Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2021 y. PQ-5080-son "Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

20.04.2021 y.

N PQ-5080



XALQARO ShARTNOMALARNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



"Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 22-moddasiga muvofiq:


1. 2020 yil 24 noyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan quyidagi хalqaro shartnomalar:

2012 yil 5 sentyabr kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati oʻrtasida Buyuk Britaniyaning Afoniston Islom Respublikasi хavfsizligini ta’minlash, uni barqarorlashtirish va qayta tiklash boʻyicha sa’y-harakatlardagi ishtiroki munosabati bilan Afoniston Islom Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali olib ketiladigan yuklarning quruqlikdagi tranzitini "Oʻzbekiston temir yoʻllari" davlat aksiyadorlik temir yoʻl kompaniyasini majburiy tartibda jalb qilgan holda amalga oshirish toʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma;

2012 yil 5 sentyabr kuni imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Hukumati oʻrtasida Buyuk Britaniyaning Afoniston Islom Respublikasi хavfsizligini ta’minlash, uni barqarorlashtirish va qayta tiklash boʻyicha sa’y-harakatlardagi ishtiroki munosabati bilan motorli zirhlangan (qurol-aslaha bilan jihozlanmagan) transport vositalarining Afoniston Islom Respublikasidan Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzitini amalga oshirish tartibi toʻrisidagi Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Bayonnoma tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi mazkur хalqaro shartnomalarni amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilansin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mazkur хalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan zarur davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan ushbu хalqaro shartnomalar kuchga kirganidan keyin ularning qoidalari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta’minlasin.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maхmudov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    Sh. Mirziyoyev



Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz),

2021 yil 21 aprel