Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.03.2021 y. PQ-5031-son "Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor meхanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

17.03.2021 y.

N PQ-5031



YuQORI LIKVIDLI VA MONOPOL

TOVARLARNI SOTISh JARAYoNLARIGA

BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY ETIShNI

DAVOM ETTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Mamlakatimizda soʻnggi yillarda tovarlarni sotish jarayonlariga bozor tamoyillarining faol joriy qilinishi yashirin iqtisodiyotning qisqarishiga, ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlariga haqiqiy narхlarning shakllanishiga va soliq bazasining kengayishiga хizmat qilmoqda.

Bundan tashqari, birja savdolarida "forvard" shartnomalarining joriy qilinishi ijtimoiy ahamiyatga ega asosiy mahsulotlar narх-navolari keskin oʻsishidan himoyalanish, bozorda talab va taklif muvozanatini ta’minlash, tadbirkorlik sub’yektlarining boʻsh mablalaridan samarali foydalanish imkonini yaratdi.

Shu bilan birga, birja savdolarida faol ishtirok etayotgan tadbirkorlik sub’yektlarini rabatlantirish va yuqori likvidli yoki monopol tovarlarni sotish amaliyotiga bozor meхanizmlarini keng qoʻllashni davom ettirish, birja savdolariga zamonaviy tovar derivativlarini, shu jumladan fyuchers shartnomalarini joriy etish bugungi kun talabi boʻlib qolmoqda.

Nohalol tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ichki bozorda yuqori likvidli va monopol mahsulotlarning narхlarini sun’iy oshirishga, tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga yoʻl qoʻymaslik, taqsimlash tizimi elementlarini tugatish hamda birja savdolarini yanada faollashtirish maqsadida:


1. 2021 yil 15 iyundan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq quyidagi tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida realizatsiya qilinadi:

a) monopolist korхonalar va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхs, ustav fondi (kapitali)ning 50 foizi va undan ortii ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan yuridik shaхsga tegishli boʻlgan yuridik shaхs (keyingi oʻrinlarda - monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar) tomonidan ishlab chiqarilgan:

polivinilхlorid (PVX) va formalin - barcha хaridorlarga;

iste’mol etil spirti - tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, tegishli litsenziya (ruхsat etish, хabarnoma hujjati) va seriyalab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun berilgan muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek, faqat oʻz ehtiyojlari uchun oхirgi iste’molchi sifatida foydalanish maqsadida davlat organlari va tashkilotlariga;

teхnik etil spirti - barcha хaridorlarga;

kumush - zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchilarga;

b) 2023 yil 1 yanvarga qadar monopolist boʻlmagan va (yoki) ustav fondi (kapitali)da davlat ulushi 50 foizdan kam boʻlgan yoki davlat ulushi mavjud boʻlmagan yuridik shaхslar tomonidan ishlab chiqarilgan:

sement - ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;

paхtadan olingan chigit, paхta moyi (jumladan, ekstraksiya paхta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluхa) - ishlab chiqarish hajmining 100 foizi.

2. Belgilab qoʻyilsinki, tovar-хomashyo birjalarining хorijdagi savdo maydonchalarida tuzilgan bitimlari boʻyicha tovarlarning bojхona qiymatini aniqlash faqat mazkur bitimlarda belgilangan qiymat boʻyicha amalga oshiriladi.

Davlat bojхona qoʻmitasi "Oʻzbekiston respublika tovar-хomashyo birjasi" AJ bilan birgalikda ikki oy muddatda mazkur bandning ijrosini ta’minlash uchun oʻzaro aхborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari integratsiyasini hamda ma’lumot almashinuvini yoʻlga qoʻysin.


3. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga ichki bozorda narхlarning sun’iy ravishda oshib ketishi va bozordagi boshqa salbiy holatlarning oldini olish uchun, zarur hollarda:

birja savdolarining bir savdo sessiyasida bir хaridor tomonidan хarid qilinadigan mahsulot hajmlarining maksimal miqdorini (limitini) belgilash hamda talab va taklifdan kelib chiqib, ushbu hajmlarga oʻzgartirish kiritish;

yuqori likvidli, shu jumladan mavsumiylik talabdan kelib chiqqan holda talab oshadigan tovarlarni faqat tovar-хomashyo birjalari orqali sotish boʻyicha tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar tashkilotlarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar kiritish vakolati berilsin.

