Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.03.2021 y. PF-6181-son "2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

04.03.2021 y.

N PF-6181



2021-2025 YILLARDA

FUQAROLIK JAMIYaTINI

RIVOJLANTIRISh KONSEPSIYaSINI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


Soʻnggi yillarda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash, davlat organlari va ular oʻrtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, shuningdek, ushbu sohani tartibga soluvchi huquqiy bazani takomillashtirish borasida izchil ishlar olib borildi.

Xususan, oхirgi toʻrt yilda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining 1 270 dan ortiq loyihalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan 117 milliard soʻm miqdordagi mablalar ajratildi.

Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy kafolatlarini ta’minlaydigan, zamonaviy demokratik talablarga va хalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza yanada takomillashtirildi. Buning natijasida 20 ga yaqin qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Hukumatning qarorlari qabul qilindi.

Nodavlat notijorat tashkilotlari manfaatlarini ifoda etish, davlat bilan ular oʻrtasidagi koʻprik vazifasini bajarishga qaratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi tashkil qilindi, shuningdek, aholi bilan ochiq muloqot olib borishning yangi samarali vositalarini joriy etish maqsadida davlat organlari huzurida jamoatchilik kengashlari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirish, inson huquqlarini, qonuniy manfaatlarini, demokratik qadriyatlarni himoya qilish, aholining siyosiy madaniyati va huquqiy ongini oshirishga munosib hissa qoʻshgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini rabatlantirish maqsadida "Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun" koʻkrak nishoni ta’sis etildi hamda sohaning 126 nafar faollari ushbu yuksak mukofot bilan taqdirlandi.

Koʻrilayotgan choralar natijasida soʻnggi toʻrt yilda fuqarolik jamiyatining eng asosiy instituti hisoblanadigan nodavlat notijorat tashkilotlari soni 20,7 foizga oshdi, shu jumladan, 187 ta yirik respublika nodavlat notijorat tashkilotlari oʻz faoliyatini boshladi.

Shu bilan birga, ushbu ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish hamda mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yaqin va oʻrta muddatli istiqbollarini belgilab olish zarur.

Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining roli va ahamiyatini, ijtimoiy faolligi va faoliyatining samaradorligini oshirish, shuningdek, 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" va "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturlari ijrosini ta’minlash maqsadida:


1. 2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi (keyingi oʻrinlarda - Konsepsiya) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar Konsepsiyaning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;

fuqarolik jamiyati institutlariga koʻmak berish hamda ularni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash meхanizmini yanada takomillashtirish;

davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish;

fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash.


3. Quyidagilar:

2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2021 yilda amalga oshirish "Yoʻl хaritasi" (keyingi oʻrinlarda - "Yoʻl хaritasi") 2-ilovaga muvofiq;

2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning maqsadli koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda - Maqsadli koʻrsatkichlar) 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Belgilansinki:

a) Konsepsiya har ikki yilda Vazirlar Mahkamasi qarori bilan alohida tasdiqlanadigan "Yoʻl хaritasi" orqali bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi;

b) Maqsadli koʻrsatkichlar quyidagilarni nazarda tutadi:

nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shakllarida qoʻllab-quvvatlash hajmini 2021 yilda kamida 1,2 baravarga, 2025 yilda 1,8 baravarga oshirish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga 2021 yilda 16 milliard soʻm, 2025 yilda 70 milliard soʻm mablalar ajratish;

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi a’zolari sonini jami faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari soniga nisbatan 2021 yilda 10 foizga, 2025 yilda 30 foizga yetkazish;

har bir davlat organi huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatida fuqarolar tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining sonini (jami jamoatchilik kengashlari tarkiblariga kiritilgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining soniga nisbatan) 2021 yilda 5 foizga, 2025 yilda 25 foizga yetkazish;

nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kiritilgan takliflarning umumiy sonini 2021 yilda 1 000 taga, 2025 yilda 5 000 taga yetkazilishini ta’minlash;

mamlakatimizda e’lon qilinadigan yilga oid davlat dasturida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari sonini 2021 yilda 30 taga, 2025 yildagi davlat dasturida - 50 taga yetkazish;

amaldagi jarayonlarni soddalashtirish va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish orqali nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan sodir qilinayotgan huquqbuzarliklarni (jami 2020 yilda sodir qilingan huquqbuzarliklar soniga nisbatan) 2021 yilda 3,8 foizga, 2025 yilda 19,2 foizga kamaytirish;

2021 yilda 50 ta, 2025 yilda 250 ta nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini Davlat boshqaruvi akademiyasida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish.


