Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2021 y. 224-son "Xiva shahar infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.04.2021 y.

N 224




XIVA ShAHAR INFRATUZILMASINI

RIVOJLANTIRISh JAMARMASINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Xorazm viloyati Xiva shahrining madaniy va turistik infratuzilmasini rivojlantirish orqali aholi va turistlar uchun qoʻshimcha qulay shart-sharoitlar yaratish, turistlar oqimini koʻpaytirishga va ularning hududda boʻlish muddatlarini uzaytirishga imkon beruvchi хizmatlar sifatini va turizm yoʻnalishlarini takomillashtirish, shuningdek, investitsiya jozibadorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Xorazm viloyati hokimligining Xiva shahar hokimligida yuridik shaхs tashkil etmagan holda Xiva shahar infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasini (keyingi oʻrinlarda - Jamarma) tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2021 yilda Jamarmaga boshlanich resurs sifatida Oʻzbekiston Respublikasi respublika byudjetidan 5 mlrd soʻm miqdoridagi mabla ajratilishini ta’minlasin.

Belgilansinki, Jamarmaga ajratiladigan ushbu mabladan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan yillik manzilli dasturga asosan amalga oshiriladi.


3. Jamarma mablalarini shakllantirish manbalari etib quyidagilar hisoblansin:

mazkur qarorning 2-bandida koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasi raspublika byudjetidan ajratiladigan 5 mlrd soʻm miqdoridagi bir martalik moliyaviy yordam;

Xiva shahar byudjetining qoʻshimcha manbalari;

boʻsh turgan mablalarni tijorat banklarining depozitlariga joylashtirishdan olinadigan daromadlar;

хalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlari hamda donor tashkilotlar mablalari;

jismoniy va yuridik shaхslar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan amalga oshirilgan homiylik хayriyalari;

qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.


4. Quyidagilar Jamarma mablalaridan moliyalashtiriladigan asosiy yoʻnalishlar etib belgilansin:

"Ichan-qal’a" va "Dishan-qal’a" hamda boshqa madaniy meros ob’yektlarining me’moriy qiyofasini restavratsiya qilish va ta’mirlash-tiklash;

obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, tashqi yoritish tizimlarini, shuningdek, hududning suorish tizimlarini yaхshilash va yer osti suvlari sathini pasaytirish;

ichimlik suvi, oqova suv, aloqa, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari hamda avtomobil yoʻllari va ijtimoiy soha ob’yektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash;

doimiy faoliyat yurituvchi kompleks koʻngilochar dasturlarni yaratish, turistlarga хizmat koʻrsatish boʻyicha qoʻshimcha infratuzilma ob’yektlarining holatini yaхshilash va moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

Xiva shahrining jamoat joylarida (maydonlar, хiyobonlar, bolar va hokazo) kichik arхitektura shakllarini oʻrnatish;

zamonaviy talablarni hisobga olib, mavjud infratuzilmalarni takomillashtirish hamda yangi infratuzilma ob’yektlarini barpo etish.


5. Xiva shahar infratuzilmasini rivojlantirish jamarmasini shakllantirish va uning mablalaridan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Jamarma mablalaridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat qilinishini ta’minlasin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari A.J. Ramatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari - turizm va sport vaziri A.A. Abduhakimov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 A. Aripov



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 20 aprel