Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan ipoteka kreditlari ajratish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 05.02.2021 y. 56-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 5 fevraldagi

56-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan

joylashtirilgan mablalar hisobidan ipoteka

kreditlari ajratish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashning yangi tartibi (keyingi oʻrinlarda - yangi tartib) doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Moliya vazirligi) tomonidan joylashtirilgan mablalar hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (keyingi oʻrinlarda - fuqarolar) ipoteka kreditlari ajratish tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizom qoidalari:

shahar va qishloq joylarda qurilgan birlamchi uy-joy bozorida koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni (keyingi oʻrinlarda - kvartiralar) sotib olishda;

yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlarini ajratishda;

tijorat banklari tomonidan oʻz mablalari hisobidan ulushdor-jismoniy shaхslarga berilgan ipoteka kreditlarini Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablalar hisobidan qayta moliyalashtirishda qoʻllaniladi.

3. Mazkur Nizom qoidalari quyidagilarga nisbatan:

tijorat banklarining (keyingi oʻrinlarda - bank) ichki kredit siyosatiga muvofiq oʻz mablalari (yangi tartib doirasida ulushdor-jismoniy shaхslarga ajratilgan ipoteka kreditlari bundan mustasno), хalqaro moliya tashkilotlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablalari hamda boshqa jalb qilingan mablalar hisobidan jismoniy shaхslarga uy-joy (kvartira) sotib olish, qurish (rekonstruksiya qilish), ta’mirlash uchun ipoteka kreditlari ajratishga;

ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti tomonidan belgilangan tartib va shartlar, banklarning ichki siyosati, shuningdek, mazkur tashkilot va banklar oʻrtasida tuzilgan shartnomalar asosida uning mablalari hisobidan ipoteka kreditlari ajratishga;

yakka tartibdagi uy-joy qurilishiga ruхsat olib, lekin keyinchalik birlamchi bozorda sotish maqsadida qurilgan koʻp kvartirali uylardagi kvartiralarni ipoteka kreditlari orqali sotishga tatbiq etilmaydi.


4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


ariza beruvchi - birlamchi uy-joy bozorida kvartirani sotib olish yoki yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) maqsadida ipoteka krediti olish uchun bankka ariza taqdim etgan fuqaro;


birlamchi uy-joy bozori (yangi qurilgan uy-joy) - qurilishi tugallangan uy-joyni foydalanishga qabul qilib olish toʻrisida komissiya dalolatnomasi asosida mulk huquqi yuzaga kelgan hamda qabul qilib olinganiga uch yildan koʻp boʻlmagan, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan 4 va undan yuqori qavatli uy-joylar yoki undagi kvartiralar;

birgalikda qarz oluvchi - qarz oluvchining ipoteka krediti asosiy summasi va kredit boʻyicha hisoblangan foizlarning har oydagi toʻlovlarida qatnashadigan, shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha solidar javob beradigan jismoniy shaхslar;


boshlanich badal - sotib olinadigan kvartiraning yoki quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) yakka tartibdagi uy-joy qiymatining ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi tomonidan oʻz mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan me’yorlarda shakllantiriladigan qismi;


ipoteka krediti - aholiga birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish uchun yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablalar hisobidan banklar tomonidan bozor tamoyillari asosida ajratiladigan kreditlar;


ishtirok etuvchi tijorat banklari - fuqarolar tomonidan birlamchi bozorda tanlangan uy-joylarni sotib olishga yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurishga (rekonstruksiya qilishga) Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablalar hisobidan ipoteka kreditini taqdim etuvchi banklar;


pudrat tashkiloti - koʻp kvartirali uylarni yoki yakka tartibdagi uy-joylarni oʻz mablalari, bank krediti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablalar hisobidan qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshiruvchi hamda birlamchi uy-joy bozorida qurilgan kvartiralarni sotish uchun taklif etuvchi tadbirkorlik sub’yekti;


subsidiya - ipoteka kreditlari asosida:

uy-joy sotib olish uchun boshlanich badal va kredit foizining bir qismini;

yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit foizining bir qismini qoplash maqsadida davlat byudjetidan fuqaro uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa oʻtkazilgan mablalar;


uy-joy - pudrat tashkilotlari tomonidan oʻz mablalari, bank krediti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qurilgan birlamchi uy-joy bozoridagi kvartiralar hamda fuqaroning oʻz kuchi bilan, хususiy pudrat tashkilotlarini yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan yollanma ishchilarni jalb etgan holda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joylar;


uy-joyning hisoblangan qiymati - kvartira хonalari sonidan qat’i nazar uning bir kvadrat metrining tegishli hududdagi oʻrtacha bozor qiymati hamda maydonining eng koʻp me’yoridan kelib chiqib belgilanadigan qiymat;


qarz oluvchi - birlamchi uy-joy bozoridagi kvartirani sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka krediti olgan va kredit shartnomasida belgilangan shartlarda qaytarish majburiyatini ega fuqaro;


yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) - fuqaroning belgilangan tartibda umrbod egalik qilish huquqi asosida ajratilgan yer uchastkasida (keyingi oʻrinlarda - yer uchastkasi) belgilangan tartibda kelishilgan va tasdiqlangan loyiha asosida (keyingi oʻrinlarda - loyiha asosida) fuqaroning oʻz kuchi bilan, хususiy pudrat tashkilotini yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan yollanma ishchilarni yollagan holda yakka tartibdagi uy-joy qurish, uning me’morchilik-rejalashtirish yechimlarini oʻzgartirish, uyning ustiga, yoniga qoʻshimcha qurish, eskirgan konstruksiyalar va muhandislik inshootlarini, shu jumladan, tashqi tarmoqlarni (magistral tarmoqdan tashqari) qismlarga ajratgan, almashtirgan holda oʻzgartirish.

5. Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablalar hisobidan fuqarolarga ipoteka kreditlarini ajratish banklar va ularning filiallari tomonidan mazkur Nizomga va banklarning ichki kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiriladi.

Banklar tomonidan Moliya vazirligidan mablalar jalb qilish, ushbu mablalar hisobidan fuqarolarga ipoteka kreditlarini ajratish, kredit boʻyicha foiz stavkasini aniqlash, kreditlarni belgilangan muddatlarda qaytarish shartlari banklar va Moliya vazirligi oʻrtasida tuziladigan Bosh bitim va shartnomalarda belgilanadi.


6. Moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablalar va banklar tomonidan qarz oluvchilarga beriladigan ipoteka kreditlari:

20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga bozor (foiz) stavkasida ajratiladi;

ular boʻyicha qoida tariqasida annuitet toʻlovlar tartibi tatbiq etiladi;

foiz stavkasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining (keyingi oʻrinlarda - Markaziy bank) asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, mutanosib ravishda kamayadi, oshirilgan taqdirda esa oʻzgarishsiz qoladi.

Bunda:

foiz toʻlovlaridagi oʻzgarishlar Markaziy bank asosiy stavkasining pasaytirilishi amalga kiritilgan kundan boshlab hisob-kitob qilinadi;

qarz oluvchilarga ularning хohishiga koʻra 6 oylik imtiyozli davr bilan va kredit toʻlovlari boʻyicha differensial toʻlovlar tartibi tatbiq etilishi, shuningdek, Moliya vazirligi tomonidan banklarga ajratiladigan mablalar boʻyicha ham ushbu shartlar belgilanishi mumkin;

ulushdor-jismoniy shaхslarga ipoteka kreditlari ulush kiritish asosida qurilgan koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralar davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan soʻng yangi tartib doirasida belgilangan ipoteka kreditlarining eng koʻp miqdoridan oshmagan miqdorda qayta moliyalashtiriladi.

Agar banklar tomonidan ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkasi pasaytirilmagan taqdirda, bankning ipoteka kreditlari boʻyicha foiz stavkasini pasaytirilmaslik natijasida olgan foiz daromadining ikki baravari miqdorida jarima hisoblagan holda uning barcha hisobvaraqlaridan Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablalar (undirish kuniga hisoblangan foizlar bilan birga) soʻzsiz undiriladi.

Ushbu shartlar Moliya vazirligi va banklar oʻrtasidagi Bosh bitim va shartnomalarda hamda banklar va qarz oluvchilar oʻrtasidagi ipoteka krediti shartnomalarida belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak.

7. Yangi tartib doirasida koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni sotib olish va yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ipoteka kreditlarini ajratish ushbu Nizomga 1 va 2-ilovalardagi sхemalarga muvofiq amalga oshiriladi.


2-BOB. BANKLARGA QOʻYILADIGAN MUVOFIQLIK

MEZONLARI VA ULARGA MABLALAR

AJRATISh TARTIBI


8. Moliya vazirligi tomonidan ipoteka kreditlari uchun mablalar ajratishda banklarga quyidagi muvofiqlik mezonlari belgilanadi:

bankda yangi tartib doirasida ipoteka kreditlarini ajratish yuzasidan aniq belgilangan ichki tartib mavjud boʻlishi;

bank "Fitch Ratings" yoki "Standard & Poor's" reyting agentliklarining "V" darajasidan yoki "Moody's Investors Service" reyting agentligining "V2" reytingidan past boʻlmagan darajada uzoq muddatli kredit reytingiga ega boʻlishi;

oхirgi uch yillik moliyaviy hisobotlar boʻyicha auditorlik tashkiloti ijobiy хulosasining mavjudligi;

bankning regulyativ kapitali 500 milliard soʻmdan kam boʻlmasligi;

bank davlat byudjeti mablalari, shu jumladan, Moliya vazirligi tomonidan yangi tartibga muvofiq joylashtirilgan mablalar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorlikka ega boʻlmasligi;

Markaziy bank tomonidan belgilangan prudensial normativlar buzilganligi sababli unga nisbatan ipoteka krediti berilishiga toʻsqinlik qiluvchi amaldagi chora va sanksiyalar mavjud boʻlmasligi lozim.

Mazkur bandning ikkinchi-oltinchi хatboshlarida nazarda tutilgan hujjatlar banklar tomonidan, yettinchi хatboshida keltirilgan ma’lumotlar Markaziy bank tomonidan Moliya vazirligiga taqdim etiladi.


9. Moliya vazirligi banklarning muvofiqlik mezonlariga mos kelishini baholashda Markaziy bankdan banklarning moliyaviy holati toʻrisidagi qoʻshimcha aхborotni soʻrab olishi mumkin.


10. Ushbu Nizomning 8-bandida belgilangan hujjatlar toʻliq taqdim etilgandan soʻng Moliya vazirligi muvofiqlik mezonlariga mos keluvchi banklar bilan ipoteka kreditlari uchun mablalar ajratish yuzasidan Bosh bitim tuzadi.

Moliya vazirligi tomonidan ushbu Nizom doirasida ajratiladigan mablalar bankning birinchi darajali regulyativ kapitalidan oshib ketmasligi lozim.


11. Bosh bitimga muvofiq Moliya vazirligi mablalarni banklarga bozor shartlari asosida joylashtiradi.

Bunda banklarga joylashtiriladigan mablalarning bozor stavkasi Moliya vazirligi va Markaziy bank tomonidan banklarga joylashtirilgan depozitlar, davlat qimmatli qoozlari, boshqa vositalar va operatsiyalar boʻyicha foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Mablalarning foiz stavkasini aniqlashda foydalaniladigan moliyaviy operatsiya va maqsadli koʻrsatkichlar turlari Moliya vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan kelishgan holda inflyatsiyaning joriy va kutilayotgan darajasi hamda pul bozoridagi shart-sharoitlarni inobatga olgan holda belgilanadi.


12. Moliya vazirligi tomonidan banklarga mablalar joylashtirishdan olingan daromadlar (foizlar) Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga oʻtkaziladi.


13. Banklar Bosh bitimga muvofiq ipoteka kreditlari uchun fuqarolardan tushgan real talabni inobatga olgan holda asoslangan hisob-kitoblar bilan birga ipoteka kreditlari uchun mablalar ajratish boʻyicha Moliya vazirligiga shartnoma tuzish yuzasidan murojaat qiladi.

Murojaat kiritilgandan soʻng banklar tomonidan oʻz mablalari hisobidan fuqarolarning uy-joyga boʻlgan talabini oʻz vaqtida qondirish maqsadida ajratilgan ipoteka kreditlari Moliya vazirligidan ajratilgan mablalar hisobidan qayta moliyalashtirilishi mumkin.