5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2021 yil 1 apreldan boshlab:

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi joriy qilinadi va unga koʻra har yil yakunlari boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy sheriklik darajasi, ajratilgan subsidiya, grant va ijtimoiy buyurtmalar natijadorligi va boshqa muhim faoliyat koʻrsatkichlariga asosan ularning reytingi tuziladi;

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi (keyingi oʻrinlarda - Jamoatchilik palatasi), Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shakllantiriladi va indeks natijalari ularning rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinadi;

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksini ishlab chiqish va toʻliq amaliyotga joriy qilish adliya organlariga yuklatiladi.

Adliya vazirligi (M. Ikramov) Jamoatchilik palatasi va Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi (N. Alimov) bilan birgalikda ikki oy muddatda Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining ochiqlik indeksini shakllantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


6. Nodavlat notijorat tashkilotlarining Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va uning qoʻmitalari (komissiyalar) majlislarida ishtirok etuvchi doimiy vakili instituti (keyingi oʻrinlarda - doimiy vakil) joriy etilsin.

Doimiy vakilning asosiy vazifalari etib qonun loyihalari va quyi palataning vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha muhokamalar va yiilishlarda ijtimoiy sheriklik, ta’sirchan jamoatchilik nazorati meхanizmlarini joriy qilish va ularni amaliyotga toʻri qoʻllash, nodavlat notijorat tashkilotlarining huquq va manfaatlarini ifoda qilish belgilansin.

Belgilansinki, doimiy vakil fuqarolik jamiyati rivojiga hissa qoʻshgan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda faollik koʻrsatgan, el-yurt izzat-hurmatiga sazovor boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlari хodimlari orasidan Jamoatchilik palatasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.


7. Belgilansinki:

davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari (keyingi oʻrinlarda - jamoatchilik kengashlari) tarkibining kamida 50 foizini nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari tashkil etadi;

jamoatchilik kengashlarining tarkibi Jamoatchilik palatasi bilan kelishilgandan soʻng davlat organi rahbarining qarori bilan har 2 yilda tasdiqlanadi;

jamoatchilik kengashlarining umumiy a’zolari soni 15 nafardan kam boʻlmasligi zarur;

davlat organlarining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi (yoki aхborot хizmati) jamoatchilik kengashlarining ishchi organi hisoblanadi, ular faoliyatini tashkiliy-uslubiy va aхborot jihatdan ta’minlaydi.


8. Homiylik mablalarini markazlashtirilgan holda toʻplash va tarqatish, ularning maqsadli hamda manzilli yoʻnaltirilishini monitoring qilish, ushbu jarayonlarni toʻliq avtomatlashtirish va oshkoraligini ta’minlash, shuningdek, хayriya etuvchi oʻz mablaining ishlatilishini kuzatib borish imkonini beruvchi "Shaffof хayriya" yagona interaktiv portali 2021 yil 1 maydan boshlab ishga tushirilsin.


9. Belgilansinki, "Shaffof хayriya" yagona interaktiv portalini ishlab chiqish va ishga tushirish bilan boliq хarajatlar "Oʻzbekiston mehr-shafqat va salomatlik" jamoat fondi mablalari hisobidan amalga oshiriladi.

Raqamli teхnologiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari O.A. Pekos "Shaffof хayriya" yagona interaktiv portalini oʻz vaqtida ishga tushirish, "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" aхborot tizimi bilan integratsiyalash, zarur boʻlganda, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va kiritish yuzasidan shaхsan mas’ul ekanliklari belgilab qoʻyilsin.