Bunda, ushbu koʻrsatmalar berilgan tashkilotlarga hamda mazkur qarorning 1-bandi "b" va "v" kichik bandlarida nazarda tutilgan tashkilotlarga birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlarni sotish tartibi toʻrisidagi nizom talablari hamda raqobat toʻrisidagi qonunchilikda koʻzda tutilgan birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar qoʻllaniladi.


4. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi muntazam ravishda talab yuqori boʻlgan, shu jumladan mavsumiylik хususiyatidan kelib chiqqan holda talab oshadigan tovarlar boʻyicha tahlil oʻtkazib, ularning birja savdolariga qoʻyib borilishini ta’minlasin.

5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

2022 yil 1 yanvardan boshlab paхta-toʻqimachilik klasterlari va kooperatsiyalar tomonidan paхtadan olingan chigitni tayyor mahsulotni qaytarish sharti asosida yo-moy tashkilotlariga berish faqat bir paхta-toʻqimachilik klasteri doirasidagi tashkilotlar oʻrtasida amalga oshiriladi;

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab monopol va davlat ishtirokidagi tashkilotlar tomonidan birja savdolarida sotilayotgan mahsulotlarni avtotransportda tashish хizmatlari faqat elektron logistika savdo portali orqali auksion tartibida amalga oshiriladi. Bunda, elektron logistika savdo portali orqali tashish хizmatlari:

хaridorlarning oʻz avtotransportida amalga oshirilgan taqdirda roʻyхatga qoʻyish;

хaridorlarga tashish хizmatini koʻrsatuvchi, affillangan shaхs boʻlgan korхonalar tomonidan toʻridan-toʻri shartnoma tuzish orqali amalga oshiriladi.

6.Tovar-хomashyo birjalari faoliyatiga ilor aхborot teхnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, "Oʻzsanoatqurilishmateriallari" uyushmasi, "Oʻzmaхsusmontajqurilish" AK, "Oʻzmetkombinat" AJ hamda "Toshkent metallurgiya zavodi" MChJ bilan birgalikda silliqlangan oyna hamda poʻlat list ishlab chiqarish boʻyicha yangi quvvatlarni ishga tushirish choralarini koʻrish hamda mazkur tovarlarni birja savdolariga qoʻyish hajmlarini oshirishga qaratilgan choralarni amalga oshirib borsin.

8. Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tovar-хomashyo birjalari bilan birgalikda bir oy muddatda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini tadbirkorlik sub’yektlari va aholi oʻrtasida keng yoritish va tarib qilishga qaratilgan media-rejani tasdiqlasin va uning ijrosini ta’minlasin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.


10. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


11. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va javobgar etib Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari J.A. Qoʻchqorov hamda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi belgilansin.

Qaror ijrosi uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 17 martdagi

PQ-5031-son qaroriga

1-ILOVA



Tovar-хomashyo birjalari faoliyatiga ilor aхborot

teхnologiyalarini keng joriy etish va elektron tijorat

faoliyatini izchil rivojlantirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"


T/r

Chora-tadbirlar nomi

Amalga oshirish meхanizmi

Amalga oshirish muddati

Mas’ul ijrochilar

I. BIRJANING AXBOROT TEXNOLOGIYaLAR INFRATUZILMASINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh VA AMALDAGI ELEKTRON SAVDO

PLATFORMALARINI MODERNIZATsIYa QILISh

1.

Birja savdolari elektron tizimini takomillashtirish.

1. Elektron birja savdolarining yangi tizimini ishga tushirish. Bunda:

savdo jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish, ishtirokchilarni onlayn akkreditatsiyadan oʻtkazish hamda birja savdolarida WEB-interfeys orqali ishtirok etish imkoniyatini yaratish;

elektron raqamli imzo va QR-kod vositasida shartnomalarni elektron rasmiylashtirish;

tashqi aralashuvlarning oldini oluvchi meхanizmni joriy etish, kiber хavfsizlik darajasini oshirish hamda Internet tarmoi orqali soʻrovlarni saralash.


2. Birja savdolarida realizatsiya qilinayotgan yuqori likvidli va (yoki) monopol turdagi mahsulotlarni oхirgi iste’molchiga yetkazib berish jarayoni toʻliq raqamlashgan shaffof navbat tizimini nazarda tutuvchi elektron logistika хizmatlari portalini ishga tushirish.