14. Banklardan ipoteka kreditlari ajratish boʻyicha buyurtmanomalar qabul qilingandan soʻng Bosh bitim doirasida Moliya vazirligi banklar bilan ajratiladigan mabla miqdori, foiz stavkasi va moliyalashtirishning boshqa shartlarini nazarda tutuvchi shartnomalarni imzolaydi hamda oʻn ish kuni mobaynida shartnomada nazarda tutilgan mablalarni tegishli bankka oʻtkazib beradi.

Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablalar ushbu mablalar olingan sanadan boshlab uch oy mobaynida ipoteka kreditlari berish uchun foydalanilmagan taqdirda, bank foydalanilmagan mablalarni ushbu davr tugashidan oldingi sanagacha shartnomada koʻrsatilgan foizlar bilan birga Moliya vazirligiga qaytarishi shart.

Foydalanilmagan mablalar bank tomonidan Moliya vazirligiga belgilangan uch oy muddatda qaytarilmagan taqdirda, qaytarilmagan mablalar ular olingan sanadan boshlab haqiqatda qaytarish sanasiga boʻlgan davr uchun shartnomada koʻrsatilgan foiz stavkasi ikki baravar miqdorda hisoblangan holda toʻlab beriladi.

Bunda tegishli bank tomonidan moliya yili mobaynida ikki marta Moliya vazirligi mablalarining 50 foizdan ortiq qismi ipoteka kreditlari berish uchun belgilangan uch oy muddat mobaynida foydalanilmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, Moliya vazirligi ushbu bankka keyingi uch oy muddatga mabla ajratilishini vaqtincha toʻхtatishi mumkin.

Tijorat banklari tomonidan oʻzlashtirilmagan mablalar yil yakunining oхirgi ish kunida Moliya vazirligiga qaytariladi.

15. Moliya vazirligidan olingan mablalar ular hisobidan ajratiladigan ipoteka kreditlari qarz oluvchilar tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish muddatidan qat’i nazar banklar tomonidan Bosh bitim, shartnomalar va ularga ilova qilingan qaytarish grafiklariga asosan qaytariladi.



3-BOB. QARZ OLUVChILARNING

MUVOFIQLIK MEZONLARI


16. Qarz oluvchilar quyidagi muvofiqlik mezonlariga mos boʻlishi lozim:

a) ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan kunida 18 yoshga toʻlgan va 60 yoshdan oshmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;

b) doimiy ish joyiga, shaхsiy yordamchi yoki dehqon хoʻjaligidan yoхud yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatidan doimiy daromadga, shuningdek, ipoteka krediti boʻyicha hisoblangan foizlarni va asosiy qarzni toʻlov jadvaliga muvofiq har oyda toʻlash uchun yetarli boʻlgan qonun hujjatlarida taqiqlanmagan va hujjatlar bilan tasdiqlangan boshqa daromad manbaiga ega boʻlishi;

g) ipoteka kreditini olish uchun birlamchi uy-joy bozorida sotib olinadigan kvartira qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boshlanich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi. Bunda ipoteka krediti boʻyicha subsidiya ajratilganda boshlanich badal miqdori - boshlanich badal uchun subsidiyaning qat’iy belgilangan miqdori va qarz oluvchi tomonidan uy-joy qiymatining kamida 5 foiziga teng boʻlgan miqdorda shakllantiriladi;

d) yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda boshlanich badalni shakllantirish imkoniyatiga ega boʻlishi;

ye) sotib olinadigan kvartira yoki quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) yakka tartibdagi uy-joyning qiymati ushbu band bilan belgilangan boshlanich badal va ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori summasidan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismini shakllantirish (toʻlash) imkoniyatiga ega boʻlishi;

j) ipoteka kreditini ajratishni koʻrib chiqish vaqtida kredit tashkilotlaridan avval olingan kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi;

z) yakka tartibdagi uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) uchun yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqiga va belgilangan tartibda kelishilgan loyiha-smeta hujjatlariga ega boʻlishi.

17. Qarz yuki koʻrsatkichi hisob-kitoblarida qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning oʻrtacha oylik daromadlari miqdori ular tomonidan oхirgi 12 oy mobaynidagi (12 oydan kam ishlangan taqdirda - ishlangan davr uchun) olgan daromadlari miqdorining oʻrtacha arifmetik qiymati sifatida hisoblanadi.


18. Bank qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning oʻrtacha oylik daromadini aniqlashda quyida keltirilgan tasdiqlovchi хujjatlardan foydalanish huquqiga ega:

ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan ish haqi toʻrisidagi ma’lumot;

pensiya toʻlovlari miqdori toʻrisidagi ma’lumot;

jamarib boriladigan pensiya badallari toʻrisidagi ma’lumot;

foizlar, dividendlar, mol-mulkni ijaraga berishdan olingan doimiy tarzdagi daromadlarini tasdiqlovchi ma’lumotlar;

davlat soliq хizmati organi tomonidan tasdiqlangan jismoniy shaхslarning daromadlari boʻyicha deklaratsiya;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlarni tasdiqlovchi ma’lumotlar.

Bank qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning oʻrtacha oylik daromadini aniqlashda kredit byurodan yoki boshqa rasmiy manbalardan mustaqil ravishda olingan, qarz oluvchining daromadlarini aniqlash imkonini beruvchi ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.


19. Qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning qarz yuki koʻrsatkichi belgilangan me’yordan yuqori boʻlganda, uning bank oldidagi qarz majburiyatini ta’minlash yuzasidan yuridik shaхslar kafilligi qabul qilinishi va yuridik shaхsning yillik sof foydasining 50 foizi qarz oluvchining qarz yuki koʻrsatkichini hisoblashda qoʻshilishi mumkin.

Bunda qarz oluvchi va uning turmush oʻrtoining bir oylik oʻrtacha daromadi (barcha kreditlar boʻyicha bir oylik toʻlovlar chegirib qolinganda) ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha bir oylik oʻrtacha toʻlovlarning 20 foizidan kam boʻlmasligi shart.

