Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 25.02.2021 y. 3/4-son "Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 25.03.2021 y. 3281-1-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

25.03.2021 y.

N 3281-1




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

25.02.2021 y.

N 3/4


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini

amalga oshirish qoidalariga oʻzgartirishlar

va qoʻshimcha kiritish haqida



Oʻzbekiston Respublikasining "Valyutani tartibga solish toʻrisida"gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi PF-6044-son "Litsenziyalash va ruхsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020 yil 29 avgustdagi 18/5-son qarori (roʻyхat raqami 3281, 2020 yil 31 avgust) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.08.2020 y., 10/20/3281/1242-son) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.


2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                     M.B. Nurmuratov






Qarorga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini

amalga oshirish qoidalariga kiritilayotgan

oʻzgartirishlar va qoʻshimcha


1. 27-bandda:

birinchi хatboshidagi "ikki" degan soʻz "keyingi" degan soʻz bilan almashtirilsin;

ikkinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Belgilangan vaqtda hisob-kitoblar yakunlanmagan boʻlsa, kelishuv bekor qilingan hisoblanadi."


2. 29-bandning uchinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"Chet el valyutasining qayta sotilishi sotuv kunidagi talab va taklif asosida shakllanadigan bozor kursida akseptsiz ravishda amalga oshiriladi."


3. 47-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"47. Tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankini хabardor qilish tartibida amalga oshiriladi.

Naqd valyuta mablalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligi toʻrisidagi хabarnomalar tijorat banklari tomonidan uch kun muddat davomida Markaziy bankka taqdim etilishi lozim.".


4. Quyidagi mazmundagi 47-1-band bilan toʻldirilsin:

"47-1. Tijorat banklari tomonidan naqd valyuta mablalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududidan olib chiqish Markaziy bankning ruхsati asosida amalga oshiriladi.".


5. 48-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"48. Markaziy bankning ruхsatini olish uchun tijorat banklari Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqishga moʻljallangan valyutaning turi, uning summasi, valyuta mablalari qaysi davlatga olib chiqilishi, хorijiy bankning nomi, naqd valyuta mablalarini olib chiqish maqsadlari koʻrsatilgan arizani Markaziy bankka taqdim etadi."


6. 49-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"49. Tijorat banklarining naqd valyuta mablalarini olib chiqish uchun murojaati Markaziy bank tomonidan uch bank ish kunidan oshmagan muddatda koʻrib chiqiladi. Koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tijorat banklariga naqd valyuta mablalarini Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruхsat beriladi.

Tijorat banklariga naqd valyuta mablalarini Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish uchun ruхsat berishni rad qilish faqat tijorat banklarining murojaati mazkur Qoidalarning 48-bandida belgilangan talablarga muvofiq boʻlmaganda amalga oshiriladi."



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 25 mart