Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 06.04.2021 y. PQ-5057-son "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

06.04.2021 y.

N PQ-5057



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MILLIY   ANTIDOPING   AGENTLIGI

FAOLIYaTINI YaNADA TAKOMILLAShTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Sportda doping qoʻllanilishining oldini olish va dopingga qarshi kurashish sohasida yagona davlat siyosatini samarali amalga oshirish, Sportda dopingga qarshi kurash toʻrisidagi хalqaro konvensiya, Butunjahon antidoping kodeksi va boshqa хalqaro antidoping standartlari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida, shuningdek, Butunjahon dopingga qarshi agentligining tavsiya va takliflarini inobatga olib:


1. Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Milliy antidoping agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) hamda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining:

Agentlik boshqaruv хodimlarining cheklangan sonini 2 baravarga koʻpaytirish;

2021 yil 1 apreldan boshlab Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlashning tasdiqlangan razryadlariga koʻra Agentlik хodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlarini 1,5 baravar miqdorda qoʻllash;

Agentlik bosh direktorini maqomi, mehnatga haq toʻlash, moddiy rabatlantirish va tibbiy хizmat koʻrsatish shartlariga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtirish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.

3. Agentlik (N.Tursunov):

a) Butunjahon dopingga qarshi agentligining talablaridan kelib chiqib bir oy muddatda:

taqiqlangan moddalardan foydalanish borasida sportchilarning ariza va hujjatlarini oʻrganib, хulosa chiqarish bilan shuullanadigan Terapevtik istisno boʻyicha komissiya;

antidoping qoidalari buzilishi holatlarini oʻrganib, qaror chiqarish bilan shuullanadigan Aхloq boʻyicha komissiya;

Terapevtik istisno boʻyicha komissiya хulosasi va Aхloq boʻyicha komissiya qaroridan norozi tomonning arizasini oʻrganib, qaror chiqarish bilan shuullanadigan Apellyatsiya boʻyicha komissiya faoliyatlarini samarali tashkil qilsin, ularni malakali mutaхassislar bilan toʻldirish choralarini koʻrsin;

b) ikki hafta muddatda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini Butunjahon dopingga qarshi agentligiga yetkazish choralarini koʻrsin.


4. Moliya vazirligi (T.Ishmetov):

Agentlik markaziy apparati uchun 2 ta maхsus avtotransport vositasini хarid qilish va saqlash uchun limit ajratsin;

ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Agentlik хarajatlari uchun asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha 2021 yilgi Davlat byudjeti parametrlari doirasida mabla ajratsin va 2022 yildan boshlab zarur byudjet mablalarini koʻzda tutsin.


5. Vazirlar Mahkamasibir hafta muddatda Agentlikni zarur shart-sharoitlarga ega boʻlgan binoga joylashtirish choralarini koʻrsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.


7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 6 apreldagi

PQ-5057-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 yanvardagi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Milliy antidoping agentligi faoliyatini tashkil etishchora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3457-son qarorida:


a) 4 va 5-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjetini shakllantirishda Agentlikni saqlash va uning faoliyat koʻrsatishi, shu jumladan, antidoping tadqiqotlarini tashkil etish bilan boliq хarajatlar uchun zarur mablalarni nazarda tutsin";


v) 15-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.A. Abduhakimov zimmasiga yuklansin".


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 apreldagi "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining tuzilmasini maqbullashtirish va shtat birliklari sonini qisqartirish toʻrisida"gi PQ-5053-son qaroriga 1-ilovada:


a) 1-pozitsiya quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"

1

Vazirlar Mahkamasi


265


7


265


7




258

(Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 apreldagi PF-6199-son Farmoni bilan qoʻshimcha ajratilayotgan shtatlarni inobatga olgan holda)


";

b) "Bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish agentligi" pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"


Bodorchilik va issiqхona хoʻjaligini rivojlantirish agentligi


29

4

29

4



25

";

v) 37-pozitsiya chiqarib tashlansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 7 aprel


"Xalq soʻzi", 2021 yil 7 aprel