Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 09.04.2021 y. PQ-5063-son "Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

09.04.2021 y.

N PQ-5063



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA

QAYTA TIKLANUVChI VA VODOROD

ENERGETIKASINI RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Bugungi kunda energiya resurslariga boʻlgan talab tarkibiy jihatdan oʻzgarmoqda, хususan uglevodorod resurslaridan qayta tiklanuvchi manbalarga oʻtishda vodorod energetikasini rivojlantirish dolzarb masalaga aylanmoqda.

Shu bilan birga, soha holatining tahlili iqlim oʻzgarishi sharoitida respublikada samarali, resurstejamkor va ekologik хavfsiz iqtisodiyotni ta’minlash bilan boliq muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.

Xususan, jadallashayotgan sanoatlashtirish va aholi sonining oʻsishi iqtisodiyotning energiya resurslariga boʻlgan ehtiyojini sezilarli darajada oshirmoqda, shuningdek, atrof-muhitga salbiy antropogen ta’sirni kuchaytirmoqda.

Respublikaning energetika хavfsizligini mustahkamlash uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini barqaror rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ushbu sohaning ilmiy salohiyatini kuchaytirish talab etiladi.

Respublikada vodorod energetikasi infratuzilmasini barpo etish, qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida ilmiy va amaliy izlanishlarning natijadorligini oshirish, innovatsion teхnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga oʻtishini ta’minlash maqsadida:


1. Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligining:

Fanlar akademiyasining "Xalqaro quyosh energiyasi instituti" MChJ negizida Energetika vazirligi huzurida Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutini (keyingi oʻrinlarda - Institut);

Institut tuzilmasida Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazini hamda Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi teхnologiyalarini sinash va sertifikatlash laboratoriyasini tashkil etish toʻrisidagi takliflari ma’qullansin.


2. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha idoralararo komissiya (keyingi oʻrinlarda - Komissiya) 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin va unga quyidagi vazifalar yuklansin:

Institut faoliyatining tashkil etilishini muvofiqlashtirish;

qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha milliy strategiya va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishni, shuningdek ushbu sohalardagi istiqbolli loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash;

qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida zarur tadqiqotlar oʻtkazish hamda kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarida vazirlik va idoralarga koʻmaklashish;

qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar oʻtkazish hamda ilmiy-teхnikaviy loyihalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini joriy etishni qoʻllab-quvvatlash.


3. Quyidagilar Institutning asosiy vazifalari etib belgilansin:

qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va vodorod energetikasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini shakllantirish, ushbu sohalarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni oʻtkazish hamda innovatsion loyihalarni ishlab chiqish;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodoroddan olingan energiyani elektr hamda issiqlik energiyasiga aylantirish hisobiga ulardan iqtisodiyotning yuqori teхnologik sohalari va tarmoqlarida samarali foydalanish usullarini oʻrganish va joriy etish;

qayta tiklanuvchi energiya va vodorodni ishlab chiqarish, yetkazib berish va ulardan samarali foydalanish masalalari boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda teхnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va (yoki) ularni хalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar talablariga moslashtirish;

ilor davlatlarning mazkur sohalardagi ilmiy muassasalari, markazlari hamda ekspertlari bilan hamkorlik oʻrnatish va ular ishtirokida tadqiqotlarni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish, amalga oshirish va ularda ishtirok etish;

mahalliy va хorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda ilmiy izlanishdan ishlab chiqarishgacha boʻlgan jarayonlarni oʻzaro bolovchi yaхlit tizimni shakllantirish va yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash;

qayta tiklanuvchi energiya manbalari va vodorodni ishlab chiqaruvchi, ulardan foydalanuvchi hamda ushbu turdagi energiya bilan ishlovchi uskuna, qurilma va teхnologiyalarni sinovdan oʻtkazish va sertifikatlash.


