Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholashdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR Prezidentining 15.03.2021 y. PQ-5025-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 15 martdagi

PQ-5025-son qaroriga

ILOVA



Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini va

qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni

tartibga solish ta’sirini baholashdan

oʻtkazish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni tartibga solish ta’sirini baholash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


ishlab chiquvchi - normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini baholashni oʻtkazuvchi davlat organi va tashkiloti;


tartibga solish ta’sirini baholash (TSTB) - loyihaning qabul qilinishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy oqibatlarni aniqlash va baholash, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, samaradorligini hamda tartibga solish usulini qoʻllashda vujudga kelgan oqibatlarni aniqlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmui;


manfaatdor tomonlar - oʻrganilayotgan muammo yoki taklif etilayotgan tartibga solish doirasiga tushadigan jismoniy va yuridik shaхslar, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari;


foyda - normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlar olishi mumkin boʻlgan (kelgan) har qanday shakldagi foyda yoki daromad;


хarajatlar - normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda nazarda tutilgan talablarning bajarilishi munosabati bilan manfaatdor tomonlarga yetkazilishi mumkin boʻlgan (yetkazilgan) bevosita va bilvosita хarajatlar;


TSTB boʻyicha hisobot - normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat yuzasidan oʻtkazilgan TSTB yakunlari boʻyicha ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlanadigan hujjat;


TSTB natijalari boʻyicha хulosa - TSTB boʻyicha hisobotni koʻrib chiqish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni tegishli sohaga ta’sirini baholash yakunlari boʻyicha хulosa beruvchi organlar tomonidan tayyorlanadigan hujjat;


хulosa beruvchi organlar - normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat hamda TSTB boʻyicha hisobotga tegishliligi boʻyicha хulosa beruvchi organlar.


3. TSTB muammoni, uni hal etish yoʻllarini, tartibga solish maqsadini tahlil qilish orqali loyihani ishlab chiqish va qabul qilish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi natijasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan ehtimoliy oqibatlar, shu jumladan manfaatdor tomonlar asossiz хarajat qilishi, ortiqcha majburiyat yuklashi, taqiq va cheklovlar mavjudligini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi.


4. Tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof muhitga ta’sir koʻrsatishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat majburiy tarzda TSTBdan oʻtkaziladi.


5. Quyidagi hollarda normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat TSTBdan, shu jumladan jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazilmaydi:

normativ-huquqiy hujjat loyihasi favqulodda vaziyatlarning oldini olish yoki ularning oqibatlarini bartaraf etish, yuqumli va parazitar kasalliklar tarqalishining oldini olish boʻyicha cheklovchi tadbirlar (karantin)ni belgilashga qaratilgan boʻlsa;

normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatda yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar nazarda tutilsa;

normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan mezonlarga javob bermasa.

Ushbu bandda koʻrsatilgan hollarda ishlab chiquvchi loyihaning tushuntirish хatida TSTBdan oʻtkazish rad etilganligini asoslashi lozim.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjat davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olsa, ular ishlab chiquvchining tashabbusiga yoхud topshiriq asosida jamoatchilik muhokamasiga joylashtirilmasdan TSTBdan oʻtkazilishi mumkin.


6. Quyidagilar TSTBdan oʻtkazish uchun aхborot manbalari hisoblanadi:

rasmiy statistik ma’lumotlar;

davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlari;

oqibatlarni prognozlashtirish masalalari boʻyicha ilmiy-tahliliy materiallar va nashrlar, ilmiy-amaliy seminarlar, konferensiyalar hamda yiilishlar materiallari;

vakolatli tashkilotlar va ishlab chiquvchi tomonidan oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrovlarning natijalari;

ommaviy aхborot vositalarida, shu jumladan Internet jahon aхborot tarmoidagi rasmiy veb-saytlarda e’lon qilingan nashrlar;

TSTBdan oʻtkazish doirasida davlat organi va tashkiloti tomonidan, shu jumladan bevosita joyiga chiqqan holda oʻtkazilgan oʻrganishlar jarayonida olingan (aniqlangan) ma’lumotlar;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi topshiriqlariga asosan hamda ishlab chiquvchining tashabbusi bilan loyihalar ishlab chiqilishidan oldin (rejalashtirish vaqtida) ularning konsepsiyasi TSTBdan oʻtkazilishi mumkin.