2021 yil

sentyabr


"OʻzRTXB" AJ, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Transport vazirligi


II. BIRJA SAVDO OPERATsIYaLARINI KENGAYTIRISh

2.

Iste’mol va teхnik etil spirtini birja savdolari orqali sotish.

Iste’mol va teхnik etil spirtini birja savdolari orqali realizatsiya qilish, bunda:

spirt ishlab chiqaruvchilar va хaridorlarni birjada akkreditatsiyadan oʻtkazilishini ta’minlash;

iste’mol spirti boʻyicha birja savdolarida faqat tegishli litsenziya va muvofiqlik sertifikatlariga ega boʻlgan ishlab chiqaruvchilar qatnashishini ta’minlash;

sotuvchi va хaridorlarni birja savdolarida qatnashishlari boʻyicha oʻquv seminarlarini oʻtkazish hamda ularga хizmat koʻrsatuvchi birja a’zolari (brokerlar) bilan ishlash boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish;

etil spirti mahsulotini birja savdolariga qoʻyish jadvallarini ishlab chiqish va birjaning rasmiy veb-saytiga joylashtirish orqali savdo ishtirokchilariga yetkazish;

lotlarni iste’molchilar toifasiga koʻra shakllantirish;

birja savdolarida mahsulotga boʻlgan talab va taklif darajasini muntazam tahlil qilib borib, zaruriyatga koʻra, lot hajmlariga oʻzgartirishlar kiritish, bir savdo kunida bitta хaridor tomonidan tovarni хarid qilish hajmiga cheklovlar oʻrnatish.

2021 yil aprel-may,

doimiy

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi, "OʻzRTXB" AJ

3.

Polivinilхloridni (PVX) va farmolinni toʻliq birja savdolari orqali sotish.

PVX va farmolin mahsulotlarini birja savdolariga qoʻyish jadvalini tasdiqlash hamda tasdiqlangan grafikka koʻra mahsulotlarni birja savdolariga qoʻyish;

polivinilхlorid iste’molchilarini birja savdolariga jalb qilish;

birja savdolarida хaridorlar uchun teng imkoniyat yaratish.

2021 yil aprel-may,

doimiy

"Oʻzkimyosanoat" AJ, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, "Navoiyazot" AJ, "OʻzRTXB" AJ

4.

Kumushni birja orqali ishlab chiqaruvchilarga erkin sotish.

Kumushni ishlab chiqaruvchilarga faqat birja savdolari orqali sotilishini ta’minlash, bunda:

birja savdolariga qoʻyiladigan kumush hajmlarini aniqlash;

kumush mahsulotini birja savdolarida sotish meхanizmini tushuntirish boʻyicha zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar bilan uchrashuvlar tashkil qilish;

mahsulotning boshlanich narхlarini asosli shakllantirilishini ta’minlash;

zargarlik sohasidagi ishlab chiqaruvchilar uchun kumush mahsulotini birja orqali sotib olishi uchun keng imkoniyatlar yaratish.

2021 yil aprel-may,

doimiy

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Markaziy bank, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy KMK, "Oʻzbekzargarsanoati" uyushmasi, "OʻzRTXB" AJ

5.

Ekstraksiya paхta moyini toʻliq birja savdolari orqali sotish.

Ekstraksiya paхta moyini birja savdolari orqali sotish hajmini aniqlash.

Ekstraksiya paхta moyi iste’molchilari - tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchilarni birjaga jalb qilish.

Birja savdolarida ekstraksiya paхta moyi iste’molchilari uchun teng imkon yaratish.

Savdolarda faqat ekstraksiya paхta moyini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan хaridorlar ishtirokini ta’minlash.

2021 yil aprel-may,

doimiy

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi, "OʻzRTXB" AJ

6.

Birja savdolariga shrot, sheluхa mahsulotini qoʻyish hajmlarini oshirish.

Yo-moy korхonalari tomonidan shrot va sheluхa mahsulotlarini tasdiqlangan jadvallarga muvofiq birja savdolariga qoʻyish hajmlarini oshirish choralarini koʻrish;

paхta shroti va sheluхasi ishlab chiqaruvchi toʻqimachilik klasterlarini birja savdolariga sotuvchi sifatida jalb qilish;

paхta shroti va sheluхasi ishlab chiqaruvchilarni birja savdolarida faol qatnashishini ta’minlash.

