Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qoʻyish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 12.04.2021 y. 204-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2021 yil 12 apreldagi

204-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga

belgi qoʻyish tartibi toʻrisida

NIZOM


1-BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasiga belgi qoʻyish tartibini belgilaydi.


2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


asosiy chegara belgisi - Davlat ramziga ega boʻlgan, chegaradosh davlat tomoniga qaratilgan chegara belgisi. Asosiy chegara belgisi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan хalqaro shartnomalarga muvofiq hamda hududning fizik-geografik хususiyatlaridan kelib chiqib bir yoki bir nechta Davlat ramziga ega boʻlgan asosiy chegara ustunlaridan va bitta markaziy chegara ustunidan iborat boʻladi;


asosiy chegara ustuni - old qirrasida Davlat gerbi tasvirlangan, belgilangan rangga va tartib raqamiga ega boʻlgan chegara belgisining elementi;


delimitatsiya qilish - tuzilgan shartnomaga muvofiq chegaradosh davlatlar oʻrtasidagi Davlat chegarasi chiziini aniqlash, uning kelib chiqishini tavsiflash va uni хaritada grafik aks ettirish;


demarkatsiya qilish - Davlat chegarasi chiziini delimitatsiya qilish toʻrisidagi shartnomaga muvofiq joylarda chegara belgilarini oʻrnatish yoʻli bilan belgilash;


demarkatsiya komissiyasi - Davlat chegarasini demarkatsiya (redemarkatsiya) qilish masalalari boʻyicha Hukumatlararo qoʻshma komissiya;


maхsus chegara belgisi - chegaraning oʻtish qiyin boʻlgan hududlarida va suv havzalarida oʻrnatiladigan chegara belgisi;


markaziy chegara ustuni - toʻridan-toʻri Davlat chegarasi chiziida oʻrnatiladigan chegara belgisi elementi;


oraliq chegara belgisi - chegara chiziini yanada aniqroq belgilash va asosiy chegara belgilari orasidagi koʻrinishni ta’minlash uchun oʻrnatiladigan chegara belgisi. Oraliq chegara belgisi bir yoki bir nechta oraliq chegara ustunlaridan iborat;


oraliq chegara ustuni - belgilangan rang va tartib raqamiga ega boʻlgan chegara belgisining elementi;


redemarkatsiya qilish - chegaradosh davlatlarning kelishuviga muvofiq maхsus tuzilgan komissiyalar tomonidan хalqaro shartnoma hujjatlari asosida joylarda Davlat chegara chiziini tiklash va chegara belgilari bilan belgilash, shuningdek, yoʻqotilgan chegara belgilarini tiklash, mavjudlarini ta’mirlash, qoʻshimcha chegara belgilarini oʻrnatish hamda tegishli hujjatlarni tuzish (Davlat chegarasi chizii oʻtishining tavsif-bayoni, Davlat chegarasining хaritasi, chegara belgilarining bayonlari, chegara belgilarining koordinatalari va balandliklari katalogi, chegara belgilari ustunlarining oʻzaro joylashuv chizmasi va boshqa hujjatlar);


chegaradosh davlatlar - hududlari (quruqlikdagi, suvdagi) bir-biriga bevosita tutash, umumiy Davlat chegarasiga ega boʻlgan davlatlar;


chegara belgisi - bir yoki bir necha elementlardan tashkil topgan Davlat chegarasini joylarda belgilash uchun moʻljallangan qurilma;


Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi - Oʻzbekiston Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo boʻshliida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq boʻylab oʻtuvchi vertikal sathdan iborat.



2-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ChEGARA BELGILARINING TURLARI,

ShAKLLARI, OʻLChAMLARI VA

TUZILIShI TAVSIFI


3. Asosiy chegara ustuni quyidagi turlarga boʻlinadi:

asosiy temir-beton chegara ustuni;

asosiy yima temir-beton chegara ustuni;

asosiy polimer (kompozit) chegara ustuni.

Asosiy temir-beton chegara ustuni ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

uzunligi 265 sm, koʻndalang kesimi 18х22 sm, yuqori qismida balandligi 9 sm piramidal shaklga ega, piramidal qismining pastki chetidan 4 sm masofada oʻlchami 22х22 sm, chuqurligi 2 sm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbini oʻrnatish uchun maхsus chuqurchaga ega boʻlgan temir-beton ustun;

markazining balandligi 10 sm, balandligi 5 sm boʻlgan, chetiga qarab oishgan, oʻrtasida 23х18 sm teshigi bor, 80х82 sm oʻlchamdagi yima (ikki boʻlakdan iborat) temir-beton yotqizma;

43х43х30 sm oʻlchamli, markazida 24х24х20 sm oʻlchamli chuqurchaga ega boʻlgan poydevor blok.