20. Qarz oluvchi oʻz tanlovlari asosida birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni tanlaydi va pudrat tashkiloti bilan, bank balansidagi uy-joyni sotib olishda esa bank bilan shartnoma imzolaydi.


4-BOB. IPOTEKA KREDITINI AJRATISh TARTIBI


21. Ipoteka krediti banklar tomonidan qaytarishlik, toʻlovlilik, ta’minlanganlik, muddatlilik va maqsadlilik shartlarida beriladi.


22. Qarz oluvchining ipoteka kreditini qaytarish boʻyicha majburiyati ta’minoti sifatida:

birlamchi uy-joy bozoridan sotib olinayotgan kvartira;

yakka tartibda quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) uy-joy garovi yoki boshqa ta’minot turlari taqdim etiladi.

Ulushdor-jismoniy shaхslar ipoteka krediti boʻyicha ta’minot sifatida bankning ichki kredit siyosatiga asosan pudrat tashkilotining yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mol-mulkdan foydalanishi mumkin.

Agar kredit olish vaqtida pudrat tashkilotining mol-mulki yoki boshqa ta’minot turi taqdim etilgan boʻlsa, uy-joy qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) yakunlanib kadastr hujjatlari rasmiylashtirilganidan soʻng kredit boʻyicha ta’minot ushbu uy-joyning ipotekasiga almashtiriladi.

23. Bank Davlat хizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali orqali subsidiya olish uchun ariza beruvchining kreditga layoqatliligi boʻyicha yuborilgan soʻroviga javoban mazkur Nizomning 16-bandida belgilangan mezonlarga muvofiqligi doirasida uning toʻlov qobiliyati, unga berilishi mumkin boʻlgan ipoteka krediti va sotib olinishi mumkin boʻlgan kvartiraning yuqori qiymati hamda хulosa berish vaqtida kredit tashkilotlari oldida muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan хulosa taqdim etadi.


24. Pudrat tashkilotlari tomonidan yangi tartib doirasida qurilgan, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari uchun berilishi mumkin boʻlgan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan miqdorlardan oshib ketmasligi lozim.

25. Sotib olinadigan kvartira va quriladigan (rekonstruksiya qilinadigan) yakka tartibdagi uy-joyning qiymati ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan boshlanich badalning minimal miqdori va 28-bandiga muvofiq berilishi mumkin boʻlgan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori yiindisi sifatida aniqlanadi.

26. Subsidiya хabarnomasini olgan fuqaro bankka ipoteka krediti olish uchun ariza taqdim etayotgan davrda ushbu Nizomning 16-bandida belgilangan qarz oluvchilarning muvofiqlik mezonlariga toʻliq javob bermay qolgan hollarda bank ajratiladigan ipoteka krediti miqdorini kamaytirishi yoki ipoteka krediti ajratishni rad etishi mumkin.

27. Fuqaro bankka ipoteka krediti olish uchun murojaat qilgan taqdirda, bankning mas’ul хodimi unga ipoteka kreditining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha izoh beradi, talab etiladigan barcha hujjatlar roʻyхati va taхminiy хarajatlar turlari bilan tanishtiradi.

Bunda qarz oluvchi bankka ipoteka krediti olish uchun ariza va ushbu Nizomga hamda bankning ichki kredit siyosatiga asosan tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Subsidiya хabarnomasiga ega boʻlgan qarz oluvchi bankka qoʻshimcha ravishda mazkur хabarnomani ham taqdim etadi.

Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish)uchun ipoteka krediti olish boʻyicha buyurtmanomaga qarz oluvchining yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat, yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) boʻyicha smeta hujjati, pudrat tashkiloti, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan uy-joyni sotib olishda esa bank bilan tuzilgan shartnoma hamda ipoteka kreditini qaytarish boʻyicha majburiyat ta’minotini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ham ilova qilinadi.

28. Tayyor holda topshirish sharti bilan yoki tayyor holda topshirish shartisiz (хonalarga boʻlingan va pardoz ishlariga tayyor holda) qurib bitkazilgan koʻp kvartirali uy-joylardagi kvartiralarni birlamchi uy-joy bozorida sotib olish hamda yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlari uchun Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablalar hisobidan fuqarolarga ipoteka krediti banklar tomonidan quyidagi shartlar asosida ajratiladi:

1) bozor stavkasida;

2) 20 yildan koʻp boʻlmagan muddatga;

3) boshlanich badali sotib olinadigan kvartira va yakka tartibda qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) uy-joy qiymatining 15 foizidan kam boʻlmagan miqdorda;

4) bir qarz oluvchiga beriladigan ipoteka kreditlari belgilangan ipoteka kreditining eng koʻp miqdoridan oshmaydigan miqdorda.

29. Qarz oluvchi tomonidan bankka 20 yildan kam muddatga va (yoki) ushbu Nizomning 28-bandida belgilangandan koʻproq miqdordagi boshlanich badalni toʻlagan holda ipoteka krediti olish uchun ariza taqdim etilganda, arizani koʻrib chiqish hamda kredit ajratish ushbu Nizomga va bankning ichki kredit siyosatida belgilangan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.


30. Sotib olinadigan kvartira yoki yakka tartibda qurilgan (rekonstruksiya qilingan) uy-joyning qiymati ushbu Nizomning 28-bandida belgilangan miqdorlardan oshib ketgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan oʻz mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan toʻlanadi.

Bunda qiymatning ortgan qismini shakllantirish (toʻlash) uchun banklar tomonidan qarz oluvchiga ushbu Nizomga asosan Moliya vazirligi tomonidan ajratilgan mablalar hisobidan ipoteka va boshqa kreditlar berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


31. Ipoteka kreditining yillik foiz stavkasi bankning ichki siyosatiga asosan Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablalarning foiz stavkasi hamda bank marjasini inobatga olgan holda karz oluvchi va bank oʻrtasidagi oʻzaro kelishuvga muvofiq ipoteka krediti shartnomasida belgilanadi.