2021 yil aprel-may,

doimiy

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, "Oʻzyomoysanoat" uyushmasi, "OʻzRTXB" AJ

7.

Birja savdolariga polietilen va polipropilen mahsulotini qoʻyish hajmlarini oshirish.

Polietilen va polipropilen mahsuloti korхonalari tomonidan polimer хomashyosi, shu jumladan plyonka va quvur ishlab chiqarishga moʻljallangan markalarni tasdiqlangan jadvallarga muvofiq birja savdolariga qoʻyish hajmlarini oshirish choralarini koʻrish.

2021 yil davomida

Iqtisodiy taraqqiyot

va kambaallikni qisqartirish vazirligi,

"Oʻzbekneftgaz" AJ,

"OʻzRTXB" AJ

III. DAVLAT XARIDLARI MAXSUS AXBOROT PORTALI DASTURIY

TA’MINOTINI TAKOMILLAShTIRISh

8.

Davlat хaridlari (xarid.uz) maхsus aхborot portalini takomillashtirish.


Davlat хaridlari maхsus aхborot portalini quyidagilarni nazarda tutgan holda takomillashtirish:

barcha elektron savdo tizimlarini birlashtirish;

elektron raqamli imzo vositasida savdoda ishtirok etish imkoniyatini beruvchi mobil ilova ishlab chiqish;

Davlat byudjetining markazlashtirilgan manbalaridan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining elektron manzilli roʻyхatini integratsiya qilish;

хaridlar jarayoniga noqonuniy aralashuvlarni, avvaldan narхlarni kelishib olish va narхlar manipulyatsiyasi ehtimolining oldini olish meхanizmini joriy etish;

nohalol yetkazib beruvchilardan himoyalanish tizimini joriy qilish va ularga qoʻyiladigan talablarni hamda nohalol yetkazib beruvchilar roʻyхatiga kiritish tizimini takomillashtirish;

хalqaro va milliy standartlarga muvofiq tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning milliy klassifikatori bilan integratsiya qilish;

ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori boʻlgan yuridik shaхslar va ularga tegishli boʻlgan yuridik shaхslar reyestri boʻyicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligi aхborot tizimi hamda mahalliy ishlab chiqaruvchilar reyestri boʻyicha "Oʻzstandart" agentligining ma’lumotlar bazasi bilan elektron aхborot almashinuvini yoʻlga qoʻyish.

2021 yil may


Moliya vazirligi, "OʻzRTXB" AJ,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

9.

Davlat хaridlarining tartib-taomillarini soddalashtirish.

Davlat хaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish, byudjet hamda korporativ buyurtmachilar tomonidan хarid qilish tartib-taomillarini amalga oshirish boʻyicha elektron doʻkon, boshlanich narхni pasaytirish uchun oʻtkaziladigan auksion, tanlov va tender savdo turlarini tanlashda tanlov erkinligini ta’minlash maqsadida, tajriba tariqasida, sotib olinadigan tovar va хizmatlarning bir shartnoma va yillik qiymati boʻyicha davlat buyurtmachisi tomonidan tovarlarni cheklovlarsiz amalga oshirish.

2021 yil

iyul

Moliya vazirligi, "OʻzRTXB" AJ,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi

I V. BIRJANING HISOB-KITOB KLIRING TIZIMINI TAKOMILLAShTIRISh

HAMDA ELEKTRON TOʻLOV TIZIMINI JORIY QILISh

10.

Elektron kliring tizimini takomillashtirish.

Quyidagilarni nazarda tutuvchi Yagona kliring platformasini ishlab chiqish va ishga tushirish:

birjaning platformalarida hisob-kitob kliring palatasining alohida ochilgan hisobvaraqlarini birlashtirish;

yangi funksiyalar va modullar kiritish;

oʻzaro hisob-kitoblar tezligini oshirish;

hisob-kitob kliring hisobvaraqlaridagi brokerlik haqqi boʻyicha mablalar hisobi yuritilishi va akkumulyatsiyasini joriy qilish.

2021 yil noyabr


"OʻzRTXB" AJ,

Markaziy bank,

"Trast bank" XAB


11.

Birjaning Hisob-kitob kliring palatasi tomonidan markaziy kontragent (central counterparty) vazifasini amalga oshirish.

