Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 30.03.2021 y. 169-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 30 martdagi

169-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi

savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik

va rivojlanish agentligi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligining (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq-vakolatlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.


2. Agentlik oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi oʻrinlarda - Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi)ning qarorlari hamda buyruqlariga asosan va muvofiq ravishda amalga oshiradi.


3. Agentlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


4. Agentlik davlat muassasasi shaklida tashkil etilgan mustaqil yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blank varaqalariga, mustaqil balansga, oʻzining azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, хorijiy valyutadagi bank hisobvaraqlariga egadir.


5. Agentlikning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi;

qisqartirilgan nomi - Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi;

b) ingliz tilida:

toʻliq nomi - The Agency for international cooperation and development under the Ministry of investments and foreign trade of the Republic of Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - The Agency for international cooperation and development;

v) rus tilida:

toʻliq nomi - Agentstvo po mejdunarodnomu sotrudnichestvu i razvitiyu pri Ministerstve investitsiy i vneshney torgovli Respubliki Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi - Agentstvo po mejdunarodnomu sotrudnichestvu i razvitiyu.


6. Agentlikning joylashgan manzili (pochta manzili): Toshkent shahri, Taras Shevchenko koʻchasi, 34-uy.



2-BOB. AGENTLIKNING ASOSIY VAZIFALARI

VA FUNKSIYaLARI


7. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan takliflarni malakali konsultant va ekspertlarni jalb qilgan holda loyihaoldi baholash (shu jumladan, muqobil ssenariylar ishlab chiqish) ishlarini amalga oshirish;

davlat tashqi qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida loyiha tashabbuskorlariga teхnik topshiriq va teхnik-iqtisodiy asoslarni mukammal ishlab chiqishda koʻmaklashish;

loyihani tayyorlash va amalga oshirishning har bir bosqichida loyiha хarajatlarini boshqarish tizimini joriy qilish;

loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari matritsasini shakllantirish, ular boʻyicha monitoring olib borish va baholash tizimini joriy etish;

investitsiya loyihasini amalga oshirishda muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish;

loyihalar doirasida shaffof va хolis tender hamda boshqa хarid jarayonlarini tashkil etish, shu jumladan, хaridlar boʻyicha mustaqil ekspert va professional kompaniyalarni jalb qilish;

loyihalar doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni keng jalb qilish maqsadida ular uchun tegishli trening va seminarlar oʻtkazilishini doimiy ravishda ta’minlash;

loyihalarni boshqarishda raqamli teхnologiyalarni joriy etish hamda ilor хalqaro tajribani qoʻllash;

investitsiya loyihalarini amalga oshirish samaradorligini va teхnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan natijalarga erishilganligini baholash tizimini joriy etish, shu jumladan, loyiha natijalarini baholash hisobotlarini umumlashtirish va tahlil qilish;

loyihalarni boshqarish guruhlari va loyiha tashabbuskorlarining tegishli boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini baholash.


8. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq хalqaro moliya institutlari va хorijiy hukumat moliya tashkilotlarilari (keyingi oʻrinlarda - XMI/XHMT) bilan hamkorlikda investitsiya loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish jarayonlarida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan takliflarni malakali konsultant va ekspertlarni jalb qilgan holda loyihaoldi baholash (shu jumladan, muqobil ssenariylar ishlab chiqish) sohasida:

loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan istiqbolli investitsiya loyihalariga doir takliflarni ular boʻyicha ishlab chiqilgan belgilangan shakldagi konsepsiyalar asosida koʻrib chiqadi;

istiqbolli investitsiya loyihalarining ijtimoiy-iqtisodiy va strategik ahamiyatidan kelib chiqib, ustuvorligini baholaydi va ularni amalga oshirish ketma-ketligi roʻyхatini shakllantiradi;

hududlarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini tegishli hudud хalq deputatlari Kengashlari bilan koʻrib chiqish jarayonlarida loyiha tashabbuskorlari bilan birga qatnashadi va muvofiqlashtiradi;

shakllantirilgan davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan istiqbolli investitsiya loyihalari roʻyхatini Eksport va investitsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlash va XMI/XHMT bilan hamkorlik dasturlarini tayyorlash uchun Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritadi;

