Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 08.02.2021 y. OʻRQ-671-son "Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 24.11.2020 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 06.01.2021 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

08.02.2021 y.

N OʻRQ-671



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

KONSTITUTsIYaSIGA OʻZGARTIShLAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 24 noyabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2021 yil 6 yanvarda ma’qullangan



1-modda. 1992 yil 8 dekabrda oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, N 1, 4-modda; 1994 yil, N 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2003 yil, N 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2007 yil, N 4, 162-modda; 2008 yil, N 12, 637-modda; 2011 yil, N 4, 100-modda, N 12/1, 343-modda; 2014 yil, N 4, 85-modda; 2017 yil, N 4, 135-modda, N 5, 201-modda, N 8, 383-modda; 2018 yil, N 10, 674-modda; 2019 yil, N 2, 47-modda,N 3, 162-modda, N 9, 588-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 7-modda ikkinchi qismining ruscha matnidagi "zakonodatelstvom, prinyatim" degan soʻzlar "zakonami, prinyatimi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 33-moddaning ruscha matnidagi "zakonodatelstvom" degan soʻz "zakonami" degan soʻz bilan almashtirilsin;


3) 85-modda toʻrtinchi qismi 8-bandining ruscha matnidagi "zakonodatelstvom" degan soʻz "zakonodatelnimi aktami" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 86-modda beshinchi qismi 8-bandining ruscha matnidagi "zakonodatelstvom" degan soʻz "zakonodatelnimi aktami" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 93-modda birinchi qismi 16-bandining oʻzbekcha matnidagi "qonun hujjatlari" degan soʻzlar "qonunchilik" degan soʻz bilan almashtirilsin;


6) 98-modda uchinchi qismining oʻzbekcha matnidagi "qonun hujjatlariga" degan soʻzlar "qonunchilikka" degan soʻz bilan almashtirilsin;


7) 100-modda sakkizinchi хatboshisining oʻzbekcha matnidagi "qonunlariga" degan soʻz "qonunchiligiga" degan soʻz bilan almashtirilsin;


8) 107-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Oʻzbekiston Respublikasida sud tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, harbiy sudlar, Qoraqalpoiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpoiston Respublikasi ma’muriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlari, fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, jinoyat ishlari boʻyicha tuman, shahar sudlari, tumanlararo, tuman, shahar iqtisodiy sudlari va tumanlararo ma’muriy sudlardan iboratdir";


9) 117-modda sakkizinchi qismining oʻzbekcha matnidagi "qonunlarga" degan soʻz "qonun hujjatlariga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                          Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 9 fevral


"Xalq soʻzi", 2021 yil 9 fevral