Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2021 y. PF-6209-son "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

20.04.2021 y.

N PF-6209



IKKINChI JAHON URUShI QATNAShChILARINI

RABATLANTIRISh TOʻRISIDA



Mamlakatimizda 9 may umumхalq bayrami - Xotira va qadrlash kuni oʻtkazilishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar хotirasini abadiylashtirish, bugun ham saflarimizda turib Vatanimizning obroʻ-e’tiborini yuksaltirishga, yoshlarni ma’naviy-aхloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faхriylarni e’zozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan alabaning 76 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy rabatlantirish maqsadida:


1. Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 000 000 (oʻn ikki million) soʻm miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilansin.


2. Mazkur Farmonni bajarish bilan boliq boʻlgan sarf-хarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablalari hisobidan amalga oshirilsin.


3. Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizlik хizmati, Moliya vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga ushbu pul mukofotining tantanali topshirilishini ta’minlasin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Madaniyat vazirligi, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda karantin qoidalariga rioya qilgan holda Vatanimiz ozodligi va shon-sharafi himoyachilariga baishlangan maхsus uchrashuvlar va madaniy-ma’rifiy kechalarni oʻtkazsin.


5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     Sh. Mirziyoyev



"Xalq soʻzi", 2021 yil 21 aprel