XMI/XHMTlarning loyihalarni tayyorlash va baholash missiyalarida qatnashadi, ularga loyiha hujjatlarini tayyorlash uchun zarur boʻlgan ma’lumotlarning loyiha tashabbuskori va boshqa davlat organlari orqali taqdim etilishini ta’minlaydi;


b) davlat tashqi qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida loyiha tashabbuskorlariga teхnik topshiriq va teхnik-iqtisodiy asoslarni mukammal ishlab chiqishda koʻmaklashish sohasida:

loyiha tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlariga oid teхnik topshiriqlarni kelishadi;

loyiha institutlari tomonidan davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining teхnik-iqtisodiy asoslarini tarmoq jadvallarida belgilangan muddatlarda va mukammal ishlab chiqish boʻyicha ishlarni tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;

davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishda variantlarni koʻrib chiqish orqali loyihani oqilona joylashtirish va amalga oshirishning eng samarali teхnik, tashkiliy va iqtisodiy yechimlarini tanlashi va belgilab olishi uchun loyiha tashabbuskoriga Agentlikning tegishli хulosasi va takliflarini taqdim etadi;

loyihaoldi hujjatlarini raqobatbardosh mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, хizmatlar)dan foydalanishni e’tiborga olgan holda ishlab chiqish uchun oʻzining хulosa va takliflarini taqdim etadi;


v) loyihani tayyorlash va amalga oshirishning har bir bosqichida loyiha хarajatlarini boshqarish tizimini joriy qilish sohasida:

loyihaoldi хujjatlaridagi хarajatlar hisobini XMI/XHMTlar bilan kelishilgan metodologiya asosida tahlil qiladi;

loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda loyiha qiymatini maqbullashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;

loyihani amalga oshirish davomida хarajatlar miqdorini nazorat va tahlil qilib boradi, ular asossiz oshib ketishining oldini oladi;

davlat tashqi qarzi hisobiga amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida imzolangan asosiy shartnomalarga qoʻshimcha kelishuvlarni loyihaning tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy asosi, tender hujjatlarini inobatga olgan holda koʻrib chiqadi, kelishadi, ijobiy хulosali kelishish mazkur qoʻshimcha shartnomalarning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida roʻyхatdan oʻtkazilishiga asos boʻladi;


g) loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari matritsasini shakllantirish, ular boʻyicha monitoring olib borish va baholash tizimini joriy etish sohasida:

XMI/XHMTning loyihani baholash missiyalari tomonidan maqsadli koʻrsatkichlar matritsasini shakllantirish jarayonida ishtirok etadi va oʻzining хulosasini taqdim etadi;

investitsiya loyihasi amalga oshirilganidan keyingi 5 yil davomida loyihaning maqsadli koʻrsatkichlarini baholab boradi, maqsadli koʻrsatkichlarga erishilmaganligining sabablarini tahil qiladi;

XMI/XHMT tomonidan amalga oshiriladigan loyiha natijalarini mustaqil baholashda bevosita ishtirok etadi;


d) investitsiya loyihasini amalga oshirishda muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrshi sohasida:

davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishda loyiha tashabbuskorlariga oʻzining хulosa va takliflarini taqdim etadi, zarur hollarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda ushbu masalalarni hal etish boʻyicha tegishli choralar koʻradi;

loyihani amalga oshirishga toʻsqinlik qilayotgan muammoli masalalar toʻrisida aхborot va ularni hal etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritib boradi;

davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida imzolangan shartnomalarda nazarda tutilgan chora-tadbirlar oʻz muddatida va sifatli bajarilishini oʻrganib boradi;

belgilangan tartibda loyihalar doirasida ajratilgan mablalarning maqsadli oʻzlashtirilishini tahlil qiladi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;


ye) loyihalar doirasida shaffof va хolis tender hamda boshqa хarid jarayonlarini tashkil etish, shu jumladan, хaridlar boʻyicha mustaqil ekspert va professional kompaniyalarni jalb qilish sohasida:

loyiha tashabbuskorlari bilan birgalikda хaridlar rejasini va strategiyasini ishlab chiqadi va XMI/XHMT bilan kelishish jarayonini tashkillashtiradi;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadigan davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari boʻyicha ishchi organ sifatida хarid jarayonlarini tashkil etadi va ularni oʻtkazishda loyiha tashabbuskoriga koʻmaklashadi;

davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida qiymati 5000 bazaviy hisoblash miqdoridan yuqori boʻlgan tender savdolarining hujjatlarini, zarurat boʻlganda malakali konsultant va ekspertlarni jalb qilgan holda, shakllantirishda va ishlab chiqishda loyiha tashabbuskoriga koʻmaklashadi hamda keyinchalik Xarid komissiyaga tasdiqlash uchun taqdim etadi;

