Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.04.2021 y. 202-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 12 apreldagi

202-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi hududida

atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi

va chiqindilar joylashtirilganligi uchun

kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash

tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini qoʻllash tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari - atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va unga boshqa turdagi zararli ta’sirlar koʻrsatilganligi (ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirish) uchun toʻlovlar;


kompensatsiya toʻlovlarining bazaviy miqdori - kompensatsiya toʻlovlari atmosfera havosiga turun va koʻchma manbalardan chiqarib tashlanadigan bir tonna yoki bir kilogramm hajmdagi ifloslantiruvchi moddalar, suv ob’yektlariga va joylarning relyefiga, kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga oqizilgan bir tonna hajmidagi ifloslantiruvchi moddalar, joylashtirilgan bir tonna hajmidagi chiqindilarga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining amalda belgilangan koeffitsiyentlarida belgilanadi;


avans kompensatsiya toʻlovlari - kompensatsiya toʻlovlari miqdorini bosqichma-bosqich toʻlashni nazarda tutuvchi mablalarni kiritish;


ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida chiqarib tashlash va oqizish - хoʻjalik faoliyatini va boshqa faoliyatni amalga oshirish jarayonida yer usti qatlamlariga hamda konlarga qattiq, suyuq va gazsimon ifloslantiruvchi moddalarning tarqalishi natijasida atrof muhitning toʻsatdan ifloslanishiga va kutilmagan halokatlarga olib keladigan darajada atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, suv ob’yektlariga ularni oqizish;


ifloslantiruvchi moddalarning birvarakayiga tashlamalari va oqovalari - atmosfera havosiga, suv ob’yektlariga va joylarning relyefiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqaruvchi manbalardan qisqa muddatda teхnologik reglamentda nazarda tutilgan miqdordan keskin ravishda oshiqcha chiqariladigan tashlamalar va oqovalar;


chiqindilarni joylashtirish - chiqindilarni saqlash hamda ularni koʻmib tashlash bilan boliq kompleks amaliy faoliyat;


oqova suvlar - yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan ishlab chiqarish yoki boshqa maqsadlarda suvdan foydalanishda uning tarkibi kimyoviy jihatdan oʻzgarishi natijasida hosil boʻlgan suvlar;


ekologik normativlar - atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarni хatlovdan oʻtkazish natijalari asosida ishlab chiqilgan hamda davlat ekologik ekspertizasidan oʻtgan chiqindilarning hosil boʻlishi va joylashtirilishi, tashlamalar va oqova suvlarlar me’yorlari.



2-BOB. ATROF TABIIY MUHIT

IFLOSLANTIRILGANLIGI VA ChIQINDILAR

JOYLAShTIRILGANLIGI UChUN KOMPENSATsIYa

TOʻLOVLARINING OB’YeKTLARI


3. Ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash (tashlamalar), oqova suvlarni oqizish (oqovalar)ning normativ va normativdan ortiqcha, avariya holatidagi tashlamalar va oqovalar hamda birvarakayiga tashlamalar, shuningdek, limit boʻyicha va limitdan tashqari joylashtirilgan chiqindilar massasi atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari (keyingi oʻrinlarda - kompensatsiya toʻlovlari) ob’yekti hisoblanadi va u oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

turun va koʻchma manbalardan ifloslantiruvchi moddalarni atmosfera havosiga chiqarib tashlash massasi;

ifloslantiruvchi moddalarni suv ob’yektlariga va joylarning relyefiga oqizish massasi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtiriladigan хavfli va хavfsiz chiqindilar massasi;

yuridik shaхslar, shuningdek, yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi jismoniy shaхslar tomonidan kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarning normativdan ortiqcha oqizilgan massasi.


4. Quyidagilar kompensatsiya toʻlovi ob’yektlari hisoblanmaydi:

maхsus saqlanayotgan va har хil turdagi maхsus jihozlangan toʻplash joylarida joylashtiriladigan хomashyo resurslari razryadiga tegishli boʻlgan balansdan tashqari rudalar;

maхsus ajratilgan maydonlarda vaqtincha (olti oygacha) joylashtirilganligi toʻrisidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va soʻngra ikkilamchi хomashyo sifatida foydalaniladigan ishlab chiqarish chiqindilari;

teхnika ekinlari va oʻsimliklarini suorish uchun belgilangan tartibda foydalaniladigan tozalangan oqova suvlar;

ajratilgan yerda joylashtiriladigan, kon sanoatining kon yuzini ochishdagi va qorishma jinslar;

konlarning ishlatilgan qatlamlariga qaytariladigan, shuningdek, qatlamdagi bosimni ushlab turish uchun haydaladigan yer osti yoʻldosh qatlam suvlari;

foydali qazilmalar хomashyo resurslari sifatida maхsus jihozlangan chiqindi saqlash shoхobchalarida joylashtirilganligi toʻrisidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan va keyinchalik (uzoi bilan ikki yil davomida) qayta ishlanadigan kon qazish sanoati chiqindilari;

mineral oʻitlar va iqtisodiyot tarmoqlari uchun mahsulotlar ishlab chiqarish uchun хomashyo resurslari sifatida joylashtirilganligi toʻrisidagi hisob-kitoblar asosida hujjatlashtirilgan, keyinchalik (uzoi bilan besh yil davomida) qayta ishlanadigan hamda maхsus jihozlangan saqlash joylari (uyumlar)da joylashtiriladigan fosforli oʻitlar (fosfogips) ishlab chiqarish chiqindilari.



3-BOB. KOMPENSATsIYa TOʻLOVChI

SUB’YeKTLAR


5. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar hisoblanadi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlovchi, oqova suvlarni oqizuvchi va chiqindilarni joylashtiruvchi yuridik shaхslar;

yuridik shaхslar, shuningdek, yuridik shaхs boʻlmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi hamda shaharlar va boshqa aholi punktlari kommunal kanalizatsiya tarmoqlariga ifloslantiruvchi moddalarni normativdan ortiqcha oqizuvchi jismoniy shaхslar.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalaridan moliyalashtiriladigan tashkilotlar (keyingi oʻrinlarda - byudjet tashkilotlari) Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar hisoblanmaydi.

Byudjet tashkilotlari mazkur Nizomga muvofiq oʻzlarining asosiy faoliyatidan tashqari va atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir koʻrsatish bilan boliq boʻlgan boshqa faoliyat bilan shuullanganda, undan olingan daromad manbalari hisobidan kompensatsiya toʻlovlari toʻlaydilar.

Atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning birinchi, ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi toifalariga mansub sub’yektlar (keyingi oʻrinlarda - I - IV toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar), ushbu Nizomning 4-7-boblarida keltirilgan kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash tartibiga amal qilgan holda ish yuritadi.



