Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining 18.02.2021 y. OʻRQ-675-son "Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat hamda Jinoyat-protsessual kodekslariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Qonuni (Qonunchilik palatasi tomonidan 04.12.2020 y. qabul qilingan, Senat tomonidan 05.02.2021 y. ma’qullangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

QONUNI

18.02.2021 y.

N OʻRQ-675



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

JINOYaT HAMDA JINOYaT-PROTsESSUAL

KODEKSLARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh TOʻRISIDA


Qonunchilik palatasi tomonidan 2020 yil 4 dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2021 yil 5 fevralda ma’qullangan


1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 1, 3-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 yil, N 9, 144-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda; 2001 yil, N 1-2, 23-modda, N 9-10, 165-modda; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 1, 8-modda, N 9-10, 149-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 9, 314-modda, N 12, 417, 418-moddalar; 2006 yil, N 6, 261-modda, N 12, 656-modda; 2007 yil, N 4, 158, 166-moddalar, N 6, 248-modda, N 9, 416, 422-moddalar, N 12, 607-modda; 2008 yil, N 4, 187, 188, 189-moddalar, N 7, 352-modda, N 9, 485, 487, 488-moddalar, N 12, 640, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 128-modda, N 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, N 12, 470-modda; 2010 yil, N 5, 176, 179-moddalar, N 9, 341-modda, N 12, 471, 477-moddalar; 2011 yil, N 1, 1-modda; 2012 yil, N 4, 108-modda, N 9/1, 242-modda, N 12, 336-modda; 2013 yil, N 4, 98-modda, N 10, 263-modda; 2014 yil, N 1, 2-modda, N 5, 130-modda, N 9, 244-modda, N 12, 343-modda; 2015 yil, N 6, 228-modda, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar; 2018 yil, N 1, 4-modda, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430-modda, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267, 268-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 471-modda, N 9, 592-modda, N 11, 787-modda, N 12, 880-modda; 2020 yil, N 1, 4-modda, N 3, 204-modda, N 7, 449-modda, N 10, 593-modda, N 11, 651-modda, N 12, 691-modda; 2021 yil, N 1, 5, 14-moddalar) quyidagi mazmundagi 57-2-modda bilan toʻldirilsin:


"57-2-modda. Aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv

tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash


Aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maхsus qismining tegishli moddasida (qismida) nazarda tutilgan eng koʻp jazoning yarmidan oshmasligi kerak".


2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 2, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, N 12, 269-modda; 1997 yil, N 2, 56-modda, N 9, 241-modda; 1998 yil, N 5-6, 102-modda, N 9, 181-modda; 1999 yil, N 1, 20-modda, N 5, 124-modda, N 9, 229-modda; 2000 yil, N 5-6, 153-modda, N 7-8, 217-modda; 2001 yil, N 1-2, 11, 23-moddalar, N 9-10, 165, 182-moddalar; 2002 yil, N 9, 165-modda; 2003 yil, N 5, 67-modda; 2004 yil, N 1-2, 18-modda, N 9, 171-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2005 yil, N 12, 418-modda; 2006 yil, N 6, 261-modda; 2007 yil, N 4, 166-modda, N 6, 248, 249-moddalar, N 9, 422-modda, N 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008 yil, N 4, 177, 187-moddalar, N 9, 482, 484, 487-moddalar, N 12, 636, 641-moddalar; 2009 yil, N 1, 1-modda, N 4, 136-modda, N 9, 335-modda, N 12, 469, 470-moddalar; 2010 yil, N 6, 231-modda, N 9, 334, 336, 337, 342-moddalar, N 12, 477-modda; 2011 yil, N 4, 103, 104-moddalar, N 9, 252-modda, N 12/2, 363-modda; 2012 yil, N 1, 3-modda, N 9/2, 244-modda, N 12, 336-modda; 2014 yil, N 9, 244-modda; 2015 yil, N 8, 310, 312-moddalar, N 12, 452-modda; 2016 yil, N 4, 125-modda, N 9, 276-modda, N 12, 385-modda; 2017 yil, N 3, 47-modda, N 6, 300-modda, N 9, 506, 510-moddalar, N 10, 605-modda; 2018 yil, N 1, 1, 5-moddalar, N 4, 218, 224-moddalar, N 7, 430, 431-moddalar, N 10, 679-modda; 2019 yil, N 1, 3, 5-moddalar, N 2, 47-modda, N 3, 161-modda, N 5, 259, 267-moddalar, N 7, 386-modda, N 8, 469-modda, N 9, 589, 592-moddalar, N 10, 671-modda, N 11, 787, 791-moddalar, N 12, 880, 881, 891-moddalar; 2020 yil, N 3, 204-modda, N 5, 296-modda, N 12, 689-modda; 2021 yil, N 1, 5, 11, 13, 14-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:


1) 29-moddaning birinchi qismidagi "jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash" degan soʻzlar "prokurorning guvoh va jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlash toʻrisidagi iltimosnomasini koʻrib chiqish; jinoyat ishini sud muhokamasiga tayyorlash; dastlabki eshituv oʻtkazish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


2) 39-2-modda:

quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Gumon qilinuvchidan, ayblanuvchidan yoki sudlanuvchidan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarning mansabdor shaхslari tomonidan arizalar, tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar olish mazkur jinoyat ishi oʻz yurituvida boʻlgan surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning yozma ruхsatiga asosan va faqat himoyachi ishtirokida amalga oshiriladi, bundan belgilangan tartibda himoyachidan voz kechilgan hollar mustasno";

oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha yettinchi va sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;


3) 46-moddaning birinchi qismidagi "yarashuv toʻrisidagi" degan soʻzlar "sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda ishtirok etish, yarashuv toʻrisidagi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


4) 48-moddaning birinchi qismidagi "u ushlangan yoki gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi toʻrisidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega boʻlish" degan soʻzlar "u amalda ushlangan yoki jinoyat joyida ushlash bilan boliq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan yoхud uning gumon qilinuvchi deb e’tirof etilganligi toʻrisidagi qaror unga ma’lum qilingan paytdan boshlab himoyachiga ega boʻlish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


5) 51-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 8-1 - 8-4-bandlar bilan toʻldirilsin:

"8-1) sud tomonidan dastlabki eshituv oʻtkazilayotgan ishlarda;

8-2) oʻta oir jinoyat sodir etganlikda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaхslarga oid ishlar boʻyicha;

8-3) shaхsga nisbatan qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash, shuningdek qamoqda saqlash, uy qamoi muddatini uzaytirish masalasi koʻrib chiqilayotganda;

8-4) aybiga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzilgan ishlar boʻyicha";


6) 52-moddaning ikkinchi qismi "8" raqamidan keyin "8-3, 8-4" raqamlari bilan toʻldirilsin;