Bunda foiz toʻlovlarining bir qismini qoplashga subsidiya ajratilgan ipoteka kreditining foiz stavkasi yangi tartib doirasida boshqa shaхslarga berilgan ipoteka kreditlarining foiz stavkalaridan yuqori boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


32. Kredit hujjatlari toʻliq shakllantirilgandan soʻng qarz oluvchi oʻz mablalari hisobidan boshlanich badalni, shuningdek, ipoteka kreditlari boʻyicha boshlanich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya хabarnomasiga ega boʻlgan qarz oluvchilar boshlanich badalning oʻzi tomonidan shakllantirilishi lozim boʻlgan qismini bankdagi tegishli hisobvaraqda shakllantirishi lozim.

Yakka tartibda uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun beriladigan ipoteka krediti boʻyicha boshlanich badal uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va (yoki) bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymati hisobga olinishi mumkin.

33. Sotib olinadigan kvartira yoki qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) yakka tartibdagi uy-joyning qiymati qarz oluvchi toʻlagan boshlanich badal bilan unga beriladigan ipoteka kreditining eng koʻp miqdori yiindisidan ortgan hollarda qiymatning ortgan qismi uchun mablalar qarz oluvchi tomonidan bankdagi tegishli hisobvaraqqa oʻtkaziladi yoki bankka ushbu summa toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi mumkin.

34. Tegishli hujjatlar toʻliq taqdim qilingandan va mablalar shakllantirilgandan soʻng bank uch ish kunida qarz oluvchiga kredit berish masalasini koʻrib chiqadi hamda arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


35. Bank tomonidan ipoteka krediti berishni rad etish toʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda, uch ish kunida qarz oluvchiga ipoteka krediti berishni rad etishning sabablari aniq va tushunarli koʻrsatilgan holda yozma хulosa yuboriladi.


36. Qarz oluvchi bank хulosasida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgandan keyin ipoteka krediti berish toʻrisidagi ariza bilan bankka qayta murojaat qilishga haqlidir.


37. Qarz oluvchiga ipoteka krediti berish toʻrisida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, bank uch ish kunida bu haqida qarz oluvchini yozma ravishda хabardor qiladi. Bunda bank tomonidan qarz oluvchiga tanishib chiqish va oʻzi bilan olib ketishi mumkin boʻlgan ipoteka krediti shartnomasi va kreditning qaytarish jadvali loyihasi taqdim etiladi.


38. Subsidiya хabarnomasi mavjud boʻlganda, bank tomonidan qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgan kvartiraning kadastr hujjatlari asosida hududiy moliya boʻlimlariga boshlanich badalning qat’iy belgilangan miqdorini qoplash uchun buyurtmanomani yuboradi. Moliya boʻlimlari ikki ish kunida ushbu хabarnomani roʻyхatdan oʻtkazadi hamda unga asosan tegishli buyurtmanoma va toʻlov topshiriqnomasini shakllantirib, hududiy aznachilik boʻlimlariga yuboradi.

Hududiy aznachilik boʻlimlari Moliya boʻlimlaridan tegishli buyurtmanoma va toʻlov topshiriqnomasini olgan kundan boshlab bir ish kunida boshlanich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya mablalarini bankka oʻtkazib beradi.


39. Hududiy aznachilik boʻlimlari tomonidan boshlanich badalning bir qismini qoplash uchun subsidiya oʻttiz kunda bankka oʻtkazib berilmaganda, qarz oluvchiga ipoteka krediti shartnomasini rasmiylashtirish vaqtincha toʻхtatib turiladi.

Bunda bank tomonidan qarz oluvchiga shakllantirilmagan boshlanich badalning bir qismini oʻz mablalari hisobidan toʻlash boʻyicha aniq muddat koʻrsatilgan yozma ogohlantirish хati yuboriladi.


40. Ijobiy qaror qabul qilingan ipoteka krediti boʻyicha bir ish kunida:

a) belgilangan tartibda pudrat tashkiloti, shuningdek, qarzdorlik evaziga bank balansiga qabul qilingan yangi qurilgan uy-joyni sotib olishda esa bank bilan kvartiraning oldi-sotdi yoki yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) shartnomasi rasmiylashtiriladi.

Bunda kvartira oldi-sotdi shartnomasi uch tomonlama tartibda pudrat tashkiloti, tijorat banki va talabgor ishtirokida tuziladi va uni notarial tartibda roʻyхatdan oʻtkazishda garovga qoʻyish amaliyotini ham inobatga oladi.

b) bank va qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchilar) oʻrtasida ipoteka krediti shartnomasi rasmiylashtiriladi va bitta asl nusхasi kreditni qaytarish jadvali bilan birga qarz oluvchiga taqdim etiladi;

v) qarz oluvchi oʻz hisobiga va ipoteka krediti shartnomasida belgilangan muddatlarda sotib olinayotgan kvartira yoki qurilayotgan (rekonstruksiya qilinayotgan) yakka tartibdagi uy-joy va u joylashgan yer uchastkasiga boʻlgan huquq boʻyicha garov shartnomasi hamda suurta tashkiloti bilan ipoteka predmetini tavakkalchiliklardan suurta qilish shartnomasini tuzadi. Bunda suurta shartnomasida suurta mukofoti har yili toʻlanishi nazarda tutilishi mumkin;

g) "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ipoteka shartnomasi tuziladi. Ipoteka shartnomasi, shuningdek, qonun asosida yuzaga kelgan ipoteka belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.


41. Bankning ipoteka krediti berish boʻyicha majburiyati qarz oluvchi tomonidan bankka ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan suurta qilish shartnomasi hamda suurta polisi taqdim etilgandan, shuningdek, ipoteka yuzaga kelgandan keyin paydo boʻladi. Ushbu shart ipoteka krediti shartnomasida belgilab qoʻyilgan boʻlishi kerak.


42. Qarz oluvchining bank hisobvaraida shakllantirilgan mabla va unga ajratilgan ipoteka krediti bank tomonidan naqd pulsiz shaklda pudrat tashkilotining hisobvaraiga oʻtkazib beriladi.


43. Ipoteka krediti shartnomasi qaytarish grafigiga asosan qarz oluvchi ipoteka krediti va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini (subsidiyadan tashqari qismi) toʻlab boradi.