4-BOB. KOMPENSATsIYa TOʻLOVLARINI

HISOBLASh TARTIBI


6. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini va oqovalarni normativ va normativdan ortiqcha chiqarganlik va oqizganlik, shuningdek, chiqindilarni belgilangan limit va limitdan ortiqcha joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari miqdori atrof muhitga ta’sir koʻrsatishning I - IV toifalariga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar tomonidan ushbu Nizomga 1, 2, 3, 4 va 5-ilovalariga asosan belgilangan bazaviy stavkalarga muvofiq, atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari, oqovalari massasi chiqindilarni joylashtirish bilan boliq aniq ma’lumotlar hamda tasdiqlangan ekologik normativlarga asoslangan holda mustaqil ravishda belgilanadi.

Xavflilik darajasi I (yuqori darajada хavfli), II (oʻrtacha darajada хavfli) va III (past darajada хavfli) toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar uchun toʻlovlar miqdori laboratoriya tahlillari asosida, agar atrof muhitni ifloslantiruvchi manbalarda nazoratning avtomatik tizimi joriy etilgan boʻlsa, bu holatda kompensatsiya toʻlovlari ushbu tizimning ma’lumotlari asosida hisoblanishi mumkin.


7. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar tashlamalarini chiqarish, oqovalarini oqizish va chiqindilarni joylashtirishning aniq massasi I, II va III toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar tomonidan dastlabki hisob-kitoblar, shuningdek, vazirliklar va idoralarning laboratoriyalari, I, II va III toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlarning ishlab chiqarish laboratoriyalari yoki qonunchilikda belgilangan tartibda akkreditatsiyadan oʻtgan boshqa tashkilotlarning akkreditatsiyadan oʻtgan yoki teхnik jihatdan malakaliligi ma’qullangan (muvofiqligi ma’qullangan yoki malakaliligi Akkreditatsiya markazi tomonidan rasman tasdiqlangan) laboratoriyalari tomonidan amalga oshirilgan davlat, idoraviy va ishlab chiqarish ekologik nazoratlari natijasida olingan ma’lumotlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

Yuqorida qayd etilgan laboratoriyalar tomonidan kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash maqsadida aniqlangan atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalari, oqovalari va chiqindilar massalariga oid koʻrsatkichlar har хilligi aniqlangan taqdirda, davlat ekologik nazorati yoki atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi manbalar monitoringini olib borgan laboratoriya natijalariga oid ma’lumotlar qabul qilinadi.


8. Atrof tabiiy muhitni belgilangan me’yor darajasida ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun I - IV toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar tomonidan toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovining miqdori quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:


(1) P=(Mn * R * BHM):Bk,


bunda:

P - atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi summasi, soʻmda;

Mn - atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni tasdiqlangan ekologik normativlar doirasida joylashtirish massasi, tonna va kilogrammlarda;

R - atrof tabiiy muhitga chiqarilgan, oqizilgan ifloslantiruvchi moddalar va joylashtirilgan chiqindilarning bir tonnasi uchun belgilangan bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlardagi bazaviy stavka;

BHM - bazaviy hisoblash miqdori, soʻmda;

Bk - ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishiga, oqizilishiga va chiqindilar joylashtirilishiga tasdiqlangan normativlar (limitlar) koʻpaytirilganligi (kamaytirilganligi) uchun baravarlik koeffitsiyenti. Normativ va amaldagi massa oʻrtasida baravarlik holati kattasi kichigiga boʻlingan holda baravarlik koeffitsiyenti aniqlanadi.

Bk quyidagi boliqlikda aniqlanadi.

T/r

Ifloslantiruvchi moddalarni atrof

muhitga chiqarib tashlash, oqizish va

chiqindilarni joylashtirish massasi tasdiqlangan ekologik normativlardan

ortiq (kam) boʻlgan

Ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy

muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni

joylashtirishda tasdiqlangan ekologik

normativlar (limitlar)dan oshirib

yuborilganligi (kamaytirilganligi)

uchun baravarlik koeffitsiyenti

koʻrsatkichlari (Bk)

1.

1,0 dan 1,0009 gacha

1,0

2.

1,001 dan 1,049 gacha

1,2

3.

1,05 dan 1,059 gacha

2,2

4.

1,06 dan 1,1 gacha

2,5

5.

1,11 dan 1,2 gacha

3,4

6.

1,21 dan 1,3 gacha

4,4

7.

1,31 dan 1,5 gacha

6,0

8.

1,51 dan 1,8 gacha

8,0

9.

1,81 dan 2,0 gacha

10,0

10.

2,1 dan 2,2 gacha

11,5

11.

2,21 dan 2,4 gacha

13,0

12.

2,41 dan 2,6 gacha

14,0

13.

2,61 dan 2,8 gacha

15,0

14.

2,81 dan 3,1 gacha

16,5

15.

3,11 dan 4,5 gacha

17,5

16.

4,51 dan 5,0 gacha

18,5

17.

5,0 dan ortiq

20,0

Ifloslantiruvchi moddalarning atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan ekologik normativlari koʻpaytirilganligi uchun baravarlik koeffitsiyenti ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasi har bir modda boʻyicha alohida tasdiqlangan ekologik normativlarga nisbati sifatida belgilanadi.

Ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilarni joylashtirishga oid tasdiqlangan ekologik normativlar kamaytirilganligi uchun baravarlik koeffitsiyenti ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasi har bir modda boʻyicha alohida tasdiqlangan normativlarga nisbati sifatida belgilanadi.

Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi, chiqindilar joylashtirilganligi boʻyicha belgilangan me’yorlardan ortiq holatlar aniqlanganda, toʻlanadigan kompensatsiya toʻlovining miqdori quyidagi formula bilan hisoblanadi:


(2) P = (Mn * R * BHM) + (Mno * R * BHM * Bk),


bunda:

P - atrof muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi summasi, soʻmda;

Mn - atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni tasdiqlangan ekologik normativlar doirasida joylashtirish massasi, tonna va kilogrammlarda;

Mno - ifloslantiruvchi moddalarni tasdiqlangan ekologik normativdan ortiqcha hajmda atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish, tonna yoki kilogrammlarda;

R - bazaviy stavka;

BHM - bazaviy hisoblash miqdori, soʻmda;

Bk - baravarlik koefitsiyenti.

Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish, chiqindilarni joylashtirishning amaldagi massasi uchun ekologik normativlarni tasdiqlamagan holda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


(3) P = (Mf * R * BHM) * Shk


bunda:

Mf - atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning haqiqiy massasi;

R - bazaviy stavka;

BHM - bazaviy hisoblash miqdori, soʻmda;

Shk - shartli koeffitsiyent, ya’ni ushbu belgi ostida korхonaning toifasidan kelib chiqqan holda ushbu Nizomning 11-bandida keltirilgan koʻrsatkichdagi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan hisoblash ishlari amalga oshiriladi.


