Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 12.02.2021 y. OʻRQ-673-son "Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 03.02.2021 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 05.02.2021 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

12.02.2021 y.

N OʻRQ-673



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

JINOYaT, JINOYaT-PROTsESSUAL KODEKSLARIGA

HAMDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING MA’MURIY

JAVOBGARLIK TOʻRISIDAGI KODEKSIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2021 yil 3 fevralda qabul qilingan

Senat tomonidan 2021 yil 5 fevralda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2,18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430-modda, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 471-modda, N 9, 592-modda, N 11, 787-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 204-modda, N 7, 449-modda, N 10, 593-modda, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 14-moddalar) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:


1) 17-moddaning toʻrtinchi qismi "127-1" raqamidan keyin "128-1" raqami bilan toʻldirilsin;


2) quyidagi mazmundagi 128-1-modda bilan toʻldirilsin:


"128-1-modda. Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan

shaхsga moddiy qimmatliklar berish yoхud uni mulkiy

manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish


Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaхsning oʻn sakkiz yoshga toʻlmaganligi aybdorga ayon boʻlgani holda, unga moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish orqali u bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni ayritabiiy usulda qondirish, -

uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yilgacha aхloq tuzatish ishlari yoхud ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoхud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


3) 148-2-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasidagi "хuddi shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qoʻllanilganidan keyin" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


4) 216-1-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Oʻsha harakatlar voyaga yetmagan shaхsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, -

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoхud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi";


5) 246-modda birinchi qismining oʻzbekcha matnidagi "kuchli ta’sir qiluvchi zaharli" degan soʻzlar "kuchli ta’sir qiluvchi, zaharli" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4,166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 385-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 5-moddalar, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430, 431-moddalar, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469-modda, N 9, 589, 592-moddalar, N 10, 671-modda, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020 yil, N 3, 204-modda, N 5, 296-modda, N 12, 689-modda; 2021 yil, N 1, 5-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 345-moddaning beshinchi qismidagi "216, 217, 222-moddalarida" degan soʻzlar "216-moddasida, 216-1-moddasining ikkinchi qismida, 217, 222-moddalarida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 381-2-modda birinchi qismining 1-bandida:

"128-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlardan keyin "128-1-moddasida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;

"214-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida" degan soʻzlardan keyin "216-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 3, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 9, 193-modda, N 12, 269-modda; 1996 yil, N 5-6, 69-modda, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 4-5, 126-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 3, 38-modda, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 1, 20-modda, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 5, 67-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 5, 90-modda, N 9, 171-modda; 2005 yil, N 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 312-modda, N 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 9, 498-modda, N 10, 536-modda, N 12, 656, 659-moddalar; 2007 yil, N 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, N 9, 416, 421-moddalar, N 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 181, 189, 192-moddalar, N 9, 486, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 9, 334, 335, 337-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010 yil, N 5, 175, 179-moddalar, N 6, 231-modda, N 9, 335, 339, 341-moddalar, N 10, 380-modda, N 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda, N 4, 104, 105-moddalar, N 9, 247, 252-moddalar, N 12/2, 365-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 341, 343-moddalar; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 1, 2-modda, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 4, 137-modda, N 6, 300-modda, N 9, 510-modda, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 4, 5-moddalar, N 4, 224-modda, N 7, 430, 431, 432-moddalar, N 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019 yil, N 1, 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161, 165, 166-moddalar, N 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469, 471-moddalar, N 9, 591, 592-moddalar, N 10, 674, 676-moddalar, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 891-moddalar; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 203, 204-moddalar, N 7, 449-modda, N 9, 539, 540-moddalar, N 10, 593, 596-moddalar, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar) 51-moddasining ikkinchi qismi chiqarib tashlansin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;

ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                             Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 13 fevral


"Xalq soʻzi", 2021 yil 13 fevral