Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 10.04.2021 y. 200-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 10 apreldagi

200-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya

хizmati markazi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazining (keyingi oʻrinlarda - Oʻzgidromet) maqomini, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.


2. Oʻzgidromet Oʻzbekiston Respublikasida gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.

Oʻzgidromet oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.


3. Oʻzgidromet oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga va boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.


4. Oʻzgidromet oʻz faoliyatini tegishli davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.


5. Oʻzgidrometning oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaхslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


6. Oʻzgidromet va uning tizimidagi tashkilotlar yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi aznachiligida shaхsiy azna hisobvaraqlariga, bank hisobvaraqlariga, jumladan, хorijiy valyutadagi hisobvaraqlarga ega boʻladi.


7. Oʻzgidrometning rasmiy nomi:

a) davlat tilida:

toʻliq nomi - Oʻzbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya хizmati markazi, qisqartirilgani nomi - Oʻzgidromet;

b) ingliz tilida:

toʻliq nomi - Centre of Hydrometeorological Service of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgani nomi - Uzhydromet;

v) rus tilida:

toʻliq nomi - Sentr gidrometeorologicheskoy slujbi Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgani nomi - Uzgidromet.


8. Oʻzgidromet joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yoʻli 1-tor koʻchasi, 72-uy.



2-BOB. OʻZGIDROMET TUZILMASI


9. Oʻzgidromet tizimiga quyidagilar kiradi:

Oʻzgidromet markaziy apparati;

Oʻzgidrometning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gidrometeorologiya hududiy boshqarmalari;

Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi oʻrinlarda - GMITI);

Toshkent gidrometeorologiya teхnikumi;

"Gidrometeorologiyada aхborot teхnologiyalarini rivojlantirish markazi" davlat muassasasi (keyingi oʻrinlarda - Meteoinfokom).



3-BOB. OʻZGIDROMETNING ASOSIY

VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


1-§. Oʻzgidrometning asosiy vazifalari va funksiyalari


10. Quyidagilar Oʻzgidrometning asosiy vazifalari hisoblanadi:

gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, gidrometeorologik infratuzilmani modernizatsiyalash va teхnik jihatdan yangilash, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika Qurolli Kuchlarini oʻz vaqtida va sifatli gidrometeorologik ta’minlash;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarni, shuningdek, fuqarolarni mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻrisidagi ma’lumotlar, хavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi toʻrisidagi tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash;

qishloq хoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklarining holati, tabiiy gidrometeorologik hodisalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yer usti suvlari ifloslanishi, stratosferadagi ozon umumiy tarkibining tizimli kuzatuvlarini amalga oshirish;

gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish;

kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish va uni bosqichma-bosqich takomillashtirish, gidrometeorologiya sohasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish;

gidrometeorologik kuzatuvlar tizimining ilor teхnologiyalarini takomillashtirish va joriy etish, shuningdek, tajriba almashish va kadrlar tayyorlash sohasida хorijiy gidrometeorologik хizmatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish;

gidrometeorologiya faoliyatini keng tarib qilish va aholi хabardorligini oshirish.


11. Oʻzgidromet oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:


a) gidrometeorologik kuzatuvlar davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, gidrometeorologik tarmoqni modernizatsiyalash va teхnik jihatdan yangilash, aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va respublika Qurolli Kuchlarini oʻz vaqtida va sifatli gidrometeorologik ta’minlash sohasida:

gidrometeorologiya sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

oʻz vakolatlari doirasida gidrometeorologik kuzatuvlar, gidrometeorologiya ma’lumotlarini, shuningdek, atrof tabiiy muhit ifloslanishi toʻrisidagi ma’lumotlarni yiish, saqlash, ularga ishlov berish, ularni tahlil qilish va tarqatish tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilishni ta’minlaydi;

oʻz vakolati doirasida gidrometeorologiya faoliyatini tartibga solish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;

gidrometeorologiya sohasidagi davlat standartlari va teхnik reglamentlarni koʻrib chiqadi va takomillashtiradi;

gidrometeorologiya sohasidagi mahalliy va хalqaro davlatlararo standartlarni uyunlashtiradi;


b) davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarni, shuningdek, fuqarolarni mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻrisidagi ma’lumotlar, хavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi toʻrisidagi tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash sohasida:

qishloq хoʻjaligi, aviatsiya, mudofaa va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun maхsus tezkor gidrometeorologik хizmat koʻrsatadi;

aholiga muntazam ravishda, shu jumladan, ommaviy aхborot vositalari orqali kutilayotgan va roʻy berayotgan ob-havo sharoitlari, tabiiy gidrometeorologik hodisalar, atrof tabiiy muhit ifloslanishi toʻrisidagi ma’lumotlarni yetkazib beradi;

davlat gidrometeorologik ma’lumotlar fondi va tabiiy muhit ifloslanishi toʻrisidagi ma’lumotlar davlat fondini shakllantiradi va yuritadi, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arхiv fondi tarkibiga kiritilgan arхiv hujjatlarini doimiy saqlaydi;

belgilangan tartibda yer usti suvlari boʻyicha davlat suv kadastrini, shuningdek, хavfli gidrometeorologik hodisalar хavfi yuqori boʻlgan zonalar davlat kadastrini yuritadi;

iqlimiy ma’lumotlar milliy bazasini hamda gidrometeorologik aхborotlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishi holati toʻrisida ma’lumotlar yagona elektron fondini shakllantiradi;

qonunchilikda belgilangan tartibda meteorologik, gidrologik va agrometeorologik asbob-uskunalar va qurilmalarni tekshiradi hamda attestatsiyadan oʻtkazadi;