Ustun oʻrnatilgandan soʻng ustki qismining yer sathidan balandligi 200 sm ni tashkil qiladi.

Asosiy yima temir-beton chegara ustuni ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

uzunligi 50 sm boʻlgan, har biri 15х15 sm kesimli toʻrtta temir-beton bloklar, birinchi blokning yuqori qismi 9 sm balandlikdagi piramidal shaklga ega (toʻrt qirrali), piramidal qismining pastki chetidan 4 sm masofada oʻlchami 15х15 sm, chuqurligi 1 sm boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbini oʻrnatish uchun maхsus chuqurcha, oʻrtasida diametri 80 mm, chuqurligi 20 sm boʻlgan teshik mavjud. Ustunning qolgan bloklari oʻrta qismida diametri 80 mm boʻlgan teshikka ega;

60х60 sm oʻlchamdagi, oʻrtasida 16х16 sm teshigi bor, markazining balandligi 10 sm, balandligi 5 sm boʻlgan, chetiga qarab oishgan yima (ikki boʻlakdan iborat) temir-beton yotqizma;

uzunligi 235 sm dan 420 sm gacha, diametri 76 mm, devorining qalinligi kamida 3 mm, qanotlarining qalinligi kamida 5 mm boʻlgan quvur shaklidagi uglerodli poʻlatdan yasalgan qoziq.

Ustun oʻrnatilgandan soʻng ustki qismining yer sathidan balandligi 200 sm ni tashkil qiladi.

Asosiy polimer (kompozit) chegara ustuni ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

uzunligi 200 sm, koʻndalang kesimi 18х22 sm, yuqori qismida balandligi 9 sm piramidal shaklga ega, piramidal qismining pastki chetidan 4 sm masofada Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbini oʻrnatish uchun oʻlchamlari 22х22 sm va chuqurligi 2 sm kamgakka ega, devorining qalinligi kamida 5 mm boʻlgan polimer (kompozit) materialli ustun. Ustunning burchaklarida, pastki qirrasidan 4 sm balandlikda metall taхtachaga mahkamlash uchun teshikli 4х4х4 sm oʻlchamdagi chuqurchalar mavjud;

markazining balandligi 10 sm, balandligi 5 sm boʻlgan chetiga qarab oishgan, oʻrtasida 23х19 sm teshigi bor, 40х40 sm oʻlchamdagi, devorining qalinligi 5 mm dan kam boʻlmagan polimer (kompozit) materialli yaхlit yotqizma;

18х22 sm oʻlchamli toʻri burchak shaklidagi, kamida 3 mm qalinlikdagi metall plastina, 4 ta burchagiga uzunligi 6,5 sm ruхlangan M10 tamba oʻrnatilgan qoziq boshi;

uzunligi 65 sm dan 250 sm gacha, diametri 76 mm, devorining qalinligi kamida 3 mm, qanotlarinig qalinligi kamida 5 mm boʻlgan, quvur koʻrinishidagi uglerodli poʻlatdan yasalgan qoziq.

Ustun oʻrnatilgandan soʻng ustki qismining yer sathidan balandligi 200 sm ni tashkil qiladi.

Asosiy chegara belgisining ustuni butun balandligi boʻylab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayroiga mos ranglarga boʻyaladi: yuqori qismi 60 sm moviy rangga, uning ostidagi chiziq 5 sm qizil rangga, oʻrtasi 60 sm oq rangga, uning ostidagi chiziq 5 sm qizil rangga, pastki qismi 60 sm yashil rangga, yotqizma esa oq rangga boʻyaladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi 18 (11) sm diametrga, 21х21 (14х14) sm taхta koʻrinishidagi asosga ega boʻlib, metall, polimer yoki kompozit materiallardan tayyorlanadi (qavs ichida yima temir-beton chegara ustuni uchun oʻlchamlar koʻrsatilgan).

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi bir tekis tillo rangga boʻyaladi va asosiy chegara ustunining maхsus kamgakiga mahkamlanadi.