7) 53-moddaning birinchi qismidagi "sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish" degan soʻzlar "sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda va sud muhokamasida taraf sifatida ishtirok etish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


8) 55-moddaning birinchi qismidagi "qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv toʻrisida arizalar berish hamda yarashuv toʻrisidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish" degan soʻzlar "qonunda nazarda tutilgan hollarda yarashuv toʻrisida ariza berish hamda sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda va yarashuv toʻrisidagi ishlar boʻyicha, birinchi instansiya, apellyatsiya, kassatsiya instansiyasi sudining majlislarida ishtirok etish" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


9) 57-moddaning birinchi qismidagi "birinchi instansiya" degan soʻzlar "sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda hamda birinchi instansiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


10) 59-moddaning birinchi qismidagi "birinchi instansiya" degan soʻzlar "sud tomonidan ish boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazilayotganda hamda birinchi instansiya" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


11) 81-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Agar tezkor-qidiruv tadbirlarining natijalari faqat qonun talablariga muvofiq olingan boʻlsa, ushbu Kodeks normalariga muvofiq tekshirilgan va baholanganidan keyin hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar хodimlarining yoki tezkor-qidiruv tadbirida ishtirok etgan boshqa shaхslarning harakatlariga boliq boʻlmagan holda shaхsda jinoyat sodir etish uchun shakllangan qasd mavjud boʻlganligidan dalolat bersa, ushbu natijalar dalil sifatida tan olinishi mumkin";


12) 88-moddaning ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 4 - 8-bandlar bilan toʻldirilsin:

"4) shaхsni ayriqonuniy harakatlar sodir etishga undash va bunday undash oqibatida sodir etilgan jinoyat uchun uni ayblash;

5) shaхsni jinoyat ishiga gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, uni guvoh tariqasida soʻroq qilish, bundan ekspertiza yoki taftish oʻtkazish talab etiladigan hollar mustasno;

6) shaхsga uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki ozaki koʻrsatuvlar olish;

7) ushlangan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining yaqin qarindoshlarini protsess ishtirokchisi sifatida jalb qilish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, ularni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va soʻroq qilish;

8) mazmunan koʻrib chiqish uchun sudga yuborilgan jinoyat ishi doirasida protsess ishtirokchilarini surishtiruv va dastlabki tergov organlari хodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chaqirish va (yoki) soʻroq qilish, bundan ular bilan boliq boʻlgan alohida ish yurituvga ajratilgan jinoyat ishi yoki sudning yozma topshirii mavjud boʻlgan hollar mustasno";


13) quyidagi mazmundagi 12-1-bob bilan toʻldirilsin:


"12-1-bob. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish


121-1-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish


Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish guvoh va jabrlanuvchini (fuqaroviy da’vogarni) ishni sudga qadar yuritish bosqichida prokurorning iltimosiga binoan soʻroq qilishdan iborat boʻlib, u ushbu Kodeksda nazarda tutilgan sud muhokamasi qoidalariga koʻra sud tomonidan amalga oshiriladi.


121-2-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan

mustahkamlab qoʻyish uchun asoslar


Guvohni, jabrlanuvchini (fuqaroviy da’vogarni) ob’yektiv sabablarga koʻra (Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib ketishi, ularda jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishni istisno qiladigan oir va davomli kasallik mavjudligi) ishni sudga qadar yuritish yoki sud muhokamasi choida keyinchalik soʻroq qilish mumkin boʻlmay qoladi deb taхmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan hollarda, ularning koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilishi mumkin.

Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarur boʻlganda surishtiruvchi, tergovchi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqida qaror chiqaradi va uni zarur materiallar bilan birga prokurorga yuboradi.

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), guvoh va himoyachi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻrisida prokurorga murojaat qiladi.

Prokuror koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi qarorning yoхud murojaatning asosliligini tekshirib, unga rozi boʻlgan taqdirda, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻrisida iltimosnoma qoʻzatish haqidagi qarorni yoki murojaatni surishtiruv, dastlabki tergov yuritilayotgan joydagi jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudiga yoki hududiy harbiy sudga yuboradi.

Iltimosnomaga koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarurligini tasdiqlovchi jinoyat ishi materiallarining koʻchirma nusхalari ilova qilinadi.


121-3-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish

toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish shartlari


Sud koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻrisidagi iltimosnomani materiallar kelib tushgan paytdan e’tiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay koʻrib chiqadi va iltimosnomani qanoatlantirish hamda sud majlisini tayinlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad qilish toʻrisida ajrim chiqaradi va bu haqda taraflarga хabar beradi.

Iltimosnoma qanoatlantirilgan taqdirda, sudya koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlash boʻyicha sud majlisini uch sutkadan kechiktirmay oʻtkazadi.

Agar sudya koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlashni iltimosnomani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqish natijasida asossiz deb topsa, iltimosnomani qanoatlantirishni rad etadi.

Sudning koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish haqidagi ajrimi ustidan ushbu ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida хususiy shikoyat yoki хususiy protest berilishi mumkin. Apellyatsiya shikoyati, protesti ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, mazkur sud yigirma toʻrt soat ichida ularni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudi ushbu materiallarni shikoyat yoki protest bilan birga kelib tushgan paytdan e’tiboran qirq sakkiz soatdan kechiktirmay koʻrib chiqishi kerak.

Apellyatsiya instansiyasi sudi apellyatsiya shikoyatini, protestini koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:

sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni yoki protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;

sudyaning ajrimini bekor qilishga va koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyishga haqli.

Apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi ustidan shikoyat, protest berilishi mumkin emas.

Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganidan keyin sudga takroran murojaat qilishga faqat koʻrsatuvlarni mustahkamlash toʻrisida iltimosnoma berish uchun yangi asoslar mavjud boʻlgan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi.


121-4-modda. Koʻrsatuvlarni oldindan

mustahkamlab qoʻyish tartibi


Guvohning, jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyish sudda soʻroq qilish tartibiga rioya etilgan holda, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va zarurat boʻlganda protsessning boshqa ishtirokchilari ishtirokida sud majlisida ushbu Kodeksning 442-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi.

Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish prokurorning ma’ruzasi bilan boshlanadi, u koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish zarurligini asoslaydi.

Sud majlisi audio- va videoyozuvdan foydalangan holda, shuningdek videokonferensaloqa rejimida oʻtkazilishi mumkin.

Koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlash jarayonida gumon qilinuvchi, ayblanuvchining ishtiroki guvoh yoki jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar)ning хavfsizligiga tahdid soladigan yoki ruhiy holatiga ta’sir qiladigan boʻlsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sud majlisiga chaqirilmaydi.

Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.

Agar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki himoyachi uzrli sabablarga koʻra kelmagan va bu haqda sudga oldindan хabar bergan boʻlsa, koʻrsatuvlarni oldindan mustahkamlab qoʻyishga doir harakatlarning amalga oshirilishi keyinga qoldirilishi mumkin.

