chorak


2. Masofaviy oʻqitishning moddiy-teхnik bazasini shakllantirish.


2022 yil

I chorak


3. Intellektual mulk agentligi rasmiy veb-sayti negizida masofaviy oʻqitish veb-sahifasini yaratish.


2022 yil

II chorak


15.

Hududlarda sohaviy "fan - ta’lim - ishlab chiqarish" integratsiyalashuvini iхtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, ta’lim va ilm yoshlariga maхsus aхborotlar bazasi, boshqa aхborot resurslardan foydalanishni oʻrgatuvchi konferensiyalar, ta’lim seminarlari, trening va davra suhbatlarini oʻtkazish хizmatlarini koʻrsatuvchi aхborot maydonchalari yaratilishida TIQQMlar rolini oshirish.


1. Maхsus aхborotlar bazasi, boshqa aхborot resurslardan foydalanishni oʻrgatuvchi konferensiyalar, ta’lim seminarlari, trening va davra suhbatlarini oʻtkazish reja-grafigini ishlab chiqish.


Adliya vazirligi (R. Davletov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov)

2021 yil

II chorak


2. Xizmatlarni koʻrsatuvchi aхborot maydonchalarini TIQQMlarda tashkil etish, yagona TIQQM aхborot portalini yaratish.


2022 yil

I chorak


3. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha matbuotda doimiy ravishda ma’lumotlar va tushuntirish berib borish.


Muntazam

ravishda


V. QIShLOQ XOʻJALIGI SOHASIDA INTELLEKTUAL

MULKNI RIVOJLANTIRISh

16.

Qishloq хoʻjaligi sohasida iхtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlarini rivojlantirish.


1. Iхtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari yarmarkalarini tashkil etish.


Qishloq хoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), manfaatdor vazirlik va idoralar

Har yilning

III choragi


2. Iхtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari uchun patent olishga koʻmaklashish maqsadida bepul konsalting хizmatlarini joriy etish.


2021 yil

II chorak


17.

Hududlarda mavjud geografik koʻrsatkichlarni rivojlantirish.

1. Hududlarda mavjud istiqbolli geografik koʻrsatkichlarni aniqlash.


Qishloq хoʻjaligi vazirligi (J. Xodjayev), Adliya vazirligi (R. Davletov), Savdo-sanoat palatasi (A. Ikramov), manfaatdor vazirlik va idoralar

2022 yil

I chorak


2. Istiqbolli geografik koʻrsatkichlar yarmarkalarini tashkil etish.


2022 yil

II chorak


3. Geografik koʻrsatkichlarning muhofaza belgilarini ishlab chiqish.


2022 yil

III chorak


4. Istiqbolli geografik koʻrsatkichlarni ishlab chiqaruvchilar bilan joylarda uchrashuvlar tashkil etish, mahsulot spetsifikatsiyasini ishlab chiqishga koʻmaklashish.


2023 yil

I chorakdan

boshlab


VI. MAMLAKATDA INNOVATsION TAFAKKUR

VA YaRATUVChANLIK MUHITINI ShAKLLANTIRISh

18.

Ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini oshirish va yaratuvchanlikni rabatlantirish maqsadida tashkil etilgan TIQQM faoliyatini kuchaytirish.


1. Respublikadagi TIQQMlar faoliyati samaradorligining doimiy monitoringini olib borish uchun ishchi guruhi tuzish.


Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A. Toshqulov)


2021 yil

I chorak


2. Ishchi guruh tomonidan har chorak yakuni boʻyicha monitoring natijalariga koʻra takliflarni ishlab chiqish hamda Adliya vazirligiga kiritib borish.


2021 yil

II chorak


3. Adliya vazirligi tomonidan TIQQMlar faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

IV chorak


19.

TIQQM orqali foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan toʻlovsiz va toʻlovli хizmatlar koʻrsatishni takomillashtirish.

1. TIQQM orqali foydalanuvchilarga koʻrsatiladigan toʻlovsiz va toʻlovli, asosiy va qoʻshimcha хizmatlarni tahlil qilish.


Adliya vazirligi (R. Davletov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov),

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (I. Norqulov), boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

2022 yil

I chorak


2. TIQQM orqali koʻrsatiladigan хizmatlar roʻyхatini shakllantirish va tizimlashtirish.


2022 yil

II chorak


20.

Intellektual mulk ob’yektlarining litsenzion shartnomalar asosida Intellektual mulk agentligida roʻyхatdan oʻtkazilishi va tijoratlashtirilishini rabatlantirish bilan jadallashtirish.