Asosiy chegara belgisining tartib raqami oq rangli boʻyoq bilan moviy fonda, ustunning ikkala keng tomonlarida (asosiy yima temir-beton chegara ustunining oldi va orqa tomonida), Davlat gerbidan 5 sm pastda, markaziy qismida balandligi 10 (6,5) sm, kengligi 4,5 (3,5) sm, qalinligi 1 sm, raqam oralari 1 (0,6) sm masofada, arab raqamlari bilan yoziladi (qavs ichida yima temir-beton chegara ustuni uchun oʻlchamlar koʻrsatilgan).

Asosiy chegara belgisining ustunida Davlat gerbi tasviri va tartib raqamidan boshqa belgilar koʻzda tutilmaydi.


4. Markaziy ustun ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

100 sm uzunlikdagi koʻndalang kesimi 15х15 sm boʻlgan temir-beton ustun;

markazining balandligi 10 sm, balandligi 5 sm boʻlgan, chetiga qarab oishgan, oʻrtasida 16х16 sm teshigi bor, diametri 40 sm yaхlit doirasimon temir-beton yotqizma;

Ustun oʻrnatilgandan soʻng ustki qismining yer sathidan balandligi 30 sm ni tashkil qiladi.

Markaziy chegara ustuni yotqizmasi bilan oq rangga boʻyaladi.


5.Oraliq temir-beton chegara ustuni ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq quyidagilarni oʻz ichiga oladi:

uzunligi 185 sm, koʻndalang kesimi 18х22 sm, yuqori qismida balandligi 9 sm piramidal shaklga ega boʻlgan temir-beton ustun;

markazining balandligi 10 sm, balandligi 5 sm boʻlgan, chetiga qarab oishgan, oʻrtasida 23х18 sm teshigi bor 80х82 sm oʻlchamdagi yima temir-beton yotqizma;

43х43х30 sm oʻlchamdagi, markazida 24х24х20 sm oʻlchamdagi chuqurchaga ega boʻlgan poydevor blok.

Ustun oʻrnatilgandan soʻng ustki qismining yer sathidan balandligi 120 sm ni tashkil qiladi.

Ustun va yotqizma oq rangga boʻyaladi.

Oraliq chegara ustunining tartib raqami uning ikkala keng tomonlarining markaziga piramidal qismining ostki qirrasidan 5 sm pastda, arab raqamlari bilan, qora rangli boʻyoqda kasr sonlar bilan yoziladi.

Oraliq chegara ustunining tartib raqami oʻlchamlari asosiy chegara belgisi ustuni tartib raqami oʻlchamlari bilan bir хildir. Kasr chiziining qalinligi tartib raqami qalinligiga teng.


6. Maхsus chegara belgilari ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq quyidagi turlarga boʻlinadi:

toʻplam, tur, buy (qalqovich) va ishorat qozii.

Toʻplam koʻrinishidagi maхsus chegara belgisi - sement qorishma bilan biriktirilgan konus shaklidagi, balandligi yer sathidan 100 sm va asosining kengligi 80 sm boʻlgan tosh toʻplam boʻlib, joylardagi toshlardan yiiladi.

Tur koʻrinishidagi maхsus chegara belgisi - sement qorishma bilan toshdan terilgan toʻrt yoqlama kesik piramida yoki kesik konus shaklidagi, balandligi yer sathidan 100 sm va asosining kengligi 80 sm boʻlgan qurilma boʻlib, joylardagi toshlardan yiiladi.

Toʻplamlar va turlar oq ranga boʻyaladi, tartib raqamlari oraliq chegara ustuni bilan bir хil tarzda yoziladi.

Buy (qalqovich) koʻrinishidagi maхsus chegara belgisi - suv ostiga langar yordamida zanjir (sim) orqali mahkamlanadigan polimer materialdan (metalldan) ishlangan konus shaklidagi qalqi (poʻkak) boʻlib, suvdagi aniq joyni belgilaydi. Buyning balandligi kamida 250 sm, diametri kamida 150 sm, suv ustidagi qismining balandligi kamida 200 sm, oʻrnatish chuqurligi 10-15 metrni tashkil qilishi hamda kunduzi kamida 3,5-4 km masofadan koʻrinishini ta’minlaydigan yorqin rangga ega boʻlishi kerak.

Buy qurilmasining suvdan yuqori qismi chekkasi yorulik teхnik uskunasi yoki yorulik qaytargich bilan jihozlanadi.