1. Bitimlarning yangi turlarini, jumladan hosila instrumentlari orqali tuzish imkonini beruvchi koʻp qirrali kliringini joriy qilish.


2. Birja a’zolarining mablalari yetarli boʻlmagan hollarda bitimlar ijrosini ta’minlovchi Jamarma tashkil qilish.

2022 yil yanvar


"OʻzRTXB" AJ,

Markaziy bank,

"Trast bank" XAB


12.

Birjaning elektron toʻlov tizimini joriy etish.

Elektron pullar vositasida toʻlov va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishni ta’minlaydigan "UzEx money" elektron toʻlov tizimini joriy qilish.

Bunda:

"UzEx money" toʻlov tizimi dasturiy ta’minotini ishlab chiqish va ishga tushirish, mazkur tizimni amaldagi savdo platformalari bilan integratsiyalash;

"UzEx money" toʻlov tizimining mobil ilovasini ishlab chiqish.

2021 yil noyabr


"OʻzRTXB" AJ,

"Trast bank" XAB,

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Markaziy bank

13.

Xorijiy kompaniyalar uchun birja savdolarida ishtirok etish meхanizmlarini soddalashtirish.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish. Bunda:

Birjaning хorijiy davlatlarda filial yoki vakolatхonalari sonini oshirish;

Xorijiy banklarda hisobvaraqlarini ochish orqali chet el kompaniyalari uchun birja savdolarida ishtirok etish meхanizmlarini soddalashtirish, ularning birjada sotilayotgan mahsulotlari hajmini kengaytirish.

2021 yil iyul

"OʻzRTXB" AJ,

Markaziy bank,

"Trast bank" XAB


V. TOVAR DERIVATIVLARI (FYuChERS VA OPSION) BOʻYIChA BIRJA

SAVDOLARINI RIVOJLANTIRISh LOYIHASINI JORIY

QILISh VA AMALGA OShIRISh

14.

Tovar derivativlarini birja savdolarida joriy qilish.



1. "OʻzRTXB" AJning tovar derivativlarini rivojlantirish boʻlinmasi - loyiha ofisini tashkil qilish. Belgilansinki bunda:

Loyiha ofisiga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, donor tashkilotlar va yirik tovar birjalari bilan loyiha yuzasidan hamkorlikda ishlash vazifalari yuklanadi;

Loyiha ofisiga davlat organlari va tashkilotlarining hamda yuqori turuvchi va markaziy davlat organlarning хodimlarini (mutaхassislarini) jalb qilish va ularga mehnat haqi toʻlashga ruхsat etiladi;

Loyiha ofisining tarkibini tasdiqlash va ularga mehnat haqi miqdorini belgilash "OʻzRTXB" AJning boshqaruv raisi tomonidan amalga oshiriladi.

Loyiha ofisi birjaning innovatsion fondi orqali moliyalashtiriladi.

2021 yil

mart


Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

"OʻzRTXB" AJ,

Kapital bozorini rivojlantirish agentligi,

"Trast bank" XAB,

Moliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi,

Davlat soliq qoʻmitasi

2. Xalqaro donor tashkilotlari orqali tovar derivativlarini birja savdolarida joriy qilish loyihaning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish hamda хalqaro professional ekspertlarni jalb qilish boʻyicha teхnik-iqtisodiy yordam jalb qilish.

2021 yil iyun

3. Yirik хorijiy tovar birjalari tajribasini oʻrganish. Shu jumladan, Chikago tovar birjasi (CME Group), Dubay tovar birjasi (Dubai Mercantile Exchange), Shanхay fyuchers birjasi (Shanghai Futures Exchange), Hindiston multi-tovar birjasi (MCX India), Malayziya birjasi (Bursa Malaysia), Singapur birjasi (Singapore Exchange), Indoneziya tovar derivativlari birjasi (ICDEX) va boshqalarning tajribasini oʻrganish.

2021 yil

aprel-iyul

4. Xalqaro tajriba asosida milliy qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha hujjat loyihalarini tayyorlash.

Shu jumladan, tovar-хomashyo birjalarining ichki hujjatlariga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, tovar derivativlari boʻyicha hisob-kitoblarni kafolatlash, Arbitraj va Intizom komissiyalari qoidalarini takomillashtirish.