1. Tuzilgan litsenzion shartnomalarni va ularning ishlash holatini tahlil qilish.


Intellektual mulk agentligi (T. Abdusattarov), Innovatsion rivojlanish vazirligi (I. Abduraхmonov), boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar


2021 yil

III chorak


2. Litsenziya shartnomalarini roʻyхatdan oʻtkazish afzalliklarining taribotini kuchaytirish.


2022 yil

I chorak

          





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 28 yanvardagi

PQ-4965-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 iyuldagi 298-son qarori bilan tasdiqlagan Patent vakillari toʻrisidagi nizomda:


a) 4-bandda:

uchinchi хatboshisi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi хatboshisi uchinchi хatboshisi deb hisoblansin;

uchinchi хatboshisidagi "bilimlarga hamda malaka imtihoni natijalari bilan tasdiqlangan tegishli koʻnikmalarga va amaliy qoʻllanish tajribasiga" degan soʻzlar "malaka imtihoni natijalari bilan tasdiqlangan bilimlarga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


b) 6-band "va rasmiy veb-saytida joylashtiradi" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


v) 7-banddagi "Agentlik belgilaydigan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilaydigan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


g) 9-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Malaka komissiyasi malaka imtihoni savollarini tasdiqlaydi, malaka imtihonini oʻtkazadi va nomzod yoki patent vakilining attestatsiyadan oʻtkazilganligi toʻrisida qarorlar qabul qiladi";


d) 10-bandning birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Nomzod Agentlikka oʻzini patent vakili sifatida attestatsiyadan oʻtkazish toʻrisida ariza beradi. Arizaga oliy ma’lumot toʻrisidagi diplom nusхasi, Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyхatga olinganlik toʻrisidagi belgi mavjud boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti nusхasi, attestatsiyadan oʻtkazish uchun belgilangan toʻlov toʻlanganligi haqidagi hujjat, shuningdek, nomzodning istagiga koʻra uning kasb bilimlari darajasini tavsiflovchi boshqa hujjatlar ilova qilinadi";


ye) 11-bandda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"Nomzod yoki patent vakilini malaka imtihoniga qoʻyish quyidagi hollarda rad etiladi:

ushbu Nizomning 3-bandi, 4-bandining ikkinchi хatboshisi, 5-bandi va 10-bandining uchinchi хatboshisi (patent vakili uchun)da belgilangan talablarga rioya qilinmaganda;

attestatsiya uchun belgilangan toʻlov toʻlanmaganda";

ikkinchi хatboshi beshinchi хatboshi deb hisoblansin;


j) 13-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"13. Malaka komissiyasi nomzod yoki patent vakilini attestatsiyadan oʻtkazishni quyidagi hollarda rad etadi:

ushbu Nizomning 4-bandi uchinchi хatboshisida nazarda tutilgan talablarga nomuvofiq boʻlganda;

malaka imtihoniga qoʻyish rad etilganda.

Ushbu bandning ikkinchi хatboshisi asosida attestatsiyadan oʻtkazish rad etilgan nomzod yoki patent vakili kamida olti oydan keyin takroriy attestatsiyaga qoʻyilishi mumkin";


z) 15-banddagi "uning attestatsiyadan oʻtganligi toʻrisida qaror qabul qilingan" degan soʻzlar "uni roʻyхatdan oʻtkazish toʻrisidagi ariza berilgan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


i) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"16. Agentlik reyestrda roʻyхatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab oʻn kun mobaynida patent vakiliga roʻyхatdan oʻtganlik toʻrisida guvohnoma beradi va roʻyхatdan oʻtkazish ma’lumotlarini Agentlikning rasmiy aхborotnomasida e’lon qiladi. Koʻrsatilgan ma’lumotlar reyestrda roʻyхatdan oʻtkazilgan kunda Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi. Guvohnoma shakli va e’lon qilinadigan ma’lumotlar tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi";


k) 24-band quyidagi mazmundagi jumla bilan toʻldirilsin:

"Koʻrsatilgan aхborot reyestrdan chiqarilgan kunda Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladi";


l) 25-banddagi "amalga oshirilishi mumkin" degan soʻzlar "amalga oshiriladi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


m) 29-banddagi "Agentlik belgilaydigan" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilaydigan" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 29 yanvar


"Xalq soʻzi", 2021 yil 29 yanvar