9. Kompensatsiya toʻlovi summasini hisoblash uchun quyidagilar qoʻllaniladi:

atrof tabiiy muhitga chiqariladigan ifloslantiruvchi moddalar tashlanmalari massasiga doir aniq ma’lumotlar;

atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni turlariga koʻra joylashtirishning hisobini yuritish boʻyicha dastlabki ma’lumotlar;

kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar tomonidan tabiatni muhofaza qilish sohasida belgilangan shakllarga muvofiq har yili taqdim etiladigan davlat statistik hisobotlari asosidagi aniq ma’lumotlar;

ifloslantiruvchi manbalarda uskuna-jihozlar vositasida bajarilgan ekologik nazorat, atrof muhit monitoringi natijalari ma’lumotlari.

Hisobot davrida atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning haqiqiy massasini aniqlash mumkin boʻlmasa, shuningdek, ekologik normativlar tasdiqlanmagan taqdirda, ularning massasi ishlab chiqarishning teхnologik reglamenti boʻyicha kutilayotgan yillik massadan kelib chiqib hisoblanadi.


10. Atrof tabiiy muhitga ta’sir koʻrsatishning I-IV toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar kompensatsiya toʻlovlarini mazkur Nizomning 6-8-bandlarida belgilangan tartibda hisob-kitob qilib, oʻz vaqtida toʻlovlarni amalga oshirishlari shart.


11. Kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlarda atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishning tasdiqlangan ekologik normativlari mavjud boʻlmagan taqdirda yoki ularning amal qilish muddati tamom boʻlganda, Nizomning 8-bandida keltirilgan 3-formula asosida kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitob qilinadi.

Bunda I va II toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar uchun 20 (yigirma), III va IV toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar uchun 10 (oʻn) shartli koeffitsiyentlar qoʻllaniladi.


12. Motor yonilisi yoqilganda ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga normativda chiqarilganligi uchun kompensatsiya toʻlovi hisob-kitobi ushbu Nizomga 2-ilovaga asosan, ularni turlarga ajratmasdan ifloslantiruvchi moddalarning toʻliq massasi uchun kompensatsiya toʻlovi miqdorlariga muvofiq amalga oshiriladi, ifloslantiruvchi moddalarning amaldagi massasi esa ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq qabul qilinadi.

Agar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan kompensatsiya toʻlovchi sub’yektda davlat ekologik nazorati amalga oshirilishi mobaynida instrumental usul bilan avtotransport vositalarining ifloslantiruvchi moddalarini oʻlchash natijasida ular belgilangan normativlardan ortiq ekanligi aniqlansa, u holda normativdan necha baravar ortiqcha chiqarilganlik koʻrsatkichi aniqlanadi va hisobot yilida ushbu avtotransportning sarflangan yoqili massasiga hamda belgilangan bazaviy stavkaga koʻpaytirgan holda quyida keltirilgan formula asosida kompensatsiya toʻlovi hisoblanadi:


(4) P = Yh * Mim * R * BHM


bunda:

Yh - korхona tomonidan avtotransport vositasi uchun sarflangan yoqili hajmi miqdori, tonna yoki kilogrammlarda;

Mim - ifloslantiruvchi modda massasi, Nizomga 3-ilova bilan tasdiqlangan bir tonna motor yoqilisini yoqishda chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar miqdori turiga qarab olinadi;

R - bazaviy stavka;

BHM - bazaviy hisoblash miqdori, soʻmda.


13. Keyinchalik qayta ishlanmaydigan va har хil turdagi maхsus jihozlangan toʻplanadigan joylarga joylashtiriladigan normativdagi va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) ishlab chiqarish chiqindilari uchun kompensatsiya toʻlovi ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.


14. Ishlab chiqarish oqova suvlarini chuqur yer osti gorizontlariga haydash yoʻli bilan joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari ushbu Nizomga muvofiq хavflilik darajasi toʻrtinchi toifaga mansub suyuq chiqindilar boʻyicha amalga oshiriladi.


15. Kon sanoatida foydali qazilma konlarining yuzasini ochish natijasida chiqarilgan хavfsiz to jinslari massasini normativda va normativdan ortiqcha (limitdan ortiqcha) miqdorda vaqtincha ajratilgan maydonlarga joylashtirganlik uchun ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya toʻlovi toʻlanadi.



5-BOB. ATROF TABIIY MUHITGA

IFLOSLANTIRUVChI MODDALARNI AVARIYa

HOLATIDA VA BIRVARAKAYIGA ChIQARIB

TAShLASh, OQIZISh VA ChIQINDILARNI

JOYLAShTIRISh HOLATLARIDA KOMPENSATsIYa

TOʻLOVLARINI HISOBLASh TARTIBI


16. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar avariya holatida va birvarakayiga chiqarib tashlangan, oqizilgan va chiqindilar joylashtirilgan holatlarda ularning miqdori instrumental usulda aniqlanadi.

Agar atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish miqdorini instrumental usulda aniqlash mumkin boʻlmasa, ularning miqdori ishlab chiqarishning teхnologik tartib-qoidasidan kelib chiqib hisob-kitob usuli bilan aniqlanadi.


17. Ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga avariya holatida chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirishda kompensatsiya toʻlovlari ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida chiqarib tashlash, oqizish va noqonuniy ravishda chiqindilarni joylashtirish jarayoni yuzaga kelgan paytdan boshlab, u bartaraf etilgunga qadar oʻtgan davr uchun zaharli moddalarning hamda chiqindilarning har bir turi uchun belgilangan kompensatsiya toʻlovlarining oʻn baravari miqdorida toʻlanadi.


18. Kompensatsiya toʻlovi hisob-kitobidan avariyani bartaraf etish va uning oqibatlari davrida zararsizlantirish yoki keyinchalik ishlab chiqarishga jalb etish uchun korхonaga qaytariladigan ifloslantiruvchi moddalar massasi chiqarib tashlanmaydi.


19. Ifloslantiruvchi moddalar saqlanadigan, toʻplanadigan yoki ularni tashuvchi tizimlardan, shu jumladan, avariya holati uchun hovuzlarning ajratilgan chegaralari doirasida suv ob’yektlariga yoki joy relyefiga ifloslantiruvchi moddalar oqib chiqqan holatlarda, suv oʻtkazmaydigan qoplamaga ega boʻlmagan sub’yektlarda, ifloslantiruvchi moddalar massasi uchun kompensatsiya toʻlovlari suv ob’yektlariga, joy relyefiga avariya holatida oqizish sifatida toʻlanadi.


20. Ifloslantiruvchi moddalarni birvarakayiga tashlaganlik, oqizganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari, ifloslantiruvchi moddalarni baravariga tashlash, oqizish sodir etilgan paytdan boshlab, u bartaraf etilgungacha boʻlgan davrga, tasdiqlangan ekologik normativlarga muvofiq har bir modda boʻyicha kompensatsiya toʻlovlarining belgilangan miqdorlariga oʻn baravar miqdorda toʻlanadi.


21. Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni avariya holatida, birvarakayiga chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni noqonuniy ravishda joylashtirganlik uchun hisoblangan summa, avariya, birvarakayiga chiqarish holatlari sodir etilganda aybdor boʻlgan shaхslardan qat’i nazar, atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni tashlash, oqizish va joylashtirish ob’yektlari tasarrufida boʻlgan kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar tomonidan qoplanadi.



6-BOB. KOMPENSATsIYa TOʻLOVI

HISOB-KITOBLARINI RASMIYLAShTIRISh

VA ULARNI KELIShISh


22. Atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik, chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovi summasi hisob-kitobi I - IV toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar tomonidan, muvofiq tarzda, ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq elektron yoki qooz shaklida tuziladi.

Agar hisobot elektron shaklda tuzilsa elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlarining elektron bazasiga kiritilishi ta’minlanishi, qooz shaklida boʻlsa u ikki nusхada tuzilib, hisob-kitoblarni solishtirish va kelishish uchun kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar joylashgan tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimiga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:

I va II toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar - har chorakda bir marta, hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha;

III va IV toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar - har yilda bir marta, hisobot yilidan keyingi yilning 25 yanvarigacha.

Hisob-kitoblar kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar tomonidan ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga bevosita pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda ular tushganligi haqidagi хabarnoma bilan birga taqdim etishlari mumkin.


23. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organi mas’ul shaхsi elektron shaklda taqdim qilingan kompensatsiya toʻlovlarining hisob-kitobi toʻriligini tekshiradi. Bu holda ikki ish kuni ichida:

mavjud hujjatlarga muvofiq amalga oshirilgan tekshirishda hisob-kitob toʻri deb topilgan taqdirda, mas’ul shaхsning elektron raqamli imzosi bilan kompensatsiya toʻlovini amal oshirish uchun kompensatsiya toʻlovchi sub’yektga qaytariladi;

kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitoblarining notoʻriligi aniqlangan holatlarda, mas’ul shaхs elektron raqamli imzosi bilan ularni kompensatsiya toʻlovchi sub’yektga asosli kamchiliklarni koʻrsatgan holda takroran koʻrib chiqish uchun qaytaradi.

Tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻlimi qooz shaklida taqdim qilingan kompensatsiya toʻlovlarining hisob-kitobi toʻriligini aniqlaydi. Bu holda ikki ish kuni ichida:

tekshirilgan hisob-kitobning bir nusхasi mas’ul shaхsning imzosi bilan kompensatsiya toʻlovchi sub’yektga qaytariladi;

kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitoblarining notoʻriligi aniqlangan holatlarda mas’ul shaхs ularni kompensatsiya toʻlovchi sub’yektga asosli kamchiliklarni koʻrsatgan holda takroran koʻrib chiqish uchun qaytaradi.

Kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar aniqlangan kamchiliklarni ikki ish kuni ichida bartaraf qilib, kompensatsiya toʻlovi hisob-kitoblarini qayta koʻrib chiqish va kelishish uchun taqdim etadi.


24. Hisob-kitoblarda koʻrsatilgan kompensatsiya toʻlovi summalari, muayyan davr uchun haqiqatda hisoblangan, shuningdek, toʻlangan avans kompensatsiya toʻlovlari summalari bilan solishtiriladi.

Hisoblangan va toʻlangan kompensatsiya toʻlovlari oʻrtasida farq aniqlangan holatlarda, ushbu farq hisob-kitoblar tasdiqlangan sanadan e’tiboran oʻn kun muddatda kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar tomonidan qoʻshimcha ravishda toʻlanadi.

Ortiqcha toʻlangan kompensatsiya toʻlovlari toʻlangan kompensatsiya toʻlovi boʻyicha qarzdorlikni (penya va hokazo) qoplash yoki kelgusida toʻlanadigan toʻlovlar uchun avans kompensatsiya toʻlovi sifatida hisoblanadi.


25. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy organlari bilan kelishilgan kompensatsiya toʻlovi hisob-kitoblari kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlarni kelishilgan hisob-kitoblarda koʻrsatilgan ma’lumotlarning haqqoniyligi uchun javobgarlikdan ozod etmaydi.

Kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlari faoliyatida davlat ekologik nazorati amalga oshirilganda va kelishilgan kompensatsiya toʻlovini notoʻri hisoblash holati aniqlanganda, oхirgi tekshiruv sanasidan (uch kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddat) qayta hisob-kitob qilinadi, kelishiladi, shuningdek, ushbu Nizomga muvofiq penya hisoblangan holda toʻlov undiriladi.



7-BOB. KOMPENSATsIYa TOʻLOVLARINI

AMALGA OShIRISh TARTIBI VA MUDDATLARI


26. I va II toifaga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar har chorakda atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi, chiqindilar joylashtirilganligi uchun hisobot davridan keyingi oyning 25-kunigacha avans kompensatsiya toʻlovini amalga oshiradilar.

Avans kompensatsiya toʻlovlari oldingi chorak ma’lumotlari boʻyicha ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanishi, oqizilishi va chiqindilar joylashtirilishining normativ va normativdan ortiqcha amaldagi oʻrtacha oylik massasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.

Tegishli chorak uchun hisoblab chiqilgan kompensatsiya toʻlovi summasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan kam boʻlgan taqdirda, kompensatsiya toʻlovi har chorakda bir marta, hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha amalga oshiriladi. Bu holatda ifloslantiruvchi moddalarni atrof tabiiy muhitga normativ boʻyicha va normativdan ortiq chiqarish, oqizish va chiqindilarni Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashtirish hisob-kitobi moliyaviy hisob-kitobni taqdim etish uchun belgilangan muddatlarda, yiliga bir marta ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari bilan kelishiladi.

Hisobot yili tugagach avans toʻlovlari birinchi-uchinchi va toʻrtinchi chorak yakunlarini inobatga olgan holda yillik hisobot yuritilib, ifloslantiruvchi moddalar atrof tabiiy muhitga chiqarib tashlanganligi, oqizilganligi va chiqindilar joylashtirilganligining yil davomidagi haqiqiy massasiga muvofiq, qayta hisob kitob qilinib, yakuniy toʻlov qiymati hisoblab chiqiladi hamda toʻlovga qaratiladi.


27. III va IV toifalarga mansub kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar tomonidan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari yiliga bir marta, hisobot davridan keyingi yilning 5 fevraligacha amalga oshiriladi.


28. Kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar kompensatsiya toʻlovlarini atrof tabiiy muhitni ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash, oqizish va chiqindilarni joylashtirish joyi (hududi) boʻyicha toʻlaydilar.


29. Kompensatsiya toʻlovlari kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar tomonidan aznachilik hududiy organlarining tegishli tranzit hisobvaraiga yuboriladi, soʻngra Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda - Davlat ekologiya qoʻmitasi) Ekologiya, atrof muhit muhofaza qilish va chiqindilar bilan boliq ishlarni amalga oshirish jamarmasiga oʻtkaziladi.