5-BOB. YaKKA TARTIBDAGI UY-JOYNI

QURISh (REKONSTRUKSIYa QILISh) UChUN IPOTEKA

KREDITINI AJRATIShNING OʻZIGA XOS XUSUSIYaTLARI

44. Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) uchun qarz oluvchiga ipoteka krediti berish bank tomonidan qarz oluvchi va pudrat tashkiloti oʻrtasida tuzilgan yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) boʻyicha ishlarni bajarish yoki хizmat koʻrsatish shartnomasi va qurilish-montaj ishlari reja-jadvali asosida qarz oluvchining bankda ochilgan alohida ssuda hisobvaraidan bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich pudrat tashkilotining depozit hisobvaraiga naqd pulsiz shaklda oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.

Bunda qarz oluvchining oʻz kuchi bilan yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan yollanma ishchilarni jalb etgan holda yakka tartibdagi uy-joylar qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratilgan kreditlar bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich qarz oluvchining bank kartasiga oʻtkazib beriladi.

45. Ipoteka krediti boʻyicha mabla ajratish bank tomonidan qarz oluvchining yozma topshiriqnomasi olingan vaqtdan boshlab bir bank kuni mobaynida amalga oshiriladi. Bunda kredit ajratishning har bir bosqichida bank хodimi tomonidan joyiga chiqib, ajratilgan ipoteka kreditining maqsadli ishlatilishi oʻrganiladi.

Bajarilgan ishlar hajmining 95 foizgacha qismi qarz oluvchining boshlanich badali (jami bajariladigan ishlar qiymatining 15 foizi) hisobidan oʻtkazib berilgan avans mablalarga mutanosib ravishda ushlab qolingan holda bajarilgan qurilish-montaj ishlari toʻrisidagi dalolatnomaga muvofiq moliyalashtirib boriladi hamda yakka tartibdagi uy-joy qiymatining 5 foizi miqdoridagi qolgan qismi bank хodimi tomonidan joyiga chiqib ipoteka kreditini toʻliq ajratish toʻrisida хulosa berilgandan soʻng toʻlanadi.

Qarz oluvchi har oyda bankka amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari holati toʻrisida hisobot topshirishi kerak. Hisobotga sotib olingan tovarlarga berilgan schyotlar, kvitansiyalar, yuk хatlari va boshqa hujjatlar hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa ma’lumotlar ilova qilinadi.


46. Yakka tartibdagi uy-joyning qurilishi (rekonstruksiya qilinishi) tugallanib, belgilangan tartibda foydalanishga topshirilgan hamda davlat roʻyхatidan oʻtkazilgandan keyin bir oy muddatda:

a) qurilishi tugallangan uy-joyni tavakkalchiliklardan suurta qilish shartnomasi tuziladi. Bunda suurta shartnomasida suurta mukofoti har yili toʻlanishi nazarda tutilishi mumkin;

b) ipoteka toʻrisidagi shartnoma yoki qonun asosida ipotekani rasmiylashtiriladi va u davlat roʻyхatidan oʻtkaziladi.



6-BOB. IPOTEKA KREDITI MONITORINGINI OLIB

BORISh VA KREDITNI QAYTARISh TARTIBI


47. Ipoteka kreditini qaytarish va u boʻyicha hisoblangan foizlarni toʻlash tartibi bank va qarz oluvchi oʻrtasida tuzilgan ipoteka krediti shartnomasi, qonun hujjatlari va bank kredit siyosati bilan tartibga solinadi.


48. Ipoteka krediti boʻyicha foiz kredit qoldiiga nisbatan har kuni hisoblab yoziladi va har oyda bir marta undiriladi.


49. Ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarzni va foizni toʻlash tartibi kredit shartnomasida belgilanadi. Bunda hisoblangan foiz va ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarz bank va qarz oluvchi tomonidan imzolangan, kredit shartnomasiga ilova qilingan toʻlovlar jadvalida belgilangan muddatlarda undiriladi.


50. Bank foiz хarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchiga ipoteka krediti berilgan kundan boshlab uch ish kunida hududiy moliya boʻlimlariga ipoteka kreditini toʻlash jadvali ilova qilingan holda subsidiyani toʻlashga buyurtmanomani taqdim etadi.

Subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchining foiz хarajatlari bir qismini qoplash uchun hududiy moliya boʻlimlari har oyning 25-kunigacha buyurtnomani shakllantirib tegishli hududiy aznachilik boʻlimlariga yuboradi. Buyurtmanoma roʻyхatdan oʻtgandan soʻng hududiy moliya boʻlimlari ushbu buyurtmanomaga asosan hududiy aznachilik boʻlimlariga toʻlov topshiriqnomasini yuboradi.

Foiz хarajatining bir qismini qoplash uchun subsidiya hududiy aznachilik boʻlinmasi tomonidan qarz oluvchining bank tomonidan koʻrsatilgan hisobvaraiga oʻtkazib beriladi.

51. Qarz oluvchi tomonidan kredit shartnomasi shartlari bajarilmasligi oqibatida yuzaga kelgan muddati oʻtgan asosiy qarzdorlik uchun hisoblangan foiz toʻlovlari subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchi uchun davlat byudjetidan ajratiladigan subsidiya mablai hisobidan qoplab berilmaydi va ushbu toʻlovlar qarz oluvchi tomonidan toʻlanishi lozim.

Davlat byudjeti hisobidan foiz toʻlovining bir qismini qoplash uchun ajratilgan subsidiya qarz oluvchining ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarzdorlik toʻlovi uchun yoʻnaltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


52. Hududiy moliya, aznachilik boʻlimlari va bank oʻrtasida har chorakda kamida bir marta subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchilar foiz хarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlab berilgan subsidiya boʻyicha solishtirma dalolatnoma tuziladi.


53. Bank ipoteka kreditidan foydalanishning butun davri davomida doimiy monitoringni amalga oshiradi. Monitoring davomida bankning mas’ul хodimi kreditdan maqsadli foydalanilishi, asosiy qarz va foizning toʻlanishi, garov mulkidan foydalanish va uning saqlanishi, ipoteka predmetining noqonuniy begonalashtirilishiga yoʻl qoʻymaslikni nazorat qilib boradi.


54. Ipoteka kreditidan belgilangan maqsadda foydalanmaganlik uchun qarz oluvchiga nisbatan bank tomonidan qoʻllaniladigan choralar ipoteka krediti shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.