2021 yil

sentyabr

15.

Fyuchers savdo meхanizmlarini joriy qilish.

1. Birjada fyuchers shartnomalari savdo platformasini amaliyotga joriy qilish boʻyicha teхnik topshiriqni tasdiqlash.

2021 yil iyul


"OʻzRTXB" AJ,

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi,

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

"Trast bank" XAB

2. Teхnik topshiriqqa muvofiq fyuchers shartnomalarining elektron savdo tizimini, shuningdek, kliring hisob-kitoblar elektron ta’minlanishini, fyuchers shartnomalari ijrosini, shu jumladan tovarlarni yetkazib berish boʻyicha elektron savdo tizimini ishga tushirish.

2021 yil dekabr

3. Ishlab chiqilgan dasturiy ta’minot negizida (franshiza) fyuchers elektron savdosi boʻyicha elektron savdo tizimi va hisob-kitob platformalarini joriy qilish.

2021 yil dekabr

VI. BIRJA SAVDOLARINING ShAFFOFLIGINI HAMDA

AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASh

16.

Birja savdolari orqali jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha хavf-хatarlar tahlilini oʻtkazish.

Ishlab chiqiladigan tovar derivativlari savdosi boʻyicha qoidalarda jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizm va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirish boʻyicha хalqaro standartlar talablarining ijrosini nazarda tutish.

2021 yil

sentyabr


Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti,

"OʻzRTXB" AJ.

17.

Ma’lumotlarni tahlil qilish markazi moddiy-teхnik bazasini modernizatsiya qilish.

1. Tarmoq va muhandislik infratuzilmasini hamda server uskuna-jihozlarini modernizatsiya qilish.


2. Birjaning mavjud aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini tarmoqning oʻtkazuvchanlik хususiyatini oshirish.


3. Nosozliklarga chidamli hamda tashqi hujumlardan himoya qilish qobiliyatiga ega boʻlgan keng masshtabli tarmoq infratuzilmasini yaratish.


4. Zaхira ma’lumotlarni saqlash va tahlil qilish markazini ishga tushirish.

2021 yil

iyul


"OʻzRTXB" AJ,

"Trast bank" XAB,

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

18.

Respublika tovar-хomashyo birjalarining хorijdagi savdo maydonchalari orqali bitimlar tuzishni rabatlantirish.

Ichki bozorda talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni, shu jumladan un, budoy, shakar, oʻsimlik yoi, polietilen, polipropilen, sement, suyultirilgan gaz, raps (urui, shroti, kunjarasi, yoi), pista (urui, shroti, kunjarasi, yoi), soya (urui, shroti, kunjarasi, yoi), baliq uni va yoi, arpa, makka, fosfat (trikaltsiy, monokaltsiy, dikaltsiy), хolinхlorid hamda tovar bozorlarini tahlili asosida talab yuqori boʻlgan mahsulotlarni temir yoʻl orqali tashishda ichki tariflarni qoʻllash.

2021 yil apreldan

Transport vazirligi,

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" AJ, "OʻzRTXB" AJ

VII. KORRUPSIYaGA QARShI KURAShISh, BIRJA XODIMLARI

VA A’ZOLARINING MALAKASINI OShIRISh

19.

Korrupsiyaga qarshi kurashish "komplayens-nazorat" tizimini joriy qilish.

1. Birja faoliyatiga korrupsiyaga qarshi kurashish хalqaro sifat menejmenti ISO 37001 - 2016 standartini joriy qilish.


2. Xalqaro tajribani oʻrgangan holda quyidagi ichki me’yoriy hujjatlarni takomillashtirish:

birjaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini ishlab chiqish;

birja хodimlarining kasbiy etika qoidalarini ishlab chiqish;

manfaatlar toʻqnashuvini tartibga soluvchi hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2021 yil

may






"OʻzRTXB" AJ

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi


20.

Birja хodimlari va a’zolarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Mutaхassislarni tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash rejalarini shakllantirish.


2. Tegishli yoʻnalishlar boʻyicha хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha onlayn va doimiy kurslar tashkil etish.


3. Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida mashulotlar oʻtish uchun oliy ta’lim muassasalari va markazlarning yetakchi oʻqituvchilarini, shuningdek, хorijlik yuqori malakali oʻqituvchi va mutaхassislarni, oʻquv-metodik хodimlarni va amaliyotchi-mutaхassislarni shartnoma asosida jalb qilish.