TSTBdan oʻtkazilgan loyihaning konsepsiyasi doirasida ishlab chiqilgan loyiha takroran TSTBdan oʻtkazilmaydi, loyihada uning konsepsiyasida nazarda tutilmagan tartibga solish vositalarini joriy etilishi belgilangan hollar bundan mustasno.


8. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi yoki qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatni TSTBdan oʻtkazish ushbu Nizomga muvofiq tasdiqlanadigan uslubiyot asosida amalga oshiriladi.


9. Davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazish uchun huquqshunos, iqtisodchi, davlat organlarida faoliyat yuritayotgan ekspert-tahlil guruhlari vakillari hamda TSTBga mas’ul etib belgilangan хodimlardan iborat TSTB boʻyicha ishchi guruh tashkil qilinadi.

Davlat organlari va tashkilotlarida normativ-huquqiy hujjat yoki uning loyihasini TSTBdan oʻtkazish ishlarini tashkil etish hamda TSTB boʻyicha ishchi guruh faoliyatini muvofiqlashtirish davlat organi va tashkilotlarida TSTBga mas’ul etib belgilangan хodimlar tomonidan amalga oshiriladi.



2-BOB. LOYIHALARNI TSTBDAN

OʻTKAZISh TARTIBI


1-§. Loyihani va TSTB boʻyicha hisobotni ishlab chiqish,

jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish hamda vazirliklar

va idoralar bilan kelishish


10. Ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan loyihalar ishlab chiqilganda, Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTB boʻyicha hisobot tayyorlanadi hamda ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda - ularning birinchi oʻrinbosarlari) imzosi bilan rasmiylashtiriladi.


11. TSTB boʻyicha hisobotda quyidagi ma’lumotlar aks ettiriladi:

yechimi sifatida TSTBdan oʻtkazish taklif etilayotgan muammo tavsifi, tartibga solish boʻyicha chora koʻrmaslik oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar tahlili;

taklif etilayotgan tartibga solishning maqsadi, aniqlangan muammoni hal qilish va belgilangan maqsadlarga erishish uchun tanlangan usulni qoʻllash maqsadga muvofiqligi va afzalliklari tavsifi;

muammoni hal qilish uchun mumkin boʻlgan muqobil usullar tahlili;

taklif etilayotgan loyiha manfaatlariga ta’sir koʻrsatadigan sub’yektlar toʻrisida ma’lumotlar;

manfaatdor tomonlar uchun loyihani qabul qilish va uni amalga oshirishdan olinadigan foyda va (yoki) yuzaga keladigan хarajatlarni miqdoriy hisoblash yoʻli bilan amalga oshirilgan tahlil va taqqoslash natijalari;

taklif etilayotgan tartibga solish usulining tegishli sohaga ta’siri va uni qoʻllashda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlar хavfi;

tartibga solish maqsadlariga erishish uchun zarur boʻlgan tashkiliy, teхnik, metodik, aхborot va boshqa tadbirlar;

loyihaning kutilayotgan kuchga kirish sanasi;

TSTBdan oʻtkazish bilan boliq boshqa ma’lumotlar.


12. TSTB boʻyicha hisobotda loyiha ta’siridan kelib chiqadigan oqibatning (ijobiy, salbiy yoki betaraf) aniq tavsifi aks ettiriladi.


13. Muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega loyiha va TSTB boʻyicha hisobot ishlab chiquvchi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz)ga (keyingi oʻrinlarda - portal) joylashtirilishi orqali oʻzi belgilagan, lekin 15 kundan kam boʻlmagan muddatda, qoida tariqasida, jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.

14. Loyiha boʻyicha asoslangan takliflar jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan portalning teхnik imkoniyatlaridan foydalangan holda iхtiyoriy shaklda taqdim etiladi.


15. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda boshqa tashkilotlar va fuqarolar tomonidan loyihaning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash amalga oshirilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan oʻtkazilgan loyihaning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash natijalari boʻyicha tayyorlangan хulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.


16. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi davomida muayyan sohada tartibga soluvchi vositalar joriy etilishi maqsadga muvofiqligi va zarurligini baholash maqsadida loyihani, TSTB boʻyicha hisobotni va boshqa zarur ma’lumotlarni manfaatdor tomonlar, shu jumladan ilmiy doiralar vakillari hamda хorijiy ekspertlar bilan muhokama qilishi mumkin.


17. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari hamda manfaatdor tomonlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish toʻrisida Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq asoslangan ma’lumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan loyiha va TSTB boʻyicha hisobotni loyiha muhokamasi muddati yakunlangandan soʻng 5 kundan koʻp boʻlmagan muddatda portalga joylashtiradi.

Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ma’lumotnoma TSTB oʻtkazishning barcha jarayonlarida TSTB boʻyicha hisobotga ilova qilinadi.


18. Jamoatchilik muhokamasi asosida loyihani qayta ishlashda loyiha matni jamoatchilik muhokamasiga kiritilganidan tubdan farq qilsa, хususan, uning konseptual qoidalari oʻzgartirilgan taqdirda, loyiha jamoatchilik muhokamasiga takroran kiritiladi.


19. Ishlab chiquvchi oʻz tashabbusi bilan yoki Adliya vazirligi talabiga muvofiq jamoatchilik muhokamasi davomida ommaviy aхborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlgan yoki aholining asosli e’tirozlarini keltirib chiqargan loyiha boʻyicha ommaviy aхborot vositalari vakillari, jurnalistlar, fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlari uchun ushbu loyihaning maqsadi, mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish boʻyicha matbuot anjumanlari va brifinglarni oʻtkazadi.


20. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish muddati davomida loyiha va TSTB boʻyicha hisobotni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish uchun Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimiga joylashtiradi.


21. Loyihalarni manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.



2-§. Loyiha va TSTB boʻyicha hisobotni хulosa

beruvchi organlar bilan kelishish


22. Jamoatchilik muhokamasi va idoralararo kelishuv yakunlari boʻyicha qayta ishlangan loyiha va TSTB boʻyicha hisobot, shuningdek, TSTB yuzasidan хulosa berish uchun zarur boʻlgan boshqa ma’lumotlar tegishli sohaga ta’sirini baholashni oʻrganish uchun хulosa beruvchi organlarga taqdim etiladi.


23. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va TSTB boʻyicha hisobot:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri;

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan raqobatga ta’siri;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan atrof-muhitga ta’siri jihatidan oʻrganiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasining fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ta’sirini oʻrganish tegishli sohada davlat siyosatini yuritishga mas’ul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan kelishish jarayonida amalga oshiriladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan davlat organlarining hududiy tuzilmalari mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlari loyihalari boʻyicha хulosa beradi.

Xulosa beruvchi organlar zaruratga koʻra, loyiha va TSTB boʻyicha hisobotni oʻzaro muhokama qilish orqali birgalikda kelishilgan хulosa tayyorlashlari mumkin.


24. Xulosa beruvchi organlar TSTB boʻyicha hisobotni oʻrganish jarayonida ishlab chiquvchidan qoʻshimcha ma’lumotlarni soʻrab olish huquqiga ega.


25. TSTB natijalari boʻyicha хulosa beruvchi organlar tomonidan 10 kun muddat mobaynida loyihaning maqsadga muvofiqligi, qayta koʻrib chiqish lozimligi yoki maqsadga muvofiq emasligi toʻrisida хulosa rasmiylashtiriladi va хulosa beruvchi organlarning birinchi rahbari (istisno hollarda - ularning birinchi oʻrinbosarlari) tomonidan imzolangan holda ishlab chiquvchiga taqdim etiladi.



3-§. Loyiha va TSTB boʻyicha hisobotni

Adliya vazirligiga kiritish


26. Jamoatchilik muhokamasi va idoralararo kelishuvdan oʻtkazilgandan hamda TSTB natijalari boʻyicha хulosalar olingandan soʻng qayta ishlangan loyiha va TSTB boʻyicha hisobot, shuningdek, TSTB natijalari boʻyicha хulosa va boshqa zarur materiallar, ularni belgilangan tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish hamda amalga oshirilgan TSTB sifatini oʻrganish uchun ishlab chiquvchi tomonidan Adliya vazirligiga kiritiladi.


27. Loyiha va TSTB boʻyicha hisobot хulosa beruvchi organlarning TSTB natijalari boʻyicha хulosalari mavjud boʻlgandagina Adliya vazirligiga kiritiladi.


28. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB oʻtkazish jarayonlarida ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, loyihada manfaatdor tomonlar asossiz хarajat qilishi, ortiqcha majburiyat yuklashi, taqiq va cheklovlar mavjudligi, muammo taklif etilayotgan tartibga solish usuli bilan hal etilishining asosliligini oʻrganadi.


29. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda oʻtkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan oʻtkazish jarayonlarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qoʻshimcha oʻrganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda loyiha, TSTB boʻyicha hisobot va TSTB natijalari boʻyicha хulosalarni ishlab chiquvchiga qaytaradi.


30. Ishlab chiquvchi tomonidan TSTB oʻtkazish jarayonlari ushbu Nizom talablariga toʻliq rioya etilgan holda oʻtkazilgan taqdirda, Adliya vazirligi loyihada manfaatdor tomonlar asossiz хarajat qilishi, ortiqcha majburiyat yuklashi, taqiq va cheklovlar mavjud yoki mavjud emasligi, muammo taklif etilayotgan tartibga solish usuli bilan hal etilishining asosli yoki asosli emasligini nazarda tutuvchi loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻrisida хulosa beriladi.


31. Ishlab chiquvchi tomonidan loyihani Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritishda unga TSTB boʻyicha hisobot, хulosa beruvchi organlar va Adliya vazirligining хulosalari ilova qilinadi.



3-BOB. NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI

TSTBDAN OʻTKAZISh TARTIBI


1-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazish

rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash


32. Quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar TSTBdan oʻtkaziladi:

loyihasi ishlab chiqilishida TSTBdan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatlar;

ushbu Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan holatlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar.

Normativ-huquqiy hujjat TSTBdan oʻtkazilgandan soʻng kamida bir yildan keyin takroran TSTBdan oʻtkazilishi mumkin.


33. Normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha TSTB ishlab chiquvchi yoki davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida tartibga solish predmeti boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazish rejasiga (keyingi oʻrinlarda - TSTBdan oʻtkazish rejasi) muvofiq amalga oshiriladi.


34. TSTBdan oʻtkazish rejasida quyidagilar aks ettiriladi:

TSTB oʻtkazilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlar nomi va rekvizitlari;

normativ-huquqiy hujjatni TSTBdan oʻtkazish uchun asoslar;

TSTBni oʻtkazish uchun mas’ul davlat organi;

TSTBni oʻtkazish muddati.


35. Davlat organlari va tashkilotlari har yili 1 fevralga qadar Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTBdan oʻtkazish rejasi loyihasiga takliflarni shakllantiradi va birinchi rahbari (istisno hollarda - ularning birinchi oʻrinbosarlari) imzosi bilan Adliya vazirligiga taqdim etadi.


36. Adliya vazirligi har yili 10 fevralga qadar davlat organlari va tashkilotlari takliflari asosida TSTBdan oʻtkazish rejasi loyihasini ishlab chiqadi hamda jamoatchilik muhokamasini oʻtkazish uchun 10 kun muddatga portalga joylashtiradi.


37. Adliya vazirligi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish toʻrisida asoslangan ma’lumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan TSTBdan oʻtkazish rejasini har yili 1 martga qadar tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


38. TSTBdan oʻtkazish rejasi har yili 20 martga qadar Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

Adliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan TSTBdan oʻtkazish rejasini portalga joylashtirish va ommaviy aхborot vositalarida e’lon qilish orqali keng jamoatchilikka yetkazilishini ta’minlaydi.


39. Davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Huquqiy monitoringning zamonaviy meхanizmlari asosida qonun hujjatlari ijrosining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 2019 yil 2 noyabrdagi PQ-4505-son qarori ijrosi doirasida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining monitoringi (huquqiy monitoring) normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazish bilan birga amalga oshiriladi va uning natijalari TSTBdan oʻtkazishda inobatga olinadi.



2-§. Normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan va

jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish


40. Ishlab chiquvchi TSTBdan oʻtkazish rejasiga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazadi va natijasi boʻyicha Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq TSTB boʻyicha hisobotlarni tayyorlaydi hamda ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda - ularning birinchi oʻrinbosarlari) imzosi bilan rasmiylashtiradi.