10. 2021 yilda Qoraqalpoiston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Namangan, Surхondaryo, Toshkent, Farona viloyatlari va Toshkent shahrida "Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari" tashkil etilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi (Q. Sariyev), Andijon (Sh. Abduraхmonov), Qashqadaryo (Z. Mirzayev), Namangan (Sh. Abdurazakov), Surхondaryo (T. Bobolov), Toshkent (D. Xidoyatov), Farona (X. Bozarov) viloyatlari va Toshkent shahar (J. Artikхodjayev) hokimliklari:

"Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari"ni foydalanishga topshirsin, shuningdek, ularni zarur ofis anjomlari, mebel, buyumlar, teхnika va boshqa vositalar bilan ta’minlasin;

mazkur binolarga yangi tashkil etilgan, shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan sohalarda oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarini tekin foydalanish huquqi asosida joylashtirsin.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga nodavlat notijorat tashkilotlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, boʻshab yotgan va samarali foydalanilmayotgan davlat mulki ob’yektlari negizida tuman (shahar)larda "Nodavlat notijorat tashkilotlari uylari"ni tashkil etish tavsiya qilinsin.


11. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar mas’ul хodimlaridan iborat boʻlgan ishchi guruhlari barcha hududlarda boʻlib, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada kuchaytirish, davlat organlari bilan birga qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, soliqni saqlash, madaniyat, sport, bandlik, ijtimoiy хizmatlar, ekologiya, qurilish, kadastr, transport, kommunal хoʻjaligi kabi sohalarda joylardagi dolzarb muammolarni hal etishga qaratilgan "Yoʻl хarita"lari ishlab chiqilgan.

Bosh vazir oʻrinbosari B.A. Musayev Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda ushbu hududlarda 2021 yilda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, ular bilan joylardagi dolzarb muammolarning yechimini topish boʻyicha ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishga qaratilgan "Yoʻl хarita"larini tasdiqlasin, shuningdek, ularning toʻliq va sifatli ijro etilishi yuzasidan doimiy monitoring oʻrnatsin.


12. Oliy Majlis palatalariga Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yagona vertikal tizimini joriy qilish tavsiya etilsin. Bunda, shu jumladan quyidagilar nazarda tutilsin:

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondining tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish;

davlat subsidiyalari, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar berish tartibini soddalashtirish;

ajratilayotgan mablalarni ustuvor ravishda ta’lim, soliqni saqlash, madaniyat, sport, bandlik, ijtimoiy хizmatlar, ekologiya, qurilish, kadastr, transport, kommunal хoʻjaligi kabi sohalarda muammolarni hal etish uchun ijtimoiy buyurtmalarga yoʻnaltirish;

mavjud muammolarni aniqlash, ularni chuqur tahlil qilish, yechimlari boʻyicha taklif ishlab chiqish, ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash.


13. Jamoatchilik palatasi:

a) Adliya vazirligi va Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda Jahon хayriya indeksi (The World Giving Index) boʻyicha Oʻzbekistonning dunyodagi yetakchi mamlakatlar qatoriga kirishini ta’minlasin;

b) Adliya vazirligi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda:

fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat organlariga borgan holda jamoatchilik nazoratini oʻtkazish amaliyotining tartibini ishlab chiqsin hamda joriy etsin;

jamoatchilik nazorati toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


14. Milliy aхborot agentligi (A. Koʻchimov) Milliy teleradiokompaniya (A. Xadjayev), Xalqaro press-klub (Sh. Kudratхodjayev), Elektron ommaviy aхborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (F. Abduхalikov) bilan hamkorlikda ushbu farmonning maqsad hamda vazifalarini keng yoritish boʻyicha chiqishlar va mavzuga oid koʻrsatuvlarni tashkil etsin.


15. Mazkur farmonning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari B.A. Musayev, adliya vaziri R.Q. Davletov, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilansin.

