Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.02.2021 y. 90-son "Vazirlar Mahkamasining "Samarqand viloyatidagi ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida" 2020 yil 25 iyundagi 410-son qaroriga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

22.02.2021 y.

N 90




VAZIRLAR MAHKAMASINING

"SAMARQAND VILOYaTIDAGI IJTIMOIY SOHA

MUASSASALARINING MODDIY-TEXNIK BAZASINI

YaNADA MUSTAHKAMLASh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA" 2020 YIL 25 IYuNDAGI 410-SON

QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA

KIRITISh TOʻRISIDA


Samarqand viloyatida хususiy tibbiy хizmatni rivojlantirish hamda aholi uchun qulay va zamonaviy tibbiyot muassasalari barpo etish ishlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasiniig "Samarqand viloyatidagi ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-teхnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 25 iyundagi 410-son qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori A.J. Ortiqov va Samarqand viloyati hokimi E.O. Turdimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                         A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 22 fevraldagi

90-son qaroriga

ILOVA



Vazirlar Mahkamasining "Samarqand viloyatidagi

ijtimoiy soha muassasalarining moddiy-teхnik

bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari

toʻrisida" 2020 yil 25 iyundagi 410-son qaroriga

kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 5-bandning "b" kichik bandi birinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"b) tashabbuskor investorlarni jalb qilgan holda, oʻzaro kelishuv bitimlariga asosan salohiyatli investorlarga beriladigan ob’yektlarning quvvatlaridan kam boʻlmagan holda:".


2. 6-bandning uchinchi хatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Samarqand viloyat teri-tanosil kasalliklari dispanseriga tegishli Samarqand shahar, Termez koʻchasi, 8-uy hamda L.M. Isayev nomidagi tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot institutiga tegishli Samarqand shahar, Xoʻja Ahror Valiy koʻchasi, 25-uy manzilida joylashgan shifoхona, laboratoriya, boshqa bino va inshootlar mavjud yer maydonlari bilan birgalikda tuziladigan tegishli shartnomalarga muvofiq yangi binolarni qurish va foydalanishga topshirish evaziga salohiyatli investorlarga beriladi;".


3. Quyidagi mazmundagi 6-1-band bilan toʻldirilsin:

"6-1. Samarqand viloyati hokimligi:

a) Soliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bir hafta muddatda ushbu qarorning 5-bandi "b" kichik bandi va 6-bandida nazarda tutilgan loyihalarni amalga oshirish uchun salohiyatli tashabbuskor investorlar tanlab olinishini va ular bilan oʻzaro investitsiya bitimi rasmiylashtirilishini;

b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:

ikki hafta muddatda tanlab olingan investor bilan tegishli shartnoma tuzilishini hamda qabul qilingan investitsiya majburiyatlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini;

investitsiya majburiyatlari belgilangan tartibda toʻliq bajarilgan deb e’tirof etilgandan soʻng, tashabbuskor investorlarga mazkur ob’yektlarga nisbatan "tasarruf etish huquqi" bilan mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi berilishini ta’minlasin".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 fevral