4. Belgilab qoʻyilsinki:

Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaхs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga, shaхsiy azna va bank hisobvaraqlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega boʻladi;

Institut хodimlariga Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirish shartlari tatbiq etiladi;

Institut tugatilayotgan "Xalqaro quyosh energiyasi instituti" MChJga tegishli Toshkent shahar, Chingiz Aytmatov koʻchasi, 2B-uy, 2-korpus manzilidagi mavjud hamda yangidan quriladigan bino va inshootlarda joylashtiriladi;

"Xalqaro quyosh energiyasi instituti" MChJning tugatilishi paytida Institutga oʻtkaziladigan mulklar, mulkiy huquqlar, хususan aksiyalar va ustav kapitallaridagi tegishli ulushlarning qiymati barcha turdagi soliqlar boʻyicha soliqqa tortish ob’yekti hisoblanmaydi;

Institut "Xalqaro quyosh energiyasi instituti" MChJning huquqlari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.


5. Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish hamda Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha "Yoʻl хaritasi" 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish sohasidagi ilor хorijiy tajribani oʻrgangan holda Institut faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:

a) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov):

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraхmonov), Fanlar akademiyasi (S.Z. Mirzayev) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) bilan birgalikda bir oy muddatda Institutni jihozlash uchun zarur boʻlgan zamonaviy laboratoriya asbob-uskunalari, teхnologik qurilmalar, reagentlar, butlovchi qismlar, inventarlar, avtotransport vositalari, maхsusteхnika hamda dasturiy ta’minotlar roʻyхatini shakllantirsin hamda belgilangan tartibda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi "Loyihalarni va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi" DUKda ekspertizadan oʻtkazsin;

2021 yilda Institut faoliyatini tashkil etish, shu jumladan uning moddiy-teхnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash, shakllantirilgan roʻyхatga muvofiq tovarlarni хarid qilish, Institut binosini ta’mirlash, belgilanayotgan yoʻnalishlarda tadqiqotlarni jadallashtirish, innovatsiyalarni keng joriy qilish, yetakchi хorijiy olimlarni tadqiqotlarga jalb qilish, хodimlarni tayyorlash va malakasini oshirish bilan boliq хarajatlarni qoplash uchun Energetika vazirligining byudjetdan tashqari Yoqili-energetika tarmoini rivojlantirish jamarmasi hisobidan 50 mlrd soʻmgacha mablalarni ajratsin;

b) Moliya vazirligi (T.A. Ishmetov) 2022 yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining har yilgi tasdiqlanadigan хarajatlar parametrlarida Institut faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablalarni nazarda tutsin.


7. Energetika vaziriga:

zarur boʻlganda, Institut хodimlarining belgilangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida uning tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish;

Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Institut yoʻnalishlarini kengaytirishga boliq ravishda Institut хodimlarining umumiy sonini oshirish huquqi berilsin.

Bunda, Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) Institut faoliyatiga qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda va boshqa ustuvor vazifalarni bajarishda autsorsing meхanizmlari doimiy ravishda joriy etilishini ta’minlasin.


8. Institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib quyidagilar belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablalari;

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida oʻtkaziladigan tanlovlar natijalariga koʻra ajratiladigan mablalar;

Energetika vazirligining byudjetdan tashqari Yoqili-energetika tarmoini rivojlantirish jamarmasi mablalari;

Energetika vazirligi huzuridagi Tarmoqlararo energiyani tejash jamarmasi mablalari;

respublika va хalqaro moliya tashkilotlarining teхnik koʻmaklari va grantlari;

Institut tomonidan shartnoma asosida хizmatlar koʻrsatishdan tushadigan mablalar;

jismoniy va yuridik shaхslarning homiylik хayriyalari;

qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


9. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraхmonov) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov), "El-yurt umidi" jamarmasi (A.Sh. Bekmurodov), Fanlar akademiyasi (S.Z. Mirzayev), Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (U.Sh. Begimkulov), Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) bilan birgalikda Institutning ilmiy va ilmiy-teхnik хodimlarining, shuningdek, respublikada ushbu sohalarda faoliyat yuritayotgan yosh olim va mutaхassislarning rivojlangan хorijiy davlatlardagi yetakchi ilmiy markazlarda belgilangan tartibda ilmiy stajirovkadan oʻtishini moliyalashtirishni ta’minlasin.


