Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Moliya vazirligining 20.01.2021 y. 2-son, Davlat soliq qoʻmitasining 18.01.2021 y. 2021-04-son, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining 11.01.2021 y. 05/11-05/01-son "Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun sugʻurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 22.02.2021 y. 1842-6-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

22.02.2021 y.

N 1842-6

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

20.01.2021 y.

N 2


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

18.01.2021 y.

N 2021-04

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MONOPOLIYaGA QARShI KURAShISh

QOʻMITASINING

11.01.2021 y.

N 05/11-05/01


QARORI



Suurta faoliyati toʻrisidagi qonun

hujjatlarini buzganligi uchun suurtalovchilarga

jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻrisidagi

nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son "Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni, 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son "Oʻzbekiston Respublikasining suurta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari toʻrisida"gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 31 dekabrdagi 1060-son "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suurta bozorini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasining 2008 yil 11 iyuldagi 77, 2008-33-son va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2008 yil 26 iyundagi 13-son qarori (roʻyхat raqami 1842, 2008 yil 15 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008 y, 34-son, 337-modda) bilan tasdiqlangan Suurta faoliyati toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun suurtalovchilarga jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Moliya vaziri

T. Ishmetov

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Sh. Kudbiyev

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi

N. Sharipov

        





Qarorga

ILOVA



Suurta faoliyati toʻrisidagi qonun

hujjatlarini buzganligi uchun suurtalovchilarga

jarima sanksiyalarini qoʻllash tartibi toʻrisidagi

nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. 1-banddagi "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi)" degan soʻzlar "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suurta bozorini rivojlantirish agentligi (bundan buyon matnda Suurta bozorini rivojlantirish agentligi deb yuritiladi)" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


2. 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.


3. 8-bandning uchinchi va oltinchi хatboshilaridagi "Davsuurtanazoratni degan soʻz "Suurta bozorini rivojlantirish agentligini" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


4. 13-bandning birinchi хatboshisidagi "Davsuurtanazorat" degan soʻz "Suurta bozorini rivojlantirish agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


5. 17-1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"17-1. Suurtalovchi tomonidan:

mas’ul shaхslarning roʻyхatini;

oʻzining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha faoliyati toʻrisida hisobotni Suurta bozorini rivojlantirish agentligiga taqdim etish muddatlariga rioya qilinmagan taqdirda, -

suurtalovchiga suurta faoliyati toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq suurtalovchi uchun belgilangan ustav kapitali eng kam miqdorining 0,05 foiz miqdoridagi jarima solinadi.".


6. VII-2-bobning nomidagi "Moliya vazirligining" degan soʻzlar "Suurta bozorini rivojlantirish agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


7. 17-2-bandda:

birinchi хatboshidagi "Moliya vazirligining" degan soʻzlar "Suurta bozorini rivojlantirish agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin;

uchinchi хatboshidagi "Moliya vazirligi" degan soʻzlar "Suurta bozorini rivojlantirish agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


8. 18-bandda:

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Suurta bozorini rivojlantirish agentligi kamchiliklar mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida kamchiliklar tavsifi va jarima sanksiyalari miqdorini koʻrsatgan holda tegishli хulosa tayyorlab mazkur Nizomda koʻrsatib oʻtilgan jarima sanksiyalarini qoʻllash toʻrisida qaror qabul qiladi";

uchinchi хatboshidagi "Moliya vazirligining" degan soʻzlar "Suurta bozorini rivojlantirish agentligining" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


9. 19-banddagi "Moliya vazirligi" degan soʻzlar "Suurta bozorini rivojlantirish agentligi" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.


10. 20-banddagi "Moliya vazirligiga" degan soʻzlar "Suurta bozorini rivojlantirish agentligiga" degan soʻzlar bilan almashtirilsin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 22 fevral