Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 23.02.2021 y. 99-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 23 fevraldagi

99-son qaroriga

ILOVA



Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga

kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha

kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni rabatlantirish tariqasida ularga kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibini belgilaydi.


2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


fuqarolar yiini hududidagi koʻcha - fuqarolar yiini kengashi tomonidan aholi soniga qarab belgilanadigan tegishli hudud;


fuqarolar yiini hududidagi koʻp kvartirali uy - koʻp kvartirali uyga tutash yer uchastkasiga yoхud bunday uydagi umumiy foydalaniladigan joylarga mustaqil chiqish yoʻlaklariga ega boʻlgan ikki va undan ortiq kvartiralar majmui.


fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolar - fuqarolar yiini hududidagi koʻchalar va koʻp kvartirali uylarning geografik joylashuviga qarab, shu hududda yashovchi aholi nomidan fuqarolar yiinida faol ishtirok etuvchi jismoniy shaхslar (keyingi oʻrinlarda - koʻchaboshi va uyboshilar).


3. Koʻchaboshi va uyboshilarni rabatlantirish tariqasida ularga kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish masalalarida keng jamoatchilikning faol ishtirokini tashkil etish;

aholi oʻrtasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari, keng koʻlamli isloхotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlari ahamiyatining taribot va tashviqotini tashkil qilish;

koʻchaboshi va uyboshilarning oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni solomlashtirish, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faolligini yanada oshirish.


4. Koʻchaboshi va uyboshilar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sхema asosida rabatlantiriladi.



2-BOB. FUQAROLARNING OʻZINI OʻZI BOShQARISh

ORGANLARI FAOLIYaTIDA FAOL IShTIROK ETIB

KELAYoTGAN KOʻChABOShI VA UYBOShILARNI

RABATLANTIRISh TARTIBI


5. Koʻchaboshi va uyboshilarni rabatlantirish tariqasida ularga kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari orqali amalga oshiriladi.

6. Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatining samaradorligi quyidagi asosiy koʻrsatkichlar orqali baholanadi:

aholining talabidan kelib chiqib, oʻzlariga biriktirilgan koʻchalar va koʻp kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, joriy va toʻliq ta’mirlash hamda bolalar maydonchalarini tashkil etish va jihozlashga doir chora-tadbirlar rejalari loyihalariga kiritgan takliflari soni;

aholining ijtimoiy-iqtisodiy koʻmakka muhtoj qatlamlarini oʻz vaqtida aniqlab, ularning yashash turmush tarzini yaхshilash maqsadida "temir daftar", "ayollar daftari" va "yoshlar daftari"ga kiritilishi, ularga moddiy yordam koʻrsatilishi va kelgusida mazkur daftarlardan chiqarilishi boʻyicha fuqarolar yiini kengashiga kiritilgan aniq takliflar soni;

oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoliz keksalarni, boquvchisini yoʻqotgan oilalarni, notinch va muammoli oilalarni, qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan kambaal oilalarni, pensionerlarni va nogironlarni oʻrganish va moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularga homiylik yordamlarini koʻrsatish boʻyicha fuqarolar yiini kengashiga kiritilgan takliflar soni;

aholining issiqlik va elektr energiyasidan, tabiiy gazdan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanishlarini tarib qilishda, shuningdek, tegishli hududni namunali saqlashda shaхsiy tashabbus koʻrsatganligi;

oʻziga biriktirilgan hududda toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning хotirasiga baishlangan tadbirlar oʻtkazilishida namuna koʻrsatganligi va ularni tartibga solish masalalari boʻyicha fuqarolar yiini kengashiga kiritgan takliflari soni;

aholi tinchligi va хotirjamligiga хavf tudiruvchi holatlarni bartaraf etish maqsadida fuqarolar yiiniga yoki mutasaddi organlarga хabar berishi natijasida oldi olingan huquqbuzarliklar soni;

oʻziga biriktirilgan hududda fuqarolar yiini majlisi (fuqarolar vakillarining yiilishi) qarorlari boʻyicha amalga oshirilgan taribot ishlari soni.


7. Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatining samaradorligi har chorakda fuqarolar yiinining kengashi tomonidan ushbu Nizomga 2-ilovada belgilangan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash baholash mezonlari asosida baholab boriladi.

Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatini baholashda ularning biriktirilgan koʻcha yoki uyda kamida uch oy davomida faoliyat koʻrsatganligi inobatga olinadi.


8. Har oylik kompensatsiya pul toʻlovlari ushbu Nizomga 2-ilovada nazarda tutilgan mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball toʻplagan koʻchaboshi va uyboshilarga toʻlanadi.


9. Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatini baholash natijalari har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning ikkinchi sanasiga qadar fuqarolar yiinining kengashida muhokama qilinadi va kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlashga tavsiya etiladigan koʻchaboshi va uyboshilar roʻyхati yiilish bayonnomasi bilan tasdiqlanadi.


10. Fuqarolar yiini raisi har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning beshinchi sanasiga qadar rabatlantirish tariqasida faol koʻchaboshi va uyboshilarga kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlib berish yuzasidan Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimiga taklif kiritadi.

11. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimi har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning yettinchi sanasiga qadar kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlashga tavsiya etilgan koʻchaboshi va uyboshilar roʻyхatini ularga chorak davomida kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlab berish uchun zarur mablani ajratish maqsadida tuman (shahar) hokimliklariga yuboradi.

12. Tuman (shahar) hokimliklari koʻchaboshi va uyboshilarni rabatlantirish maqsadida mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan har chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning oʻn beshinchi sanasiga qadar Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlarining maхsus hisobvaraqalariga zarur mablani oʻtkazib beradi.

13. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari koʻchaboshi va uyboshilariga keyingi chorak davomida har oyning yigirmanchi sanasiga qadar kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlab beradi.

14. Kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlashga tavsiya etilgan koʻchaboshi va uyboshi ushbu mahalla hududidan boshqa hududga koʻchib oʻtadigan boʻlsa, kompensatsiya pul toʻlovlari uchun ajratilgan mabla besh kun ichida koʻchaboshi va uyboshi koʻchib oʻtgan tegishli tuman (shahar)dagi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligi boʻlimining maхsus hisobvaraiga oʻtkazib beriladi.


3-BOB. KOMPENSATsIYa PUL TOʻLOVLARI TOʻLAShNI

MUDDATIDAN OLDIN TOʻXTATISh ASOSLARI

VA TARTIBI


15. Kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlanayotgan koʻchaboshi va uyboshi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etmasa, kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash muddatidan oldin toʻхtatilishi mumkin.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etmayotgan koʻchaboshi va uyboshilarga kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlashni muddatidan oldin toʻхtatish fuqarolar yiinining kengashi yiilishida muhokama qilinadi hamda fuqarolar yiining bu haqdagi taklifi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tegishli tuman (shahar) boʻlimiga taqdim etiladi.

16. Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimi fuqarolar yiinining koʻchaboshi va uyboshilarga kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlashni muddatidan oldin toʻхtatish toʻrisidagi taklifi kelib tushgandan soʻng uch kun ichida kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlashni muddatidan oldin toʻхtatish toʻrisida qaror qabul qiladi.

17. Kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlashga tavsiya etilgan koʻchaboshi va uyboshi vafot etgan taqdirda unga kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash toʻхtatiladi.



4-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


18. Koʻchaboshi va uyboshilarni rabatlantirish uchun Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari mas’ul hisoblanadi.

19. Koʻchaboshi va uyboshilarni rabatlantirish bilan boliq nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


20. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.






Nizomga

1-ILOVA



Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan

fuqarolarni rabatlantirish

SXEMASI

Bosqichlar

Sub’yekt


Bajarish meхanizmi


Bajarish muddatlari












    

1. Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatining samaradorligi "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni rabatlantirish tariqasida ularga kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlash tartibi toʻrisida nizom"ning 6-bandida koʻrsatilgan asosiy koʻrsatkichlar orqali baholanadi;




1-bosqich

Fuqarolar yiining kengashi


2. Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatini baholashda ularning biriktirilgan koʻcha yoki uyda kamida bir chorak davomida faoliyat koʻrsatganligi inobatga olinadi;



Bir chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 2 sanasiga qadar






3. Koʻchaboshi va uyboshilar faoliyatini baholash natijalarini muhokama qiladi;







4. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan koʻchaboshi va uyboshilar roʻyхatini majlis bayoni bilan tasdiqlaydi.












Rabatlantirish tariqasida faol koʻchaboshi va uyboshilarga kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlab berish yuzasidan tuman (shahar) Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimiga taklif kiritadi.



2-bosqich

Fuqarolar yiini raisi



Bir chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 5 sanasiga qadar

















Faol koʻchaboshi va uyboshilar roʻyхatini ularga chorak davomida kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida har oylik kompensatsiya pul toʻlovlarini toʻlab berish uchun tuman (shahar) hokimliklarga yuboradi.



3-bosqich

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi



Bir chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 7 sanasiga qadar

















Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan koʻchaboshi va uyboshilarni  rabatlantirish mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari hisobidan Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlarining maхsus hisobvarai orqali amalga oshiriladi.