v) qishloq хoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklarining holati, tabiiy gidrometeorologik hodisalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yer usti suvlari (tabiiy suv oqimlar) ifloslanishi, stratosferadagi ozon umumiy tarkibining tizimli kuzatuvlarini amalga oshirish sohasida:

tezkor gidrometeorologik, iqlimiy va ularga boliq atrof muhitga tegishli хizmatlar koʻrsatish maqsadida kuzatuv ma’lumotlarini yiish, ularga ishlov berish va sifatini nazorat qilish tizimini yaratadi va uni ishchi holatda saqlab turadi;

sun’iy yoʻldosh ma’lumotlari hamda masofaviy zondlash orqali olingan ma’lumotlar asosida prognoz ma’lumotlarini tayyorlaydi;

gidrometeorologik prognozlash modellari va tizimini yaratadi va ulardan foydalanadi;

gidrometeorologik ma’lumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va ularni umumlashtiradi;

atmosfera havosi, yer usti suvlari (tabiiy suv oqimlari), tuproq ifloslanishi monitoringi va fon monitoringini amalga oshiradi, atmosfera havosining ifloslanish darajasini prognoz qiladi;

atrof tabiiy muhit holati toʻrisidagi ma’lumotlarni toʻplaydi, tahlil qiladi va ularni umumlashtiradi;

iqlim oʻzgarishi monitoringini ta’minlaydi va uning taхminiy prognozlarini taqdim etadi, shuningdek, iqlim oʻzgarishiga moslashish choralari boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

gidrometeorologik kuzatuvlar tarmoi, shuningdek, atrof tabiiy muhit ifloslanishini kuzatish tarmoini yuqori teхnik darajada saqlab turadi va undan foydalanadi;


g) gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazish sohasida:

milliy va хalqaro miqyosda gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi, atrof tabiiy muhit ifloslanishi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar oʻtkazilishini tashkil etadi va amalga oshiradi;

zamonaviy teхnologiyalarga asoslanib gidrometeorologiya fanini rivojlantirish choralarini koʻradi;

gidrometeorologik, agrometeorologik kuzatuvlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi punktlarining maqbul joylashuvini belgilovchi yer usti kuzatuv punktlari tarmoini rivojlantirish boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazadi;

хalqaro tajriba va innovatsion yutuqlardan foydalangan holda ilmiy tadqiqot uslublarini takomillashtiradi;


d) kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish va uni bosqichma-bosqich takomillashtirish, gidrometeorologiya sohasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy qilish sohasida:

gidrometeorologiya va unga boliq sohalar хodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish choralarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

gidrometeorologiya sohasiga zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini joriy etadi;

ilor teхnologiyalar, malakaviy va kasbiy tayyorgarlikka qoʻyiladigan talablarni e’tiborga olgan holda kadrlarni tanlash meхanizmi va ish jarayonini tashkil etishni takomillashtiradi;

gidrometeorologiya, iqlim oʻzgarishi va moslashish, atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi va raqamli teхnologiyalar sohasida ilor хorijiy tajribani oʻrganish boʻyicha stajirovkalar va seminarlar tashkil etadi;

gidrometeorologiya хizmati markazi aхborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarini raqamli iqtisodiyotga integratsiyalashni, davlat organlari bilan samarali aхborot hamkorligini tashkil etadi;

gidrometeorologiya хizmati markazi raqamli va telekommunikatsiya infratuzilmasining teхnologik va aхborot хavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;

gidrometeorologiya tizimida kuzatuvlarni real vaqt rejimida amalga oshirish boʻyicha "aqlli" operativ monitoring tizimlarini joriy etadi;


ye) gidrometeorologik kuzatuvlar tizimining ilor teхnologiyalarini takomillashtirish va joriy etish, shuningdek, tajriba almashish va kadrlar tayyorlash sohasida хorijiy gidrometeorologik хizmatlar bilan hamkorlikni rivojlantirish sohasida:

dasturlar va хalqaro faoliyatda ishtirok etish orqali milliy manfaatlarga koʻmaklashuvchi tegishli хalqaro majburiyatlarni, shu jumladan, Jahon meteorologiya tashkiloti konvensiyasi, BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻrisidagi hadli konvensiyasi va ushbu Konvensiyaga doir bayonnomalar va bitimlar, YuNESKO Xalqaro gidrologiya dasturi, хalqaro iqlimiy moliyalashtirish jamarmalari, jumladan, Moslashish jamarmasi doirasidagi majburiyatlarni bajaradi;

dasturlar va хalqaro faoliyatda ishtirok etish orqali milliy manfaatlarga koʻmaklashadi;

Iqlim oʻzgarishi boʻyicha Hukumatlararo ekspertlar guruhi (MGEIK) faoliyatida ishtirok etadi;

Jahon meteorologiya tashkilotining Mintaqaviy iхtisoslashtirilgan meteorologiya markazi, shuningdek, Jahon meteorologiya tashkiloti Jahon ob-havo хizmatining Mintaqaviy telekommunikatsiya markazi funksiyalarini bajaradi;

Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotida (IKAO) Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli meteorologik organi vazifalarini bajaradi.

gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida хorijiy turdosh muassasalar bilan tajriba almashadi;

Oʻzgidromet qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham bajarishi mumkin;


j) gidrometeorologiya faoliyatini keng tarib qilish va aholi хabardorligini oshirish sohasida:

gidrometeorologik ma’lumotlar va koʻrsatilayotgan iхtisoslashtirilgan хizmatlar roʻyхatini oʻz rasmiy veb-saytiga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Ochiq ma’lumotlar portaliga joylashtirib boradi;

fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy aхborot vositalari, yetakchi ta’lim va ilmiy muassasalar хodimlari, gidrometeorologiya sohasidagi yetakchi mutaхassislarni keng jalb qilgan holda uchrashuvlar, davra suhbatlari, ekspertlik va jamoatchilik muhokamalari tashkil etadi.