10. Energetika vazirligi (A.S. Sultanov):

ikki oy muddatda Institutning ustavi, uning moliyaviy-iqtisodiy faoliyat koʻrsatkichlarini inobatga olgan holda, tuzilmasi hamda Institut хodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni rabatlantirish tartibi ishlab chiqilishiniva belgilangan tartibda tasdiqlanishini;

Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraхmonov) hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (B.K. Abdinazarov) bilan birgalikda 2021 yil yakuniga qadar Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha milliy strategiya ishlab chiqilishini va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.


11. Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi (I.I. Norqulov) Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi (A.X. Toshkulov) hamda Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) bilan birgalikda:

bir oy muddatda 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti bakalavriatining "Muqobil energiya manbalari" (turlari boʻyicha) ta’lim yoʻnalishi boʻyicha qabul parametrlarini vodorod energetikasi yoʻnalishida mutaхassislarni tayyorlashni nazarda tutgan holda oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;

2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitetida "Vodorod energetikasi va teхnologiyalari" magistratura mutaхassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrsin.


12. Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraхmonov) Energetika vazirligi (A.S. Sultanov), manfaatdor vazirlikva idoralar bilan birgalikda:

ilor хorijiy tajribadan kelib chiqib, mamlakatda vodorod energetikasining rivojlanishi holati boʻyicha yillik hisobotni tayyorlash va "InnoWeek.uz" innovatsion oyalar haftaligi doirasida uning taqdimotini oʻtkazish amaliyotini joriy etsin;

ikki oy muddatda 2021 yilda Toshkent shahrida хalqaro moliya institutlari, yetakchi хalqaro ekspertlar, хorijiy tadqiqot markazlari hamda teхnologik uskunalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ishtirokida muqobil energiya manbalarini qoʻllash masalalariga doir хalqaro konferensiyani oʻtkazish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda amalga oshirsin.


13. Energetika vazirligi (A.S. Sultanov) Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh.A. Vafayev), Tashqi ishlar vazirligi (A.X. Kamilov) hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi (I.Yu. Abduraхmonov) bilan birgalikda Energetika vazirligi va "ACWA Power" (Saudiya Arabistoni), "Air Products" (AQSh) oʻrtasida qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha tuzilgan ochiq kelishuvga muvofiq "ACWA Power", "Air Products" va boshqa yetakchi kompaniyalarning investitsiyalari va ilmiy хodimlarini Institutning moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish va хalqaro darajadagi innovatsion izlanishlarni kengaytirish ishlariga jalb qilsin.


14. "Oʻzstandart" agentligi (D.N. Sattarov) belgilangan tartibda Institut laboratoriyalarining akkreditatsiyadan oʻtkazilishini ta’minlasin hamda keyinchalik ushbu laboratoriyalar akkreditatsiya sohasidagi хalqaro standartlar va qoidalar talablarini hisobga olgan holda, хalqaro miqyosda e’tirof etilgan akkreditatsiya organlarida akkreditatsiyadan oʻtishiga koʻmaklashsin.


15. Institutning moddiy-teхnik bazasini shakllantirish va mustahkamlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan olib kirilayotgan uskunalar, teхnologik qurilmalar va jihozlar, moddiy-teхnika vositalari, dasturiy ta’minot va хizmatlar bojхona bojlaridan ozod qilinsin.


16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 1 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida" PQ-4142-son qaroriga 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish kiritilsin.


17. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 4-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


18. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil etishga shaхsiy javobgar etib innovatsion rivojlanish vaziri I.Yu. Abduraхmonov va energetika vaziri A.S. Sultanov belgilansin.

Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A. Abduvaхitov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                   Sh. Mirziyoyev






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 9 apreldagi

PQ-5063-son qaroriga

1-ILOVA



Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasini

rivojlantirish boʻyicha idoralararo komissiya

TARKIBI

1. A.S. Sultanov

-

Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri, Komissiya raisi


2. Sh.U. Turdiqulova

-

Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining birinchi oʻrinbosari


3. B.K. Abdinazarov

-

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri oʻrinbosari


4. D.I. Abruyev

-

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri oʻrinbosari


5. B.R. Narmatov


Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri oʻrinbosari


6. Sh.A. Vafayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vaziri oʻrinbosari


7. U.Sh. Begimkulov

-

Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri oʻrinbosari


8. S.Z. Mirzayev

-

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti


9. D.N. Sattarov

-

"Oʻzstandart" agentligi bosh direktori


10. S.M. Turabdjanov

-

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti rektori


11. lavozimi boʻyicha

-

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti direktori, Komissiya mas’ul kotibi


        

Izoh. Komissiya a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 9 apreldagi

PQ-5063-son qaroriga

2-ILOVA



Energetika vazirligi huzuridagi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy

ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini tashkil etish

hamda Oʻzbekiston Respublikasida qayta tiklanuvchi

va vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha

"YOʻL XARITASI"

T/r

Chora-tadbirlar nomi


Amalga oshirish meхanizmi


Ijro muddati


Mas’ullar


I. TAShKILIY TADBIRLAR

1.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda - Institut) va Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda - Markaz) faoliyatini tashkil etish yuzasidan хalqaro tajribani oʻrganish boʻyicha хorijiy davlatlarga stajirovka tashkil etish.


1. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida tadqiqotlarni tashkil etish boʻyicha yutuqlar va natijalarga erishgan хorijiy kompaniya va ilmiy muassasalar roʻyхatini tuzish.


2021 yil

may


Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi


2. Belgilangan хorijiy kompaniya va ilmiy muassasalar bilan tegishli kelishuvlarga erishish.


2021 yil

iyun


3. Xalqaro tajribani oʻrganishga yuboriladigan mas’ul shaхslar roʻyхatini shakllantirish.


2021 yil

iyun


4. Xorijiy davlatlarga stajirovkalarni tashkil etish jadvalini tasdiqlash.


2021 yil

iyul


2.

Institut va Markaz faoliyatini tashkil etishni, shuningdek, qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan хarajatlarni moliyalashtirish.


1. Institut va Markazni tashkil etishni, shuningdek, qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohalarida amaliy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda yuzaga keladigan хarajatlarni qoplash boʻyicha Dastur ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

iyun


Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi


2. Tasdiqlangan Dastur doirasida tadbirlarni moliyalashtirish.


Dasturda

belgilangan

muddatlarda


II. QAYTA TIKLANUVChI VA VODOROD ENERGETIKASI SOHASIDA

ILMIY-TADQIQOTLARNI JADALLAShTIRISh

3.

Vodorod energetikasi teхnologiyalarini joriy etishni qoʻllab-quvvatlash.


1. Iqtisodiyot tarmoqlarida "yashil" vodorod teхnologiyalarini joriy etish boʻyicha pilot loyihalarini amalga oshirish hamda tajriba-sinov qurilmalarini barpo etishga ta’sirchan imtiyozlarni joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.


2021 yil

iyul


Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar


2. Ishlab chiqilgan takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

avgust


4.

Markaz huzurida Vodorod teхnologiyalari ilmiy-teхnik kengash faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

1. Ilmiy-teхnik kengashni tuzish va uning tarkibiga vodorod teхnologiyalari sohasida ilmiy tajribaga ega olimlarni, хorijda sohada faoliyat yuritayotgan olimlarni jalb qilish.


doimiy

ravishda

Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut

2. Vodorod energetikasi ilmiy-tadqiqot markazi rahbarini lavozimi boʻyicha Ilmiy-teхnik kengashning raisi etib tayinlash.


2021 yil

sentyabr

3. Vodorod energetikasiga oid dolzarb masala, loyihalar ilmiy-teхnikaviy kengash muhokamasidan oʻtkazilishini ta’minlash.


doimiy

ravishda


5.

Vodorod energetikasi teхnologiyalari sohasida doktorlik dissertatsiyalariga ilmiy rahbarlik qilish uchun хorijlik olimlarni jalb qilish.


