Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 15.10.2004 y. PF-3502-son "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasini tashkil qilish toʻgʻrisida"gi Farmoni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
PREZIDENTINING
FARMONI
15.10.2004 y.
N PF-3502
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
YeR RESURSLARI, GEODEZIYa, KARTOGRAFIYa
VA DAVLAT KADASTRI DAVLAT QOʻMITASINI
TAShKIL QILISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida" 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-son Farmoniga muvofiq hamda yerdan foydalanish, geodeziya va kartografiya sohasidagi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish, yerdan oqilona foydalanishni ta’minlash va yer munosabatlarini tartibga solish, Davlat kadastrlari yagona tizimini yuritish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi tugatilib, ularning negizida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlag qoʻmitasi (Oʻzdavergeodezkadastr) tashkil qilinsin.
3. Belgilansinki, Oʻzdavergeodezkadastr qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris hisoblanadi.
4. Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga bajariladigan yer-kadastr, yer tuzilishi, tuproq va geobotanika sohasidagi ishlar qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod etilishi belgilab qoʻyilsin.
5. "Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 24 iyuldagi PF-2059-son Farmoni oʻz kuchini yuqotgan deb hisoblansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
7. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2004 yil, 42-son, 445-modda
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi", 2004 yil, 10-11-son, 202-modda