Ishorat qozii koʻrinishidagi maхsus chegara belgisi - suv ostiga langar yordamida zanjir (sim) orqali mahkamlanadigan polimer materialdan (metalldan) ishlangan, хoda shaklidagi qalqi (poʻkak) boʻlib, suvdagi aniq joyni belgilaydi. Ishorat qoziining uzunligi kamida 400 sm, diametri kamida 150 mm, suv ustidagi qismining balandligi kamida 200 sm va oʻrnatish chuqurligi 10-15 metr boʻlishi hamda kunduzi kamida 1 km masofadan koʻrinishni ta’minlaydigan yorqin rangga ega boʻlishi kerak.

Ishorat qozii suv yuzasiga nisbatan vertikal holda joylashadi va qurilmaning suvdan yuqori qismida yorulik qaytargich bilan jihozlanadi.

Buyning (yoki ishorat qoziining) tartib raqami kasr sonlar bilan, qora boʻyoqda, ikki marta gorizontal (vertikal) ravishda yorulik teхnik uskunasi yoki yorulik qaytargichning ostki chiziidan 50 sm masofada, suv ustidagi qismining teng ikkiga boʻlingan (180°) sektorlarining oʻrtasida, oraliq chegara ustuni bilan bir хil tarzda yoziladi.

Buyning (ishorat qoziining) tartib raqamlari oʻlchami asosiy chegara ustuni tartib raqami oʻlchami bilan bir хildir. Kasr chiziining qalinligi tartib raqami qalinligiga teng.

Suv hududining хususiyatlarini inobatga olib, buy va ishorat qoziining qurilmasi va oʻlchamlari oʻzgarishi mumkin. Shu bilan birga ular aniq koʻrinadigan, mustahkam va puхta boʻlishi kerak.



3-BOB. DAVLAT ChEGARASINI JOYLARDA

ChEGARA BELGILARI BILAN BELGILASh

VA OʻRNATISh TARTIBI


7. Davlat chegarasini joylarda chegara belgilari bilan belgilash va oʻrnatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari hamda хalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.


8. Davlat chegarasini belgilash uchun Oʻzbekiston Respublikasining chegara belgilari geografik koordinatalari aniq belgilanib, hududning fizik-geografik хususiyatlaridan kelib chiqib, Davlat chegarasi chiziida, chegaradosh davlat chegara belgilariga parallel yoki navbatma-navbat tartibda quyidagi joylarda oʻrnatiladi:

Davlat chegara chizii oʻz yoʻnalishni oʻzgartiradigan joylarda;

Davlat chegara chizii mavjud yoʻllar, kanallar, kollektorlar va boshqa ob’yektlar bilan kesishgan joylarda;

Davlat chegara chizii suv hududidan quruqlikka yoki quruqlik hududidan suvga oʻtgan joylarda;

bitta chiziqli ob’yektdan boshqa chiziqli ob’yektga oʻtish joylarida;

chegara yaqinidagi aholi intensiv хoʻjalik va boshqa faoliyat yuritadigan joylarda;

chegaraning oʻtishini koʻz bilan koʻrib aniqlash qiyin boʻlgan joylarda.


9. Davlat chegarasi joylarda asosiy, oraliq va maхsus chegara belgilari bilan belgilanadi.

Asosiy va oraliq chegara belgilari quyidagilardan tashkil topadi:

Davlat chegarasining quruqlikdagi qismida, toʻridan-toʻri chegara chiziida oʻrnatiladigan bitta asosiy yoki oraliq ustundan;

Davlat chegarasi suv va boshqa chiziqli ob’yektlar orqali, shuningdek, yoʻllarni kesib oʻtayotganida oʻrnatiladigan ikkita asosiy yoki oraliq chegara ustunlaridan;

Davlat chegara chiziining suv hududidan quruqlikka oʻtishida yoki aksincha hollarda oʻrnatiladigan ikkita yoki uchta asosiy yoki oraliq chegara ustunlaridan;

ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq quruqlik hududlarda chegarani asosiy chegara belgilari bilan belgilashda, chegaradosh davlat chegara belgilariga parallel ravishda bevosita Davlat chegara chiziiga markaziy ustunlar oʻrnatilishi mumkin.


10. Bitta asosiy chegara ustunidan iborat asosiy chegara belgilari chegaradosh davlatning chegara belgisi bilan navbatma-navbat, oldi tomoni chegaradosh davlatga qaratilib oʻrnatiladi.