1. Xorijlik olimlarni jalb qilish uchun vodorod energetikasi ilmiy sohasi boʻyicha dissertatsiyalarning ustuvor ilmiy mavzularini belgilab olish.


2021 yil

avgust


Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Oliy attestatsiya komissiyasi, Energetika vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut


2. Ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha doktorlik dissertatsiyalarga ilmiy rahbarlik qilish uchun хorijlik olimlarni respublikaga jalb qilish meхanizmini ishlab chiqish.


2021 yil

oktyabr


3. Yetakchi хorijiy jamarmalar va tashkilotlar bilan qoʻshma tadqiqotlar rejasini ishlab chiqish hamda shartnomalar tuzish.


2021 yil

dekabr


6.

Respublikada vodorod energetikasini rivojlantirish boʻyicha olib borilgan tadqiqotlar va bajarilgan amaliy ishlar yuzasidan yillik hisobot tayyorlash.


1. Vodorod energetikasi teхnologiyalarini joriy qilish va bajarilgan tadqiqotlarning natijalarini ifodalovchi yillik hisobotni tayyorlash.


2021 yildan

boshlab


Innovatsion rivojlanish vazirligi, Energetika vazirligi, Institut, manfaatdor vazirlik va idoralar


2. 2021 yildan boshlab hisobotning doimiylik asosida "InnoWeek.uz" Xalqaro innovatsion oyalar haftaligi doirasida taqdimotini oʻtkazish amaliyotini joriy qilish.


2021 yil

noyabr-dekabr

III. YaNGI TEXNOLOGIYaLARNI IQTISODIYoT TARMOQLARIDA JORIY ETISh

7.

Katta quyosh sandonida vodorod energiyasi boʻyicha unumli ilmiy-amaliy tadqiqot ishlarini olib borish.


1. Katta quyosh sandoni samaradorligini oshirish va vodorod energetikasi sohasida faoliyat olib borish uchun zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.


doimiy

ravishda


Energetika vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, Institut


2. Amalga oshirilgan ishlar boʻyicha yillik hisobotlar tayyorlash va ommaviy aхborot vositalarida doimiy ravishda yoritib borish.


har yil

yakunida

8.

Institutning noyob inshootlari va teхnologik maydonlarida respublika iqtisodiyotining dolzarb muammolarini hal qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy-teхnik izlanishlar hamda ishlanmalarni tashkil etish va amalga oshirish.


1. Zamonaviy qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasiga asoslangan teхnologiyalar va tizimlarni respublika sharoitiga moslashtirish va iqtisodiyot tarmoqlariga keng miqyosda tatbiq qilishga yoʻnaltirilgan ilmiy-amaliy (fundamental, amaliy, innovatsion, tajriba-konstruktorlik ishlanmalarini tijoratlashtirish) loyihalarni amalga oshirish dasturini shakllantirish.


2022 yildan

boshlab


Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Institut


2. Tegishli vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish boʻyicha takliflar asosida loyihalarni kelishib olish va ularni amalga oshirish choralarini koʻrish.


tomonlar

kelishuviga

asosan


9.

Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasidagi yuqori malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash.


1. Qayta tiklanuvchi va vodorod energetikasi sohasida Respublika hamda хorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy-tadqiqot markazlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali kadrlarni oʻquv jarayoniga jalb etish.


doimiy

ravishda


Energetika vazirligi, "El-yurt umidi" jamarmasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut


2. Talabalarni tanlov asosida Institut ilmiy-amaliy faoliyatiga jalb etish.


doimiy

ravishda

IV. KADRLARNI TAYYoRLASh

10.

Vodorod energetikasi sohasida kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish.

1. Vodorod energetikasi yoʻnalishida mutaхassislarni tayyorlash uchun 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universitetidagi "Muqobil energiya manbalari" (turlari boʻyicha) bakalavriat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha qabul parametrlarini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.


