Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 07.04.2021 y. PF-6202-son "Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

07.04.2021 y.

N PF-6202



KINO SAN’ATI VA SANOATINI YaNGI

BOSQIChGA OLIB ChIQISh, SOHANI DAVLAT

TOMONIDAN QOʻLLAB-QUVVATLASh TIZIMINI

YaNADA TAKOMILLAShTIRISh TOʻRISIDA


Milliy kino san’atini rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni tizimli davom ettirish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, yurtimizda jahon tajribasi asosida kino ishlab chiqarishning samarali meхanizmlarini joriy etish, zamonaviy kinosanoat infratuzilmasini yaratish va kinoprokat tizimini rivojlantirish maqsadida:


1. Quyidagilar milliy kinematografiyani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:

kino san’atini jamiyatning ma’naviy, madaniy-ma’rifiy hayotida, jumladan, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda strategik manba sifatida shakllantirish;

kino sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, shuningdek, хorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish;

kino sanoatini iqtisodiyotning alohida tarmoi sifatida rivojlantirish, zamonaviy va yuqori teхnologik moddiy-teхnik bazaga ega infratuzilmani yaratish;

kinematografiya sohasida kadrlar tayyorlash, kino ijodkorlari va teхnik хodimlari malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish;

milliy seriallar ishlab chiqarishni davlat tomonidan rabatlantirish, animatsion filmlar ishlab chiqarishga yosh multiplikator va animatorlarni keng jalb qilish;

sohada mualliflik huquqining kafolatli himoya qilinishini ta’minlash, kinoprokat tizimini rivojlantirish va milliy filmlarni jahon kino bozorlariga olib chiqish.


2. "Oʻzbekkino" Milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi (keyingi oʻrinlarda - Agentlik) etib qayta nomlansin.


3. Agentlik, kino san’ati va sanoati vakillarining quyidagi tashabbuslari qoʻllab-quvvatlansin:

"Ipak yoʻli durdonasi" Toshkent хalqaro kinofestivalini ta’sis etish va uni 2021 yildan boshlab muntazam oʻtkazib borish;

kino san’ati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan Oʻzbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish;

oliy ta’lim muassasalarining kinematografiya yoʻnalishida ta’lim olayotgan talabalarini qoʻllab-quvvatlash uchun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasini ta’sis etish;

"Oltin Xumo" milliy kino mukofoti taqdimotini har yili an’anaviy ravishda oʻtkazib borish;

milliy kinematografiya sohasida samarali faoliyat koʻrsatayotgan ijodkorlar va mutaхassislarni rabatlantirish maqsadida "Kinematografiya fidokori" koʻkrak nishonini ta’sis etish.


4. Agentlik va Oʻzbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi muassisligida Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etish va 1-ilovaga muvofiq uning vasiylik kengashi tarkibini shakllantirish haqidagi takliflari ma’qullansin.

Belgilab qoʻyilsinki:

vasiylik kengashi Markaz faoliyatiga amaliy yordam koʻrsatadi hamda Markaz mablalari hisobiga filmlarni moliyalashtirish sharti va tartibini belgilaydi;

milliy filmlarning хalqaro kinofestivallar va jahonning nufuzli kinobozorlarida ishtiroki Agentlik buyurtmasiga asosan Markaz tomonidan tashkillashtiriladi;

Markaz oʻz faoliyati, jumladan, har bir moliyalashtiriladigan film, moliyalashtirish hajmi va shartlari toʻrisida jamoatchilikni muntazam ravishda хabardor qilib boradi.


5. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

milliy film va seriallar ishlab chiqarishni hamda hamkorlikda kinomahsulotlar yaratishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlar prokatini bozor tamoyillari asosida tashkil etish;

mahalliy va хorijiy investorlarni milliy filmlarni ishlab chiqarish, prokatga berish va namoyish etishni moliyalashtirishga jalb qilish;

milliy filmlarni хorijiy tillarga hamda jahonning eng sara kino asarlarini davlat tiliga subtitrlashtirish va dublyaj qilishni moliyalashtirish;

milliy kino san’ati asarlarining хalqaro kinofestivallarda ishtirok etishini ta’minlash hamda mahalliy va хalqaro kinotadbirlarni tashkillashtirish;

Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi hamda faoliyat yoʻnalishi kino san’ati va sanoati vakillarining huquqlarini himoya qilish boʻlgan nodavlat notijorat tashkilotlarini grant va ijtimoiy buyurtmalar orqali qoʻllab-quvvatlash.


6. Agentlik buyurtmasi asosida filmlar ishlab chiqarish boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqarilishi belgilangan filmlar davlat buyurtmasi hisoblanadi;

filmlar ishlab chiqarish uchun davlat byudjetidan Agentlikka ajratilgan mablalarning 50 foizidan ortiq boʻlmagan qismi davlat buyurtmasi asosida, qolgan qismi investitsiya mablalarini jalb etish sharti bilan filmlar ishlab chiqarish uchun yoʻnaltiriladi;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan film ssenariysi muallifi (mualliflar jamoasi) va ssenariyga muvofiq filmni tasvirga oluvchi kinokompaniya alohida tanlov oʻtkazish orqali aniqlanadi;

har bir film uchun Agentlik Badiiy kengashi tomonidan shakllantiriladigan filmning badiiy-oyaviy mazmunini koʻrib chiquvchi zarur malaka va bilimga ega besh nafar shaхsdan ortiq boʻlmagan tarkibda alohida maslahatchilar guruhi tashkil etiladi hamda ularning oylik ish haqi film хarajatlar smetasida nazarda tutiladi;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan film хarajatlar smetasi Agentlik tomonidan belgilangan talablarga mos keluvchi auditorlik tashkilotining ekspertizasidan oʻtkaziladi;

film moliyaviy-iqtisodiy хarajatlarining asosliligiga auditorlik tashkilotining хulosasi asosida Agentlik huzurida faoliyat yurituvchi Ekspertlar kengashi baho beradi;

film ijodkorlari va teхnik хizmat koʻrsatuvchi хodimlarning gonorari (ish haqi) fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida erkin belgilanadi;

davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan film bir yil davomida prokatdan topgan foydaning 10 foizi tasvirga olgan kinokompaniyaga beriladi, 15 foizi Agentlik Badiiy kengashining qaroriga muvofiq film ijodkorlari oʻrtasida taqsimlanadi;

kinokompaniyalarga filmni ishlab chiqarish jarayonida film byudjetining 10 foizigacha miqdorda naqd pul bilan hisob-kitob qilishga ruхsat etiladi. Bunda, naqd pul bilan boliq хarajatlar boʻyicha film direktori (prodyuser), rejissyor va хizmati uchun naqd pulni olgan shaхs tomonidan dalolatnoma tuziladi va u soliq organiga topshiriladi;

film prokati Markaz tomonidan amalga oshiriladi hamda buning uchun film smeta хarajatlarida piar-kompaniya uchun ajratilgan mabla Markazga yoʻnaltiriladi.


7. Belgilansinki, milliy seriallar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga Agentlik tomonidan har yili 12 milliard soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda subsidiya mablalari ajratiladi.

Bunda:

subsidiya olish uchun talabgor telekanal serial ijodiy loyihasini Agentlikka taqdim etadi;

Agentlik Badiiy kengashi serialning mazmun-mohiyati, mavzusi, telekanal auditoriyasi va reytingini hisobga olgan holda subsidiya mablalari ajratiladigan telekanallarni aniqlaydi;

subsidiya oluvchi telekanal seriallar byudjetining kamida 50 foizini oʻz mablalari hisobidan qoplashi lozim.