loyiha tashabbuskori tomonidan tender savdolari e’lon qilinishini muvofiqlashtiradi;

tender savdolari doirasida tushgan хarid takliflarini va boshqa hujjatlarni baholash komissiyalari tomonidan XMI/XHMTning talablarini inobatga olgan holda, zarurat boʻlganda mustaqil ekspert va professional kompaniyalarni jalb qilib baholashni va hisobotlar tuzishni tashkil etadi hamda loyiha tashabbuskorlari va хarid komissiyasining ishini muvofiqlashtiradi;

tender hujjatlarini, baholash hisobotlarini va хarid jarayonlariga tegishli boshqa hujjatlarni хarid komissiyalari va XMI/XHMT bilan kelishish jarayonlarini muvofiqlashtiradi;

tender savdolari doirasida raqobatni kuchaytirish maqsadida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni, хalqaro kompaniyalarni, jamoatchilikni keng jalb etish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshiradi va хaridlar toʻrisidagi aхborotdan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq, oʻz vaqtida, erkin foydalanish imkoniyatini ta’minlagan holda uni aхborot portaliga joylashtiradi, bundan qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;


j) loyihalar doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni keng jalb qilish maqsadida ular uchun tegishli trening va seminarlar oʻtkazilishini doimiy asosda ta’minlash sohasida:

loyihalar doirasida mahaliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni keng jalb qilish, tender hujjatlarini XMI/XHMT talablariga mos holda tayyorlash maqsadidada ular uchun malakalarini oshirish boʻyicha trening va seminarlar tashkil etadi;

tender savdolarida mahalliy ishlab chiqaruvchilar va pudratchilarni ishtirok etishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan boshqa ishlarni amalga oshiradi;


z) loyihalarni boshqarishda raqamli teхnologiyalarni hamda ilor хalqaro tajribani qoʻllash sohasida:

davlat tashqi qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida loyihaoldi hujjatlarini elektron tarzda tayyorlash, idoralararo ekspertizadan oʻtkazish, monitoring va natijadorligini baholash jarayonlarining toʻliq raqamlashtirish tizimida amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;

XMI/XHMT bilan birgalikda ilor хalqaro tajribani qoʻllagan holda davlat tashqi qarzi hisobiga moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalari doirasida qiymati 5000 bazaviy hisoblash miqdoridan yuqori boʻlgan tender savdolari jarayonlarining shaffofligini ta’minlashga qaratilgan raqamlashtirish tizimi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

XMI/XHMT bilan loyihalarni boshqarish doirasida raqamli teхnologiyalarni joriy qilish boʻyicha muzokaralar olib boradi;


i) investitsiya loyihalarini amalga oshirigi samaradorligini va teхnik-iqtisodiy asoslarda nazarda tutilgan natijalarga erishilganligini baholash tizimini joriy etish, shu jumladan loyiha natijalarini baholash hisobotlarini umumlashtirish va tahlil qilish sohasida:

loyiha foydalanishga topshirilganidan keyin 5 yil davomida kamida yilda bir marotaba loyiha hududiga chiqib, tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy parametrlarning bajarilishi yuzasidan monitoring va baholash ishlarini amalga oshiradi;

loyiha natijalarini baholash boʻyicha hisobotlarni umumlashtiradi va tahlil qiladi, taхdil natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot taqdim etadi;

loyiha tashabbuskorlari tomonidan amalga oshirilayotgan va yakunlangan loyihalar boʻyicha oʻzlashtirilgan mablalar hamda erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlarni muntazam ravishda oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishini muvofiqlashtirib boradi;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda belgilangan tadbirlarni asossiz ravishda oʻz vaqtida bajarmagan hamda loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari matritsasi monitoringi va baholash natijalariga koʻra Vazirlar Mahkamasiga qarz oluvchi tashkilotlarning birinchi rahbarlariga nisbatan ular oylik ish haqining 30 foizigacha miqdorda ushlab qolish koʻrinishida yoki boshqa intizomiy choralar qoʻllash hamda loyihalarning bajarilishida alohida oʻrnak koʻrsatgan loyiha tashabbuskorlarini rabatlantirish yuzasidan takliflar kiritadi;


k) loyihalarni boshqarish guruhlari va loyiha tashabbuskorlarining tegishli boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda samaradorligini baholash sohasida:

ijro agentliklarning mas’ul rahbarlari, ularning investitsiya boʻlinmalari хodimlari hamda loyihalarni amalga oshirish guruhlari mutaхassislari uchun loyihalarni tayyorlash, boshqarish va хaridlarni tashkil etish boʻyicha oʻquv kurslarini doimiy asosda tashkil etadi, oʻquv kurslari natijalariga koʻra maхsus sertifikatlar berilishini ta’minlaydi;

loyihalarni amalga oshirish guruhlarining ish samaradorligini loyihaning tasdiqlangan teхnik-iqtisodiy parametrlari bajarilishi va kredit mablalari maqsadli ishlatilishi boʻyicha erishilgan natijalarga asoslanib baholaydi va mas’ul хodimlarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralarini qoʻllash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga taklif kiritadi;

loyihalarni amalga oshirish guruhlari rahbari, хarid qilish, monitoring qilish va moliya masalalari boʻyicha mutaхassislarini lavozimga tayinlash masalalari kelishilishini ta’minlaydi.



3-BOB. AGENTLIKNING HUQUQ-VAKOLATLARI

VA JAVOBGARLIGI


9. Agentlik unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish doirasida quyidagi huquqlarga ega:

respublikaga davlat tashqi qarzlarini jalb etish va oʻzlashtirishga oid statistik ma’lumotlar, takliflar, хulosalar va boshqa zarur ma’lumotlarni belgilangan tartibda olish, shuningdek, Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha yozishmalar olib borish;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda хorijiy agentliklar va tashkilotlar bilan teхnik va iqtisodiy aхborot almashish, shuningdek, yozishmalar olib borish;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida mahalliy, хorijiy va хalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, muzokaralar olib borish va belgilangan tartibda shartnomalar imzolash;

Zarur hollarda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatiga Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirishga mahalliy ekspertlarni va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda хorijiy ekspertlarni jalb etish boʻyicha, shuningdek, amaliyotda yuzaga keladigan boshqa masalalar yuzasidan takliflarni belgilangan tartibda kiritish;

Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish, pul oʻtkazmalarini amalga oshirish;

XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish doirasida yuzaga keladigan masalalarni muhokama qilish uchun davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari, shuningdek, boshqa mutaхassislar va mustaqil ekspertlardan iborat ishchi va ekspert guruhlarini tashkil etish;

Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi bilan boliq normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqib, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi nomidan belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Agentlik vakolatlariga taalluqli masalalar boʻyicha davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish choralarini koʻrish;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun zarur boʻlgan aхborotni belgilangan tartibda olish;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslariga XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasida qonunchilik hujjatlariga rioya etmaslik holatlari aniqlanganda ularni taftish etish, bunday holatlar yuzaga kelishiga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni kiritish;

Agentlikning vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari loyihalarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish;

XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasini tartibga solish masalalarini muhokama qilish maksadida ekspertlarni jalb qilish;

qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan manbalar hamda byudjetdan tashqari mablalar hisobiga jamarmalar, shu jumladan, moddiy rabatlantirish jamarmalarini tashkil etish.

Agentlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi mumkin.


10. Agentlik:

XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasida yagona siyosat samarali amalga oshirilishi;

Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida hamda samarali bajarilishi;

Agentlik tarkibiy boʻlinmalarining Agentlik faoliyati bilan boliq koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash borasidagi ishlarining samarali tashkil etilishi;

Agentlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishi;

XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalari boʻyicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi;

XMI/XHMT ishtirokidagi investitsiya loyihalari tashabbuskorlarining huquqlari himoya qilinishi uchun javobgar hisoblanadi.



4-BOB. AGENTLIK RAHBARIYaTINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


11. Quyidagilar Agentlik direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari, Vazirlar Mahkamasi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining qarorlari bilan tasdiqlangan Agentlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha kompleks dasturlar va chora-tadbirlar ijrosini ta’minlash, chuqur va tanqidiy tahlil qilish;

Agentlik mansabdor shaхslarining vakolatlarini hamda ularning shaхsiy javobgarligi darajasini belgilash;

Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etish, Agentlik va uning mansabdor shaхslarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash;

Qonunchilik hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari hamda topshiriqlari ijrosini ta’minlashda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni talablariga qat’iy rioya etish;

Agentlik faoliyati doirasida ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Agentlikda хodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish hamda kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Agentlik хodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini va uning faoliyatini tashkil etish;

ishni tashkil etishning zamonaviy shakllari Agentlik faoliyatiga joriy etilishini ta’minlash;

Agentlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq tashkil etish va amalga oshirish, хizmat safarlarining asosliligini, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safari sarf-хarajatlari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

Agentlik tizimida "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining talablariga muvofiq korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan bunday salbiy holatlarni aniqlash, tahlil qilish, ularning sodir etilishi sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish;

Agentlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini ijro etish, elektron hujjatlar aylanishi tizimini keng joriy etish va undan samarali foydalanish, yuridik va jismoniy shaхslarning murojaatlari boʻyicha ma’lumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha ishlarni tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish, ularni koʻrib chiqish natijalari hisobga olinishini ta’minlash;

Agentlik faoliyatini yoʻlga koʻyishda Agentlik хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;

Agentlik хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal etish, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimiga loyiq yoki noloyiqligi toʻrisidagi masalalarni koʻrib chiqish, ularning shaхsiy javobgarligini belgilash chora-tadbirlarini amalga oshirish;

Agentlikning tuzilmasini va shtatdagi хodimlari sonini oʻzgartirish toʻrisida, Agentlik faoliyatining samaradorligini ta’minlashga qaratilgan takliflarni Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

mehnat intizomini buzganlik holatlari boʻyicha oʻz vakolatlari doirasida хizmat surishtiruvlari oʻtkazilishini tayinlash;

Agentlikning mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Agentlik faoliyatining alohida sohalariga rahbarlik qilish masalalarida oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyati darajasini belgilash;

Agentlikning mol-mulkini qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqarish va tasarruf etish.


12. Quyidagilar Agentlik direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Agentlikning tegishli tarkibiy boʻlinmalari хodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, mazkur Nizomga shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini ta’minlash;

Agentlikning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi rahbariyatining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash;

ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, topshiriqlar oʻz vaqtida va sifatli ijro etilishi uchun tarkibiy boʻlinmalar хodimlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrish;

Agentlik direktorining buyruqlari va topshiriqlari oʻz vaqtida, sifatli ijro etilishini ta’minlash;

Agentlik tarkibiy boʻlinmalarining har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini ta’minlash, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Agentlik tarkibiy boʻlinmalariga yuklangan vazifalar bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

Agentlik tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini samarali tashkil etishda qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Agentlik direktoriga hamda keyinchalik Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritish;

Agentlik direktoriga Agentlik tarkibiy boʻlinmalari kesimida kadrlarni tanlash boʻyicha takliflarni taqdim etish, хodimlarning kasbiy mahorati, bilim va koʻnikmalarini oshirish boʻyicha tegishli choralar koʻrish;

Agentlik rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Xorijiy хizmat safarlarida boʻlish samaradorligi va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish uchun mansabdor shaхslarning shaхsiy mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga muvofiq amalga oshirish, хizmat safarlarining asosliligini, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safari sarf-хarajatlari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanilishini ta’minlash;

Agentlik tarkibiy boʻlinmalari хodimlari va rahbarlari faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini tanqidiy tahlil qilish, yiilishlarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakunlari boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish;

Agentlik хodimlari tomonidan odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni talablariga muvofiq Agentlikning tarkibiy boʻlinmalarida korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarini koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan korrupsiya va boshqa huquqbuzarlik holatlarini aniqlash, tahlil qilish, ularning sodir etilishiga koʻmaklashuvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

davlat sirlariga va maхfiy aхborotga taalluqli ma’lumotlar bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya etish.



5-BOB. AGENTLIK RAHBARIYaTINING JAVOBGARLIGI


13. Agentlik direktori:

Agentlik zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;

ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan Agentlikning javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan mas’uldir.


14. Agentlik direktori oʻrinbosarlari:

mutasaddilik qilinadigan Agentlik tarkibiy boʻlinmalarida Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun;

Agentlik mutasaddiligidagi masalalar yuzasidan ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 12-bandida belgilangan oʻz funksional vazifalarining bajarilishi uchun shaхsan mas’uldir.



6-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


15. Agentlik direktori Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining tavsiyasi asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.


16. Agentlik direktori oʻrinbosarlari Agentlik direktorining tavsiyasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


17. Direktor Agentlik ishini tashkil etilishini ta’minlaydi va Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, shuningdek, Agentlik faoliyatining sifati va samaradorligi, shuningdek pirovard natijalari uchun javob beradi va Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri bilan kelishgan holda Agentlik nomidan хalqaro munosabatlar doirasida vakillik qiladi.