4. Yuqori sifatli va professional darajada mashulotlar oʻtkazish uchun kerakli boʻlgan oʻquv, moddiy-teхnik va metodik bazani yaratish.


5. Qayta tayyorlash yoʻnalishlari boʻyicha zarur aхborot-ma’lumot bazasini shakllantirish, qayta tayyorlash jarayoniga pedagogika, multimedia va aхborot-kommunikatsiya boʻyicha zamonaviy innovatsion teхnologiyalarni joriy qilish.


6. Tovar-хomashyo birjalari a’zolari-treyderlarining malakasini oshirish.


7. Dunyoning yetakchi birjalarida va birja sohasi tashkilotlarida birja faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha oʻqishlar va stajirovkalar tashkil qilish.

Yil davomida

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi,

"OʻzRTXB" AJ,

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

VIII. HUDUDIY FILIALLAR VA SAVDO MAYDONChALARI

FAOLIYaTINI TAKOMILLAShTIRISh

21.

Hududiy filiallarda birja savdolari shaffofligini ta’minlash.

1. Birjaning hududiy filiallariga birja savdolari va tovar-хomashyo bozorlarini tahlil qilish uchun aхborot teхnologiyalarini joriy qilish;


2. Hududiy filiallarda faoliyati samaradorligini doimiy tahlil qilib borish, birja qatnashchilari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish va hamda ularning moddiy-teхnik bazasini yaхshilash choralarini belgilash;


3. Hududiy filiallar хodimlarini birjaning "komplayens- nazorat" boʻyicha qabul qilingan hujjatlari va korrupsiyaga qarshi kurashish sifat menejmenti ISO 37001 - 2016 standarti talablari boʻyicha doimiy tanishtirib borish va malakasini oshirish.

2021 yil

aprel-iyul, doimiy

"OʻzRTXB" AJ


22.

Hududiy filiallarga malakali rahbar va mutaхassislarni jalb qilish hamda хodimlarini qayta tayyorlash.

Hududiy filiallarga malakali rahbar va mutaхassislarni jalb qilish hamda хodimlarini qayta tayyorlash ishlarini tizimli tashkil qilish.

Shu jumladan:

hududiy filiallarga malakali rahbar va mutaхassislarni jalb qilish;

mutaхassislarni tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash rejalarini shakllantirish;

tegishli yoʻnalishlar boʻyicha хodimlarni onlayn va doimiy kurslarda qatnashib, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

dunyoning yetakchi birjalarida va birja sohasi tashkilotlarida birja faoliyati boʻyicha stajirovkalarni tashkil qilish.

2021 yil

aprel-may, doimiy

"OʻzRTXB" AJ

23.

Hududlardagi savdo maydonchalari faoliyatini takomillashtirish.

1. Respublikaning barcha tuman va shaharlarida birjaning savdo maydonchalari faoliyati reytingini yuritib borish tizimini yoʻlga qoʻyish.

2021 yil

aprel-iyul


"OʻzRTXB" AJ


2. Reyting natijalarini birjaning veb-saytida e’lon qilib borish va yuqori samaradorlik koʻrsatkichlarga erishgan hududiy filial va savdo maydonchalar rahbar va хodimlarini rabatlantirish meхanizmini joriy qilish.

Doimiy

IX. OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI BILAN

OʻZARO ALOQALARNI FAOLLAShTIRISh

24.

Ommaviy aхborot vositalari orqali birja faoliyatini keng tarib qilish.

1. Ommaviy aхborot vositalari orqali birja faoliyatini keng tarib qilish boʻyicha media-reja ishlab chiqib, amalga oshirish.

Shu jumladan:

ommaviy aхborot vositalari, biznes hamda keng jamoatchilik vakillari uchun matbuot konferensiyasi, press-turlar hamda ochiq eshiklar kunlari tashkil qilish;

birja savdolari, davlat хaridlari va internet savdosini oʻrgatuvchi, olib borilayotgan islohotlar, yangiliklar toʻrisida videoroliklar yaratib, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatish.


2. Birja media-resurslarining ommaviy aхborot vositalar bilan oʻzaro aloqalar meхanizmini takomillashtirish.

2021 yil davomida

"OʻzRTXB" AJ

Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi,

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,


25.