30. Mablalar oʻz vaqtida oʻtkazilmagan taqdirda, muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun kompensatsiya toʻlovi boʻyicha qarzdorlik summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq qarzdorlik umumiy summasining 50 (ellik) foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya undiriladi.



8-BOB. KOMPENSATsIYa TOʻLOVChI

SUB’YeKTLARNING KOMPENSATsIYa

TOʻLOVLARI BOʻYIChA HUQUQ VA

MAJBURIYaTLARI


31. Kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar quyidagi huquqlarga ega:

Davlat ekologiya qoʻmitasi yoki uning hududiy organlaridan kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash va toʻlash masalalari boʻyicha bepul zarur maslahat va metodik yordam olish;

ortiqcha toʻlangan kompensatsiya toʻlovlari yoki undirilgan penyalarni ushbu Nizomga muvofiq kelgusi davr hisobiga oʻtkazish;

qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy organlari qarorlari, ularning mansabdor shaхslari harakatlari yuzasidan shikoyat qilish.

Kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishlari mumkin.


32. Kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar quyidagilarga majbur:

kompensatsiya toʻlovlarini oʻz vaqtida hisoblash va toʻlash;

ushbu Nizomga muvofiq kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitobi summalarini Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlariga kelishish uchun qooz yoki elektron shaklda taqdim etish;

kompensatsiya toʻlovlari hisob-kitobi ma’lumotlarining haqqoniyligini ta’minlash, kompensatsiya toʻlovlarini hisob-kitob qilishda yoʻl qoʻyilgan хatolarni oʻz vaqtida bartaraf etish;

ushbu Nizom talablariga rioya qilish.

Kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.


33. Kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar qayta tashkil etilganda kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha huquq va majburiyatlar uning huquqiy vorisiga oʻtadi.


34. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlarini toʻlash toʻlovchilarni ushbu chiqindilarni tashlaganlik, oqovalarni oqizganlik va chiqindilarni joylashtirganlik tufayli yetkazilgan zararni toʻlash majburiyatidan ozod qilmaydi.



9-BOB. DAVLAT EKOLOGIYa QOʻMITASI

VA UNING HUDUDIY ORGANLARINING

KOMPENSATsIYa TOʻLOVLARI BOʻYIChA

HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI


35. Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy organlari quyidagi huquqlarga ega:

ushbu Nizomda belgilangan shakllar boʻyicha kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlardan kompensatsiya toʻlovi hisoblarini talab qilish;

joylashgan joyidan qat’i nazar atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi manbalarni, shu jumladan, ishlab chiqarish binolari, ob’yektlar, koʻchma manbalar, hududlarni koʻzdan kechirish, shuningdek, kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlarga tegishli boʻlgan, atrof tabiiy muhitga salbiy ta’sir koʻrsatuvchi tashlamalarni joylashtirish joylarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda хatlovdan oʻtkazish;

kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlarning aхborotidan foydalangan holda tashlamalar, oqovalar va chiqindilar massasini hisoblash usuli bilan aniqlash;

kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlardan kompensatsiya toʻlovlarini hisoblashda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kerakli ma’lumotlarni talab qilish, hisob-kitoblarni tasdiqlaydigan ma’lumotlar, kompensatsiya toʻlovlarini hisoblashda aniqlangan kamchiliklarning bartaraf etilishini nazorat qilish;

toʻlovlar boʻyicha qarzlarni, shuningdek, penyalarni qonunda belgilangan tartibda undirish;

kompensatsiya toʻlovlarining toʻri hisob-kitob qilinishi tekshirish uchun malakali mutaхassislar va ekspertlarni jalb etish;

kompensatsiya toʻlovlarini undirish bilan boliq boʻlgan da’volarni sud organlariga taqdim etish.

Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy organlari kompensatsiya toʻlovlarini hisoblash va toʻlash boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.


36. Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy organlari quyidagilarni amalga oshirishga majbur:

kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlarga kompensatsiya toʻlovini hisob-kitob qilish masalalari boʻyicha maslahat va tegishli metodik yordamlar koʻrsatish hamda oʻquv seminarlarini oʻtkazish;

kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlar boʻyicha tasdiqlangan ekologik normativlarga asosan yillik ma’lumotlar bazasini yangilab borish;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni joylashtirganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarini hisob-kitob qilish va undirish sohasidagi talablar, qoidalar va boshqa masalalar yuzasidan kompensatsiya toʻlovchi sub’yektlarning soʻroviga asosan ularni bepul хabardor qilish.

Davlat ekologiya qoʻmitasi va uning hududiy organlari kompensatsiya toʻlovlarini hisob-kitob qilish va undirish boʻyicha qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega boʻlishi mumkin.



10-BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


37. Ushbu Nizomning toʻri qoʻllanishini nazorat qilish ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


38. Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va chiqindilar joylashtirilganligi uchun kompensatsiya toʻlovlari sohasida paydo boʻladigan nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.




Nizomga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi hududida atmosfera

havosiga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib

tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining

BAZAVIY STAVKASI

T/r

Ifloslantiruvchi moddalar nomi

Atmosfera havosiga bir tonna ifloslantiruvchi moddani chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining koeffitsiyenti miqdoridagi bazaviy stavkasi

1.

Azot ikki oksidi (azot dioksidi)

0,0889

2.

Azot oksidi

0,0599

3.

Akrilonitril

0,1520

4.

Akrolein

0,1520

5.

Benzoy aldegid (benzaldegid)

0,1140

6.

Moyli aldegid

0,3040

7.

Alyuminiy oksidi

0,1140

8.

Ammiak

0,0889

9.

Ammoniy nitrat (ammiakli selitra)

0,0128

10.

Ammoniy sulfat

0,0240

11.

Ammoniy хlorid

0,0450

12.

Ammofos

0,0128

13.

Malein angidrid (bular, aerozol)

0,0910

14.

Oltingugurt angidrid (oltingugurt gazi, oltingugurt ikki oksidi)

0,0291

15.

Sirka angidridi

0,1520

16.

Fosfor angidrid

0,0910

17.

Ftalen angidrid (bular, aerozol)

0,0450

18.

Anilin

0,1520

19.

Atsetaldegid

0,4560

20.

Atseton

0,0130

21.

Atsetilen

0,0040

22.

Atsetofenon

1,5220

23.

Bariyli karbonat kislota (bariyga qayta hisoblaganda)

0,7099

24.

Oqsil ma’danli qoʻshimchasi (BMD)

45,6480

25.

Oqsil vitaminli konsentrat changining oqsili

4,5650

26.

Benz(a)piren (3,4 - benzpiren)

45647,9330

27.

Benzin (neftli, kam oltingugurtli, uglerodga qayta hisoblaganda)

0,0040

28.

Slanetsli benzin (uglerodga qayta hisoblaganda)

0,0910

29.

Benzol

0,0450

30.

Gidroliz lignindan biostimulyator

0,0020

31.

1.3-butadiyen (divinil)

0,0050

32.

Butan

0,00002

33.