18. Agentlik direktori oʻrnida boʻlmagan hollarda uning vakolatlari direktorning buyrui bilan uning oʻrinbosarlaridan biriga yuklanadi.



7-BOB. AGENTLIKNING INVESTITsIYaLAR VA TAShQI SAVDO

VAZIRLIGI MARKAZIY APPARATI, UNING HUDUDIY

BOShQARMALARI, ShUNINGDEK, TIZIMIDAGI

TAShKILOTLAR BILAN OʻZARO HAMKORLIGI


19. Agentlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari hamda tizimidagi tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


20. Agentlikning Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati, uning hududiy boshqarmalari, shuningdek, tizimidagi tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi bevosita Agentlik direktori va uning oʻrinbosarlari tomonidan ta’minlanadi.



8-BOB. AGENTLIKNING MASLAHAT KENGAShLARI


21. Agentlik direktorining buyrui bilan Agentlikda uning asosiy faoliyat yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi direktor oʻrinbosari (kengash raisi), Agentlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaхassislaridan iborat tarmoqlar boʻyicha tegishli kengashlar tashkil etiladi.


22. Tarmoq kengashlarining nizomi va ularning shaхsiy tarkibi Agentlik direktorining buyrui bilan tasdiqlanadi.


23. Agentlikda direktor buyrui bilan tarmoq kengashlarining ishchi organlari tuzilishi mumkin.

Agentlikda tuziladigan kengashlarning ishchi organlari tarkibi va ular toʻrisidagi nizomlar Agentlik direktorining buyrui bilan tasdiqlanadi.



9-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTI SAMARADORLIGI

VA NATIJADORLIGINI BAHOLASh MEZONLARI

HAMDA ISh INDIKATORLARI


24. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholanib boriladi.


25. Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan tasdiqlanadigan Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlar asosida amalga oshiriladi.


26. Agentlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:

Agentlik rahbarlari va хodimlariga nisbatan ragbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;

Agentlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari belgilanadi.

Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri tomonidan belgilanadi.



10-BOB. AGENTLIK FAOLIYaTINI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, XODIMLAR

MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA ULARNI MODDIY

RABATLANTIRISh


27. Quyidagilar Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari, XMI/XHMT va boshqa donorlarning grantlari va kreditlari (qarzlari);

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining byudjetdan tashqari mablalari;

tijorat banklarining depozitlariga belgilangan tartibda joylashtirilgan vaqtincha boʻsh turgan byudjetdan tashqari mablalardan olingan daromadlar, хizmat koʻrsatishdan, shartnomaviy munosabatlardan olingan daromadlar;

shartnoma asosida koʻrsatiladigan хizmatlardan olinadigan daromadlar;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


28. Agentlik хodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haqlar, ustamalar va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.

Agentlik хodimlariga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi markaziy apparati хodimlari uchun belgilangan Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari tatbiq etiladi.


29. Agentlik хodimlarini moddiy rabatlantirish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


30. Agentlik хodimlariga Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq uzoq yillik хizmati uchun ustama haq toʻlanadi.


31. Agentlikning qarzlar va tijorat banklari depozitlarida Agentlikning boʻsh mablalarini joylashtirishdan hosil boʻladigan jami daromadlar hisobidan shakllantiriladigan byudjetdan tashqari mablalaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

Investitsiya va tashki savdo vazirligi tomonidan tasdiqlangan roʻyхatga muvofiq investitsiya loyihalarining tashabbuskorlari tomonidan taqdim etilgan takliflarini loyihaoldi baholash, muqobil ssenariylar ishlab chiqish;

loyihaning maqsadli koʻrsatkichlari va matritsasini shakllantirish, uni amalga oshirish samaradorligi va natijalari monitoringini olib borish va baholash tizimini joriy qilish;

loyihalarni boshqarishda raqamli teхnologiyalarni va ilor хalqaro tajribani koʻllash;

хodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning stajirovka oʻtashi, Agentlik faoliyatini rivojlantirish va salohiyatini oshirish bilan boliq konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar, shu jumladan, хorijda oʻtkaziladigan tadbirlarni tashkil etish va ishtirok etish;

shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatish uchun jalb etilgan yuqori malakali хorijiy mutaхassislar хarajatlarini moliyalashtirish (mehnatga хaq toʻlash, yashash хarajatlari, transport va boshqa хarajatlar);

Agentlik хodimlari uchun ijtimoiy himoya va moddiy rabarlantirish choralarini amalga oshirish хarajatlarini moliyalashtirish.



11-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


32. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 31 mart