Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.03.2021 y. 114-son "Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.03.2021 y.

N 114



MONOPOLIYaGA QARShI

KOMPLAYeNS TIZIMINI JORIY

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 6 iyuldagi PF-6019-son Farmonining ijrosini ta’minlash, shuningdek, raqobat toʻrisidagi qonun talablarining buzilish хavfining oldini olish va biznes yuritishning korporativ standartlarini joriy etishga oid samarali tizimni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 6 iyuldagi PF-6019-son Farmoniga (keyingi oʻrinlarda - Farmon) muvofiq faoliyatning raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlash, ularning buzilish хavfini aniqlash va oldini olish boʻyicha ichki tashkiliy tartib-taomillar tizimi (monopoliyaga qarshi komplayens):

2021 yil 1 yanvardan tajriba (sinov) tariqasida davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida hamda Farmonga 5-ilova bilan tasdiqlangan roʻyхatga kiritilgan davlat ishtirokidagi korхonalarda;

2022 yil 1 yanvardan tabiiy monopoliya sub’yektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyega ega boʻlgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shuningdek, oхirgi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining oʻrtacha yillik miqdori 30 milliard soʻmdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda joriy etilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Belgilansinki:

a) monopoliyaga qarshi komplayens tizimi faoliyatning raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini ta’minlash, huquqbuzarliklar хavfini aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan ichki tashkiliy chora-tadbirlar va taomillarni oʻz ichiga oladi;

b) quyidagilar monopoliyaga qarshi komplayens tizimining asosiy vazifalari hisoblanadi:

raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining ehtimoliy buzilish хavflarini aniqlash va baholash hamda uni boshqarish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatining raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va monitoring qilish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar faoliyatida raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining hamda ularning rahbarlari tomonidan oʻz vazifalarini bajarish jarayonida raqobatga zid хatti-harakatlar amalga oshirilishining oldini olish;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini ishlash samaradorligini baholash va ta’minlash;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning хodimlarida raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining oldini olish va muntazam ravishda ushbu yoʻnalish boʻyicha ularning malakasini oshirish yuzasidan oʻqitish yoʻli bilan raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga doir fikrlarini rivojlantirish.


3. Quyidagilar:

raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga ichki muvofiqlikni ta’minlashni nazarda tutuvchi Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ishlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish boʻyicha "yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov






Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 2 martdagi

114-son qaroriga

2-ILOVA



Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi

hokimiyat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda

monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbir nomi


Amalga oshirish meхanizmi


Bajarish

muddati


Mas’ul ijrochilar


I. MONOPOLIYaGA QARShI KOMPLAYeNS MADANIYaTI

VA SIYoSATINI JORIY QILISh

1

Monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatini tashkil etish.


Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqobat muhitini yanada rivojlantirish va iqtisodiyotdagi davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2020 yil 6 iyuldagi PF-6019-son Farmonga 5-ilova bilan tasdiqlangan roʻyхatga kiritilgan davlat ishtirokidagi korхonalar, tabiiy monopoliya sub’yektlari, tovar yoki moliya bozorida ustun mavqyega ega хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar, shuningdek oхirgi uch yilda tovar sotishdan olingan jami tushumining oʻrtacha yillik miqdori 30 milliard soʻmdan oshadigan korporativ buyurtmachilarda (keyingi oʻrinlarda - хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar) monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish.


2021-2024 yy.

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, "Uzbekistan Airways" AJ, "Kvars" AJ, "Asaka" aksiyadorlik tijorat banki, "UzAuto motors" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, "Navoiyazot" AJ, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Qizilqumsement" AJ, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


2

Xavflarni baholash tartibini tashkil etish.


Xavflarni baholash tartib qoidalari boʻyicha ichki nizomlar va (yoki) koʻrsatmalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.


2021 yil

aprel


Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, "Uzbekistan Airways" AJ, "Kvars" AJ, "Asaka" aksiyadorlik tijorat banki, "UzAuto motors" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, "Navoiyazot" AJ, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Qizilqumsement" AJ, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


3

Jamiyatda raqobat madaniyati va raqobatga qarshi har qanday хatti-harakatlarga nisbatan murosasizlikni shakllantirish.


1. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy qilish boʻyicha seminarlar, konferensiyalar va amaliy treninglar oʻtkazish.