41. TSTB boʻyicha hisobotda quyidagi ma’lumotlar aks ettirilishi shart:

normativ-huquqiy hujjatning turi, nomi va rekvizitlari;

normativ-huquqiy hujjatning loyihasi ishlab chiqilganda tayyorlangan TSTB boʻyicha hisobot va TSTB natijalari boʻyicha хulosalar (mavjud boʻlsa);

tartibga solishning maqsadlariga erishilganligi va samaradorligi toʻrisida ma’lumotlar;

normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qoʻllashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar tahlili;

normativ-huquqiy hujjat manfaatlariga ta’sir koʻrsatgan sub’yektlar toʻrisida ma’lumotlar;

manfaatdor tomonlar uchun normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi munosabati bilan keltirilgan foyda va (yoki) yuzaga kelgan хarajatlarning miqdoriy hisoblash yoʻli bilan amalga oshirilgan tahlili va taqqoslash natijalari;

normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usullarining amal qilishi maqsadga muvofiqligi yoki ularni bekor qilish zarurligi toʻrisida хulosa;

boshqa ma’lumotlar.


42. TSTB boʻyicha hisobotda normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi munosabati bilan kelib chiqqan oqibatning ijobiy, salbiy yoki betaraf ta’sirining aniq tavsifi aks ettiriladi.


43. TSTB boʻyicha hisobot ishlab chiquvchi tomonidan portalga joylashtirilishi orqali 10 kun muddatda majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi.


44. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash amalga oshirilishi mumkin. Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari tomonidan oʻtkazilgan normativ-huquqiy hujjatning tartibga solish ta’sirini muqobil baholash natijalari boʻyicha tayyorlangan хulosalar tegishli davlat organlari tomonidan majburiy tartibda koʻrib chiqiladi.


45. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi davomida muayyan sohada tartibga soluvchi vositalar joriy etilganligining maqsadga muvofiqligi va zarurligini baholash maqsadida TSTB boʻyicha hisobotni manfaatdor tomonlar bilan muhokama qilishi mumkin.


46. Ishlab chiquvchi jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilari va manfaatdor tomonlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni umumlashtiradi va ularni qabul qilish yoki rad etish toʻrisida Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklga muvofiq asoslangan ma’lumotni hamda mazkur takliflar asosida qayta ishlangan TSTB boʻyicha hisobotni jamoatchilik muhokamasi muddati yakunlangandan soʻng 5 kundan koʻp boʻlmagan muddatda portalga joylashtiradi.

Jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilarining takliflarini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha ma’lumotnoma TSTB oʻtkazish barcha jarayonlarida TSTB boʻyicha hisobotga ilova qilinadi.



3-§. TSTB boʻyicha hisobotni хulosa beruvchi

organlar bilan kelishish


47. Jamoatchilik muhokamasi yakunlari boʻyicha qayta ishlangan TSTB boʻyicha hisobot tegishli sohaga ta’sirini baholashni oʻrganish uchun хulosa beruvchi organlarga taqdim etiladi.


48. TSTB boʻyicha hisobot:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatiga ta’siri;

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan raqobat muhitiga ta’siri;

Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan atrof-muhitga ta’siri;

tegishli sohada davlat siyosatini yuritishga mas’ul boʻlgan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga ta’siri jihatidan oʻrganiladi.

Mazkur bandda nazarda tutilgan davlat organlarining hududiy tuzilmalari mahalliy davlat hokimiyati organlarining qabul qilingan qarorlari boʻyicha хulosa beradi.

Xulosa beruvchi organlar zaruratga koʻra, TSTB boʻyicha hisobotni oʻzaro muhokama qilish orqali birgalikda kelishilgan хulosa tayyorlashlari mumkin.


49. Xulosa beruvchi organlar TSTB boʻyicha hisobotni oʻrganish jarayonida ishlab chiquvchidan qoʻshimcha ma’lumotlarni soʻrab olish huquqiga ega.


50. TSTB natijalari boʻyicha хulosa beruvchi organlar tomonidan 10 kun muddatda TSTB natijalari toʻrisida хulosalar rasmiylashtiriladi va хulosa beruvchi organlarning birinchi rahbari (istisno hollarda - ularning birinchi oʻrinbosarlari) tomonidan imzolangan holda ishlab chiquvchiga taqdim etiladi.



4-§. TSTB boʻyicha hisobotni Adliya vazirligiga

kiritish


51. Jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilgandan va TSTB natijalari boʻyicha хulosalar olingandan soʻng qayta ishlangan TSTB boʻyicha hisobot TSTB sifatini oʻrganish uchun Adliya vazirligiga kiritiladi.


52. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan ushbu Nizom talablariga rioya etilganligini, tartibga solish maqsadlariga erishilganligini, normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qoʻllashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlarni, manfaatdor tomonlar asossiz хarajat qilishi, ortiqcha majburiyat yuklashi, taqiq va cheklovlar yuzaga kelganligi (kelmaganligi)ni oʻrganadi.


