Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.03.2021 y. PQ-5030-son "Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

17.03.2021 y.

N PQ-5030



XALQARO ShARTNOMALARNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:


1. 2020 yil 27 oktyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan quyidagi хalqaro shartnomalar:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida хarbiy-moliyaviy hamkorlik toʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida moliyaviy koʻmakni amalga oshirish toʻrisidagi Bayonnoma tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mazkur хalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi Turkiya Respublikasi tomoniga ushbu хalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.


4. Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik, idoralar va tashkilotlar rahbarlari ushbu хalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan oʻrnatilgan tartibda nazoratni ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                                Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 18 mart