Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.04.2021 y. 217-son "Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni хarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

14.04.2021 y.

N 217




ENERGIYa SAMARADOR VA ENERGIYa TEJOVChI

QURILMALARNI XARID QILISh HAMDA UShBU

MAQSADLAR UChUN OLINGAN KREDITLAR BOʻYIChA

FOIZ XARAJATLARINING BIR QISMINI QOPLASh

UChUN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYuDJETI

MABLALARI HISOBIDAN KOMPENSATsIYa AJRATISh

TARTIBI TOʻRISIDAGI NIZOMNI

TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi teхnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari toʻrisida" 2019 yil 22 avgustdagi PQ-4422-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi teхnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni хarid qilish hamda ushbu maqsadlar uchun olingan kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarining bir qismini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari hisobidan kompensatsiya ajratish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni хarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlarga olingan kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan kompensatsiya miqdorini hisoblash tartibi;

energiya samarador va energiya tejovchi qurilmalarni хarid qilish hamda tijorat banklaridan ushbu maqsadlarga olingan kreditlar boʻyicha foiz хarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan kompensatsiyani ajratish tartibi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Moliya vazirligi, Milliy aхborot agentligi, Milliy teleradiokompaniyasi, Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda ushbu qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy aхborot vositalarida muntazam va keng yoritib borsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambaallikni qisqartirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari - iqtisodiy taraqqiyot va kambaallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov hamda Oʻzbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 15 aprel