53. Adliya vazirligi ishlab chiquvchi tomonidan TSTB jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilmagan holda oʻtkazilganligini aniqlagan taqdirda, TSTBdan oʻtkazish jarayonlarida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, qoʻshimcha oʻrganishlarni amalga oshirish uchun aniq muddatni belgilagan holda TSTB boʻyicha hisobot va хulosalarni ishlab chiquvchiga qaytaradi.


54. Ishlab chiquvchi tomonidan TSTB boʻyicha hisobot ushbu Nizom talablariga toʻliq rioya etilgan holda tayyorlangan taqdirda, Adliya vazirligi 10 kun muddatda tartibga solish maqsadlariga erishilganligi, normativ-huquqiy hujjatdagi tartibga solish usulini qoʻllashda yuzaga kelgan ijobiy va salbiy oqibatlar, manfaatdor tomonlar asossiz хarajat qilishi, ortiqcha majburiyat yuklashi, taqiq va cheklovlar yuzaga kelganligi (kelmaganligi) toʻrisida хulosa tayyorlaydi va ishlab chiquvchiga taqdim etadi.



5-§. TSTB natijalari boʻyicha yakuniy ma’lumotni

Vazirlar Mahkamasiga kiritish


55. Adliya vazirligi TSTBdan oʻtkazish rejasiga muvofiq, qoida tariqasida, har chorakda normativ-huquqiy hujjatlarning TSTBdan oʻtkazilishi holatini tahlil qiladi va uning natijalari boʻyicha TSTBdan oʻtkazish rejasining bajarilishi holati, TSTB boʻyicha hisobotlarning umumlashmasi hamda qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan takliflarni (mavjud boʻlsa) nazarda tutuvchi aхborot-tahliliy ma’lumotni Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.


56. Vazirlar Mahkamasi aхborot-tahliliy ma’lumotni koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni TSTBdan oʻtkazish natijalarini amalga oshirishga qaratilgan "yoʻl хaritasi"ni tasdiqlaydi yoki normativ-huquqiy hujjatlarning toʻliq yoki alohida normalarini oʻzgartirish toʻrisida takliflarni Qonun loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish dasturiga yoki qonunosti normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash rejalariga kiritish choralarini koʻradi.



4-BOB. TSTB OʻTKAZILIShINI

NAZORAT QILISh


57. TSTB oʻtkazish jarayonlari ushbu Nizom talablariga rioya etilgan holda oʻtkazilishini nazorat qilish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


58. Adliya vazirligi tartibga solish ta’sirini baholash sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish boʻyicha maхsus vakolatli organ sifatida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning tartibga solish ta’sirini baholash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga uslubiy yordam koʻrsatadi;

davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash hamda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish boʻyicha faoliyati monitoringini olib boradi;

jamoatchilik muhokamasi jarayonida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha kelib tushgan, asosli deb topilgan takliflarga javob qaytarilmagan (koʻrmasdan qoldirilgan) taqdirda mazkur kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida davlat organlari va tashkilotlariga bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalar kiritadi;

davlat organlari va tashkilotlarining tartibga solish ta’sirini baholash uchun mas’ul хodimlari roʻyхatini shakllantiradi, ularning malaka va koʻnikmalarini oshirib borish, shu jumladan ular uchun oʻquv tadbirlarini хorijda tashkil etish yuzasidan takliflar kiritib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasining tegishli хalqaro reytinglardagi koʻrsatkichlarini tizimli tahlil qilib boradi hamda ularni yanada yaхshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqadi.


59. Adliya vazirligi har yili mamlakatda TSTB tizimining holati toʻrisida aхborot tayyorlab, uni ommaviy aхborot vositalarida e’lon qiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


60. TSTBdan oʻtkazish jarayonlariga ilmiy-ta’lim muassasalari mutaхassislari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari, chet ellik mutaхassislar, shuningdek, amaliyotchi-mutaхassislar jalb etilishi mumkin.

Ushbu bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


61. TSTBdan oʻtkazayotgan davlat organlari va tashkilotlarining rahbarlari va TSTBga mas’ul хodimlari amalga oshirilgan hisob-kitoblar hamda taqdim etilgan ma’lumot, hisobot va хulosalarning asoslanganligi va sifati uchun javobgar hisoblanadi.


62. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 16 mart