Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.02.2021 y. PQ-5008-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

25.02.2021 y.

N PQ-5008



XALQARO ShARTNOMANI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:


1. 2019 yil 15 aprel kuni Toshkent shahrida imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozoiston Respublikasi Hukumati oʻrtasida Qozoiston Respublikasidagi Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari boʻlgan mehnatkash-migrantlar va Oʻzbekiston Respublikasidagi Qozoiston Respublikasining fuqarolari boʻlgan mehnatkash-migrantlarning mehnat faoliyati va huquqlarini himoya qilish toʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ushbu хalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan vakolatli organ etib belgilansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur хalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻrisidagi tegishli bildirishnomani Qozoiston tomoniga yuborsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu хalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 25 fevral