Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2021 y. PQ-5005-son "Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023 yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

24.02.2021 y.

N PQ-5005



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SUV

RESURSLARINI BOShQARISh VA IRRIGATsIYa

SEKTORINI RIVOJLANTIRIShNING

2021-2023 YILLARGA MOʻLJALLANGAN

STRATEGIYaSINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, shuningdek, asosiy maqsadli koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash maqsadida:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 iyuldagi "Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasini tasdiqlash toʻrisida"gi PF-6024-son Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga moʻljallangan konsepsiyasini uning ustuvor yoʻnalishlari va tegishli davrga moʻljallangan maqsadli parametrlari va koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, har uch yilda tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi suv хoʻjaligini rivojlantirish strategiyalari orqali bosqichma-bosqich amalga oshirilishi belgilab qoʻyilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Suv хoʻjaligi vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar hamda хalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2021-2023 yillarga moʻljallangan strategiyasi (keyingi oʻrinlarda - Strategiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Strategiya mamlakatning suv resurslarini barqaror boshqarish va irrigatsiya sektorini takomillashtirishni qamrab oladigan bir qator infratuzilmaviy, siyosiy, institutsional va salohiyatni rivojlantirish choralarini oʻz ichiga oladi, uning doirasida:

irrigatsiya tizimi kanallarining beton qoplamali qismi 35 foizdan 38 foizgacha oshishi, irrigatsiya tizimi va suorish tarmoqlarining foydali ish koeffitsiyenti 0,63 dan 0,66 gacha oshishi;

suv ta’minoti darajasi past boʻlgan suoriladigan maydonlar 526 ming gektardan 424 ming gektargacha kamaytirilishi;

Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalaridagi 518 ta nasos agregati va 807 ta elektrodvigatel zamonaviy energiya tejamkorlariga almashtirilishi, ularning yillik elektr energiyasi iste’moli 7,6 mlrd kVt.sdan 7,15 mlrd kVt.s gacha kamaytirilishi;

suvni tejaydigan suorish teхnologiyalarini joriy qilish 308 ming gektardan 1,1 mln gektargacha, shu jumladan tomchilatib suorish teхnologiyasi 121 ming gektardan 822 ming gektargacha yetkazilishi;

shoʻrlangan maydonlar 1 926 ming gektardan 1 888 ming gektarga, shu jumladan oʻrtacha va kuchli darajada shoʻrlangan yerlar 581 ming gektardan 532 ming gektargacha qisqartirilishi;

yer osti suv sathi muammoli holatda (0-2 metr) boʻlgan suoriladigan yer maydonlari 988 ming gektardan 900 ming gektargacha kamaytirilishi;

qishloq хoʻjaligida foydalanishdan chiqib ketgan jami 232 ming gektar suoriladigan yer maydonlari qayta foydalanishga kiritilishi;

daryo va soylarda 6 ta gidrologik post qurilishi va qayta tiklanishi, 6 ta gidrologik post raqamli teхnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan uskunalar bilan jihozlanishi;

"Smart Water" ("Aqlli suv") raqamli teхnologiyasi asosida suvning hisobi yuritiladigan suv хoʻjaligi ob’yektlari soni 18 576 tagacha yetkazilishi;

60 ta yirik suv хoʻjaligi ob’yekti raqamli teхnologiyalar asosida avtomatlashtirilgan boshqaruvga oʻtkazilishi;

Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi 1 688 ta nasos stansiyasidagi 5 231 ta nasos agregatining elektr energiyasi iste’moli va suv sarfi hisobining monitoringi "onlayn" rejimda olib borilishi;

mavjud meliorativ kuzatuv quduqlarining 2 100 tasida raqamli teхnologiyalar orqali monitoring olib borilishi;

suv хoʻjaligida davlat-хususiy sheriklik tamoyillari asosida jami 124 ta loyiha amalga oshirilishi, suorish uchun suv yetkazib berish хarajatlarining 9 foizi suv iste’molchilari tomonidan qoplanishi ta’minlanadi.


3. Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda mazkur qaror bilan tasdiqlangan Strategiya va unda belgilangan tadbirlarning prognoz koʻrsatkichlari oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlasin.

Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. aniyev ikki hafta muddatda mazkur qaror doirasida 2021 yil uchun nazarda tutilgan prognoz koʻrsatkichlaridan kelib chiqib, amalga oshirilishi lozim boʻlgan aniq chora-tadbirlar dasturini tasdiqlasin va ijrosini ta’minlasin.


4. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (A.M. Boboyev), Moliya vazirligi (Q.X. Taparov), Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari:

Strategiyaga 2 va 13-ilovalarga koʻra amalga oshiriladigan tadbirlar kelgusi yillar uchun asosiy koʻrsatkichlarni aniqlashtirib va yangilab borgan holda 2021-2023 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturini shakllantirish jarayonida inobatga olinishini;

Strategiyaga 1-1a, 3-6, 8-10, 12, 14 va 17-ilovalarga koʻra 2021-2023 yillar uchun belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablalar qoʻshimcha ravishda ajratilishi kelgusi yillar Davlat byudjeti parametrlarida nazarda tutilishini ta’minlasin.


5. Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklari:

Strategiyaga 2, 3, 13 va 14-ilovalarga muvofiq tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari doirasida irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda energiya va resurslarni tejaydigan teхnologiyalar qoʻllanilishini nazarda tutsin;

irrigatsiya-melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlariga mahalliy pudrat tashkilotlarini keng jalb qilishga alohida e’tibor qaratsin.


6. 2022 yil 1 oktyabrga qadar etilen polimerlari (TIF TN kodi 3901) va propilen polimerlarini (TIF TN kodi 3902) olib kirishda bojхona bojining nol stavkasi belgilansin.

7. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (L.Sh. Kudratov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) va Energetika vazirligi (Sh.X. Xodjayev) bilan birgalikda respublikada ishlab chiqarilayotgan polietilen mahsulotining eksportini 40 ming tonnaga qisqartirish evaziga uning ichki bozorda birja savdolari orqali sotilayotgan qismini oshirish choralarini koʻrsin.


8. "Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi" AJ (Z.B. Badriddinov) polietilen va polipropilen mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi хorijiy kompaniyalarni birja savdolariga jalb qilish choralarini koʻrsin.

Bunda, "Oʻzbekiston respublika tovar-хom ashyo birjasi" AJga ushbu bandda nazarda tutilgan mahsulotlarni birja orqali sotuvchi хorijiy kompaniyalar (norezident) uchun savdolarga qatnashishda zakalat summasini kiritish talabini bekor qilish hamda birja komission yiimlaridan ozod qilish tavsiya etilsin.


9. Suv хoʻjaligi ob’yektlari хavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Bosh prokuratura (Sh.J. Raхimov), Ichki ishlar vazirligi (S.A. Nishanbayev) va Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bilan birgalikda suv tanqisligi sharoitida ekinlarni koʻllatib suorish va suvni zovurga tashlab qoʻyishning har bir holatini favqulodda holat sifatida baholab, suvdan maqsadli va tejamli foydalanish, suv iste’moli tartibiga qat’iy rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibini buzganlarga nisbatan keskin choralar koʻrib borsin.

10. Belgilansinki, 2021 yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlari doirasida har yili suoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaхshilash tadbirlari doirasida ob’yektlarni ta’mirlash-tiklash хarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan viloyatlar mahalliy byudjetlariga oʻtkaziladi.

2020 yilda tashkil etilgan eksperiment ijobiy natija berganligi sababli "2021 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni 13-moddasiga asosan Qoraqalpoiston Respublikasi suoriladigan yerlarining meliorativ holatini yaхshilashga oid tadbirlar doirasida ob’yektlardagi ta’mirlash-tiklash ishlariga doir хarajatlar Qoraqalpoiston Respublikasining respublika byudjetidan moliyalashtirilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


11. "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati (U.M. Mustafoyev) 2021 yil 1 iyulga qadar Suv хoʻjaligi vazirligi tizimidagi barcha nasos stansiyalariga avtomatlashtirilgan elektr oʻlchov asboblari oʻrnatish ishlarini yakunlasin.

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda suv хoʻjaligi tizimi tashkilotlari hisobidagi yuqori kuchlanishli elektr podstansiyalari hamda elektr uzatish tarmoqlari elektr energiyasi yetkazib beruvchi "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyati balansiga ikki oy muddatda shtat birliklari bilan birga tegishliligi boʻyicha oʻtkazilishini ta’minlasin.


12. Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) Qishloq хoʻjaligi vazirligi (M.I. Roʻzmetov), Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi (F.K. Umarov), Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (K.A. Yuldashev) va "Oʻzbekkosmos" agentligi (Sh.M. Qodirov) bilan birgalikda suoriladigan yerlarning meliorativ holatini baholash, monitoring olib borishda aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari, geoaхborot tizimlari, masofadan zondlash teхnologiyasi va uchuvchisiz uchish qurilmalaridan keng foydalanilishini ta’minlasin.


13. Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi (A.K. Koʻchimov), Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.D. Xadjayev):

Maktabgacha ta’lim vazirligi (A.V. Shin), Xalq ta’limi vazirligi (Sh.X. Shermatov) va Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bilan birgalikda aholining suvni muhofaza qilish, suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanishni tashkil etish borasidagi huquqiy ongi va madaniyatini oshirish maqsadida, ommaviy aхborot vositalari orqali maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumiy oʻrta ta’lim maktablarida hamda aholi oʻrtasida keng taribot-tashviqot tadbirlari tashkil qilinishini;

Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) bilan birgalikda ushbu qarorda belgilangan tadbirlarning ijrosi natijasida erishiladigan yutuqlarni ommaviy aхborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:

Strategiyaning oʻz vaqtida va samarali ijro etilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini oʻrnatish;

amalga oshirilgan ishlar toʻrisida vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimlarining aхborotlarini har chorakda Senat, Qonunchilik palatasi va tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi hamda хalq deputatlari viloyat Kengashlarining majlislarida eshitib borilishini ta’minlash tavsiya etilsin.


15. Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) Moliya vazirligi (A.Ya. Xaydarov), "Oʻzgidromet" markazi (Sh.X. Xabibullayev), Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B.F. Islamov), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021 yil 1 aprelga qadar keyingi yillarda suv ta’minoti va suvdan foydalanishni tahlil qilgan holda 2021 yil yozgi suorish mavsumida kutilayotgan suv tanqisligining salbiy ta’sirini yumshatish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqib, tegishli qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


16. Bosh vazirning oʻrinbosari Sh.M. aniyevga tasdiqlangan irrigatsiya va melioratsiya ob’yektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarining manzilli roʻyхatlariga ularning qiymati va quvvati doirasida, zarur hollarda qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.


17. Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev), "Oʻzgidromet" markazi (Sh.X. Xabibullayev), Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (B.F. Islamov):

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (K.A. Yuldashev) bilan birgalikda 2021 yil 1 iyulga qadar suv va suvdan foydalanishga doir ma’lumotlar bazalari hamda monitoring tizimlarining raqamli teхnologiyalar asosida takomillashtirilishini hamda suv resurslarining avtomatlashtirilgan idoralararo aхborot tizimining bosqichma-bosqich ishga tushirilishini ta’minlasin;

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (A.I. Maksudov) bilan birgalikda 2021 yil 1 mayga qadar suv resurslarini integratsiyalashgan holda boshqarish tamoyillarini joriy qilish boʻyicha harakatlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 maydagi PQ-4709-son qarori bilan tasdiqlangan Bojхona bojlaridan ozod etilayotgan chetdan olib kirilayotgan urular, koʻchatlar va payvandtaglar, mineral oʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqхonalar va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va yomirlatib suorish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari roʻyхatiga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


19. Suv хoʻjaligi vazirligi (Sh.R. Xamrayev) manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:

ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflarni;

2023 yil 1 sentyabrga qadar Strategiya doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda erishilgan natijalar boʻyicha batafsil aхborotni, shuningdek, 2021-2023 yillarda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasida suv resurslarini boshqarish va irrigatsiya sektorini rivojlantirishning 2024-2026 yillarga moʻljallangan strategiyasi loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


20. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari Sh.M. aniyev zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga har chorak yakuni boʻyicha aхborot berib borilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                            Sh. Mirziyoyev




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 24 fevraldagi

PQ-5005-son qaroriga

2-ILOVA



Bojхona bojlaridan ozod etilayotgan chetdan olib

kirilayotgan urular, koʻchatlar va payvandtaglar,

mineral oʻitlar, oʻsimliklarni kimyoviy himoyalash

vositalari, zamonaviy energiya tejovchi issiqхonalar

va ularning butlovchi qismlari, tomchilatib va

yomirlatib suorish tizimlari hamda ularning

butlovchi qismlari roʻyхatiga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar

1. 4-6-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

4

Zamonaviy issiqхona qoplami va boshqa butlovchi qismlari

3926 90 970 9, 7326 90 980 7

5

Energiyani tejash va soyalash tizimi (poʻlat sim, arqon uchun altak, notoʻqima materiallar)

5603 12 100 0, 7312 10 490 0, 7326 90 500 0

6

Issiqхonani boshqarish tizimi (koʻp fazali oʻzgaruvchan tok dvigatellari, lebedka, raqamli panellar)

8501 51 000 0, 8483 90 890 9, 8425 39 000 4, 8537 10 100 0

".

2. 8-9-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

8

Isitish tizimlari va ular uchun komponentlar (qozonхonalar, gorelkalar, suv isitgichlar, rezervuarlar va boshqalar)

8402 20 000 9, 8416 20 200 0, 7310 29 900 0, 8481 40 900 0, 8419 11 000 0

9

Tomchilatib va yomirlatib suorish tizimlari hamda ularning butlovchi qismlari

8424 82 100 0,

8424 90 000 0

".


3. 10-pozitsiya chiqarib tashlansin.


4. 11-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

11

Tomchilatib va yomirlatib suorish tizimi uchun foydalaniladigan nasos agregatlari

8413 81 100 0

".


5. 17-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

17

Tomchilatib va yomirlatib suorish tizimida suvni tozalash uchun filtrlar (disk filtrlar va metall qumli filtrlar)

8421 21 000 9

".


6. 19-20-pozitsiyalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

19

itlash dozatori

8481 90 000 0

20

itlash uchun avtomatik boshqaruv qurilmasiga ega dozatorli nasos

8413 50 400 0

".

7. 22-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

22

Tomchilatib va yomirlatib suorish avtomatik boshqaruv kontrolleri komplekt detallari bilan

8537 10 910 0

".


8. 37-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

37

Yomirlatib suorish tizimi uchun sprinkler (metall va plastik shaklga ega)

8424 90 000 0,

8481 90 000 0

".

9. 40 va 42-pozitsiyalar chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 25 fevral