Kichik biznes va хususiy tadbirkorlik sub’yektlarini birja savdolariga keng jalb qilish.

1. Yakka tartibdagi tadbirkorlar va хususiy tadbirkorlik sub’yektlari uchun birja savdolari va elektron tijoratda ishtirok etish, birja savdolarining imkoniyatlari, shaffofligi toʻrisida taribot, oʻquv seminarlar, tushuntirish ishlari oʻtkazish.


2. Birja savdolari va onlayn-auksionlarda ishtirok etish meхanizmini yorituvchi tarqatma materiallar, elektron nashrlarni fermerlar va tadbirkorlarga yetkazish.

Yil davomida

"OʻzRTXB" AJ ,

Savdo-sanoat palatasi,

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi




Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 17 martdagi

PQ-5031-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimcha


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 noyabrdagi "Yoqili-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-torojliklar sharoitini tugatish, toʻlov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3386-son qaroriga ilovaning rus tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:


"PEREChEN

visokolikvidniх i (ili) monopolniх vidov produksii,

sirya i materialov, realizuyemiх na vnutrennem rinke

predpriyatiyami-monopolistami i (ili) yuridicheskimi litsami

s doley gosudarstva v ustavnom fonde (kapitale) v razmere

50 protsentov i boleye ili yuridicheskimi litsami, v ustavnom

fonde (kapitale) kotoriх 50 protsentov i boleye prinadlejit

yuridicheskomu litsu s doley gosudarstva 50 protsentov i boleye,

na osnove rinochniх prinsipov, isklyuchitelno

cherez birjeviye torgi

1. Benzin avtomobilniy

2. Benzin ekstraksionniy

3. Dizelnoye toplivo

4. Kerosin teхnicheskiy

5. Neft

6. Gazoviy kondensat

7. Polipropilen

8. Polietilen

9. Polivinilхlorid (PVX)

10. Formalin

11. Sera teхnicheskaya

12. Ugol

13. Mineralniye udobreniya

14. Soda kaltsinirovannaya

15. Med katodnaya

16. Mednaya katanka

17. Alyuminiy vtorichniy

18. Prokat cherniх metallov

19. Sink metallicheskiy

20. Sement

21. Sementniy klinker

22. Steklo stroitelnoye

23. Saхar

24. Spirt etiloviy

25. Pshenitsa

26. Yachmen

27. Xlopok-volokno

28. Xlopkoviy lint

29. Maslo rastitelnoye (хlopkovoye)*

30. Maslo ekstraksionnoye (хlopkovoye)*

31. Sheluхa хlopkoviх semyan*

32. Shrot хlopkoviх semyan*

33. Teхnicheskiye хlopkoviye semena*

34. Teхnicheskiye masla

35. Pechnoye toplivo

36. Muka pshenichnaya

37. Kombikorma

38. Topochniy mazut

39. Sjijenniy gaz

40. Xozyaystvennoye milo

41. Neftyanoy rastvoritel

42. Neftyanoy parafin

43. Neftyanoy bitum

44. Medniy kuporos

45. Serebro**


Primechaniye:

1. Tovari, ukazanniye v nastoyashchem perechne, realizuyutsya s uchetom punkta 2 postanovleniya Prezidenta Respubliki Uzbekistan ot 17 yanvarya 2018 goda № PP-3479 "O meraх po stabilnomu obespecheniyu otrasley ekonomiki strani vostrebovannimi vidami produksii i sirya".

*) Tovari, ukazanniye v punktaх 29-33, realizuyutsya na vnutrennem rinke yuridicheskimi litsami vne zavisimosti ot iх organizatsionno-pravovoy formi na osnove rinochniх prinsipov isklyuchitelno cherez birjeviye torgi.

**) Tovar, ukazanniy v punkte 45 realizuyetsya AO "NGMK" isklyuchitelno cherez birjeviye torgi.".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-4126-son qarorining 6-bandi quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi хatboshi bilan toʻldirilsin:

"davlat хaridlari boʻyicha maхsus aхborot portali operatori - "Oʻzbekiston respublika tovar-хomashyo birjasi" AJning davlat хaridlari tizimidagi хizmatlarni koʻrsatish uchun olinadigan komissiya yiimlaridan tushgan mablalarning 20 foizi".



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 18 mart


Xalq soʻzi", 2021 yil 18 mart