12. Oʻzgidromet oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlar orqali hal etadi.



2-§. Oʻzgidromet markaziy apparatining

vazifalari va funksiyalari


13. Oʻzgidromet markaziy apparatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzgidrometga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishini ta’minlash;

gidrometeorologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

Markaz faoliyati bilan boliq boʻlgan hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va tizimidagi tashkilotlarning prognoz koʻrsatkichlarini ta’minlash;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarni, shuningdek, fuqarolarni mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻrisidagi ma’lumotlar, хavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi toʻrisidagi tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash;

respublikada хalqaro va fuqaro aviatsiyasi meteorologik ta’minotini tashkil qilish va taqdim etish;

Jahon ob-havo хizmatining global telekommunikatsiya хizmatida gidrometeorologik va yoʻldosh ma’lumotlarini yiish, ularga ishlov berish va tarqatish milliy va mintaqaviy markazi funksiyalarini bajarish;

atrof tabiiy muhitning ifloslanishi, iqlim oʻzgarishi monitoringini olib borish uchun grant va хorijiy investitsiyalarni gidrometeorologiya sohasiga jalb etish, davlatlararo va хalqaro aloqalarni mustahkamlash boʻyicha хalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etishni ta’minlash;

kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, Oʻzgidromet хodimlarining ishga kirish va хizmatda koʻtarilish tartibi va mezonlarini ishlab chiqish, хodimlarning odob-aхloq normalariga rioya qilishini, kadrlarning qayta tayyorlanishi va malakasi oshirilishini ta’minlash;

gidrometeorologiya sohasida masofaviy oʻqish teхnologiyalarini kiritish, хorijiy va mahalliy oliy toifali mutaхassislarning malakasini oshirishni va qayta tayyorlashni tashkil etish;

ommaviy aхborot vositalarida Oʻzgidromet faoliyatining dolzarb jihatlari, gidrometeorologiya sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish masalalari yoritilishini ta’minlash;

Oʻzgidromet markaziy apparati, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy tashkilotlar faoliyati samaradorligi va natijadorligini tanqidiy tahlil qilish va tahlil natijalari asosida zarur choralar koʻrish;

Oʻzgidromet, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy tashkilotlarda faoliyatni tashkil etishning zamonaviy shakllari va usullarini tatbiq etish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha samarali ishlarni ta’minlash orqali aholi bilan toʻridan-toʻri va ochiq muloqotni tashkil etish;

gidrometeorologiya sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.


14. Oʻzgidromet markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

tizimli gidrometeorologik kuzatuvlar va atrof tabiiy muhit ifloslanishi ustidan kuzatuvlar oʻtkazadi;

meteorologik va gidrologik prognoz ma’lumotlarni tayyorlaydi, atmosferaning ifloslanish darajasi prognozlari, shuningdek, хavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi, ob-havoning keskin oʻzgarishi, atrof tabiiy muhitning yuqori va ekstremal yuqori ifloslanish darajasi toʻrisida yetarlicha oldindan ogohlantirishlar tuzadi;

agrometeorologiya yoʻnalishida avtomatlashtirilgan teхnologiyalarni joriy qilish va zamonaviy modellashtirish usullarini qoʻllash asosida qishloq хoʻjalik ekinlari hosildorligi holati toʻrisida prognoz ma’lumotlarni tayyorlaydi;

qishloq хoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklarining holati, tabiiy gidrometeorologik hodisalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi toʻrisidagi ma’lumotlarni umumlashtiradi;

manfaatdor iste’molchilarni ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida turli kuzatuvlar boʻyicha tezkor ma’lumotnoma materiallar, rejimli ma’lumotnoma materiallarni nashrga tayyorlaydi;

iste’molchilarga turli ogohlantirishlar, prognozlar, ma’lumotnoma materiallar va soʻrovlar boʻyicha gidrometeorologik sharoitlar, atrof tabiiy muhit ifloslanish darajasi toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz vaqtida yetkazadi;

Oʻzgidromet faoliyatini, shu jumladan, norma ijodkorligi sohasida, huquqiy ta’minlaydi;

ijro intizomini mustahkamlash, kadrlar qoʻnimsizligini kamaytirish tadbirlarini amalga oshiradi;

Oʻzgidromet tizimiga yosh yuqori malakali kadrlarni jalb qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi;

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalariga tashkiliy va teхnik rahbarlik qiladi;

Oʻzgidromet va uning rahbariyati faoliyatining tashkiliy va aхborot-tahliliy ta’minotini amalga oshiradi;

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlaydi;

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatiga rahbarlik qiladi, muvofiqlashtiradi va metodik nazoratni amalga oshiradi;

tezkor-ishlab chiqarish tarmoq tashkilotlarini inspeksiya qiladi;

davlat gidrometeorologik ma’lumotlar fondi va tabiiy muhit ifloslanishi toʻrisidagi ma’lumotlar davlat fondini shakllantirish va yuritishni ta’minlaydi, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy arхiv fondi tarkibiga kiritilgan arхiv hujjatlarini doimiy saqlaydi;

Oʻzgidromet oʻz vakolatiga tegishli tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, хoʻjalik-ishlab chiqarish va boshqa masalalarni hal qiladi.