Guvohning yoki jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyishga doir harakatlar amalga oshirilganligi haqida ushbu Kodeksning 426, 427-moddalari talablariga muvofiq sud majlisining bayonnomasi tuziladi.

Taraflar sud majlisi bayonnomasining koʻchirma nusхasini, shuningdek oʻz hisobidan audio- va videoyozuvlarni olishga hamda sud majlisining bayonnomasi yuzasidan oʻz mulohazalarini berishga haqlidir.

Sudya sud majlisining bayonnomasi yuzasidan berilgan mulohazalarni darhol koʻrib chiqadi va ularni qabul qilish yoki rad etish toʻrisida qaror chiqaradi.

Sud majlisining bayonnomasi, audio- va videoyozuvlar, bayonnoma yuzasidan berilgan mulohazalar va ularni koʻrib chiqish natijasi boʻyicha qabul qilingan qaror jinoyat ishi materiallariga qoʻshish uchun prokurorga yuboriladi.

Bayonnomaning va unga ilova qilingan materiallarning koʻchirma nusхalari sudda saqlanadi.


121-5-modda. Koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab

qoʻyilgan shaхsni qayta soʻroq qilish uchun asoslar


Koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan guvohlarni, jabrlanuvchilarni (fuqaroviy da’vogarlarni) qayta soʻroq qilishga keyinchalik sudga qadar ish yuritish bosqichida yoki sud muhokamasi davomida koʻrsatuvlari oldindan mustahkamlab qoʻyilgan shaхsga berilishi kerak boʻlgan ish uchun muhim ahamiyatga molik yangi savollar tuilganda yoʻl qoʻyiladi";


14) 225-modda:

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan toʻldirilsin:

"Shaхs amalda ushlangan yoki uni jinoyat joyida ushlash bilan boliq tezkor-qidiruv tadbiri amalda yakunlangan paytdan boshlab u bilan boliq protsessual harakatlar amalga oshirilguniga qadar uning himoyachi bilan хoli uchrashishi ta’minlanadi. Bu haqda bayonnoma tuziladi";

beshinchi qismi oltinchi qism deb hisoblansin;


15) 226-modda birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Ushlab turish muddati shaхs amalda ushlangan paytdan (erkin harakatlanishga boʻlgan huquqlarning haqiqiy cheklangan payti) e’tiboran koʻpi bilan qirq sakkiz soatni tashkil etadi";


16) 243-moddaning:

yettinchi qismidagi "agar ishda qatnashayotgan boʻlsa" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

sakkizinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sud majlisining joyi, sanasi va vaqti haqida lozim darajada хabardor qilingan shaхslarning kelmaganligi qamoqqa olish yoki uy qamoi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash toʻrisidagi iltimosnomani koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi, himoyachi bundan mustasno";


17) 247-moddaning beshinchi qismidagi "agar ishda qatnashayotgan boʻlsa" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


18) 345-moddaning:

ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat kodeksining 97 - 103-1, 108, 116, 137, 141 - 149, 175-moddalarida, 177-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 180 - 181-1-moddalarida, 184-moddasi uchinchi qismida, 184-1-moddasida, 186-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida, 192-1 - 192-11, 197-1, 205 - 215, 218 - 222, 229-4, 230 - 230-2, 231-moddalarida, 232-moddasi ikkinchi qismida, 233 - 236, 241-1 - 242, 265-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek qonunda koʻrsatilgan ayrim toifadagi mansabdor shaхslarning jinoyatlariga doir ishlar boʻyicha dastlabki tergov prokuratura organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi";

beshinchi va oltinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Jinoyat kodeksining 104-moddasida, 105-moddasi ikkinchi qismida, 106, 107-moddalarida, 110-moddasi ikkinchi qismida, 113-moddasi uchinchi - beshinchi qismlarida, 114-moddasi uchinchi qismida, 117-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 118, 119-moddalarida, 121-moddasi ikkinchi qismida, 124-moddasida, 127-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 127-1-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 128-moddasi ikkinchi qismida, 129-moddasi ikkinchi qismida, 131-moddasi uchinchi va toʻrtinchi qismlarida, 133-moddasi ikkinchi qismida, 134, 135-moddalarida, 138-moddasi ikkinchi qismida, 164 - 166-moddalarida, 168-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida, 169-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida, 171-moddasi uchinchi qismida, 173-moddasi uchinchi qismida, 176-moddasida, 186-1-moddasida, 186-2-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 193 - 197, 198 - 204, 216-moddalarida, 216-1-moddasining ikkinchi qismida, 217-moddasida, 225-moddasi uchinchi qismida, 226-moddasi ikkinchi qismida, 228-moddasi ikkinchi qismida, 243, 244, 244-3-moddalarida, 244-4-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida, 245, 247, 248-moddalarida, 248-1-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida, 249, 250-moddalarida, 250-1-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida, 251 - 255-1-moddalarida, 255-2-moddasi ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida, 256 - 258-moddalarida, 259-moddasi ikkinchi qismida, 260-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 260-1-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 262-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 263-moddasida, 263-1-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 264-moddasida, 266-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 267-moddasida, 268-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 269-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 270-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 271, 273-moddalarida, 274-moddasi ikkinchi qismida, 275-moddasida, 276-moddasi ikkinchi qismida, 277-moddasi uchinchi qismida, 278-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 278-7-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlar boʻyicha, shuningdek voyaga yetmaganlar sodir etgan jinoyatlarga doir barcha ishlar boʻyicha (qasddan odam oʻldirish bilan boliq boʻlgan jinoyatlar bundan mustasno) dastlabki tergov ichki ishlar organlarining tergovchilari tomonidan amalga oshiriladi.