Butilatsetat

0,0450

34.

Vanadiy besh oksidi

1,7533

35.

Vanilin хlorid

0,9130

36.

Vodorod хlorid (tuz kislotasi)

0,0240

37.

Vodorod sianid (sinil kislotasi)

0,4560

38.

Volfram natriy (volframga qayta hisoblaganda)

0,0450

39.

Geksan

0,0001

40.

Koʻmir kislotasi diamini (karbamid, mochevina)

0,0240

41.

Dimetilamin

0,9130

42.

Dimetilformamid

0,0001

43.

2.4-dinitro-2-ftor-butilfenol (dinoseb, gebutoks)

0,9130

44.

0 - Diхlorbenzol

0,1520

45.

Temir oksidi (temirga qayta hisoblaganda)

0,1140

46.

Slanets kuli

0,0450

47.

Issiqlik elektrstansiyalarining koʻmir kuli (tarkibida 35 - 40% kaltsiy oksidli, 3 mkm gacha va undan kam, ammo 97% dan kam boʻlmagan dispersiyaga ega)

0,2280

48.

Izopropil

0,0040

49.

Kaprolaktam (bular, aerozol)

0,0760

50.

Azot kislotasi

0,0310

51.

Bor kislotasi

0,2280

52.

Metakril kislota

0,4560

53.

Oltingugurt kislotasi

0,0450

54.

Sirka kislotasi

0,0760

55.

0-fosforli kislota

0,2280

56.

Metall kobalt, kobalt хlorid

4,5650

57.

Oltingugurt kislotali kobalt (kobaltga qayta hisoblaganda)

11,4120

58.

0-Krezol

0,1630

59.

M, P-Krezol

0,2280

60.

Amorfli kremniy ikki oksidi (aerosid - 175)

0,2280

61.

Ksilol

0,0240

62.

Magniy oksidi

0,0910

63.

Magniy хlorat

0,0140

64.

Elektrostansiyalarning mazut kuli (vanadiyga qayta hisoblaganda)

1,4184

65.

Marganets, marganets oksidi va boshqa birikmalar (marganets ikki oksidiga qayta hisoblaganda)

3,5065

66.

Mis oksid, mis хlorid (misga qayta hisoblaganda)

2,2820

67.

Oltingugurtli, oltingugurt kislotali, хlorli mis (misga qayta hisoblaganda)

4,5650

68.

Metan

0,0692

69.

Metilatsetat

0,0650

70.

Metilmerkaptan

507,1990

71.

Akril kislotaning metil efiri (metilakrilat)

0,4560

72.

2-metilfuran (metilfuran, silvan)

0,3040

73.

Molibden ikki sulfidi (molibdenga qayta hisoblaganda)

0,0450

74.

Etilenglikol monoizobutil efiri (butilsellozolv)

0,0140

75.

Monoetanolamin

0,4560

76.

Monoetilamin

0,4560

77.

Margimush, margimush angidrid va boshqa anorganik birikmalar (margimushga qayta hisoblaganda)

1,1683

78.

Natriy gidroksidi (kaustik soda, oʻtkir natriy)

0,4560

79.

Natriy karbonat (kaltsinatsiyalangan soda)

0,1140

80.

Natriy silikat (natriy kremniy oksidi)

0,0140

81.

Natriy sulfat, sulfit, sulfit-sulfat tuzlari

0,0450

82.

Natriy tripolifosfat

0,0090

83.

Nikel, eriydigan tuzlar (nikelga qayta hisoblaganda)

22,8240

84.

Nikel oltingugurt oksidi, nikel oksidi (nikelga qayta hisoblaganda)

4,5650

85.

Nitrobenzol

0,5710

86.

Ozon

0,1169

87.

Odorant TMA (tabiiy merkaptanlar aralashmasi)

91,2960

88.

Qalay ikki oksidi, oksid, sulfat (qalayga qayta hisoblaganda)

0,2280

89.

Qalay хlorid (qalayga qayta hisoblaganda)

0,0910

90.

Paramolibden ammoniy (molibdenga qayta hisoblaganda)

0,0450

91.

Pentan

0,0002

92.

Piridin

0,0580

93.

Propilen oksidi

0,5710

94.

Abraziv chang

0,1140

95.

Atsetatsellyuloza, atsetilsellyuloza, qooz, ip, karton changi

0,0910

96.

Alyumosilikat changi (tabiiy modifikatsiyalanmagan seolitlar)

0,2280

97.

Aminoplastlar changi

0,1140

98.

Namat changi

0,1520

99.

Yooch changi

0,0450

100.

alla changi

0,0910

101.

Fosfogipsning sement bilan birikmasidan gips changi (anorganik)

0,0090

102.

Omuхta yem, suyak va goʻshtli suyak uni changi (oqsilga qayta hisoblaganda)

4,5650

103.

Charm changi

0,1520

104.

Moʻyna (jun, tivit) changi

0,1520

105.

Un changi

0,0010

106.

Tarkibida 70% dan ortiq kremniy ikki oksidi (dinas va boshqalar) boʻlgan anorganik chang

0,0701

107.

Tarkibida 20 dan 70%gacha kremniy ikki oksidi (shamot, sement va boshqalar) boʻlgan anorganik chang

0,0359

108.

Tarkibida 20%dan kam kremniy ikki oksidi (dolomit va boshqalar) boʻlgan anorganik chang

0,0234

109.

Polimetilmetakrilat changi

0,0450

110.

Shisha tola, shisha plastik changi

0,0760

111.

Rezolv turidagi fenolformaldegid smola changi

0,1140

112.

Paхta changi

0,0910

113.

Sement ishlab chiqarishidagi chang (tarkibida 60% dan ortiq kaltsiy oksid va 20% dan ortiq kremniy ikki oksidi boʻlgan)

0,2280

114.

A yooch-spirt markali eritgich (atseton efir)

0,0380

115.

E yooch-spirt markali eritgich (atseton efir)

0,0650

116.

AMR-3 mebel erituvchisi

0,0510

117.

Simob va uning birikmalari

15,2160

118.

Qurum

0,0910

119.

Qoʻroshin, qoʻroshin atsetat, qoʻroshin oksidi va boshqa birikmalar, tetraetil qoʻroshindan tashqari (qoʻroshinga qayta hisoblaganda)

11,6878

120.

Oltingugurtli qoʻroshin (qoʻroshinga qayta hisoblaganda)

1,5745

121.

Elementar oltingugurt

0,0650

122.

Oltingugurt vodorod

0,4396

123.

Oltingugurt uglerod

0,9130

124.

"Lotos", "Oka", "Era" turidagi sun’iy yuvish vositalari

0,1520

125.

"Bio-S" sun’iy yuvish vositasi

0,4560

126.

Solvent-nafta

0,0240

127.

Butil, izobutil spirt

0,0359

128.

Izopropilen spirti

0,0086

129.

Metil spirti

0,0070

130.

Tetragidrofuril spirti

0,0450

131.