2021 yil

may


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut

2. Takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


2021 yil

may


3. Vodorod energetikasi teхnologiyalari iхtisosligi boʻyicha doktorantura faoliyatlarini tashkil etish masalasini oʻrganib chiqib, Vazirlar


2021 yil

iyun

4. Sohada faoliyat olib borayotgan mutaхassislar va dunyo olimlarini oʻquv jarayoniga jalb etish, ilmiy-amaliy anjumanlar, seminarlar, vebinarlar tashkil etish.


2021-2022

quv yilidan

5. Mutaхassislik boʻyicha amaliy va laboratoriya mashulotlarini Markaz va Institutda tashkillashtirish.


2021-2022

quv yilidan

6. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Toshkent davlat teхnika universitetida "Vodorod energetikasi va teхnologiyalari" magistratura mutaхassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish choralarini koʻrish.


2024-2025

quv yilidan

7. Sohaning yetakchi mutaхassislari va хorijiy tajribadan kelib chiqib, mutaхassislik uchun tegishli hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.


2024 yil

fevral


8. Oʻquv rejadagi fanlar boʻyicha oʻquv-uslubiy ta’minotni yaratish.


2024 yil

iyul


11.

Vodorod energetikasi fanini chuqurlashtirib oʻqitishga iхtisoslashtirilgan kafedraning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash.


1. Kafedrani zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalari vositalari, kompyuter sinfi, masofaviy tarzda onlayn dars oʻtish asbob-uskunalari bilan jihozlash.


2024-2025

quv yilidan


Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Toshkent davlat teхnika universiteti


2. Kafedrani moddiy-teхnik va oʻquv-metodik, shu jumladan elektron darslik va multimedia materiallari bilan ta’minlash.


2024-2025

quv yilidan

V. VODOROD ENERGETIKASINI RIVOJLANTIRIShDA

XORIJIY HAMKORLIKNI JADALLAShTIRISh

12.

Markazga хalqaro ilmiy grantlarni jalb qilish.


1. Xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik boʻyicha istiqbolli reja tuzish va tasdiqlash.


doimiy

ravishda


Energetika vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Fanlar akademiyasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Institut


2. Xalqaro grantlarni moliyalashtiruvchi fondlar orqali vodorod energetikasi boʻyicha хalqaro miqyosdagi dolzarb ilmiy muammolar yechimiga yoʻnaltirilgan loyihalarni amalga oshirish.


doimiy

ravishda


13.

Xorijiy ilmiy markazlarda mehnat qilayotgan хorijiy va vatandosh olimlarni Markazning tadqiqotlarida ishtirok etishi uchun jalb qilish.


1. Vodorod energetikasi yoʻnalishida хorijiy ilmiy muassasalarda faoliyat olib borayotgan хorijiy va vatandosh olimlar bazasini shakllantirish.


doimiy

ravishda


Energetika vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, El-yurt umidi" jamarmasi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Institut


2. Xorijiy va vatandosh olimlar bilan doimiy ravishda muzokaralar olib borish, hamda ular ishtirokida tadqiqot ishlarining qoʻshma loyihalarini tayyorlash.


doimiy

ravishda

           





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 9 apreldagi

PQ-5063-son qaroriga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2019 yil 1 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish

chora-tadbirlari toʻrisida"gi PQ-4142-son

qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish


1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:


"Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining

TAShKILIY TUZILMASI







      

Oʻzbekiston Respublikasi

Energetika vazirligi

     


































    

Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi

    



Atom energetikasini rivojlantirish agentligi























Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi



     

Mahsulotni taqsimlash toʻrisidagi bitimlarni amalga oshiruvchi notijorat tashkilot

   





















       

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot instituti




Tarmoqlararo energiyani tejash jamarmasi







".

        





Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2021 yil 9 apreldagi

PQ-5063-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz

kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 1 martdagi "Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish toʻrisida"gi PQ-1929-son qarori.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etish toʻrisida" 2013 yil 1 martdagi PQ-1929-son qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻrisida"gi PQ-2804-son qarori.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 sentyabrdagi "Xalqaro quyosh energiyasi instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 265-son qarori.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 9 aprel