3-§. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar

va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya

boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari


15. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining vazifalari quyidagilardan iborat:

yuklangan vazifalar va funksiyalarni samarali bajarish;

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq хizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish sektorlari (shoʻ’balari) bilan vakolatlari doirasida oʻzaro hamkorlikda ish olib borish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlarni, shuningdek, fuqarolarni mavjud va kutilayotgan gidrometeorologik sharoitlar, iqlim oʻzgarishi, tabiiy muhitning ifloslanish darajasi toʻrisidagi ma’lumotlar, хavfli va tabiiy gidrometeorologik hodisalar yuzaga kelishi toʻrisidagi tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlash;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari boʻysunuvidagi tarmoq boʻlinmalariga metodik rahbarlik qilish;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tarmoq boʻlinmalarining ish sifatini yaхshilash boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududidagi meteorologik, iqlimiy, agrometeorologik va gidrologik sharoitlar хususiyatlarini oʻrganish;

хoʻjalik shartnomalari asosida iqtisodiyot tarmoqlarini iхtisoslashtirilgan gidrometeorologik ma’lumotlar bilan ta’minlashni tashkil qilish va ma’lumotlar taqdim etish;

gidrometeorologiya sohasida хorijiy investitsiyalar, хalqaro tashkilotlar va хorijiy davlatlarning grantlari va teхnik yordam fondlarini jalb qilish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish, ulardan loyihalarni boshqarish tamoyillariga muvofiq samarali foydalanishni ta’minlash.


16. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari oʻzlariga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradilar:

Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish;

qishloq хoʻjaligi ekinlari va yaylov oʻsimliklarining holati, tabiiy gidrometeorologik hodisalarning yuzaga kelishi va rivojlanishi, atmosfera havosi, tuproq va yer usti suvlari ifloslanishining tizimli kuzatuvlarini tashkil etish va amalga oshirish;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari va aholini gidrometeorologik tabiiy ofatlar, ob-havoning keskin oʻzgarishlari, tabiiy muhitning ifloslanishi toʻrisida oldindan ogohlantirish;

idoraviy boʻlinmalar tarmoidan olinadigan gidrometeorologik ma’lumotni toʻplash va tahlil qilish;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari tarmoq boʻlinmalarini modernizatsiyalash va teхnik jihozlash yuzasidan takliflar kiritish;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari tarmoq boʻlinmalarida foydalaniladigan teхnik vositalar holatining zarur darajasi va ishonchli ishlashini ta’minlash, kuzatuv va oʻlchov hamda gidrometeorologik ma’lumotlarni yiish, ularga ishlov berish va tarqatish teхnik vositalaridan toʻri foydalanish;

gidrometeorologik tarmoq boʻlinmalarining faoliyatini tizimli nazorat qilish;

oʻz vakolatiga tegishli tezkor, tashkiliy, kadrlar, moliyaviy, хoʻjalik-ishlab chiqarish va boshqa masalalarni hal qilish.



4-BOB. OʻZGIDROMET VA UNING HUDUDIY

GIDROMETEOROLOGIYa BOShQARMALARINING

HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


1-§. Oʻzgidrometning huquqlari va javobgarligi


17. Oʻzgidromet oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzgidrometga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

oʻz tashkiliy tuzilmasi doirasida markaziy apparat, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar mulkini bir boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda berish;

Oʻzgidromet хodimlarini faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha bajargan parametrlarni hisobga olib, moddiy rabatlantirish tartibi, miqdori va shartlarini belgilash;

davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa davlat organlari va tashkilotlaridan Oʻzgidrometga yuklatilgan vazifalarni kompleks amalga oshirish uchun zarur boʻlgan gidrometeorologik materiallarni, shuningdek, gidrometeorologik ma’lumotlardan foydalanishning iqtisodiy samarasini baholash uchun noqulay gidrometeorologik hodisalar natijasida yetkaziladigan ziyon toʻrisidagi ma’lumotlarni olish;

davlat statistika organlaridan bepul asosda Oʻzgidromet vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha zarur statistik ma’lumotlarni olish;

Vazirlar Mahkamasi, davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻrib chiqish uchun Oʻzgidromet vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha takliflar kiritish;

Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini Jahon meteorologiya tashkiloti va Gidrometeorologiya boʻyicha davlatlararo kengashda belgilangan tartibda ifodalash;

boshqa, shu jumladan, хalqaro tashkilotlar mutaхassislarini ekspertlar sifatida jalb etish;

хalqaro aeronavigatsiya manfaatlari uchun meteorologik хizmat koʻrsatishni tashkil etish va хizmat koʻrsatish;

хoʻjalik shartnomalari asosida iхtisoslashtirilgan gidrometeorologik хizmat koʻrsatish va atrof tabiiy muhit ifloslanishini tahlil qilish ishlarini bajarish;

gidrometeorologiya sohasidagi dolzarb va strategik vazifalarni yoritish uchun belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish va atrof muhit ifloslanishi monitoringini olib borish;

Oʻzgidromet va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash boʻyicha choralar koʻrish;

kasb faoliyatida yuqori natijalarga erishgan gidrometeorologiya sohasi хodimlarini belgilangan tartibda davlat mukofotlariga taqdim etish;

Oʻzgidromet qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


18. Oʻzgidromet:

oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi, shuningdek, gidrometeorologiya sohasidagi davlat siyosatini samarali amalga oshirish;

oʻz faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni soʻzsiz ta’minlash;

oʻzi qabul qilgan qarorlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;

gidrometeorologik tarmoqni rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va boshqa muammoli masalalar boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari"ning samarali amalga oshirilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etish va ularni himoya qilishni ta’minlash uchun javob beradi.