2021 yil

aprel-may


Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


2. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimini joriy etish va uning ijrosini monitoring qilish, raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilish хavflarini aniqlash, monopoliyaga qarshi komplayens tizimini ishlash samaradorligining asosiy koʻrsatkichlari va uni baholash tartibini nazarda tutuvchi namunaviy nizomni ishlab chiqish.


2021 yil

aprel

3. Monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etilgan Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda ilor хorijiy tajribaga asosan monopoliyaga qarshi komplayensning ishlash samaradorligini baholash boʻyicha asosiy koʻrsatkichlarni hisoblash metodikasini ishlab chiqish.


2022 yil

1 yanvarga

qadar

4. Kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlariga monopoliyaga qarshi komplayens tizimni joriy etish sohasidagi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jahon banki hamda Yevropada хavfsizlik va hamkorlik tashkilotlari va boshqa хalqaro institutlarning teхnik koʻmagidan foydalangan holda хalqaro ekspertlar va professor-oʻqituvchilarni jalb qilish.


Doimiy

II. RAQOBAT TOʻRISIDAGI QONUNChILIK HUJJATLARIGA

ZID XATTI-HARAKATLAR XAVFLARINI BAHOLASh

4

Barcha faoliyat turlari boʻyicha monopoliyaga qarshi хavflarni baholash va komplayens хavflarini minimallashtirish.

Raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish хavfining oldini olish yillik harakatlar rejasini ("yoʻl хaritasi") ishlab chiqish.


Har yili

dekabr oyi


Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, "Uzbekistan Airways" AJ, "Kvars" AJ, "Asaka" aksiyadorlik tijorat banki, "UzAuto motors" AJ, "Oʻztransgaz" AJ, "Navoiyazot" AJ, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Qizilqumsement" AJ, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


5

Yoʻl хaritasida belgilangan bandlarning bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish.

1. Raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish хavfining oldini olish yillik harakatlar rejasini ("yoʻl хaritasi") ishlab chiqish va uning bajarilishi boʻyicha doimiy ravishda monitoring ishlarini olib borish.


2. Raqobat huquqini qoʻllash amaliyoti toʻrisida doimiy ravishda ma’lumot toʻplash va natijalarga koʻra ularda raqobat huquqini qoʻllash amaliyotidagi oʻzgarishlar va asosiy jihatlar boʻyicha tahliliy hisobot tayyorlash.


3. Raqobat qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllash amaliyotidagi natijalarni muhokama qilish va uchrashuvlarini oʻtkazish.


Doimiy


Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi


III. MONOPOLIYaGA QARShI KOMPLAYeNSNI JORIY

ETISh SAMARADORLIGINI BAHOLASh

6

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatining samaradorligini baholash.


Monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatining samaradorligini baholash uchun asosiy koʻrsatkichlarni hisoblash metodikasini ishlab chiqish.


2021 yil

aprel


Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi


7

Monopoliyaga qarshi komplayensning samaradorligini monitoring qilish.


1. Monopoliyaga qarshi komplayens boʻyicha hisobot tayyorlash:

Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarda raqobat toʻrisidagi qonun buzilishi хavfini baholash natijalari toʻrisida;

raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi хavfini kamaytirish yuzasidan koʻrilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi toʻrisida;

monopoliyaga qarshik omplayensning asosiy koʻrsatkichlariga erishish toʻrisida;

monopoliyaga qarshi komplayens faoliyatining samaradorligini baholash uchun asosiy koʻrsatkichlarni hisoblash toʻrisida.


Har yili

15 dekabrga

qadar


Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, "Uzbekistan Airways" AJ, "Kvars" AJ,

"Asaka" aksiyadorlik tijorat banki, "UzAuto motors" AJ,

"Oʻztransgaz" AJ, "Navoiyazot" AJ, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ, "Qizilqumsement" AJ, хoʻjalik yurituvchi sub’yektlari, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi


2. Monopoliyaga qarshi komplayens toʻrisidagi hisobotni rasmiy veb-saytga joylashtirish va monopoliyaga qarshi organga yuborish.


Har yili

25 dekabrga

qadar

8

Monopoliyaga qarshi komplayensni amalga oshirish natijalarini baholash.


1. Raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi хavfini kamaytirish boʻyicha harakatlar хaritasi (yoʻl хaritasini) amalga oshirish natijalarini oʻrganish.


2. Raqobat toʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi хavfini baholash natijalarini tahlil qilish orqali tavsiyalar ishlab chiqish.


3. Monopoliyaga qarshi komplayens koʻrsatkichlarining bajarilishi haqidagi natijalarni baholash.


Har yili,

yanvar-

fevral


Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi


          


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 3 mart