Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat soliq qoʻmitasining 18.02.2021 y. 2021-11-son, Moliya vazirligining 12.02.2021 y. 7-son "Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda byudjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 16.03.2021 y. 2110-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

16.03.2021 y.

N 2110-2

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

18.02.2021 y.

N 2021-11

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

12.02.2021 y.

N 7


QARORI



"Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari

yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda byudjetga

va davlat maqsadli jamarmalariga toʻlanishi kerak

boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini

aniqlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi

qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini

yoʻqotgan deb topish toʻrisida



Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Soliq хavfini boshqarish, soliq хavfi mavjud soliq toʻlovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish toʻrisida" 2021 yil 7 yanvardagi 1-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2010 yil 1 maydagi 2010-16, 36-son "Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda byudjetga va davlat maqsadli jamarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2110, 2010 yil 31 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 22-son, 178-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2018 yil 9 yanvardagi 2018-02, 4-son "Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda byudjetga va davlat maqsadli jamarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlash tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 2110-1, 2018 yil 8 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2018 y., 6-son, 112-modda).


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Sh. Kudbiyev

Moliya vaziri

T. Ishmetov

               


Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 16 mart