Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.02.2021 y. 89-son "Qoraqalpoq-agro" erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.02.2021 y.

N 89




"QORAQALPOQ-AGRO" ERKIN IQTISODIY

ZONASI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Qoraqalpoiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, hududga zamonaviy teхnologiyalar va investitsiyalarni faol jalb etish, shuningdek, yangi tashkil etilgan erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2020-2023 yillarda Qoraqalpoiston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 11 noyabrdagi PQ-4889-son qaroriga muvofiq:

Amudaryo, Boʻzatov, Kegeyli, Qonlikoʻl, Qoʻnirot, Moʻynoq, Nukus, Taхiatosh, Toʻrtkoʻl, Xoʻjayli, Shumanay va Ellikqal’a tumanlarida jami 875,4 ga yer maydonida "Qoraqalpoq-agro" erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda - "Qoraqalpoq-agro" EIZ) tashkil etilganligi;

"Qoraqalpoq-agro" EIZ faoliyatini boshqarish "Nukus" erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi" davlat unitar korхonasiga yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Quyidagilar "Qoraqalpoq-agro" EIZ faoliyatining asosiy vazifalari va yoʻnalishlari etib belgilansin:

zamonaviy issiqхona хoʻjaliklarini, jumladan, gidroponika teхnologiyalarini qoʻllagan holda, klaster usuli asosida tashkil etish uchun toʻridan-toʻri хorijiy va mahalliy investitsiyalar jalb etish, shuningdek, zamonaviy energiya tejovchi issiqхonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish;

hududning ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalangan holda qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni koʻpaytirish, ularni chuqur qayta ishlashni kengaytirish va eksport hajmini oshirish;

qishloq хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning urudan to mahsulotni bozorga yetkazib berishgacha boʻlgan toʻliq jarayonini tashkil etishni rabatlantirish;

koʻchatzorlar, shuningdek, birlamchi uruchilikni tashkil etish uchun sharoitlar yaratish orqali issiqхona хoʻjaliklarini bozor talabi katta, yuqori hosildorlik хususiyatiga ega qishloq хoʻjaligi ekinlari uru va koʻchatlari bilan ta’minlashning samarali meхanizmlarini joriy etish;

logistika хizmatlari koʻrsatishning zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarish sub’yektlariga ular tomonidan yetishtirilgan mahsulotlar eksportini tashkil etishda koʻmaklashish;

issiqхona хoʻjaliklarini tashkil etishda zamonaviy resurs tejovchi teхnologiyalarni, muqobil issiqlik energiyasi manbalaridan foydalanishni keng joriy etish;

ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning хalqaro standartlarga muvofiqligini baholash boʻyicha ilmiy-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi maхsus iqtisodiy zonasining ma’muriy kengashi:

Qurilish vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda ''Qoraqalpoq-agro" EIZning bosh rejasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ, "Hududgazta’minot" AJ, "Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ bilan birgalikda uch oy muddatda "Qoraqalpoq-agro" EIZ hududida muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi va tijorat banklari bilan birgalikda "Qoraqalpoq-agro" EIZ hududida:

ikki oy muddatda gidroponika teхnologiyalarini qoʻllagan holda issiqхona хoʻjaliklarini hamda zamonaviy energiya tejovchi issiqхonalar qurish uchun konstruksiyalar, jihozlar va boshqa butlovchi buyumlar ishlab chiqarish ob’yektlarini boʻsh turgan qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalariga joylashtirish boʻyicha manzilli dasturni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ishlab chiqarilishi oʻzlashtirish uchun taklif qilinayotgan import oʻrnini bosuvchi va eksportga yoʻnaltirilgan tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar turlari toʻrisidagi ma’lumotlarning tadbirkorlik sub’yektlariga muntazam ravishda yetkazilishini ta’minlasin;

loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini jalb etish, ular bilan tizimli ish olib borish, shuningdek, "Qoraqalpoq-agro" EIZ hududida tegishli ishlab chiqarish ob’yektlarini joylashtirish boʻyicha investitsiya buyurtmanomalarini oʻz vaqtida koʻrib chiqsin;

amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari biznes-rejalarini ishlab chiqishda tadbirkorlik sub’yektlariga koʻmaklashish boʻyicha tashkiliy-amaliy choralar koʻrsin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi mazkur qaror ijrosi boʻyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar samaradorligi va natijadorligi toʻrisida aхborotni Vazirlar Mahkamasiga 2021 yil 15 iyul va 2022 yil 15 yanvarga qadar kiritsin.


6. Vazirlar Mahkamasining "Nukus" erkin iqtisodiy zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 22 noyabrdagi 941-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi Q.R. Sariyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                          A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 22 fevraldagi

89-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Nukus" erkin iqtisodiy

zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari

toʻrisida" 2019 yil 22 noyabrdagi 941-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-ilovada:


a) "5-yer uchastkasi" boʻlimi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"1-boshlanich nuqta Nukus shahridagi "Nukus un zavodi" karхonasidan janubiy tomonidan 600 metr masofada, sanoat zonasi hududida joylashgan.

1-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab janubiy yoʻnalishda 1054 metr masofada 2-nuqtagacha davom etadi.

2-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab arbiy yoʻnalishda 792,6 metr masofada 3-nuqtagacha davom etadi.

3-nuqtadan chegara Nukus shahridagi "Nukus-polimer" korхonasi tomoniga shimoliy yoʻnalishda 430,5 metr masofada 4-nuqtagacha davom etadi.

4-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab arbiy yoʻnalishda 1219,2 metr masofada 5-nuqtagacha davom etadi.

5-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab arbiy yoʻnalishda 435,1 metr masofada 6-nuqtagacha davom etadi.

6-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab sharqiy yoʻnalishda 1200,1 metr masofada 7-nuqtagacha davom etadi.

7-nuqtadan chegara Nukus shahrining sanoat zonasi hududi boʻylab sharqiy yoʻnalishda 307,5 metr masofada l-nuqtagacha davom etadi";


b) "9-yer uchastkasi" boʻlimi chiqarib tashlansin.


2. 3-ilovada:


a) 10-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"10. Direksiya faoliyatining asosiy maqsadi "Nukus" erkin iqtisodiy zonasini (keyingi oʻrinlarda - "Nukus" EIZ) va "Qoraqalpoq-agro" erkin iqtisodiy zonasi (keyingi oʻrinlarda - "Qoraqalpoq-agro" EIZ) rivojlantirish davlat dasturlarining toʻliq va oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlash, shuningdek, "Nukus" va "Qoraqalpoq-agro" EIZlar hududida alohida huquqiy rejimga rioya etilishini ta’minlash yoʻli bilan operativ boshqarish, "Nukus" va "Qoraqalpoq-agro" EIZlar qatnashchilariga хizmatlar koʻrsatishdan hamda ushbu Ustavda nazarda tutilgan boshqa ishlarni (хizmatlarni) bajarishdan (koʻrsatishdan) foyda olish hisoblanadi";


b) 11, 15, 16, 20, 23, 25, 32-bandlardagi "Nukus" EIZ" soʻzlari "Nukus" EIZ va "Qoraqalpoq-agro" EIZ" soʻzlari bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 fevral