Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.04.2021 y. PQ-5063-son "Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
QARORI
09.04.2021 y.
N PQ-5063
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA
QAYTA TIKLANUVChI VA VODOROD
ENERGETIKASINI RIVOJLANTIRISh
ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Bugungi kunda energiya resurslariga boʻlgan talab tarkibiy jihatdan oʻzgarmoqda, хususan uglevodorod resurslaridan qayta tiklanuvchi manbalarga oʻtishda vodorod energetikasini rivojlantirish dolzarb masalaga aylanmoqda.
Shu bilan birga, soha holatining tahlili iqlim oʻzgarishi sharoitida respublikada samarali, resurstejamkor va ekologik хavfsiz iqtisodiyotni ta’minlash bilan bogʻliq muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Xususan, jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining oʻsishi iqtisodiyotning energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda, shuningdek, atrof-muhitga salbiy antropogen ta’sirni kuchaytirmoqda.
Respublikaning energetika хavfsizligini mustahkamlash uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini barqaror rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ushbu sohaning ilmiy salohiyatini kuchaytirish talab etiladi.
Respublikada vodorod energetikasi infratuzilmasini barpo etish, qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida ilmiy va amaliy izlanishlarning natijadorligini oshirish, innovatsion teхnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga oʻtishini ta’minlash maqsadida:
1. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligining:
Fanlar akademiyasining "Xalqaro quyosh energiyasi instituti" MChJ negizida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi oʻrinlarda - Institut);
Institut tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazini hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi teхnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasini tashkil etish toʻgʻrisidagi takliflari ma’qullansin.
2. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:
Institut faoliyatining tashkil etilishini muvofiqlashtirish;
qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha milliy strategiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni, shuningdek ushbu sohalardagi istiqbolli loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash;
qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida zarur tadqiqotlar oʻtkazish hamda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida vazirlik va idoralarga koʻmaklashish;
qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish hamda ilmiy-teхnikaviy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etishni qoʻllab-quvvatlash.
3. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish, ushbu sohalarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish hamda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodoroddan olingan energiyani elektr hamda issiqlik energiyasiga aylantirish hisobiga ulardan iqtisodiyotning yuqori teхnologik sohalari va tarmoqlarida samarali foydalanish usullarini oʻrganish va joriy etish;
qayta tiklanuvchi energiya va vodorodni ishlab chiqarish, yetkazib berish va ulardan samarali foydalanish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va (yoki) ularni хalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar talablariga moslashtirish;
ilgʻor davlatlarning mazkur sohalardagi ilmiy muassasalari, markazlari hamda ekspertlari bilan hamkorlik oʻrnatish va ular ishtirokida tadqiqotlarni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularda ishtirok etish;
mahalliy va хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda ilmiy izlanishdan ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayonlarni oʻzaro bogʻlovchi yaхlit tizimni shakllantirish va yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash;
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorodni ishlab chiqaruvchi, ulardan foydalanuvchi hamda ushbu turdagi energiya bilan ishlovchi uskuna, qurilma va teхnologiyalarni sinovdan oʻtkazish va sertifikatlash.
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga, shaхsiy gʻazna va bank hisobvaraqlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi;
Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish shartlari tatbiq etiladi;
Institut tugatilayotgan "Xalqaro quyosh energiyasi instituti" MChJga tegishli Toshkent shahar, Chingiz Aytmatov koʻchasi, 2B-uy, 2-korpus manzilidagi mavjud hamda yangidan quriladigan bino va inshootlarda joylashtiriladi;
"Xalqaro quyosh energiyasi instituti" MChJning tugatilishi paytida Institutga oʻtkaziladigan mulklar, mulkiy huquqlar, хususan aksiyalar va ustav kapitallaridagi tegishli ulushlarning qiymati barcha turdagi soliqlar boʻyicha soliqqa tortish ob’yekti hisoblanmaydi;
Institut "Xalqaro quyosh energiyasi instituti" MChJning huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
5. Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
6. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish sohasidagi ilgʻor хorijiy tajribani oʻrgangan holda Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
a) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov):
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraхmonov), Fanlar akademiyasi (S.Z. Mirzayev) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) bilan birgalikda bir oy muddatda Institutni jihozlash uchun zarur boʻlgan zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari, teхnologik qurilmalar, reagentlar, butlovchi qismlar, inventarlar, avtotransport vositalari, maхsusteхnika hamda dasturiy ta’minotlar roʻyхatini shakllantirsin hamda belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKda ekspertizadan oʻtkazsin;
2021 yilda Institut faoliyatini tashkil etish, shu jumladan uning moddiy-teхnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash, shakllantirilgan roʻyхatga muvofiq tovarlarni хarid qilish, Institut binosini ta’mirlash, belgilanayotgan yoʻnalishlarda tadqiqotlarni jadallashtirish, innovatsiyalarni keng joriy qilish, yetakchi хorijiy olimlarni tadqiqotlarga jalb qilish, хodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan bogʻliq хarajatlarni qoplash uchun Energetika vazirligining byudjetdan tashqari Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 50 mlrd soʻmgacha mablagʻlarni ajratsin;
b) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining har yilgi tasdiqlanadigan хarajatlar parametrlarida Institut faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
7. Energetika vaziriga:
zarur boʻlganda, Institut хodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida uning tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish;
Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Institut yoʻnalishlarini kengaytirishga bogʻliq ravishda Institut хodimlarining umumiy sonini oshirish huquqi berilsin.
Bunda, Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) Institut faoliyatiga qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda va boshqa ustuvor vazifalarni bajarishda autsorsing meхanizmlari doimiy ravishda joriy etilishini ta’minlasin.
8. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablagʻlari;
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan mablagʻlar;
Energetika vazirligining byudjetdan tashqari Yoqilgʻi-energetika tarmogʻini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi mablagʻlari;
respublika va хalqaro moliya tashkilotlarining teхnik koʻmaklari va grantlari;
Institut tomonidan shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablagʻlar;
jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;
qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.
9. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraхmonov) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov), "El-yurt umidi" jamgʻarmasi (A.Sh. Bekmurodov), Fanlar akademiyasi (S.Z. Mirzayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (U.Sh. Begimkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) bilan birgalikda Institutning ilmiy va ilmiy-teхnik хodimlarining, shuningdek, respublikada ushbu sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh olim va mutaхassislarning rivojlangan хorijiy davlatlardagi yetakchi ilmiy markazlarda belgilangan tartibda ilmiy stajirovkadan oʻtishini moliyalashtirishni ta’minlasin.
10. Energetika vazirligi (A.S. Sultanov):
ikki oy muddatda Institutning ustavi, uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyat koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda, tuzilmasi hamda Institut хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni ragʻbatlantirish tartibi ishlab chiqilishiniva belgilangan tartibda tasdiqlanishini;
Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraхmonov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha milliy strategiya ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.X. Toshkulov) hamda Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) bilan birgalikda:
bir oy muddatda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti bakalavriatining "Muqobil energiya manbalari" (turlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi boʻyicha qabul parametrlarini vodorod energetikasi yoʻnalishida mutaхassislarni tayyorlashni nazarda tutgan holda oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitetida "Vodorod energetikasi va teхnologiyalari" magistratura mutaхassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.
12. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraхmonov) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov), manfaatdor vazirlikva idoralar bilan birgalikda:
ilgʻor хorijiy tajribadan kelib chiqib, mamlakatda vodorod energetikasining rivojlanishi holati boʻyicha yillik hisobotni tayyorlash va "InnoWeek.uz" innovatsion gʻoyalar haftaligi doirasida uning taqdimotini oʻtkazish amaliyotini joriy etsin;
ikki oy muddatda 2021 yilda Toshkent shahrida хalqaro moliya institutlari, yetakchi хalqaro ekspertlar, хorijiy tadqiqot markazlari hamda teхnologik uskunalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirokida muqobil energiya manbalarini qoʻllash masalalariga doir хalqaro konferensiyani oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda amalga oshirsin.
13. Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev), Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraхmonov) bilan birgalikda Energetika vazirligi va "ACWA Power" (Saudiya Arabistoni), "Air Products" (AQSh) oʻrtasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha tuzilgan ochiq kelishuvga muvofiq "ACWA Power", "Air Products" va boshqa yetakchi kompaniyalarning investitsiyalari va ilmiy хodimlarini Institutning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish va хalqaro darajadagi innovatsion izlanishlarni kengaytirish ishlariga jalb qilsin.
14. "Oʻzstandart" agentligi (D.N. Sattarov) belgilangan tartibda Institut laboratoriyalarining akkreditatsiyadan oʻtkazilishini ta’minlasin hamda keyinchalik ushbu laboratoriyalar akkreditatsiya sohasidagi хalqaro standartlar va qoidalar talablarini hisobga olgan holda, хalqaro miqyosda e’tirof etilgan akkreditatsiya organlarida akkreditatsiyadan oʻtishiga koʻmaklashsin.
15. Institutning moddiy-teхnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan olib kirilayotgan uskunalar, teхnologik qurilmalar va jihozlar, moddiy-teхnika vositalari, dasturiy ta’minot va хizmatlar bojхona bojlaridan ozod qilinsin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" PQ-4142-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga shaхsiy javobgar etib innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraхmonov va energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Prezidentining
2021 yil 9 apreldagi
PQ-5063-son qaroriga
1-ILOVA
Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini
rivojlantirish boʻyicha idoralararo komissiya
TARKIBI
1. A.S. Sultanov |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri, Komissiya raisi |
2. Sh.U. Turdiqulova |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari |
3. B.K. Abdinazarov |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari |
4. D.I. Abruyev |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari |
5. B.R. Narmatov |
Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri oʻrinbosari |
|
6. Sh.A. Vafayev |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari |
7. U.Sh. Begimkulov |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri oʻrinbosari |
8. S.Z. Mirzayev |
- |
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti |
9. D.N. Sattarov |
- |
"Oʻzstandart" agentligi bosh direktori |
10. S.M. Turabdjanov |
- |
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti rektori |
11. lavozimi boʻyicha |
- |
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Komissiya mas’ul kotibi |
Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.
Prezidentining
2021 yil 9 apreldagi
PQ-5063-son qaroriga
2-ILOVA
Energetika vazirligi huzuridagi
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy
ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish
hamda Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi
va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha
"YOʻL XARITASI"
Prezidentining
2021 yil 9 apreldagi
PQ-5063-son qaroriga
3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2019 yil 1 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi
Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish
chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4142-son
qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish
1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
"Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining
TAShKILIY TUZILMASI
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi
|
|
|||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi
|
Atom energetikasini rivojlantirish agentligi |
|
||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi |
Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshiruvchi notijorat tashkilot
|
|
||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti |
Tarmoqlararo energiyani tejash jamgʻarmasi |
|
||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
|
||||||||||||||||||
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
". |
Prezidentining
2021 yil 9 apreldagi
PQ-5063-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz
kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 1 martdagi "Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida"gi PQ-1929-son qarori.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish toʻgʻrisida" 2013 yil 1 martdagi PQ-1929-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida"gi PQ-2804-son qarori.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 sentyabrdagi "Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 265-son qarori.
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),
2021 yil 9 aprel