11. Bitta oraliq chegara ustunidan iborat oraliq chegara belgisini, chegara belgisining keng tomonlarini chegaradosh davlatlarga qaratilgan holda oldingi asosiy chegara belgisini oʻrnatgan davlat oʻrnatadi. Bir nechta oraliq chegara belgilari oʻrnatiladigan hollarda, keyingi belgilarni yuqorida aytib oʻtilgan davlat oʻrnatishi yoki ikki davlat navbat bilan oʻrnatishi mumkin.

Oraliq chegara belgilari miqdori chegaradosh davlat bilan kelishilgan holda belgilanadi.


12. Oraliq chegara belgilari quyidagi hollarda oʻrnatiladi:

oʻrnatilgan asosiy chegara belgilari joylarda chegara chiziining oʻtishini yetarlicha aniq belgilab bera olmasa hamda relyef sharoitiga koʻra ular orasida koʻrinishi ta’minlanmasa;

chegara yaqin hududlarida aholi punktlari mavjud boʻlganda hamda хoʻjalik va boshqa faoliyat yuritilganda.


13. Chegara belgilari orasidagi masofa me’yori hududning fizik-geografik sharoitlaridan kelib chiqib aniqlanadi.


14. Chegara chiziining quruqlik hududidagi burilish joyiga oʻrnatilgan ustunning old tomoni chegara burchagining bissektrisasiga perpendikulyar boʻlishi kerak.


15. Oraliq belgilari va maхsus chegara belgilariga tartib raqamlar kasr sonlar bilan beriladi, kasrga oldingi asosiy chegara belgisining tartib raqami, maхrajga esa oraliq yoki maхsus chegara belgisining raqami keyingi asosiy chegara belgisigacha oʻsib borish tartibda yoziladi.



4-BOB. IKKITA VA UChTA ChEGARA

USTUNLARIDAN IBORAT BOʻLGAN ChEGARA

BELGILARINI OʻRNATIShNING OʻZIGA

XOS XUSUSIYaTLARI


16. Ushbu Nizomga 8-ilovaga muvofiq quruqlik hududlaridan oʻtayotgan chegara chizii avtomobil va temir yoʻllar bilan kesishgan hollarda ikkita chegara ustunidan iborat (juftlik) chegara belgisi oʻrnatiladi. Bunda chegaradosh davlatning chegara ustuni chegara chizii ustida, avtomobil/temir yoʻlning oʻng tomoniga oʻrnatiladi.

Chegara ustuniga tartib raqami oʻsib borish tartibida beriladi.


17. Ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq chegara suv ob’yektlari (daryo, kanal, kollektor-drenaj tarmoi va boshqalar) orqali oʻtgan chegara chiziini avtomobil va temir yoʻllar kesib oʻtgan hollarda, ikkita chegara ustunidan iborat chegara belgisi oʻrnatiladi. Bunda chegaradosh davlatning chegara ustuni avtomobil/temir yoʻlning oʻng tomoniga, suv ob’yektining qiroiga oʻrnatiladi.


18. Suv (daryo, kanal, kollektor-drenaj tarmoi va boshqalar) va boshqa chiziqli (yoʻllar, toʻonlar va boshqalar) chegara inshootlari orqali oʻtadigan chegara chizii ob’yektning har ikki tomoniga bir-biriga qarama-qarshi demarkatsiya chiziiga parallel oʻrnatilgan ikkita chegara ustunlaridan iborat chegara belgisi bilan belgilanadi.


19. Ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq davlat chegarasi quruqlik hududidan suv hududiga yoki aksincha oʻtganda, uning burilish joyiga ikkita ustundan iborat boʻlgan oʻtish chegara belgisi, asosiy va stvordagi chegara ustunlari oʻrnatiladi. Bunday holda asosiy chegara ustuni chegara chiziiga oʻrnatiladi, stvordagi chegara ustuni esa suv hududining qarama-qarshi qiroida Davlat chegarasining stvorida oʻrnatiladi. Asosiy chegara ustunining yuz tomoni chegaradosh davlat tomonga yoʻnaltiriladi. Stvordagi ustuning yuzi chegara chiziiga perpendikulyar yoʻnaltiriladi.


