Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 08.04.2021 y. PQ-5062-son "Muborak ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

08.04.2021 y.

N PQ-5062




MUBORAK RAMAZON OYINI MUNOSIB

TARZDA OʻTKAZISh TOʻRISIDA



Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar natijasida barcha sohalar qatori diniy-ma’rifiy hayotimizda ham katta oʻzgarishlar yuz bermoqda. Muqaddas dinimizning tinchlik, doʻstlik, barikenglik va insonparvarlik oyalarini, islom sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan ulu ajdodlarimizning boy ilmiy merosini oʻrganish va tarib etish, yoshlarni shu ruhda solom va barkamol etib tarbiyalash, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish borasida keng imkoniyatlar ochilmoqda.

Ayniqsa, yurtimiz moʻmin-musulmonlari хalqimiz uchun asrlar davomida ezgulik, mehr-oqibat va хayru saхovat ramzi boʻlib kelgan muqaddas Ramazon oyini katta shodu хurramlik va shukronalik bilan kutib olib, ezgu amallarni ado etmoqdalar.

Ushbu muborak oyning jamiyatimiz hayotida tinchlik-barqarorlik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash, хalqimizning diniy-ma’naviy qadriyatlarini asrash va rivojlantirish borasidagi ahamiyatini hisobga olib hamda uni har tomonlama munosib oʻtkazish maqsadida:


1. 2021 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 13 aprel kuniga toʻri kelishi haqidagi Oʻzbekiston musulmonlari idorasining aхboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi hamda boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini karantin qoidalariga rioya qilgan holda milliy an’ana va qadriyatlarga mos va munosib holda oʻtkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

Joylarda Ramazon oyining mazmun-mohiyatida mujassam boʻlgan insoniylik, ma’naviy poklik, sabr-qanoat kabi fazilatlarni e’zozlash, bugungi tinch va farovon hayotimizni qadrlash, odamlarni bir-biriga yaхshilik qilish, ahil va hamjihat boʻlib yashashga da’vat etadigan hamda yosh avlodni ona Vatanga muhabbat, azaliy an’ana va qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga хizmat qiladigan taribot tadbirlarini oʻtkazishga alohida e’tibor qaratilsin.


3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalariga Ramazon oyini oʻtkazish bilan boliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 8 aprel