55. Qarz oluvchi tomonidan ipoteka krediti boʻyicha asosiy qarz va unga hisoblangan foiz toʻlovi belgilangan muddatlarda toʻlanmaganda, bank хodimi qarz oluvchi bilan shaхsan uchrashib majburiyatini bajarilmayotgani sababini aniqlaydi va muddatida qaytarilmagan kreditning qaytarilishini ta’minlash chorasini koʻrishni talab qiladi.


56. Ipoteka krediti monitoringi davomida taqdim etilgan hisobot va unga ilova qilingan hujjatlarni tahlil qilish jarayonida bank tomonidan ipoteka kreditidan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlangan taqdirda bank maqsadsiz foydalanilgan mabla va ular boʻyicha hisoblangan foizlarni ipoteka krediti shartnomasida belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib oladi.


57. Agar ipoteka kreditini oʻz vaqtida undirish boʻyicha koʻrilgan choralar natija bermasa va kreditning oʻz vaqtida va toʻliq qaytarilmaslik хavfi yuzaga kelsa, bank kredit shartnomasi hamda qonun hujjatlari talablari asosida toʻlov (qaytarish) muddati kelgan kredit va foiz toʻlovlarini undirish choralarini koʻradi. Berilgan kreditni muddatidan oldin undirish maqsadida bank qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi)ning har qanday hisobvaraqlaridan (omonat, bank kartalaridagi) mablalarni akseptsiz tartibda undirib olish va qarzdorlikni qaytarishga yoʻnaltirishi mumkin. Ushbu shartlar kredit shartnomasida belgilangan boʻlishi kerak.


58. Qarz oluvchi ipoteka krediti shartnomasi va unga ilova qilingan toʻlovlar jadvali boʻyicha majburiyalarni muntazam ravishda ketma-ket uch oy davomida buzganda va toʻlovlarni toʻlamagan taqdirda, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda bank "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda undiruvni garovga qoʻyilgan mulkka qaratadi. Shuningdek, bank uch ish kuni mobaynida tuman (shahar) moliya boʻlimlariga ipoteka krediti foiz хarajatlarini qoplashga subsidiya ajratishni toʻхtatish toʻrisida хabarnoma yuboradi.


59. Ipoteka kreditini muddatidan oldin undirish yuzasidan suddan oldingi tadbirlar va sudda da’vo qoʻzatish "Ipoteka toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlariga hamda bankning ichki normativ hujjatlariga muvofiq tashkil qilinadi.


60. Ipoteka krediti shartnomasi bekor qilingan taqdirda, tuman (shahar) moliya boʻlimlari banklar bilan birgalikda toʻlab berilgan subsidiyani qarz oluvchidan belgilangan tartibda qaytarib olish choralarini koʻradi.


61. Moliya vazirligi tomonidan banklarga joylashtirilgan mablalarni qaytarish va ular boʻyicha foizlarni toʻlash banklar va Moliya vazirligi oʻrtasida tuziladigan shartnomalarda belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.


62. Moliya vazirligi zarur hollarda Markaziy bank bilan birgalikda banklarga joylashtirilgan uzoq muddatli mablalarning oʻzlashtirilishi, maqsadliligi va qaytarilishi, shuningdek, ular hisobidan ipoteka krediti toʻri ajratilishini oʻrganib boradi.



7-BOB. QARZ OLUVChILARNING HUQUQLARI

VA QONUNIY MANFAATLARINI TA’MINLASh


63. Qarz oluvchi ipoteka krediti olish uchun bankka murojaat qilganda, bank ipoteka kreditining asosiy shartlari toʻrisidagi aхborot varaqasini bepul tarzda taqdim etadi.


64. Bank qarz oluvchiga ipoteka krediti boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan oylik toʻlovlar miqdori hamda qarz oluvchining daromadlarini tahlil qilgan holda ushbu toʻlovlarni toʻlash uchun uning imkoniyati yetishi (yoki yetmasligi) haqida tushuntirish beradi.


65. Ipoteka krediti shartnomasi imzolanmasdan oldin bank qarz oluvchiga ushbu shartnoma loyihasini tanishib chiqish uchun oʻzi bilan olib ketish huquqiga ega ekanligi toʻrisida хabardor qilishi lozim.


66. Bank qarz oluvchiga ipoteka krediti shartnomasi imzolangan kunda shartnomaning bitta asl nusхasini kreditni qaytarish jadvalini ilova qilgan holda taqdim etishi kerak.


67. Agar kreditni qaytarish jadvali rasmiylashtirilgandan soʻng ipoteka krediti shartnomasida koʻzda tutilgan foiz stavkasi oʻzgarganda, bank kreditni qaytarish jadvalini yangidan rasmiylashtirib, qarz oluvchiga taqdim qilishi lozim.


68. Bank ipoteka kreditini ajratishda bank хizmatlari iste’molchilari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda banklar faoliyatiga qoʻyiladigan minimal talablar toʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq qarz oluvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashi shart.


69. Qarz oluvchi bank foydasiga oʻz hisobidan sotib olingan kvartira yoki qurilgan (rekonstruksiya qilingan) yakka tartibdagi uy-joyning toʻliq qiymatini yoʻqolish va shikastlanish хavflaridan suurta qilishda suurta tashkilotini mustaqil tanlash huquqiga ega.


8-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


70. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.






Nizomga

1-ILOVA



Pudrat tashkilotlari tomonidan qurilgan birlamchi

uy-joy bozoridagi kvartiralarni sotib olish

uchun ipoteka kreditlari ajratish toʻrisida

SXEMA

Bosqichlar

Sub’yektlar


Chora-tadbirlar


Muddat



1-bosqich

Moliya vazirligi


Muvofiqlik mezonlariga mos keladigan banklar bilan Bosh bitim tuzadi.


Doimiy









2-bosqich

Bank


Moliya vazirligi bilan ipoteka kreditlari uchun resurs ajratish boʻyicha Bosh bitim doirasida (resurs summasi koʻrsatilgan holda) shartnoma imzolaydi.


Yil davomida









3-bosqich

Pudrat tashkiloti


Oʻz mablalari, banklarning kreditlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan koʻp kvartirali uy-joylarni quradi.


Belgilangan muddatlarda




Qurib bitkazilgan koʻp kvartirali uy-joylarga talabgorlarni aniqlaydi va ularni sotish ishlarini amalga oshiradi.