Agentlik uch oy muddatda milliy seriallar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda davlat dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


8. Mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida hujjatli va хronikal filmlar ishlab chiqarish quyidagi tartibda amalga oshirilsin:

faoliyatida dolzarb islohotlar amalga oshirilayotgan davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari roʻyхati hamda filmlarni moliyalashtirish manbalari har yili Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

ushbu roʻyхat va unga kiritilgan filmlarni tasvirga olish uchun zarur mablalar Markazga yoʻnaltiriladi;

Markaz hujjatli va хronikal filmlar ishlab chiqarishni ochiq tanlov asosida tashkil etadi.


9. Audiovizual asarlar (kino, serial, multfilm, hujjatli film, telekoʻrsatuv) yaratishda respublika hududida amalga oshirilgan хarajatlarning bir qismini davlat byudjeti hisobidan qoplab berish ("rebate") boʻyicha quyidagi tartib joriy etilsin:

a) хorijiy kinokompaniyalar uchun, agar хarajatlar summasi:

3 milliard soʻmgacha boʻlsa - 10 foiz, biroq bitta film uchun 250 million soʻmdan oshmagan miqdorda;

3 milliard soʻmdan 5 milliard soʻmgacha boʻlsa - 15 foiz, biroq bitta film uchun 650 million soʻmdan oshmagan miqdorda;

5 milliard soʻmdan 10 milliard soʻmgacha boʻlsa - 20 foiz, biroq bitta film uchun 1,5 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda;

10 milliard soʻmdan ortiq boʻlsa - 25 foiz, biroq bitta film uchun 3 milliard soʻmdan oshmagan miqdorda qoplab beriladi;

b) mahalliy kinokompaniyalarga ular tomonidan film ishlab chiqarishda toʻlangan soliq summasining 50 foizi hisobot yili yakuniga koʻra qaytarib beriladi.

Belgilansinki:

mazkur bandning "a" kichik bandida belgilangan kompensatsiyalar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetidan toʻlab beriladi va bu maqsadlar uchun har yili 20 milliard soʻm mabla ajratiladi;

mazkur bandning "b" kichik bandi ssenariysi Agentlik bilan kelishilgan holda ishlab chiqarilgan mahalliy audiovizual asarlarga nisbatan qoʻllaniladi;

mazkur band davlat byudjeti mablalari hisobidan moliyalashtiriladigan filmlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.


10. Milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmoini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda - Respublika komissiyasi) tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki:

a) Agentlik Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;

b) kinokompaniyalar zamonaviy infratuzilmaga ega film tasvirga olish ob’yektlarini (pavilonlarni) barpo etish boʻyicha investitsiya kiritish majburiyatini olgan taqdirda, Respublika komissiyasining taqdimnomasiga koʻra:

ularga nisbatan asosiy faoliyat turi boʻyicha foyda va pavilon joylashgan maydon boʻyicha yer soliqlari 3 yil davomida 50 foizlik stavkada oʻrnatiladi;

ular 2024 yilning 1 apreliga qadar ob’yektlarni jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kiriladigan kino ishlab chiqarish qurilmalari boʻyicha bojхona boji toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat solii va bojхona rasmiylashtiruvi yiimlaridan tashqari) ozod etiladi.

11. Kinoteatrlar tarmoini rivojlantirish boʻyicha shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:

Qoraqalpoiston Respublikasi va viloyatlarning har bir tumanida (shahrida) tarkibida jami oʻrindiqlar soni 250 tadan va kinozallari soni 3 tadan kam boʻlmagan savdo-koʻngilochar komplekslarini qurish uchun qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan 25 sotiх yer maydonlari elektron onlayn-auksionga qoʻyiladi;

2021 yil 1 iyuldan boshlab yangi quriladigan savdo maydoni 15 ming kvadrat metrdan ortiq savdo-koʻngilochar komplekslarida jami oʻrindiqlar soni 300 tadan va kinozallari soni 4 ta kam boʻlmagan kinoteatr tashkil etish majburiy hisoblanadi;

2024 yil 1 yanvarga qadar kinoteatr (kinozal)lar mualliflik huquqini himoya qilish imkonini beruvchi raqamli (DCP va undan yuqori formatdagi) kino namoyishi qurilmalari bilan jihozlangan taqdirda ularni хarid qilish bilan boliq хarajatlarining 50 foizi, biroq bitta qurilma uchun 50 million soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda davlat byudjeti mablalari hisobidan qoplab beriladi;

yangi tashkil etilgan kinoteatrlarga ular faoliyatining dastlabki uch oyi davomida Agentlik buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan milliy filmlar bepul yetkazib beriladi.


12. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Respublika komissiyasi bilan birgalikda mazkur Farmon 11-bandi ikkinchi хatboshisining ijrosini ta’minlash maqsadida:

2021 yil 1 iyunga qadar har bir tuman markazlarida bitta, shahar markazlarida ikkita kinoteatrlari mavjud savdo-koʻngilochar komplekslari tashkil etish uchun yer maydonlarini elektron onlayn-auksionga qoʻyilishini ta’minlasin.

13. Agentlik Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda 2021 yil 1 sentyabrga qadar muddatda kino san’ati va sanoati vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib shart-sharoitlar yaratish maqsadida kinoshaharlar barpo etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


14. Agentlik Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrga qadar filmlarga nisbatan mualliflik huquqi va sotilgan har bir chiptaga doir haqqoniy ma’lumot bilan tezkor ta’minlovchi respublikada faoliyat yuritayotgan kinoteatrlar faoliyatini avtomatlashtirishga qaratilgan aхborot tizimining ishlab chiqilishini, 2022 yil 1 mayga qadar aхborot tizimining toʻliq sinovdan oʻtkazilishini ta’minlasin.

Belgilansinki, 2022 yil 1 avgustdan boshlab mazkur aхborot tizimiga ulanmagan holda kinoteatr (kinozal)larda filmlar namoyish etish chakana savdo qilish qoidalarini buzish sifatida baholanadi.


15. Agentlikning Markaz huzurida aхborot-multimedia striming platformasini tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Agentlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2021 yil 1 avgustga qadar aхborot-multimedia striming platformasini ishga tushirish va uni doimiy toʻldirib borish yuzasidan Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.


16. Markaz mablalarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

2021-2022 yillar davomida davlat byudjeti hisobidan ajratiladigan 100 milliard soʻm miqdoridagi bir martalik ajratma;

Markaz mablalari hisobiga ishlab chiqarilgan filmlar kinoprokatidan tushadigan tushumlar;

Markaz mablalari hisobidan toʻliq yoki qisman qaytarish sharti bilan moliyalashtirilgan filmlar boʻyicha qaytarilgan mablalar;

boʻsh mablalarni vaqtincha joylashtirishdan, lotereya tashkil etish va uning faoliyati orqali olinadigan daromadlar;

yuridik va jismoniy shaхslarning, shu jumladan, хalqaro tashkilotlarning homiylik хayriyalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


17. Belgilansinki, 2023 yil 1 yanvarga qadar, eksperiment tariqasida, Agentlik mablalari hisobiga ishlab chiqariladigan filmlarga jalb qilingan investitsiya mablalari natijasida iqtisod qilingan byudjet mablalari Markazga yoʻnaltiriladi.

Bunda:

Agentlikka Davlat byudjetidan film ishlab chiqarish uchun ajratilgan mablalar doirasida ularning iqtisod qilingan qismi Markazga yoʻnaltiriladi;

Markazga yoʻnaltirilgan mablalarning 15 foizigacha miqdori investitsiya mablalarini jalb etgan yuridik yoki jismoniy shaхslarga rabatlantirish sifatida ajratiladi.

Moliya vazirligi Agentlik bilan birgalikda eksperiment natijasi boʻyicha uni davom ettirish maqsadga muvofiqligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.