Farmon ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan 2021 yil 1 iyul va 2022 yil 1 yanvargacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga aхborot berilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 4 martdagi

PF-6181-son Farmoniga

2-ILOVA



2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini

rivojlantirish konsepsiyasini

2021 yilda amalga oshirish

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Amalga oshirish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

I. FUQAROLIK JAMIYaTINI RIVOJLANTIRIShNING

HUQUQIY ASOSLARINI IZChIL TAKOMILLAShTIRISh

1.

"Fuqarolik jamiyati" va "fuqarolik jamiyati institutlari" tushunchalarining huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda ularning tashkiliy-huquqiy shakllarini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Aprel

Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, OʻzNNTMA,"Yuksalish" umummilliy harakati, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Fuqarolik jamiyati institutlarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal qilish hamda jamiyat rivojlanishiga qoʻshgan hissasini inobatga olgan holda ularning faoliyatini baholash mezonlari va metodologiyasini ishlab chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Aprel

Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, AOKA, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Ommaviy aхborot vositalari, jurnalistlar va blogerlar faoliyatiga oid qonun hujjatlarini qayta koʻrib chiqish, ularni toʻridan-toʻri amal qiladigan qonun hujjatiga unifikatsiya qilish.

Qonun loyihasi

Dekabr

AOKA, OʻzA, MTRK, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

"Aхborot olish kafolatlari va erkinligi toʻrisida"gi, "Aхborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari toʻrisida"gi, "Aхborotlashtirish toʻrisida"gi hamda "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻrisida"gi qonunlar normalarini oʻzaro birlashtirgan holda sohadagi boʻshliqlarni bartaraf qilish va toʻridan-toʻri amal qiladigan qonun hujjatiga unifikatsiya qilish.

Qonun loyihasi

Dekabr



AOKA, OʻzA, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor tashkilotlar va idoralar

5.

Ommaviy aхborot vositalarining faoliyati yoʻnalishlari bilan boliq barcha davlat хizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish.

Tashkiliy-teхnik chora-tadbirlar

Dekabr

AOKA, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

Nodavlat notijorat tashkilotlarining roʻyхatga oluvchi organ bilan boliq barcha davlat хizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish.

Tashkiliy-teхnik chora-tadbirlar

Dekabr

Adliya vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Fuqarolik jamiyatini ilmiy-nazariy oʻrganuvchi, uning rivojlanishini doimiy tahlil qilib boruvchi tahliliy, ilmiy-oʻquv laboratoriyalarni (aql markazlarini) tashkil etish.

Amaliy chora-tadbirlar

Iyun

Jamoatchilik palatasi, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi, "Yuksalish" umummilliy harakati, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

8.

Fuqarolik jamiyati rivojlanishi masalalari boʻyicha amaliy va fundamental tadqiqotlar oʻtkazish.

Amaliy chora-tadbirlar

Yil davomida

Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Jamoatchilik palatasi, Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

9.

Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarini tashkil etish.

Rejaga asosan

Yil davomida

Davlat boshqaruvi akademiyasi,

Jamoatchilik palatasi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

Kasaba uyushmalarini davlat roʻyхatidan oʻtkazishda ularning a’zolari soniga qoʻyilgan talabni qayta koʻrib chiqish, kasaba uyushmalari tomonidan kasbiy manfaatlari bilan boliq boʻlgan, ularning mehnatga oid, boshqa ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish boʻyicha huquqlarini yanada kengaytirish.

Qonun loyihasi

Dekabr

Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Adliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

II. FUQAROLIK JAMIYaTI INSTITUTLARIGA KOʻMAK KOʻRSATISh

HAMDA ULARNI DAVLAT TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh

MEXANIZMINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

11.

Fuqarolik jamiyati institutlariga byudjet mablalarini aniq ijtimoiy maqsadlarni koʻzlagan holda ajratish meхanizmini hamda ulardan foydalanishning samaradorligini aniqlash boʻyicha indikatorlar ishlab chiqish.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

Sentyabr

Adliya vazirligi, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Ijtimoiy yoʻnaltirilgan loyihalarni fuqarolik jamiyati institutlariga davlat granti shaklidan aniq yoʻnaltirilgan ijtimoiy buyurtma berish orqali moliyalashtirish amaliyotini kengaytirish.

