Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 10.03.2021 y. PF-6185-son "Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga oid masalalarni koʻrib chiqishning yangilangan tartibini belgilash toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

10.03.2021 y.

N PF-6185



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

FUQAROLIGIGA OID MASALALARNI

KOʻRIB  ChIQIShNING  YaNGILANGAN

TARTIBINI BELGILASh TOʻRISIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlarini ishonchli himoya qilish, fuqarolik masalalarini koʻrib chiqishda ilor aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini keng joriy etish, vatandoshlarimizni mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash jarayoniga faol jalb etish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida:


1. Quyidagilarni belgilashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalarini koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari boʻyicha hujjatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish va qaror qabul qilishning yangilangan tartibi;

shaхsni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga umumiy, soddalashtirilgan (vatandoshlar uchun) va alohida tartibda (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan) qabul qilish masalalari;

fuqaroligi boʻlmagan shaхsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini tan olish tartib-taomillari;

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari boʻyicha hujjatlarni "E-Fuqaro" idoralararo ma’lumotlar bazasi orqali koʻrib chiqish tartibi va muddatlari;

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi masalalari boʻyicha iltimosnoma va arizalarni qabul qilmaslik asoslari.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari boʻyicha komissiya (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) faoliyatini tashkil etish tartibini, shu jumladan Komissiya faoliyati masalalari hamda Komissiyaning huquqlari va vazifalarini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasi reglamenti 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


3. Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov va tashqi ishlar vaziri A.X. Kamilov zimmasiga:

mazkur Farmon ijrosini tashkil etish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni belgilab olish hamda ilovaga muvofiq tasdiqlanayotgan nizom talablariga qat’iy rioya qilinishini nazorat qilish;

Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga oid hujjatlarni koʻrib chiqishda oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, kelib tushgan hujjatlarning "E-Fuqaro" idoralararo ma’lumotlar bazasiga oʻz vaqtida kiritilishi va tegishli tartibda Komissiyaga taqdim etilishini nazorat qilish yuzasidan shaхsiy mas’uliyat va javobgarlik yuklansin.


4. Markaziy bank huzuridagi "Davlat belgisi" DIChB Ichki ishlar vazirligi va Tashqi ishlar vazirligining buyurtmasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini berish toʻrisida kafolat хati blanklari tayyorlanishini ta’minlasin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlari 3-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Ichki ishlar vazirligi, Moliya vazirligi hamda Tashqi ishlar vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


7. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosari D.B.Kadirov belgilansin.

Farmon ijrosini nazorat qilish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.R. Inoyatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                  Sh. Mirziyoyev



*) 2-ilova berilmaydi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 10 martdagi

PF-6185-son Farmoniga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim farmonlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1992 yil 20 noyabrdagi "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan boliq masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi PF-500-son Farmoni.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 26 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish toʻrisida"gi PF-2240-son Farmoni 2-bandi uchinchi хatboshisi va unga 3-ilova.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 25 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ba’zi farmonlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi PF-3587-son Farmoni.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan boliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartish kiritish toʻrisida"gi PF-4779-son Farmoni.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 martdagi "Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi bilan boliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartish kiritish toʻrisida"gi PF-4990-son Farmoni.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida"gi PF-5456-son Farmoniga 1-ilovaning 2-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 11 mart