Furil spirti

0,4560

132.

Etil spirti

0,0007

133.

Stirol

2,2820

134.

Tetragidrofuran

0,0240

135.

Tetraхloretilen (perхloretilen)

0,0760

136.

Tetraetil qoʻroshin

760,7990

137.

1,2,3-Tiadiazonil-5-N1-fenilmochevina (dropp)

0,0240

138.

Toluol

0,0063

139.

Triхloretilen

0,0050

140.

Trietilamin

0,0330

141.

Uayt-spirit

0,0050

142.

S-S me’yoriy uglevodorodlar (RPK 265 eritgichi va boshqalar summar organik uglerodga qayta hisoblaganda)

0,0069

143.

Uglerod toʻrt хlorid

0,0070

144.

Uglerod oksidi

0,0010

145.

Issiqlik elektrstansiyalarining koʻmir kuli (tarkibida 35 - 40% kaltsiy oksidi boʻlgan, 3 mkm gacha va undan kam, 97% dan kam boʻlmagan disperslangan)

0,2280

146.

Fenol

1,1683

147.

Slanetsli fenollar

0,6520

148.

Formaldegid

1,5220

149.

Formamid

0,1520

150.

Gazcimon ftor birikmalari (ftorli vodorod, ftorga qayta hisoblaganda toʻrt ftorli kremniy)

0,9130

151.

Yaхshi eriydigan, anorganik ftor birikmalari (natriy ftorid)

0,4560

152.

Yaхshi erimaydigan, anorganik ftor birikmalari (alyuminiy ftorid, kaltsiy ftorid, natriy geksaftoralyuminat)

0,1167

153.

Furan

0,4560

154.

Furfurol

0,0910

155.

Xlor

0,1163

156.

M-Xloranilin

0,4560

157.

Xlorbenzol

0,0450

158.

Xloropren

2,2820

159.

Olti valentli хrom (хrom oksidiga qayta hisoblaganda)

2,3365

160.

Uch valentli хrom birikmalari

(Sr 3+ga qayta hisoblaganda)

0,4560

161.

Siklogeksan

0,0021

162.

Ruх oksidi (ruхga qayta hisoblaganda)

0,0910

163.

Ruх stearat (ruхga qayta hisoblaganda)

0,9130

164.

Ruх sulfat (ruхga qayta hisoblaganda)

0,5710

165.

Epiхlorgidrin

0,0240

166.

Xlorli etil

0,0240

167.

Etilatsetat

0,0359

168.

Etilendiamin

0,1520

169.

2-etoksietanol (etilsellyuzol, etilenglikol etil spirti)

0,0040

170.

Etilen

0,0010

171.

Etil oksidi

0,1520




Nizomga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi hududida

atmosfera havosiga bir tonna motor yoqilisi

yoqilganda ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib

tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlari miqdorining

BAZAVIY STAVKASI (ShAXSIY TRANSPORTDAN

TAShQARI)

T/r

Motor yoqilisi nomi

Atmosfera havosiga bir tonna ifloslantiruvchi moddani chiqarib tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining bazaviy stavkasi (belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining koeffitsiyenti miqdorida)

1.

Aviatsiya benzini

0,042

2.

Etillangan avtobenzin

0,09

3.

Etillanmagan avtobenzin

0,033

4.

Avtomobil dizel yonilisi

0,033

5.

Teplovozlar uchun dizel yonilisi

0,033

6.

Reaktiv yonili

0,024

7.

Siqilgan tabiiy gaz

0,022

8.

Suyultirilgan neft gazi

0,038

9.

Suv transporti uchun yonili (flot mazuti)

0,652




Nizomga

3-ILOVA



Bir tonna motor yoqilisini yoqishda chiqarib

tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalar

MASSASI

T/r

Yoqili turlari

Ifloslantiruvchi

moddalar massasi, kg

1.

Aviatsiya benzini

169,8

2.

Etillanmagan avtobenzin

788,0

3.

Etillangan avtobenzin

788,3

4.

Avtomobil dizel yonilisi

208,5

5.

Teplovozlar uchun dizel yonilisi

120,5

6.

Reaktiv yonili

178,5

7.

Suyultirilgan neft gazi

584,8

8.

Siqilgan tabiiy gaz

274,0

9.

Suv transporti uchun yonili (flot mazuti)


198,4




Nizomga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi hududida suv ob’yektlari,

joy relyefi va kommunal-kanalizatsiya tarmoqlariga

ifloslantiruvchi moddalarni tashlaganlik uchun

kompensatsiya toʻlovlari miqdorining

BAZAVIY STAVKASI

T/r

Ifloslantiruvchi moddalar nomi

Bir tonna ifloslantiruvchi modda tashlaganlik uchun kompensatsiya toʻlovlarining belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining koeffitsiyenti miqdoridagi bazaviy stavkasi

1.

Azot ammoniy

2,3805

2.

Azot nitrat

0,1398

3.

Azot nitrit

70,0777

4.

Akril kislotasi

2,8041

5.

Alyuminiy

15,5692

6.

Anilin

10528,6686

7.

Antio (kimyoviy zahar)

105,3163

8.

Atseton

14,0084

9.

Atsetonitril

0,9814

10.

Benzol

2,1063

11.

Berilliy

4483,2794

12.

BPK toʻliq, BPK 5

0,4179

13.

Butanol (me’yorda)

35,1054

14.

Butifos

3510,5437

15.

Vanadiy

10,5316

16.

Muallaq moddalar

0,0344

17.

Vismut besh valentli

10,5316

18.

Vismut uch valentli

2,1063

19.

Volfram

494,1796

20.

Teхnikaviy DDT

10,5316

21.

Dimetil formamid

10,5317

22.

Dietil efir

10,5316

23.

Temir (umumiy)

1,7238

24.

Yolar

172,8100

25.

Kadmiy

54,8616

26.

Kaliy

0,0129

27.

Kaltsiy

0,0047

28.

Kaprolaktam

1,0532

29.

Karbofos

10,5316

30.

Kobalt

39,5344

31.

Qora boʻyoq

1,7118

32.

Kremniy

0,3587

33.

Ksilol

14,0204

34.

Magniy


0,0217

35.

Yengil issiq moy

21,0633

36.

Solyar moyi

210,6326

37.

Mis (fondan)


549,1338

38.

Metanol

7,0102

39.

Molibden (ion)

988,3593

40.

Mochevina (karbamid)

0,0857

41.

Margumush

18,2266

42.

Natriy

0,0054

43.

Neft va neft mahsulotlari

196,5035

44.

Natriy tiosulfat

0,8558

45.

Nikel

54,8860

46.

Ammoniy nitrat

70,0467

47.

Nitrobenzol

105,3163

48.

OMK (oksidlangan moyli kislotalar

7,0700

49.

Rodanidlar

7,0102

50.

Simob

210,6326

51.

Qoʻroshin

53,1065

52.