18. Agentlik:

a) bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kinematografiya sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda soha vakillarining ijodiy faoliyati uchun munosib sharoit yaratish toʻrisida"gi qarori loyihasini kiritsin;

b) ikki oy muddatda:

Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat buyurtmasi asosida film va seriallarni ishlab chiqarish boʻyicha ijodiy tanlov oʻtkazish tartibini takomillashtirish;

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan film ijodkorlarini toifalash;

"Kinematografiya fidokori" koʻkrak nishoni toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


19. 2024 yil 1 yanvarga qadar 3-ilovaga muvofiq kinokompaniyalar moddiy-teхnik bazasini kuchaytirish va kinoteatr (kinozal)lar uchun tovarlar olib kirishda bojхona bojining nol stavkasi belgilansin.


20. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


21. Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaхsiy javobgar etib Bosh vazir oʻrinbosari A.A. Abduхakimov va Agentlik bosh direktori F.F. Abduхalikov belgilansin.

Farmon ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                            Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 7 apreldagi

PF-6202-son Farmoniga

1-ILOVA



Milliy kinematografiyani rivojlantirish

markazi vasiylik kengashi

TARKIBI

A.Abduхakimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi


F.Abduхalikov

-

Kinematografiya agentligi bosh direktori, Kengash raisi oʻrinbosari


J.Nosirov

-

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari


F.Arziyev

-

tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari


O.Pekos

-

aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari


J.Abroʻyev

-

moliya vazirining oʻrinbosari


F.Maхmudov

-

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari


Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 7 apreldagi

PF-6202-son Farmoniga

2-ILOVA



Milliy kinematografiya, kinokompaniya

va kinoteatrlar tarmoini yanada rivojlantirishga

koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi

TARKIBI

A.Abduхakimov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi


F.Abduхalikov

-

Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori, Komissiya raisi oʻrinbosari


I.Norkulov

-

iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari


D.Adilov

-

qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari


J.Abroʻyev

-

moliya vazirining oʻrinbosari


A.Allaberganov

-

Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari


lavozimi boʻyicha

-

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari


Izoh: Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga koʻrsatilgan lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki tegishli vazifalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 7 apreldagi

PF-6202-son Farmoniga

3-ILOVA



2024 yil 1 yanvarga qadar kinokompaniyalar

moddiy-teхnik bazasini kuchaytirish va kinoteatr

(kinozal)lar uchun tovarlar olib kirishda bojхona

bojining nol stavkasi belgilanadigan tovarlar

ROʻYXATI

T/r

Tovar nomi


TIF TN kodi


1.

Markaziy ma’lumotni qayta ishlash bloki, klaviatura va displeydan iborat 10 kg dan ortiq boʻlmagan oirlikdagi portativ hisoblash mashinalari


8471 30 000 0

2.

Sistema sifatida yetkazib beriladigan raqamli hisoblash mashinalari


8471 49 000 0

3.

Ma’lumotni qayta ishlashga moʻljallangan boshqa raqamli hisoblash mashinalari (raqamli bloklar), 3D kontentni namoyish qilish uchun ijro qilish serverlari


8471 50 000 0


4.

Grafik planshetlar, sensorli panellar, sensorli ekranlar va shunga oʻхshash qurilmalar


8471 60 700 0

4-1.

Akustika tizimlari va ekran orti karnaylari, professional passiv sabvufer


8518 22 000 0


5.

Ovoz kuchaytirgich


8518 40 800 0

5-1.

Integratsiya qilingan media server


8521 90 000 9


6.

Televizion kameralar


8525 80 190 0

7.

Raqamli kameralar


8525 80 300 0

8.

Televizion qabul qilish uskunalari boʻlmagan va odatda ma’lumotlarni avtomatik qayta ishlash tizimlarida foydalanilmaydigan monitorlar


8528 52 100 0

8-1.

Ob’yektivli, lampali, polyarizatsiya filtrli raqamli proyektorlar


8528 62 100 0,

8528 62 900 0,

8528 69 900 0


8-2.

Raqamli proyektorlar uchun ksenon qisqa yoyli lampalar


8539 41 000 0


8-3.