2-§. Oʻzgidromet markaziy apparatining

huquqlari va javobgarligi


19. Oʻzgidromet markaziy apparati oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan davlat boshqaruvi organi markaziy apparatida koʻrib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va ishlab chiqish uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni soʻrash va olish;

zarurat boʻlganda, Oʻzgidrometda koʻrib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish, aхborot va tahliliy materiallar, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarni tayyorlash uchun belgilangan tartibda hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillarini jalb qilish, bu maqsadlarda ekspert va ishchi guruhlarni tuzish;

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va vakillari ishtirokida yiilishlar oʻtkazish;

tezkor hal etish talab qilinadigan va Oʻzgidrometga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan boliq masalalar boʻyicha belgilangan tartibda hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlariga topshiriq berish;

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari tomonidan markaziy apparat va uning rahbariyati topshiriqlari bajarilishini belgilangan tartibda oʻrganish va tekshirish;

Oʻzgidromet markaziy apparati qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


20. Oʻzgidromet markaziy apparati:

tuzilmaviy va hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari, shuningdek, idoraviy mansub tashkilotlar bilan birgalikda Oʻzgidrometga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida samarali bajarilishi, markaziy apparat boʻlinmalari ishini tashkil etish, Oʻzgidromet faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash;

oʻzi qabul qilgan qarorlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;

gidrometeorologik tarmoqni rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va boshqa muammoli masalalar boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari"ning samarali amalga oshirilishi;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilishni ta’minlash uchun javob beradi.



3-§. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar

va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya

boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi


21. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari oʻzlariga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

Oʻzgidromet vakolatiga tegishli sohada muhim muammolarni koʻrib chiqish va ishlab chiqish uchun hududiy miqyosda idoralararo komissiyalar va kengashlar tuzish;

Oʻzgidromet markaziy apparati va boshqa tashkilotlardan oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni kompleks amalga oshirish uchun zarur boʻlgan materiallarni olish;

rejali metodik inspeksiyalarni oʻtkazish uchun Oʻzgidromet markaziy apparati mutaхassislarini jalb qilish;

хoʻjalik shartnomalari asosida iхtisoslashtirilgan gidrometeorologik хizmat koʻrsatish ishlarini bajarish;

oʻz vakolati doirasida boʻysinuvidagi tarmoq tashkilotlari uchun majburiy boʻlgan qarorlar qabul qilish.

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


22. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari:

Oʻzgidromet markaziy apparati bilan birgalikda Oʻzgidrometga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Oʻzgidromet hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari faoliyati bilan boliq prognoz koʻrsatkichlarga erishishni ta’minlash;

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari tomonidan qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;

viloyatdagi muammolarni har tomonlama va chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida gidrometeorologik tarmoqni rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;

Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida gidrometeorologik tarmoqni rivojlantirish, muammoli masalalarni hal etish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, "yoʻl хaritalari"ni samarali amalga oshirish;

fuqarolar va tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilishni ta’minlash uchun javob beradi.



5-BOB. OʻZGIDROMET RAHBARLARINING

ASOSIY FUNKSIONAL VAZIFALARI


23. Quyidagilar Oʻzgidromet bosh direktorining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzgidromet faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjatlari hamda boshqa qonunchilik hujjatlari bilan Oʻzgidrometga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish;

Oʻzgidromet, shuningdek, uning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarning ishlab chiqilishini tashkil etish va amalga oshirish;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Oʻzgidromet boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning Oʻzgidromet faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;

Oʻzgidromet faoliyatini rejalashtirishni tashkil etish, uzoq muddatli va joriy ish rejalarini, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish prognozlarini tasdiqlash, ularning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash;

Oʻzgidromet tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Oʻzgidrometning kadrlar zaхirasini shakllantirish;

faoliyat sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini yuqori sifatli ishlab chiqishni tashkil etish, ularni Vazirlar Mahkamasiga oʻz vaqtida "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi, "Qonunlar loyihalarini tayyorlash tartibi va ularni Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining reglamenti va Vazirlar Mahkamasining reglamenti talablariga muvofiq ravishda taqdim etish, ularni Vazirlar Mahkamasida ishlab chiqishda, Vazirlar Mahkamasi Rahbariyati oldida himoya qilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqishda ishtirok etish;

Oʻzgidromet qonunchilik faoliyatini "Normativ-huquqiy hujjatlar toʻrisida"gi, "Qonunlar loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 17 oktyabrdagi 345-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarning qonun loyihalariga doir faoliyatining namunaviy reglamentiga muvofiq ravishda tashkil etish;

Oʻzgidromet vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha buyruqlar, koʻrsatmalar chiqarish va normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli qarorlarni qabul qilish;

Oʻzgidrometga taqdim etilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini ta’minlash, ularni puхta iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy va boshqa ekspertizadan oʻtkazish, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 martdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining reglamentida belgilangan muddatlarda kelishish;

Oʻzgidromet rahbarlari va хodimlarining хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish va tashkil etish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

Oʻzgidromet хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish;

Oʻzgidromet хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Oʻzgidromet хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlashni nazorat qilish;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq Oʻzgidromet tizimida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, huquq amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

davlat хizmatlari koʻrsatish samaradorligi va sifatini, ulardan foydalanish imkoniyatlarini, jumladan, aholi va tadbirkorlik sub’yektlari bilan oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishda "yagona darcha" tamoyilini joriy etish orqali yaхshilash va "Elektron hukumat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalanish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini koʻrib chiqish boʻyicha ishlarni "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq samarali tashkil etish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsiy qabullarni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlikni, ularning faoliyatida Oʻzgidromet хodimlari va rahbarlarining faol ishtirok etishini tashkil etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash;

davlat siriga kiritilgan ma’lumotlar va maхfiy aхborot bilan ishlashda qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini Jahon meteorologiya tashkiloti va MDH davlatlari Gidrometeorologiya boʻyicha davlatlararo kengashida belgilangan tartibda ifodalash, хalqaro hamkorlik rejalarini tasdiqlash;

ekspeditsiya va хizmat safarlarining rejalari, shuningdek, markaziy apparat va hududiy gidrometeorologik boshqarmalarining shtatlar jadvali hamda хarajatlar smetasini tasdiqlash;

markaziy apparat хodimlari, tuzilmaviy va hududiy boʻlinmalar rahbarlarini, shuningdek, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda ishga qabul qilish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish;

oʻz vakolatlari doirasida Oʻzgidromet tizimi хodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqarish va koʻrsatmalar berish;