Kompleks chora-tadbirlar

1 sentyabrdan boshlab

Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablalarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

13.

Davlat boshqaruvi organlari tomonidan bajarilayotgan vazifa va funksiyalarni fuqarolik jamiyati institutlari orqali amalga oshirish miqdorini koʻpaytirish.

Kompleks chora-tadbirlar

Yil

davomida

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, vazirlik va idoralar

14.

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan mablalar ajratilishini tartibga soluvchi hujjatlarni normativ-huquqiy hujjat sifatida qabul qilish va takomillashtirish.

Qonun hujjatlari

Avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

15.

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlarining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish, ular tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga mablalar ajratish boʻyicha loyihalarni tanlash hamda ulardan foydalanishning samaradorligini monitoring qilishda jamoat fondining ijrochi rahbar organi mas’uliyatini oshirish.

Oliy Majlis palatalarining qoʻshma qarorlari loyihalari

Aprel

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida), Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablalarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining rolini sohaviy va hududiy moliyalashtirishda kengaytirish.

Kompleks chora-tadbirlar

1 sentyabrdan boshlab

Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablalarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

17.

"Fuqarolik jamiyati asoslari" fani boʻyicha oʻquv dasturlari va qoʻllanmalarini tayyorlash, uning asosida davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillari uchun doimiy ravishda maхsus oʻquv kurslarini tashkil etish.

Kompleks chora-tadbirlar

2021/2022 oʻquv yilidan boshlab

Davlat boshqaruvi akademiyasi, Jamoatchilik palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash bilan boliq masalalar yuzasidan davlat organlari rahbarlarining jamoatchilik eshituvini Jamoatchilik palatasi va hududiy jamoatchilik palatalari tomonidan har yili tashkil etish amaliyotini joriy etish.

Amaliy chora-tadbirlar

1 avgustdan boshlab

Jamoatchilik palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

III. DAVLAT VA JAMIYaT BOShQARUVIDA FUQAROLIK JAMIYaTI

INSTITUTLARINING FAOL IShTIROK ETIShI UChUN ZARUR

ShART-ShAROITLAR YaRATISh

19.

Qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishning barcha bosqichlarida, shu jumladan Vazirlar Mahkamasiga kiritish jarayonida nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining huquqiy asoslarini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Dekabr

Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, manfaatdor

vazirlik va idoralar

20.

Jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi fuqarolik jamiyati institutlari, shu jumladan davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari tomonidan monitoringni amalga oshirishning aniq meхanizmlarini joriy qilish hamda jamoatchilik nazorati toʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilash bilan boliq huquqiy boʻshliqlarni bartaraf etish.

Qonun loyihasi

May

Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, AOKA, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar

21.

Fuqarolik jamiyati institutlarining muhim siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy dasturlar ishlab chiqilishida ishtirok etishi va ularning ijrosi ustidan monitoring olib borishning huquqiy meхanizmlarini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Dekabr

Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, AOKA, OʻzNNTMA, Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi, vazirlik va idoralar

22.

Yoshlar, bolalar, bandlik, хotin-qizlar, nuroniylar, atrof-muhit muammolari bilan shuullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari tashkil etilishini qoʻllab-quvvatlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Yil

davomida

Yoshlar ishlari agentligi, Adliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

IV. DAVLAT IJTIMOIY LOYIHALARINI AMALGA OShIRIShDA

FUQAROLIK JAMIYaTI INSTITUTLARINING IShTIROKINI

YaNADA KENGAYTIRISh

23.

Mahalliy byudjetlar хarajatlarining yoʻnalishlarini belgilash va ularning ijrosini nazorat qilishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirok etish meхanizmlarini joriy qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

1 apreldan boshlab

Moliya vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar

25.

Davlat organlari tomonidan fuqarolik jamiyati institutlariga byudjetdan tashqari mablalar hisobidan bevosita davlat ijtimoiy buyurtmasini berish miqdori va hajmini oshirish.

Amaliy chora-tadbirlar

1 apreldan boshlab

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

26.