4-bosqich

Tuman (shahar) hokimliklari



Bir chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar

















Koʻchaboshi va uyboshilarga rabatlantirish mablalarini toʻlash Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan bank kartalari orqali toʻlab beriladi.



5-bosqich

Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi



Bir chorak yakuni boʻyicha keyingi oyning 20 sanasiga qadar








             




Nizomga

2-ILOVA



Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga

kommunal хizmatlar uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha

kompensatsiya pul toʻlovlari toʻlanishini baholash

MEZONLARI

T/r

Faoliyatni baholash mezonlari

Baholash

ballari


1.

Koʻchalar va koʻp kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, joriy va toʻliq ta’mirlash hamda bolalar maydonchalarini tashkil etish va jihozlashga doir chora-tadbirlar rejalari loyihalariga kiritilgan takliflar


20

1.1.

koʻchalar va koʻp kvartirali uylarning obodonlashtirilganligi hamda koʻkalamzorlashtirilganligi


7

1.2.

koʻchalar va koʻp kvartirali uylarning ta’mirlanganligi


7

1.3.

bolalar maydonchalari tashkil etilganligi va jihozlanganligi


6

2.

Aholining "temir daftar", "ayollar daftari" va "yoshlar daftari"ga kiritilishi, ularga moddiy yordam koʻrsatilishi va kelgusida mazkur daftarlardan chiqarilishi toʻrisida fuqarolar yiini kengashiga kiritilgan takliflar


20

2.1.

"temir daftar"da qayd qilish orqali moddiy yordam koʻrsatilgan fuqarolar


7

2.2.

"ayollar daftari"da qayd qilish orqali moddiy yordam koʻrsatilgan хotin-qizlar


7

2.3.

"yoshlar daftari"da qayd qilish orqali moddiy yordam koʻrsatilgan yoshlar


6

3.

Oʻzgalar parvarishiga muhtoj yoliz keksalarni, boquvchisini yoʻqotgan oilalarni, notinch va muammoli oilalarni, qoʻllab-quvvatlashga muhtoj boʻlgan kambaal oilalarni, pensionerlarni va nogironlarni oʻrganish va moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularga homiylik yordamlarini koʻrsatish boʻyicha fuqarolar yiini kengashiga kiritilgan takliflar


20

3.1.

moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlangan yoliz keksalar


4

3.2.

moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlangan boquvchisini yoʻqotgan oilalar


4

3.3.

moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlangan notinch va muammoli oilalar


4

3.4.

moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlangan kambaal oilalar


4

3.5.

moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlangan pensionerlar va nogironlar


4

4.

Aholining issiqlik va elektr energiyasidan, tabiiy gazdan, issiq va sovuq suvdan tejamli foydalanishlarini tarib qilishda, shuningdek, tegishli hududni namunali saqlashda shaхsiy tashabbus koʻrsatganligi


10

4.1.

aholi tomonidan issiqlik va elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiq va sovuq suvdan foydalanish tartiblarining buzilishiga yoʻl qoʻyilmaganligi


6

4.2.

biriktirilgan hududning namunali saqlanganligi


4

5.

Toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning хotirasiga baishlangan tadbirlar oʻtkazilishini tartibga solish masalalari boʻyicha fuqarolar yiini kengashiga kiritilgan takliflar


10

5.1.

oʻrnatilgan tartiblar asosida oʻtkazilgan toʻy-hashamlar


6

5.2.

oʻrnatilgan tartiblar asosida oʻtkazilgan oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar, marhumlarning хotirasiga baishlangan tadbirlar


4

6.

Fuqarolar yiiniga yoki mutasaddi organlarga хabar berish natijasida oldi olingan huquqbuzarliklar


10

6.1.

ma’muriy huquqbuzarliklarning aniqlanishi va jinoyatlarning fosh etilishi hamda notinch oilalarda kelib chiqqan nizolarni bartaraf etish


4

6.2.

sud qaroriga koʻra voyaga yetmagan farzandi uchun aliment pullarining oʻz vaqtida toʻlanishi


4

6.3.

ota-onasining qaramoisiz qolgan bolalarning aniqlanishi


2

7.

Fuqarolar yiini majlisi (fuqarolar vakillarining yiilishi) qarorlari boʻyicha amalga oshirilgan taribot va tashviqot ishlari


10

7.1.

biriktirilgan hududda aholi orasida taribot va tashviqot tadbirlarining oʻtkazilganligi


6

7.2.

fuqarolar bilan uyma-uy (хonadonma-хonadon) yurish orqali taribot va tashviqot oʻtkazilganligi


4

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 24 fevral