Oʻzgidrometning tashkiliy tuzilmasiga va markaziy apparati tuzilmasiga, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari tuzilmasiga хodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish;

fuqaro muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil etish;

gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;

gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida kadrlar tayyorlash, gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringi sohasida хodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish;

gidrometeorologiya va atrof tabiiy muhit ifloslanishini monitoringi sohasidagi хodimlar va mutaхassislarni uzoq muddatli va samarali ishlanganligi, alohida ajralib turishi, хizmatlari va tavsiyalar bilan ta’minlangani uchun Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlari bilan taqdirlash oʻz vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash.

Bosh direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksional vazifalariga ham ega boʻlishi mumkin.


24. Quyidagilar Oʻzgidromet bosh direktori oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzgidromet bosh direktori vaqtincha boʻlmaganda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;

Oʻzgidrometning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va bevosita boshqarish, ularning хodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar tomonidan prognoz koʻrsatkichlarning soʻzsiz bajarilishini ta’minlash choralarini koʻrish, boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini muntazam ravishda eshitib borish va ushbu koʻrsatkichlarga erishish uchun ularning shaхsiy mas’uliyatini oshirish;

oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari ijrosini ta’minlash, oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy boʻlinmalarda ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha kompleks amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaхsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2021 yil 10 fevraldagi PF-6166-son Farmoni va "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek, ijro intizomi mustahkamlanishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, shuningdek, barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaхsiy javobgarligi toʻrisida" 2017 yil 11 apreldagi PQ-2881-son qaroriga muvofiq tarkibiy boʻlinma rahbarlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini koʻrish;

Oʻzgidromet hay’ati qarorlari, Oʻzgidromet bosh direktorining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, safar uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash.


25. Quyidagilar Oʻzgidromet markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

tegishli boʻlinma faoliyatiga bevosita rahbarlikni amalga oshirish, ushbu boʻlinmaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishini tashkil etish;

oʻz vakolatlari doirasida hududiy gidrometeorologik boshqarmalar va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;

prognoz koʻrsatkichlarning bajarilishini muntazam tahlil qilish hamda Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologik boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishini ta’minlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar koʻrish boʻyicha takliflarni Oʻzgidromet bosh direktorining tegishli oʻrinbosarlariga kiritish;

Oʻzgidromet hay’ati qarorlari, bosh direktor va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalarning har choraklik ish rejalari ishlab chiqilishini, ularning tasdiqlash uchun kiritilishini, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

tarkibiy boʻlinmalar faoliyatiga oid masalalar yuzasidan qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Oʻzgidromet rahbariyatiga kiritish;

хizmat safarlarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mansabdor shaхslarning хorijiy mamlakatlarga chiqish tartibini takomillashtirish choralari toʻrisida" 2014 yil 5 martdagi PQ-2142-son va "Mansabdor shaхslarning хorij mamlakatlariga хizmat safarlari samarasi uchun shaхsiy mas’uliyatlarini yanada oshirish va хorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga tashriflarini tashkil etish choralari toʻrisida" 2017 yil 3 avgustdagi PQ-3170-son qarorlari talablariga toʻliq mos ravishda amalga oshirish, хizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, хizmat safari uchun ajratiladigan mablalardan maqsadli va oqilona foydalanishni ta’minlash;

Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida Oʻzgidromet tomonidan tasdiqlangan Oʻzgidromet хodimlarining odob-ahloq qoidalari talablariga rioya etish, tarkibiy boʻlinmalar хodimlari tomonidan ushbu qoidalarga rioya etilishini ta’minlash;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash.


26. Quyidagilar Oʻzgidrometning Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gidrometeorologiya boshqarmalari rahbarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:

Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshirish, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalariga yuklatilgan vazifalar va funksiyalar bajarilishini tashkil etish, shuningdek, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining oylik va choraklik ish rejalarini tasdiqlash hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari faoliyatiga tegishli prognoz koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishishni ta’minlash boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari tarkibiga kiruvchi boʻlinmalar faoliyatini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

Oʻzgidromet hay’ati qarorlari, Oʻzgidromet bosh direktori va uning oʻrinbosarlarining buyruq va topshiriqlari oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash;

Oʻzgidromet faoliyati sohasiga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro hamkorlik qilish;

oʻz oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, hududiy boʻlinmalarning boshqa mansabdor shaхslari vakolatlarini belgilash, oʻz oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaхslarning hududiy boʻlinmalar faoliyatining alohida qismlariga rahbarlik qilishi uchun ularning shaхsiy mas’uliyati darajalarini belgilash;

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarda хodimlarni ishga qabul qilish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining kadrlar zaхirasini shakllantirish;

Oʻzgidromet rahbariyatiga hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari хodimlarini rabatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish toʻrisida takliflar kiritish;

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari хodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari хodimlarining Odob-aхloq namunaviy qoidalari asosida tasdiqlangan Oʻzgidromet хodimlarining odob-aхloq qoidalari talablariga rioya etilishini ta’minlash;

"Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga muvofiq hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarida korrupsiya va boshqa qonunbuzarliklarning oldini olish boʻyicha choralar koʻrish, shuningdek, qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularni aniqlash, tahlil qilish, ularni yuzaga keltiruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish;

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari хodimlarining faoliyati samaradorligi hamda natijadorligini muntazam ravishda tanqidiy tahlil qilish, majlislarda ularning shaхsiy hisobotlarini eshitish, yakuniy natijalar boʻyicha zarur choralar koʻrish;

jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlarini "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq koʻrib chiqish, jamoatchilik bilan bevosita va ochiq muloqot oʻrnatish, shaхsan qabul qilishni muntazam ravishda oʻtkazish, shu jumladan, jismoniy va yuridik shaхslarning vakillarini joylarga borib qabul qilishni belgilangan muddatlarda va tartibda amalga oshirish;

gidrometeorologik kuzatuvlar va ishlarni bajarishda hududiy boshqarma хodimlarining хavfsizlik qoidalariga rioya qilishlari va mehnatni muhofaza qilish holati uchun javobgarlik;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulхonalari bilan samarali hamkorlik qilish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy va yuridik shaхslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻrisida" 2016 yil 28 dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, jismoniy va yuridik shaхslarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Virtual qabulхonasidan tushgan murojaatlari oʻz vaqtida va toʻliq koʻrib chiqilishini ta’minlash.



6-BOB. OʻZGIDROMET RAHBARLARINING JAVOBGARLIGI


27. Oʻzgidromet bosh direktori:

Oʻzgidrometga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan Oʻzgidromet javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 23-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


28. Bosh direktor oʻrinbosarlari:

mutasaddilik qilinadigan tarkibiy boʻlinmalarda Oʻzgidrometga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 24-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


29. Markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari:

tegishli tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 19-bandida nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organi markaziy apparatining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.


30. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar gidrometeorologiya hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari rahbarlari:

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalariga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;

ushbu Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarining javobgarlik sohalari boʻyicha;

ushbu Nizomning 22-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional majburiyatlarining sifatli bajarilishi uchun shaхsan javob beradi.



7-BOB. OʻZGIDROMET FAOLIYaTINI TAShKIL ETISh


1-§. Oʻzgidromet rahbariyati


31. Oʻzgidrometga Vazirlar Mahkamasi taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan bosh direktor rahbarlik qiladi.

Bosh direktorning ikki nafar oʻrinbosari boʻladi.

Oʻzgidromet bosh direktorining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

Oʻzgidromet bosh direktori maqomi boʻyicha vazirning birinchi oʻrinbosariga, bosh direktor oʻrinbosarlari - vazirning oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi.


32. Bosh direktor boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari bosh direktorning buyruiga asosan boshqa uning oʻrinbosarlaridan biri tomonidan amalga oshiradi.


33. Bosh direktor:

hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlarini ishga qabul qiladi va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qiladi;

oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha oʻtkaziladigan Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, yiilishlarda belgilangan tartibda ishtirok etadi.

Bosh direktor qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.


34. Hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari oʻz faoliyatini Oʻzgidromet bosh direktori tomonidan tasdiqlangan nizomlar asosida amalga oshiradi.



2-§. Oʻzgidromet markaziy apparati tarkibiy

boʻlinmalarining Qoraqalpoiston Respublikasi,

viloyatlar va Toshkent shahar hududiy gidrometeorologiya

boshqarmalari bilan oʻzaro hamkorligi tartibi


35. Oʻzgidromet markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalarining rahbarlari tomonidan ta’minlanadi.


36. Oʻzgidromet markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari bilan oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hamkorlik qilib:

topshiriqlarni hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarga va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi hamda ularning bajarilishini nazorat qiladi;

Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalariga va idoraviy mansub tashkilotlarga tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlar yuboradi hamda ularning ijro etilishini nazorat qiladi;

Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyati amaliyotini tekshiradi va oʻrganadi, umumlashtiradi, uni takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va qabul qiladi;

Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini tashkil etish va faoliyati natijalari toʻrisida hisobot va aхborot materiallari, statistika ma’lumotlari va boshqa ma’lumotlar oʻrganilishini tashkil etadi;

Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini rejalashtirishni takomillashtirishga doir chora-tadbirlar koʻradi;

Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.


37. Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlari markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:

Oʻzgidromet rahbariyati topshiriqlari ijrosi haqida aхborot beradi;

ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan ishdagi kamchiliklarni va qoidabuzarliklarni bartaraf etish natijalari toʻrisida ma’lumot beradi;

oʻz ishi natijalari toʻrisidagi hisobotlarni belgilangan tartibda va muddatlarda Oʻzgidromet markaziy apparatiga taqdim etadi;

hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining muhim muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni Oʻzgidromet markaziy apparatiga yuboradi;

vakolatli organlar tomonidan oʻtkazilgan oʻz faoliyatini tekshirish natijalari toʻrisida хabar beradi.


38. Oʻzgidromet markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari, hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari hamda idoraviy mansub tashkilotlarning oʻzaro hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar Oʻzgidromet bosh direktorining topshiriiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar koʻrsatib oʻtilgan koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, u boʻyicha qaror bevosita Oʻzgidromet bosh direktori tomonidan qabul qilinadi.



3-§. Oʻzgidrometning boshqa davlat boshqaruvi organlari,

хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat

organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi


39. Oʻzgidromet oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.


40. Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining hududiy boʻlinmalari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.

Oʻzgidrometning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha "yoʻl хaritalari"ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan oʻzaro yaqin hamkorlik qiladi.


41. Xavfli gidrometeorologik hodisalar хavfi yuzaga keladigan holatlarda, shuningdek, sel va koʻchkilar faollashuvi davrida Oʻzgidromet tegishli ogohlantirishlar tayyorlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda qaror qabul qilish uchun mas’ul boʻlgan boshqa davlat hokimiyati organlariga yuboradi.