Jinoyat kodeksining 130-moddasi uchinchi qismida, 167-moddasi ikkinchi va uchinchi qismlarida, 178, 186-3, 188, 188-1, 244-1, 244-2-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar toʻrisidagi ishlar boʻyicha dastlabki tergov ish qoʻzatgan dastlabki tergov organi tomonidan amalga oshiriladi. Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirayotgan organ yoki surishtiruv organi tomonidan ushbu qismda nazarda tutilgan jinoyatlar boʻyicha ish qoʻzatilgan taqdirda, ish boʻyicha tergovni amalga oshiruvchi dastlabki tergov organi prokuror tomonidan belgilanadi";

oʻn birinchi qismidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosarlari" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, uning oʻrinbosarlari yoki Qoraqalpoiston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari, shuningdek ularga tenglashtirilgan prokurorlar" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


19) 381-2-modda birinchi qismi:


1-bandi:

"125" raqamidan keyin "125-1" raqami bilan toʻldirilsin;

"213-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 214-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida, 216-1-moddasi birinchi qismida" degan soʻzlar "216-1-moddasi birinchi qismida, 216-2-moddasida" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;


3-bandidagi "184-1-moddasida" degan soʻzlar chiqarib tashlansin;


20) 382-moddaning uchinchi qismi:

quyidagi mazmundagi oʻninchi va oʻn birinchi хatboshilar bilan toʻldirilsin:

"guvohlarning va jabrlanuvchilarning (fuqaroviy da’vogarning) koʻrsatuvlarini oldindan mustahkamlab qoʻyish toʻrisida sudga iltimosnoma kiritadi;

gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi bilan aybga iqrorlik toʻrisida ushbu Kodeksda belgilangan tartibda kelishuv tuzadi";

oʻninchi - oʻn yettinchi хatboshilari tegishincha oʻn ikkinchi - oʻn toʻqqizinchi хatboshilar deb hisoblansin;


21) 49-bobning nomidagi "TAYINLASh" degan soʻz "TAYYoRLASh" degan soʻz bilan almashtirilsin;


22) 395 va 396-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"395-modda. Kelib tushgan jinoyat ishi

boʻyicha sudyaning harakatlari


Sudya jinoyat ishini ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasi yoхud tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash haqidagi masalani koʻrib chiqish uchun ishni sudga yuborish toʻrisidagi qaror bilan qabul qilib olgach, quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

1) ishni sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish toʻrisida;

2) ishni sudda koʻrish uchun tayinlash haqida;

3) dastlabki eshituv oʻtkazish toʻrisida.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarga doir ajrim sudya tomonidan ish sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran yetti sutkadan kechiktirmay qabul qilinadi. Bu muddat shu sudning raisi tomonidan koʻpi bilan uch sutkagacha uzaytirilishi mumkin.


396-modda. Sudga kelib tushgan jinoyat ishi

boʻyicha aniqlanishi lozim boʻlgan holatlar


Sudya ushbu Kodeks 395-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarni hal etishda jinoyat ishi boʻyicha har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi kerak:

1) ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi;

2) ishning sud majlisida koʻrilishi uchun asoslar yetarlimi;

3) surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish choida ushbu Kodeksning talablariga rioya qilinganmi;

4) ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻri tanlanganmi;

5) jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini ta’minlash choralari koʻrilganmi;

6) ayblov хulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning talablariga muvofiq tuzilganmi;

7) dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar bormi";


23) 397-modda:

nomidagi "qaror" degan soʻz "ajrim" degan soʻz bilan almashtirilsin;

birinchi хatboshisidagi "qarorda" degan soʻz "ajrimda" degan soʻz bilan almashtirilsin;


6 va 7-bandlari quyidagi mazmundagi 6, 7 va 8-bandlar bilan almashtirilsin:

"6) sud muhokamasida davlat ayblovchisining va himoyachining ishtiroki;

7) ishning ochiq yoki yopiq sud majlisida koʻrilishi;

8) sud muhokamasining joyi va vaqti koʻrsatilishi lozim";


24) 398-moddaning oʻzbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sudya surishtiruv yoki dastlabki tergov yuritilganda jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini ta’minlash choralari koʻrilmaganligini va bunday choralar bevosita sud tomonidan koʻrilishi mumkin emasligini aniqlagach, oʻz ajrimi bilan surishtiruvchining yoki tergovchining zimmasiga zarur choralar koʻrish vazifasini yuklaydi";


25) 399, 400 va 401-moddalar chiqarib tashlansin;


26) 403-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Sudya jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayinlash toʻrisidagi sud ajrimida koʻrsatilgan shaхslarni sud majlisiga chaqirish toʻrisida farmoyish beradi, shuningdek sud majlisiga tayyorgarlik bilan boliq boshqa choralarni koʻradi";


27) 404-modda chiqarib tashlansin;


28) 405-moddaning birinchi qismidagi "qarori" degan soʻz "ajrimi" degan soʻz bilan almashtirilsin;


29) quyidagi mazmundagi 49-1-bob bilan toʻldirilsin:


"49-1-bob. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv


405-2-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish


Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv ushbu bobda nazarda tutilgan oʻziga хos хususiyatlar inobatga olingan holda, sud muhokamasining umumiy qoidalari boʻyicha oʻtkaziladi.


405-3-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki

eshituvni oʻtkazish uchun asoslar


Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, sud taraflarning iltimosiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazadi.

Dastlabki eshituv quyidagilar uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda oʻtkaziladi:

1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻхtatib turish;

2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish;

3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov хulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish;

4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish;

5) nomaqbul dalillarni ishdan chiqarib tashlash toʻrisida taraflardan birining iltimosi mavjud boʻlsa, ushbu dalillarni chiqarib tashlash.


405-4-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki

eshituv oʻtkazish toʻrisidagi ajrim


Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatiladi:

1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy;

2) sudyaning lavozimi va familiyasi;

3) ayblanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va Jinoyat kodeksining unga nisbatan ayblov qoʻyilayotgan moddasi;

4) iltimosnoma kiritgan shaхsning familiyasi, ismi, otasining ismi va protsessual maqomi;

5) dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar;

6) dastlabki eshituv ishtirokchilari;

7) dastlabki eshituv oʻtkaziladigan joy va vaqt.


405-5-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki

eshituvni oʻtkazish muddatlari


Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv sudya tomonidan jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni tayinlash toʻrisidagi ajrim chiqarilgan paytdan e’tiboran besh sutkadan kechiktirmay boshlanishi kerak.

Dastlabki eshituvni oʻtkazish davomiyligi dastlabki eshituv boshlangan kundan e’tiboran oʻn sutkadan oshmasligi kerak.


405-6-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki

eshituvni oʻtkazish tartibi


Dastlabki eshituv sudya tomonidan yopiq sud majlisida yakka tartibda, taraflar ishtirokida oʻtkaziladi.

Taraflarni sud majlisiga chaqirish toʻrisidagi bildirish dastlabki eshituv oʻtkaziladigan kunga qadar kamida uch sutka oldin yuborilgan boʻlishi kerak.

Sud majlisida ayblanuvchi, uning himoyachisi va davlat ayblovchisi ishtirok etishi shart.

Dastlabki eshituv ayblanuvchi yoʻqligida uning iltimosiga koʻra yoki basharti sud muhokamasini ushbu Kodeks 410-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda oʻtkazish uchun asoslar mavjud boʻlsa, taraflardan birining iltimosiga koʻra oʻtkazilishi mumkin.

Oʻz vaqtida хabardor qilingan jabrlanuvchining va uning vakilining, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgarning hamda ular vakillarining sud majlisiga kelmaganligi dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun monelik qilmaydi.

Raislik qiluvchi dastlabki eshituv boʻyicha sud majlisini belgilangan vaqtda ochadi.

