Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.04.2021 y. 204-son "Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

12.04.2021 y.

N 204



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

DAVLAT ChEGARASIGA BELGI QOʻYISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining chegaradosh davlatlar bilan Davlat chegarasiga belgi qoʻyish sohasidagi munosabatlarni huquqiy tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qoʻyish tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

Oʻzbekiston Respublikasining chegara belgilari turlari, shakllari, oʻlchamlari va tuzilishi tavsifi;

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini joylarda chegara belgilari bilan belgilash va oʻrnatish tartibi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati Davlat soliq qoʻmitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                  A. Aripov




Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 12 apreldagi

204-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasining chegaradosh davlatlar bilan Davlat chegarasi chiziini belgilash tartibi toʻrisida" 2003 yil 24 noyabrdagi 530-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004 y., 30-son, 345-modda).


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish hamda ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2004 yil 26 iyuldagi 359-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2004 y., 30-son, 345-modda) ilovaning 14-bandi.


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2018 yil 29 maydagi 396-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018 y., 5-son, 126-modda) ilovaning 28-bandi.



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 13 arel