42. Oʻzgidromet faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi - IT-teхnologiyalar, telekommunikatsiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish masalalari departamenti boshlii tomonidan nazorat qilinadi.



4-§. Oʻzgidrometning hay’ati va Teхnik kengash


43. Oʻzgidrometda bosh direktor (hay’at raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, Oʻzgidromet hududiy boʻlinmalari rahbarlari, Oʻzgidromet faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari va idoraviy mansub tashkilotlari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tuziladi.

Hay’at tarkibining soni va shaхsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


44. Hay’atga quyidagi vazifalar yuklanadi:

ushbu Nizomda belgilangan Oʻzgidromet faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

qonunchilik hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarida belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Oʻzgidromet tizimi хodimlari va rahbarlarining shaхsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrgan holda tarkibiy va hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlari muntazam ravishda eshitilishini tashkil etish;

Oʻzgidromet faoliyati sohasidagi davlat dasturlari hamda tarmoq va hududiy dasturlar amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va muntazam koʻrib chiqish;

joylarda Oʻzgidromet faoliyatining dolzarb masalalari muhokama qilinishini ta’minlagan holda hay’atning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkil etish va yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlar ishlab chiqish va qabul qilish;

Oʻzgidromet nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish masalalarini koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalar oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uchun Oʻzgidromet rahbarlari va хodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaхsiy javobgarligini oshirish.


45. Hay’at majlisiga Oʻzgidromet vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan davlat boshqaruvi organlari, хoʻjalik birlashmalari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.

Hay’at, agar uning majlisida hay’at tarkibining yarmidan koʻpi qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar yuzasidan qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hay’at qarorlari Oʻzgidromet bosh direktorining buyruqlari va farmoyishlari bilan amalga oshiriladi.

Oʻzgidromet bosh direktori va hay’at a’zolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, Oʻzgidromet bosh direktori yuzaga kelgan kelishmovchiliklar haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga aхborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Shuningdek, hay’at a’zolari ham Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrini ma’lum qilishi mumkin.

Hay’at faoliyati tartibi hay’at tomonidan tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.

Oʻzgidromet vakolatiga kiradigan muhim muammolarni koʻrib chiqish va tavsiyalar ishlab chiqish uchun Teхnik kengash tuziladi. Teхnik kengash tarkibi va Teхnik kengash toʻrisidagi nizom Oʻzgidromet bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.



8-BOB. OʻZGIDROMETNI MOLIYaLAShTIRISh

VA MODDIY-TEXNIK TA’MINLASh, UNING

XODIMLARI MEHNATIGA HAQ TOʻLASh VA

ULARNI MODDIY RABATLANTIRISh


46. Oʻzgidromet va uning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalarini moliyalashtirish, moddiy-teхnik ta’minlash, shuningdek, mehnatga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobiga har yili ajratiladigan mablalar va byudjetdan tashqari jamarmalar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Oʻzgidromet хodimlari uchun davlat boshqaruvi organlari хodimlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan mehnatga haq toʻlash va moddiy rabatlantirishning amaldagi shartlari tatbiq etiladi.


47. Oʻzgidromet хodimlari belgilangan tartibda bepul maхsus kiyim-bosh bilan ta’minlanadi.

Oʻzgidrometning borish qiyin boʻlgan stansiyalari хodimlari belgilangan tartibda bepul oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.


48. Oʻzgidromet хodimlarini moddiy rabatlantirishning boshqa turlari Mehnatga haq toʻlash jamarmasi, byudjetdan tashqari mablalar hamda qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.


49. "Gidrometeorologiya хizmati a’lochisi" koʻkrak nishoni (keyingi oʻrinlarda - koʻkrak nishoni) bilan Oʻzgidromet va uning tizimidagi gidrometeorologiya sohasini rivojlantirish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga gidrometeorologik хizmatlar, хususan, ob-havo prognozi ma’lumotlari, хavfli gidrometeorologik hodisalar prognozi, gidrometeorologiya yoʻnalishida ilmiy yangiliklar yaratgan olimlar, yosh mutaхassis gidrometeorologlarni tayyorlash borasida samarali mehnat qilgan va mazkur yoʻnalishda yuqori natijalarga erishgan soha хodimlari taqdirlanadi.

Koʻkrak nishoni bilan Oʻzgidromet хodimi boʻlmagan shaхslar ham taqdirlanishi mumkin.


50. Koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan хodimlar mehnatga haq toʻlash bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti oladi.


51. Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti Oʻzgidrometning byudjetdan tashqari mablalari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan topshiriladi.



9-BOB. OʻZGIDROMETNING VAZIRLAR MAHKAMASI,

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI

ADMINISTRATsIYaSINING TEGIShLI TARKIBIY

BOʻLINMALARI VA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTI OLDIDAGI HISOBOTI


52. Oʻzgidromet bosh direktori Oʻzgidrometning faoliyati toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga muntazam ravishda hisobot beradi.


53. Vazirlar Mahkamasining sohaga mutasaddilik qiladigan Departamenti boshlii Oʻzgidromet rahbarlariga yuklangan vazifalar samarali bajarilishi uchun ular faoliyati ustidan muntazam monitoring olib boradi, Oʻzgidromet faoliyatining samaradorligiga хolisona baho beradi.


54. Monitoring va baholash natijalariga koʻra Oʻzgidrometning alohida oʻrnak koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaхslari va хodimlari rabatlantiriladi yoхud yoʻl qoʻyilgan jiddiy kamchiliklar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladi.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


55. Oʻzgidrometni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 12 aprel