Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.03.2021 y. 149-son "Orolni qutqarish Xalqaro jamgʻarmasi Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

19.03.2021 y.

N 149




OROLNI QUTQARISh XALQARO

JAMARMASI IJROIYa QOʻMITASIDAGI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DOIMIY

VAKILI FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasi Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining badali (ulushi) sifatida har yili Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjeti hisobidan oʻtkazib beriladigan mablalar hisobidan quyidagilar:

Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasining Orol dengizi havzasi loyihalarini amalga oshirish agentligi va Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasining Nukus filiali;

Orol dengizi havzasini qutqarish va solomlashtirish boʻyicha tadbirlar va loyihalar moliyalashtirilishi inobatga olinsin.


2. Belgilab qoʻyilsinki:

2021 yildan boshlab, Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasi Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili faoliyatini saqlash bilan boliq хarajatlar Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasiga Oʻzbekiston Respublikasining badali (ulushi) sifatida Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan har yili oʻtkazib beriladigan mablalar hisobidan moliyalashtiriladi;

Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasi Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi elchiхonalari maslahatchisi maqomiga tenglashtiriladi.


3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasi Ijroiya qoʻmitasidagi Oʻzbekiston Respublikasining doimiy vakili faoliyati toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasi organlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ilgari surish va himoya qilish;

Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasi organlari oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini amalga oshirish;

хalqaro moliya tashkilotlari, donor davlatlar va sohaga oid jamarmalar bilan oʻzaro aloqalarni kengaytirish;

doimiy vakilning faoliyatini tashkil etish va moliyaviy ta’minlash.


4. Mazkur qaror Orolni qutqarish Xalqaro jamarmasiga raislik jamarmaga a’zo boshqa davlatlarga oʻtganda, doimiy amal qilishi belgilab qoʻyilsin.


5. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. aniyev va suv хoʻjaligi vaziri Sh.R. Xamrayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 20 mart