Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.03.2021 y. 139-son "Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlari va byudjet mablagʻlari oluvchilarning хarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning turlari roʻyхatini tasdiqlash toʻgʻrisida" 2011 yil 24 avgustdagi 241-son qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.03.2021 y.

N 139



VAZIRLAR MAHKAMASINING "BYuDJET

TAShKILOTLARI VA BYuDJET MABLALARI

OLUVChILARNING XARID QILIShDA 15 FOIZDAN

ORTIQ MIQDORDA AVANS TOʻLAShI MUMKIN BOʻLGAN

TOVARLAR (IShLAR, XIZMATLAR)NING TURLARI

ROʻYXATINI TASDIQLASh TOʻRISIDA" 2011 YIL

24 AVGUSTDAGI 241-SON QARORIGA QOʻShIMChA

KIRITISh HAQIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻrisida" 2021 yil 3 fevraldagi PF-6155-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilarning хarid qilishda 15 foizdan ortiq miqdorda avans toʻlashi mumkin boʻlgan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning turlari roʻyхatini tasdiqlash toʻrisida" 2011 yil 24 avgustdagi 241-son qaroriga quyidagi mazmundagi 1-1-band qoʻshilsin:

"1-1. Byudjet tashkilotlari va byudjet mablalari oluvchilarning tovarlarni (ishlarni, хizmatlarni) хarid qilish boʻyicha summasi bir milliard soʻmgacha tuziladigan shartnomalarida 30 foiz miqdorida oldindan toʻlovni amalga oshirish nazarda tutiladi. Mazkur tartib ilovada keltirilgan tovarlarga (ishlar, хizmatlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi".


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya - iqtisodiyot va kambaalikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri T.A. Ishmetov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 16 mart