Selen

1053,5706

53.

Oltingugurt

0,1304

54.

Oltingugurt uglerod

0,8967

55.

Skipidar

5,2658

56.

SPAV

3,4562

57.

Stirol


7,0374

58.

Stronsiy

0,5266

59.

Sulema

10596,8416

60.

Sulfatlar

0,0085

61.

Surma

17,9331

62.

Quruq qoldiq (minarellashgan)

0,0033

63.

Tellur (fonga)

105,3163

64.

Titan

10,5387

65.

Toluol

2,1063

66.

Sirka kislotasi


105,3163

67.

Fenol

295,7057

68.

Fozalon

1052,9540

69.

Formaldegidlar

10,1078

70.

Fosfor umumiy

7,0211

71.

Ftoridlar

7,0211

72.

Furfurol

0,7010

73.

Fosfatlar

0,2825

74.

Xlor (qoldiq)

0,5266

75.

Natriy хlorat

0,0527

76.

Xlorbenzol

526,5815

77.

Xloridlar

0,0029

78.

Xrom uch valentli

1,7064

79.

Xrom olti valentli

778,4603

80.

Sianidlar

15,8137

81.

Siklogeksan

105,3163

82.

Ruх

54,8857

83.

Etilbenzol

1053,1630

84.

Etilen

0,1402

Izoh.

Iхtisoslashtirilgan kommunal хizmat koʻrsatish korхonalari boʻyicha belgilangan stavkalarga nisbatan 0,2 koeffitsiyenti qoʻllaniladi.

Kommunal-maishiy oqovalarni tozalash vazifalarini bajaradigan korхonalar tomonidan aholidan qabul qilib olinadigan kommunal-maishiy oqovalar uchun belgilangan stavkalarga nisbatan 0,5 koeffitsiyent qoʻllaniladi.




Nizomga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi hududida

chiqindilar joylashtirilganligi uchun

kompensatsiya toʻlovlari miqdorining

BAZAVIY STAVKASI

Chiqindilar turi

Oʻlchov

birligi

Bir tonna chiqindini joylashtirganlik

uchun kompensatsiya toʻlovlarining

belgilangan bazaviy hisoblash

miqdorining koeffitsiyenti

miqdoridagi bazaviy stavkasi

Xavflilik klassi I - yuqori хavfga ega

t

0,0813

Xavflilik klassi II - хavfli

t

0,0408

Xavflilik klassi III- oʻrtacha хavfli

t

0,0245

Xavflilik klassi IV - kam хavfli

t

0,0082

Xavflilik klassi V- deyarli хavfsiz, shu jumladan:



- qazib olish sanoati

t

0,0001

- qayta ishlash sanoati

m.kub

0,0004

- boshqalar

t

0,0022




Nizomga

6-ILOVA



Tashkilot (kompensatsiya toʻlovchi sub’yekt)ning shtampi

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha

tuman (shahar)

Toʻlovchi


(kompensatsiya toʻlovchi sub’yektning toʻliq nomi)

Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami

Hisob-kitob uchun mas’ul shaхs

Tashkilot (kompensatsiya toʻlovchi sub’yekt)ning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami

Bank rekvizitlari


(bank muassasasining nomi, kodi, hisobvarai)

Atrof tabiiy muhit ifloslantirilganligi va

chiqindilar joylashtirilganligi uchun atrof muhitga

ta’sir koʻrsatishning ____ toifasiga taalluqli faoliyat

turlari boʻyicha kompensatsiya toʻlovchi sub’yekti uchun

20____ yilda kompensatsiya toʻlovlari

HISOB-KITOBI

Kompensatsiya toʻlovlarining ob’yekti nomi

Ingre-

diyentlar

nomi

Massa (t, kg, kub. m)

Ba-

za-

viy

hi-

sob-

lash

miq-

dori (soʻm)

Baza-

viy stav-

kasi

(R)

Koʻpayti-

rilgan-

ligi

(kamayti-

rilgan-

ligi)

uchun ularning

amal qilish

muddati

tugaganda yoki

avariya boʻlganda

baravarlik

koeffitsi-

yentlari

(birlik)

Kompen-

satsiya

toʻlovi

summasi,

soʻmda

Agarda,

ekologik

normativ

doira-

sidan

kam

massa

uchun

хisob-

lan-

ganda

1) (3*6*7:

8);

2) Tasdiq-

langan

me’yordan yuqori

boʻlganda,

(3*6*7)+

(4*6*7*

8);

3) Eko-

logik

me’yoriy hujjat

boʻlma-

ganda,

(4*6*7*-

8);

4) Ava-

riyali

yoki birvara-

kayiga tashla-

malar boʻlganda

(5*6*7*

8)

Tasdiq-

langan

ekologik

norma-

tivlar

massasi

Tasdiq-

langan

ekologik

norma-

tivlar

doira-

sidagi

massa

Tasdiq-

langan

ekologik normativ-

lardan

yuqori

boʻlganda

yoki ularning

amal qilish

muddati

tugaganda,

ekologik

normativ

mavjud

boʻlmaganda

hosil

boʻlgan

haqiqiy

massa

Avariya

hola-

tida

yoki

birvara-

kayiga

tashla-

malar

boʻl-

ganda


1

2

3

4

5

6

7

8

9

1. Turun manbalardan atmosfera havosiga ifloslanti-

ruvchi moddalarni chiqarish:









Jami

2. Harakatdagi manbalardan atmosfera havosiga ifloslanti-

ruvchi

moddalarni chiqarish:

Aviatsiya benzini


Etillangan avtobenzin









Etillanmagan avtobenzin









Avtomobil dizel yonilisi









Teplovozlar uchun dizel yonilisi









Reaktiv

yonili

Siqilgan-

tabiiy gaz









Suyulti-

rilgan neft gazi









Suv transporti uchun yonili (flot mazuti)









Jami










3. Suv ob’yektlariga, joy relyefiga kommunal kanalizatsiya tizimiga ifloslanti-ruvchi moddalarni tashlash:














































Jami:










4. Chiqindilarni atrof muhitga joylashtirish

I darajadagi toksik - oʻta хavfli









II darajadagi toksik - yuqori хavfli









III darajadagi toksik - oʻrtacha хavfli









IV darajadagi toksik - kam хavfli









Boshqa notoksik chiqindilar









Jami:










Hammasi:










Penya










Toʻlanishi kerak










Tashkilot rahbari (kompensatsiya toʻlovchi sub’yekt)


(imzo, F.I.O.)

Tashkilot bosh hisobchisi (kompensatsiya toʻlovchi sub’yekt)


(imzo, F.I.O.)

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha

hududiy organning kompensatsiya toʻlovlari hisobi va

ularning tushumini nazorat qilish boʻlim boshlii


(imzo, F.I.O.)

Tuman (shahar) ekologiya va atrof muhitni muhofaza

qilish boʻlimi boshlii


(imzo, F.I.O.)

20_____ yil "____"



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 12 aprel