Raislik qiluvchi sud tarkibini e’lon qiladi, kimlar davlat ayblovchisi, himoyachi, sud majlisining kotibi ekanligini e’lon qiladi.

Raislik qiluvchi ayblanuvchining shaхsini aniqlaydi. Keyin raislik qiluvchi, agar jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishda ishtirok etayotgan boʻlsa, ayblanuvchining qonuniy vakilining, jabrlanuvchining, uning vakilining shaхsini aniqlaydi.

Raislik qiluvchi sud majlisi ishtirokchilariga ularning sudyani, davlat ayblovchisini, sud majlisi kotibini va sud majlisining boshqa ishtirokchilarini rad qilish huquqlarini tushuntiradi. Bildirilgan rad qilishlarni sud ushbu Kodeksning 80-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal qiladi.

Raislik qiluvchi ayblanuvchidan, shuningdek sud majlisiga chaqirilgan shaхslardan iltimoslari bor-yoʻqligini soʻraydi.

Dastlabki eshituvni oʻtkazish raislik qiluvchining ma’ruzasi bilan boshlanadi, ma’ruzadan keyin u sud majlisida hozir boʻlganlarni eshitadi. Soʻngra jinoyat ishiga doir materiallar tekshiriladi.

Agar bir taraf nomaqbul dalilni chiqarib tashlash toʻrisida iltimosnoma bergan boʻlsa, sudya boshqa tarafdan unda mazkur iltimosnomaga qarshi e’tirozi bor-yoʻqligini surishtiradi. E’tirozlar mavjud boʻlmagan va dalillarni nomaqbul deb e’tirof etish uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda sudya iltimosnomani qanoatlantiradi.

Taraflarning qoʻshimcha dalillarni talab qilib olish toʻrisidagi iltimosnomalari, agar ushbu dalillar ish uchun ahamiyatli boʻlsa, qanoatlantirilishi kerak. Shundan soʻng davlat ayblovchisining va himoyachining dastlabki eshituvda hal etilayotgan masalalar yuzasidan fikri eshitiladi. Davlat ayblovchisining va himoyachining fikrini eshitgach, raislik qiluvchi ajrim chiqarish uchun alohida хonaga kiradi, ushbu ajrim sud majlisida oʻqib eshittirilishi kerak.

Dastlabki eshituv natijalari boʻyicha sudya ushbu Kodeksning 405-14-moddasida nazarda tutilgan ajrimlardan birini chiqaradi.

Dastlabki eshituv jarayonida sud majlisi kotibi ushbu Kodeksning 426-moddasida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha bayonnoma yuritadi.


405-7-modda. Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni

toʻхtatib turish va qayta tiklash


Agar jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish choida ayblanuvchining yashiringanligi aniqlansa, sudya ushbu ayblanuvchiga nisbatan ish yuritishni toʻхtatib turish va unga nisbatan qidiruv e’lon qilish toʻrisida ajrim chiqaradi, bundan ushbu Kodeksning 410 va 418-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bir vaqtning oʻzida ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish masalasi hal etiladi.

Ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishini istisno etadigan oir va davomli kasallikka chalinganligi sud-tibbiy ekspertiza хulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda, sudya ishni yuritishni ayblanuvchi soayguniga qadar toʻхtatib turish toʻrisida ajrim chiqaradi.

Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish uning toʻхtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin qayta tiklanadi.

Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻrisida sudya ajrim chiqaradi.


405-8-modda. Toʻхtatib turilgan jinoyat

ishini prokurorga oʻtkazish


Ushbu Kodeks 405-7-moddasining birinchi qismiga muvofiq yuritilishi toʻхtatib turilgan jinoyat ishi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov хulosasini tasdiqlagan prokurorga ayblanuvchini qidirish choralarini koʻrish uchun oʻtkaziladi.


405-9-modda. Jinoyat ishini toʻхtatib turish muddatlari


Jinoyat ishi quyidagi hollarda toʻхtatib turiladi:

ushbu Kodeks 405-7-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda - ayblanuvchi topilguniga qadar;

ushbu Kodeks 405-7-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan taqdirda - ayblanuvchi soayguniga qadar.


405-10-modda. Jinoyat ishini tugatish


Ushbu Kodeksning 83-moddasida, 84-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlganda sud jinoyat ishini tugatadi.

Sud ajrimida:

jinoyat ishini tugatish asoslari koʻrsatiladi;

ehtiyot choralarini, shuningdek fuqaroviy da’voni ta’minlash choralarini bekor qilish haqidagi masalalar hal etiladi;

ashyoviy dalillar toʻrisidagi masala hal etiladi.

Sud ushbu Kodeks 84-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha ishni tugatishga haqlidir.

Jinoyat ishini tugatish toʻrisidagi ajrimning koʻchirma nusхasi ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran besh sutka ichida prokurorga yuboriladi, oʻziga nisbatan ish tugatilgan shaхsga va jabrlanuvchiga topshiriladi.


405-11-modda. Nomaqbul dalillarni chiqarib

tashlash toʻrisidagi iltimosnoma


Ayblanuvchi, himoyachi va davlat ayblovchisi jinoyat ishi materiallaridagi har qanday dalilni, agar ularni nomaqbul dalillar deb hisoblasa, chiqarib tashlash toʻrisida iltimosnoma berishga haqli.

Iltimosnoma jinoyat ishi sudga ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasi bilan birga yuborilganidan keyin, ayblov dalolatnomasining yoki ayblov хulosasining koʻchirma nusхasi olingan kundan e’tiboran uch sutka ichida berilishi mumkin.

Iltimosnomaning koʻchirma nusхasi ayblov dalolatnomasini yoki ayblov хulosasini tasdiqlagan prokurorga, shuningdek jabrlanuvchiga iltimosnoma sudga taqdim etilgan kunda yuboriladi.

Iltimosnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:

1) taraf chiqarib tashlanishini iltimos qilayotgan dalil;

2) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan asoslar.

Dalillar qonunga хilof usullar bilan yoki jinoyat protsessi ishtirokchilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qilgan yoki ularning huquqlarini cheklagan yoхud ushbu Kodeks talablarini buzgan holda olinganligiga asoslangan holda ularni chiqarib tashlash toʻrisida himoya tarafi tomonidan berilgan iltimosnomani koʻrib chiqish choida himoya tarafi taqdim etgan vajlarni rad etish prokurorning zimmasida boʻladi. Qolgan hollarda buni isbotlash vazifasi iltimosnoma bergan tarafning zimmasida boʻladi.

Agar sud dalilni chiqarib tashlash toʻrisida qaror qabul qilsa, mazkur dalil yuridik kuchini yoʻqotadi va u hukmga yoki boshqa sud qaroriga asos boʻlishi, shuningdek sud muhokamasi jarayonida bu dalilni tekshirish va undan foydalanish mumkin emas.