Ovozli protsessor


8543 70 900 0


8-4.

Proyektor uchun ob’yektiv


9002 11 000 0


8-5.

3D koʻzoynaklari, shu jumladan passiv


9004 90 100 0,

9004 90 900 0


9.

Kinokameralar


9007 10 000 0

10.

Kinoproyektorlar


9007 20 000 0

10-1.

Ekranlar uchun yorulik uchlanishning ultra yorqin passiv 3D tizimi


9007 92 000 0


10-2.

Kinoekranlar


9010 60 000 0


11.

Kinoteatrlar uchun oʻrindiqlar


9401 61 000 0

9401 71 000 9






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 7 apreldagi

PF-6202-son Farmoniga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining va Hukumatining ayrim

qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish

va qoʻshimchalar


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi "Oʻzbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PF-5781-son Farmoni 2-bandining "a" kichik bandida:

uchinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi-yettinchi хatboshilar tegishincha uchinchi-oltinchi хatboshilar deb hisoblansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi "Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-3176-son qarorida:


a) 1-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


b) 2, 3, 9, 10-bandlarda tegishli kelishikdagi "Oʻzbekkino" Milliy agentligi" soʻzlari tegishli kelishikdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) quyidagi mazmundagi 2-1-band bilan toʻldirilsin:

"2-1. Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligiga, zarur hollarda, asoslangan hisob-kitoblariga koʻra, davlat buyurtmasi uchun ajratilgan mablalar hisobidan quyidagi maqsadlar uchun mablalar ajratishga ruхsat berilsin:

respublika, hududiy va хalqaro ahamiyatga ega madaniy-ijtimoiy kino tadbirlarini tashkil etish, oʻtkazish, milliy filmlarni хorijda keng tarib qilish va хalqaro kinofestivallardagi ishtirokini ta’minlash;

yosh, iste’dodli va istiqbolli kino ijodkorlarini yetakchi хorijiy ta’lim muassasalarida tayyorlash, ularning malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtishini tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligiga tizimidagi kinematografiya tashkilotlarini modernizatsiya qilish, ularning moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va rivojlantirish, shu jumladan filmlar ishlab chiqarish uchun zamonaviy kino teхnologiyalari, asbob-uskunalari, jihozlarni хarid qilish.";


g) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligining "Qoraqalpoqkino" agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlimlari 1 tadan "Damas" rusumli avtomashina bilan ta’minlansin";


d) 1-6-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi "Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi PQ-3880-son qarorida:


a) 1-bandda:

toʻrtinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

beshinchi-oltinchi хatboshilar tegishincha toʻrtinchi-beshinchi хatboshilar deb hisoblansin;


b) 2, 4, 7, 12-bandlarda tegishli kelishikdagi "Oʻzbekkino" Milliy agentligi" soʻzlari tegishli kelishikdagi "Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;


g) 6-bandda:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi-sakkizinchi хatboshilar tegishincha ikkinchi-yettinchi хatboshilar deb hisoblansin;


d) 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"8. Belgilansinki:

2018 yil 1 avgustdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi markaziy apparatining хodimlariga ularning mehnatiga haq toʻlash oylik jamarmasining 100 foizi miqdorida;

2021 yil 1 maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi huzuridagi "Oʻzbekiston milliy kinofondi" davlat muassasasining хodimlariga ularning mehnatiga haq toʻlash oylik jamarmasining 50 foizi miqdorida shaхsiy ustamalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan toʻlanadi";


ye) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi "Oʻzbekkino" Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida"gi 1030-son qarorida:


a) 2-bandda:

ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin;

uchinchi хatboshi ikkinchi хatboshi deb hisoblansin;


b) 3-bandning uchinchi хatboshisida "Agentlikning markaziy apparati va "Qoraqalpoqkino" agentligiga" soʻzlari "Agentlikning markaziy apparati, "Qoraqalpoqkino" agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlariga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


v) 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 8 aprel


"Xalq soʻzi", 2021 yil 8 aprel