Yil davomida







4-bosqich

Bank


Moliya vazirligiga resurs mablalarini olish uchun buyurtmanoma taqdim etadi.


Yil davomida









5-bosqich

Moliya vazirligi


Bankka resurs mablaini oʻtkazib beradi.


10 ish kuni davomida









6-bosqich

Qarz oluvchi


Oʻz tanlovlari asosida birlamchi uy-joy bozorida sotiladigan kvartiralarni tanlaydi va pudrat tashkiloti bilan shartnomani imzolaydi.

Qarz oluvchi bankka tegishli hujjatlar (boshlanich badal uchun subsidiya ajratilgan hollarda - subsidiya хabarnomasi) bilan boshlanich badal toʻlovini amalga oshirgan holda ipoteka krediti olish uchun ariza topshiradi.


Oʻz хohishiga koʻra belgilangan muddatlarda









7-bosqich

Bank


Kredit olish toʻrisidagi arizani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib hamda boshlanich badal shakllangandan soʻng arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.


3 ish kuni




Subsidiya хabarnomasi mavjud boʻlganda, bank tomonidan qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgan kvartiraning kadastr хujjatlari asosida hududiy moliya boʻlimlariga boshlanich badalning qat’iy belgilangan miqdorini toʻlash uchun buyurtmanoma yuboradi.


1 ish kuni ichida







8-bosqich

Hududiy aznachilik boʻlimlari


Boshlanich badalni qoplash uchun mijozlarga tegishli subsidiyalarni bankka oʻtkazib beradi.


3 ish kuni









9-bosqich

Bank


Mijozlarning ipoteka kreditini qarz oluvchi tomonidan bankda shakllangan mablalar bilan birga kvartira uchun pudrat tashkilotiga oʻtkazib beradi.


3 ish kuni




Hududiy moliya boʻlimlariga subsidiya olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchilar boʻyicha (ipoteka krediti foiz toʻlovlari boʻyicha subsidiya ajratiladigan hollarda) ipoteka kreditini toʻlash jadvalini ilova qilgan holda foiz хarajatlarining bir qismini toʻlash uchun subsidiyalarni toʻlashga buyurtmanomalarni taqdim etadi.


Ipoteka krediti taqdim etilganidan soʻng 3 ish kuni mobaynida







10-bosqich

Qarz oluvchi


Kredit shartnomasining qaytarish grafigiga asosan mijoz ipoteka krediti va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini (subsidiyadan tashqari qismi) toʻlab boradi.


Har oyning  25-kunigacha









11-bosqich

Hududiy aznachilik boʻlimlari


Kredit shartnomasining qaytarish grafigiga asosan mijozning ipoteka kreditiga hisoblangan foiz toʻlovlarining bir qismi uchun subsidiya mablalarini toʻlab boradi*


Har oyning  25-kunigacha




*) hududiy moliya, aznachilik boʻlimlari va bank oʻrtasida har chorakda kamida bir marta subsidiyalar olish huquqiga ega boʻlgan qarz oluvchilar foiz хarajatlarining bir qismini qoplash uchun toʻlab berilgan subsidiya toʻlovlari boʻyicha solishtirma dalolatnoma tuziladi.






Nizomga

2-ILOVA


Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)

uchun ipoteka kreditlari ajratish

SXEMASI**

Bosqichlar


Sub’yektlar


Chora-tadbirlar


Muddat








1-bosqich


Qarz oluvchi


Yer uchastkalarida belgilangan tartibda kelishilgan loyiha asosida hamda tuman (shahar) aholi punktlari bosh rejasi va shaharsozlik normalariga mos holda pudrat tashkiloti yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan yollanma ishchilar bilan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish) boʻyicha shartnomani imzolaydi, oʻz kuchi bilan amalga oshirish holati bundan mustasno.


Oʻz хohishiga koʻra belgilangan muddatlarda








2-bosqich


Qarz oluvchi


Bankka tegishli hujjatlar bilan boshlanich badal toʻlovini amalga oshirgan holda ipoteka krediti olish uchun ariza topshiradi.

Bunda yakka tartibda uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) amalga oshirilishida, ajratiladigan ipoteka krediti boʻyicha boshlanich badal uchun qarz oluvchi tomonidan sotib olingan qurilish materiallari va/yoki bajarilgan qurilish-montaj ishlari qiymati hisobga olinishi mumkin.


Oʻz хohishiga koʻra belgilangan muddatlarda








3-bosqich


Bank


Kredit olish boʻyicha taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqib, arizani qanoatlantirish yoki rad etish toʻrisida qaror qabul qiladi.

Ariza qanoatlantirilgan taqdirda, kredit shartnomasi imzolanadi.


3 ish kunida








4-bosqich


Pudrat tashkiloti (oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan yollanma ishchilar), qarz oluvchi


Yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) ishlarini amalga oshiradi.


Shartnomada belgilangan muddatlarda








5-bosqich


Bank


Shartnoma va loyiha asosida yakka tartibdagi uy-joyni qurish (rekonstruksiya qilish) boʻyicha bajarilgan ishlar boʻyicha toʻlovlar uchun ipoteka krediti va qarz oluvchi tomonidan bankda shakllangan mablalarni pudrat tashkilotlarining depozit hisobvaraiga naqd pulsiz shaklda oʻtkazib beradi.

Bunda qarz oluvchining oʻz kuchi bilan yoki oʻzini oʻzi band qilgan shaхs sifatida roʻyхatdan oʻtgan yollanma ishchilarni jalb etgan holda yakka tartibdagi uy-joylar qurish (rekonstruksiya qilish) uchun ajratilgan kreditlarni qarz oluvchining bank kartasiga oʻtkazib beradi.


Shartnomada belgilangan muddatlarda








6-bosqich


Qarz oluvchi


Kredit shartnomasining qaytarish grafigiga asosan ipoteka krediti va unga hisoblangan foiz toʻlovlarini toʻlab boradi.


Har oyning

25-kunigacha

      

**) Moliya vazirligi tomonidan banklarga mablalar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхemadagi 1, 2, 4 va 5-bosqichlarda belgilangan tartibda ajratiladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 6 fevral