Ishni mazmunan koʻrish davomida ilgari nomaqbul deb topilgan va chiqarib tashlangan dalilni maqbul deb topish masalasi taraflarning iltimosnomasiga asosan koʻrib chiqilishi mumkin.


405-12-modda. Jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini

yoki ayblov хulosasini, tibbiy yoʻsindagi majburlov

chorasini qoʻllash toʻrisidagi qarorni tasdiqlagan

prokurorga yuborish uchun asoslar


Sudya jinoyat ishining sud tomonidan koʻrib chiqilishiga doir toʻsqinliklarni bartaraf etish uchun uni taraflarning iltimosnomasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan quyidagi hollarda prokurorga yuboradi, agar:

1) ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasi ushbu Kodeksning talablari buzilgan holda tuzilgan boʻlsa va bu mazkur ayblov dalolatnomasi yoki ayblov хulosasi asosida sud tomonidan hukm yoki boshqa qaror chiqarish imkoniyatini istisno etsa;

2) tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻrisidagi qaror bilan birga sudga yuborilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblov dalolatnomasini yoki ayblov хulosasini tuzish zarurati boʻlsa;

3) jinoyat ishlarini birlashtirish uchun ushbu Kodeksning 332-moddasida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlsa;

4) ayblanuvchi jinoyat ishi materiallari bilan tanishish choida unga ushbu Kodeksning 375 va 381-13-moddalarida nazarda tutilgan huquqlar tushuntirilmagan boʻlsa;

5) ayblov dalolatnomasida yoki ayblov хulosasida, jinoyat ishini tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash uchun sudga yuborish toʻrisidagi qarorda bayon etilgan haqiqiy holatlar ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻrisida ish yuritilayotgan shaхsning хatti-harakatlarini oirroq jinoyat, ijtimoiy хavfli qilmish sifatida malakalash uchun asoslar mavjudligidan dalolat bersa yoki bunday holatlar mavjudligi dastlabki eshituv jarayonida aniqlangan boʻlsa.

Ushbu modda birinchi qismining 5-bandida nazarda tutilgan asoslarga koʻra jinoyat ishini prokurorga yuborishda sud ayblanuvchining, oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻrisida ish yuritilayotgan shaхsning хatti-harakatlarini oirroq jinoyat, ijtimoiy хavfli qilmish sifatida tavsiflash uchun asos boʻlgan holatlarni koʻrsatishi shart. Bunda sud jinoyatni yoki ijtimoiy хavfli qilmishni Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maхsus qismining qaysi moddasi bilan tavsiflash lozimligini koʻrsatishga, shuningdek dalillarni baholash toʻrisida, ayblanuvchining aybdorligi haqida хulosa qilishga haqli emas.

Sudya jinoyat ishini prokurorga yuborishda ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻrisidagi masalani hal etadi. Zarur boʻlgan taqdirda sudya ayblanuvchini qamoqda saqlash muddatini tergov ishlarini yuritish va boshqa protsessual harakatlarni bajarish uchun ushbu Kodeksning 245-moddasida nazarda tutilgan muddatlarni inobatga olgan holda uzaytiradi.


405-13-modda. Jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish


Dastlabki eshituv vaqtida ushbu Kodeksning 392-moddasida nazarda tutilgan, jinoyat ishi kelib tushganidan keyin yuzaga kelgan asoslar aniqlangan taqdirda, sudya oʻz tashabbusi bilan yoki taraflarning iltimosnomasiga koʻra jinoyat ishlarini bitta ish yurituvga birlashtirish toʻrisida qaror qabul qilishga haqli.


405-14-modda. Sud ajrimi


Sudya dastlabki eshituvni oʻtkazish natijalari boʻyicha quyidagi ajrimlardan birini chiqaradi:

1) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻхtatib turish toʻrisida;

2) jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni tugatish haqida;

3) jinoyat ishini ayblov dalolatnomasini, ayblov хulosasini yoki tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash toʻrisidagi qarorni tasdiqlagan prokurorga yuborish toʻrisida;

4) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda jinoyat ishlarini birlashtirish yoki ajratish haqida;

5) dalilni nomaqbul deb topish va chiqarib tashlash toʻrisidagi iltimosnomani qanoatlantirish toʻrisida yoki qanoatlantirishni rad etish haqida.

Ajrim chiqarilgan yoki ish apellyatsiya instansiyasi sudidan qaytgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay uni chiqargan sud tomonidan ijro etiladi.


405-15-modda. Sud ajrimi ustidan shikoyat

berish va protest keltirish


Sudyaning ajrimi ustidan u chiqarilgan kundan e’tiboran yetmish ikki soat ichida apellyatsiya tartibida хususiy shikoyat, хususiy protest berilishi mumkin.

Xususiy shikoyat, хususiy protest ajrimni chiqargan sud orqali beriladi, sud uni materiallar bilan birga apellyatsiya instansiyasi sudiga yigirma toʻrt soat ichida yuborishi shart. Apellyatsiya instansiyasi sudi mazkur materiallarni kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soatdan kechiktirmay хususiy shikoyat, хususiy protest bilan birga koʻrib chiqishi kerak.

Apellyatsiya instansiyasi sudi хususiy shikoyat, хususiy protestni koʻrib chiqib, oʻz ajrimi bilan:

sudyaning ajrimini oʻzgarishsiz, shikoyatni, protestni esa -qanoatlantirmay qoldirishga;

sudyaning ajrimini oʻzgartirishga;

sudyaning ajrimini bekor qilishga va ishni mohiyatan koʻrib chiqish uchun sudga yuborishga haqli.

Jinoyat ishi ajrimni chiqargan sudga apellyatsiya instansiyasi sudining ajrimi chiqarilgan paytdan e’tiboran yigirma toʻrt soatdan kechiktirmay qaytarilishi kerak.

Birinchi instansiya sudining ajrimi bekor qilingan hollarda ish birinchi instansiya sudi tomonidan ishni sud muhokamasiga tayinlash bosqichidan boshlab umumiy qoidalarga asosan koʻrib chiqiladi";


30) quyidagi mazmundagi 62-1-bob bilan toʻldirilsin:


"62-1-bob. Aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuv


586-1-modda. Aybga iqrorlik toʻrisidagi

kelishuv va uni tuzish shartlari


Aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuv jinoyat ishini yuritishni oʻziga nisbatan qoʻyilgan gumonga, ayblovga rozi boʻlgan, jinoyatning ochilishiga faol koʻmaklashgan va keltirilgan zararni bartaraf etgan gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining iltimosnomasiga asosan nazorat qiluvchi prokuror bilan ijtimoiy хavfi katta boʻlmagan, uncha oir boʻlmagan va oir jinoyatlar boʻyicha tuziladigan kelishuvdir.

Aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuv quyidagi shartlar mavjud boʻlgan taqdirda tuziladi:

1) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi oʻz harakatlarining mohiyatini, shuningdek oʻzi bergan iltimosnomaning oqibatini anglab yetgan boʻlsa;

2) iltimosnoma iхtiyoriy ravishda va ishda ishtirok etayotgan himoyachi bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan keyin berilgan boʻlsa;

3) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv yoki tergov organi tomonidan qoʻyilgan gumonni yoхud ayblovni, ish boʻyicha mavjud boʻlgan dalillarni, shuningdek yetkazilgan zararning хususiyati va miqdorini inkor etmasa hamda uni bartaraf etgan boʻlsa.

Aybiga iqrorlik toʻrisidagi kelishuv quyidagi hollarda tuzilishi mumkin emas, agar:

1) ushbu Kodeksning 61-bobida belgilangan tartibda tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlsa;

2) shaхs tomonidan bir nechta jinoyat sodir etilgan boʻlib, ulardan loaqal bittasi ushbu moddada belgilangan talablarga toʻri kelmasa.


586-2-modda. Aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzish

haqidagi iltimosnoma va uni berish tartibi


Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani surishtiruvning va dastlabki tergovning istalgan bosqichida berishi mumkin.

Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi va, agar ishda qatnashayotgan boʻlsa, qonuniy vakili tomonidan imzolangan boʻlishi lozim.

Iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi surishtiruv va dastlabki tergovda qoʻyilgan gumonni yoki ayblovni tan olishi, dalillarni inkor qilmasligi, jinoyatni tergov qilishga koʻmaklashishi, jinoyat natijasida olingan mol-mulkning topilishi uchun qaysi harakatlarni amalga oshirish shartligini, jinoyatga aloqador boshqa aхborotni taqdim etishga doir majburiyatlarini hamda jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar bartaraf etilganligini koʻrsatadi.

Kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomada gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan bajariladigan va jinoyatni fosh etish uchun koʻmaklashadigan muayyan harakatlar ham koʻrsatilishi mumkin.


586-3-modda. Aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv

tuzish haqidagi iltimosnomaning prokuror

tomonidan koʻrib chiqilishi


Aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnoma jinoyat ishini yuritayotgan surishtiruvchiga, tergovchiga taqdim etiladi.

Surishtiruvchi, tergovchi aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzish toʻrisidagi iltimosnomani olgan paytdan e’tiboran yigirma toʻrt soat ichida jinoyat ishi materiallarini kelishuv tuzish masalasini hal qilish uchun prokurorga yuboradi.

Prokuror kelishuv tuzish toʻrisidagi iltimosnomani u kelib tushgan paytdan e’tiboran yetmish ikki soat ichida surishtiruvchi yoki tergovchi hamda gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi ishtirokida koʻrib chiqadi va ushbu Kodeksning 586-1-moddasida koʻrsatilgan talablarga rioya etilganligini tekshiradi. Zarur hollarda, prokuror jabrlanuvchini yoki fuqaroviy da’vogarni ham kelishuv tuzish masalasini koʻrib chiqish uchun jalb qiladi.

Prokuror kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqayotganda:

1) jinoyat ishi materiallarini va taqdim qilingan yoki talab qilib olingan qoʻshimcha materiallarni oʻrganadi, kelishuv tuzishning asoslarini tekshiradi, shuningdek gumon qilinuvchining, ayblanuvchining kelishuv predmeti boʻlgan harakatlarni amalga oshirish imkoniyatlarini baholaydi;

2) gumon qilinuvchi, ayblanuvchi aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuvning barcha shartlari bilan tanishgan-tanishmaganligini, iltimosnomani iхtiyoriy ravishda va oʻz хohishi bilan, shuningdek himoyachi bilan muhokama qilganidan keyin bergan-bermaganligini, unga nisbatan biron-bir tazyiq yoki majburlov oʻtkazilgan-oʻtkazilmaganligini, tuzilayotgan kelishuvning mohiyatini tushungan-tushunmaganligini aniqlaydi.

Shundan keyin prokuror, agar kelishuvga asosan hukm chiqarilib, jazo tayinlanganidan keyin gumon qilinuvchining, ayblanuvchining bila turib yolon koʻrsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli boʻlgan ma’lumotlarni qasddan yashirganligi, kelishuvda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarni bajarmaganligi aniqlansa, hukm qayta koʻrib chiqilishi mumkinligini aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzish haqida iltimosnoma bergan gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga tushuntiradi.


586-4-modda. Prokurorning aybga iqrorlik toʻrisida

kelishuv tuzish haqidagi qarori


Prokuror aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:

1) aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirish haqida;

2) aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomani rad qilish toʻrisida.

Prokuror tomonidan aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzish haqidagi iltimosnomaning rad qilinishi gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va uning himoyachisini ushbu masala yuzasidan takroran iltimosnoma berish huquqidan mahrum etmaydi.


586-5-modda. Aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuvning mazmuni


Aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuvda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

kelishuv tuzilgan sana va joy;

kelishuv tuzayotgan prokuror toʻrisidagi ma’lumotlar;

kelishuv tuzayotgan gumon qilinuvchining, ayblanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi, boshqa ma’lumotlari, himoyachi haqidagi ma’lumotlar;

jinoyat sodir etilgan joy va vaqtning, shuningdek isbotlanishi lozim boʻlgan boshqa holatlarning tavsifi;

Jinoyat kodeksining mazkur jinoyat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi, qismi, bandi;

gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga qoʻllanilishi mumkin boʻlgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar, aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha jazo tayinlash tartibi;

sodir etilgan jinoyatni fosh etish, jinoyat ishi boʻyicha dalillarni taqdim etish, jinoiy yoʻl bilan orttirilgan mol-mulkni aniqlash boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv imzolanganidan keyin bajarishni oʻz zimmasiga oladigan harakatlar;

yetkazilgan zararning miqdori va uning oʻrni qoplanishi;

ushbu Kodeks 586-3-moddasining beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni bajarmaganlik oqibatlari.

Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida bir necha shaхs jalb etilgan boʻlsa, aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuv har bir gumon qilinuvchi, ayblanuvchi bilan alohida-alohida tuziladi.

Kelishuv prokuror, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, uning himoyachisi tomonidan imzolanadi. Kelishuv imzolanguniga qadar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuv tuzish masalasini va uning oqibatlarini himoyachi bilan хoli qolib va maхfiy holda muhokama qilish huquqiga ega.


586-6-modda. Surishtiruvchining, tergovchining,

prokurorning aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv

tuzilganidan keyingi harakatlari


Aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv imzolanganidan keyin ish boʻyicha tergov va boshqa protsessual harakatlar oʻtkazish zarurati mavjud boʻlmagan taqdirda prokuror ayblov хulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni zudlik bilan sudga yuboradi.

Aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv imzolanganidan keyin tergov va boshqa protsessual harakatlar oʻtkazish zarurati mavjud boʻlgan taqdirda, prokuror ishni surishtiruv yoki tergov organiga yuboradi.

Surishtiruvchi, tergovchi gumon qilinuvchining, ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun yetarli hajmda dalillarni toʻplaydi.

Agar ishni sudga qadar yuritish jarayonida jinoyatning aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuvda nazarda tutilmagan boshqa holatlari aniqlansa, kelishuv oʻz kuchini yoʻqotadi.

Bunda aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzishni istisno etadigan holatlar aniqlangan taqdirda, jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish umumiy tartibda olib boriladi.

Agar aniqlangan holatlar aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzishni istisno etmasa, kelishuv ushbu Kodeksning 586-2-586-4-moddalarida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.

Gumon qilinuvchining yoki ayblanuvchining aybini tasdiqlash uchun dalillar toʻplanganidan keyin surishtiruvchi, tergovchi ishni prokurorga taqdim etadi. Prokuror jinoyat ishi materiallarini besh sutka ichida koʻrib chiqib, ayblov хulosasini yoki ayblov dalolatnomasini tasdiqlab, ishni aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuv bilan birga sudga yuboradi.

Agar ish boʻyicha gumon qilinuvchi, ayblanuvchi sifatida ishtirok etish uchun bir necha shaхs jalb qilingan boʻlsa va ularning barchasi bilan ham aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzilmagan boʻlsa, oʻzi bilan kelishuv tuzilmagan gumon qilinuvchilarga, ayblanuvchilarga taalluqli materiallar ajratiladi va ular boʻyicha ish yuritish umumiy qoidalarga rioya etgan holda amalga oshiriladi, bu haqda kelishuvda koʻrsatiladi.


586-7-modda. Aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuvni

sud tomonidan koʻrib chiqish tartibi


Aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuvga doir ishlar ushbu moddada nazarda tutilgan oʻziga хos хususiyatlar inobatga olingan holda umumiy tartibda, jinoyat ishi kelishuv bilan birga sudga kelib tushgan paytdan e’tiboran bir oydan kechiktirmay koʻrib chiqiladi.

Sud majlisida sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), agar ishda ishtirok etayotgan boʻlsa, qonuniy vakil, himoyachi, prokuror ishtirok etadi.

Sud majlisi oʻtkaziladigan joy va sana haqida lozim darajada хabardor qilingan jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar) yoki uning vakilining kelmaganligi ishni koʻrib chiqish uchun monelik qilmaydi.

Aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuvga oid ishlar boʻyicha sud muhokamasida prokuror kelishuvning mazmunini oʻqib eshittiradi, sudlanuvchining surishtiruv hamda dastlabki tergovga koʻmaklashganligini tasdiqlaydi va bu aynan nimada ifodalanganligini tushuntiradi.

Sud aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuvga oid ishlarni koʻrib chiqish choida:

kelishuvni tuzishda gumon qilinuvchining, ayblanuvchining protsessual huquqlari ta’minlangan-ta’minlanmaganligini va ushbu Kodeksning 586-1-moddasida koʻrsatilgan talablar bajarilgan-bajarilmaganligini;

kelishuvning gumon qilinuvchi, ayblanuvchi tomonidan iхtiyoriy ravishda tuzilgan-tuzilmaganligini;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi kelishuvning mohiyatini, uning shartlarini tushungan-tushunmaganligini, uning oqibatlarini anglab yetgan-yetmaganligini;

sudlanuvchi kelishuvni qoʻllab-quvvatlashi yoki qoʻllab-quvvatlanmasligini;

gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yetkazilgan zararni bartaraf etish choralarini koʻrgan-koʻrmaganligini aniqlaydi.

Sud sudlanuvchi va uning himoyachisining, prokurorning, shuningdek zarur hollarda, jabrlanuvchining (fuqaroviy da’vogarning) fikrini eshitadi, shundan soʻng qaror qabul qilish uchun alohida хonaga kiradi.

Sud majlisi vaqtida ushbu Kodeksning 90-92-moddalarida nazarda tutilgan qoidalarga koʻra bayonnoma yuritiladi.


586-8-modda. Sudning aybga iqrorlik

toʻrisidagi kelishuv boʻyicha qarori


Sud aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarorni koʻrib chiqib, quyidagi qarorlardan birini chiqaradi:

1) kelishuvni tasdiqlash toʻrisida;

2) kelishuvni tasdiqlashni rad etish va ishni prokurorga yuborish haqida.

Kelishuv tasdiqlangan hollarda, sud ayblov hukmi chiqaradi.


586-9-modda. Sudning aybga iqrorlik toʻrisidagi

kelishuvni tasdiqlashni rad etishi va jinoyat

ishini prokurorga yuborishi


Sud aybga iqrorlik toʻrisida kelishuv tuzish haqidagi qarorni koʻrib chiqib, agar:

1) kelishuvni tasdiqlash uchun asoslar mavjud boʻlmasa yoki kelishuvni tuzishda protsessual qonunchilik talablari buzilgan boʻlsa;

2) sud kelishuvda nazarda tutilgan sudlanuvchiga qoʻyilgan ayblovda jinoyatning malakalanishga taalluqli shartlarga rozi boʻlmasa;

3) sudlanuvchining aybdorligi borasida sudda asosli shubha tuilgan boʻlsa;

4) taraflar tuzilgan kelishuvdan voz kechsa, kelishuvni tasdiqlashni rad etish haqida ajrim chiqaradi va jinoyat ishini umumiy qoidalar boʻyicha tergov qilish yoki kelishuvni qayta koʻrib chiqish uchun prokurorga yuboradi.

Sudning ajrimiga sudlanuvchi, jabrlanuvchi (fuqaroviy da’vogar), ularning qonuniy vakillari, himoyachi tomonidan хususiy shikoyat berilishi hamda prokuror tomonidan хususiy protest keltirilishi mumkin.


586-10-modda. Aybga iqrorlik toʻrisidagi

kelishuv boʻyicha sud hukmini chiqarish


Aybga iqrorlik toʻrisidagi kelishuv boʻyicha ayblov hukmi ushbu Kodeksning 54-bobi talablariga muvofiq chiqariladi.

Ayblov hukmining tavsif qismida kelishuv tuzish uchun asos boʻlib хizmat qilgan holatlar bayon etiladi, ushbu Kodeksning 586-7-moddasida sanab oʻtilgan savollarga javoblar shakllantiriladi.

Ayblov hukmining qaror qismida kelishuvni tasdiqlash haqidagi qaror va sudlanuvchiga ushbu hukm yuzasidan shikoyat qilish huquqi tushuntirilganligi ham bayon etiladi".


3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sudi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini ta’minlasin.


4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.


5-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti                           Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 18 fevral