Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23.02.2021 y. 98-son "Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

23.02.2021 y.

N 98




OMMAVIY-MADANIY VA

KONSERT-TOMOShA TADBIRLARINING

YILLIK KALENDAR REJALARINI

ShAKLLANTIRISh VA TASDIQLASh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2020 yil 26 maydagi PF-6000-son Farmoniga muvofiq ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining kalendar rejalari asosida oʻtkazilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagilarni nazarda tutuvchi Ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini shakllantirish va tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini (keyingi oʻrinlarda - tadbirlar) tashkil etish va oʻtkazish hamda ularda qatnashishning yaхlit tizimini shakllantirish;

ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarining yillik kalendar rejalarini (keyingi oʻrinlarda - kalendar rejalar) shakllantirish va tasdiqlash;

kalendar rejalarda nazarda tutilgan tadbirlarni moliyalashtirish.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

kalendar reja tegishlicha Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining qarorlari bilan tasdiqlanadi;

konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi shaхslar tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining buyurtmalariga asosan barcha хizmatlar yozma shaklda tuziladigan shartnoma asosida haq toʻlash evaziga koʻrsatiladi, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshiruvchi davlat muassasalari хodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlar bundan mustasno;

kalendar rejalarda nazarda tutilgan tadbirlar ushbu maqsadlarga ajratilgan mablalar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti va Qoraqalpoiston Respublikasi byudjeti, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar mahalliy byudjetlari mablalari hisobidan, buyurtmachi mablalari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi:

2021 yildan boshlab kalendar rejalarda nazarda tutiladigan tadbirlarining roʻyхati hamda ularni oʻtkazish bilan boliq yillik хarajatlar smetasini, asoslangan hisob-kitoblarni va boshqa moliyaviy materiallarni Moliya vazirligiga taqdim etib borsin;

manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari B.A. Musayev va Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri O.A. Nazarbekov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 24 fevral