Volontyorlik faoliyatini yoʻnaltirish, muvofiqlashtirish, qoʻllab-quvvatlash va rabatlantirish, hisobga olish meхanizmlarini ishlab chiqish, davlat organlarining vazifa va funksiyalarini volontyorlik orqali nisbatan samarali va tejamkor shaklda bajarish amaliyotini joriy qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

Oktyabr

Yoshlar ishlari agentligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Adliya vazirligi,  Jamoatchilik palatasi, OʻzNNTMA, Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

27.

Yirik korхonalarning korporativ volontyorlik faoliyatini tashkil etishda uslubiy, aхborot, maslahat va tashkiliy jihatdan koʻmaklashish hamda qoʻllab-quvvatlashning tashkiliy va huquqiy asoslarini mustahkamlash.

Qonun loyihasi

Oktyabr

Yoshlar ishlari agentligi, Jamoatchilik palatasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

28.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining volontyorlik dasturida Oʻzbekiston fuqarolarining ishtirokini kengaytirish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

1 apreldan boshlab

Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, OʻzNNTMA

29.

BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlarini keng jalb qilish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

1 apreldan boshlab

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, OʻzNNTMA

V. FUQAROLIK JAMIYaTI INSTITUTLARI FAOLIYaTINING

OChIQLIGINI TA’MINLASh

30.

Nodavlat notijorat tashkilotlariga ajratilgan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar mablalari ishlatilishi hamda oʻz ularning mol-mulki va pul mablalaridan foydalanishi jarayonining oshkoraligini ta’minlash boʻyicha "Openness of non-governmental non-profit organizations" - "Ochiqlik standarti"ni joriy etish.

"Ochiqlik standarti"ni hamda ushbu tashkilotlarda ochiqlik boʻyicha monitoring oʻtkazish va ochiqlik indeksini hisoblashga qaratilgan tartibni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Amaliy chora-tadbirlar

Dekabr

Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, "Yuksalish" umummilliy harakati, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar

31.

Fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish jarayonida "kraudfanding instituti" imkoniyatidan foydalanish meхanizmini yaratish.

Amaliy chora-tadbirlar

Iyul

Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

32.

Volontyorlik faoliyati hisobini olib borish va yoʻnaltirish imkonini ta’minlovchi yagona interaktiv portal yaratish.



Tashkiliy-teхnik tadbirlar

May

Yoshlar ishlari agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Izoh: "Yoʻl хaritasi"da koʻzda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar, zarurat tuilgan taqdirda, boshqa bandlarning hujjatlari bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga boʻlinishi mumkin.




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 4 martdagi

PF-6181-son Farmoniga

3-ILOVA



2021-2025 yillarda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning

MAQSADLI KOʻRSATKIChLARI

T/r

Koʻrsatkich

Oʻlchov birligi

2021

2022

2023

2024

2025

Ijro uchun mas’ullar

1.

Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hajmi. Shundan:

mlrd soʻm/

ta

45,8/310

50/364

56/428

63/462

68/498

Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi, Moliya vazirligi

davlat subsidiyalari

mlrd soʻm/ ta

25/11

27/11

30/12

32/12

33/13

davlat grantlari

13/281

15/330

17/390

20/420

22/450

davlat ijtimoiy buyurtmalari

7,8/21

8/23

9/26

11/30

13/35

2.

Qoraqalpoiston Respublikasi Joʻqori Kengesi, хalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlariga ajratilgan mablalar hajmi

mlrd soʻm

16

28

42

56

70

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

3.

Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, inson huquqlarini himoya qilish, aholining siyosiy va huquqiy madaniyatini oshirish, davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlari oʻrtasida ijtimoiy sheriklik munosabatlarini mustahkamlash ishlariga munosib hissa qoʻshgan hamda jamiyatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda faol ishtirok etib kelayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini taqdirlash, shu jumladan:








"Fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun" koʻkrak nishoni bilan

ta

60

75

90

105

120

Jamoatchilik palatasi

boshqa davlat mukofotlari bilan

ta

55

60

65

70

75

Davlat mukofotlari va geraldika boʻyicha Komissiya, Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, OʻzNNTMA

4.

Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assotsiatsiyasi a’zolari soni (jami faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar soniga nisbatan)

foiz

10

15

20

25

30

OʻzNNTMA

5.

Nodavlat notijorat tashkilotlariga a’zo boʻlgan fuqarolar soni

mln nafar

20,8

20,85

20,9

20,95

21

OʻzNNTMA, siyosiy partiyalar, Yoshlar ittifoqi, manfaatdor vazirlik, idora va tashkilotlar

6.

Nodavlat notijorat tashkilotlar sektorida ishlaydigan fuqarolar soni

ming

nafar

40

40,5

41

41,5

42

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, OʻzNNTMA

7.

Faol va moliyaviy barqaror nodavlat notijorat tashkilotlari soni

ta

2 800

2 900

3 000

3 100

3 200

OʻzNNTMA, Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi

8.

Davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatida fuqarolar tashabbusi bilan tashkil etilgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining ishtirokini kengaytirish (jami jamoatchilik kengashlari tarkiblariga kiritilgan nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarining soniga nisbatan)

foiz

5

10

15

20

25

Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, OʻzNNTMA, vazirlik va idoralar

9.

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan yuqori turuvchi tashkilotlarga qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan kiritilgan takliflar soni

ta

1 000

2 000

3 000

4 000

5 000

Adliya vazirligi,

OʻzNNTMA

10.

Mamlakatimizda e’lon qilinadigan yilga oid davlat dasturida ishtirok etayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar soni

ta

30

35

40

45

50

Jamoatchilik palatasi, "Yuksalish" umummilliy harakati, "Taraqqiyot strategiyasi" markazi,  OʻzNNTMA, Adliya vazirligi

11.

Amaldagi jarayonlarni soddalashtirish va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish orqali nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan sodir qilinayotgan huquqbuzarliklarni kamaytirish (jami 2020 yilda sodir qilingan huquqbuzarliklar soniga nisbatan)

foiz

3,8

7,7

11,5

15,3

19,2

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

12.

Davlat хaridlari, soliq, bandlik, soliqni saqlash, ta’lim, sport yoʻnalishlarida faoliyat koʻrsatayotgan kengashlar, komissiyalar va boshqa idoralararo tuzilmalarda nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari soni (kengashlar, komissiyalar va boshqa idoralararo tuzilmalar tarkibga nisbatan)

foiz

10

15

20

25

30

Vazirlar Mahkamasi, Jamoatchilik palatasi, OʻzNNTMA

13.

Nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan davlat organlari bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgan ijtimoiy foydali tadbirlar soni

son

200

250

300

350

400

Vazirlik va idoralar, OʻzNNTMA

14.

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy hayotiga oid eng muhim masalalarni muhokama qilish maqsadida doimiy asosida efirga uzatilayotgan maхsus telekoʻrsatuvlar (jamoatchilik munozaralari) soni

son

400

450

500

550

600

MTRK, OʻzNNTMA

15.

Nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari

son

50

100

150

200

250

Davlat boshqaruvi akademiyasi, OʻzNNTMA

16.

BMT volontyorlik dasturida Oʻzbekiston fuqarolarining ishtiroki

foiz

0,1

0,2

0,3

0,4

0,5

Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, OʻzNNTMA

17.

Tijorat tashkilotlari tomonidan "ijtimoiy shartnoma" asosida moliyalashtiriladigan (grant ajratiladigan) nodavlat notijorat tashkilotlari soni (jami faoliyat koʻrsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari soniga nisbatan)

foiz

2

5

10

15

20

Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, OʻzNNTMA, manfaatdor vazirlik va idoralar

18.

Davlat organlarining ayrim vazifa va funksiyalarini nodavlat notijorat tashkilotlariga oʻtkazish (jami davlat organlarining vazifalari va funksiyalari soniga nisbatan)

foiz

0,1

0,3

0,5

1

1,2

Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, OʻzNNTMA, vazirlik va idoralar


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 4 mart


"Xalq soʻzi", 2021 yil 5 mart