Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 02.09.1993 y. 927-XII-son "Sudyalarning malaka hay’atlari toʻgʻrisidagi, sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisidagi, sud хodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi, harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY KENGAShINING
QARORI
02.09.1993 y.
N 927-XII
SUDYaLARNING MALAKA
HAY’ATLARI TOʻGʻRISIDAGI, SUDYaLARNING
MALAKA DARAJALARI TOʻGʻRISIDAGI, SUD
XODIMLARINING MANSAB DARAJALARI
TOʻGʻRISIDAGI, HARBIY SUDLAR FAOLIYaTINI
TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI
TASDIQLASh HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasining "Sudlar toʻgʻrisida"gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi QAROR QILADI:
1. Sudyalarning malaka hay’atlari toʻgʻrisidagi Nizom;
Sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisidagi Nizom;
Sud хodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisidagi Nizom;
Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining:
"Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining malaka kollegiyalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 1989 yil 21 dekabrdagi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989 yil, 35-36- son, 606- modda);
"Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi, sudyalar va хalq maslahatchilarini chaqirib olish hamda muddatidan ilgari ozod etish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida"gi 1989 yil 21 dekabrdagi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1989 yil, 35-36-son, 607-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oʻzbekiston Respublikasi
Oliy Kengashining Raisi Sh. Yoʻldoshev
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi, 1993 yil, 10-son, 370-modda.