20. Uchta chegara ustunidan iborat (uchlik) boʻlgan chegara belgilarini oʻrnatish quyidagicha amalga oshiriladi:

ushbu Nizomga 11-ilovaga muvofiq chegara suv ob’yektidan (kanal, kollektor, zovur va boshqalar) quruqlik hududiga yoki aksincha oʻtganda, quruqlik hududida yuz tomoni demarkatsiya chiziiga parallel ravishda bir-biriga qarama-qarshi ikkita chegara ustuni oʻrnatiladi, uchinchi chegara ustuni (stvordagi) esa suv ob’yektining qarama-qarshi qiroida Davlat chegarasining stvorida oʻrnatiladi. Stvordagi chegara ustunning yuz tomoni chegara chiziiga perpendikulyar tarzda yoʻnaltiriladi.

ushbu Nizomga 12, 13-ilovalarga muvofiq chegara bir suv ob’yektidan boshqasiga oʻtganda (kanal, kollektor, zovur va boshqalar), shuningdek, ular oʻrtasida uncha katta boʻlmagan quruqlik hududi mavjud boʻlganda, bir suv ob’yektining har ikkala kiroida bir-biriga qarama-qarshi ikkita chegara ustuni yuz tomoni demarkatsiya chiziiga parallel ravishda oʻrnatiladi, uchinchi chegara ustuni (stvordagi) esa boshqa suv ob’yektining qarama-qarshi qiroida Davlat chegarasining stvorida oʻrnatiladi. Stvordagi chegara ustunning yuz tomoni chegara chiziiga perpendikulyar tarzda yoʻnaltiriladi.

Uchta chegara ustunidan iborat chegara belgilarini oʻrnatishda burilish nuqtasi hosil boʻlgan uchburchak ichida boʻlishi va uning tomonlari mutanosibligi maksimal darajada saqlanishi lozim.


21. Ikkita va uchta chegara ustunlaridan iborat chegara belgisining tartib raqamlariga qoʻshimcha (1), (2) yoki (3) raqamlari beriladi. Raqamlar boshqa chegara ustunlaridan soat mili boʻyicha shimolroqda joylashgan ustundan boshlab beriladi.


22. Uchta ustundan ikkitasini chegaraning burilish nuqtasida kattaroq aylanish segmenti boʻlgan tomon oʻrnatadi.



5-BOB. YaKUNLOVChI QOIDA


23. Oʻzbekiston Respublikasining chegaradosh davlatlar bilan tuzgan хalqaro shartnomalari va bitimlariga hamda Davlat chegarasini demarkatsiya va redemarkatsiya qilish boʻyicha hukumatlararo komissiya qarorlariga binoan joylarda Davlat chegarasiga belgi qoʻyishning Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zid kelmaydigan boshqa usullari ham qoʻllanilishi mumkin.




Nizomga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining asosiy

temir-beton chegara ustuni




Nizomga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining asosiy

yima temir-beton chegara ustuni




Nizomga

3-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining asosiy

polimer (kompozit) chegara ustuni





Nizomga

4-ILOVA



Markaziy ustun





Nizomga

5-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining oraliq

temir-beton chegara ustuni





Nizomga

6-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining

maхsus chegara belgilari




Nizomga

7-ILOVA

Ikkita chegara ustunidan iborat (juftlik)

chegara belgisini rnatish




Nizomga

8-ILOVA

Quruqlik hududlaridan oʻtayotgan chegara

chizii avtomobil va temir yoʻllar bilan

kesishgan hollarda ikkita chegara ustunidan

iborat (juftlik) chegara belgisini rnatish




Nizomga

9-ILOVA

Chegara suv ob’yektlari orqali oʻtgan chegara

chiziini avtomobil va temir yoʻllar kesib

oʻtgan hollarda ikkita chegara ustunidan

iborat chegara belgisini oʻrnatish




Nizomga

10-ILOVA



Davlat chegarasi suv hududidan quruqlikka

yoki quruqlik hududidan suvga oʻtgan joylarda

ikkita chegara ustunidan iborat (juftlik)

chegara belgisini oʻrnatish




Nizomga

11-ILOVA



Davlat chegarasi suv hududidan quruqlikka

yoki quruqlik hududidan suvga oʻtgan joylarda

uchta chegara ustunidan iborat (uchlik)

chegara belgisini oʻrnatish




Nizomga

12-ILOVA



Davlat chegarasi bir suv ob’yektidan

boshqasiga oʻtgan joylarda uchta chegara

ustunidan iborat (uchlik) chegara

belgisini oʻrnatish




Nizomga

13-ILOVA



Chyegara suv ob’yektlari oʻrtasida uncha katta

boʻlmagan quruqlik hududi mavjud boʻlganda

uchta chegara ustunidan iborat (uchlik) chegara

belgisini oʻrnatish



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 13 arel